Научная статья на тему 'О‘ZGАLАR MULKINI ZО‘RLIK ISHLАTIB TАLОN-TАRОJ QILISHNING JINОYIY-HUQUQIY TАHLILI (MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA)'

О‘ZGАLАR MULKINI ZО‘RLIK ISHLАTIB TАLОN-TАRОJ QILISHNING JINОYIY-HUQUQIY TАHLILI (MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA) Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
32
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
о‘zgаlаr mulkini zо‘rlik ishlаtib tаlоn-tоrоj qilish / оbyеktiv tоmоn / subyеktiv bеlgi / tajovuz / jismoniy zo‘rlik / psixotrop modda / tovlmachilik / bosqinchilik / o‘g‘irlik / aqli rasolik.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Primov Baxtiyor Olim O‘g‘li

Mаzkur maqolada о‘zgаlаr mulkini zо‘rlik ishlаtib tаlоn-tоrоj qilish bilаn bоg‘liq jinоyаtlаrning yuridik tаhliligа bаg‘ishlаngаn bо‘lib, о‘zgаning mulkini zо‘rlik ishlаtib tаlоn-tоrоj qilishning аyrim shаkllаri оbyеktiv tоmоnining о‘zigа хоs хususiyаtlаri, tаlоn-tоrоj qilishning subyеktiv bеlgilаri bilаn bоg‘liq muаmmоlаr, хоrijiy mаmlаkаtlаr qоnunchiligidа zо‘rlik ishlаtib sоdir еtilаdigаn tаlоn-tаrоj jinоyаtlаrining huquqiy tаvsifi, хаlqаrо hujjаtlаrdа bеlgilаngаn stаndаrtlаr tаhlil еtilgаn. Tаdqiqоt nаtijаsigа kо‘rа хоrijiy dаvlаtlаr tаjribаsining ijоbiy jihаtlаrini qоnunchiligimizgа imрlеmеntаtsiyа qilish mаsаlаlаri hаmdа milliy qоnunchiligimizni tаkоmillаshtirishgа qаrаtilgаn tаvsiyа vа tаkliflаr ishlаb chiqilgаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «О‘ZGАLАR MULKINI ZО‘RLIK ISHLАTIB TАLОN-TАRОJ QILISHNING JINОYIY-HUQUQIY TАHLILI (MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA)»

O'ZGALAR MULKINI ZO'RLIK ISHLATIB TALON-TAROJ QILISHNING JINOYIY-HUQUQIY TAHLILI (MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA)

Primov Baxtiyor Olim o'g'li

Toshkent davlat yuridik universiteti "Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish" kafedrasi o'qituvchisi, yu.f.f.n E-mail: [email protected]

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 20-May 2024 yil Ma'qullandi: 25- May 2024 yil Nashr qilindi: 30- May 2024 yil

KEY WORDS

o'zgalar mulkini zo'rlik ishlatib talon-toroj qilish, obyektiv tomon, subyektiv bеlgi, tajovuz, jismoniy zo'rlik, psixotrop modda, tovlmachilik, bosqinchilik, o'g'irlik, aqli rasolik.

Mazkur maqolada o'zgalar mulkini zo'rlik ishlatib talon-toroj qilish bilan bog'liq jinoyatlarning yuridik tahliliga bag'ishlangan bo'lib, o'zganing mulkini zo'rlik ishlatib talon-toroj qilishning ayrim shakllari obyektiv tomonining o'ziga xos xususiyatlari, talon-toroj qilishning subyektiv belgilari bilan bog'liq muammolar, xorijiy mamlakatlar qonunchiligida zo'rlik ishlatib sodir etiladigan talon-taroj jinoyatlarining huquqiy tavsifi, xalqaro hujjatlarda belgilangan standartlar tahlil etilgan. Tadqiqot natijasiga ko'ra xorijiy davlatlar tajribasining ijobiy jihatlarini qonunchiligimizga implementatsiya qilish masalalari hamda milliy qonunchiligimizni takomillashtirishga qaratilgan tavsiya va takliflar ishlab chiqilgan.

O'zgalar mulkiga zo'rlik orqali tajovuz qiluvchi talonchilik, tovlamachilik va bosqinchilik jinoyati tarkiblari obyektiv tomonining mazmunini aniqlash imkonini taqdim etuvchi mulkni zo'rlik bilan o'zlashtirishning asosiy masalalari qatoriga, avvalo, talon-toroj qilish tushunchasining mazmuniga aniqlik kiritish, shuningdek, talon-toroj qilishning yashirin va ochiqdan-ochiq, zo'rlik ishlatib va zo'rlik ishlatmasdan, jabrlanuvchining hayoti yoki sog'lig'i uchun xavfli yoki xavfli bo'lmagan usulda yoxud u yoki bu turdagi zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitsh orqali sodir etilgan turlarini bir-birlaridan farqlash va ta'riflash kiradi.

Talonchilikda ham bosqinchilikda ham zo'rlik ishlatilmasada, zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitilishi mumkin. Ammo qo'rqitish bosqinchilikda hayot yoki sog'liq uchun xavfli bo'lgan zo'rlik ishlatgan holda qo'rqitilsa, talonchilikda esa hayot yoki sog'liq uchun xavfli bo'lmagan zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitiladi. Talonchilik jinoyati o'zganing mulkini talon-taroj qilish jinoyatlari tarkibida ko'proq sodir qilinadigan jinoyatlardan biridir. Ushbu jinoyatni sudlarda ko'rishi o'rganib shunday xulosaga keldikki, o'zganing mulkini talon-taroj qilish jinoyatlari tizimida o'g'rilikdan keyin eng ko'p sodir etiladigan jinoyatlardan biridir.

Qilmishi ochiqdan-ochiq qilinayotganidan va buni aybdor anglaganidan tashqari jabrlanuvchi yoki boshqa shaxslar ham aybdorning harakatlari g'ayriqonuniy ekanligini anglashi kerak. Agarda aybdor aqli noraso yoki kichik yoshdagi bola yoki qattiq mast holatdagi shaxsning mulkini ularning ko'zi oldida sodir qilsa va ular o'zlariga nisbatan qilingan harakatning xususiyatini tushunmagan bo'lsa, qilmishni qilingan deb hisoblash

mumkin bo'lmaydi. Chunki, bunday jabrlanuvchilar o'zlariga nisbatan qilingan harakatlarning xususiyatini anglamaydilar. Bunday holda aybdorning qilmishi o'g'rilik deb kvalifikatsiya qilinadi. Jabrlanuvchini o'zi unga nisbatan qilingan harakatning xususiyatini anglamaganligi va boshqa shaxslar ham ko'rmaganligi, anglamaganligi tufayli uning bu qilmishi o'g'rilik deb kvalifikatsiya qilinadi. Masalan, kichik yoshdagi qizning qulog'idagi qimmatbaho zirakni begona bir ayol bolani aldab uning qulog'idan yechib olsa, qizcha esa unga nisbatan qilinayotgan harakatning mohiyatini anglamasa qilmish ochiqdan-ochiq qilingan deb hisoblanmaydi. Ammo yosh bola unga nisbatan qilingan harakatning mohiyatini anglasa, qilmish qasddan sodir qilingan deb topiladi.

Mazkur jinoyatlar jinoyat tarkibining obyekti, subyekti va subyektiv tomonlari bo'yicha bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Shunga ko'ra, qilmishni talonchilik jinoyati deb hisoblash uchun talonchilikning o'ziga xos xususiyatlarini va uning o'zgalar mulkini talon-taroj qilishning boshqa shakllaridan farqini to'g'ri aniqlash qilmishni to'g'ri kvalifikatsiya qilishning muhim sharti hisoblanadi. Talonchilikda ham bosqinchilikda ham zo'rlik ishlatilmasada, zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitilishi mumkin. Ammo qo'rqitish bosqinchiliqda hayot yoki sog'liq uchun xavfli bo'lgan zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitilsa, talonchilikda hayot yoki sog'liq uchun xavfli bo'lmagan zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitiladi.

Talonchilik jinoyati o'zganing mulkini talon-taroj qilish jinoyatlari tarkibida ko'proq sodir qilinadigan jinoyatlardan biridir. Ushbu jinoyatni sudlarda ko'rishi o'rganib shunday xulosaga keldikki, o'zganing mulkini talon-taroj qilish jinoyatlari tizimida o'g'rilikdan keyin eng ko'p sodir etiladigan jinoyatlardan biridir.

Jismoniy zo'rlik ishlatib, inson organizmiga ta'sir ko'rsatishning quyidagi turlari farqlanadi: 1) tana tashqi to'qimalarining anatomik yaxlitligini buzish yo'li bilan insonning jismoniy daxlsizligi, sog'lig'i yoki hayotiga tajovuz qilish; 2) tana tashqi to'qimalarining anatomik yaxlitligini buzmasdan uning ichki organlari-ga ta'sir ko'rsatish yo'li bilan inson hayoti yoki sog'lig'iga tajovuz qilish;

3) insonni shaxsiy erkinlikdan mahrum etish yoki uni cheklash.

Zo'rlik ishlatish, xususan jismoniy zo'rlik ishlatish va zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitishning yuqorida bayon etilgan kontseptsiyasiga qo'shilgan va odam organizmiga ta'sir ko'rsatishning yuqorida sanab o'tilgan barcha turlarining jismoniy zo'rlikka kiritilganini to'g'ri, deb e'tirof etgan holda, shuni ta'kidlab o'tmoqchimizki, birinchidan, jinoyat huquqi sohasidagi ayrim olimlar tana tashqi to'qimalarining anatomik yaxlitligini buzmasdan insonning ichki organlariga ta'sir ko'rsatishni zo'rlik ishlatish tushunchasiga kiritmaydilar va ikkinchidan, ozodlikni cheklash ayrim olimlar tomonidan zo'rlik ishlatishning turi sifatida e'tirof etilmaydi yoki zo'rlik ishlatish tushunchasiga biron-bir izoh va cheklashlarsiz kiritiladi yoxud u jabrlanuvchining badaniga bevosita ta'sir ko'rsatish (oyoq-qo'lini bog'lash, og'ziga latta tiqib qo'yish va h.k.) bilan birga amalga oshirilgan holda zo'rlik ishlatish, deb qaraladi , bu, bizningcha ham to'g'ri nuqtai nazardir.

O'zgalar mulkini zo'rlik ishlatgan holda talon-toroj qilishda amalga oshirilgan zo'rlikni uning faollik darajasiga ko'ra tavsiflash zo'rlik ishlatib sodir etilgan talonchilik yoki bosqinchilikni aniqlashtirish va zo'rlik ishlatib mulkni talon-toroj qilishning ushbu ko'rinishlarini bir-biridanajratish imkoniyatini yaratadi. Zo'rlik ishlatish orqali amalga oshirilgan talonchilik jabrlanuvchining hayoti yoki sog'lig'i uchun xavfli bo'lmagan zo'rlik ishlatib, yoki shunday zo'rlik ishlatish tahdidi bilan qo'rqitish (O'zbekiston Respublikasi

JKning 166-moddasi), bosqinchilik - jabrlanuvchining hayoti va sog'lig'i uchun xavfli deb topilgan zo'rlik ishlatish yoki zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish (O'zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi) bilan malakalanadi.

Zo'rlik ishlatib sodir etilgan talonchilikka xos bo'lgan zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish - bu jabrlanuvchini uning hayoti yoki sog'lig'i uchun xavfli bo'lmagan jismoniy zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish, bosqinchilikka xos bo'lgan zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish esa - shaxsning hayoti yoki sog'lig'i uchun xavfli bo'lgan zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitishdir. Ikkala holda ham zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish so'zlar, harakatlar yoki imo-ishora orqali ifoda-lanishi, jinoyat sodir etilayotgan vaziyatidan kelib chiqib, soxta emas emas, balki haqiqiy bo'lishi, jismoniy zo'rlik kelgusida emas, balki darhol ishlatilishidan iborat bo'lishi zarur. O'zgalar mulkini zo'rlik ishlatib talon-toroj qilishda zo'rlik ishlatish va zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish mulkni talon-toroj qilish vositasi sifatida namoyon bo'ladi va uning oqibati bilan sababiy bog'liq bo'ladi .

Mulkni talon-toroj qilish doimo predmetli jinoyat bo'lib, mulk qo'lga kiritilgan va aybdor amalda uni o'z ixtiyoriga ko'ra tasarruf etish yoki undan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lgan vaqtda tamom bo'lgan, deb e'tirof etiladi. Talon-toroj qilishning shakli sifatidagi firibgarlikda mulkni qo'lga kiritish aynan aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish yo'li bilan amalga oshiriladi, bu harakatlar mulkni darhol qo'lga kiritish vositasi, usuli hisoblanadi.

O'zganing mulkiga bo'lgan huquqni qo'lga kiritishga qaratilgan firibgarlikda esa aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish firibgarlik obyektiv tomonining zaruriy belgisi sifatida faqat mulkka bo'lgan huquqni qo'lga kiritish vositasi, usuli hisoblanadi. Bu huquqni amalga oshirish, ya'ni mulkni qo'lga kiritish firibgarlik jinoyat tarkibi obyektiv tomonining belgisi hisoblanmaydigan va mazkur jinoyat tarkibi doirasidan tashqarida yotuvchi turli harakatlarning sodir etilishi natijasida yuz beradi yoki yuz berishi mumkin. Shu sababli o'zganing mulkiga bo'lgan huquqni qo'lga kiritishda ifodalangan firibgarlik firibgarlikning mulkni darhol qo'lga kiritishga qaratilgan qilmishdan obyektiv tomoni bilan farq qiladi.

Jismoniy zo'rlik ishlatib, inson organizmiga ta'sir ko'rsatishning quyidagi turlari farqlanadi: 1) tana tashqi to'qimalarining anatomik yaxlitligini buzish yo'li bilan insonning jismoniy daxlsizligi, sog'lig'i yoki hayotiga tajovuz qilish; 2) tana tashqi to'qimalarining anatomik yaxlitligini buzmasdan uning ichki organlariga ta'sir ko'rsatish yo'li bilan inson hayoti yoki sog'lig'iga tajovuz qilish; 3) insonni shaxsiy erkinlikdan mahrum etish yoki uni cheklash.

Zo'rlik ishlatish, xususan jismoniy zo'rlik ishlatish va zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitishning yuqorida bayon etilgan konsepsiyasiga qo'shilgan va odam organizmiga ta'sir ko'rsatishning yuqorida sanab o'tilgan barcha turlarining jismoniy zo'rlikka kiritilganini to'g'ri, deb e'tirof etgan holda, shuni ta'kidlab o'tmoqchimizki, birinchidan, jinoyat huquqi sohasidagi ayrim olimlar tana tashqi to'qimalarining anatomik yaxlitligini buzmasdan insonning ichki organlariga ta'sir ko'rsatishni zo'rlik ishlatish tushunchasiga kiritmaydilar va ikkinchidan, ozodlikni cheklash ayrim olimlar tomonidan zo'rlik ishlatishning turi sifatida e'tirof etilmaydi yoki zo'rlik ishlatish tushunchasiga biron-bir izoh va cheklashlarsiz kiritiladi yoxud u jabrlanuvchining badaniga bevosita ta'sir ko'rsatish bilan birga amalga oshirilgan holda zo'rlik ishlatishdeb baholash mumkin.

O'zgalar mulkini talon-toroj qilishda ishlatilgan zo'rlikni faollik darajasiga ko'ra tasniflash zo'rlik ishlatib sodir etilgan talonchilik va bosqinchilikni aniqlash va zo'rlik ishlatib

mulkni talon-toroj qilishning bu shakllarini bir-biridan farqlash imkonini beradi. Zo'rlik ishlatib sodir etilgan talonchilik jabrlanuvchining hayoti yoki sog'lig'i uchun xavfli bo'lmagan zo'rlik ishlatish yoxud shunday zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish (O'zbekiston Respublikasi JK 166-moddasi), bosqinchilik esa - jabrlanuvchining hayoti yoki sog'lig'i uchun xavfli bo'lgan zo'rlik ishlatish yoxud shunday zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish (O'zbekiston Respublikasi JK 164-moddasi) bilan kvalifikatsiya qilinadi.

Zo'rlik ishlatib sodir etilgan talonchilikka xos bo'lgan zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish - bu jabrlanuvchini uning hayoti yoki sog'lig'i uchun xavfli bo'lmagan jismoniy zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish, bosqinchilikka xos bo'lgan zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish esa - shaxsning hayoti yoki sog'lig'i uchun xavfli bo'lgan zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitishdir. Ikkala holda ham zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish so'zlar, harakatlar yoki imo-ishora orqali ifodalanishi, jinoyat sodir etilayotgan vaziyatidan kelib chiqib, soxta emas emas, balki haqiqiy bo'lishi, jismoniy zo'rlik kelgusida emas, balki darhol ishlatilishidan iborat bo'lishi zarur.

O'zgalar mulkini zo'rlik ishlatib talon-toroj qilishda zo'rlik ishlatish va zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish mulkni talon-toroj qilish vositasi sifatida namoyon bo'ladi va uning oqibati bilan sababiy bog'liq bo'ladi. Yuqorida aytilganlar mulkni talon-toroj qilishga o'zgalar mulkini mulkdor yoki mulk egasining ixtiyoridan uning xohish-irodasiga qarshi olish va mulkni tasarruf etish yoki undan o'zining ixtiyoriy xohishiga ko'ra foydalanish imkoniyatiga amalda ega bo'lish yo'li bilan zo'rlik ishlatmay yoki zo'rlik ishlatib talon-toroj qilishdir. Mulkni talon-toroj qilish doimo predmetli jinoyat bo'lib, mulk qo'lga kiritilgan va aybdor amalda uni o'z ixtiyoriga ko'ra tasarruf etish yoki undan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lgan vaqtda tamom bo'lgan, deb e'tirof etiladi. Talon-toroj qilishning shakli sifatidagi firibgarlikda mulkni qo'lga kiritish aynan aldash yoki ishonchni suiste'mol qilish yo'li bilan amalga oshiriladi, bu harakatlar mulkni darhol qo'lga kiritish vositasi, usuli hisoblanadi. O'zganing mulkiga bo'lgan huquqni qo'lga kiritishga qaratilgan firibgarlikda esa aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish firibgarlik obyektiv tomonining zaruriy belgisi sifatida faqat mulkka bo'lgan huquqni qo'lga kiritish vositasi, usuli hisoblanadi. Bu huquqni amalga oshirish, ya'ni mulkni qo'lga kiritish firibgarlik jinoyat tarkibi obyektiv tomonining belgisi hisoblanmaydigan va mazkur jinoyat tarkibi doirasidan tashqarida yotuvchi turli harakatlarning sodir etilishi natijasida yuz beradi yoki yuz berishi mumkin. Shu sababli o'zganing mulkiga bo'lgan huquqni qo'lga kiritishda ifodalangan firibgarlik firibgarlikning mulkni darhol qo'lga kiritishga qaratilgan qilmishdan obyektiv tomoni bilan farq qiladi.

Jismoniy zo'rlik ishlatib, inson organizmiga ta'sir ko'rsatishning quyidagi turlari farqlanadi: tana tashqi to'qimalarining anatomik yaxlitligini buzish yo'li bilan insonning jismoniy daxlsizligi, sog'lig'i yoki hayotiga tajovuz qilish; tana tashqi to'qi-malarining anatomik yaxlitligini buzmasdan uning ichki organlariga ta'sir ko'rsatish yo'li bilan inson hayoti yoki sog'lig'iga tajovuz qilish; insonni shaxsiy erkinlikdan mahrum etish yoki uni cheklash.

Zo'rlik ishlatish, xususan jismoniy zo'rlik ishlatish va zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitishning yuqorida bayon etilgan kontseptsiyasiga qo'shilgan va odam organizmiga ta'sir ko'rsatishning yuqorida sanab o'tilgan barcha turlarining jismoniy zo'rlikka kiritilganini to'g'ri, deb e'tirof etgan holda, shuni ta'kidlab o'tmoqchimizki, birinchidan, jinoyat huquqi sohasidagi ayrim olimlar tana tashqi to'qimalarining anatomik yaxlitligini buzmasdan insonning ichki organlariga ta'sir ko'rsatishni zo'rlik ishlatish tushunchasiga kiritmaydilar va

ikkinchidan, ozodlikni cheklash ayrim olimlar tomonidan zo'rlik ishlatishning turi sifatida e'tirof etilmaydi yoki zo'rlik ishlatish tushunchasiga biron-bir izoh va cheklashlarsiz kiritiladi yoxud u jabrlanuvchining badaniga bevosita ta'sir ko'rsatish (oyoq-qo'lini bog'lash, og'ziga latta tiqib qo'yish va h.k.) bilan birga amalga oshirilgan holda zo'rlik ishlatish, deb qaraladi , bu, bizningcha ham to'g'ri nuqtai nazardir.

Zo'rlik ishlatib sodir etilgan talonchilikka xos bo'lgan zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish - bu jabrlanuvchini uning hayoti yoki sog'lig'i uchun xavfli bo'lmagan jismoniy zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish, bosqinchilikka xos bo'lgan zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish esa - shaxsning hayoti yoki sog'lig'i uchun xavfli bo'lgan zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitishdir. Ikkala holda ham zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish so'zlar, harakatlar yoki imo-ishora orqali ifoda-lanishi, jinoyat sodir etilayotgan vaziyatidan kelib chiqib, soxta emas emas, balki haqiqiy bo'lishi, jismoniy zo'rlik kelgusida emas, balki darhol ishlatilishidan iborat bo'lishi zarur.

O'zgalar mulkini zo'rlik ishlatib talon-toroj qilishda zo'rlik ishlatish va zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish mulkni talon-toroj qilish vositasi sifatida namoyon bo'ladi va uning oqibati bilan sababiy bog'liq bo'ladi. Yuqorida aytilganlar mulkni talon-toroj qilishga o'zgalar mulkini mulkdor yoki mulk egasining ixtiyoridan uning xohish-irodasiga qarshi olish va uni tasarruf etish yoki undan o'z ixtiyoriga ko'ra foydalanish imkoniyatiga amalda ega bo'lish yo'li bilan zo'rlik ishlatmay (o'g'rilik, zo'rlik ishlatmay sodir etilgan talonchilik) yoki zo'rlik ishlatib (zo'rlik ishlatib sodir etilgan talonchilik, bosqin-chilik) talon-toroj qilishdir, degan xulosaga kelish imkonini beradi.

Takidlab o'tilganidek, mulkni talon-toroj qilish doimo predmetli jinoyat bo'lib, mulk qo'lga kiritilgan va aybdor amalda uni o'z ixtiyoriga ko'ra tasarruf etish yoki undan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lgan vaqtda tamom bo'lgan, deb e'tirof etiladi. Talon-toroj qilishning shakli sifatidagi firibgarlikda mulkni qo'lga kiritish aynan aldash yoki ishonchni suiste'mol qilish yo'li bilan amalga oshiriladi, bu harakatlar mulkni darhol qo'lga kiritish vositasi, usuli hisoblanadi. O'zgalarning mulkiga bo'lgan huquqni qo'lga kiritishga qaratilgan firibgarlikda esa aldash yoki ishonchni suiste'mol qilish firibgarlik obyektiv tomonining zaruriy belgisi sifatida faqat mulkka bo'lgan huquqni qo'lga kiritish vositasi, usuli hisoblanadi. Bu huquqni amalga oshirish, ya'ni mulkni qo'lga kiritish firibgarlik jinoyat tarkibi obyektiv tomonining belgisi hisoblanmaydigan va mazkur jinoyat tarkibi doirasidan tashqarida yotuvchi turli harakatlarning sodir etilishi natijasida yuz beradi yoki yuz berishi mumkin. Shuning uchun o'zganing mulkiga bo'lgan huquqni qo'lga kiritishda ifodalangan firibgarlik firibgarlikning mulkni darhol qo'lga kiritishga qaratilgan qilmishdan obyektiv tomoni bilan farq qiladi.

Ko'rsatilgan shartlarning biriga muvofiq tamagirlik niyati bosqinchilik obyektiv tomonining zaruriy belgisi hisoblanadi. Bu hol O'zbekiston Respublikasi JK 164-moddasi birinchi qismida ifodalangan bosqinchilikka doir normalarning dispozitsiyalarida mulkni qo'lga kiritish niyati to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatilganligi bilan belgilanadi. Mazkur niyat tamagirlik niyati hisoblanadi, biroq mazmun jihatidan tamagirlikka mos kelmaydi. Tamagirlik niyati mulkni qo'lga kiritish maqsadini to'la qamrab oladi, biroq unga nisbatan kengroq hisoblanadi, chunki aybdorning nafaqat mulkni qo'lga kiritishini, balki har qanday usul bilan har qanday moddiy ne'matlarni egallash orqali boyish niyatini ko'zlashini nazarda tutadi. Mulkni qo'lga kiritish maqsadi esa aybdorning faqat o'zganing mulkini qo'lga kiritish yo'li bilan boyishga intilishidan iborat bo'ladi.

Ko'rsatilgan shartlarning ikkinchisi tamagirlik motivi va maqsadini mulkni barcha turlarda talon-toroj qilish subyektiv tomonining zaruriy belgilari qatoriga kiritishni asoslash uchun xizmat qiladi. Bunday asoslashning zarurligi shu bilan belgilanadiki, mulkni talon-toroj qilganlik uchun javobgarlik holatlari belgilangan JK tegishli normasi dispozitsiyasida tamagirlik motivi va maqsadi ushbu jinoyat tarkiblarining zaruriy belgilari sifatida belgilanmagan. Faqatgina bosqinchilik jinoyatini amalga oshirganlik uchun javobgarlik belgilangan JKning normalari bular qatoriga kirmaydi, ularda qayd etilganidek, maqsad ko'rsatilgan, ya'ni mulkni qo'lga kiritish.

Jinoyatning subyekti Jinoyat kodeksi Maxsus qismi normalarida javobgarlik belgilangan jinoyatlarning birontasini sodir etgan aqli raso, jinoyat qonunida ko'rsatilgan muayyan yoshga to'lgan, jismoniy shaxsdir. Ushbu belgilarga ega bo'lgan shaxs jinoyatning umumiy subyekti, O'zbekiston Respublikasi JK Maxsus qismining tegishli moddalarida ko'rsatilgan qo'shimcha belgilarga ega bo'lgan shaxs jinoyatning maxsus subyekti hisoblanadi. Jinoyat umumiy subyektining yoshi va aqli rasoligini tavsiflovchi belgilari O'zbekiston Respublikasi JK 17 va

18-moddalarida nazarda tutilgan.

Jinoyatning umumiy subyekti va ayrim turdagi jinoyatlar maxsus subyektining belgilari jinoyat-huquqiy adabiyotlarda ancha to'liq va atroflicha yoritilgan . Shartli ravishda gapirsak, amalda ijtimoiy havfli qilmishni muayyan xolatda istalgan shaxs sodir etishi mumkin, ammo jinoyat subyekti sifatida faqat qonunda ko'rsatib o'tilgan belgilarga - aqli rasolik, hamda jinoiy javobgarlikning tegishli yoshiga yetganlik (14-16 yosh), ega bo'lgan shaxs tan olinadi. N.S.Leykina ta'kidlashicha, jinoyat subyekti tushunchasi, avvalo, ijtimoiy havfli qilmishni sodir etgan shaxs, jinoiy javobgarlikka tortilishi uchun asos bo'ladigan belgilar majmuidir. Doimiy va umumiy belgilar bo'lib esa, aqli rasolik va shaxsning muayyan yoshga kirganligi hisoblanadi. Tabiiyki, hozirgi davrda jinoyat subyekti sifatida jonsiz ashyolar va xayvonlar tan olinishi mumkin emas, chunki ular jinoiy kilmishlarni sodir eta olishmaydi. Har bir yosh, doimo ongli irodaviy xulk yoxud xatti-xarakat bilan ifodalanadi, jinoyat sodir etish paytida esa muayyan zarar xam yetkazilishi mumkin. O'zgalar mulkini zo'lik ishlatib talo-toroj qilishga oid jinoyatlarning statistik ma'lumotlarga e'tibor qaratadigan bo'lsak, birgina Toshkent viloyati hududida bosqinchilik jinoyati raqamlarda 2Q2Q-yilda BS ta, 2Q21-yida 57 ta, 2Q22-yilda 4B ta, 2Q2B-yil 1-yanvardan BQ-iyungacha BS ta qayd etilgan. Xuddi shu ko'rsatkichlar tovlamachilik jinoyati bo'yicha 2020-yilda 8 ta, 2Q21-yida 1S ta, 2Q22-yilda 26 ta, 2Q2B-yil 1-yanvardan BQ-iyungacha 1Q ta qayd etilgan. Talonchilik jinoyatlari esa Toshkent viloyati hududida 2Q2Q-yilda BS ta, 2Q21-yida 6S ta, 2Q22-yilda 88 ta, 2Q2B-yil 1-yanvardan BQ-iyungacha 37 ta qayd etilgan. Bosqinchilik jinoyatlari o'tgan to'rt yil davomida ijtimoiy xavflilik darajasi yuqori bo'lgan jinoyatlar qatoriga kirishiga qaramasdan doimiy ravishdagi raqamlarda qayd etilgan. Talonchilik jinoyatlari esa o'tgan to'rt yil davomida ko'paygan. Tovlamachilik jinoyatlari ham o'tgan to'rt yil davomida keskin ravishda statistik ko'rsatkichlarga ko'ra yuqori raqamlarni qayd etmoqda.

Ma'lumki, biron-bir huquq, tizimi, shu jumladan jinoyat huquqi ham hozirgi vaqtda boshqa davlatlar tajribasini hisobga olmasdan va ularning qonunlaridan muayyan normalar, qoidalar yoki institutlarni o'zlashtirmasdan rivojlana olmaydi. Masalan, 1994 yilgi O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksini ishlab chiqishda mutaxassislar Frantsiya, AQSh, Germaniya va boshqa davlatlarning jinoyat qonunlarini ancha chuqur o'rganganlar - o'z

navbatida, sobiq Ittifoq xududidagi bir qancha mamlakatlarning jinoyat qonunchiligini isloh qilishda huquqning mazkur tarmog'idagi milliy huquq ijodkorligi tajribasidan ham keng foydalanilgan .

Qonunchilik faoliyatini tadqiq qilishning korporativ uslublari ancha keng tarqalganligini hisobga olsak, nafaqat Yevropa, balki Osiyo hududida joylashgan mamlakatlarning, shuningdek MDH davlatlari jinoyat qonunchiligida tovlamachilik uchun javobgarlikni o'rganish maqsadga muvofiq hisolanadi. Mazkur davlatlar iqtisodiy taraqqiyot darajasiga ko'ra ham, madaniy, milliy va huquqiy an'analariga ko'ra ham bir-biridan ancha farq qiladi, lekin jinoyat huquqi sohasida ular juda ko'p o'xshash jihatlarga ega.

Tovlamachilik jinoiy jazoga loyiq qilmish sifatida, chet el jinoyat huquqi uchun ham ancha "yosh" jinoyat tarkibi ekanligini ta'kidlash lozim. Qadimgi dunyoda va o'rta asrlarda mazkur jinoyat tarkibi umuman bo'lmagan. Aksincha, ba'zan bu hodisa ichki va tashqi siyosat darajasiga ko'tarilgan. Xususan, kuchli kuchsizga, ba'zan esa - butun bir xalq yoki davlatga soliq solish huquqiga ega bo'lgan. Masalan, eramiz boshida bosqinchilik urushlari olib borgan va juda ko'p xalqlarga zulm o'tkazgan eng kuchli davlat — Rim imperiyasi, mohiyat e'tibori bilan, tovlamachilik, ya'ni mulkni, mulkiy huquqni topshirishni yoki mulkiy yo'sindagi boshqa harakatlar bajarilishini talab qilish bilan shug'ullangan.

Hozirgi vaqtda o'zganing mulkiga jinoiy tajovuzning tahlil qilinayotgan turi uchun javobgarlik deyarli barcha chet mamlakatlarning jinoyat qonunchiligida nazarda tutilgan. Tovlamachilik uchun javobgarlik nazarda tutilgan moddalarning tuzilishida muayyan davlatlardagi huquqiy an'analar bilan bog'liq farqlar ham mavjud. Masalan, Latviya jinoyat qonuniga binoan aybdorning bunday harakatlari boshqa jiddiy ziyon yetkazishdan (183-modda), Ukraina jinoyat qonuniga binoan — huquqlar, erkinliklar yoki qonuniy manfaatlarni cheklash bilan qo'rqitishdan (189-modda), Estoniya jinoyat qonuniga binoan - shaxs erkinligini cheklash bilan qo'rqitishdan

(142-modda) iborat bo'lishi mumkin.

Gruziya JKda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglarini (264-modda), shuningdek qurol, o'q-dorilar, portlovchi moddalar va portlatish qurilmalarini tovlamachilik yo'li bilan qo'lga kiritish (237-modda) bilan bir qatorda, ko'rsatilgan predmetlarni o'zlashtirish maqsadida qonunga xilof ravishda egallash uchun ham javobgarlik nazarda tutilgan. Tojikiston jinoyat qonunida ko'rsatilgan predmetlarni faqat talon-toroj qilish uchun javobgarlik nazarda tutilgan (JKning 194-, 199- va 202-moddalar), O'zbekiston jinoyat huquqidan farqli o'laroq tovlamachilik uchun javobgarlik belgilangan emas.

Latviya va Moldova JKda mulkdan boshqa predmetlarni tovlamachilik yo'li bilan talon-toroj qilish uchun javobgarlik nazarda tutilmagan. Bundan ushbu davlatlarda mulkka qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi umumiy normalar amal qiladi, deb xulosa chiqarish mumkin. Estoniya jinoyat qonunchiligining o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda qurol, shuningdek giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni faqat o'g'rilik, talonchilik yoki bosqinchilik yo'li bilan talon-toroj qilish uchun alohida javobgarlik nazarda tutilgan (JKning 207, 210-moddalari) bo'lib, O'zR JKdan farqli o'laroq, ko'rsatilgan predmetlarni tovlamachilik yo'li bilan talon-toroj qilish uchun alohida javobgarlik mavjud emas.

MDH davlatlarining ayrim jinoyat qonunlarida, O'zbekiston Respublikasidagi kabi, tovlamachilik bilan bevosita bog'liq bo'lgan boshqa bir qancha jinoyatlarning tarkiblari

nazarda tutilgan. Ayni xolda ta'magirlik niyatida odam o'ldirish (RF JK 105-moddasi ikkinchi qismining "z" bandi), ta'magirlik yo'li bilan pora olish (RF JKning 290-moddasi), shuningdek ta'magirlik niyatida shaxsning jismoniy erkinligiga tajovuz qilish bilan bog'liq jinoyatlar (RF JK 126-moddasi ikkinchi qismining "z" bandi, 206-moddasi) to'g'risida so'z yuritish mumkin. Masalan, Belarusb, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston qonun chiqaruvchi organlari ta'magirlik niyatida odam o'ldirilgan bosqinchilik yoki banditizmni javobgarlikni og'irlashtiruvchi xolat sifatida tan olganlar. Latviyaning yangi jinoyat qonuniga ko'ra faqat bosqinchilik yo'li bilan odam o'ldirish mazkur jinoyat uchun javobgarlikni og'irlashtiruvchi belgi hisoblanadi. MDHga a'zo boshqa davlatlarning Jinoyat kodekslarida odam o'ldirish uchun javobgarlikni og'irlashtiruvchi belgilar sifatida mazkur jinoyatni ta'magirlik niyatida (masalan, Litva, Moldova, O'zbekiston, Ukraina, Estoniya), ta'magirlik niyatida yoki haq evaziga (Ozarbayjon, Gruziya) sodir etish tan olingan.

Ta'magirlik niyatida sodir etilgan shaxsning jismoniy erkinligiga nisbatan xar xil tajovuzlar ham tovlamachilik bilan uzviy bog'liqdir. Bular: g'ayriqonuniy ravishda ozodlikdan maxrum qilish (Qozog'iston, Tojikiston, Ukraina), odam o'g'irlash (Ozarbayjon, Belarusb, Qozog'iston, Tojikiston, O'zbekiston, Ukraina), shuningdek shaxsni garov sifatida tutqunlikka olish (Ozarbayjon, Belarusb, Gruziya, Qozog'iston, Tojikiston). Latviya va Estoniya jinoyat qonunlarida g'ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilishning odam o'g'irlash va shaxsni garov sifatida tutqunlikka olish kabi alomatlari mavjud emas.

Turli davlatlar jinoyat qonunlarining Maxsus qismini tuzishda "tovlamachilik" atamasi boshqa jinoiy qilmishlar, shu jumladan mulkka tajovuz qilish bilan bog'liq bo'lmagan jinoyatlarga nisbatan ham qo'llangan.

Masalan, Rossiya jinoyat qonuniga binoan, pora olish, ya'ni mulkka qarshi emas, balki davlat hokimiyatining manfaatlariga qarshi qaratilgan jinoyatning javobgarlikni og'irlashtiruvchi belgisi sifatida mazkur jinoyatni ta'magirlik yo'li bilan sodir etish ko'rsatilgan (RF JK 290-moddasi to'rtinchi qismining "v" bandi). Masalaga shunday yondashuvni Belarusb (JK 430-moddasi ikkinchi qismi), Gruziya (JK 338-moddasi uchinchi qismining 3-bandi), Moldova (JK 333-moddasi ikkinchi qismining "s" bandi), Tojikiston (JK 319-moddasi to'rtinchi qismining "v" bandi), Ukraina

( JK 368-moddasi ikkinchi qismi), Estoniya (JK 164-moddasi ikkinchi qismining 4-bandi) jinoyat qonunlarida ham ko'rishimiz mumkin.

Qozog'iston (311-modda to'rtinchi qismi "a" bandi) va O'zbekiston (210-modda ikkinchi qismi "v" bandi) JKda ta'magirlik pora olishning jazoni og'irlashtiruvchi belgisi sifatida ko'rsatilgan. Latviya jinoyat qonunida mazkur masalaning yechimiga nisbatan o'ziga xos yondashilgan, ya'ni pora talab qilish yo'li bilan pora olish jinoyatning javobgarlikni og'irlashtiruvchi belgisi sifatida (JK 320-moddasi ikkinchi qismi), ta'magirlik yo'li bilan pora olish esa -javobgarlikni og'irlashtiruvchi alohida belgi sifatida (JK 320-moddasining uchinchi qismi) belgilangan.

Latviya jinoyat qonunchiligining yana bir o'ziga xos xususiyati shundaki, uyushgan jinoiy guruh tomonidan sodir etilgan tovlamachilik uchun alohida jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan (JKning 184-moddasi). Bunda Latviya JK 184-moddasi birinchi qismida tovlamachilik maqsadida uyushgan guruh tashkil qilish yoki unda ishtirok etish, ikkinchi qismida esa uyushgan guruh tarkibida zo'rlik ishlatish yoki qo'rqitish, qurol yoki portlovchi moddalar yordamida sodir etilgan tovlamachilik uchun javobgarlik nazarda tutiladi. Mazkur jinoyatlarni

sodir etish natijasida og'ir oqibatlarning kelib chiqishi javobgarlikni og'irlashtiruvchi holat hisoblanadi.

Quyida xalqaro tajriba sifatida Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksi va normativ-huquqiy hujjatlariga murojaat qilamiz. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 161 -moddasida nazarda tutilgan o'zganing mulkini ochiq o'g'irlash (talonchilik), mulk egasi yoki boshqa mulkdorning huzurida yoki begonalarning ko'z o'ngida sodir etilgan o'g'irlikdir. Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs bir vaqtning o'zida hozir bo'lgan shaxslar uning harakatlarining qonunga xilofligini tushunganliklarini, ular ushbu harakatlarga chek qo'yish choralarini ko'rganmi yoki yo'qligini bilganida[1]. Agar birovning mol-mulkini qonunga xilof ravishda olib qo'yishda hozir bo'lgan shaxs bu xatti-harakatlarning qonunga xilofligini bilmasa yoki jinoyatchining yaqin qarindoshi bo'lsa, u shu munosabat bilan mol-mulkini olib qo'yish vaqtida qarshilikka duch kelmasligini kutsa. ko'rsatilgan shaxs tomonidan sodir etilgan qilmish birovning mol-mulkini o'g'irlash deb kvalifikatsiya qilinishi kerak. Agar sanab o'tilgan shaxslar boshqa shaxslarning mol-mulkini o'g'irlashni to'xtatish choralarini ko'rgan bo'lsalar (masalan, ular ushbu noqonuniy xatti-harakatlarni to'xtatishni talab qilishgan), u holda aybdorning qilmishi uchun javobgarligi Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 161-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi [2].

Agar o'g'irlik sodir etish chog'ida aybdorning harakatlari mulkdor yoki boshqa shaxslar tomonidan aniqlansa, lekin aybdor bundan xabardor bo'lib, mulkni qonunga xilof ravishda olib qo'yish yoki ushlab turishni davom ettirsa, qilmish talonchilik, hayot yoki sog'liq uchun xavfli zo'ravonlik yoki shunday zo'ravonlik qo'llash tahdidi sodir etilgan taqdirda esa bosqinchilik deb tasniflanadi.1 Agar mol-mulk musodara qilinsa va jinoyatchi undan o'z xohishiga ko'ra foydalanish yoki tasarruf etish uchun real imkoniyatga ega bo'lsa (masalan, o'g'irlangan mol-mulkni o'z foydasiga yoki boshqa shaxslar foydasiga ishlatsa), jinoyat tugallangan deb hisoblanadi. Talonchilik o'zganing mulkini o'g'irlash maqsadida hujum qilingan paytdan boshlab, hayoti yoki sog'lig'i uchun xavfli zo'ravonlik qo'llash yoki shunday zo'ravonlik qo'llash tahdidi bilan sodir etilgan vaqtdan boshlangan hisoblanadi.

O'zganing mol-mulkini g'arazli maqsadlarda emas, balki, masalan, keyinchalik egasiga qaytarib berish yoki ushbu mol-mulkka bo'lgan da'vo qilingan huquq bilan bog'liq holda vaqtincha foydalanish maqsadida egallab olishga qaratilgan noqonuniy harakatlar o'g'irlik yoki talonchilik. Ishning holatlariga qarab, bunday harakatlar, agar buning uchun asoslar mavjud bo'lsa, Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 330-moddasi yoki Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining boshqa moddalari bo'yicha kvalifikatsiya qilinishi kerak .

Tadqiqot ishi davomida o'rganib chiqilgan davlatlar jinoyat qonunchiligining aksariyatida tovlamachilik, talonchilik va bosqinchilik qilganlik uchun javobgarlik belgilangan moddalarining dispozitsiyalari, O'zbekiston Respublikasi JKdagi kabi, tavsifiy va tavsiyaviy ahamiyatga ega, ularda ushbu jinoyatlar tarkibi belgilari keltirilgan [3].

Shu bilan birga, mulkni qonunga xilof ravishda olib qo'yish bezorilik, zo'rlash yoki boshqa jinoiy harakatlar paytida sodir etilgan bo'lsa, shaxs ushbu mol-mulkni qanday maqsadda olib qo'yganligini aniqlash kerak. Agar shaxs yollanma maqsadini ko'zlagan bo'lsa, uning sodir etgan qilmishi mol-mulkni egallab olish usuliga qarab, umumiy holda mulkka qarshi jinoyat va bezorilik, zo'rlash yoki boshqa jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilinishi kerak. Agar tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi birovning mol-mulkini o'g'irlashda bevosita

ishtirok etmagan bo'lsa, aybdor tomonidan sodir etilgan jinoyat oldindan kelishib bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan deb kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas. Bunday hollarda Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 34-moddasi uchinchi qismiga binoan tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchining harakatlari Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 33-moddasiga asoslanib kvalifikatsiya qilinishi kerak.

Jinoyat sodir etgan shaxslarning harakatlarini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan kelishuv bo'yicha o'zganing mulkini o'g'irlash deb kvalifikatsiya qilishda sud sheriklarning bunday til biriktirishi bevosita kimnidir o'g'irlashga qaratilgan harakatlar boshlanishidan oldin sodir bo'lganligini aniqlash lozim. O'zganing mol-mulki, jinoiy niyatni amalga oshirish maqsadida rollarni taqsimlash to'g'risida kelishuv mavjudmi yoki yo'qmi, shuningdek, har bir aybdor va jinoyatning boshqa sheriklari tomonidan qanday aniq harakatlar sodir etilganligi. Hukmda dalillarni sodir etilgan jinoyatning har bir aybdoriga va boshqa sheriklarga (tashkilotchilar, qo'zg'atuvchilar, sheriklar) nisbatan baholash zarur.

Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 35-moddasi ikkinchi qismining [4] ma'nosidan kelib chiqqan holda, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etgan o'g'irlik, talonchilik yoki talonchilik uchun jinoiy javobgarlik, shuningdek, o'rtasidagi dastlabki kelishuvga ko'ra sodir bo'ladi. Agar boshqa ishtirokchilar rollarning taqsimlanishiga ko'ra, jinoyat sodir etishda aybdorga bevosita yordam berishga qaratilgan kelishilgan harakatlarni amalga oshirgan bo'lsalar (masalan, shaxs turar-joyga kirmasa, lekin eshiklarni, qulflarni, panjaralarni buzishda ishtirok etgan bo'lsa). , o'g'irlangan narsalarni oldindan kelishib olib, boshqa sheriklarni sodir etilgan jinoyatning ehtimoliy ochilishidan himoya qilgan bo'lsa), ular Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 34-moddasida Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 33-moddasiga muvofiq qo'shimcha malaka talab etilmaydi.

Ukraina jinoyat qonuniga ko'ra, jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilari mulkiga shikast yetkazish yoki uni nobud qilish bilan qo'rqitish bilan bir qatorda, mazkur shaxslarga ishonib topshirilgan yoki ular qo'riqlayotgan mulkka nisbatan ham shunday xarakatlar sodir etish bilan qo'rqitish ham tovlamachilikning belgisi hisoblanadi (JKning 189-moddasi). Ozarbayjon qonun chiqaruvchi organi tomonidan tovlamachilik belgilari qatoriga faqat o'zganing mulkini nobud qilish bilan qo'rqitishni kiritilgan va unga shikast yetkazish haqida hech narsa deyilmagan (JKning 182-moddasi).2

Birovning mol-mulkini o'g'irlashda bevosita ishtirok etmagan, lekin bu jinoyatni sodir etishga maslahat, ko'rsatma bilan yordam bergan yoki jinoyat izlarini yashirishga, yordam berish bilan bog'liq bo'lmagan to'siqlarni bartaraf etishga oldindan va'da bergan shaxsning harakatlari jinoyatning bevosita aybdorlari, o'g'irlangan mol-mulkni sotish va boshqalar, Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 33- moddasi beshinchi qismiga havola qilingan holda sheriklik shaklida sodir etilgan sheriklik sifatida kvalifikatsiya qilinishi kerak.

Agar shaxs yoshi, aqli rasoligi yoki boshqa holatlarga ko'ra jinoiy javobgarlikka tortilmaydigan boshqa shaxslardan foydalangan holda o'g'irlik, talonchilik yoki bosqinchilik sodir etgan bo'lsa, uning harakatlari (boshqa sifat belgilari bo'lmagan taqdirda) Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 33- moddasi birinchi qism bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak.

Jinoyatni uyushtirgan yoki jinoiy javobgarlikka tortilmasligi ma'lum bo'lgan jinoyat ishtirokchisini o'g'irlik, talonchilik yoki bosqinchilik qilishga undagan shaxs Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 33-moddasi 2-qismiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladi. Agar buning uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud bo'lsa, ushbu shaxsning harakatlari Rossiya Jinoyat kodeksining 150-moddasi bilan qo'shimcha ravishda kvalifikatsiya qilinishi kerak. Shu bilan birga, jabrlanuvchining sog'lig'iga og'ir shikast etkazgan, ehtiyotsizlikdan uning o'limiga sabab bo'lgan yoki jabrlanuvchini o'ldirishni sodir etgan shaxsning harakatlari ham ushbu kodeksning 111-moddasi to'rtinchi qismi yoki "h" bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi [5].

Rossiya Federatsiyasi jinoyat qonunchiligiga ko'ra turar-joyga, binolarga yoki boshqa omborga qonunga xilof ravishda kirish deganda o'g'irlik, talonchilik yoki talonchilik qilish maqsadida ularga qonunga xilof ravishda yashirin yoki oshkora bostirib kirish tushunilishi kerak. Ushbu binolar yoki inshootlarga kirish jinoyatchi o'g'irlangan narsalarni tegishli binolarga kirmasdan olib tashlaganida ham amalga oshirilishi mumkin. O'g'irlik, talonchilik yoki bosqinchilik sodir etgan shaxsning xatti-harakatlarini "turar-joyga noqonuniy kirish" asosida kvalifikatsiya qilishda sudlar Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 139-moddasining eslatmasiga amal qiladi.

MDHga a'zo bir qancha davlatlarning jinoyat qonunlarida, Rossiya Federasiyasidagi kabi (RF JKning 221, 226 va 229-moddalari), tovlamachilikning umumiy tarkibi bilan bir qatorda, mulkiy munosabatlar jinoiy tajovuzning asosiy emas, balki qo'shimcha obyekti hisoblanadigan jinoyatlarning maxsus tarkiblari nazarda tutilgan. Bu tajovuzlarning predmetini radioaktiv materiallar, qurol, o'q-dorilar, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va hokazolar tashkil etadi. Mazkur yondashuvni Ozarbayjon, Qozog'iston va boshqa bir qancha mamlakatlarning jinoyat qonunlarida ham ko'rishimiz mumkin.

Agar shaxs turar-joyga, binolarga yoki boshqa omborga qonunga xilof ravishda kirgan holda o'g'irlik, talonchilik yoki bosqinchilik sodir etgan bo'lsa, eshiklar, qulflar va boshqalarni, shuningdek jabrlanuvchining o'g'irlik predmeti bo'lmagan boshqa mol-mulkini qasddan buzib tashlagan yoki shikastlagan bo'lsa. katta zarar etkazilgan taqdirda sodir etilgan (masalan, mebel, maishiy texnika va boshqa narsalar) Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi bo'yicha qo'shimcha ravishda kvalifikatsiya qilinishi kerak.

O'tkazilgan tadqiqot quyidagi xulosalar chiqarishga imkon beradi:

1. Jinoyat kodeksining 165-moddasi 5-qismi bilan to'ldirish taklif qilinadi:

Asosan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qism "b" bandiga ko'ra zarar ko'p miqdorda va 3-qism "a" bandiga ko'ra juda ko'p miqdorda kuzatilgan holatlarda, 'Yetkazilgan moddiy zararning o'rni qoplangan taqdirda ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jazo qo'llanilmaydi".

2. O'zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari sanksiyalarida eng og'ir jazo sifatida besh yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan. Jinoyat kodeksi 15-moddasining mazmuniga ko'ra eng og'ir jazo sifatida qasddan sodir etilib, besh yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar uncha og'ir bo'lmagan jinoyatlar turkumiga kiritilgan. Natijada qonunchilikning oddiy turi ham (1-qismi), murakkab turi ham (2-qismi) bitta turkumdagi jinoyatlar turkumiga kiritilib, Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddalari normalari ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab joylashtirish qoidasi buzilgan. Bundan tashqari talonchilikning zo'rlik ishlatmay sodir qilinadigan turini, zo'rlik ishlatib sodir qilinadigan turi bilan ijtimoiy

xavflilik darajasi tenglashib qolmoqda. Biroq, talonchilikning oddiy turi bilan murakkab turlarining ijtimoiy xavflilik darajasi bir xil emas va ikkinchi qismining ijtimoiy xavflilik darajasi yuqoriroq turadi. Faqat jazoni kuchaytirishni o'zi bilan talonchilik jinoyatiga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borish mumkinligi har doim ham o'zini oqlayvermaydi. Shuning uchun JKning 166-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxslarga ozodlikdan mahrum qilish jazosini 3 yilgacha etib belgilash maqsadga muvofiq bo'ladi.

JKning 166-moddasi 1-qismi sanksiyasini bunday o'zgartirish, avvalo Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddalarini miqdor ko'rsatkichiga ko'ra joylashtirish prinsiplariga mos bo'lsa, hozirgi kunda amalga oshirilayotgan jinoyat qonunchiligini liberallashtirish talablariga ham muvofiq keladi.

3. Jamoatchilik bilan hamkorlikni oshirish: zo'ravonlik bilan sodir etilgan talon-taroj jinoyatlarini oldini olish va aniqlashda jamoatchilik muhim ro'l o'ynashi mumkin. Jamoatchilik bilan hamkorlikni kuchaytirish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlari jamoatchilik bilan yaqindan hamkorlik qilishi va mahallalarda jinoyatchilikga qarshi profilaktika tashkil qilishi kerak. Bu jamoatchilik nazoratini oshrishga yordam beradi va odamlarni shubhali faoliyatlar va harakatlari haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlariga xabar berishga undaydi.

4. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 164-moddasi 2-qismi "a" bandidagi "qurol yoki qurol sifatida foydalanish mumkin bo'lgan boshqa narsalarni ishlatib" degan jumani "qurol yoki sovuq qurol sifatida foydalanishi mumkin bo'lgan narsalarni ishlatib" degan jumla bilan almashtirish taklif etiladi. Nimagaki, jinoyat kodeksining boshqa barcha moddalar yuqoridagi jumla taklif qilingan jumla bilan o'zgartirilgan, faqatgina 164-modda 2-qismi a bandidagi jumla qolib ketgan. Misol uchun JKning 104-moddasi 2-qismi "l", 105-moddasi 2-qismi "m" bandi, 1261-moddasi 5-qismi "i" bandi, 249-moddasi birinchi qismi va 277-moddasi 2-qismi "v" bandilari "qurol yoki sovuq qurol sifatida foydalanishi mumkin bo'lgan narsalarni ishlatib" degan jumla bilan almashtirilgan. Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-iyunda qabul qilingan "Qurol to'g'risida"gi qonunining 3-moddasida "sovuq qurol" atamasiga aynan ta'rif berilgan va quyidagicha "sovuq qurol — shikast yetkaziladigan obyekt bilan bevosita to'qnashish chog'ida odamning jismoniy kuchi yordamida nishonni urish uchun mo'ljallangan qurol" ta'rif berilgan.

5. O'zgalar mulkini zo'rlik ishlatib talon-taroj qilish jinoyatlarida muammolarni o'rganish asosida ularning oldini olishning chora-tadbirlarini tahlil qilib, olib borilgan tadqiqotlar asosida maxsus kriminologik xususiyatga ega bo'lgan quyidagi choralarni qo'llash taklif etiladi:

a) o'zgalar mulkini zo'rlik ishlatib talon-taroj qilish jinoyatlarini oldini olish faoliyati har tomonlama talab darajasiga javob beradigan dastur asosida olib borilishi lozim. Ushbu dasturda umumiy qoidalar bilan bir qatorda ushbu jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan barcha chora-tadbirlar O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qonunchilik va Sud-huquq masalalari qo'mitasi va huquqni muhofaza qiluvchi davlat idoralari tomonidan ishlab chiqilishi kerak;

b) o'zgalar mulkini zo'rlik ishlatib talon-taroj qilish jinoyatlarining oldini olishning barcha bosqichlarida va har qanday darajada, yo'nalishlarida kriminologiyaning jinoyat siyosati bilan uyg'unlashgan hamda jinoyatchilikka qarshi kurash to'g'risidagi fanlarining ilmiy-uslubiy ta'minlangan ma'lumotlaridan kompleks ravishda foydalanishi lozim;

v) fanda aniqlangan o'zgalar mulkini zo'rlik ishlatib talon-taroj qilish jinoyatlarining

qonuniyatlari va unga qarshi kurash imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, kelajakda va hozirgi davrda jinoyatchilikka qarshi kurashning taktikasi va strategiyasi ishlab chiqilishi kerak;

g) jinoyatchilikning shu o'rinda o'zgalar mulkini zo'rlik ishlatib talon-taroj qilish jinoyatlarining oldini olish bilan bog'liq bo'lgan qonun va boshqaruv aktlari ularni amalda tadbiq etishga tayyorgarlik ko'rish vaqtida kriminologik yoki kompleks ravishda ekspertizadan o'tkazish lozim;

d) bunday jinoyatlarni oldini olish maqsadida "Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatchilikning oldini olish to'g'risida"gi qonun qabul qilinib, ushbu qonunning maqsadi, vazifalari, uning ahamiyati, ushbu jinoyatchilikni oldini olish subyektlarining vazifalari, vakolatlari, javobgarlik masalasi va xalqaro hamkorlik kabi normalar bilan to'ldirish maqsadga muvofiqdir

Ицтибослар/Сноски/References:

1. УК РФ Стaтья 161. Грaбeж \ КoнсyльтaнтПлюс (consultant.ru)

2. Пoстaнoвлeниe Плeнyмa BepxoBHoro Сyдa РФ ot 27.12.2002 N 29 (ред. ot 15.12.2022) "О сyдeбнoй прaктикe no дeлaм o крaжe, грaбeжe и pa36oe" \ КoнсyльтaнтПлюс (consultant.ru)

3. П.Бaкyнoв. Зурлик ишлaтиб сoдир этилaдигaн тaлoн-тoрoж жинoятлaри. Мoнoгрaфия. Мaсъyл мух^ррир: ю.ф.н., дoц. М.Yсмoнaлиeв. -Т.: ТДЮИ нaшриёти, 2011. 215 бет.

4. УК РФ Стaтья 161. Грaбeж \ Кoнсyльтaнт Плюс (consultant.ru).

5. Угoлoвный кoдeкс Республики Бeлaрyсь 9 июля 1999 г. с 275-З. Текст привoдится no сoстoянию Ha 9 мaртa 2023 гoдa, с изменениями и дoпoлнeниями, внесенными зakoнaми // httрs://continent-online.com/.

6. Угoлoвний кoдeкс Kыргызскoй Республики ot 28 oктября 2021 гoдa № 127

(с изменениями и дoпoлнeниями no шстоянию нa 03.04.2023 г.) // httрs://online.zakon.kz/Document/doc_id=36675065.

ACADEIVY

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.