Научная статья на тему 'MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING MA’NAVIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI'

MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING MA’NAVIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
9
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ijodiy faoliyat

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — O‘Tkirbek Mamajonov

Bugungi jamiyat talablari, ilmiy-texnika va texnologiya sur’atlari o‘sib borishi, talaba-yoshlar bajarayotgan ijtimoiy funksiyalarni yanada murakkablashtirmoqda. Bu ijtimoiy funksiyalar quyidagilardan iboratdir: jahon xalqlari hayotini, mamlakatimiz rivoji, taraqqiyotning O‘zbek modelining mohiyatini har tomonlama chuqur o‘rganish; fan-texnika va texnologiyalar asoslarini chuqur egallash; kasbga aloqador bo‘lgan professional va ijtimoiy ko‘nikmalarni mehnat bilan, siyosi va axloqiy madaniyatni tinmay o‘stira boorish yo‘li bilan hosil qilish; ijtimoiy siyosiy faoliyatda o‘z mehnati bilan faol qatnashish; kelajakdagi mustaqil, ijodiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan maxsus bilimlarni egallash, yangicha dunyoqarashni shakllantirish va hokazolar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING MA’NAVIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING MA'NAVIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

O'tkirbek Mamajonov

Andijon davlat universiteti, Matematiika fakulteti o'quv ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari

https://doi.org/10.5281/zenodo.10011432 Bugungi jamiyat talablari, ilmiy-texnika va texnologiya sur'atlari o'sib borishi, talaba-yoshlar bajarayotgan ijtimoiy funksiyalarni yanada murakkablashtirmoqda. Bu ijtimoiy funksiyalar quyidagilardan iboratdir: jahon xalqlari hayotini, mamlakatimiz rivoji, taraqqiyotning O'zbek modelining mohiyatini har tomonlama chuqur o'rganish; fan-texnika va texnologiyalar asoslarini chuqur egallash; kasbga aloqador bo'lgan professional va ijtimoiy ko'nikmalarni mehnat bilan, siyosi va axloqiy madaniyatni tinmay o'stira boorish yo'li bilan hosil qilish; ijtimoiy siyosiy faoliyatda o'z mehnati bilan faol qatnashish; kelajakdagi mustaqil, ijodiy faoliyat uchun zarur bo'lgan maxsus bilimlarni egallash, yangicha dunyoqarashni shakllantirish va hokazolar.

Bu xususiyatlar bo'lajak o'qituvchilarning ijodiy mehnatida o'z ifodasini topadi. Talaba-yoshlar bu davrda o'z mehnat faoliyati turini, o'zining ma'naviy idealini belgilashi, muayyan turmush tarzini hosil qilishi lozim. Binobarin, talaba mehnati o'zining alohida xususiyatlariga ega bo'lgan aqliy mehnat ekan, demakbumehnata'loo'qishda, ilmiy faoliyatda va fan asoslarini ijodiy o'zlashtirishda o'z ifodasini topadi.

Bo'lajak o'qituvchilarning faoliyatini rivojlanishi qator o'ziga xosliklariga ega. Mazkur davrda o'z-o'zini tahlil etish qobiliyati va o'zi haqidagi (o'zining xatti-harakatlari, his-tuyg'ulari, xulq-atvori, xarakteri) bilimlarni umumlashtirish, tizimlashtirish ehtiyojining oshib borishi kuzatiladi. O'zini ma'lum bir ideallar bilan qiyoslash yuzaga chiqadi, o'z-o'zini tarbiyalash imkoniyati faollashadi. O'spirinlik davridagi fikrlash uslubi shaxsiy-emotsionallik bilan ajralib turadi. Dunyoqarash va nazariy muammolarga qat'iy nuqtayi nazar namoyon bo'ladi (intellektual his- tuyg'ular faol rivojlanadi).

Aynan ijtimoiy voqelikka ochiq munosabat, ilmiy dunyoqarashga doir yondashuvlarga fundamental javob bera olish ishontirishning faol usullariga nisbatan irratsional ustanovkalarni shakllantirishga imkon beradi. Ta'lim jarayoni hamda o'quv maqsad va vazifalarini amalga oshirishdagi shaxs xulq-atvori individual o'quv uslubini o'zida aks ettiruvchi barqaror tavsif va psixologik asoslarga ega. Talabalik - shaxsning kasbiy shakllanishi va ma'naviy kompetentligining rivojlanishi nuqtayi nazaridan muhim yosh davri. Mazkur yosh davri o'zining alohida ehtiyojlari, shaxsning sifat jihatdan o'zgarishi, psixik hayotning o'ziga xosliklarining mavjudligi bilan tavsiflanadi. Biz o'z tadqiqotimizda mazkur yosh davrining quyidagi o'ziga xosliklariga e'tiborimizni qaratdik: yoshlar o'zlarining rejalarini tuzib, mustaqil hayot tarzini belgilab Ba öupop-bir kasbni o'zlashtirishga harakat qila boshlaydi. Yoshlar nafaqat o'zini katta hayotga qadam qo'yayotganligini tasavvur qiladi, balki unda haqiqattan ishtirok etadi.Yoshlar uchun bo'lg'usi kasbiy intilish (kelajakni xayol, tasavvur va istaklar orqali tasavvur qilish) va emotsional qoniqmaslikni yuzaga keltirib chiqaradigan mavjud holatga qo'shila olmaslik xos hisoblanadi.

Bo'lajak o'qituvchi uchun jamiyatda o'z o'rnini topish, o'quvchilar bilan hamkorlikka kirisha olish hamda ijobiy munosabatlarni o'rnatish, hayot mazmuni, o'z taqdiri bilan bog'liq bo'lgan hayajonli, biroq mavhum kechinmalarni tushunish juda muhimdir. Bu barcha masalalar

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

ekzistensial xusiyatga ega bo'lib, xuddi ana shu asosdan ma'naviy- axloqiy muammolar, o'z-o'zini anglash va tushunishga qiziqish kelib chiqadi. Ajoyib ichki dunyo shakllanadi, axloqiy mezonlarni qabul qilish yoki rad etish yuz beradi, axloqiy refleksiya barcha jarayonlarni diqqat bilan kuzatib boradi.

Yoshlarning ekzistensial muammolari nuqtayi nazaridan S.L.Bratchenkoning individual hayotiy tanlovlar, o'zining shaxsiy o'rnini belgilash, qadriyatlar, ya'ni hayot va o'lim, erkinlik va mas'uliyat, hayot mazmuni va uning yo'qotilishi, muloqot va yolg'izlik haqidagi g'oyasi ham alohida ahamiyat kasb etadi. Umumiy ko'rinishda bu hayotiy qadriyatlar ekzistensialdir, yoshlar uchun bu qadriyatlar axloqiy tanlov uchun asos, muayyan sharoitda, jumladan, kasbiy vaziyatlarda shaxsiy mas'uliyat me'yori sifatida xizmat qiladi.

Shaxsning "hayot subyekti"ga aylanishi oson emas. Biroq shaxslarning ijod sohasida yaratgan durdonalarini tahlil qilib S.L.Rubinshteyn hayrat bilan, ushbu durdona ijodkor hayotining cho'qqisi bo'lsa-da, u hayotning ma'lum bir onidir, hayotning qolgan paytlari "hech qanday e'tiborsiz, past darajada kechadi"- deb yozadi. Demak, hayot, hatto insoniyat uchun ideal bo'lgan shaxslar misolida ham, kerakli saviyada, kerakli mahsuldorlikda va ma'naviy darajada kechavermaydi, hayot bilan ideal o'rtasidagi qarama- qarshilik inson uchun hayotni, yashashni muammoga aylantiradi. Inson "hayot subyekti" bo'lishi uchun ushbu qarama-qarshilikni u pozitiv hal etishi, ya'ni "hayotni yaratish va qurishga" o'tishi lozim. Shaxsning "hayot subyekti"ga aylanishi, eng avvalo, uning hayotiy maqsadida o'z aksini topadi.

Ijtimoiy-falsafiy va pedagogik-psixologik adabiyotlarda shaxs hayotini bir-birigadialektik bog'liq jarayonlar - bolalik (go'daklik), yoshlik, yetuklik va keksalikka bo'lib o'rganish keng tarqalgan. Ushbu jarayonlarni tahlil qilgan va ularga xos xususiyatlarni aniqlagan B.G.Ananyev har bir hayotiy bosqich ma'lum bir qadriyatlarni hayotiy maqsad qilib qo'yishini ta'kidlaydi. U yoshlarda ta'lim va ilm olish, muloqot asosiy qadriyatlar sifatida kelishini va ular hayotiy maqsadini ushbu qadriyatlar orqali belgilashini asoslaydi.

Madaniyatshunoslik yondashuvlari asosida bo'lajak o'qituvchilarning ma'naviy kompetentligini rivojlantirishda Tat^HM-TapGua jarayoni muhim o'rin tutadi. Pedagogik-psixologik fanlar mazmunini o'zining mohiyatiga ko'ra insonning hayotiy maqsad va mo'ljallarni to'g'ri belgilash uchun muhim hisoblangan axborotlar tashkil etadi. Bu axborotlar hayot mazmuni, insonning undagi o'rni, insonparvar qadriyatlarni o'zida ifoda etadi. Bu fanlar talabaga yaxshilik va yomonlik, burch va mas'uliyat, ya'ni ma'naviy yo'nalganlik nuqtayi nazaridan boshqa kishilar bilan munosabatlarni tushunish orqali dunyoni ko'rishga imkon beradi.

Ilmiy-pedagogik adabiyotlarda "ma'naviy kompetentlik" atamasi alohida qayd etib o'tilmaydi. Biroq tadqiqot predmeti bilan bog'liqlikda "ma'naviy kompetentlik" tushunchasining mohiyatini ham aniqlashtirish zarur, degan xulosaga kelindi. Muammo yechimiga javobni tayanch kompetensiyalarni tahlil etish orqali aniqlash mumkin, degan faraz ilgari surildi va o'z tasdig'ini topdi.

Ma'naviy kompetentlikning kompetensiyaviy yondashuv tizimidagi o'rnini aniqlash maqsadida o'tkazilgan ilmiy adabiyotlar tahlili ijtimoiy hamda ma'naviy-axloqiy qadriyatlar, dunyo bilan o'zaro uyg'un munosabatlarga erishish, qadriyat va me'yorlarning turli tizimlari ichki birligini anglash uchun insonning o'z ma'naviy olamini rivojlantirishi va amalga oshirishi kabi o'ziga xos belgilarga ega qadriyatli-dunyoqarashga doir subkompetentlik sifatida talqin qilindi.

Ma'naviy kompetentlik shaxs integrativ xususiyati sifatida o'zida ma'naviy bilimdonlik,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

ma'naviy qadriyatlar tizimida o'z o'rnini aniqlash imkoniyati va hayotiy vaziyatlarning keng ko'lamida ma'naviy yetuklikni namoyon qilish qobiliyatini birlashtiradi. Mazkur kompetentlikning asosiy funksiyalariga quyidagilar kiradi: aksiologik, yo'naltiruvchi va boshqaruvchi. Ma'naviy kompetentlikni rivojlantirish tuzilmasi maqsadga muvofiq ravishda quyidagi komponentlarni o'z ichiga oladi: tanishtiruv- tahliliy, qadriyatli-yo'naltiruvchi, refleksiv-faoliyatga doir.

Ma'naviy kompetentlikni rivojlantirish jarayoni uchta o'zaro bir- biri bilan bog'liq bosqichlarni amalga oshirishni talab etadi: ma'naviy sohaga doir bilimlarni kengaytirish; ma'naviy qadriyatlarga yo'nalganlik; shaxsiy ma'naviy qadriyatlar asosida faoliyatni tashkil etish va boshqarish.

Madaniyatshunoslik yondashuvlari asosida bo'lajak o'qituvchining ma'naviy kompetentligini rivojlantirish barqaror, mustaqil va yaxlit hodisa sifatida oliy ta'lim muassasasi o'quv-tarbiya, pedagogik-psixologik fanlarni o'rganish jarayonida qisman aks etganligini ko'rsatadi. Bu esa, unga qiziqishning mavjud emasligi, shunchalik noaniqlik doirasida uni o'rganishning murakkablig^ асослайди.

Madaniyatshunoslik yondashuvlari asosida bo'lajak o'qituvchining ma'naviy rivojlanish sohasi doirasida subyekt, shaxs va individuallik sifatida talabalarning yosh tavsifi bir tomondan, uning ma'naviy kamolotida pedagogik-psixologik fanlarning o'rni va roli hamda ikkinchi tomondan, talabalik yillari o'z-o'zini namoyon etishda aks etadigan faol axloqiy tanlov davri ekanligini ko'rsatdi.

REFERENCES

1. Абрамова Г. С. Психология только для студентов: Учебное пособиедлявузов.-М.:ПЕР СЭ,2001.-271 с.

2. Абрамова Г.С. Психология только для студентов: Учебное пособиедлявузов.-М.:ПЕР СЭ,2001.-271с.

3. Абульханова - Славская К.А. Стратегия жизни. - М.:Мысль, 1991. -С.29.

4. Avliyakulov N.X., Musayeva N.N. Yangi pedagogik texnologiyalar. - T.:Yangi asravlodi,2003.-190b.

5. Azimova N.E. Bo'lajak kasb ta'limi o'qituvchisini ma'naviy-axloqiy tarbiyalash texnologiyasi: ped.fan.nom....dis.Avtoref.-T.,2012.-23b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.