*Ustozlar maktabi * Школа наставников * School of mentors*
UDK 343.6
"AVESTO"DA SHAXSGA QARSHI JINOYATLAR _UCHUN JAVOBGARLIK MASALALARI_
M.T.Turg'unov*
Kalit so'zlar: inson, hayot, sog'liq, jinoyat, jismoniy harakat, "Ochiripta", "Vandidod", qamchin, aspahiq-ashatra, saravushu-charana, "pishavtanu", "aridush", "avauyrayshta", tan jarohati, qobilyat.
"Avesto" inson sog'lig'i va hayotiga qarshi bo'lgan jinoyatlami batafsil kvalifikatsiya etib, shunga mos ravishda jazo choralarni belgilaydi [1]. Qasddan hujum qilish yoki jazava holatida hujum qilish, tahdid qilish, shifokorning ziyon yetkazuvchi harakati, homilani olib tashlash, resus va homiladorlik paytida ayolning sog'lig'iga qarshi jinoyatlar shaxsga qarshi jinoyatlar hisoblanadi [2].
Darhaqiqat, insonning hayoti va sog'lig'i shaxsning bebaho boyligi hisoblanadi va uning bu boyliklardan mahrum etilishi yoki ularga shikast yetkazilishi shaxsga qaratilgan jinoyat yoki qasdan sodir etilgan jinoyat hisoblanadi. Inson yashar ekan, hayotdan, uning ne'matlaridan bahramand bo'lib yashashga intiladi, hayotdan mahrum qilishni o'rnini hech narsa bilan to'ldirib bo'lmaydi. Insonning sog'lig'iga zarar yetkazilishi unga jismoniy, axloqiy, ruhiy azoblar berib, uning hayotiy faoliyatini yoki jamiyatdagi o'rnini cheklab qo'yadi.
Jinoiy qilmish insonga xos xatti-harakatlarning bir ko'rinishi sifatida, avvalo, ularning psixologik mazmunining barcha alomatlariga ega bo'lmog'i lozim. Insonga xos xatti-harakatlarning fiziologik asosini jismoniy harakat tashkil qiladi. Jismoniy harakat faol yoki passiv bo'lishi mumkin. U og'zaki faollik (firibgarlik, tuhmat, tahdid, tashviqot, tahqirlash, xaqorat qilish, o'zga shaxs to'g'risida noto'g'ri axborot tarqatish va boshqalar), tajovuzkorlik predmetlariga fizik-mexanik ta'sir qilish (o'g'rilik, bosqinchilik, inson organizimiga tan jarohati yetkazish va boshqalar) yoxud jinoyat obyekti va predmetiga birgalikdagi mexanik va og'zaki ta'sir (bezorilik, hokimiyat va mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) keltirib chiqaradi.
Shunday qilib, jinoyat jamiyatning ijtimoiy hayotidagi murakkab hodisalardan biridir, shuning uchun ham uning o'rganilishiga nafaqat yuristlar, balki filosoflar siyosatshunoslar, sotsiologlar va boshqa soha olimlari ham ko'p e'tibor qiladi [3].
Qasddan sodir etilgan jinoyat shaxsning ongli, irodaviy va aniq maqsadga yo'naltirilgan xulq-atvoridan iborat xatti-harakatlar hisoblanadi. "Avesto"da biz quyidagilarni o'qiymiz: "Kimda-kim birovni urmoq qasdida otlansa, uning gunohi "ochiripta"dir" [4]. "Ochiripta" - "olmoq" ma'nosida. "Vandidod" ta'biricha, bir kishini urmoq qasdida qo'lga qurol-aslaha olgan shaxs gunohi shunday deb yuritiladi. "Avesto"da Zardusht Ahura Mazdadan so'raydi: "- Ey, olamni yaratgan Zot! Ey, Haqiqat! Kimda-kim "ochiripta" gunohi bilan bulg'ansa, gunohining jazosi ne bo'ladi? Ahura Mazda javob berdi: - Besh qamchin aspahiq-ashatra bilan, besh qamchin saravushu-charana qamchini bilan savalanadi. Ikkinchi marta o'n qamchin aspahiq-ashatra bilan, o'n qamchin saravushu-charana bilan savalanadi. Uchinchi marta o'n besh marta aspahiq-ashatra bilan, o'n besh marta saravushu-charana bilan savalanadi. To'rtinchi marta o'ttiz qamchin aspahiq-ashatra bilan, o'ttiz qamchin saravushu-
* Turg'unov Murodjon Tursunboyevich - yuridik fanlar doktori, dotsent, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq institutining direktori.
charana bilan savalanadi. Beshinchi marta ellik qamchin aspahiq-ashatra, ellik qamchin saravushu-charana bilan savalanadi. Oltinchi marta oltmish qamchin aspahiq-ashatra, oltmish qamchin saravushu-charana bilan savalanadi. Yettinchi marta to'qson qamchin aspahiq-ashatra bilan, to'qson qamchin saravushu-charana bilan savalanadi" [5].
Shunday qilib, agar kimda-kim yetti marta "ochiripta" gunohi bilan bulg'ansa, ya'ni kimda-kim birovni urmoq qasdida otlansa, jinoyatlar jami bo'yicha "Aspahiq ashatra", ya'ni otning terisi bilan yasalgan qamchin bilan to'qson marta va "Saravushu charana", ya'ni buqa terisidan to'qilgan qamchin bilan to'qson marta savalangan. "Kimda-kim birovning boshi ustiga urmoq qasdida bostirib kirsa, uning gunohi "avauyrayishta", ya'ni jahl ustida qo'lga qurol olib birovni urmoqchi bo'lgan shaxsning jinoyati shunday yuritilgan [6]. Avaurayishta - "aylantirmoq" ma'nosida. Qo'lga qurol olib, birovni urmoq qasdida jahl bilan uni aylantirgan kimsa gunohi shunday yuritiladi [7]. "Kimda-kim g'araz bilan birovni urmoqqa qasd qilsa, uning gunohi "aridush" bo'lib, qasd qilgan mazlum qo'lidagi qurol bilan urmaydi, bordi-yu, urgan taqdirda ham uning zahmi uch kun ichida tuzalishi kerak" [8].
Aridush qo'liga qurol olib, birovni urmoqqa qasdlangan kishi gunohining nomi. Qasddan sodir etilgan jinoyat shaxsning ongli irodaviy va aniq maqsadga yo'naltirilgan xulq-atvoridan iborat xatti-harakatlar hisoblanadi. Jinoyat uzoq yoki qisqa davr ichida sodir etiladi. Shu bois jinoyat tarkibining obyektiv tomonini amalga oshirishdan oldin shaxs ongida fikrlash jarayoni yuzaga kelib, kelgusida amalga oshiradigan jinoiy xatti-harakatlar rejasini tuzadi. Mazkur jarayonni qisqa qilib, jinoiy qasdning shakllanishi deb atash mumkin. Jinoiy qasdning shakllanishi bosqichi jinoiy maqsadni aniqlash, unga erishish uchun zarur shart-sharoitlarni anglash, jinoyatni sodir etish va keyinchalik uning izlarini yo'qotish usullarini topish, jinoyatni sodir etishda ko'maklashish uchun boshqa shaxslarni jalb etish imkoniyati va maqsadga muvofiqligi haqida fikr yuritish kabilarni qamrab oladi. Biroq bularning hammasi shaxs ongida bo'lib o'tadi.
Amaliyotning ko'rsatishicha, jinoyat sodir etishga qasd qilgan shaxs uni yashiradi. Lekin ko'p hollarda shaxsning jinoyat sodir etish maqsadi boshqa shaxslarga ayon bo'lib qoladi, ya'ni bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar beriladi yoki jamoatchilikka oshkor bo'ladi yoxud shaxs o'z fikrlarini boshqalar bilan bo'lishganda atrofdagilar (qarindosh-urug', do'stlar, tanish-bilish, qo'ni-qo'shni va shu kabilar)ga jinoyat sodir etishi qasd qilganligi haqida so'zlab berganidan so'ng ayon bo'ladi. Mazkur hol jinoyat huquqi nazariyasida qasdni izhor qilish deb atalib, unga shaxs ongida jinoyat sodir etish bo'yicha tashqi yuzaga kelgan va shakllangan xohish-istak, maqsad deb ta'rif beriladi.
Jinoiy qasd haqida o'zgalarga bildirish esa shaxs tomonidan o'z jinoiy maqsadlarini og'zaki, yozma, konkyudent xatti-harakatlar, ya'ni imo-ishora, muayyan so'z yoki tana harakatlari bilan boshqa shaxslarga xabar berish orqali amalga oshiriladi. Respublikamiz jinoyat qonunida jinoiy qasdni izhor qilish va u haqda bildirish uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilmagan [9]. Ammo, yuqorida ko'rib o'tganimizdek, "Avesto"da kimda-kim birovni urmoq qasdida otlansa, kimda-kim birovning boshi ustiga urmoq qasdida bostirib kirsa, kimda-kim g'araz bilan birovni urmoqqa qasd qilsa, ular jazoga tortilganlar. Kimda-kim besh marta ushbu gunohga qo'l ursa, u "pishavtanu" bo'ladi. Pishavtanu - "o'z gunohi uchun tanasini bag'ishlagan odam" ma'nosini anglatadi. Uning boshqa bir nomi "arzon o'lim", ya'ni gunohlari evaziga o'lim jazosini topgan shaxs. Pishavtanu gunohi uchun boshqa jazo usullari ham qo'llanilgan. Chunonchi "Avesto"da o'qiymiz: "Kimda-kim oldingi gunohlarining tovonini to'lagach, sakkizinchi marta "ochiripta" yozug'i bilan bulg'angan bo'lsa, uning jazosi nechuk? Ahura Mazda javob berdi: - Uning kirdikori "pishavtanu"dir. Gunohining jazosi yigirma qamchin aspahiq- ashatra bilan, yigirma qamchin saravushu-charana bilan savalanadi. Kimda-kim "oshiripta" gunohi bilan bulg'ansa va tovon to'lashdan bosh tortsa, uning jazosi nechuk? Ahura Mazda javob berdi: - Uning kirdikori "pishavtanu"dir. Gunohining jazosi yigirma qamchin aspahiq-ashatra, yigirma qamchin saravushu-charana bilan savalanadi" [10].
Yuqorida ta'kidlanganidek, "avauyrayshta" gunohi, ya'ni qo'lga qurol olib, birovni urish qasdida jahl bilan aylantirgan shaxs sodir etgan gunoh sanaladi. Avestoda mazkur jinoyat darajalari, shu bilan birga mazkur gunohdan poklangandan keyin yana sodir etish holatlari belgilangan. Unga ko'ra, mazkur gunohni birinchi marta sodir etgan yoki takroriy sodir etilishi miqdoriga qarab jazo choralari o'zgarib borgan.
Masalan, kimda-kim "avauyrayshta" gunohini birinchi marta sodir etgan bo'lsa, u o'n qamchin aspahiq-ashatra bilan va o'n qamchin saravushu-charana bilan savalangan. Ikkinchi marta o'n besh qamchin aspahiq-ashatra bilan va o'n besh qamchin saravushu-charana bilan; uchinchi marta o'ttiz qamchin aspahiq-ashatra bilan va o'ttiz qamchin saravushu-charana bilan; to'rtinchi marta ellik qamchin aspahiq-ashatra bilan va ellik qamchin saravushu-charana bilan; beshinchi marta yetmish qamchin aspahiq-ashatra bilan va yetmish qamchin saravushu-charana bilan; oltinchi marta to'qson qamchin aspahiq-ashatra bilan va to'qson qamchin saravushu-charana bilan savalangan [11].
Agarda biror bir shaxs oldingi gunohlarining tomonini to'lagandan keyin ham yettinchi marta "avauyrayshta" gunohi bilan bulg'ansa, u"pishavtanu" amalini sodir etgan hisoblanib, u yigirma qamchin aspahiq-ashatra bilan, yigirma qamchin saravushu-charana bilan savalangan.
Bundan tashqari, kimda-kim "avauyrayshta" gunohi bilan bulg'angan bo'lsa va tovon to'lashdan bosh tortsa, u ham "pishavtanu" amalini sodir etgan hisoblanadi. Bunday gunohining jazosi yigirma qamchin aspahiq-ashatra bilan va oltmish qamchin saravushu-charana bilan savalangan.
Avestoda "aridush" gunohi va uning jazosi belgilangan. Unga ko'ra, aridush gunohini birinchi marta sodir etgan shaxs, o'n besh qamchin aspahiq-ashatra bilan va o'n besh qamchin saravushu-charana bilan savalangan [12]. Xuddi yuqorida keltirilganidek, mazkur gunohni takroran, yoki tovon to'langanidan keyin yana sodir etilganda qo'llaniladigan jazo chorasi aniq belgilangan. Bunda jazo choralari og'irlashib borganligining guvohi bo'lamiz [13].
"Avesto"da birovni urib, unga qattiq tan shikasti yetkazilganda ham shaxsga nisbatan jazo choralari qo'llanilgan [14]. O'zbekiston Respublikasida ham fuqarolarning sog'lig'i va jismoniy daxlsizligini jinoyatkorona tajovuzlardan muhofaza qilish jinoyat huquqining eng dolzarb vazifalaridandir. Yuridik adabiyotlarda badanga shikast yetkazishning yagona tushunchasi hanuzgacha ishlab chiqilmagan. Yuristlar badanga shikast yetkazish deb topilishi mumkin bo'lgan sog'liqqa zarar yetkazilishining chegaralarini aniq belgilash va uni boshqa zo'ravonlik tajovuzlaridan farqlash (ajratish) imkonini beradigan ikkita obyektiv mezonni asos qilib ko'rsatadilar:
1) odam tanasi a'zolari va to'qimalarining anatomik bus-butunligini yoki bir me'yorda ishlab turishining buzilganligi;
2) odam sog'lig'iga, sud tibbiy ekspertizasi yordamida yetkazilgan zararning og'irligi va darajasini aniqlash imkonini beradigan zararning yetkazilganligi.
Ana shu mezonlardan kelib chiqib, badanga shikast yetkazishni o'zga kishining sog'lig'iga uning xohishiga zid ravishda, tashqi muhit omillari ta'siri ostida to'qimalar yoki a'zolarning anatomik bus-butunligi yoki fiziologik funksiyalari buzilishiga sabab bo'lgan g'ayriqonuniy zarar yetkazish, deb ta'riflash mumkin [15].
"Avesto"da birovni urib, unga qattiq tan shikasti yetkazilganda shaxsga nisbatan qilmishi tegishli jazo choralari qo'llanilgan. Unga ko'ra, kimda-kim birovni urib, unga qattiq shikast yetkazsa, gunohkor o'ttiz qamchin aspahiq- ashatra, o'ttiz qamchin saravushu-charana bilan savalangan. Xuddi shuningdek, ikkinchi marta ellik qamchin aspahiq-ashatra bilan, ellik qamchin saravushu- charana bilan; uchinchi marta yetmish qamchin aspahiq-ashatra bilan, yetmish qamchin saravushu-charana bilan; to'rtinchi marta to'qson qamchin aspahiq-ashatra bilan, to'qson qamchin saravushu-charana bilan savalangan.
Shu bilan birga, kimda-kim oldingi gunohlarining tovonini to'laganidan keyin ham beshinchi marta ushbu gunohni sodir etgan taqdirda, u "pishavtanu" amalini sodir etgan bo'lib, gunohi yigirma qamchin aspahiq-ashatra bilan, yigirma qamchin saravushu-charana bilan savalangan. Kimda-
«Yosh olimlar axborotnomasi» - «Вестник молодых ученых» - «The bulletin of young scientists» 5
kim shunday gunoh sodir etib, tovon to'lashdan bosh tortsa, u yigirma qamchin aspahiq-ashatra bilan, yigirma qamchin saravushu-charana bilan savalangan [16].
Shunday qilib, Avestoda shaxsning sog'lig'i, tan butunligini asrash, uni turli darajadagi zo'ravonlik va o'zboshimchaliklardan muhofaza qilishga katta e'tibor qaratilgan. Ushbu qoidalarning tatbiq etilishi natijasida, jamiyat a'zolarining zo'ravonliklardan muhofazasi ta'minlangan.
Mamlakatimiz jinoyat qonunchiligi tahlili shuni ko'rsatadiki, zamonaviy qonunchilik normalari shaxsning sog'lig'i, unga turli shikast yetkazilishini oldini olishga qaratilgan Jumladan, O'zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 109-moddasi qasddan badanga yengil shikast yetkazish deb nomlanib, unga ko'ra: 1) badanga sog'liqning qisqa muddatli yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo'lmagan muddatga yo'qolishiga olib kelmagan yengil shikast yetkazish;
2) badanga sog'liqning qisqa vaqt, ya'ni olti kundan ortiq, ammo yigirma bir kundan ko'p bo'lmagan muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo'lmagan muddatga yo'qotilishiga sabab bo'lgan yengil shikast yetkazish uchun javobgarlik belgilangan [17].
Sog'liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo'lmagan muddatga yo'qolishiga olib kelmagan yengil tan jarohatlari jumlasiga uncha ko'p bo'lmagan, tez o'tib ketadigan, oqibati og'ir bo'lmagan olti kundan uzoq davom etmagan shikastlar kiradi. Bu shikastlar lat yeyish, tirnalish, shilinish, uncha katta bo'lmagan g'urra tarzida bo'lishi mumkin.
Sog'liqning qisqa muddatga yomonlashuviga olib kelgan yengil tan jarohatlari jumlasiga:
1) sog'liqning olti kundan ortiq, ammo yigirma bir kundan ko'p bo'lmagan muddatga yomonlashuviga sabab bo'lgan shikastlar;
2) mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo'lmagan muddatga yo'qotilishiga sabab bo'lgan shikastlar kiradi.
Mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo'lmagan muddatga yo'qotilishi deganda, umumiy mehnat qobiliyatining o'n foizgacha yo'qotilishi tushuniladi [18].
"Avesto"da birovni urib, uning qonini oqizgan kimsa, ellik qamchin aspahiq-ashatra va ellik qamchin saravushu-charana bilan savalangan. Ikkinchi marta yetmish qamchin aspahiq-ashatra va yetmish qamchin saravushu-charana bilan; uchinchi marta to'qson qamchin aspahiq-ashatra, to'qson qamchin saravushu-charana bilan savalangan [19].
Kimda-kim oldingi gunohlarini tovonini to'lagani holda to'rtinchi marta bunday gunoh sodir etgan taqdirda, u "pishavtanu" amalini sodir etgan hisoblanadi va jazo tarqiasida yigirma qamchin aspahiq-ashatra, yigirma qamchin saravushu-charana bilan savalangan.
Agarda birovga shikast yetkazib, uning qonini oqizgan holda tovon to'lashdan bosh tortgan taqdirda, gunohi uchun yigirma qamchin aspahiq-ashatra va yigirma qamchin saravushu-charana bilan savalangan [20]. "Avesto"da keltirilgan ushbu holatlar, ya'ni birovni urib, uni qonini oqizish kabi qilmishni sodir etish, hozirda qonunchiligimizda o'z ifodasini topgan qasddan badanga o'rtacha og'ir shikast yetkazish kabi jinoyatga o'xshaydi. Chunki o'rtacha og'ir tan jarohatlari odamning sog'lig'iga ancha ziyon yetkazishi mumkin, lekin ular a'zoning yo'qotilishiga yoki og'ir tan jarohatlari uchun xos bo'lgan boshqa oqibatlarga olib kelmaydi.
Badanga yetkazilgan o'rtacha og'ir shikastlarning asosiy belgilari quyidagilardir:
1) sog'liqning uzoq vaqt, ya'ni kamida yigirma bir kun, ammo to'rt oydan ko'p bo'lmagan davrda yomonlashuvi;
2) umumiy mehnat qobiliyatining o'n foizidan o'ttiz uch foizigacha yo'qotilishi [21].
Umumiy mehnat qobiliyatining o'n foizidan o'ttiz uch foizigacha yo'qotilishi badanga
yetkazilgan o'rtacha og'ir shikastini mustaqil belgisi hisoblanadi.
"Avesto"da birovni urib suyagini sindirsa, shaxsga nisbatan jazo belgilangan. Unga ko'ra, birovni urib, suyagini sindirgan kimsa, yetmish qamchin aspahiq-ashatra bilan, yetmish qamchin saravushu-charama bilan savalangan.
Ikkinchi da'fa to'qson qamchin aspahiq-ashatra, to'qson qamchin saravushu-charana bilan savalangan.
Agar shaxs oldin sodir etgan shunday jinoyatlari uchun tovon to'lagan holda uchinchi marta ham mazkur jinoyatni sodir etsa, u holda u "pishavtanu" qilmishini sodir etgan hisoblanadi. Gunohi uchun yigirma qamchin aspahiq- ashatra bilan, yigirma qamchin saravushu-charana bilan savalangan.
Shu bilan birga, birovni ni urib, uning suyagini sindirgan holda tovon to'lashdan bosh tortgan kimsa, "pishavtanu"ni amalini sodir etgan hisoblanib, u aspahiq-ashatra hamda saravushu-charana qamchinlari bilan yigirma marta savalangan [22].
Muqaddas bitikda birovni kaltaklab, uni hushidan ketkizgan yoki ushbu jinoyatni qayta sodir etgan taqdirda jinoyatlar jami bo'yicha jazo tayinlash qoidasi belgilangan. Unga ko'ra, birovni kaltaklab, uni xushidan ketkazgan kimsa, aspahiq-ashatra qamchin bilan to'qson marta, saravushu -charana qamchini bilan oltmish marta savalangan. Dastlabki gunohining tovonini to'lab turib ham qayta ushbu gunohni sodir etgan kimsa sodir etgan gunohi uchun aspahiq- ashatra qamchini bilan yigirma marta, saravushu-charana qamchini bilan yigirma marta kaltaklangan.
Agarda bir kimsani urib, xushidan ayirgani holda tovon to'lashdan bosh tortgan shaxs, aspahiq-ashatra hamda saravushu-charana qamchinlari bilan yigirma martadan kaltaklangan [23]. Yuqorida bayon etilgan jazolar nihoyasida bu gunohkorlar poklangan va ashavan bo'lgan hisoblanadi. Shundan so'ng, Mazda diniga amal qilishda davom etgan.
Xulosa. Yuqoridagi tahlillardan ko'rinib turibdiki, "Avesto"da jinoyat va jazo masalalari har tomonlama tartibga solinganligini ko'ramiz. Shu nuqtayi nazardan O'zbekiston Respublikasi jinoyat qonunlarining rivojlanish tarixini bevosita mamlakat tarixi bilan uzviy bog'liqlikda ko'rib chiqish lozim. O'zbekistonning to'la davlat mustaqilligiga erishishi, shuningdek O'zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasida demokratik respublikaning ijtimoiy tizimiga oid vazifalarning qayd qilinishi, o'z navbatida, respublikamiz jinoyat qonunlarning rivojlanishi tarixi masalasiga ham asosiy diqqat-e'tiborni jalb qilishni talab qiladi.
"Bugungi kunda yurtimizda inson huquq va erkinliklarini qonuniy himoya qilish bo'yicha salmoqli ishlar qilinmoqda. Jumladan, shaxsni ayblashda qonunga zid usulda olingan ma'lumotlarda dalil foydalanganlik uchun qat'iy javobgarlik belgilandi" [24].
"Avesto"da ko'rib o'tilgan shaxsga qarshi sodir etilgan jinoyatlarga berilgan jazodan ko'zlangan maqsad adolatli hukm chiqarish uchun ham asos hisoblanadi, jinoyatlarning oldini olishning muhim vositasi bo'lib xizmat qiladi.
Adabiyotlar:
1. Ртвеладзе Э. В., Саидов А. Х, Абдуллаев Е. В. ^адимги Узбекистан цивилизацияси: давлатчилик ва х,укук тарихидан лавхдлар. - Т.: "Адолат", 2001. - Б.235.
2. Ртвеладзе Э. В., Саидов А. Х, Абдуллаев Е. В. ^адимги Узбекистон цивилизацияси: давлатчилик ва х,укук тарихидан лавхдлар. - Т.: "Адолат", 2001. - Б.218.
3. Жиноят х,укуки. Умумий кисм: Дарслик / А. С. Якубов, Р. Кабулов ва бошкалар. - Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2004. - Б. 100-101.
4. Авесто. Тарихий-адабий ёдгорлик. Аскар Маркам таржимаси. - Т.: "Шарк", 2001. - Б.118.
5. Авесто. Тарихий-адабий ёдгорлик. Аскар Маркам таржимаси. - Т.: "Шарк", 2001. - Б.118.
6. Бобоев X,., Дусжонов Т., Хасанов С. "Авесто" - Шарк халкларининг бебах,о ёдгорлиги. ТМИ. - Т., 2004. - Б.22.
7. Авесто. Тарихий-адабий ёдгорлик. Аскар Маркам таржимаси. - Т.: "Шарк", 2001. - Б.339.
8. Бобоев X., Дусжонов Т., Хасанов С. "Авесто" - Шарк халкларининг бебах,о ёдгорлиги. ТМИ. - Т., 2004. - Б. 22.
«Yosh olimlar axborotnomasi» - «Вестник молодых ученых» - «The bulletin of young scientists» 7
9. Жиноят х,укуки. Умумий касм: Дарслик / А. С. Якубов, Р. ^абулов ва бошк. - Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2004. - Б.200-201.
10. Авесто. Тарихий-адабий ёдгорлик. Аскар Маркам таржимаси. - Т.: "Шарк", 2001. - Б.118.
11. Бобоев X., Дустжонов Т., Хасанов С. "Авесто" - Шарк халкларининг бебах,о ёдгорлиги. -Б.63.
12. Бобоев Х., Хасанов С. "Авесто" - маънавиятимиз сарчашмаси. - Б.64.
13. Авесто. Тарихий-адабий ёдгорлик. Аскар Маркам таржимаси. - Б. 119.
14. Авесто. Тарихий-адабий ёдгорлик. Аскар Маркам таржимаси. - Т.: "Шарк", 2001. - Б.119.
15. Рустамбоев М. Х. ва бошк. Жиноят х,укуки. - Т.: "Иктисодиёт ва х,укук дунёси" нашриёт уйи, 2000. - Б.56.
16. Авесто. Тарихий-адабий ёдгорлик. Аскар Маркам таржимаси. - Б. 119-120.
17. Рустамбоев М. Х. ва бошк. Жиноят х,укуки. - Т.: "Иктисодиёт ва х,укук дунёси" нашриёт уйи, 2000. - Б.74.
18. Уголовнмй кодекс Республики Узбекистан: научно-практический комментарий / Под ред. Якубов А. С. - С.148.
19. Авесто. Тарихий-адабий ёдгорлик. Аскар Маркам таржимаси. - Б. 120.
20. Бобоев Х., Хасанов С. "Авесто" - маънавиятимиз сарчашмаси. - Б. 66.
21. Уголовнмй кодекс Республики Узбекистан: научно-практический комментарий / Под ред. Якубов А. С. - Т.: Академия МВД Республики Узбекистан, 1996. - С.146.
22. Авесто. Тарихий-адабий ёдгорлик. Аскар Маркам таржимаси. - Т.: "Шарк", 2001. - Б.120.
23. Авесто. Тарихий-адабий ёдгорлик. Аскар Маркам таржимаси. - Т.: "Шарк", 2001. - Б.120-121.
24. Мирзиёев Ш.М. Нияти улуг халкнинг иши хам улуг, хдёти ёруг ва келажаги фаровон булади. - Тошкент: «Узбекистон» НМИУ, 2019. -Б.60.
"АВЕСТО'ДА ШАХСГА ЦАРШИЖИНОЯТЛАР УЧУН ЖАВОБГАРЛИК МАСАЛАЛАРИ
Ушбу мацолада муаллиф жиноятлар ва улар учун цулланилган жазоларни жиноят цурбонининг %аёти ва соглигига тажовуз циладиган "Авеста" даги сабабий муносабатлар нуцтаи назаридан та%лил цилади. Шу билан бирга, муаллиф ният тушунчаларини, муайян %ужумда ифодаланган жиноятнинг объектив томонини, шу жумладан ятроген характердаги %аракатларни, %омиладорликни тухтатишни та%лил цилади.
Муаллиф инсонни %аётдан ма%рум цилиш жамиятга тузатиб булмайдиган зарар, инсоннинг соглигига зарар етказиш еса жисмоний, маънавий, психологик жаро%атларга олиб келади ва унинг жамоат ишларида иштирокини чеклайди, деб хулоса цилади. Бундан ташцари, Авеста буйича жавобгарликка %уцуцбузарни тан жаро%ати шаклида жисмоний жазолаш киради.
Муаллифнинг таъкидлашича, Авестога кура жазо тайинлаш %уцуцбузар учун адолатли адолатни таъминлаш мацсадини кузлайди, бу еса бундай жиноятларга царши му%им профилактика чораси %исобланади.
ВОПРОСЫ ОТВЕТСТВЕННОСТИ ЗА ПРЕСТУПЛЕНИЯ ПРОТИВ ЛИЧНОСТИ В «АВЕСТЕ»
В данной статье автор анализирует преступления и назначаемые за них наказание с позиции причинно-следственной связи в «Авесте», которые посягают на жизнь и здоровье жертвы преступления. При этом автор анализирует понятия умысла, объективной
«Yosh olimlar axborotnomasi» - «Вестник молодых ученых» - «The bulletin of young scientists» 8
стороны преступления, выраженного в конкретном нападении, включая также действия ятрогенного характера, прерывания беременности.
Автор резюмирует, что лишение человека жизни наносит непоправимый ущерб обществу, а нанесение вреда здоровью личности, причиняет физические, моральные, психологические травмы и ограничивает ее участие в общественных делах. Причем, ответственность по «Авесте» включает физическое наказание преступника в форме нанесения телесных повреждений.
Автор отмечает, что назначение наказания по «Авесте» преследует цель -осуществление справедливого правосудия над преступником, что является важным профилактическим средством против такого рода преступлений.
ISSUES OF RESPONSIBILITY FOR CRIMES AGAINST THE PERSON IN «AVESTO»
In this article, the author analyzes crimes and the punishment imposed for them from the position of cause and effect in the Avesta, which encroach on the life and health of the crime victim. At the same time, the author analyzes the concepts of intent, the objective side of the crime expressed in a specific attack, including also actions of an iatrogenic nature, termination ofpregnancy.
The author summarizes that depriving a person of life causes irreparable damage to society, and harm to the health of an individual causes physical, moral, psychological trauma and limits his participation in public affairs. Moreover, liability according to Avesta includes physical punishment of the offender in the form of bodily harm.
The author notes that the imposition ofpunishment according to the Avesta pursues the goal of administering fair justice to the criminal, which is an important preventive measure against this type of crime.