Научная статья на тему 'YOSHLAR O‘RTASIDA ZOʻRLIK ISHLATIB SODIR QILINADIGAN TALON-TAROJ JINOYATLARINI BIR-BIRIDAN VA BOSHQA OʻXSHASH JINOYATLARDAN FARQLASH MASALALARI'

YOSHLAR O‘RTASIDA ZOʻRLIK ISHLATIB SODIR QILINADIGAN TALON-TAROJ JINOYATLARINI BIR-BIRIDAN VA BOSHQA OʻXSHASH JINOYATLARDAN FARQLASH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
59
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi / tovlamachilik / aybsizlik prezumsiyasi / bosqinchilik / jabrlanuvchi.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Saliyev Otabek Ilxom O‘g‘li

Ushbu maqolada yoshlar o‘rtasida zoʻrlik ishlatib sodir qilinadigan talon-taroj jinoyatlarini bir-biridan va boshqa oʻxshash jinoyatlardan farqlash masalalari, yoshlar o‘rtasida kuchayib borayotgan jinoyatchilik turlari va ularni oldini olish mexanizmlari tushuntiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLAR O‘RTASIDA ZOʻRLIK ISHLATIB SODIR QILINADIGAN TALON-TAROJ JINOYATLARINI BIR-BIRIDAN VA BOSHQA OʻXSHASH JINOYATLARDAN FARQLASH MASALALARI»

YOSHLAR O'RTASIDA ZO'RLIK ISHLATIB SODIR QILINADIGAN TALON-TAROJ JINOYATLARINI BIR-BIRIDAN VA BOSHQA O'XSHASH JINOYATLARDAN

FARQLASH MASALALARI Saliyev Otabek Ilxom o'g'li

O'zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi II bosqich magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10876771

Annotatsiya. Ushbu maqolada yoshlar o'rtasida zo'rlik ishlatib sodir qilinadigan talon-taroj jinoyatlarini bir-biridan va boshqa o'xshash jinoyatlardan farqlash masalalari, yoshlar o'rtasida kuchayib borayotgan jinoyatchilik turlari va ularni oldini olish mexanizmlari tushuntiriladi.

Kalit so'zlar: O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, tovlamachilik, aybsizlik prezumsiyasi, bosqinchilik, jabrlanuvchi.

Аннотация. В данной статье раскрыты вопросы разграничения насильственных разбойных преступлений среди молодежи между собой и других подобных преступлений, виды преступлений, участившихся среди молодежи, и механизмы их профилактики.

Ключевые слова: Уголовный кодекс Республики Узбекистан, вымогательство, презумпция невиновности, вторжение, потерпевший.

Abstract. This article explains the issues of differentiating violent robbery crimes among young people from each other and other similar crimes, the types of crime that are increasing among young people, and the mechanisms of their prevention.

Keywords: Criminal Code of the Republic of Uzbekistan, extortion, presumption of innocence, invasion, victim.

Jinoyat tarkiblarining tegishli elementlarini farqlash, shu jumladan, to'g'ri kvalifikatsiya qilish katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Birinchidan, bu adolatli jazoni ta'minlaydi. Ikkinchidan, jinoyatlarni to'g'ri kvalifikatsiya qilish jinoyat huquqi prinsiplarini, eng avvalo, qonun ustuvorligini amalga oshirishning zaruriy shartidir.

O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (shuningdek boshqa ko'plab mamlakatlarning jinoyat qonunlari) Maxsus qismining o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, ayrim turdagi jinoyatlar uchun javobgarlik normalari turli asoslarda o'zaro bog'liqdir. Ko'pgina hollarda, ushbu bog'lanish mazkur normalarning kodeksning qaysi bo'limida yoki bobida joylashgan bo'lishidan qat'iy nazar mavjuddir. Deyarli har bir jinoyat kamida bitta turdosh tarkibiy qismga ega. Turli xil mezonlarga ko'ra, ba'zi jinoyat tarkiblari boshqa jinoyat tarkiblariga o'xshash xususiyatlarga ega bo'lishi mumkin.

Masalan, tovlamachilik O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining VI bo'limi(jamoat tartibi va jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar)dan o'rin olgan 247, 251 va 271-moddalarda, 164 va 166-moddalarda (o'zgalar mulkini talon-toroj qilish) nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek o'zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog'liq bo'lmagan jinoyatlardan tashqari, mulkka qarshi boshqa jinoyatlar bilan juda ko'p o'xshash jihatlarga egadir. Zo'rlik ishlatib gayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish (Jinoyat kodeksining 138-moddasi), odam o'g'irlash (137-modda), shaxsni garov sifatida tutqunlikka olish (245-modda) ham tovlamachilik bilan o'xshash tarkiblar hisoblanadi.

Bir-biriga o'xshash jinoyat tarkiblari jinoyat obyekti yoki subyektiga, shuningdek obyektiv yoki subyektiv tomonlariga qarab farq qilishi mumkin. Obyektiv belgilar jihatidan unga

o'xshash harakatlardan tovlamachilikni ajratish, ayniqsa, qiyindir. Bunday jinoyatlar sirasiga boskinchilik (Jinoyat kodeksining 164-moddasi) va talonchilik (166-moddaning 2-qismining "a" bandi) kiradi. A.L.Meleniyev tovlamachilikni o'xshash tarkibli jinoyatlardan farqlashni jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning umumiy qoidalari yordamida amalga oshirishni taklif qiladi.

Bosqinchilik mol-mulkka qarshi eng xavfli jinoyatlardan biridir. U tovlamachilik bilan uzviy bog'liqdir, shuning uchun bu jinoyatlarni farqlashda ko'pincha xatolarga yo'l qo'yiladi. Tovlamachilik bilan bosqinchilikning umumiy xususiyatlari: tajovuzning ikki obyektining mavjudligi (mulk va shaxs), jinoiy tajovuz predmetining ko'p hollarda mavjudligi, jinoyat obyektiv tomonining murakkabligi (qilmish kamida 2 harakatdan iborat bo'ladi).

Talonchilikning ham bosqinchilikka o'xshash xususiyatlarga mavjud. O'zbekiston Respublikasining jinoyat qonunchiligida zo'rlik ishlatib sodir etiladigan talonchilik va bosqinchilik jinoyatni sodir etishda ishlatiladigan zo'rlikning darajasi bilan farqlanadi, bu ko'pincha o'zgalarning mol-mulkini noqonuniy tortib olish vositasi hisoblanadi. A.V.Tistikning ta'kidlashicha, bosqinchilikning ijtimoiy xavfi shundaki, bu murakkab jinoyat nafaqat mulkka tajovuz qilishni, balki mulkdorning shaxsi, uning hayoti va sog'lig'iga tajovuz qilishni ham o'z ichiga oladi.

O'zbekiston Respublikasining amaldagi jinoyat qonunchiligiga binoan (Jinoyat kodeksining 164-moddasi) bosqinchilik - bu o'zgalarning mol-mulkini talon-taroj qilish maqsadida hayot yoki sog'liq uchun xavfli bo'lgan zo'rlik ishlatish yoxud shunday zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitib sodir qilingan hujumdir.

O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 30-apreldagi 6-sonli "O'zgalar mulkini o'g'rilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish jinoyat ishlari bo'yicha sud amaliyoti to'g'risida"gi qarorida, shuningdek, jinoyat huquqi nazariyasida talonchilik va bosqinchilik jinoyatlarini farqlovchi belgi sifatida ushbu jinoyatlarni sodir etishda ishlatiladigan zo'rlikning xavflilik darajasi keltiriladi. Bu to'g'risida Jinoyat kodeksining 164 va 166-moddalari dispozitsiyalarining tahlili ham guvohlik beradi. Mazkur moddalarga ko'ra, qonun chiqaruvchi zo'rlik ishlatib sodir etiladigan talonchilikni - xavfli bo'lmagan zo'rlik bilan, bosqinchilikni esa -xavfli shakldagi zo'rlik bidan bog'laydi.

Zo'rlik ishlatib sodir etiladigan talonchilik va bosqinchilikni yuqorida keltirilgan asosga ko'ra ajratish turli darajadagi sudlarning qarorlarida ham kuzatilganlini ko'rishimiz mumkin. Shu o'rinda to'g'ridan-to'g'ri amaliyotga murojaat qilamiz va jinoyat ishlarini sudlar tomonidan zo'rlik ishlatib sodir etiladigan talonchilik va bosqinchilik o'rtasidagi farq bo'yicha hal qilish jarayonida ko'p tarqalgan tendensiyalarni aniqlaymiz.

Kvalifikatsiya qilish to'g'risidagi qarorlarning eng ko'pida zo'rlik harakatlari natijasida salomatlikka zararning mavjudligi yoki yo'qligi kabi asoslar mavjud.

Masalan, E.Xolmurodov Toshkent viloyat Chirchiq shahar Sh.Rashidov ko'chasida joylashgan do'kon oldidan avtomashinasida uyiga harakatlanib ketayotgan vaqtida Z.Nurmatovani to'xtatib uni uyiga eltib qo'yishni iltimos qilgan. Z.Nurmatova undan biron-bir yomonlik bo'lishini kutmagan holda, uni mashinasining yo'lovchi o'rindig'iga o'tkazgan. U mashinada ketayotgan vaqtida orqa o'rindiqda turgan ikki dona sumkani ko'rib, sumka ichida tilla-taqinchoqlar borligiga ishonch xosil qilganidan so'ng, egnidagi kurtkasining cho'ntagidan oshxona pichog'ini olib, Z.Nurmatovaga namoyish qilib, mashinani tinchroq joyga boshqarishini buyurgan. Z.Nurmatova undan pichog'ini tortib olmoqchi bo'lgan vaqtida, mazkur pichoq bilan Z.Nurmatovaning o'ng qo'l kaft soxasiga shikast yetkazgan, Z.Nurmatova pichoqdan olgan tan

jarohatidan qo'rqib shu bilan birga E.Xolmurodov qo'lidagi pichog'i bilan Z.Nurmatovaning o'ng qorin biqin qismiga tirab harakatni davom ettirishni buyurib, avtomashina orqa o'rindig'ida bo'lgan Z.Nurmatovaga tegishli bo'lgan sumka ichidagi xar-xil turdagi tilla-taqinchoqlarini talon-taroj yo'li bilan egallagan.

Sud E.Xolmurodovning harakatlarini bosqinchilik deb kvalifikatsiya qilishni zarur deb topdi, chunki sud E.Xolmurodovning harakatlari sog'liqqa zarar yetkazadigan zo'rlik ishlatish deb hisobladi. Ko'rib turganimizdek, sud o'z qarorida zo'rlik ishlatishning ma'lum bir xavf darajasiga tegishli mezon - sog'liq uchun zararning xavflilik darajasiga asoslangan.

Jabrlanuvchini erkinlikdan mahrum qilish yoki cheklash ham bu harakatlar jabrlanuvchini mulkni olib qo'yishning oldini olish imkoniyatidan mahrum qilishga qaratilgan hollarda sog'liq uchun xavfli bo'lmagan zo'rlik deb hisoblanib, talonchilik sifatida baholanishi mumkin.

Yuridik adabiyotlarda, zo'rlik ishlatib sodir etiladigan talonchilik yoki bosqinchilik kabi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda bir qator holatlarni: jinoyat joyi, vaqti, tajovuzkorlar soni, ular tahdid qilgan obyektlarning tabiati, tahdidga nisbatan jabrlanuvchining subyektiv tushunchasi va boshqalarni hisobga olgan holda qaror qabul qilish tavsiya etiladi.

Bu masalada Z.M.Chelyabova quyidagilarga diqqat qilishni taklif qiladi: jabrlanuvchining tahdidga nisbatan subyektiv idrok etishiga; aybdorning tahdidga nisbatan tushunchasiga.

Z.M.Chelyabova keyingi ishlarida agar aybdorning harakatlari zo'rlikning xavflilik darajasini aniqlash imkonini bermasa, zo'rlikni hayot va sog'liq uchun xavfli bo'lmagan zo'rlik sifatida baholashni taklif qiladi. Olim bunda aybsizlik prezumsiyasidan, ya'ni aybdorlikka oid barcha shubhalar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozimligidan kelib chiqqan.

S.A.Eliseev va V.V.Veklenko bosqinchilik va zo'rlik ishlatib sodir etiladigan talonchilikni bitta jinoyat tarkibiga birlashtirish tarafdori bo'lib, jinoyat qonunchiligi o'zgalar mol-mulkini zo'rlik ishlatib talon-taroj qilishning differensiatsiyasi ishonchli, oqilona asoslarga ega emasligini ta'kidlaydilar. V.V.Veklenko o'g'irlikni o'zgalar mulkini yashirincha talon-taroj qilish, talonchilikni o'zgalar mulkini ochiqdan ochiq talon-taroj, bosqinchilikni - o'zgalar mulkini zo'rlik ishlatib yoki zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitib talon-taroj qilish sifatida belgilashni taklif qiladi. S.A.Yeliseev o'zgalar mulkini zo'rlik ishlatib yoki zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitib talon-taroj qilish jinoyatning asosiy tarkibini tashkil etishini va talon-taroj paytida jabrlanuvchining sog'ligiga o'rtacha og'ir yoki og'ir ziyon yetkazilishi - bosqinchilikning kvalifikatsiyaviy turlari hisoblanishini ta'kidlaydi.

S.A.Yeliseev i V.V. Veklenkoning pozitsiyasini qo'llab-quvvatlagan holda shuni ta'kidlashimiz lozimki, bosqinchilik va zo'rlik ishlatib sodir etiladigan talonchilik o'rtasidagi chegara juda shartlidir. Ushbu jinoyatlar faqatgina ishlatilgan zo'rlikning xavflilik darajasi bilan farqlanadi. Mazkur masala yuzasidan o'tkazilgan so'rov natijalari shuni ko'rsatdiki, respondentlarning 85 foizi bosqinchilik va zo'rlik ishlatib sodir etiladigan talonchilik jinoyatlari bir-biridan zo'rlikning xavflilik darajasi(hayot yoki sog'lik uchun xavli bo'lgan yoki bo'lmagan zo'rlik)dan tashqari boshqa belgilarga ko'ra ham farq qilmaydi deb hisoblaydi. O'zganing mulkiga tajovuz qilayotgan shaxs o'zi tomonidan ishlatilgan zo'rlikning tabiati haqida deyarli o'ylamaydi va sharoitga qarab harakat qiladi. Shu sababli Jinoyat kodeksida o'zganing mol-mulkini zo'rlik talon-taroj qilishning differensiatsiyasi ishonchli, oqilona asoslarga ega emas deb hisoblaymiz. Bu esa amaliyotda bosqinchilik va zo'rlik ishlatib sodir etiladigan talonchilik jinoyatlarini bir-

biridan farqlashda ko'plab qiyinchiliklarga sababchi bo'ladi. Shularni inobatga olgan holda, bosqinchilik va zo'rlik ishlatib sodir etiladigan talonchilikni bir jinoyat tarkibiga birlashtirish lozim deb hisoblaymiz.

Zo'rlik ishlatib sodir qilinadigan talonchilik yoki bosqinchilikda zo'rlik ishlatish yoki zo'rlik ishlatish tahdidi boshqa birovning mol-mulkiga darhol egalik qilish yoki uni saqlash vositasi sifatida, tovlamachilikda esa aybdorning mol-mulk to'g'risidagi talablari zudlik bilan emas, aksincha, kelajakda bajarilishini ta'minlash uchun mo'ljallangan qo'rqitish vositasi sifatida ishlatiladi. Shuningdek, talonchilik va bosqinchilikda tazovuz qiluvchi jabrlanuvchida ayni paytda mavjud bo'lgan mol-mulkni olib qo'yishni ko'zlaydi, tovlamachi esa jabrlanuvchiga mavjud bo'lmagan, ammo kelajakda paydo bo'lishi mumkin bo'lgan mol-mulkni berishni talab qilishi mumkin. Bundan tashqari, agar zo'rlik ishlatib sodir qilinadigan talonchilik yoki bosqinchilikda zo'ravonlik ishlatish qo'rqitish mazmunini tashkil etsa, tovlamachilikda jinoyatchi tomonidan jabrlanuvchi nafaqat zo'ravonlik ishlatish, balki shaxsga oid ma'lumotlarni oshkor qilish va mol-mulkni yo'q qilish bilan ham qo'rqitilish ehtimoli mavjud.

Zo'rlik ishlatib sodir etiladigan talonchilik va bosqinchilikda ham jismoniy, ham ruhiy zo'rlik ishlatilishi mumkin, tovlamachilikda esa qilmishni sodir yetishning asosiy usuli faqat ruhiy zo'rlik bilan bog'liq.

Qonun chiqaruvchi zo'rlik ishlatib sodir etiladigan talonchilikda ham, bosqinchilikda ham zo'rlik darajasini belgilaydi. Biroq tovlamachilikda zo'rlik ishlatish nuqtai-nazaridan zo'rlik darajasi ko'rsatilmagan bo'lib, bu tovlamachilikda ham xavfli bo'lmagan, ham xavfli zo'rlik belgilari bo'lishi mumkinligini anglatadi.

Mazkur jinoyat tarkiblarining obyektiv tomonining o'ziga xos xususiyatlari ro'yxatini berib, N.A.Lopashenko quyidagilarni ta'kidlaydi:

talonchilik - moddiy tarkibli talon-taroj jinoyatidir. Mol-mulkka egalik qilish bosqinchilik va tovlamachilikning majburiy belgilari qatoriga kirmaydi;

bosqinchilik va tovlamachilik - kesik tarkibli jinoyatlardir. Bosqinchilikda qilmish hayot yoki sog'lik uchun xavfli bo'lgan zo'rlik yoki bunday zo'rlik ishlatish tahdidi bilan bog'liq hujumni o'z ichiga oladi. Tovlamachilik — zo'rlik ishlatish tahdidini o'z ichiga olgan mol-mulkni topshirishga bo'lgan talab hisoblanadi;

talonchilik va bosqinchilikda ishlatiladigan zo'rlik turlarining xavflilik darajasi ajratib ko'rsatilgan. Tovlamachilikda esa har qanday darajadagi zo'rlik ishlatilishi mumkin.

aybdor o'zganing mol-mulkni tortib oladigan vaqtdagi farq: talonchilik va bosqinchilikda - darhol, tovlamachilikda yesa - bir muncha vaqt o'tgach;

zo'rlik ishlatish tahdidini amalga oshirish mumkin bo'lgan vaqtdagi farq. Tovlamachilikda jismoniy zo'rlik ham ishlatilishi mumkin, lekin u faqat ruhiy zo'rliknini mustahkamlaydi, uni bekor qilmaydi.

Nazariyada bunday belgiga talab qilingan mulkni jabrlanuvchidan olib qo'yish usuli deb qaraladi: tovlamachilikda jabrlanuvchining o'zi talab qilingan mulkni jinoyatchiga topshiradi, talonchilik va bosqinchilikda esa mol-mulk aybdor shaxs tomonidan jabrlanuvchining egaligidan tortib olinadi.

Aybdor jabrlanuvchi mol-mulkining bir qismini jinoyat vaqtida olib qo'yib, yana boshqa qismini esa zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitib kelajakda berishni talab qilishi ham mumkin. Bunda jinoyatchining harakatlari zo'rlik darajasiga qarab talonchilik yoki bosqinchilik hamda tovlamachilik deb hisoblanib, jinoyatlar majmui sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim.

Tovlamachilikni bosqinchilik va talonchilikdan farqlashda tovlamachilikda zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish mulkni zo'rlik ishlatayotgan vaqtda emas, balki kelajakda ko'lga kiritishga qaratilishiga e'tibor berish lozim. Agar qo'rqitish amalda ishlatilsa, qilmish Jinoyat kodeksining tovlamachilik haqidagi moddasi bilan va asoslar bo'lganda qo'rqitish amalga oshirilayotganda sodir etilgan harakat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi bilan ham tavsiflanishi lozim.

Oliy sud tomonidan tavsiya etilgan tovlamachilikning mazkur "kelajak" tabiati talonchilik, bosqinchilik va tovlamachilikning farqlovchi mezoni sifatida eng katta e'tirofga sazovordir. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ham ushbu jinoyatlarni farqlashda shu xususiyatga tayanadi.

Amaliyotdan misol keltirsak. Fuqaro Madrimov fuqaro X.ning yuziga ikki marta zarba berib, yonidagi pullarini berishni talab qildi. Shundan keyin Madrimov pul berishni talab qilishda davom etdi, X. esa zo'rlik qo'llash harakatlari davom etishidan qo'rqib, yonidagi barcha pullarni darhol Madrimovga topshirdi. Dastlabki tergov organlari mazkur qilmishni, bizning fikrimizcha noto'g'ri tarzda, tovlamachilik deb kvalifikatsiya qilgan. Ushbu jinoyat ikkinchi instansiya sudida zo'rlik ishlatib sodir etilgan talonchilik sifatida qayta kvalifikatsiya qilindi. Qayta kvalifikatsiyaga asos sifatida sud tovlamachilik holatida jinoyatchining maqsadi kelajakda kerakli mulkni olishga qaratilishini, talonchilik va bosqinchilikda esa zo'rlik harakatlar sodir etilishi bilan bir vaqtda yoki zo'rlik ishlatilgandan keyin darhol mol-mulk o'lib qo'yilishini keltirdi.

Bunday misollar bizni tovlamachilikning "kelajak" tabiati har doim ham bu jinoyatni aniq ko'rsatmaydi, degan xulosaga olib keldi, bu esa uni talonchilik va bosqinchilik bilan juda zaif farqlovchi xususiyatga aylantiradi.

Jinoyatchi jabrlanuvchining mol-mulkini yo'q qilish yoki buzish bilan tahdid qilish, masalan, mashinani yoqib yuborishi va jabrlanuvchidan mol-mulkni zudlik bilan topshirishini talab qilsa ham yuqorida aytib o'tilgan jinoyatlar o'rtasidagi farqni aniqlashda muayyan qiyinchiliklar vujudga kelishi mumkin. V.A.Vladimirov va Yu.I.Lyapunov bu hakida shunday deydi: "Jabrlanuvchi yoki uning yakin kishilariga qarashli mulkni nobud qilish bilan qo'rqitish o'z mazmuniga ko'ra, kelajakka qaratilgan bo'lishi ham, zudlik bilan amalga oshirish xavfi mavjud bo'lishi ham mumkin. Qo'rqitishning mazkur mazmuni tovlamachilikni sotsialistik mulkni talon-toroj kilish bilan bog'lamaydi va shu bois u ko'rib chiqilayotgan jinoyat tarkibining belgilari doirasida koladi".

Talonchilik jinoyati birovning mol-mulkini talon-taroj qilish (mulk shaklidan qat'i nazar) yoki jabrlanuvchining hayoti va sog'lig'i uchun xavfli bo'lmagan zo'rlik ishlatishdir. Agar mol-mulkni talon-taroj qilish uchun ishlatilgan zo'rlik hayot yoki sog'liq uchun xavfli qilmish bo'lsa, bu qilmishni talonchilik deb tasniflash mumkin emas, bu holda u bosqinchilik deb hisoblanadi.

Talonchilik ham, boskinchilik jinoyati ham - o'zganing mol-mulkini oshkora talon-taroj qilishdir, ularning farqi qilmishning mohiyati va ishlatilgan zo'rlikning xarakteri bilan belgilanadi. Talonchilik mol-mulkni ochiqchasiga tortib olish yoki hayot va sog'liqga tahdid solmaydigan zo'rlik bilan amalga oshirilsa, boskinchilikda qo'llaniladigan zo'rlik tajovuzkor va jabrlanuvchining qarshiligini sindirishga qaratiladi.

Talonchilikda ham, boskinchilikda ham jismoniy zo'rlik ishlatilmasdan, ruhiy zo'rlik, ya'ni zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish ishlatilishi mumkin. Bosqinchilik paytida hayot yoki sog'liq uchun xavf tug'diradigan zo'rlik ishlatish bilan tahdid qilinsa, talonchilik paytida hayot va sog'liq uchun xavfli bo'lmagan zo'rlik bilan tahdid qilinadi.

Boskinchilik boshqa birovning mol-mulkini talon-taroj qilish maqsadida hayot yoki sog'liq uchun xavfli bo'lgan zo'rlik ishlatishning o'zi bilan jinoyat tugallangan deb hisoblanadigan, kesik tarkibli jinoyatdir. Ya'ni, boshqa birovning mol-mulki bosqinchi tomonidan tortib olinishi shart emas. Talonchilikda jinoyat sodir etgan shaxs mulkni egallab olgandan keyingina jinoyat tugallangan hisoblanadi.

O'zganing mol-mulkini talon-taroj qilish jabrlanuvchi yoki boshqalar yo'qligida yoxud ularning ko'z o'ngida, ularga sezdirmasdan, yashirincha sodir etilsa qilmish o'g'irlik deb kvalifikatsiya qilinadi. Agar jabrlanuvchi yoki boshqalar mol-mulk talon-taroj qilinayotganini ko'rgan bo'lsa-da, lekin aybdor hech kimga sezdirmasdan harakat qilyapman deb hisoblasa, bu qilmish talonchilik emas, aksincha o'g'irlik deb tavsiflanishi kerak.

O'zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish bilan boshlangan, lekin jabrlanuvchi yoki boshqa shaxslar tomonidan sezib qolinganiga qaramasdan aybdor tomonidan mulkka egalik qilish maqsadida ularning hayoti va sog'lig'i uchun xavfli bo'lmagan zo'rlik ishlatib yoxud shunday zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitib qilingan harakatlar talonchilik deb, hujum qilib hayoti yoki sog'lig'i uchun xavfli bo'lgan zo'rlik ishlatganda yoxud shunday zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitganda esa bosqinchilik deb tavsiflanadi. Zo'rlik ishlatish harakatlari aybdor tomonidan o'zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilishi tugagandan keyin qo'lga tushishdan qutilish maqsadida sodir etilgan bo'lsa, bunday harakat talonchilik yoki bosqinchilik deb qaralmaydi. Zo'rlik ishlatishning xususiyati va kelib chiqqan oqibatlarga qarab qilmishni o'g'rilik deb, boshqa jinoyatlarning belgilari bo'lganda jinoyatlar majmui bo'yicha tavsiflash lozim.

O'zganing mol-mulkini talon-taroj qilish jinoyatchi tomonidan sodir bo'layotgan hodisani tushunishi qobiliyatiga ega bo'lmaganlar (misol uchun, yoshi kichik bolalar, aqli noraso shaxslar, spirtli ichimliklar yoxud narkotik moddalardan kuchli mast holatda bo'lgan yoki uxlab yotgan shaxslar) ko'z o'ngida sodir etilsa, ushbu qilmish talonchilik emas, o'zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish, ya'ni o'g'irlik deb tavsiflanishi lozim.

REFERENCES

1. Узбекистан Республикасининг Конституцияси // Узбекистан Республикаси конун хужжатлари миллий базасининг расмий веб-сайти - www.lex.uz

2. Узбекистан Республикасининг Жиноят кодекси // Узбекистан Республикаси конун хужжатлари миллий базасининг расмий веб-сайти - www.lex.uz

3. Узбекистан Республикаси Олий суди Пленумининг 1999 йил 30 апрелдаги 6-сонли "Узгалар мулкини угрилик, талончилик ва боскинчилик билан талон-торож килиш жиноят ишлари буйича суд амалиёти тугрисида"ги карори // Узбекистан Республикаси конун хужжатлари миллий базасининг расмий веб-сайти - www.lex.uz

4. Узбекистан Республикаси Олий суди Пленумининг 1996 йил 27 февралдаги 3-сонли "^онунга хилоф равишда куролга эгалик килиш тугрисидаги ишлар буйича суд амалиёти хакида"ги карори // Узбекистан Республикаси конун хужжатлари миллий базасининг расмий веб-сайти - www.lex.uz

5. Узбекистан Республикаси Олий суди Пленумининг 1998 йил 17 апрелдаги 11-сонли "Иктисодиёт сохасидаги жиноий ишлар буйича суд амалиётида юзага келган айрим масалалар тугрисида"ги карори // Узбекистан Республикаси конун хужжатлари миллий базасининг расмий веб-сайти - www.lex.uz.

6. П.Бакунов. Зурлик ишлатиб содир этиладиган талон-торож жиноятлари. Монография.

Mactyn Myxappup: ro.^.H., go^ M.YcMOHa.nHeB. -T.: T^TOH HampHëra, 2011. 332 6eT.

7. H.P.AcTaHOB. 3yp^HK Hm.naTH6 cogup этн.пaAнгaн «HHOflTnap Ba y.napHH TeproB KH^HmHHHr y3ura xoc «HxaTnapH: yKyB K;y.n.naHMa..-T. T^TOY, 2015. - 140 6.

8. YcMOHa^HeB M., EaKyHOB n. Ta.noHHH.nHK ynyH «aBo6rap.nHKHH ,nH6epa.n.namTHpHm MyaMMO^apn: MarHcrpaHT.nap y-H yrçyB K;y.n.naHMa/ YcMOHa^ueB M., EaKyHOB n.; T^TOH; Mactyn Myxappup: M.X.PycraM6oeB. - T.: T^TOH, 2007.- 44 6.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.