Научная статья на тему 'BO‘LAJAK SHIFOKORLARNING MA’NAVIY-AXLOQIY SIFATLARINI SHAKLLANTIRISH'

BO‘LAJAK SHIFOKORLARNING MA’NAVIY-AXLOQIY SIFATLARINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
52
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bo‘lajak shifokor / ma’naviy-axloqiy ideal / ma’naviy-axloqiy sifatlar / ma’naviyat / shifokorlik kasbi / kasiy etika / axloqiy etika / kasbiy burch.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Yunusov Ravshan Alimjanovich

Ushbu maqolada bo‘lajak shifokorlarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirishda axloqiy ideallarning tutgan o‘rni, kasbiy etika hamda auditoriyadan tashqari tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK SHIFOKORLARNING MA’NAVIY-AXLOQIY SIFATLARINI SHAKLLANTIRISH»

BO'LAJAK SHIFOKORLARNING MA'NAVIY-AXLOQIY SIFATLARINI

SHAKLLANTIRISH Yunusov Ravshan Alimjanovich

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti mustaqil

izlanuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10693556

Annotatsiya. Ushbu maqolada bo'lajak shifokorlarning ma'naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirishda axloqiy ideallarning tutgan o'rni, kasbiy etika hamda auditoriyadan tashqari tashkiletiladigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar haqidafikryuritilgan.

Tayanch so'zlar: bo'lajak shifokor, ma'naviy-axloqiy ideal, ma'naviy-axloqiy sifatlar, ma'naviyat, shifokorlikkasbi, kasiy etika, axloqiy etika, kasbiy burch.

Аннотация. В данной статье рассматривается роль нравственных идеалов в формировании морально-этических качеств будущих врачей, профессиональной этики, а также морально-просветительских мероприятий, организуемых вне аудитории.

Ключевые слова: будущий врач, духовно-нравственный идеал, духовно-нравственные качества, духовность, медицинская профессия, профессиональная этика, моральная этика, профессиональный долг.

Abstract. This article discusses the role of moral ideals in the formation of moral and ethical qualities of future doctors, professional ethics, and moral and educational events organized outside the auditorium.

Key words: future doctor, spiritual and moral ideal, spiritual and moral qualities, spirituality, medical profession, professional ethics, moral ethics, professional duty.

Ma'naviyat insonning hayotiy imkoniyatlarini aniqlashga ko'maklashadi. Insonning qalbi uning ruhiy faoliyati bilan bog'liq. Inson shaxsida uning tarixiy, ma'naviy, milliy -ijtimoiy turmush tarzi o'z aksini topadi. Ma'naviy-axloqiy sifatlar har bir insonning shaxsiy hayotiga mazmun bag'ishlaydi.

Shifokorning ma'naviyatlilik darajasi uning o'zi yashab turgan jamiyatda qaysi axloqiy me'yorlarga amal qilishi, qanday qadriyatlarni o'zlashtirganligi va jamiyatga qo'shayotgan hissasida o'z ifodasini topadi. Axloqlilik esa inson ma'naviyatining o'lchovlaridan biridir.

Ma'naviy-axloqiy sifatlar insonning ruhiyati va uning ideallari bilan bog'liqdir.

O'zbekiston milliy ensiklopediyasida ideal atamasiga quyidagicha ta'rif berilgan: "Ideal (yunoncha idea - timsol, g'oya, tushuncha) - biror narsa va hodisaning oliy namunasi, kamoloti; ayrim shaxs, shaxslar guruhi, tabaqa va jamiyat intiluvchi oliy maqsad. Ijtimoiy-siyosiy ideal mukammal ijtimoiy tuzum; axloqiy ideal barkamol inson sifatlari, insoniy munosabatlar; estetik ideal har taraflama kamolga yetgan go'zal ko'rinish, xislat, tavsif" [1; 76-b.].

Falsafa. Qisqacha izohli lug'atda esa, ideal so'zi bir qadar kengroq tavsiflangan: Ideal - (frans. ideal, lotin. idealus so'zlaridan olingan bo'lib) qiyofa, mezon, mukammallik ma'nolarida qo'llaniladi. Ideal - orzu-intilishning oliy maqsadi. Ideal keng ma'noda u yoki bu narsa, hodisaning eng yaxshi, eng qadrli, eng mukammal holati bo'lishi mumkin[2; 145 -b.].

Idealni falsafiy hamda pedagogik jihatdan talqin qilish asosida insonning oliy maqsadlari va barkamollikka intilish ehtiyojlari anglanadi. Idealda har bir shaxsning mukammallikka bo'lgan intilishi, shaxsiy sifatlari, xatti-harakatlari, faoliyati ifodalanadi. Insonning oliy maqsadi uning axloq, nafosat sirlarini egallashga bo'lgan intilishi, huquqiy,

siyosiy, iqtisodiy dunyoqarashi tarzida namoyon bo'ladi. Yuksak maqsadga ega bo'lgan shaxs o'zi tanlagan g'oyaning to'g'riligiga ishonadi, uning ijtimoiy, siyosiy ahamiyatini baholay oladi. Insonning orzu-istaklari ularda juda katta ijtimoiy-ta'limiy ahamiyatga ega bo'lgan maqsadning hosil bo'lishiga asos bo'ladi. Shuning uchun ham xuddi shunday oliy maqsadlarga erishish istagi shaxsning ma'naviy -axloqiy sifatlarini belgilaydi.

Axloqiy ideallar mutlaq tavsifga ega emas. Ular rivojlanadi, namuna sifatida takomillashadi, shaxs rivojlanishi istiqbollarini aniqlaydi. Rivojlanish insonparvar ahloqiy ideallar sifatida xarakterlanib namoyon bo'ladi, shuning uchun ham ular shaxs takomillashishi motivi sifatida namoyon bo'lishadi. Ideallarni tarixiy davr va avlod bog'lab turadi, eng yaxshi insonparvarlik an'analarini vorisiylik bilan egallab olinadi va birinchi navbatda bu ta'lim orqali amalga oshadi.

Axloqiy ideallar shaxs motivatsion-qadriyatga yo'naltirilgan munosabatining oliy mezoni sifatida namoyon bo'ladi. U shifokorni jamiyat oldidagi burchi, ma'suliyatini anglab yetishi bilan tavsiflanadi. Shaxs munosabati insonning atrof-muhitdagi narsa-hodisa va boshqa insonlar ob'ektiv aloqasiga yo'naltiradi va shaxsning sub'ektiv pozitsiyasini u yoki bu sub'ektga nisbatan nisbiy, shu bilan birga uning ahamiyatliligini baholaydi. Shu ma'noda "munosabat" bir vaqtning o'zida ikki xolatda namoyon bo'ladi: protsessual tavsif sifatida (baholash aktini qo'shadi) va barqaror shaxs ta'limi, bu esa shaxsni insonparvarlik qadriyatlarini (qadriyatli yondashuv) tashuvchisi sifatida namoyon qiladi. Shaxs bu holda borliq haqiqati bilan aloqador faoliyat ko'rsatuvchi sifatida namoyon bo'ladi, u tanlash imkoniyatiga ega bo'lgan va uning asosida o'zining rivojlanadigan faoliyati tabiatini yo'naltiruvchisidir. Munosabatlar muhit va shaxsning o'zaro aloqasi orqali amalga oshiriladi va mazmun jihatdan shaxs yo'nalganligini aniqlaydi, sub'ektivlikning asosiy fenomeni(qarashlar, motiv, ehtiyoj, baholash, hissiyot, ko'nikish, qadriyatli munosabat)ni o'zaro bog'laydi va muvofiqlashtiradi.

Biroq, shaxs munosabatlarida uning faqatgina sub'ektivligi emas, balki ob'ektiv berilgan mazmun xam aks etadi, sababi unda ob'ektiv maqsadlar taqdim etiladi. Shaxs munosabatlarining ob'ektiv lahzalari sifatida uning ijtimoiy mavqei yuzaga chiqadi, u esa o'zida aloqalarning majmuaviyligini namoyon etadi, bular esa shaxslara ro munosabatlarning referent tizimida va ijtimoiy ahamiyatli faoliyatda yuzaga keladi. Shaxs munosabati mazmuni motivlarning ob'ekti va predmeti (qadriyatlari) bo'la oladi, ular esa uning ongida o'ziga xos ijtimoiy mavqeda namoyon bo'ladi[3].

Jamiyat tomonidan belgilangan me'yor, talab, ideal, madaniy qadriyatlar shaxs tomonidan yakka va tanlangan holda qabul qilinadi va o'zlashtiriladi. Shifokorning aksiologik munosabati shuning uchun har doim ham jamiyat tomonidan qabul qilingan va e'tirof etiladigan qadriyatlarga mos kelmaydi. Jamiyat qadriyatlari qachon rag'bat va faoliyat ko'rsatishga uyg'otuvchi kuch bo'ladi, qachonki, shaxs tomonidan ongli ravishda qabul qilinsa va o'zlashtirilsa hamda uning shaxsiy qadriyati, da'vati, ideali, maqsadiga mos kelsagina, maqsadga muvofiq bo'ladi.

Shunday qilib, tibbiyot xodimlarini tayyorlashda etika va deontologiya masalalari ayniqsa dolzarbdir. Bo'lajak shifokorlar uchun shakllangan axloqiy fazilatlarning mavjudligi katta ahamiyatga ega, chunki bu kasb egalari o'z ishlarida bemorlar va ularning qarindoshlarining og'rig'i va og'ir hissiy tajribalariga duch kelishadi. Bo'lajak shifokorlarga bemorlar bilan qanday munosabatda bo'lishni o'rgatish, tibbiy ko'rsatmalarni tushuntirish, ularni to'g'ri davolanishga undash kerak bo'ladi.

Shifokorlik nafaqat mutaxassislik, balki alohida shaxsiy fazilatlarni talab qiladigan kasb hamdir. Binobarin, talab qilinadigan ma'naviy-axloqiy madaniyatni shakllantirish bo'lajak shifokorlar tayyorlashda tarbiyaviy faoliyatning asosiga aylanadi.

Pedagogik jamoa o'z faoliyati jarayonida bo'lajak shifokorlarni tayyorlash samaradorligini oshirish, ularning kasbiy-axloqiy fazilatlarini shakllantirish masalalarini hal etadi. Bo'lajak shifokorlarning kasbiy faoliyatiga tayyorgarligi, albatta, o'z kasbiy burchini, ishining sifati va natijasi uchun kasbiy va ma'naviy javobgarligini chuqur anglashni o'z ichiga oladi. Bo'lajak shifokorlarda insonparvarlik, rahm-shafqat, o'zgalarga mehr-oqibat, yordamga muhtoj har bir kishiga yordam berishga intilish kabi axloqiy fazilatlarni shakllantirish juda muhim, tibbiyot xodimida hamdardlik hissi yuqori bo'lishi kerak.

Bo'lajak shifokorlar o'rtasida kelajak kasbi imidjini va muhim kasbiy fazilatlarini shakllantirish uchun birinchi o'quv yilidan boshlab, o'quv jarayoni va darsdan tashqari ishlarni shu maqsadga muvofiq qurish, ta'lim muassasasining barcha ta'lim salohiyatidan maksimal darajada foydalanish zarur.

Bo'lajak shifokorlarning ma'naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish uchun eng muhim bo'lgan mavzularga e'tibor qaratib, ma'lum bir tibbiy profil bo'yicha mutaxassisni tayyorlash tizimidagi fanning asosiy vazifalari va o'rnini hisobga olish shart. Shuningdek, talabalarning kasbiy idealini shakllantirish uchun har bir fanning ta'lim salohiyatidan maksimal darajada foydalanish zarur.

O'quv jarayonida professor-o'qituvchilar bo'lajak shifokorlarning ma'naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirishdan tashqari, talabalarning muloqot qobiliyatlarini rivojlantirishga hissa qo'shadilar, tanlangan mutaxassislikning mohiyati va ahamiyatini, uning jamiyatdagi salomatlikni mustahkamlashdagi rolini tushunishlari, o'z-o'zini rivojlantirish bo'yicha faol harakatlar olib borishlari hamda o'z-o'zini rivojlantirishga harakat qiladilar.

Shunday qilib, bo'lajak shifokorlarning ma'naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirishda ularda patsientlarga mehr uyg'otuvchi, tanlagan kasbiga qiziqishni kuchaytiruvchi auditoriyadan tashqari mashg'ulotlar o'tkazish katta ahamiyatga ega. Bunday tadbirlarning o'tkazilishi bo'lajak shifokorlar ongida chuqur iz qoldiradi va ularda to'g'ri tanlovdan g'ururlanish, kasb egallashga mas'uliyat bilan munosabatda bo'lish, zamonaviy jamiyatda talabga ega bo'lish, jamiyatga tez moslashish, o'z kasbini muvaffaqiyatli shakllantirish imkonini beradi.

Bo'lajak shifokorlarning ma'naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirishda o'tkazilayotgan auditoriyadan tashqari tarbiyaviy tadbirlar turlicha: ish beruvchilar, tibbiyot muassasalari mutaxassislari bilan uchrashuvlar, talabalarning ilmiy-amaliy anjumanlari, kasb mahorati tanlovlari, ish beruvchilarni saralash imtihonlariga jalb qilish, turli ijodiy tanlovlar va fan olimpiadalari shular jumlasidan.

REFERENCES

1. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. IV tom. - T.: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2003.

- 704 b.

2. Falsafa. Qisqacha izohli lug'at. - T.: Sharq, 2004. - 372 b.

3. Ibraimov X., Quronov M. Umumiy pedagogika (darslik). - T., "Sahhof', 2023, 416 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.