Научная статья на тему 'MUSIQACHI SHAHSINI KAMOL TOPTIRISHDA TARBIYA VA RIVOJLANISHNING O`ZARO BOG`LIQLIGI'

MUSIQACHI SHAHSINI KAMOL TOPTIRISHDA TARBIYA VA RIVOJLANISHNING O`ZARO BOG`LIQLIGI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
118
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
MUSIQA / TALIM / TARBIYA / IDROK / PSIHOLOGIK / MUSIQA MADANIYATI / MILLIY TARBIYA / SHAXS / PEDAGOGIKA / YOSHLAR / MUSIQA TARBIYASI

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Nadjimova N.A.

O’zbekiston umumta’lim maktablarida musiqa talim tarbiyasining asosiy maqsadi yosh avlodni milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan. Hamda umumbashariy musiqiy qadriyatlarni idrok eta oladigan madaniyatli insondarajasida voyaga yetkazishdan iboratdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTERDEPENDENCE OF EDUCATION AND DEVELOPMENT IN THE DEVELOPMENT OF MUSICIAN'S PERSONALITY

The main purpose of music education in the secondary schools of Uzbekistan is to ensure that the younger generation can inherit our national musical heritage. It is also an indicator of adult education in a person of Culture who is able to perceive universal musical values.

Текст научной работы на тему «MUSIQACHI SHAHSINI KAMOL TOPTIRISHDA TARBIYA VA RIVOJLANISHNING O`ZARO BOG`LIQLIGI»

Nadjimova N.A. magistraturasining 1-kursi ""Musiqiy ta'lim va san 'at" Nizomiy nomidagipedagogika universiteti nomidagi

Toshkent davlat universiteti

MUSIQACHI SHAHSINI KAMOL TOPTIRISHDA TARBIYA VA RIVOJLANISHNING OZARO BOGLIQLIGI

Annotatsiya: O'zbekiston umumta'lim maktablarida musiqa talim tarbiyasining asosiy maqsadi yosh avlodni milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan. Hamda umumbashariy musiqiy qadriyatlarni idrok eta oladigan madaniyatli insondarajasida voyaga yetkazishdan iboratdir.

Kalit so^zlar: musiqa, talim, tarbiya, idrok, psihologik, musiqa madaniyati, milliy tarbiya, shaxs, pedagogika, yoshlar, musiqa tarbiyasi.

Nadzhimova N.A. 1-course of Master's degree "Music education and art" Tashkent State University named after Nizami Pedagogical University

INTERDEPENDENCE OF EDUCATION AND DEVELOPMENT IN THE DEVELOPMENT OF MUSICIAN'S PERSONALITY

Annotation: the main purpose of music education in the secondary schools of Uzbekistan is to ensure that the younger generation can inherit our national musical heritage. It is also an indicator of adult education in a person of Culture who is able to perceive universal musical values.

Keywords: music, education, upbringing, perception, psychology, Music Culture, National Education, personality, pedagogy, youth, music education.

Inson ozod va erkin vatanda to laqonli yashash, hayotning barcha nematlaridan foydalanish imkoniyatiga ega. Ana shu umuminsoniy qadriyatlar negizida musiqaning orni, ahamiyati muhimdir. Musiqa- bu milliy madaniyatimizni namoyon etuvchi, dillardagi sevgi muhabbatni tarannum etuvchi, talim va tarbiyani takomillashtirib oquvchi yoshlarning manaviyatini yuksaltirishga hizmat qiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19- mart kuni yoshlarga e'tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda ahborot tehnologiyalardan to'g'ri foydalanish konikmasini shakllantirish, yoshlar o'rtasida kitobhonlikni targ ib qilish, hotin-qizlar bandligini taminlash masalalariga bag ishlangan videoselektor o tkazildi. Bu videoselektorda davlatimiz rahbari

ma'naviy-marifiy sohalardagi ishlarning yangi tizimi asosida yo'lga qo'yish bo'yicha 5ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.27

Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san' atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste' dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Darhaqiqat, musiqa san'ati-nafosat tarbiyasining muhim omili bo'lib, yosh avlodni kamolga yetishishi uchun ta'sir etuvchi jarayon. Bu jarayon maktabdan boshlab shakllanadi va yosh avlodning ichki dunyosini boyitib, butun hayoti mobaynida unga hamroh bo'lib boradi. O'quvchilarda ayniqsa, o'smirlikka qadam qo'ygan o'rta sinf o' quvchilarida musiqa madaniyati darslarini unumli o'tish va musiqa ta' siri ostida bolalarda kechayotgan fiziologik va psihologik jarayonlarni oldindan anglash va tushunish musiqa fani o'qituvchisi oldiga talay vazifalarni yuklaydi. Shu bilan birga bo'lajak musiqa o'qituvchisi musiqa madaniyati darslarida beriladigan barcha o'quv materiallarini puhta o'zlashtirib olishi lozim.

Jamiyatning kelajagi, ravnaqi va taraqqiyoti tarbiya bilan bevosita bog'liqdir. Zero tarbiya inson tafakkurini yuksaltiradi. Ayniqsa har bir fuqaroning mustaqil davlat bilan mag'rurlanishi uchun milliy tarbiya, davlat va jamiyat taraqqiyotida muhim o'ringa ega. O'zbek xalqining tarixiga nazar tashlansa, Yusuf Xos Hojib, Al-Beruniy, Al-Farobiy singari olimu - shoirlarimiz asarlarida ham tarbiya masalasiga alohida e'tibor berilgan.

Yuqoridagi dalillar har bir tarixiy davrda, har qanday jamiyatda tarbiyaning zarurligini ko'rsatadi. Jamiyat taraqqiyotining inson farovonligini tarbiyasiz tasavvur qilish qiyin.

Odam tug'ilganidan boshlab umrining oxirigacha tarbiyalanadi, tarbiya oladi. Demak, inson kelajagi, xayot va turmushi, ko'pincha tarbiya bilan bog'liq.. Shunday ekan inson tarbiyasi u chaqoloqlikidan boshlanadi. U bolaligida qanday tarbiyalangan bo'lsa, uning xulq-atvori, axloq odobi shunga qarab shakllanadi. Shuning uchun bizning jamiyatimizda bola tarbiyasiga asosiy diqqat- e'tibor qaratilgan. Xalqimizda "Bolalar kelajakimiz" degan hikmat bor."Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" da shu hikmat o'z ifodasini topgan bo'lib, unda erkin fuqarolik jamiyatning ma'naviy barkamol, e'tiqodini butun, axloqiy pok,odobli avlod bunyod eta olishi alohida qayd qilingan. Yosh mustaqil O'zbekiston jamiyati taraqqiyoti va uning kelajagi asosini bola tarbiyasi tashkil qiladi. Jamiyat ravnaqi bilan bola tarbiyasi mushtarakdir.

Pedagogikada rivojlanish va tarbiyaning o'zaro bog'liqligi muhim muammolardan bo'lib, u ko'p munozaralarga sabab bo'ladi. Shaxsning rivojlanishi qiyin, murakkab jarayon, u ko'plab ichki va tashqi ta'sirlar va omillar orqali ro'yobga chiqadi. Inson hayot ekan, butun umri davomida o'sib, rivojlanib o'zgarib boradi. Bolalik, o smirlik yillarida shaxsning kamol topishi yaqqol ko'zga tashlanadi. Rivojlanish deganda, biz shaxsning ham jismoniy, ham aqliy va ma'naviy kamol topishi jarayonini tushunamiz

Shunday qilib, shaxs turli ijtimoiy munosabatlar tizimi ta'sirida bo'ladi va ko'plab ijtimoiy institutlar (oila, mahalla, o'quv maskanlari, mehnat va boshqa)

27 "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev"5ta muhim tashabbus dan.

bilan bog'liq bo'ladi. Masalan, shaxsdagi turli g'oyalar, fikrlar va mafkura mafkuraviy munosabatlar tizimi ta'sirida shakillanib, ular bevosita oila, bog'cha, maktab va boshsa o'quv va tarbiya muassasalari orqali ongga singdiriladi. Agar bu ta'sir uning e'tiqodi darajasiga ko'tarilsa va unda yana yangidan-yangi fikrlar va g'oyalarning paydo bo'lishi, hamda o'sishiga olib kelsa, shaxs taraqqiyoti jarayonida shunday faoliyat sohasini tanlaydiki, u o'z qobiliyatlari, malaka va ko'nikmalarini rivojlantira borib, ziyoli sifatida, yo o'qituvchi, yoki vrach, yoki olim, kashfiyotchi, muhandis bo'lib, elu-yurtiga xizmat qiladi.

Iqtisodiy munosabatlar ham shaxs ongi va uning insoniy xususiyatlari shakllanishida katta ro'l o'ynaydi. Masalan, bosqichma-bosqich bozor munosabatlariga o'tayotgan Ozbekiston sharoitini oladigan bo'lsak, yangicha iqtisodiy o'zgarishlar, bozor, raqobat, erkinlashtirish va shunga o'xshash yangiliklar har bir shaxsning moddiy boyliklar va ularga bo'lgan shaxsiy munosabatlarida aks etib, uning iqtisodiy ongi, tafakkuri hulqi normalarini belgilaydi.

Ijtimoiy norma - shaxs hayotida shunday kategoriyaki, u jamiyatning o'z a'zolari hulq-atvoriga nisbatan ishlab chiqqan va ko'pchilik tomonidan e'tirof etilgan harakatlar talablaridir. Masalan, o'zbeklar uchun biror xonaga kirib kelgan insonning kim bo'lishidan qat'iy nazar, «Assalomu alaykum», deb kelishi - norma; o'quvchining o'qituvchi bergan topshiriqlarini bajarishi lozimligi - norma; avtobusda yoki boshqa jamoat transportida kichikning kattalarga, nogironlarga o'rin bo'shatishi - norma va hokazo. Bu normalarni ayrim-alohida odam ishlab chiqmaydi, ular bir kun yoki bir vaziyatda ham ishlab chiqilmaydi. Ularning paydo bo'lishi ijtimoiy tajriba, hayotiy vaziyatlarda ko'pchilik tomonidan e'tirof etilganligi fakti bilan xarakterlanadi, har bir jamiyat, davr, millat va ijtimoiy guruh psixologiyasida muhrlanadi.

Maktabda o'quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlash, ularda bir-birini qo'llab-quvatlash, mehribonlik, hushmuomalalik fazilatlari shakllantirib boriladi. Bolalarning mehnat tarbiyasida tizimiy iqtisodiy bilimlar bilan qurollantirish, qonunlar va qarama-qarshiliklardan oqilona foydalana oladigan qilib tarbiyalash juda muhim.

Shuning uchun, o'qituvchi har bir o'quvchini yaxshi o'rganishi lozim. Chunki, o'quvchilar kattalar munosabatiga jiddiy e'tibor beradilar, ular ko'proq kattalar bilan muomalada bo'lishni istaydilar. Bolalarning intizomida ayrim o'zgarishlar paydo bo'ladi, bolaning istagi va qobiliyati orasida tafovutlar sodir bo'lib turadi. Bularning hammasi o'qituvchidan yuqori malaka va tarbiyachilikni talab etadi.

Shaxsning har tomonlama barkamol inson bo'lib shakllanishida, ijtimoiy faolligida musiqa san'ati alohida o'rin tutadi. Musiqa san'ati insonning hayotini go'zallashtiradi, uni olamni go'zallik qonunlari bilan anglashga o'rgatadi, go'zallik yaratishga, ijodkorlikka, ilhomlantiradi. Har qanday kishida ijodiy mehnat qilish ko'nikma va malakalarni tarkib topdirmasdan uni yetuk shaxs sifatida kamol toptirish mumkin emas.

Bugungi kunda, musiqa madaniyati darslarini ilmiy-metodik jihatdan har tomonlama takomillashtirish, o'quvchilarning ongiga, vujudiga musiqaning

ta'sirini to'g'ri anglay bilish, hamda musiqaning inson organizmiga fiziologik va psihologik ta'siri ilmiy o'rganish musiqa o'qituvchisi oldiga qo'yilgan dolzarb vazifalardan biri bo'lib hisoblanadi. Musiqa ta'lim-tarbiyasinig asosiy maqsadi yosh avlodni milliy musiqa me'rosimizga vorislik qiladigan, bilimli, sog'lom yoshlarni tarbiyalash va ularni Ona-Vatanga bo'lgan mehru muhabbatini oshirish. Shu bilan birgalikda har bir o'quvchining musiqiy iqtidorini, san'atga bo'lgan ishtiyoqini yanada oshirish musiqa ta'limining asosiy vazifasidir. Shunday ekan, maktablarda musiqa madaniyati darslari musiqachi shahsini kamol toptirishda, kelajak avlodning tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Darslardagi jamoa bo'lib kuylash, musiqa savodi, musiqa tinglash kabi asosiy musiqiy faoliyatlar bolalarda bir-biriga bo'lgan hurmat va e'tiborni kuchaytiradi. Barcha dars faoliyatlari bir-biri bilan uzviy mantiqiy bir butunlikni vujudga kelishini taqazo etadi. Musiqiy faoliyatni o'zaro mantiqiy uyg'unligi natijasida o'qitishning rivojlantiruvchi, ta'limiy va tarbiyaviy vazifalari amalga oshiriladi.

Musiqa insonni yuksak did bilan qurolantiradi va ma'naviy dunyoqarashini shakllantiradi. Musiqa inson hissiyotida kuchli ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lib, o'quvchilarni nafosat olamiga olib kirish va ahloqiy-g'oyaviy tarbiyalashning muhim vositasidir. Bunga yaqqolmisol bu musiqa madaniyati darslaridur. Dars musiqa tarbiyasi tizimida etakchi omil hisoblanadi. Musiqa bolalarni aqliy hamda ahloqiy rivojlanishida katta ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Foyfalanilgan adabiyotlar:

1. Sh.Mirziyoev. "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev"5ta muhim tashabbus" dan. "O'zbekiston" NMIU, 2016 y.

2. A.Hasanov. "Musiqa va tarbiya" pedagogika oliy o'quv yurtlari musiqa fakultetining talabalari uchun qo'llanma Toshkent. "O'quvchi"1993 - yil.

3. Begmatov S., D. Karimova 6 sinf. «Musiqa» darsliklari T.,2008

4. SHaripova G.M. Musiqa va uni o'itish metodikasi. T. Turon-Istiqbol T.,2006

5. Pedagogika va psihologiya yo'nalishi "Pedagogikaning taraqqiyot tendentsiyalari va innovatsiyalari"moduli bo'yicha o'quv-uslubiy majmua. Toshkent. 2016-yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.