Научная статья на тему 'QADRIYATLI MUNOSABATNI SHAKLLANTIRISHNING O‘ZIGA XOSLIGI'

QADRIYATLI MUNOSABATNI SHAKLLANTIRISHNING O‘ZIGA XOSLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
olam obrazi / timsol / orientir.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shukurullo Mardonov, Saida Qodirova

Bu maqola qadriyatli munosabatni shakllantirishning o‘ziga xususiyati haqida tahlil qiladi. Maqolada qadriyatli munosabatni shakllantirishning mohiyati, uning joriy holatidagi maqomi va qabul qilingan tushunchalari ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, qadriyatli munosabatni shakllantirish jarayonida muammo va ularning hal qilinishi uchun amaliy yondashuvlar muhokama qilinadi. Maqolada shu jamiyat mohiyatining muhim muammolari va joriy qadriyatli munosabatni shakllantirish strategiyalari va usullari keng qamrovli bahsolanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QADRIYATLI MUNOSABATNI SHAKLLANTIRISHNING O‘ZIGA XOSLIGI»

QADRIYATLI MUNOSABATNI SHAKLLANTIRISHNING

O'ZIGA XOSLIGI

1Shukurullo Mardonov, 2Saida Qodirova

1T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston PFITI b/b., p.f.d., prof., 2mustaqil tadqiqotchi https://doi.org/10.5281/zenodo.11186898

Annotatsiya. Bu maqola qadriyatli munosabatni shakllantirishning o'ziga xususiyati haqida tahlil qiladi. Maqolada qadriyatli munosabatni shakllantirishning mohiyati, uning joriy holatidagi maqomi va qabul qilingan tushunchalari ko'rib chiqiladi. Shu bilan birga, qadriyatli munosabatni shakllantirish jarayonida muammo va ularning hal qilinishi uchun amaliy yondashuvlar muhokama qilinadi. Maqolada shu jamiyat mohiyatining muhim muammolari va joriy qadriyatli munosabatni shakllantirish strategiyalari va usullari keng qamrovli bahsolanadi.

Kalit so'zlar: olam obrazi, timsol, orientir.

Shaxs ma'naviy olamining tashkil topishi atrof borliqni anglash-bilishdan boshlanadi.

Bu bosqich orientir olish boshlang'ich fazasi, har bir individning insoniy madaniyatning ma'naviy olamiga kirish jarayoni sifatida xarakterlanishi mumkin.

Inson hayotning boshlang'ich bosqichida atrof borliq bilan qadriyatli munosabatni o'rnatishi zarur.

Bu o'quvchilarning ijtimoiy mohiyatli qadriyatlar asosida orientir olishini taqozo qiladi.

Narsalar, insonlar va g'oyalar olamida qadriyatli munosabat - bu to'plangan tasavvurlar majmui bo'lib, tashqi olam hodisalarini fikrlash va ta'riflash natijasi sifatida ko'rish, insonlar o'zaro munosabatlari, shaxs tomonidan qadriyatlarning qabul qilinishi yoki qabul qilinmasligi hamda ularning shaxs uchun mohiyati nuqtai nazardan qarshdir.

Orientir olishning ushbu fazasida olam obrazining shakllanishi boshlanadi, bu ma'lumotlarga mantiqiy ishlov berish bilan asoslanmaydi, balki hayot-faoliyatning emotsional-motivasion aspekti (tomoni) bilan bog'liq.

"Olam obrazi" tushunchasida yaxlitlik g'oyasi hamda shaxs anglash sohasidagi vorisiylikning rivojlanishi va mavjudligi mujassamlangan. Olam obrazining sintezi va maqsadi, unga qadriyatli munosabat - bu orientir olish jarayoni birinchi natijasi bo'lib, u anglashga asoslanadi.

Olamga qadriyatli munosabat bu olingan tasavvrlarning aks etishi va mushohada qilinishi hamda unda inson qalbi va emotsiyalari mujassamlangan.

Bir vaqtning o'zida bu olam to'g'risida hamda boshqa insonlarning atrof borliq to'g'risidagi o'z tasavvurlari proeksiyasidir.

Olam obrazi - bu undagi ob'ektiv borliq va inson faoliyatining tizimli xarakteri birligidir.

Ma'lumki, inson ongida borliqning ifodalanishi uning aniq izi (fotosur'ati), degani emas,

albatta.

"Obraz" (timsol) - predmetning aksi. Obrazda predmet huddi real hayotiy munosabatlardagi kabi aks etadi, sub'ekt ular bilan shunday munosabatga kirishadi.

Bu obrazda sub'ektiv-shaxsiy g'arazgo'ylik lahzasi ham mavjud: bunda nafaqat hodisalar yoki predmet munosabatlari, balki inson hayoti va ehtiyojlari uchun mohiyati ifodalanadi.

Tashqi olamni idrok qilishga hamrohlik qiluvchi emotsional reaksiya quyidagi munosabatlarni paydo qiladi "yaxshi ko'raman", "xohlayman" yoki "yaxshi ko'rmayman", "xohlamayman" kabilar bola psixikasi va munosababtlarining rivojlanishida muhim o'rin tutadi (V. N. Myasi^ev).

Qadriyatli munosabatlar inson faoliyatining barcha jabhalariga kirib bormoqda. Har qanday ob'ekt, hodisa, muomala, ish va insonlar fikrlari ham katta yoki kichik sub'ektiv mohiyat kasb etib bormoqda va u hamisha ob'ektiv ijtimoiy mohiyatga ega.

Psixolog olimlar (A.N. Leontev, N.N. Chesnokova) ta'limotiga tayangan holda aytish mumkinki, inson ongi atrof borliqning aksi sifatida xayvonlar psixikasidagi tasvirdan sifat jihatdan farqlanadi va o'zida mohiyat va mazmunni ifodalaydi.

Aynan atrof hodisalariga qadriyatli munosabatni shakllantirish individual ongda motivasion va boshqaruv funksiyalarini asoslaydi.

Shuning uchun hodisalarning "o'zi uchun mohiyatni ochish" qadriyatli munosabatlarni shakllantirishda tizimlashtirish fursatini ko'rsatadi.

Ma'lumki, ong orientir olish jarayoni tuzuvchisi sifatida qanchalar faol ishlasa, atrof borliqqa qadriyatli munosabat shunchalar tez shakllanadi.

Orientir olish boshlang'ich fazasi xarakteristikasida emotsional va rasional komponentlari hamisha qatnashadi, hamisha ob'ektiv reallikni anglashda muttasil, qo'shilib ketgan bo'ladi.

Psixologiya avvaldan idrok qilish, tasavvur qilish, tafakkurning "insonga nima kerak"dan - uning ehtiyojlari, motivlari, ustanovkalari, emotsiyalaridan tobeligini ta'riflaganlar va o'rganganlar.

Muhimi, ta'kidlaydi A.N. Leontev [4], bunday g'arazgo'ylik o'z-o'zicha ob'ektiv qonuniylashgan va u obraz (timsol) noadekvatligida ifodalanadi, u shuningdek, reallikka faol kirish imkonini beradi.

Boshqacha aytganda, sub'ektivlikni sezgi tasviri darajasini sub'ektivizm sifatida emas, balki uni "sub'ektivlik"da, ya'ni uning faoliyatli sub'ektga taalluqligida tushunish kerak.

Borliqni o'zlashtirish jarayonida shakllanadigan shaxsiy ma'no (mazmun) - bu individual ongning muhim dvrajasi sanaladi, u inson tomonidan dunyo sur'atining sub'ektiv xususiyatlarini ta'kidlaydi

Shaxsiy ma'no, individual tajriba va inson niyatlari bilan o'zaro munosabatlarga kirishib, ongning yangi birliklarini tashkil qiladi - individuallashagan, sub'ektiv ma'nolar shaxsiy mazmunlarga bog'liq tizimi hamda borliqqa yaxlit qadriyatli teng qimmatli munosabatni shakllantiradi.

Ma'nolar qanday paydo bo'ladi, degan savolga qisqacha javob bersak, u barcha holatlarda bir xil bo'lgan asosiy ichki qonuniyat - psixologik ma'no tizimlari kichikdan kattaga murakkab, ko'pqirrali o'zaro munosabatlarida paydo bo'ladi.

Shuningdek, muhim - hayot mazmuni, muhabbat, yaxshilik, yomonlik - to'g'risidagi savollarga javob insondan katta ichki kuchni talab qiladi, boshqa tomondan esa, topilgan javoblar unga noaniq, ahamiyatsiz, noaniq bo'lib ko'rinadi.

Demak bunda, muhimi izlanish jarayoni, kechinma jarayoni mavjud.

Tadqiqotchi B.S. Bratus [1] fikricha, ma'nolar paydo bo'lishini u yoki bu shaklda tushunib yetish, ichidan his qilish to'g'risida gap ketganda, bunda shaxs qadriyatlari yoki shaxsiy qadriyatlar to'g'risida gapirish to'g'riroq bo'ladi hamda ularni shaxsiy ma'nolardan farqlash kerak.

Demak, shaxsiy qadriyatlar - bu insonning hayot mazmunini anglab yetishi va boshdan kechirishidir.

Qadriyatli munosabatni shakllantirishning o'ziga xosligi shundaki, unda atrof olamni anglash (bilish) ulg'ayib borayotgan kishida boshqalar ishtirokida sodir bo'ladi, demakki, bilimlarni boshqalar orqali qabul qilib olish, ikki marotaba emotsional tusga ega: o'qituvchi shaxsiy emotsional bahosi hamda bolaning o'z tuyg'usi.

Bunda "bilaman" - "bilmayman" axloqiy tus oladi "yaxshi", "yomon". Olam obrazi (timsoli) olamning yaxlit, ko'pdarajali sur'ati (kartinasi) sifatida, o'zida o'zini sub'ekt sifatida va boshqa kishilarni mujasamlaydi hamda makon va zamon hodisalari o'quvchi ongida o'quv-tarbiya jarayonida sintezlanadi, unda tashqi olamni anglash bevosita "o'qituvchi -o'quvchi" o'zaro harakatida sodir bo'ladi.

Aynan shuning uchun qadriyatli munosabatlarni anglanayotgan va anglash jarayonida rivojlantirishda o'quv jarayonida o'qituvchi o'quvchi hamkorligida tanlangan pedagogik strategiya katta mazmunga ega.

O'qituvchi pedagogik strategiyasidan o'quv jarayonida izlash diapazoni, baholash, proeksiyasini tanlashda, faoliyat mustaqilligi darajasi, individual va jamoaviy dolzarblashuvi, emotsional motivasiyasini muvofaqqiyatni tashkillashtirish vositasida mustahkamlash, shuningdek, qaniqarliligini faoliyat natijalari yordamida ta'minlashga bog'liq.

Shu munosabat bilan qadriyatli kategoriyalarning yetakchi g'oyalarini ajratib olishda o'quv predmetlarining integrativ g'oyalari ham xizmat qilishi mumkin.

O'quv predmetlarini integrasiyalash o'quvchilarning bilimlarini jamlashiga tayanadi hamda nazariyaning ilmiy bilimdagi rolini kuchaytiradi.

ADABIYOTLAR

1. Братусь Б.С. Нравственное сознание личности: (Психологическое исследование). -М.: Знание, 1985. -64 с.

2. Бургин М.С., Кузнецов В.И. Аксиологические аспекты научных теорий. -Киев: Наукова думка, 1991. -179 с.

3. Дюркгейм Э. Ценностные и "реальные" суждения. -М.: Канон, 1995. -352 с.

4. Леонтьев Д.А. Ценность как междисциплинарное понятие: опыт многомерной реконструкции //Вопросы философии. 1996. № 4. С. 15-26.

5. Мардонов ШД. Янги таълимий кадриятлар асосида педагогик кадрларни тайёрлаш ва малакасини ошириш. Т.:Фан, 2006.-232 б.

6. Розов Н.С. Культура, ценность и развитие образования.-М., 1992.

7. Туленов Ж. ^адриятлар фалсафаси.-Т.: Узбекистан, 1998.

8. Чижакова Г.И., Потапова Н.А. Ценности в образовании и образование как ценность. -Красноярск: КГПИ, 1996. -339 с.

9. Шайхова Х., Назаров Умуминсоний кадриятлар ва маънавий камолат. -Т.:Узбекитсон, 1992.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.