Научная статья на тему 'BO’LAJAK TARBIYACHILARNI KASBIY FAOLIYATGA ORGATISHDA MA’NAVIY-AXLOQIY MAZMUNI VA MOHIYATI'

BO’LAJAK TARBIYACHILARNI KASBIY FAOLIYATGA ORGATISHDA MA’NAVIY-AXLOQIY MAZMUNI VA MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
46
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TARBIYACHILAR / KASBIY FAOLIYAT / ORGATISH / MA'NAVIY-AXLOQIY / MAZMUNI / MOHIYAT / YOSH AVLOD / JAMIYAT / MAQSAD / TAYYORLASH / JARAYON

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Isamitdinova N.

Ushbu maqolada bo’lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga orgatishda ma’naviy-axloqiy mazmuni va mohiyati, yosh avlodni jamiyatda yashashga maqsadli tayyorlash jarayoni xaqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPIRITUAL AND MORAL CONTENT AND ESSENCE IN THE TRAINING OF FUTURE TEACHERS

This article provides information about the spiritual and moral content and essence of the training of future educators, the process of purposeful preparation of the younger generation for life in society.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK TARBIYACHILARNI KASBIY FAOLIYATGA ORGATISHDA MA’NAVIY-AXLOQIY MAZMUNI VA MOHIYATI»

Isamitdinova N. magistranti

Jizzax davlatpedagogika institutining

BO'LAJAK TARBIYACHILARNI KASBIY FAOLIYATGA ORGATISHDA MA'NAVIY-AXLOQIY MAZMUNI VA MOHIYATI

Annotatsiya:Ushbu maqolada bo'lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga orgatishda ma'naviy-axloqiy mazmuni va mohiyati, yosh avlodni jamiyatda yashashga maqsadli tayyorlash jarayoni xaqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so 'zlar: Tarbiyachilar, kasbiy faoliyat, orgatish, ma'naviy-axloqiy, mazmuni, mohiyat, yosh avlod, jamiyat, maqsad, tayyorlash, jarayon.

Isamitdinova N.

master

Jizzakh State Pedagogical Institute

SPIRITUAL AND MORAL CONTENT AND ESSENCE IN THE TRAINING OF FUTURE TEACHERS

Annotation: This article provides information about the spiritual and moral content and essence of the training of future educators, the process of purposeful preparation of the younger generation for life in society.

Key words: teachers, professional activity, education, spiritual and moral, content, essence, young generation, society, goal, education, process.

Ma'lumki, tarbiya yosh avlodni jamiyatda yashashga maqsadli tayyorlash jarayoni bo'lib, maxsus tashkil etilgan davlat va jamoat institutlari orqali amalga oshiriladi, jamiyat tomonidan nazorat qilinadi va korrektsiyalanadi.

Tarbiya - shaxsni maqsadli shakllantirish jarayoni. Bu tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning pirovard maqsadi jamiyatga kerakli hamda foydali shaxsni shakllantirish bo'lgan, maxsus tashkil qilingan, boshqariladigan va nazorat qilinadigan o'zaro hamkorligidir.

Bizgacha amalga oshirilgan tadqiqotlarga asoslangan holda tarbiyani:

- umumiy falsafiy ma'noda - insonning hayot sharoitlariga moslashishi;

- ijtimoiy ma'noda - katta avlodning hayotiy va xulq-atvor tajribalarini yosh avlodga uzatishi sifatida;

- keng pedagogik ma'noda - insonga barcha ta'sirlar jarayoni va natijasi sifatida;

- tor pedagogik ma'noda - tarbiyachilar jamoasi tomonidan ta'lim-tarbiya muassasalarida tarbiyalanuvchilar ongi, xulq-atvori va irodasiga ta'sir ko'rsatishning tizimli tarzda amalga oshiriladigan, maxsus tashkil qilingan, boshqariladigan ta'siri sifatida;

- атаНу ma'noda - (tarbiyachilar, murabbiylar, yetakchilar, guruh rahbarlarining) aniq tarbiyaviy masalalami hal qilishga qaratilgan tarbiyaviy faoliyati jarayoni va natijasi sifatida tushunish kerak.

Bugungi kunda tarbiyaga ijtimoiy hodisa sifatida qarashdan anglanadiki, tarbiya jamiyat manfaatlarini ko'zlab va uning rivojlanganlik darajasiga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Tarbiya o'z тоЫуа^а ко'га yosh avlodni hayotga tayyorlash, bolalar, yoshlar va kattalami mavjud sharoitlarga hamda bu sharoitlami takomillashtirishga moslashtirishdir. Yana shuni alohida ta'kidlash mumkinki, tarbiyaning jamoatchilik (ijtimoiy) tavsifi, bir tomondan, tarbiyaning o'zi tarbiyalanuvchilami ijtimoiy hayotga tayyorlash sifatida ата^а oshirilishi; ikkinchi tomondan, jamiyat tomonidan o'sib kelayotgan yosh avlodni та'1ит yo'nalishda tarbiyalashga ko'maklashadigan qilib tashkil etilishida o'z ifodasini topadi.

Shunday qilib, tarbiya faqat tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o'rtasidagi munosabat sifatida tushunilmasligi lozim. U nafaqat keng ijtimoiy doirada amalga oshiriladi, balki tabiatiga ko'ra amalda barcha ijtimoiy-iqtisodiy ^гИта^т o'zida qamrab olinadigan ijtimoiy hodisa sanaladi: tarbiya hayot uchun va uning davomiyligini ta'minlash uchun tashkil etiladi.

Апа shu asosdan кеНЬ chiqib aytish mumkinki, tarbiya jarayoniga ta'sir etuvchi ijtimoiy omillarga quyidagilami kiritish mumkin:

- mazkur jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy sharoitlari;

- tarbiyaning ijtimoiy shartlanganligi;

- tarbiya ijtimoiy boshqarish sifatida (L.F.Spirin), nazorat qilinadigan va boshqariladigan ijtimoiylashtirish;

- tarbiya ijtimoiy ahamiyatli xulq-atvor namunalariga odatlantirish sifatida;

- kichik (mikro muhit), o'rta (тего muhit) va katta ( makro muhit) guruh va hamjamiyatlar orqali tarbiyalash.

Магкш omillardan ko'rinadiki, tarbiyaning ijtimoiy mohiyati uning turlaridan biri bo'lgan ma'naviy-axloqiy tarbiyaga ham taalluqlidir. Tarbiya jarayoniga yaxlit tizimli yondashuv va uni boshqarish tarbiyada amal qiladigan tashqi va ichki omillar hamda и^ o'rtasidagi o'zaro aloqadorliklar hisobga olinganidagina muvaffaqiyatli amalga oshadi. Buning uchun:

- Ьи omillar va и1ат^ ta'sir doirasi haqida aniq tasavvurlarga ega bo'lish;

- etika, ах^, ma'naviyat sohasida ichki va tashqi omillar ата1 qilishini ochib beradigan muammoning metodologik bazasiga tayanish;

- ichki va tashqi omillar o'zaro aloqadorligini metodologik va pedagogik darajalarda ko'ra bilish va hisobga olish;

- bolalarning kundalik hayotida bu omillarning o'rni haqida aniq tasavvurga ega bo'lish zarur.

Та8Ьд1 ошШаг, 1еЬк ошШаг, Лх1од

- ijtimoiy ong shakli;

- ijtimoiy talablar, me'yorlar va baholar shakli;

- ijtimoiy fikr ko'rsatkichi;

- xulqni tashqi boshqarish shakli;

- inson tomonidan ijtimoiy guruh a'zosi sifatida cheklash zarurati bilan belgilangan.

Axloq

- shaxsning o'z-o'zini anglash va o'z-o'zini takomillashtirish usuli;

- shaxsning o'z-o'zini boshqarish faoliyatida namoyon bo'ladi.

Etika

- o'z-o'zi orqali axloqiy jihatlarni izlashga undaydi;

- insonning o'z ustida ichki ishlashi jarayonida bilinadi.

Ma'naviyat

- ichki imperativga aylangan tashqi talab;

- insonning haqiqatni izlashi orqali o'z-o'zini rivojlantirishi sifatida namoyon bo'ladi;

- xulqning ichki regulyatsiyasi

Asosiy omillar sirasiga quyidagilar kiradi:

- bolalarning shakllanib ulgargan yashash tarzi, u berilgan sifatlarning rivojlanishiga ko'maklashishi yoki (ma'lum sharoitlarda) unga to'sqinlik qilishi mumkin;

- turli mintaqalar doirasida ma'lum yashash tarzining tiklanishiga ko'maklashadigan hayot sharoitlari (an'analar, urf-odatlar; milliy xususiyatlar, tabiiy muhit xususiyatlari);

- ommaviy axborot va targ'ibot vositalari;

- o'quvchi shaxsiga bevosita ta'sir ko'rsatadigan jamoaning rivojlanganlik darajasi va yashash sharoitlari (tarbiya tizimlari, ijtimoiy fikr, qadriyatli yo'nalganlik, axloqiy me'yorlar, psixologik muhit);

- birlamchi jamoalarda yuzaga kelgan o'zaro munosabat me'yorlari, o'quvchining jamoaviy munosabatlar tizimida tutgan o'rni (mavqei);

- tarbiyalanuvchining individual xususiyatlari.

Etika va axloqiy tarbiyaning eng yangi yo'nalishlari ishlab chiqa yotgan mualliflarning (M.Abdullaev, E.Xakimov, N.E.Shurkova ma'naviy-axloqiy tarbiyaning asosiy vazifalari haqidagi fikrlari diqqatga sazovordir:

- etikaga oid ma'rifatparvarlik - o'quvchilarga etikaga oid bilimlar

berish;

- bolalarni ma'naviy-axloqiy va ijtimoiy voqelikka jalb qilish;

- etikaga oid bilimlar va ijtimoiy munosabatlar asosida shaxsning zamonaviy axloq me'yorlariga muvofiq bo'lgan sifatlarini shakllantirish. Tashqi talablar maxsus (pedagogik) ta'sirni tashkil etish yo'li bilan ichki talablarga aylantiriladi. Bu kabi ta'sir shunday sharoitlarni yaratishga yo'naltirilgan bo'lishi kerakki, bunda:

- ta'sir ob'ekti ayni paytda izlanayotgan, shakllantirilayotgan sifatlar sub'ektiga ham aylansin;

- tarbiyadan ko'zlangan sifatlarni shakllantirish tarbiyalanuvchining ichki ma'naviy faoliyati natijasida го'У bersin;

- axloqiy sifatlarni shakllantirish jarayoni o'quvchi shaxsining о'г- о'гт tarbiyalashiga tayansin;

- tashqi talablar tarbiyalanuvchining psixikasida shu qadar organik va qat'iy mustahkamlansinki, ular barqaror axloqiy sifatlar bo'ladigan ichki axloqiy ehtiyoj, e'tiqodlarga aylansin.

Foydalangan adabiyotlar ro'yxati:

1. "Maktabgacha ta'lim йг^ boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2017 yil 30 sentyabrdagi PF-5198-sonli Farmoni.

2. "2017-2021 уШаМа maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2016 уП 29 dekabrdagi PQ-2707 Qarori.

3. O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim йгтт 2030 - yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi PQ-4312-son 08.05.2019-yil

4. O'zbekiston Respublikasining "Та'Нт to'g'risida"gi Qonuni. T.: 2020 уП 23 sentabr.

5. "11к qadam" maktabgacha ta'lim tashkilotining davlat o'quv dasturi. Т.: 2018 У1.

6. Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning Davlat standarti. 802-son 22.12.2020 уП.

7. "Maktabgacha ta'limda zamonaviy yondashuvlar" O'quv - uslubiy majmua. T■ 2018 уй.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.