"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 1 / February 2023
YOSHLARNI TARBIYASIDA MUSIQANING O'RNI
Mahliyo Abdurahmon qizi Qambarova Namangan davlat universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada yoshlarning tarbiyasida-musiqaning o'rni va ahamiyati to'g'risida to'liq yoritib berilgan. Musiqadagi so'zlarning va tovushlarning ma'nolari haqida ham aytib o'tilgan. Ayni paytda respublika miqyosida yoshlarning ta'lim va tarbiya olishiga hukumat tomonidan katta e'tibor qaratilmoqda. Ko'plab pedagog izlanuvchilarning ham asosiy maqsadi ta'lim va tarbiyanining o'quvchilar tomonidan qabul qilinishi, ko'rsatgichini oshirishga qaratilgan bo'lib, ushbu maqolada milliy musiqaning yoshlarlar ongini o'stirish va tarbiyalashdagi o'rni nazariy va qiyosiy tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: milliy musiqa, ohang, tarbiya, hayotiy, insoniy, jamiyat, ta'lim
THE PLACE OF MUSIC IN EDUCATION OF YOUNG PEOPLE
Mahliyo Abdurahman kizi Qambarova Namangan State University
Abstract: In this article, the role and importance of music in the education of young people is fully explained. The meanings of words and sounds in music are also mentioned. At the moment, the government is paying a lot of attention to the education and upbringing of young people on the scale of the republic. The main goal of many pedagogic researchers is to increase the rate of acceptance of education and training by students, and this article presents a theoretical and comparative analysis of the role of national music in the development and education of young people.
Keywords: national music, melody, education, vital, human, society, education
Yoshlar tarbiyasi jamiyatdagi muhim masaladir. Darhaqiqat, inson manaviy tarbiyasi bir necha bosqichlarga kechadigan jarayondir. Bu bosqichlar ichida umrning yoshlik bosqichi alohida ahamiyatga egadir. Yoshlik insonning eng nozik davri hisoblanib, insonning quvvatga to'lgan va harakatchanligi ziyoda bo'lgan vaqtidir. Shu bilan birga bu davr insonning hayot yo'llarining, chorrahasida turgan payti hamdir. Agar, o'sha chorrahada yaxshi yo'lga kirib olinsa, o'zi, oilasi, xalqi, vatani uchun juda katta yaxshilik sari yuzlangan bo'ladi. Agar, Alloh taolo ko'rsatmasin, mazkur chorrahada yomon yo'lga burilib ketsa, o'zi, oilasi, xalqi, vatani uchun ko'ngilsiz hodisalar sari qadam qo'ygan bo'ladi.
470
http://oac.dsmi-qf.uz
Bugungi kunda sog'lom avlodni tarbiyalash, erkin fuqaro ma'naviyatini shakllantirish, ma'naviy-ma'rifiy ishlarni yuksak darajaga ko'tarish orqali komil insonlarni voyaga etkazishga, yanada yuksak e'tibor berilmoqda. Ta'kidlash o'rinliki, mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq, O'zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan barkamol avlod orzusi davlat siyosatining dolzarb masalalaridan biri sifatida kun tartibiga qo'yildi. Jamiyatimiz taraqqiyotida ma'naviy va jismoniy sog'lom avlodni, tarbiyalash dolzarb masalalar darajasiga ko'tarilgan bir paytda hayotning o'zi har bir kishidan, ayniqsa yoshlardan ma'naviy sog'lomlik va ma'rifiy yetuklikni talab qilmoqda. Musiqa insoniyat ma'naviy madaniyatining muhim tarkibiy qismi sifatida shakllangan.[1]
Musiqa tarbiyasi metodikasi bu pedagogikaning bir qismi hisoblanib, pedagogika fani sifatida tajribada sinalgan ishlarni nazariy qismlarini usul, uslub, vositalarini, umumlashtirib, amaliyotda samarali natijalar bergan o'qitish metodlarini taqdim etadi. Ushbu metodlar, o'quv-tarbiyaviy jarayonning tuzilishini umumlashtirib, unga kiruvchi alohida va bir butun vazifalarni hal etish bilan shug'ullanadi. Musiqaning tarbiya metodlari deganda, maktab bolalarining bilim, mahorat va malakalarini egallashda, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda va dunyoqarashini tarkib toptirishda musiqa o'qituvchisining qo'llagan ish usullari tushuniladi. Metodika asosan, pedagogika, psixologiya, estetika va san'atshunoslikning, tadqiqot natijalariga asoslanadi. U musiqa o'qitishning qonunqoidalarini ta'riflab beradi, kelajak yosh avlodni tarbiyalashda qo'llanadigan zamonaviy metodlarni belgilaydi. Metodika, ta'lim-tarbiya jarayonida musiqa o'qituvchisining bolalar bilan ishlash usullarining, mazmunini anglatadi. Musiqa tarbiya metodikasi tarbiya jarayonida o'quvchilarda musiqiy va ijodiy qobiliyatlarning rivojlanishi, musiqiy qobiliyat va ovozning rivojlanishi, musiqani idrok etishning yosh va yakka tartibdagi xususiyatlari, o'quvchilarning rivojlanishida musiqiy faoliyatlarning turli shakllarda foydalanish imkoniyatlari bilan bog'liqdir. Musiqa ta'lim tarbiyasining maqsad va vazifalarini amalga oshirishda dars yetakchi omil hisoblanadi. Qator mamlakatlarda maktab hamda maktabdan tashqari tashkil topgan o'quv jarayoni, uning shakl va usullari shubhasiz, katta qiziqish uyg'otmoqda. Jahonning ko'pgina mamlakatlarida, yosh avlodga musiqiy tarbiya berish ishlari umumdavlat ahamiyatga ega bo'lib, shaxsni shakllantirishning muhim vositasi hisoblanadi. Har bir mamlakatning musiqa tarbiyasi, g'oyaviy-siyosiy jihatdan xalqning sotsial tuzumiga xizmat qiladi.
Har bir xalqning maorifida musiqa tarbiyasi metodikasi, pedagogikaning didaktik qonuniyatlariga va shu xalqning, milliy musiqa madaniyati, tili va madaniy an'analariga asoslanadi. Shu bilan birga musiqa tarbiyasning strukturasi, sistemasi (tizimi) va ilmiy-metodik yutuqlar, boshqa millatning ma'rifiy madaniyatiga ham ijobiy ta'sir etadi.[2] Jamyatimiz taraqqiyotida ma'naviy va jismoniy sog'lom avlodni
I icclT^^^^H 471 http://oac.dsmi-qf.uz
tarbiyalash bugungi kunda bizning eng ustuvor vazifalarimizdan biri sanaladi.Zeroki qator aytilgan bu fikrlar zamirida har doimgidek yoshlar turadi, sababi ularning bugungi kundagi olgan ta'lim- tarbiyasi nafaqat o'zlari uchun balki yurtimiz taraqqiyoti uchun eng muhim poydevordir. Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bejizga''Agar mendan sizni nima qiynaydi''deb so'rasangiz, farzandlarimizning ta'lim va tarbiyasi deb javob beraman'' - degan purma'no fikrlari yaqqol dalilidir. Musiqaning inson ruhiyatiga ta'sir qilish borasida keng imkonyatlar, qadimdanoq musiqashunoslar, mutafakkirlar va olimlar diqqatini o'ziga jalb qilgan. Ular musiqa san'atining insonlarni shaxs sifatida, shakllanishiga ta'sir qiladigan xususiyatlarini aniqlashga urunishgan.Darhaqiqat jahon fani ravnaqiga ulkan hissa qo'shgan, buyuk ajdodlarimiz komil insonni tarbiyalashda musiqaning o'rnini chuqur anglab, shaxs kamolotidagi ahamyatini o'z asarlarida, pedagogik qarashlarida tadqiq qilib bizga beqiyos manbalar qoldirganlar. Buyuk mutaffakirlar Al Forobiy, Abu ali Ibn Sino, Abdulqodir Marog'iy, Sharafiddin ali Yazdiy, Mahmud Qoshg'ariy, Ahmad Yugnakiy, Sadiy Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Kavkabiy, Darveshali Changiy, Komil Xorazmiy, Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur kabi allomalarning qator asarlarida keltirilgan musiqaga oid ma'lumotlar bugungi kunda o'z ilmiy, nazariy hamda tarbiyaviy jihatdan, yosh avlodni tarbiyalash jarayonida eng dolzarb va eng kerakli maba ekanligini ko'rishimiz mumkin.[3] Bolalar tomonidan musiqaning idrok etilishi avvalo milliy musiqamizni, idrok etishdan boshlanishi lozim. Milliy istiqlol sharofati bilan milliy musiqiy merosimizga milliy-ma'naviy qadryatlarimiz qatorida alohida e'tibor berila boshlandi. Endilikda biz xalqimizning ajoyib, xilma-xil va bir biridan go'zal, mahalliy musiqiy, an'analarini tinglab idrok etish va ulardan ma'naviy zavq olish, ruhiy bahramand bo'lish imkoniga ega bo'ldik. Milliy musiqa xalqimiz boy ma'naviyatining, barkamol ruhiyatining sadolardagi go'zal badiiy ifodasi bo'lish, bilan bir qatorda yangi, buyuk davlat bunyodkorligi yo'lida tinmay mehnat qilatotgan xalqimizga, jamiyatimiz ma'naviy, ruhiy quvvat bag'ishlovchi muhim vosita bo'lib xizmat qiladi.[4] Musiqaning ana shunday o'tkir tarbiyaviy kuchidan foydalanish, san'at vositasida yosh avlodning ma'naviy dunyoqarashini shakllantirish, ularda yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash umum ta'lim maktablari zimmasidagi eng muhim va doim dolzarb bo'lgan vazifalardan biridir. Davlatni ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma'naviy jihatdan rivojlantirish hamda mustaqilligimizni yanada mustahkamlashda o'tmish me'rosimiz milliy musiqa merosimiz o'rni alohida. Ma'lumki biz bugungi kunda butun dunyo shiddat bilan o'zgarayotgan fan-texnika, innovatsiyalar asrida yashayabmiz. Fan texnika qanchalik tez o'zgarsa, bizning hayotimizda tutgan o'rni shunchalik muhim bo'lib boraveradi. Xuddi shunday bu albatta yurtimizda ta'lim sohasiga ham o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. Bugun har bir pedagog o'qituvchi darslarini ana shunday samarali o'tkazish uchun bundan foydalanmoqda. Bu borada aynan musiqa fanida chinakam musiqa
I icclT^^^^H 472 http://oac.dsmi-qf.uz
na'munalari va ularda ilgari surilgan ezgu g'oyalar yosh avlodga singdirilmoqda va o'zining ijobiy natijasini beradi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, musiqa tarbiyasi shaxs sifatida shakllanayotgan bolalarning, qalbida milliy ruhni kamol toptirish, ma'naviy va axloqiy madaniyatni, musiqiy didni shakllantirish, musiqiy tasavvurlarini yanada boyitish hamda ularda vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg'ularini,tashabbuskorlik qobilyatlarini kamol toptirishdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O'zbekiston Respublikasining —Ta'lim to'g'risidagi qonuni. //Barkamol avlod O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. -Toshkent; —Sharq, 1997, 20-29 betlar.
2. O'zbekiston Respublikasining —Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida^gi qonuni. //Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. -Toshkent; —Sharq, 1997.
3. Toshqulovich, P. R., & Ugli, K. J. S. MUSIQA O'QITUVCHISI VA UNING KASBIY MAHORATI. // Academic research in educational sciences,2020. (4), 703712.
4. Крраев, с. б. Профессионал таълимда укув амалиётларини ташкил этишнинг узига хос хусусиятлари. .// Academic research in educational sciences, 2020.
473
http://oac.dsmi-qf.uz