Научная статья на тему 'SURXONDARYO VILOYATIDA OILA-TURMUSH DOIRASIDAGI JINOYATCHILIKNING KRIMINOLOGIK TAVSIFI VA OLDINI OLISHNI TAKOMILLASHTIRISH'

SURXONDARYO VILOYATIDA OILA-TURMUSH DOIRASIDAGI JINOYATCHILIKNING KRIMINOLOGIK TAVSIFI VA OLDINI OLISHNI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oila / oila-turmush / huquqbuzarlik / jinoyatchilik / oila-turmush doirasidagi jinoyatchilik / jinoyatlarning sabablari va shart-sharoitlar / oila-turmush doirasidagi jinoyatchilikning oldini olish. / Family / marriage / offense / crime / crime within marriage / causes and conditions of crime / crime prevention within marriage.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Умирзаков Бегзод Атабоевич, Болтаев Мурод Мамараджабович

Maqolada Surxondaryo viloyatida 2024-yilning yanvar, fevral, mart va aprel oylarida qayd etilgan oila-turmush doirasidagi jinoyatchilikning tahlili, ularning sababalari va unga imkon bergan shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar, aholi bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish, oilalarda sog‘lom muhitni qaror toptirish, jamiyat a’zolarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVEMENT OF CRIMINOLOGICAL CHARACTERISTICS AND PREVENTION OF DOMESTIC CRIMES IN SURKHANDARYA REGION

The article presents an analysis of domestic crimes registered in January, February, March and April 2024 in Surkhandarya region, preventive measures to identify and eliminate their causes and conditions contributing to this, targeted work with the population, timely resolution of their problems, ensuring a healthy environment in families, comments on improving legal culture members of the society.

Текст научной работы на тему «SURXONDARYO VILOYATIDA OILA-TURMUSH DOIRASIDAGI JINOYATCHILIKNING KRIMINOLOGIK TAVSIFI VA OLDINI OLISHNI TAKOMILLASHTIRISH»

é

ш

ARTICLE INFO

Received: 22th May 2024 Accepted: 29th May 2024 Online: 30th May 2024

KEYWORDS Family, marriage, offense, crime, crime within marriage, causes and conditions of crime, crime prevention within

marriage.

IMPROVEMENT OF CRIMINOLOGICAL CHARACTERISTICS AND PREVENTION OF DOMESTIC CRIMES IN SURKHANDARYA REGION

Umirzakov Begzod Ataboyevich1 Boltayev Murod Mamarajabovich2

xHead of the Department of Criminology of the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan, Doctor of Philosophy in Legal Sciences, Associate Professor. 2Deputy Head of the Ministry of Internal Affairs of Surkhandarya Region - Head of the Public Security Service. https://doi.org/10.5281/zenodo.11394359

__ABSTRACT

The article presents an analysis of domestic crimes registered in January, February, March and April 2024 in Surkhandarya region, preventive measures to identify and eliminate their causes and conditions contributing to this, targeted work with the population, timely resolution of their problems, ensuring a healthy environment in families, comments on improving legal culture members of the society.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ КРИМИНОЛОГИЧЕСКОМ ХАРАКТЕРИСТИКИ И ПРОФИЛАКТИКИ СЕМЕЙНО-БЫТОВЫХ ПРЕСТУПЛЕНИЙ В СУРХАНДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ

Умирзаков Бегзод Атабоевич1 Болтаев Мурод Мамараджабович2

Начальник отдела криминологии МВД Республики Узбекистан, доктор философских

наук по юридическим наукам, доцент. Заместитель начальника МВД Сурхандарьинской области - начальник Службы

общественной безопасности. https://doi.org/10.5281/zenodo.11394359

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 22th May 2024 Accepted: 29th May 2024 Online: 30th May 2024 KEYWORDS

Семья, брак,

правонарушение,

преступность,

преступность в рамках

брака, причины и условия

совершения

преступлений,

В статье представлен анализ семейно-бытовых преступлений, зарегистрированных в январе, феврале, марте и апреле 2024 года в Сурхандарьинской области, профилактические меры по выявлению и устранению их причин и условий, способствующих этому, адресная работа с населением, своевременное решение их проблем, обеспечение здоровой среды в семьях, высказаны замечания по повышению правовой культуры членов общества.

é

Ws,

профилактика преступности в рамках брака.

SURXONDARYO VILOYATIDA OILA-TURMUSH DOIRASIDAGI JINOYATCHILIKNING KRIMINOLOGIK TAVSIFI VA OLDINI OLISHNI

TAKOMILLASHTIRISH

Umirzaqov Begzod Ataboyevich1 Boltayev Murod Mamarajabovich2

Uzbekistan Respublikasi Ichki ishlar vazirligi kriminalistika boshqarmasi boshlig'i, yuridik

fanlar falsafa doktori, dotsent. 2Surxondaryo viloyati Ichki ishlar vazirligi boshlig'ining o'rinbosari - Jamoat xavfsizligi

xizmati boshlig'i. https://doi.org/10.5281/zenodo.11394359

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 22th May 2024 Accepted: 29th May 2024 Online: 30th May 2024

KEYWORDS Oila, oila-turmush,

huquqbuzarlik, jinoyatchilik, oila-turmush doirasidagi jin oya tchilik, jinoyatlarning sabablari va shart-sharoitlar, oila-turmush doirasidagi

jinoyatchilikning oldini olish.

Maqolada Surxondaryo viloyatida 2024-yilning yanvar, fevral, mart va aprel oylarida qayd etilgan oila-turmush doirasidagi jinoyatchilikning tahlili, ularning sababalari va unga imkon bergan shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etish bo'yicha profilaktik chora-tadbirlar, aholi bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini o'z vaqtida hal etish, oilalarda sog'lom muhitni qaror toptirish, jamiyat a'zolarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilgan.

Jamiyatda hukm surayotgan osoyishtalikni mustahkamlash aholining huquqiy ongi va madaniyatiga, qonunlarga bo'lgan munosabatiga ham bog'liq. Qaerda jinoyatchilikka nisbatan murosasizlik muhiti qaror topmas ekan, huquqbuzarliklarning turli ko'rinishlari sodir etilaveradi. Buning uchun aholi bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini o'z vaqtida hal etish, oilalarda sog'lom muhitni qaror toptirish, jamiyat a'zolarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish lozim bo'ladi1.

Jamiyatda muqaddas hisoblangan oilaviy munosabatlarga tahdid soluvchi, uni izdan chiqaruvchi, farzandlar tarbiyasiga salbiy ta'sir etuvchi oila-turmush doirasidagi jinoyatlarni o'rganish, uni huquqiy jihatdan tahlil qilish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Oila tor maishiy tushuncha emas. U ijtimoiy jamoadir. Binobarin, oila jamiyatning bir bo'lagidir. O'z navbatida oilalar birlashib jamiyatni tashkil etadi. Jamiyatdagi o'zgarishlar oilaga ta'sirini

1 Сурхондарё вилоятида жамоат хавфсизлигини таъминлаш ва жиноятчиликка карши курашиш фаолиятини ташкил этиш методикаси: Методик кулланма / Т.К. Исмаилов, Б.А. Ражабов, Т.Р. Кучкаров ва бошк. Масъул мухаррир: Р.А. Хатамов. - Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2024. - Б. 4.

é

ш

ko'rsatganidek, oiladagi o'zgarishlar jamiyatga ham o'z ta'sirini o'tkazadi2. Oila jamiyatdagi eng quyi bo'g'in bo'lmish mahallada rivojlanadi va taraqiy etadi.

Binobarin, hozirda eng quyi bo'g'indagi vaziyat va muammolarni chuqur o'rganish asosida mahallalarni jinoyatdan xoli hududga aylantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu borada "mahalla yettiligi" tizimining yo'lga qo'yilgani oila-turumsh doirasida jinoyat sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo'lgan shaxslarni aniqlash, ularning ijtimoiy-maishiy muammolarini hal etish orqali hududlarning kriminogen vaziyatini barqaror saqlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Eng muhimi, bu yo'ldagi ishlar izchil davom ettirilmoqda3.

Oila-turmush doirasidagi jinoyatlarning o'rganilishi jarayonida asosan er-xotin, qaynona-kelin, aka-uka, opa-singil va boshqa yaqin qarindoshlar o'rtasidagi munosabatlarni nazarda tutish maqsadga muvofiqdir. Chunki oila muhiti muvozanatini er-xotin saqlab turadi. Mazkur sohada sodir etilgan jinoyatlarning tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, oilaviy nizolarning asosiy qismi er-xotin o'rtasidagi kelishmovchiliklar natijasida yuzaga kelgan.

"Oila-turmush doirasidagi jinoyat" deganda, oilada uning a'zolari o'rtasida sodir etiladigan nizo, kelishmovchilik va janjallar oqibatida (er-xotin, qaynona-kelin, aka-uka, opa-singil va boshqalar o'rtasida) yuzaga keladigan har qanday jinoyat tushuniladi. Oila-turmush doirasidagi jinoyatlar shaxs va oilaga qaratilganligi shuningdek, jinoyatchi ham jabrlanuvchi ham bir oilaning a'zosi bo'lganligi bilan boshqa jinoyatlardan tubdan farq qiladi4.

Oila-turmush doirasidagi jinoyatlarning sodir etilishiga hududning ijtimoiy, iqtisodiy, demografik va kriminogen xususiyatlari ta'sir qiladi. Shundan kelib chiqib viloyatning yuqoridagi xususiyatlarini o'rganish muhim hisoblanadi.

Ta'kidlash o'rinliki, Surxondaryo viloyati 1941-yil 6 mart kuni tashkil etilgan. Yer maydoni 20.1 km2.

Viloyat Afg'oniston (156 km), Tojikiston (332,5 km) Turkmaniston (89,5 km) respublikalari hamda Qashqadaryo (193,8 km) viloyati bilan chegaradosh hisoblanadi. Viloyatning ma'muriy markazi - Termiz shahri.

Viloyatda 14 ta tuman, 1 ta shahar, 724 ta mahalla fuqarolar yig'ini mavjud. Doimiy aholi soni 2 836 434 nafar bo'lib, shundan, erkaklar 1 434 832 nafar va ayollar 1 401 602 nafarni tashkil etadi. Shuningdek, yoshlar (18-30 yosh) 605 904 nafar, voyaga yetmaganlar 1 056 715 nafarni tashkil etadi.

Oilalar soni 682 511 ta. Aholining 84,49 foizi o'zbeklar, 12,46 foizi tojiklar, 1,23 foizi turkmanlar, 0,80 foizi ruslar, 0,26 foizi tatarlar, 0,13 foizi ukrainaliklar, 0,12 lo'lilar va 0,65 foizi boshqa millat vakillaridan iborat5.

2 Умирзаков Б. Оила-турмуш доирасидаги хукукбузарликларнинг тушунчаси //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования. - 2023. - Т. 2. - №. Maxsus son. - С. 166-170.

3 Сурхондарё вилоятида жамоат хавфсизлигини таъминлаш ва жиноятчиликка карши курашиш фаолиятини ташкил этиш методикаси: Методик кулланма / Т.К. Исмаилов, Б.А. Ражабов, Т.Р. Кучкаров ва бошк,. Масъул мухаррир: Р.А. Хатамов. - Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2024. - Б. 3.

4 Умирзаков Б.А. "Обод ва хавфсиз махалла" тамойили асосида оила-турмуш муносабатлари доирасидаги жиноятларнинг олдини олишни такомиллаштириш / Узбекистон Республикаси ИИВ Академиясининг ахборотномаси / 2023 йил, 2-сон (57) / Б. 76.

5 Шр$://ги.ш1к1ре01а.ог§/ш1к1/Сурхандарьинская_область

é

Ws,

Ijtimoiy ob'ektlar

1 Markaziy shifoxona 24 ta 10 Maktabgacha ta'lim muassasalari 1 161 ta

2 Shundan, davlat tasarrufidagi shifoxonalar 24 ta 11 Umumta'lim maktablari 948 ta

3 Sanoat va qo'shma korxonalar, mikrofirmalar 49 084 ta 12 Kasb-hunar maktablari, litsey, kollej, texnikumlar 21 ta

4 Bozorlar 70 ta 13 Oliy ta'lim muassasalari 7 ta

5 Umumiy ovqatlanish ob'ektlari 686 ta 14 Mehribonlik uylari 0 ta

6 Xiyobon/ istirohat bog'lari 17 ta 15 Mehmonxonalar 65 ta

7 Huquq-tartibot maskanlari 36 ta 16 Avtomobil bozori 2 ta

8 Ko'p qavatli uylar 1 243ta 17 To'yxonalar 165 ta

9 Masjidlar 159 ta

Vluayyan jinoyatchilikning olc ini olishda ush bu jinoyatchilikning holati haqidagi

ma'lumotlarni shuningdek, uning sabablari va shart-sharoitlarni aniqlash va o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, biz dastlab, Surxondaryo viloyatida 2024-yilning 4 oyi (yanvar, fevral, mart, aprel)da qayd etilgan oila-turmush doirasidagi jinoyatchilikning holati haqidagi ma'lumotlarni tahlil qilishimiz lozimligini ko'rsatadi.

2024-yilning 4 oyi (yanvar, fevral, mart, aprel)da respublikada qayd etilgan umumiy jinoyatlarning 3,9 foizi Surxondaryo viloyati hissasiga to'g'ri kelmoqda. Shuningdek, qayd etilgan jinoyatlarning aholi soniga nisbatan darajasi tahlil qilinganida har 100 ming aholiga

52.7 ta respublika, 26,1 ta viloyat hissasiga to'g'ri kelmoqda.

Respublikada qayd etilgan oldini olish mumkin bo'lgan jinoyatlarning 4,0 foizi viloyatning hissasiga to'g'ri kelmoqda. Shuningdek, qayd etilgan oldini olish mumkin bo'lgan jinoyatlarning aholi soniga nisbatan darajasi tahlil qilinganida har 100 ming aholiga 32,6 ta respublika, 16,6 ta viloyat hissasiga to'g'ri kelmoqda.

Oldini olish mumkin bo'lgan jinoyatlarning tahlilida mahallaning jinoyatchilik ko'rsatgichlari ham muhim omil bo'lib hisoblanadi. Jumladan,

2024-yilning 4 oy yakuni bo'yicha respublikamizdagi mavjud jami 9747 ta mahalladan

67.8 foizi "yashil", 25,7 foizi "sariq" va 6,5 foizi "qizil" toifada ekanligi ma'lum bo'ldi.

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

Viloyatda esa bu ko'rsatgich ancha yaxshilagan jumladan, jami 724 ta mahalladan 76,1 foizi "yashil", 18,9 foizi "sariq" va 5,0 foizi "qizil" toifada ekanligi aniqlandi.

10000 9000 8000 7000 6000 5000 4000 3000 2000 1000 0

Respublikada jami 9747 ta mahalla

Pecnyö^MKa waMM 724 Ta Max,a^a

Umumiy mahalla

Oila-turmush doirasida sodir etilgan jinoyatlar mahallada oldini olish mumkin bo'lgan jinoyatlar tarkibiga kiradi. Ushbu toifadagi jinoyatlarni 2024-yilning 4 oy yakuni bo'yicha kriminologik va huquqiy tahlil qilinganida quyidagi ko'rsatgichlar namayon bo'ldi: Respublika bo'yicha jami qayd qilingan oila-turmush doirasidagi jinoyatlarning:

71.8 foizi ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan;

7.6 foizi uncha og'ir bo'lmagan; 10,3 foizi og'ir;

10,3 foizi o'ta og'ir jinoyatlar tashkil etmoqda. Shundan,

42.9 foizi oilaviy (maishiy) zo'ravonlik (JK 1261-m.);

16,5 foizi qasddan badanga yengil shikast yetkazish (JK 109-m.); 11,2 foizi qasddan badanga o'rtacha og'ir shikast yetkazish (JK 105-m.);

6.7 foizi qasddan odam o'ldirish (JK 97-m.);

5.7 foizi qasddan badanga og'ir shikast yetkazish (JK 104-m.);

1.8 foizi ehtiyotsizlik orqasida badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazish (JK 111-m.);

1,4 foizi o'ldirish yoki zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish (JK 112-m.); 1,1 foizi qiynash (JK 110-m.);

0,9 foizi bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish (JK 1221-m.); 0,7 foizi o'zini o'zi o'ldirish darajasiga yetkazish (JK 103-m.);

0,7 foizi shaxsning sha'nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma'lumotlarni oshkor qilish (JK 1413-m.); 0,5 foizi ehtiyotsizlik orqasida odam o'ldirish (JK 102-m.); 0,5 foizi bezorilik (JK 277-m.);

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

0,2 foizi o'zini o'zi o'ldirishga undash (JK 1031-m.);

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

9,2 foizi boshqa JK moddalari tashkil etadi.

Bunda respublikada 2024-yilning 4 oyida qayd etilgan oila-turmush doirasidagi jinoyatlarning sal kam yarimi oilaviy (maishiy) zo'ravonlik tashkil etmoqda.

Respublikada qayd etilgan oila-turmush doirasidagi jinoyatlarning 2,8 foizi Surxondaryo viloyati hissasiga to'g'ri kelmoqda.

Surxondaryo viloyatida 2024-yilning 4 oyida qayd etilgan oila-turmush doirasidagi jinoyatlarning:

56.3 foizi ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan;

25,0 foizi uncha og'ir bo'lmagan;

12,5 foizi og'ir;

6.2 foizi o'ta og'ir jinoyatlar tashkil etmoqda.

Shundan,

37.4 foizi oilaviy (maishiy) zo'ravonlik (JK 1261-m.);

37,4 foizi qasddan badanga yengil shikast yetkazish (JK 109-m.);

6.3 foizi qasddan badanga o'rtacha og'ir shikast yetkazish (JK 105-m.);

6,3 foizi qasddan odam o'ldirish (JK 97-m.);

6,3 foizi qasddan badanga og'ir shikast yetkazish (JK 104-m.);

6,3 foizi tuhmat (JK 139-m.).

2024-yilning 4 oyi davomida viloyatda qayd etilgan oila-turmush doirasidagi jinoyatlarning har ikkitadan bittasi oilaviy (maishiy) zo'ravonlikni tashkil etmoqda. Bu esa ayrim oilalarda nosog'lom muhit, ijtimoiy-mayishiy muammolar yig'ilib qolganligidan dalolat beradi.

Ushbu yuqoridagi oila-turmush doirasidagi jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning jinsiga ko'ra tahlil etilganida 25 foizi ayollar va 75 foizi erkaklar ekanligi aniqlandi. Bundan ko'rinib turibdik ushbu jinoyatlarning har to'rtadan uchtasini erkaklar sodir etmoqda.

Oila-turmush doirasidagi jinoyatlarning viloyatning tuman va shahar kesimida tahlil etilganida:

25,0 foizi Denov tumani; 25,0 foizi Angor tumani; 12,5 foizi Sherobod tumani; 12,5 foizi Sho'rchi tumani; 12,5 foizi Termiz shahri; 6,25 foizi Boysun tumani; 6,25 foizi Sariosiyo tumanlarining hissasiga to'g'ri kelmoqda.

Muzrabot, Qumqo'rg'on, Termi, Qiziriq, Bandixon, Jarqo'rg'on, Oltinsoy va Uzun tumanlarida oila-turmush doirasidagi jinoyatlarning sodir etilishiga yo'l qo'yilmagan.

é

Ws,

Oila-turmush doirasida qayd eilgan qasddan odam o'ldirish jinoyatlarining tuman-shahar kesimida tahlili

4

2

0

Ushbu jinoyatlarning asosiy salmog'i ya'ni har ikkitadan bittasi viloyatning Denov (25 %) va Angor (25 %) tumanlarida qayd etilganligi ushbu tumanlarning "ijtimoiy profilaktika"ga mas'ul bo'lgan sube'ktlarning oilalardagi mavjud ijtimoiy-mayishiy muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo'yicha faoliyatlarini jadallashtirish kerakligini ko'rsatmoqda.

Shuningdek, oila-turmush doirasidagi jinoyatlarning 12,5 foizi joriy yilning yanvar, 25 foizi fevral, 18,7 foizi mart va 43,8 foizi aprel oylarida sodir etilgan.

Oylar bo'yicha tahlilida deyarli yarimi aprel oyida sodir etilgan. Bu aprel oyida oila-turmush doirasidagi jinoyatlarni oldini olishga kuch va vositalarni jalb etish muhimligidan dalolat beradi.

Viloyatda qayd etilgan oila-turmush doirasidagi jinoyatlarning omillari o'rganilganida joylarda uzoq yillardan buyon ijtimoiy muammosi bartaraf etilmasdan kelayotgan oilalarni o'rganish va ulardagi mavjud muammolarni hal etishda mas'ullarning o'zaro hamkorligi to'g'ri yo'lga qo'yilmaganligi bu turdagi jinoyatlarni sodir etilishiga olib kelingan degan xulosani keltirib chiqardi.

Bu esa ayrim hududlarda (Denov, Angor, Sherobod, Sho'rchi tumanlari va Termiz shahari) oila-turmush doirasida sodir etilgan jinoyatlarning barvaqt oldini olish bo'yicha profilaktik ishlar to'g'ri tashkil etilmaganligi, "mahalla yettiligi" tomonidan notinch va nizoli oilalar bilan "ijtimoiy profilaktika" chora-tadbirlar to'g'ri yo'lga qo'yilmaganligi va manzilli ishlar talab darajasida olib borilmaganligidan dalolat beradi.

Oila-turumush doirasida sodir etilgan o'ta og'ir jinoyatdan qasddan odam o'ldirish jinoyati eri tomonidan xotiniga nisbatan sodir etilgan bo'lib, bunda rashk ya'ni ayolining eriga nisbatan xiyonati asosiy sabab bo'lgan.

Misol uchun, 2024-yil 7-fevral kuni fuqaro Q.A. turmush o'rtog'i F.T.vaning xiyonati sababli oldindan davom etib kelayotgan oilaviy nizosi bo'yicha munosabatlarni tiklash maqsadida o'zining boshqaruvida bo'lgan "Neksiya-1" rusumli transport vositasi bilan Boysun

é

tumani "Dashtig'oz" MFYdagi yashash xonadoniga ketayotgan vaqtda, yo'lda og'zaki tortishib qolib, kelishmovchilik vaqtida avtomashinasida bo'lgan atvyorkani olib turmush o'rtog'i F.T.vani ko'krak qafasiga bir necha marotaba sanchib, qasdan o'ldirgan va mahalla hududidagi soylikka olib borib ko'mib yuborgan. Xolat yuzasidan fuqaro Q.A.ga nisbatan O'z.Res.JKning 97-moddasi tegishli qismlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Mazkur jinoyatning sodir etilish vaqti tahlil qilinganda kunning ikkinchi qismida ya'ni soat 14:00 dan 24:00 gacha bo'lgan vaqt oralig'ida sodir etilishiga yo'l qo'yilgan.

Oila-turumush doirasida sodir etilgan badanga shikast yetkazish jinoyatlarining barchasi yaqin qarindoshlariga nisbatan sodir etilgan bo'lib, asosiy sabablari bu mol-mulk talashish, oilaviy nizo va doimiy daromad manbaiga ega bo'lmaganligi oqibatida yuzaga kelgan.

Misol uchun, 2024-yil 13-fevral kuni Denov tumani "Lolaozor" MFYda yashovchi 2005-y.t. fuqaro D.D. yashash uyida otasi 1974-y.t. X.F. bilan o'rtalarida ilgaridan davom etib kelayotgan oilaviy nizo sababli tortishib qolib, otasiga tjanjal vaqtida yonida bo'lgan oshxona pichog'i bilan tanasining turli joylariga 3 marotaba sanchib qasddan badanga og'ir shikast yetkazgan. Xolat yuzasidan fuqaro D.D.ga nisbatan O'z.Res.JKning 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Qasddan badanga shikast yetkazish jinoyatlarining 37,5 foizi soat 06:00 dan 14:00 gacha, 12,5 foizi soat 14:00 dan 24:00 gacha, 50,0 foizi tungi soat 24:00 dan 06:00 gacha bo'lgan vaqt oralig'ida sodir etilgan. Bu esa maxsus profilaktik chora-tadbirlarni tungi soat 24:00 dan ertalabki soat 06:00gacha bo'lgan vaqt oralig'ida tashkil etish lozimligini ko'rsatadi.

Shuningdek, ushbu jinoyatlarning 62,5 foizi xonadonlarda 37,5 foizi esa ko'cha va boshqa joylarda sodir etilgan. Oila-turmush doirasidagi qasddan badanga shikast yetkazish jinoyatlarining katta qismi jabrlanuvchining xonadonida sodir etilayotganligini ko'rishimiz mumkin.

Oilaviy (maishiy) zo'ravonlik va tuhmat jinoyatlarining 85,7 foizi eri tomonidan xotiniga, 14,3 foizi xotini tomonidan eriga nisbatan sodir etilgan bo'lib, asosiy sabablari o'rganilganda oilaviy nizo va rashk oqibatida yuzaga kelgan.

Misol uchun, 2024-yil 23-mart kuni Denov tumani "Katta karshi" MFYda yashovchi fuqaro R.R.va o'zi bilan umumiy ro'zg'or asosida yashab kelayotgan turmush o'rtog'i R.I. bilan o'rtalarida ilgaridan davom etib kelayotgan oilaviy nizo sabab o'zaro tortishib qolib, janjal vaqtida yashash uyidan oshxona pichog'i bilan turmush o'rtog'i R.I.ning orqa kurak sohasiga bir marotaba qasddan sanchib og'ir tan jarohati yetkazgan. Xolat yuzasidan fuqaro R.R.vaga nisbatan O'z.Res.JKning 1261-moddasi 6-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Yuqoridagi kriminologik va huquqiy tahlillardan kelib chiqib Surxondaryo viloyatida oila-turmush doirasida sodir etilayotgan jinoyatlarning asosiy omillari quyidagilarda:

1) ota va farzand o'rtalarida oilaviy qadriyatlarning yetishmasligi;

2) spirtli ichimlik iste'mol qilinishi;

3) yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni qonuniy yo'l bilan hal etish ko'nikmasining shaxsda shakllanmaganligi;

4) jabrlanuvchi o'zini o'zi himoya qilish usullaridan xabardor bo'lmaganligi;

5) oila a'zolarining bir biriga xiyonati.

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

6) oilada ayolning ijtimoiy va jinsiy ehtiyojlari er tomonidan yetarli darajada ta'minlanmaganligi natijasida ayolda xiyonat yo'liga kirish ishtiyoqining paydo bo'lganligi;

7) er va xotinning g'ayriijtimoiy xulq-atvorliligi, oilada er va xotin o'rtasidagi munosabatlar buzilganligi, oilaviy qadriyatlar yetarli shakllanmasdan nosog'lom muhit vujudga kelganligi;

8) oiladagi moddiy yetishmovchilik, oilada mehnatga yaroqli shaxslarning bandligi ta'minlanmaganligi;

9) huquqbuzarliklar (ijtimoiy) profilaktikasini amalga oshiruvchi sub'ektlar tomonidan oilalarning ijtimoiy-mayishiy muammolari o'z holiga tashlab qo'yilganligida namoyon bo'lmoqda.

Agarda yuqoridagi oilalarda sog'lom muhit bo'lganida, ya'ni er va xotin, ota va farzand bir-birlarini tushunib, o'rtada yuzaga kelayotgan muammolarni qonuniy yo'l bilan birgalikda hal etish choralarini ko'rganida, ularning ota va onasi, o'qigan maktabi, yashagan mahallasining keksalari tomonidan ularga oilaviy qadriyatlar singdirib borilganida, "ijtimoiy profilaktika" sub'ektlari tomonidan shunday nizoli oilalar o'z vaqtida aniqlanib, ular bilan manzilli "ijtimoiy proiflaktika" ichora-tadbirlari olib borilganida hamda kelib chiqqan nizolarni joyida yechishga amaliy yordam berilganida, spirtli ichimliklarni iste'mol qilmaganlarida edi, yuqoridagi kabi oila-turmush doirasidagi jinoyatlarning sodir etilishiga yo'l qo'yilmagan bo'lar edi6.

Shuningdek, oila-turmush doirasidagi huquqbuzarliklar oilada oila a'zolarining o'rtasida sodir etiladigan g'ayriqonuniy xatti-harakatlarida kuzatiladi. Bunday g'ayriqonuniy xatti-harakatlar huquqbuzarlik shaklida kishilar o'rtasidagi ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi tajovuzkorlikda namoyon bo'ladi.

Tajovuzkorlik deganda, o'z muammolarini hal etish uchun zo'ravonlik vositalaridan foydalanishni afzal ko'rish tushuniladi. Bu holat kundalik oila-turmush munosabatlari doirasida turlicha tajovuzkor xulq-atvorda namoyon bo'lib, qasddan odam o'ldirishgacha olib keladi.

Oilada ijtimoiy munosabatlarning buzilishi oqibatida oila a'zolarining bir-biriga tazyiq va zo'ravonlik o'tkazish holatlari kuzatiladi, bu esa oila-turmush doirasidagi jinoyatlarni keltirib chiqaradi.

Shuningdek, xotin-qizlarning tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanishida latentlik darajasi yuqori hisoblanadi. Chunki xotin-qizlarning aksariyati o'zlariga nisbatan amalga oshirilayotgan tazyiq yoki zo'ravonlikni anglab yetmasligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishda o'zlarida jazm topa olmasligi natijasida ro'yxatga olinmaydi hamda tazyiq va zo'ravonga nisbatan jazo qo'llanilmasdan qolishiga olib keladi.

Oila-turmush doirasidagi jinoyatlarlarning yana bir omilaridan biri bolalarga va xotin-qizlarga nisbatan amalga oshirilayotgan tazyiq va zo'ravonlikning latent (yashirin) bo'lib qolayotganligida ham ko'rishimiz mumkin.

Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, oila-turmush doirasida qasddan badanga yengil shikast yetkazish jinoyatining latentlik (yashiringanlik) darajasi ancha yuqori bo'lib, har uchta

6 yiwwp3aKOB E. A. "06og Ba xaB$cM3 iwax,a^a" TaMOMMM acocuga OM^a-Typiwyw MyHOcaöaxnapM flOMpacMflam WMHOflxnapHMHr O^AMHM OMWHM TaKOMM^awTMpww / Y36eKMCTOH Pecnyö^MKacw HMB AKageMMflCMHMHr axöopoTHOMacM / 2023 mm^, 2-COH (57) E. 76.

é

jinoyatdan faqatgina bittasi ro'yxatga olinadi xolos. Buning eng asosiy sabablaridan biri sifatida jabrlanuvchining o'z yaqinlariga nisbatan chora ko'rishni xohlamasligi yoki javobgarlikdan qo'rqib xabar bermasligi, ushbu jinoyatlarning latentlik ko'rsatkichining oshishiga olib kelmoqda.

Surxondaryo viloyatida oila-turmush doirasidagi jinoyatlarning umumiy, maxsus, yakka tartibdagi va viktimologik profilaktikasini tashkil etish va amalga oshirish faoliyati huquqbuzarliklar profilaktikasi sub'ektlari tomonidan tizimli yo'lga qo'yilgan.

Biroq, oila-turmush doirasidagi jinoyatlarning barvaqt oldini olishda huquqbuzarliklar profilaktikasi sube'ktlari tomonidan yuqoridagi huquqbuzarliklar profilaktikasi turlarining qo'llanilishi yetarli bo'lmaydi, chunki oila-turmush doirasidagi jinoyatlarning kelib chiqishi ijtimoiy-mayishiy muammolarga borib taqaladi7.

Oila-turmush doirasidagi jinoyatlarning barvaqt oldini olishda "ijtimoiy profilaktika"ning roli muhim hisoblanadi.

Yuqoridagilardan xulosa qilib, Surxondaryo viloyatida oila-turmush doirasidagi jinoyatlarning oldini olishni takomillashtirishda quyidagilar taklif etiladi:

birinchidan, oila-turmush doirasidagi jinoyatlarning oldini olishdagi ishlar sektor rahbarlari va mahalla raisi rahbarligida profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, ijtimoy xodim va soliq inspektori tomonidan uzviy hamkorlikda mahallada amalga oshiriladigan "oilabay" va "fuqarobay" chora-tadbirlar tizimini manzilli ishlab chiqish orqali tashkil etish.

Sababi, o'rganishlar oila-turmush doirasidagi jinoyatlarning kelib chiqish omillarini oilada mavjud bo'lgan ijtimoiy-mayishi muommalari bor nizoli, notinch va kelishmaydigan oilalardan izlash kerakligini ko'rsatdi;

ikkinchidan, ijtimoiy tarmoqlarda taniqli bo'lgan bloger, vayner, jurnalist, tadbirkor, psixolog hamda imomxatiblardan keng foydalangan holda oila-turmush doirasidagi jinoyatlarning oldini olish bo'yicha targ'ibot-tashviqot tadbirlarini yanada kuchaytirish.

So'nggi vaqtlarda aholining savodxonligini oshirishda ijtimoiy tarmoqlarning roli oshib bormoqda. Xususan, ayrim bloger, vayner, jurnalist va boshqalar tomonidan jamiyatning ijtimoiy sohalarida bo'layotgan jarayonlarni turli ko'rinishlarda namoyish etishlari millionlab fuqarolar tomonidan tomosha qilinib, muhokamalarga sabab bo'lmoqda;

uchinchidan, aholiga oila-turmush doirasidagi jinoyatlarning omillari, sodir etilish usullari to'g'risidagi axborotlarni doimiy ravishda yetkazib borish hamda uning oldini olish bo'yicha keng jamoatchilik orasida profilaktik tadbirlar va targ'ibot ishlarini muntazam olib borishni yo'lga qo'yish;

to'rtinchidan, oila-turmush doirasidagi jinoyatlardan jabrlanish ehtimoli yuqori bo'lgan shaxslarni aniqlash va ularni himoya qilish bo'yicha chora-tadbirlarni ko'rish;

beshinchidan, aholiga oila-turmush doirasida vujudga keladigan nizolarni hal etish va o'zini o'zi mudofaa qilish usullarini o'rgatish tizimini yo'lga qo'yish;

7 yiwwp3aKOB E. A. "06og Ba xaB$CM3 iwax,a^a" TaMOMMM acocuga OM^a-TypMyw MyHOcaöaxnapM flOMpacMflam WMHOATnapHMHr o^AMHM OMWHM TaKOMM^awTMpww / Y36eKMCTOH Pecnyö^MKacM HMB

AKageMMflCMHMHr axöopoTHOMacM / 2023 mm^, 2-COH (57) E. 77.

é

ш

oltinchidan, har chorakda kamida bir marotaba oila-turmush doirasidagi huquqbuzarlikka moyil bo'lgan shaxslar bilan yakka tartibda profilaktik ishlarni olib borish maqsadida mahallalar kesimida ro'yxatlarini shakllantirib, ularni sog'lom turmush tarziga qaytarish uchun mutasaddi idora (tuman hokimi o'rinbosarlari, bandlikka ko'maklashish markazi, musulmonlar idorasi va h.k.) vakillaridan iborat ishchi guruh asosida "Xavfsiz xonadon" maxsus profilaktik ishlar doirasida chora-tadbirlar amalga oshirish tizimini yo'lga qo'yish;

References:

1. Сурхондарё вилоятида жамоат хавфсизлигини таъминлаш ва жиноятчиликка карши курашиш фаолиятини ташкил этиш методикаси: Методик кулланма / Т.К. Исмаилов, Б.А. Ражабов, Т.Р. Кучкаров ва бошк;. Масъул мух,аррир: Р.А. Хатамов. - Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2024. - Б. 4.

2. Умирзаков Б. Оила-турмуш доирасидаги хукукбузарликларнинг тушунчаси //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования. - 2023. - Т. 2. - №. Maxsus son. - С. 166-170.

3. Сурхондарё вилоятида жамоат хавфсизлигини таъминлаш ва жиноятчиликка карши курашиш фаолиятини ташкил этиш методикаси: Методик кулланма / Т.К. Исмаилов, Б.А. Ражабов, Т.Р. Кучкаров ва бошк. Масъул мух,аррир: Р.А. Хатамов. - Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2024. - Б. 3.

4. Умирзаков Б.А. "Обод ва хавфсиз мах,алла" тамойили асосида оила-турмуш муносабатлари доирасидаги жиноятларнинг олдини олишни такомиллаштириш / Узбекистон Республикаси ИИВ Академиясининг ахборотномаси / 2023 йил, 2-сон (57) / Б. 76.

5. https://ru.wikipedia.org/wiki/Сурхандарьинская_область

6. Умирзаков Б. А. "Обод ва хавфсиз мах,алла" тамойили асосида оила-турмуш муносабатлари доирасидаги жиноятларнинг олдини олишни такомиллаштириш / Узбекистон Республикаси ИИВ Академиясининг ахборотномаси / 2023 йил, 2-сон (57) Б. 76.

7. Умирзаков Б. А. "Обод ва хавфсиз мах,алла" тамойили асосида оила-турмуш муносабатлари доирасидаги жиноятларнинг олдини олишни такомиллаштириш / Узбекистон Республикаси ИИВ Академиясининг ахборотномаси / 2023 йил, 2-сон (57) Б. 77.

8. КР Абдурасулова, БА Умирзаков - ... криминологии, криминалистики и ..., 2019 -elibrary.ru Криминологическая характеристика и профилактика преступности несовершеннолетних в Республике Узбекистан

9. Umirzakov , B. ., & Boltayev , M. . (2024). RETSIDIV JINOYATCHILIKNING KRIMINOLOGIK TAVSIFI VA OLDINI OLISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Евразийский журнал академических исследований, 4(4), 175-184. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/ejar/article/view/30229

DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.11001121

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

10. Umirzakov B. Analysis of legislation on the prevention of juvenile delinquency in developed foreign countries //The American Journal of Political Science Law and Criminology. - 2022. - Т. 4. - №. 01. - С. 66-72.

11. SADULLAEV G., ABDUGOFAROV A. Ensuring personal information security: prevention and prevention //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. - 2023. - Т. 3. - №. 8. - С. 43-46.

12. Расулев А., Саъдуллаев Г. Влияния интернета на поведение и интеллектуальное развитие молодёжи //in Library. - 2020. - Т. 20. - №. 1. - С. 204-207.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.