Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz
QASDDAN BADANGA OG'IR YOKI O'RTACHA OG'IRLIKDAGI TAN JAROXATI YETKAZISH JINOYATLARINI KVALIFIKATSIYA QILISH MASALALARI Ergashev Yorqin Yakubjonovich
O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar
oliy maktabi tinglovchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10820018
ARTICLE INFO
Received: 06th March 2024 Accepted: 14th March 2024 Online: 15th March 2024
KEYWORDS Tan jarohati, jabrlanuvchi, jinoyat quroli, jarima ,spirtli ichimlik, javobgarlik.
ABSTRACT
Badanga shikast yetkazish - jabrlanuvchining badaniga qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida jismoniy zarar yetkazib, tanasining anatomik butunliginiyoki a'zolaridan birining fiziologik funksiyasini buzish hisoblanadi. Ushbu maqolada qasddan badanga og'ir yoki o'rtacha og'irlikdagi tan jaroxati yetkazish jinoyatlarini kvalifikatsiya qilish masalalari haqida ma'lumot berilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 may kuni qabul qilingan «Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to'g'risida»gi PQ 3723-son qarori [1] bilan O'zbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari va vazifalari sifatida: jinoyat qonunchiligi normalarini unifikatsiya qilish; fuqarolar huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarining ta'sirchan va ishonchli muhofaza qilinishini; jinoyat protsessida shaxsning huquq va erkinliklari kafolatlarini ishonchli ta'minlash mexanizmlarini takomillashtirish; jinoyat protsessining yangi shakl va tartib-taomillarini kiritish belgilandi. Qasddan badanga shikast yetkazish holatlari bo'yicha tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishda shaxsning sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari bilan bog'liq, ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyatlar yuzasidan ishni qo'zg'atishda uning roziligini olishni nazarda tutuvchi holatlari ko'payib bormoqda. Ushbu jinoyatlarni tergov qilishda dispozitivlik asoslariga tayyanib ishni olib borish maqsadga muvofiq. O'zbekiston Respublikasi JKda Badanga shikast yetkazishye.ning og'irlik darajasiga qarab: qasddan badanga og'ir, o'rtacha og'ir, yengil shikast yetkazish, kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og'ir yoki o'rtacha og'ir shikast yetkazish, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga og'ir shikast yetkazish, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan shikast yetkazish (104-109-moddalar) bo'yicha alohida javobgarlik ko'zda tutilgan. Sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli bo'lgan qasddan badanga og'ir shikast yetkazish natijasida ko'rish, so'zlash, eshitish qobiliyatini yo'qotish yoxud biron a'zoning ishdan chiqishi yoki uning faoliyati tamoman yo'qolishiga, ruhiy kasalga chalinishga yoki umuman sog'lig'i buzilib, umumiy mehnat qobiliyatining 33% dan kam bo'lmagan qismining doimiy yo'qolishiga yoxud badanning tuzalmaydigan darajada xunuklashishiga sabab bo'lgan shikast yetkazish qasddan badanga og'ir shikast yetkazish
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz
sanaladi va aybdor 5 yildan 8 yilgacha muddatga; Badanga shikast yetkazish o'ta shafqatsizlik bilan; ommaviy tartibsizliklar jarayonida; ta'magirlik niyatida; bezorilik oqibatida; millatlararo yoki irqiy adovat zamirida; diniy taassublar zamirida; kishi a'zolarini kesib olib, boshqa kishiga ko'chirish (transplantat) maqsadida; bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo'lsa, 8 yildan 10 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Qasddan badanga shikast yetkazish jinoyatlari og'ir va tergov uslubi ancha murakkab kechadigan hodisalardan hisoblanadi. Kriminalistik tergov uslubini qo'llash qasddan badanga shikast yetkazish jinoyatini tekshirishda jabrlanuvchiniga tan jarohatini yetkazish sababini aniqlashga: qasddan badanga shikast yetkazish tajovuzidan sodir bo'ldimi, degan holatlarni aniqlashga qaratiladi. Shuning uchun har qanday holatlarda qasddan badanga shikast yetkazish shubhali vaziyatda kriminalistik tergov uslubi qoidalariga asoslangan holda tekshirilishi lozim. Qasddan badanga shikast yetkazish jinoyatlarini sodir etishda jinoyatchilar turli usul va qurollarni qo'llaydilar. Ko'p hollarda ular o'q otish va sovuq qurollar, turli uy-ro'zg'or buyumlari (pichoq, tesha, bolta), biror qattiq predmet (temir, tosh kabi)lar bilan jarohat yetkazadilar. Qasddan badanga shikast yetkazish usullari, jinoiy harakat motivlari, joyi, vaqti, hodisaning oqibati, izlar, qurollar bularning barchasi kriminalistik tavsifni tashkil qiladi. Uning ayrim elementlari esa bir-birlari bilan bog'liq bo'lib, biri-ikkinchisidan kelib chiqadi va to'ldiradi. Ayniqsa, jinoyatning sub'ekti, jabrlanuvchi, ishlatgan qurol va jinoyat joyi kabi elementlar o'zaro chambarchas bog'liq bo'lib, har qaysi elementdan qolgan izlar (oqibatlar) boshqa elementlarda aks etadi, birini kuzatish va tekshirish bilan ikkinchisi unga bog'liq bo'lgan holatning xususiyatini keltirib chiqaradi. Jinoyatning kriminalistik tavsifini belgilashda yuqorida keltirilgan holatlarning ketma-ketligi, hodisa joyidagi vaziyatlarning kelib chiqishi, birining oqibati ikkinchisida ma'lum izlarning qoldirishi kabilarini aniqlash tergov dastlabki bosqichining muvaffaqiyatli bo'lishiga asos hisoblanadi. Tergov amaliyoti tajribasiga asoslangan holda shuni aytish mumkinki, eng ko'p tarqalgan qasddan badanga shikast yetkazish jinoyatlari uy-joy binolarida, jamoat joylarida, ko'chalarda sodir etiladi, bunda jinoyatning oqibati, qurollar, izlar yashirilmaydi jinoyatni sodir etgan shaxs o'zi ham ba'zida qochmaydi, bekinmaydi. Bunday jinoyatlar ko'pincha g'arazlik, o'ch olish, rashq, bezorilik, ikki jinoiy guruhlarning qarama-qarshilik to'qnashuvlari natijasida sodir bo'ladi. Bu holatlarda sodir etilgan qasddan badanga shikast yetkazish jinoyatlarining ochilishi va tergov jarayoni unchalik qiyinchilikni tug'dirmaydi. Tergov uslubi tavsiya etgan taktik va metodik vositalarni qo'llash va hodisa joyidagi qurollar, izlar, jabrlanuvchi shaxsi va tan jarahoti sababi haqidagi dastlabki ma'lumotlar asosida versiya-tusmollarini ishlab chiqish va tergovni to'g'ri tashkil etish, ya'ni ishni tegishli muddatlarda ochishisbotlash mumkin bo'ladi.
Sudlar, badanga shikast yetkazish jinoyatlaridan oilaviy (maishiy) zo'ravonlik bilan bog'liq jinoyatlarni farqlashi lozim. Oilaviy (maishiy) zo'ravonlik deganda, oila a'zosining boshqa oila a'zosiga nisbatan uning huquqlarini, erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini buzadigan, jismoniy va (yoki) ruhiy azob uqubatlarga olib keladigan, uning huquqlarini cheklaydigan, badanga shikast yetkazilishiga sabab bo'ladigan qasddan sodir etiladigan jismoniy, ruhiy, iqtisodiy yoki jinsiy xarakterdagi xatti-harakatni sodir etilishi tushunilishi lozim. Oilaviy (maishiy) jismoniy zo'ravonlik deganda, kundalik birgalikdagi hayot (turmush)da oilaning bir yoki bir guruh a'zolari tomonidan boshqa bir a'zosining sog'lig'i yok i
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz
jismoniy daxlsizligiga tajovuz qiladigan g'ayriqonuniy harakatlar tushunilishi lozim. Oilaviy (maishiy) ruhiy zo'ravonlik deganda, kundalik birgalikdagi hayot (turmush)da oilaning bir yoki bir guruh a'zolari tomonidan boshqa bir a'zosining sha'ni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularni shaxsiy, mulkiy huquqlarini amalga oshirishni cheklash, ta'lim olish, sog'liqni saqlash, mehnatga oid huquqini amalga oshirishga to'sqinlik qilish, yaqin qarindoshlaridan ajratib qo'yish, mulkiga shikast yetkazish, nobud qilish, hayoti yoxud sog'lig'i uchun xavfli bo'lgan zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish tushunilishi lozim.Oilaviy (maishiy) iqtisodiy zo'ravonlik deganda, kundalik birgalikdagi hayot (turmush)da oilaning bir yoki bir guruh a'zolari tomonidan boshqa bir a'zosining mulk, ta'lim olish, sog'liqni saqlash va (yoki) mehnatga oid huquqini amalga oshirishini cheklashga olib keladigan, mol-mulkiga va shaxsiy ashyolariga qasddan shikast yetkazishga qaratilgan harakat (harakatsizlik) tushunilishi lozim.
Shahar sharoitlarida sodir qilinadigan qasddan badanga shikast yetkazishlar ko'p hollarda jinoyat izlarini yo'qotishga qaratilgan bo'ladi. Qasddan badanga shikast yetkazish jinoyat sodir etilgan joylar har xil hududlarda bo'lgan taqdirda, bu joylarni bir-birlari bilan bog'liq va moslik holatlari aniqlanmog'i lozim. Qasddan badanga shikast yetkazish jinoyatlarining tavsiflaridan yana biri uning sodir qilinish usulidir. Qasddan badanga shikast yetkazish sodir qilish usuli o'z ichiga ishlatilgan qurol, vosita, harakat, jinoyatga avvaldan tayyorgarlik ko'rish va jinoyat izlarini yo'qotishga urinish kabi holatlar kiradi. Uy-ro'zg'or janjallari, rashq, bezorilik, spirtli ichimlik va giyohvandlik moddalar ta'sirida sodir qilinadigan qasddan badanga shikast yetkazish deyarli oldindan tayyorgarlik ko'rilmasdan sodir qilinadi. Qasddan badanga shikast yetkazish duch kelgan predmet qurol (pichoq, tesha, bolta) yoki boshqa vosita bilan jarohat yetkazib, maqsadiga yetadi. Qasddan badanga shikast yetkazish g'arazli maqsadda yoki jabrlanuvchining lavozimi, xizmat vazifasiga qarshi qaratilgan bo'lsa, jinoyatchi oldindan tayyorgarlik ko'radi; joyini, vaqtini belgilab qo'yadi. Qasdni amalga oshirgandan so'ng jinoyatchi oyoq va qo'l izlarini qoldirmaslikka harakat qiladi. Bu hola tlar jinoyatchining shaxsi haqidagi ma'lumotlarni olishga va uni kimlar orasidan qidirish lozimligini belgilaydi[3]. Ushbu jinoyatlarning izlarini yo'qotishga qaratilgan harakatlar ba'zida tan jarohati boshqa hodisa tusini berish uchun niqoblash usullarini ham qo'llashlik hollari uchrab turadi. Qasddan badanga shikast yetkazilgan shaxsini xushsizlantirib yoki og'ir jarohat yetkazib, tepalik - balandlikdan itarib yuboradi - niqobi tusini yaratadi va hokazo. Qasddan badanga shikast yetkazilgan jabrlanuvchining shaxsini tavsiflash ham tergovning dastlabki bosqichida to'g'ri tusmollar tuzishga va gumon qilinuvchini topishga yordam beradi. Qasddan badanga shikast yetkazilan jabrlanuvchilar ayol kishilar bo'lsa, ko'p hollarda ular zo'rlik, g'arazlik yoki rashq qurbonlari bo'ladilar. Jinoyatchi va jabrlanuvchining o'zaro aloqalari, munosabatlari bir-birlari bilan bog'liq bo'lib, jinoiy oqibatga olib kelish sababidan va qasdning mazmunidan darak beradi. Qasddan badanga shikast yetkazgan gumon qilinuvchi, tergov amaliyotiga asoslangan holda quyidagicha tavsiflanishi mumkin. Spirtli ichimlik yoki giyohvand moddalarni iste'mol qiluvchi 18 yoshdan 50 yoshgacha bo'lgan erkak kishilar, ko'p hollarda qo'pol muomala qiluvchilar, ahloqsiz, jamoaga va ayollarga nisbatan behurmat va rahmsiz, ilgari sudlangan kabi sifatlarga ega bo'ladilar. Qasddan badanga shikast yetkazgan jinoyatchining ba'zi harakatlari - jabrlanuvchiga nisbatan o'ta rahmsizlik bilan ko'p jarohat
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz
yetkazishi, o'zining yaqin qarindoshi, oila-a'zolariga nisbatan tan jaroxatni yetkazish, uning aqli norasologidan xabar beradi, bunday hollarni tipik vaziyatlarga kiritish mumkin.
References:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 may kuni qabul qilingan «Jinoyat vajinoyat-protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to'g'risida»gi PQ 3723-son qarori //http://lex.uz/docs/3735818 (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi).
2. Авакян М.В. Методика расследования и поддержания государственного обвинения по делам об умышленном причинении тяжкого вреда здоровью: Дисс. ...док. юрид. наук. - Калинград,2017. - C. 51.
3. Безручко Е. В. Преступления, посягающие на безопасность здоровья человека: теоретико-правовое исследование: Дисс. ...док. юрид. наук. - Ростов-наДону,2018. - С.45.
4. Беспечный О. В. Теоретические и практические проблемы расследования преступлений, связанных с причинением тяжкого вреда здоровью: дис. ... канд. юрид. наук / О. В. Беспечный. - Барнаул, 2003. - С.121.
5. Жиноят процессида далиллар такдим ;илиш ва фойдаланиш муаммолари. Илмий-амалий кулланма. Т. «Адолат». 2013 й