Научная статья на тему 'MUSIQАNING MILLIY MА’NАVIYATGА TА’SIRI ХUSUSIYATLАRI'

MUSIQАNING MILLIY MА’NАVIYATGА TА’SIRI ХUSUSIYATLАRI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

929
65
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Milliy mа‟nаviyat / milliy musiqа / tаriхiy tаrаqqiyot / g„оyalаr vа tushunchаlаr / milliy tiklаnish / qadriyat / ijtimоiy munоsаbаt / yuksаk tuyg„ulаr / musiqа tа‟limi-tаrbiyasi / urf-оdаtlаr. / национальная духовность / национальная музыка / историческое развитие / идеи и концепции / национальное возрождение / ценности / общественные отношения / высокие чувства / музыкальное образование / традиции.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Zarifa Gulyamovna Karimova

Milliy mа‟nаviyatimiz rivоjidа musiqаning muhim o„rni, musiqаning milliy mа‟nаviyatimizgа tа‟siri kuchi, musiqа, bоlаlаrning histuyg„ulаrini mаyinlаshtirishi, musiqа insоn qаlbini yumshаtishi, undа iymоngа dаlоlаt etuvchi mеhr-muhаbbаt vа rаhmdillik tuyg„ulаrini uyg„оtishi, musiqа tаrbiyasi mеtоdikаsi tаrbiya muаssаsаlаridа nаfоsаt, musiqаshunоslik fiziоlоgiya, ruhshunоslik fаnlаrining umumlаshtirilgаn tаjribаlаrigа tаyanishi, musiqа tаrbiya mеtоdikаsi аyniqsа nаfоsаt musiqаshunоslik fаnlаri bilаn o„zviy bоg„liqligi kabi masalalar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ХАРАКТЕРИСТИКА ВЛИЯНИЯ МУЗЫКИ НА НАЦИОНАЛЬНУЮ ДУХОВНОСТЬ

Важная роль музыки в развитии нашей национальной духовности, сила влияния музыки на нашу национальную духовность, музыка смягчает чувства детей, музыка смягчает сердце, внушая ему чувства любви и сострадания. Музыкальное образование в образовательных учреждениях основано на обобщенном опыте изощренности, физиологии, психологии, методологии музыкального образования, особенно на неразрывной связи с дисциплиной музыковедение.

Текст научной работы на тему «MUSIQАNING MILLIY MА’NАVIYATGА TА’SIRI ХUSUSIYATLАRI»

MUSIQANING MILLIY MA'NAVIYATGA TA'SIRI XUSUSIYATLARI

Zarifa Gulyamovna Karimova

O'zDK "Musiqa pedagogikasi" kafedrasi dotsenti, San'atshunoslik fanlari nomzodi

Annotatsiya: Milliy ma'naviyatimiz rivojida musiqaning muhim o'rni, musiqaning milliy ma'naviyatimizga ta'siri kuchi, musiqa, bolalarning his-tuyg'ularini mayinlashtirishi, musiqa inson qalbini yumshatishi, unda iymonga dalolat etuvchi mehr-muhabbat va rahmdillik tuyg'ularini uyg'otishi, musiqa tarbiyasi metodikasi tarbiya muassasalarida nafosat, musiqashunoslik fiziologiya, ruhshunoslik fanlarining umumlashtirilgan tajribalariga tayanishi, musiqa tarbiya metodikasi ayniqsa nafosat musiqashunoslik fanlari bilan o'zviy bog'liqligi kabi masalalar yoritilgan.

Kalit so'zlar: Milliy ma'naviyat, milliy musiqa, tarixiy taraqqiyot, g'oyalar va tushunchalar, milliy tiklanish, qadriyat, ijtimoiy munosabat, yuksak tuyg'ular, musiqa ta'limi-tarbiyasi, urf-odatlar.

ХАРАКТЕРИСТИКА ВЛИЯНИЯ МУЗЫКИ НА НАЦИОНАЛЬНУЮ

ДУХОВНОСТЬ

Аннотация: Вaжнaя рoль музыки в pa3Brnra нaшeй нaциoнaльнoй AyxoBrocra, силa влияния музыки Ha ташу нaциoнaльную AyxoBHocTb, музыга смягчaeт чyвствa детей, музыга смягчaeт сердце, внyшaя ему чyвствa любви и сoстрaдaния. Музыгальше oбрaзoвaниe в oбрaзoвaтeльных учреждениях ocHoBaHo нa oбoбщeннoм onbrre изoщрeннoсти, физиoлoгии, психoлoгии, мeтoдoлoгии мyзыкaльнoro oбрaзoвaния, ocoбeннo нa нeрaзрывнoй связи с дисциплишй музышведение.

Ключевые слова: нaциoнaльнaя дyхoвнocть, нaциoнaльнaя музыга, иcтoричecкoe рaзвитиe, идеи и кoнцeпции, нaциoнaльнoe вoзрoждeниe, цeннocти, oбщecтвeнныe oтнoшeния, вышкие чyвcтвa, музыгальше oбрaзoвaниe, трaдиции.

CHARACTERISTICS OF MUSIC INFLUENCE ON NATIONAL

SPIRITUALITY

Abstract: The important role of music in the development of our national spirituality, the power of music's influence on our national spirituality, music softens the feelings of children, music softens the human heart, instilling in it feelings of love

and compassion Awakening, the methodology of music education in educational institutions is based on the generalized experience of sophistication, musicology physiology, psychology, the methodology of music education, especially the intrinsic connection with the discipline of musicology.

Keywords: National spirituality, national music, historical development, ideas and concepts, national revival, values, social relations, high feelings, music education, traditions.

O'zbek xalqi jahon tarixiy taraqqiyotiga o'zining qadimiy ilm-fani, adabiyoti, san'ati va madaniyati bilan ulkan hissa qo'shgan buyuk millatdir.

Milliy tiklanish juda keng, chuqur, murakkab tarixiy jarayon bo'lib, u millatimiz hayotining hamma sohalarini - iqtisodiyotini, siyosatini, ma'naviyatini, ilm fan, til tarix, urf-odatlar, hunarmandchilik, me'morchilikni ham, inson kamoloti bilan bevosita daxldor barcha masalalarni ham qamrab oladi.

Milliy ma'naviyatimiz rivojida musiqa ham muhim o'rin tutadi. Milliy musiqa san'atining eng qadimiy va shu bilan birga, xalq ommasiga keng tarqalgan, uning turmushiga chuqur singib ketgan sohalardan biridir. Musiqa ham real voqelikni aks ettiradi. Musiqaning milliy ma'naviyatimizga ta'sir kuchi shu qadar kattaki, uning yordamida bemorlarni davolash mumkinligini fan allaqachon isbot qilgan .

Xususan, milliy madaniyatda musiqa yuksak tuyg'ular, zavq-shavqli g'oyalar olamini ochib beradi. Odamlarni ma'naviy jihatdan boy, sof barkamol qiladi.

Bola hali qo'liga qalam ushlashni, o'qib yozishni bilmagan vaqtdayoq musiqani his qila oladi. Ko'pincha shu dastlabki taassurotlar musiqaga bo'lgan munosabatlarning shakllanishiga ta'sir qiladi. Shuning uchun umumiy ta'lim maktablarini isloh qilishning asosiy yo'nalishlarida musiqa ta'limiga ham e'tibor berilgan. Musiqa, avvalo, bolalarning his-tuyg'ularini mayinlashtiradi. Musiqa asarlarini his etish kabi ularda ko'pgina insoniy fazilatlarni uyg'otadi. Albatta, insoniy fazilatlarni kamol toptirishda adabiyot, tarix, sport va boshqa sohalar katta o'rin tutadi. Binobarin, nazm va musiqa doimo yonma-yon yashaydi. Tabiat ta'surotlari ostida tug'iladi, qolaversa, bog'cha va maktabda shakllanib boradi. Musiqa darslari o'quvchilarni faqatgina nafosat jihatdan emas, balki keng ma'noda ma'naviy-axloqiy jihatdan ham tarbiyalaydi. Avloddan- avlodga o'tib kelayotgan, ne-ne zamonlar zayliga bardosh berib, xalqning orzu-armonlari, o'y - intilishlarini mujassam etgan kuy - ko'shiqlarimiz, maqomlarimiz barcha turdagi maktablar, pedagogika institutlari dasturlaridan kengroq joy olsa yaxshi bo'lar edi.

Zamonamizning zabardast yozuvchisi, jahonga mashhur adib Chingiz Aytmatov «Kunda» romanida yozadi: «hayot, o'lim, muhabbat, shavq va ilhom hammasini musiqa aytadi, zotan, biz musiqa vositasida eng oliy hurlikka erishamiz, bu hurlik uchun ongimiz yorishgan zamonlardan boshlab, butun tariximiz davomida kurashganmiz, lekin unga musiqadagina erishganmiz».

Xalqimiz yaratgan musiqa durdonalari, har soniyada - tarbiyada, mehnatda, ijtimoiy munosabatda ma'lum darajada o'z fidoiysini topadi. Milliy musiqa atrofdagi hodisalarni go'zallikni idrok etishga va qadrlashga o'rgatadi, nozik did va hur fikr bilan qurollantiradi, ma'naviy olamni kengaytiradi. Shu bois musiqani tilsiz falsafa deb bejiz aytishmagan .

Musiqa inson qalbini yumshatishi, unda iymonga dalolat etuvchi mehr-muhabbat va rahmdillik tuyg'ularini uyg'otishi mumkin. Shu bilan birga, maqomlar mazmunida buyuk davlat mafkurasiga muvofiq bo'lgan tasavvuf ta'limoti g'oyalarini badiiy ifoda etish vazifasi ham qo'yilgan. Tabiiyki, ushbu murakkab ilmiy masalalarni tadqqiq etish har tomonlama yetuk musiqashunos olimlar zimmasiga yuklatilgan.

Inson tarbiyasi, kamoloti, har qanday jamiyatning eng dolzarb muammolaridan biri bo'lib kelgan. Chunki jamiyatning shakllanishi, rivojlanishi, ravnaq topishi shu jamiyatdagi tarbiyasiga bog'liq .

Tarbiya bu shaxsni ijtimoiy iqtisodiy ishlab chiqarish munosabatlariga tayyorlash maqsadida uning ma'naviy va jismoniy rivojlanishiga muntazam ravishda ta'sir etib borishdan iborat bo'lgan uzluksiz jarayon. Shunday ekan yoshlarga ta'lim-tarbiya berish, ularni mustaqilligimizni mustahkamlash yo'lida safarbar etish muhim misoldir. Mustaqil Respublikamizda ma'naviyat va madaniiyat masalalariga alohida e'tibor berib kelinmoqda .

Shuni ta'kidlash lozimki, O'zbekistonda inson ma'naviy hayotini shakllantirish maqsadida musiqaning madaniy hayotga chuqurroq kirib borishida keng imkoniyatlar yaratilmoqda .

Bunda ma'naviyat va ma'rifat gazetasi markazi xalqaro madaniy - ma'rifiy aloqalar majmuasi kabi ijodiy muassasalarning tashkil etilishi bastakorlar uyushmasi va jamiyatdagi ijodiy siljishlar «O'zbekiston vatanim manim» nomi bilan mamlakatimizda o'tkazilgan an'anaviy tanlovlar madaniy ma'rifiy islohotlarni amalga oshirishda metodlar qo'llanmoqda. Qadimiy va boy tajribaga ega o'zbek milliy musiqa madaniyati istiqbolini amalga oshirish ta'lim tarbiya ishlari bilan shug'ullanish maqsadida asrlar davomida rivoj topib kelganligini ta'kidlash joizdir. Bu maktablarda musiqa ta'limi-tarbiyasi bevosita oshirib borilgan. Ushbu maktablarning faoliyat mazmunida insonni dunyoga kelishidan

kamol topib butun umri davomida musiqa haqiqiy ma'nodagi tarbiya vositasi ekanligi o'z ifodasini topgan .

Musiqaning so'z san'ati va adabiyoti bilan o'zviy holda bog'lab o'rganilganligi musiqa nomi va amaliyoti rivojida katta hissa qo'shadi.

Shaxs kamolotida musiqa tarbiyasini oshirish albatta ta'lim metodikasiga bevosita bog'liqdir. Musiqa tarbiyasi metodikasi fan sifatida tizimiga mansub bo'lib o'zining mustaqil o'rniga ega. Bu fan musiqa tarbiyasi metodikasi mazmuni, metodlarini yanada takomillashtirish maqsadida uning qonuniyatlarini o'rganadi. Musiqa tarbiyasi metodikasi tarbiya muassasalarida nafosat, musiqashunoslik fiziologiya, ruhshunoslik fanlarining umumlashtirilgan tajribalariga tayanadi.

Musiqa tarbiya metodikasi ayniqsa nafosat musiqashunoslik fanlari bilan o'zviy bog'liq. Nafosat nomi uning metodikasining asosini tashkil etsa, tarbiyaning mazmun va metodlariga bevosita ta'sir ko'rsatadi.

O'quvchilarning kuylash faoliyatlaridagi muammolarni hal qilishda metodika, fiziologiya tadqiqotlariga tayaniladi.

Musiqa tarbiyasi metodikasining mohiyati musiqa san'ati hamda madaniyati o'sib kelayotgan yosh avlod uchun muhim ahamiyatga ega.

Metodikaning fan sifatida rivojlanishi jamiyatda maorif va musiqa san'atini takomillashib borishi bilan bevosita bog'liqdir.

Shular bilan birgalikda musiqa tarbiyasi metodikasi umumiy prinsiplarini ilgari suradi. Bular onglilik badiiy va teхnik rivojlanish prinsiplariga ega bu prinsiplar o'quvchilarning musiqiy qobiliyatini rivojlantirish musiqaga bo'lgan qiziqishlarini kuchaytirish, badiiylikni tarbiyalashga qaratilgandir.

Musiqa asarini ongli idrok etish asar mazmunini ochishda va o'quvchilarga musiqiy tajribalarni to'plashda, ularning ma'naviy dunyosini boyitishda yordam beradi. Musiqa tarbiyasi emosional onglilik prinsipi uyg'unlashish ko'payishi orqali tinglanadigan asarni to'g'ri baholay olish imkoniyatlarini rivojlantiradi:

Ularning musiqaga qiziqishida didlari tarbiyalab boriladi. Badiiy va texnik bosqich prinsipi asarning badiiy va ifodali ijro etish uchun malakali kadrlar talab etadi. O'quvchilarda kuylash malakalarini egallashlariga e'tibor beradi. O'quvchilarga musiqaning rivojlanish prinsiplari to'g'risidagi tasavvurlarini shakllantirish, qobiliyatlarining rivojlantirilishi natijasida ular yana musiqiy tushunchalarni bilib olishadi. Musiqiy tarbiya metodikasi tarbiya jarayonida ko'pgina omillarga bog'liq ekanligini e'tirof etadi. Kishilarning musiqiy madaniyati faqatgina maktabning ta'siri ostidagina shakllanmaydi. Uyda, albatta tevarak atrof, ommaviy axborot vositalari yaxlit xildagi ijtimoiy vositalar tizimi ham katta rol o'ynaydi. Musiqiy tarbiya metodikasi ta'lim metodlarini tashlashda

ham pedagogika ravnaqi metodlarini ishlab chiqishda quyidagi muammolar mavjud jumladan:

A) metodlarning musiqa tarbiyasi, mazmunini sinovi, ijro bog'liqligi.

V) o'quvchilarda musiqiy va ijodiy qobiliyatlarning rivojlanishi.

S) musiqiy qobiliyat va ovozning rivojlanishi, musiqani idrok etishning yosh va yakka tartibdagi xususiyatlari.

D) o'quvchilarning rivojlanishida musiqiy faoliyatlarning turli shakllarda foydalanish imkoniyatlari bilan bog'liqligi.

Metodikaning vazifalariga esa o'quv tarbiya jarayonini turlicha shakllantirish yanada rivojlantirish musiqa darslaridan tashqari musiqa mashg'ulotlari, sinfdan va maktabdan tashqari ishlariga to'garaklar, bayramlar, ko'ngil ochish kechalari kiradi. Musiqa tarbiyasi metodikasi musiqa faniga yaqin bo'lgan adabiyot va tasviriy san'at, tarix bilan bog'liq holda o'rganishni taqozo etadi. Bu esa o'quvchilarning tarbiyasini har tomonlama samarali amalga oshirishga muhim vosita bo'lib xizmat qiladi.

Musiqa ta'lim-tarbiyasining maqsad va vazifalarini amalga oshirishda dars yetakchi omil hisoblanadi. Chunki o'quvchilarning ommaviy tarzda jalb etilishi maktabda musiqa fani boshqa fanlardan o'zining badiiyligi va qiziqarliligi, zavq-shavq uyg'otishi bilan ajralib turadi. Eng muhimi musiqa bolalarning aqliy, axloqiy sifatlarini shakllantirishda muhim rol o'ynaydi. Musiqa aqlni peshlab, tafakkurni charxlaydi. Musiqa darslari va mashg'ulotlarida o'quvchilar tarbiya va milliy madaniyatimizni o'rganib, bilim saviyasini kengaytirib borishni egallaydi.

Bobokalonlarimizdan Abu-Nasr Al Farobiyning ma'rifat parvarlik g'oyalar tizimida bola, shaxsini tarbiyalashda musiqa san'atining roli maqsadi va vazifalari alohida e'tirof etiladi. Unda inson hayotida musiqaning jamiyati qayd qilinib, «Ey musiqa olami, yaxshiyamki sen borsan, agar sen bo'lmaganda insonning ahvoli ne kechar edi»- deya xitob qilinadi. Alloma Abu Ali Ibn Sinoning musiqiy ma'rifiy qarashlarida ham musiqa shaxsning ma'naviy va jismoniy madaniy tabiatiga ta'sir etuvchi qudratli vosita sifatida ta'rif beradi. Bolada juda yoshligidan boshlab musiqa hissiyotini tarbiyalash lozim, bu esa uning ruhiy holatini mustahkamlaydi degan g'oya ilgari suriladi. Alloma mashhur «Tibbiyot qonunlari» kitobida bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun ikki narsani qo'llamoq kerak. Biri bolani sekin-sekin tebratish, ikkinchisi uxlatish uchun odat bo'lib kelgan musiqiy allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi bilan ba'zan tarbiyaga va ruhi bilan musiqaga bo'lgan ehtiyoj hosil bo'lgan deb yozgan edi. Shunday qilib olimlar, mutafakkirlar musiqa nafaqat insonga samarali ta'sir etuvchi vosita balki o'z mohiyati, jamiyatdagi maqsad va vazifalariga ko'ra alohida

bir fan sifatida tadbiq etishga davrlar o'tib ularni tor fikrlarini ta'lim-tarbiyada tadbiq etilib, ta'kidlaganidek ommaviy xalq musiqa pedagogikasining vujudga kelishida asos bo'ladi. Ta'lim-tarbiya uslubiyoti maktablari tarkib topib rivojlanib bormoqda. Hozirgi davrda shaxs ma'naviyatini tarbiyalash vazifasi maktabda musiqa ta'lim tarbiyasi ishlarini sifatli bosqichga ko'tarishni taqozo etadi. Bugungi kunda musiqa, ta'lim tarbiyasining maqsadi va vazifalari nihoyatda muhim.

Musiqa ta'lim-tarbiyasining maqsadi va avlodni musiqa me'rosimizga vorislik qiladigan hamda umumbashariy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan yosh qadrlaydigan madaniy inson sifatida voyaga yetkazishdan iborat, buning uchun har bir o'quvchining musiqaga bo'lgan iqtidorlarini rivojlantirib, musiqa san'atiga mehr va ishtiyoqini oshirish musiqadan zaruriy bilim va amaliy malakalar doirasini tarkib toptirish, iqtidorli o'quvchilarning musiqiy rivojlanishlari uchun zaruriy shart sharoitlar yaratib berish maktab musiqa ta'limi tarbiyasining asosiy vazifasidir.

Musiqa ta'lim-tarbiyasining maqsad va vazifalari amalga oshirish maktabdagi musiqa darslariga bevosita bog'liq.

Musiqa ta'lim tarbiyasining konsepsiyasida maktabda musiqa fani boshqa fanlar qatori o'ziga xos ahamiyat kasb etadi. Musiqa ta'limini sifatli bosqichga ko'tarish uchun maktabda teng huquqli fan hisoblanadi. Bu esa hozirgi zamon o'quvchisidan dars mashg'ulotlariga ijobiy munosabatda bo'lishi, o'quvchilar musiqiy faoliyatlarini oshirishni to'g'ri tashkil etish va boshqarish faollikni talab etadi. Musiqa dars mashg'uloti sifatida o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlarni esa har bir o'qituvchi bilishi kerak.

Birinchidan musiqa tarixi nazariyasi ijrochilikka doir turli namunalardan ayrim mashqlari, musiqa savodi mashg'ulotlari, musiqa tinglash, musiqa ta'limi va adabiyoti, bolalar cholg'u asbobida chalish, ritmik har akatlar bajarish elementlari, musiqada ijodkorlar faoliyatlaridan iborat darslar kiradi.

Ikkinchi musiqa boshqa san'at turlaridan o'zining ifoda vositalari ya'ni «tili» bilan farq qiladi. Agar badiiy adabiyot so'z bilan tasviriy san'at bilan, raqs badiiy har akatlar bilan ifodalansa, musiqiy tovushlaridan vujudga kelgan ohang vositasidan foydalaniladi.

Uchinchidan musiqa bolalarda faol hissiy ta'sir ko'rsatadi, ijobiy ko'rsatmalar, kechinmalar uyg'otadi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida musiqa madaniyati fani bo'yicha dasturi bir dars o'zida ta'limning musiqa tinglash, jamoa bo'lib kuylash, musiqa savodxonligi bolalar cholg'u asboblari va ritmik harakatlar bajarish musiqa ijodkorliri kabi bosqichlar bir biri bilan bog'lanib yaxlit holda

amalga oshirilishi nazarda tutilishi kerak. Zamonaviy mashg'ulotlardan musiqa idroki yetakchi faoliyat sifatida muhim rol o'ynaydi.

Chunki bu bosqichda o'quvchilar faoliyatida ko'proq o'yin xususiyatlari bo'lib turadi. Shunday qilib ta'lim va tarbiyaning maqsad va vazifalari to'laligicha amalga oshiriladi. Bu jarayonlarni ilmiy uslub jihatdan yetakchi darajada ta'minlash, milliy musiqa ta'lim mazmunini anglash kabi muhim tadbirlar, shubxasiz musiqa tarbiya samaradorligini oshirishishga imkon beradi. Bu esa musiqani maktab hayotida o'quvchilar qalbida keng o'rin egallashi va ularning ma'naviyatini shakllantirishga samarali ta'sir ko'rsatadi.

REFERENCES

1. Akbarov I.A «Musiqa lug'ati». G'.G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti. 1987.

2. Mironov N. «Muzika uzbekov». O'zbekiston davlat nashriyoti. Samarqand. 1929.

3. npo^ccbi рeфoрмирoвaния системы музыкaльнoгo oбрaзoвaния. Т., 2009.

4. http://Portasound.ru/music-search/musiqa-olami

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.