O'QITISH JARAYONIDA TA'LIM-TARBIYANING AHAMIYATI
Ziyoda Ikrom qizi Yusupova
TDPU talabasi
ANNOTATSIYA
O'zbekiston Respublikasida "Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari" tamoyili asosida yosh avlodni ta'lim-tarbiya jarayonlarini uzviy ravishda bir-birini o'rnini to'ldirgan holda tarbiyalash asosiy prinsiplardan biri hisoblanadi.O'sayotgan yosh avlodlarning tarbiyasi- jamiyatimiz keyingi taraqqiyotining muhim omili hisoblanadi.Ushbu yo'nalish kelajak avlodni egallashi zarur bo'lgan shaxs modelining tarkibiy qismlarini ko'rsatib beradi.
Kalit so'zlar: tarbiya, Tarbiya jarayoni,ehtiyoj,intellektual faollik,ma'naviy tarbiya konsepsiyasi,milliy qadriyatlar,insonparvarlik,ekologik muvozanat,"Milliy tiklanishdan-yuksalish sari"tamoyili,tashabbuskorlik,ma'naviy tarbiya,vatanparvarlik, oila
ABSTRACT
One of the main principles in the Republic of Uzbekistan is the education of the younger generation on the basis of the principle "From national revival to national progress" in an integrated manner, complementing the educational process. is an important factor in the subsequent development.This direction shows the components of the personality model that the next generation needs to occupy.
Keywords: education, Educational process, need, intellectual activity, concept of spiritual education, national values, humanity, ecological balance, the principle of "National revival-rise", initiative, spiritual education, patriotism, family
АННОТАЦИЯ
Одним из основных принципов в Республике Узбекистан является воспитание подрастающего поколения на основе принципа «От национального возрождения к национальному прогрессу» комплексно, дополняя образовательный процесс, является важным фактором в последующем развитие. Это направление показывает компоненты модели личности, которые необходимо занять следующему поколению.
Ключевые слова: образование, Образовательный процесс, потребность, интеллектуальная деятельность,
May 6, 2023
176
концепция духовного воспитания, национальные ценности, гуманизм, экологическое равновесие, принцип «Национальное возрождение-подъем», инициатива, духовное воспитание, патриотизм, семья.
Bizni hamisha o'ylantirib keladigan yana bir muhim masala - bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so'z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog'liq. Bugun zamon shiddat bilan o'zgaryapti. Bu o'zgarishlarni hammadan ham ko'proq his etadigan kim - yoshlar. Mayli, yoshlar o'z davrining talablari bilan uyg'un bo'lsin. Lekin ayni paytda o'zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug' zotlarning avlodimiz, degan da'vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o'zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan-deb ta'kidlaydi Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev
Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogic jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarga ega bo'lishini ta'minlash yo'lida ko'riladigan chora- tadbirlar yigindisi. Tarbiya insonning insonligini ta'minlaydigan abadiy qadriyatdir. Tarbiya siz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo'la olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta'minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga o'tadi.
Tarbiyaning tamal toshi oilada qo'yilishini, tarbiya oiladan boshlanishini yodimizdan chiqarmasligimiz zarur.Olmaning tagiga olma tushadi deganlaridek, yaxshi ota-onaningfarzandlari ham tarbiyali,odobli bo'ladi.Bunda ayniqsa oilaning ahamiyati katta hisoblanadi.Yosh avlodlarimizning har tomonlama kamol topishi uchun qulay sharoitlar yaratilsagina oila tarbiyasi muvaffaqiyatli bo'lishi mumkin. Yosh avlod xayotining ko'p qismi oilada o'tadi. Shu boisdan turmushning murakkab muammolari bilan oilada tanishadilar. Oiladagi mavjud an'analar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy ta'sirida yigit-qizlar asta-sekin kamol topib boradilar. An'ana va marosimlar tarbiyanin gqudratli quroliga aylanadi.Kelajagimizning qanday bo'lishi xozirgi kunda biz tarbiyalayotgan yoshlarga bog'liq.
Tarbiya kelajakda nafaqat yoshlar iqtidorini yuksaltirish,balki jamiyatda ijtimoiy vaziyatini barqarorlashtirish, ishsizlikni oldini olish, xalqni turmush darajasini oshirish imkonini beradi.Tarbiya kishilar bilan bo'ladigan munosabatlarni to'g'ri yo'lga qo'yish,mustahkamlash, ularning turli jarayonga moslashuviga psixologik jihatdan yordam berish,Vatanga bo'lgan muxabbatni oshirish, intilish va iqtidorini qo'llab- quvvatlash, iste'dodi va
tashabbusini rag'batlantirish, hayotda o'z o'rnini egallash, yosh
May 6, 2023
p
avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,intelektual jihatdan rivojlanishni ta'minlash kabilarni ifodalaydi. Shu jihatdan yangi O'zbekiston taraqqiyotida tarbiyajarayoni jamiyatda mustaqil fikrlovchi shaxsni shakllantirish o'zining qadr-qimmatini anglash, metin iroda,iymoni but,hayotda aniq maqsadga ega bo'lgan shaxsni tarbiyalash,o'z ongi,tafakkuri ,mehnati bilan maqsadlarini amalga oshirishlari uning asosiy konsepsiya bo'lib hisoblanadi.
Ta'lim jarayoni-bu shaxsni ijtimoiylashtirish jarayoni hisoblanib,uni hayotga, jamiyatdagi o'rnini topishga, faol munosabatga tayyorlash, jamiyatga foyda keltiradigan, o'z faoliyatidan ma'naviy hamda moddiy qoniqish hosil qiladigan tarzda tarbiyalash demakdir.. Shunday qilib, tarbiya jarayonining mohiyati shundan iboratki, tashqi obyektiv boylik ichki boylik bo'lib qoladi, inson ongi sohasiga o'tadi, keyinchalik u hulq va faoliyat natijasiga aylanadi.Tarbiya jarayoni unga ta'sir etuvchi omillar, faollik, ehtiyoj, intellektual hissiy boyliklar, faoliyat, odatlar, muomala va munosabat o'zaro bir-birlari bilan bog'liq holda yo'lga qo'yiladi.
Tarbiya jarayoni samaradorligi qanchalik yuqori bo'lsa, u shaxs ehtiyoj motivasion sohasini shunchalik boyitadi va uni qayta quradi. Uning intellektual -emosional irodaviy faolligini rivojlantiradi. Tarbiya jarayonining samaradorligi shaxs motivasion-amaliy faoliyatini harakatga keltira olsa, ong va faoliyat birligini ta'minlay olsagina yuqori bo'ladi. Tarbiya shaxsni maqsadga muvofiq shakllantirish va rivojlantirish jarayoni sifatida keng qamrovdagi holatlar bilan murakkablashadi: -bola shaxsiga turli-tuman, bevosita va bavosita ta'sirlarning mavjudligi (maktab, oila, ko'cha, noformal guruhlar, axborot vositalari);
- bolalarda oldindan yuzaga kelgan qarashlar, intilish, odat, didning mavjudligi;
- o'quvchi ichki holatini o'rganishdagi qiyinchilik; bir xildagi pedagogik ta'sir natijalarining turlichaligi.
Shuningdek, tarbiya jarayonini murakkablashtiruvchi yana bir qarama-qarshilik, bu tashkiliy, maqsadli ta'sir bilan, stixiyali ta'sir o'rtasidagi nomuvofiqlik. O'qituvchilar tomonidan bolalarga talablarning bir xilda qo'yilmasligi ham tarbiya jarayonida ma'lum ziddiyatni keltirib chiqaradi. Tarbiya yaxlit pedagogik jarayonning bir tizimi sifatida ma'lum qonuniyatlarga bo'ysunadi.
Tarbiya jarayonining qonuniyatlari: 1.Tarbiyalanuvchilarning faoliyati qanchalik o'ylab, puxta tashkil etilgan bo'lsa, ularning muomala, munosabatlari, umuman olganda, tarbiya jarayoni shunchalik samarali kechadi.
May 6, 2023
p
2.Tarbiya jarayoni shaxs ichki tomonlariga (ruhiyati, hissiyotiga) qanchalik to'g'ri, samarali ta'sir ko'rsatsa, uning natijasi shunchalik yuqori bo'ladi.
3.Tarbiya jarayoni o'zining kompleks tizimida shaxsning verbal, sensor va harakat jarayonlariga ta'sirini qanchalik ko'p, maqsadga muvofiq tarzda uzviy olsa, o'tkaza barkamol shaxs tarbiyasi shunchalik mukammal amalga oshadi.
Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati bir qator muhim pedagogik talablarga amal qilish, o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi hamkorlikni qaror toptirishni talab etadi. Tarbiyaning yana bir xususiyati shundan iboratki, bu jarayon ikki tomonlama aloqa xususiyatiga ega bo'lib, unda bolaning o'zi ham faol ishtirok etadi. Ikki tomonlama aloqa ikki yo'nalishda, ya'ni, o'qituvchining o'quvchiga ko'rsatadigan ta'siri (to'g'ri aloqa) hamda o'quvchining o'qituvchiga nisbatan munosabati (teskari aloqa) tarzida tashkil etiladi. Ta'lim muassasasida olib borilayotgan tarbiya jarayoni bu — o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. Oila, ta'lim muassasalari, jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning uzluksiz o'tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir. O'quvchilarga nisbatan ta'lim muassasasining ta'sirini susaytirmaslik maqsadida sinfdan, maktabdan tashqarida va ta'til davrida ham tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga alohida e'tibor beriladi.Tarbiya jarayonida o'quvchining ongigina emas, balki his-tuyg'ularini ham o'stirib borish, unda jamiyatning shaxsga qo'yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun o'quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga ta'sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e'tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga o'qituvchi rahbarlik qiladi. U o'quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularning ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi.
O'zbekiston Respublikasida ayni vaqtda yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonida quyidagi vazifalarni hal etish muhim ahamiyat kasb etmoqda:
a) yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ularda keng dunyoqarashni tarkib toptirish, o'z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, reja va amal birligi hissini uyg'otish;
b) o'quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar mohiyatidan ogoh etish, chuqur bilim va tafakkurga ega yoshlarni tarbiyalash, ularning ongini boyitish;
d) umuminsoniy axloq me'yorlari (odamiylik, kamtarlik, o'zaro yordam, mehrmuhabbat, muruvvat, adolatni yoqlash, insonparvarlik, axloqsizlikka nisbatan nafrat va hokazolar)ning mohiyatini anglash, o'quvchilarda muomala odobi, yuksak madaniyatni qaror toptirishga erishish;
May 6, 2023
p
e) o'quvchilarda huquqiy va axloqiy me'yorlarga hurmat ruhida yondashish hissi va fuqarolik tuyg'usi, ijtimoiy burchga mas'ullikni qaror toptirish;
f) tabiatni muhofaza qilish, ekologik muvozanatni yuzaga keltirish borasidagi mas'uliyatni tarkib toptirish;
g) vatanparvarlik va baynalminallik tuyg'usini shakllantirish, o'zga millat va xalqlarni hurmat qilish, ularning huquq va burchlarini kamsitmaslik tuyg'usini qaror toptirish;
h) mustaqil davlat - O'zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga to'g'ri va xolisona baho berishga o'rganish;
i) insonni oliy qadriyat sifatida qadrlash, uning sha'ni, or-nomusi, qadr-qimmati, huquq va burchlarini hurmat qilishga o'rgatish
O'zbekiston «Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari» tamoyili asosida taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo'ydi. Yangi davr shiddati ta'lim-tarbiya tizimiga ham o'zining aniq, qat'iy talablarini qo'ymoqda..Tarbiya va ta'limni bir -biridan alohida ajratib bo'lmaydi, bu ikki jarayon o'zaro uyg'un, uzluksiz asosda tashkil etilgandagina odobli, axloqiy fazilatlarga ega, yuksa k ma'naviyatli, shu bilan birga bilimdon, zukko, ruhan va jismonan sog'lom, keng dunyoqarash va tafakkurga ega, zamonaviy kasb-hunar egasi bo'lgan vatanparvar yoshlarni yetishtirib beradi. O'zbekistonda yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda ilmiy-texnologik isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlar uni bugungi kun ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan tayanch kompetensiyalar, fazilatlar asosida shakllantirishni talab etmoqda. Tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, bolada tayanch fazilatlarni kafolatli shakllantirishda oila, maktabgacha ta'lim, umumiy ta'lim, o'rta maxsus kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalari, mahallalarning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini to'liq yuzaga chiqarishni va ular orasida ilmiy-metodik uzviylikni yangi darajaga ko'tarishni taqozo etadi.Vatanga sadoqat, burch va mas'uliyat, tashabbuskorlik va boshqa fazilatlar yoshlar ongida nazariy tushunchalar sifatida qolib ketgani holda uning tabiatida amaliy odatlarga aylanmayapti. Buning oqibatida ularning ushbu fazilatlar haqidagi so'zlari bilan amallari orasida tafovut namoyon bo'lmoqda, bu esa har yili mustaqil hayotga kirib kelayotgan yigit-qizlarning hayotda o'z o'rinlarini topishlarida bir qator muammolarni yuzaga keltirmoqda.Ayrim o'quvchi-yoshlarda yuksak maqsadlarning shakllanmaganligi, o'zini o'zi o'qishga safarbar qilish, iroda, matonat, tirishqoqlik, harakat fazilatlari yetarli rivojlanmaganligi ta'lim sifatiga ham zarar ko'rsatmoqda. Manaviy tarbiya sohasida o'qituvchilarning faoliyatini metodik
ta'minlovchi o'quv materiallari, shu jumladan, ma'naviy tarbiya
May 6, 2023
National University of Uzbekistan Volume 4 | NUU Conference 3 | 2023
Quality education — the foundation of Sifatli ta'lim — O'zbekiston
sohasiga oid metodik qo'llanmalar, o'quvchilar uchun zarur darsliklar yetarli emas.
REFERENCES
1. Mirziyoyev Sh.M " Ta'lim-tarbiyaga " oid fikrlari
2. Бабашев, Ф. А. (2018). Реформы, нацеленные на дальнюю перспективу. Вопросы науки и образования, (1 (13)), 118-119.
3. Бабашев, Ф. А. (2023). УЗБЕКИСТОН ТАЪЛИМ ТИЗИМИГА МЕДИАТАЪЛИМНИ ЖОРИЙ ЭТИШ МАСАЛАЛАРИ. Academic research in educational sciences, 5(NUU Conference 2), 216-220.
4. Jumaevich, K. K., & Abdullajonovna, A. G. (2021). Technology of Cooperation in the Formation of Spiritual and Moral Education of Young People in Society and Its Qualimetry. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 7062-7068.
5. Mutalipova M.J. Xalq pedagogikasi. - T.: " Fan va texnologiya" , 2015, 160
6. Boboxonov A. O'zbekistonda pedagogik fikr taraqqiyoti tarixidan. T.: "O'qituchi",1967. 11-13 bet
7. Mullaboyeva N. Kasbiy pedagogika. Namangan, 2019
8. Zunnunov A . Pedagogika nazariyasi. - T.: " Aloqachi" nashriyoti ,2006
9. Ziyomuhammedov B. Pedagogika . T.: " Turon-Iqbol", 2006
10. Хамрокулова, Ш., & Тулишов , Г. (2023). ОИЛА - ИЖТИМОИЙ ЭКОЛОГИК ТАРБИЯ СУБЪЕКТИ. Results of National Scientific Research International Journal, 2(1), 291-296.
11. Ш. Э. Хамрокулова (2021). ЭКОЛОГИК ТАРБИЯ МЕХАНИЗМЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШДА ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИНГ АХДМИЯТИ. Academic research in educational sciences, 2 (NUU Conference 1), 286-289.
May 6, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
181