Научная статья на тему 'MEHNAT FAOLIYATI KASBIY MOTIVATSIYAGA YO‘NALTIRUVCHI JARAYON (TA’LIM JARAYONI MISOLIDA)'

MEHNAT FAOLIYATI KASBIY MOTIVATSIYAGA YO‘NALTIRUVCHI JARAYON (TA’LIM JARAYONI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

476
307
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
motiv / motivatsiya / shaxs qadriyati / kasbiy / faoliyat / ijodkorlik / kognitiv / metod / texnologiya / vosita / laboratoriya / refleksiv. / motive / motivation / personal value / attitude / creativity / cognitiv method / technology / means / laboratory / reflexive activity

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Muslima Namozova

Maqolaning asosiy g„oyasi bo„lajak tarbiyachilarda kasbiy motivatsiyani shakllantirishning dolzarb muammo ekanligiga qaratilgan. Kasbiy motivatsiyani shakllanishida motiv va o„quv faoliyati motivatsiyasi manbalarining ahamiyati ilmiy jihatdan asoslangan. Kasbiy motivatsiyani shakllanishida talabalarning individual xususiyatlarini hisobga olish muhimligi xususida ham so„z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The main idea of the article is that the formation of professional motivation of future educators is an urgent problem. The importance of sources of motivation and motivation for educational activity in the formation of professional motivation has been scientifically substantiated. The importance of taking into account the individual characteristics of students in the formation of professional motivation is discussed.

Текст научной работы на тему «MEHNAT FAOLIYATI KASBIY MOTIVATSIYAGA YO‘NALTIRUVCHI JARAYON (TA’LIM JARAYONI MISOLIDA)»

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-458-463

MEHNAT FAOLIYATI KASBIY MOTIVATSIYAGA YO'NALTIRUVCHIJARAYON (TA'LIM JARAYONI MISOLIDA)

Muslima Namozova

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti

Falsafa (sohalar bo'yicha) magistranti

Maqolaning asosiy g'oyasi bo'lajak tarbiyachilarda kasbiy motivatsiyani shakllantirishning dolzarb muammo ekanligiga qaratilgan. Kasbiy motivatsiyani shakllanishida motiv va o'quv faoliyati motivatsiyasi manbalarining ahamiyati ilmiy jihatdan asoslangan. Kasbiy motivatsiyani shakllanishida talabalarning individual xususiyatlarini hisobga olish muhimligi xususida ham so„z yuritiladi.

Kalit so'zlar: motiv, motivatsiya, shaxs qadriyati, kasbiy, faoliyat, ijodkorlik, kognitiv, metod, texnologiya, vosita, laboratoriya, refleksiv.

The main idea of the article is that the formation of professional motivation of future educators is an urgent problem. The importance of sources of motivation and motivation for educational activity in the formation of professional motivation has been scientifically substantiated. The importance of taking into account the individual characteristics of students in the formation of professional motivation is discussed.

Keywords: motive, motivation, personal value, attitude, creativity, cognitiv method, technology, means, laboratory, reflexive activity

Основная мысль статьи заключается в том, что формирование профессиональной мотивации будущих педагогов является актуальной проблемой. Научно обоснована важность источников мотивации и мотивации учебной деятельности в формировании профессиональной мотивации. Обсуждается важность учета индивидуальных особенностей студентов при формировании профессиональной мотивации.

Ключевые слова: мотив, мотивация, личностная ценность, установка, творчество, познавательный метод, технология, средство,

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

лаборатория, рефлексивная деятельность.

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-458-463

KIRISH

Bugungi kunda maktabgacha ta'lim tizimiga malakali raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash eng dolzarb masalalardan hisoblanadi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2017 yil 30sentabrdagi PF-5198-sonli farmoni hamda 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-son qaroriga asosan qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasida bolalarni sifatli maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish, zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta'lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini ta'lim-tarbiya jarayoniga, shu jumladan nodavlat sektorida joriy etish, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlarni hisobga olgan holda bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir bo'lgan maktabgacha ta'lim muassasalari pedagog-tarbiyachilari, rahbar kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish vazifasi belgilangan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Mazkur muammolarni yechishda oliy ta'lim tizimi ham alohida o'rin tutadi. Oliy ta'lim jarayonida bo'lajak tarbiyachilarda kasbiy motivatsiyani shakllantirish maktabgacha ta'lim tizimida sifatli ta'limni tashkil etishni ta'minlaydi. Kasbiy motivatsiya talabalarni kasbiy-didaktik bilim, ko'nikma va malakalarni yetarli darajada o'zlashtirishlariga turki beradi. Bo'lajak tarbiyachilarda kasbiy motivatsiyani shakllantirish maktabgacha ta'lim jarayonida innovatsion g'oyalarni yaratish va samarali ravishda tashkil etish hamda pedagogik izlanuvchanlikni amalga oshirishni kafolatlaydi. Bugungi kunda zamonaviy tarbiyachilarga jamiyat tomonidan pedagogik psixologiya, ijtimoiy psixologiya, edagogika, yosh fiziologiyasi hamda gigienadan chuqur bilimlarga ega bo'lishi talab etiladi. Chunki, maktabgacha ta'lim sohasiga oid mukammal bilimga ega bo'lish bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashdagi eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Tarbiyachilar o'z kasbi, sohasi bo'yicha jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklar, rivojlangan davlatlar tajribasidan xabardor bo'lishlari lozim. Bo'lajak tarbiyachilar ta'lim va tarbiya metodikasini egallashlari, bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi, ularning ichki dunyosini tushuna olish, pedagogik texnika (mantiq, nutq, ta'limning ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo'lishi, o'z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borish malakasiga

ham ega bo'lishlari zarur. Bo'lajak tarbiyachilami pedagogik

April, 2023

National University of Uzbekistan

Google Scholar indexed

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-458-463

faoliyatga tayyorlashda o'quv faoliyati motivatsiyasi asosiy omil hisoblanadi. O'quv faoliyati motivatsiyasi harakatlantiruvchi kuch bo'lib, talabalarni bilim, ko'nikma va malakalarni faol o'zlashtirishga yo'naltiruvchi jarayondir. O'quv faoliyati motivatsiyasining manbalari mavjudbo'lib, ularga quyidagilar kiradi:

1. Ichki manbalar. Ular insoniy tug'ma yoki orttirilgan ehtiyojlari bilan

belgilanadi. Orttirilgan ehtiyojlar faollikka undaydi hamda gnostik vaijtimoiy

ijobiy ehtiyojlar hisoblanadi.

2. Tashqi manbalar. Ular shaxsning ijtimoiy shart-sharoitlari bilan belgilanadi. Turli xil ta'limiy vaziyatlar va jamiyatni shaxsdan talab qiladigan doimiy xulq-atvori bildiradi.

3. Shaxsiy manbalar. Shaxsning qadriyatlari sistemasi ustanovkalari g'oyalaridir. Bu manbalar har bir shaxs faoliyatida u yoki bu darajada mavjud. Ularning barchasi faoliyatga ta'sir etib ta'lim jarayonining motivatsiyasini tashkil etadi. Shaxsning ichki qoniqishi, o'zini tan olish, muvaffaqiyatlarga erishishi bilan namoyon bo'ladi [4;92-93 b].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Agarda aniq maqsad va natijalar belgilangan bo'lsa, motivatsiya

manbalari o'quv faoliyatiga ijobiy munosabatni paydo qiladi [3;127b]. Tadqiqot davrida bo'lajak tarbiyachilarda kasbiy motivatsiya o'quv faoliyati

jarayonlarida rivojlantirildi. Ya'ni "Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o'rgatish" modulini o'qitishda, ma'ruza, amaliy va seminar darslari, to'garaklar, amaliyot va malakaviy amaliyot uchun tanlangan "Maktabgacha ta'lim tashkiloti laboratoriyalari"da amaliy mashg'ulot va ma'naviy tadbirlar («Bolajon» qo'g'irchoq teatri studiyasi va "Ertaklar olamiga sayohat") tashkil etildi. Bo'lajak tarbiyachilarda kasbiy motivatsiyani rivojlantirishda ularning qiziqishlari va moyilliklarini inobatga olish lozim. Bo'lajak tarbiyachilarda kasbiy motivatsiya shakllanishi natijasidakasbiy kompetensiya ham rivojlanadi. Ular o'rtasidagi o'zaro bog'liklikni ta'minlash uchun oliy ta'lim jarayonida bo'lajak tarbiyachida o'z faoliyatini muvaffaqiyatli bo'lishiga yuqori darajada ishonch motivatsiyani oshirish lozim. Shuningdek, talabalarda shaxsiy muvaffaqiyatga erishishga harakat qilish va ma'suliyatni o'z qo'liga olish ko'nikmasini ham tarbiyalab boorish zarur. Talabalarda kasbiy motivatsiya turli motivlar negizida shakllanadi. Kasbiy sohaga oid motivlar quyidagilarni o'z ichiga oladi: - maktabgacha ta'lim sohasi bo'yicha bilim olishga intilish;

April, 2023

460

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-458-463

- pedagogik faoliyatida muvaffaqiyatga erishishyo'llarini puxtaegallash;

- pedagogik mahorat va etikaga ega bo'lish.

Mazkur komponentlar kasbiy faoliyatni tashkil etishning asosi hisoblanadi.

Bularning barchasi talabalarning kasbga qiziqishi bilan bog'liq bo'lib, o'z oldiga qo'ygan maqsadga erishishda yutuqlarni egallash va kasbiy faoliyatida ijod qilishga intilishni ta'minlaydi. Shaxsiy motivlar talabalarda kasbiy faoliyatida o'z o'miga ega bo'lish va o'zini tarbiyachilik kasbiga bag'ishlashga undaydi. Talabalar jamoada va jamiyatda o'z o'rniga ega bo'lish, tashqilotchilik va rahbarlik qilish qobiliyati, shaxsiy hatti- harakatlarini namoyon etishga harakat qiladilar. Shuningdek tanlagan kasbiga qiziqishi ortadi, intellektual jihatdan dunyoqarashi kengayadi, ijodiy faoliyat yuritishga harakat qiladi. Shaxsiy motivlar o'quv faoliyati mazmuni bilan bevosita bog'liq bo'ladi. Talabalarni faol o'qishga yo'naltiradi. Amaliy motivlar ish harakatda namoyon bo'ladi, talabalar o'z bilimi va tajribasiga tayanib amaliy mashg'ulotda ertak va hikoyalarni sahnalashtiriradilar. Natijada turli hayotiy vaziyatlar, pedagogik faoliyatida duch keladigan muammolarni hal etish ko'nikma va malakalari shakllanadi. Talabalar pedagogik amaliyotda tarbiyachilik kasbiga oid muhim jihatlarni o'zlashtiradilar. Bundan tashqari ijtimoiy motivlar ham mavjud bo'lib, talabalarni oliy ma'lumotli shaxs sifatida jamiyatda o'z o'rniga ega bo'lish, ijtimoiy tan olinish, jamiyat ravnaqi uchun hissa qo'shish, fuqarolik burchini his etishga undaydi. Oliy ta'lim jarayonida kasbiy motivatsiyani shakllanishida o'quv-tarbiyaviy jarayonda turli metod, texnologiya va vositalarni samarali qo'llanilishi talabalarda faollikni uyg'otadi, amaliy ko'nikmalarni egallashlariga yordam beradi. Bugungi kunda zamonaviy pedagoglarga jamiyat tomonidan qo'yiladigan talablardan eng muhimi ham bolalarni maktab ta'limiga samarali tayyorlashdir. Buning uchun bo'lajak tarbiyachilarda shaxsiy va kasbiy kompetensiya yetarli darajada shakllangan bo'lishi lozim. Kasbiy motivatsiya kasbiy kompetensiyani shakllanishiga zamin yaratadi. Kasbiy ehtiyoj talabalarni tanlagan kasbiga bo'lgan qiziqishni oshiradi. Kognitiv faoliyat esa maktabgacha ta'limga oid nazariy-metodologik bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishga yo'naltiradi. Refleksiv faoliyat o'z-o'zini va kasbiy imkoniyatlarini tahlil qilish hamda takomillashtirishga harakat qilishga undaydi. Mazkur omillar ta'sirida bo'lajak tarbiyachilarda ma'naviy sifatlar hamda umuminsoniy

qadriyatlar, bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o'z Vatani va oilasiga bo'lgan muhabbat shakllanadi. Shuningdek,

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-458-463

maktabgacha ta'limga oid puxta bilimga ega bo'lish talab etiladi. Maktabgacha ta'lim sohasiga oid mustahkam bilimga ega bo'lish bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashdagi eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Bo'lajak tarbiyachidan o'z kasbi va sohasi bo'yicha jahon fanida erishilgan so'nggi yutuqlar rivojlangan davlatlar tajribasidan xabardor bo'lish taqozo etiladi.

F.Haydarov, X.Abdukarimov kabi pedagog olimlarning fikricha "kasbni to'g'ri tanlashga xos yetakchi motivlarni aniqlash muhim. Yetakchi motivlar sirasiga sevimli o'qituvchisiga taqlid qilish; kasbiy-mutaxassislik yo'nalishidagi fanlarga qiziqish;kasbning ijtimoiy mohiyatini anglab yetish; kasbga xosamaliy ko'nikmalar va xulq-atvorning shakllanishi; o'ziga xos kasbiy pedagogik mahoratning shakllanishi; kasbiy o'z-o'zini tarbiyalashga bo'lgan talabchanlikning ortib borishi; kasbiga xos bilim va qobiliyatlarning rivojlanib borishi; kasbiy izlanish va ijodkorlikka xos faollikning ortib borishi; tahlil va o'z-o'zini tahlil etish hamda o'zining kasbiy faoliyatiga baho berib borish; kasbiy-pedagogik faoliyatga oid sinovlarga shaylikhissining paydo bo'lishi va x.k.lar kiradi" [5;42 b].

Yuqorida keltirilgan fikrlar asosida xulosalaydigan bo'lsak bo'lajak tarbiyachilarda kasbiy motivatsiyaning shakllanishi ta'limni sifatli tashkil etish, talabalarda tanlagan kasbi mohiyatini chuqur anglashlariga bog'liq degan fikrni tasdiqlaydi. Bo'lajak tarbiyachilar ta'lim va tarbiya metodikasini egallashlari, bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi, ularning ichki dunyosini tushuna olish, pedagogik texnika (mantiq, nutq, ta'limning ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo'lishlari, o'z bilimi va tajribalarini doimiy ravishda oshirib borishlari lozim.

REFERENCES

1. Mirziyoev Sh.M. Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdantakomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida farmon. 30.09. 2017 y., PF-5198. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 06/17/5198/0043-son.

2. Mirziyoev Sh.M. Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida qaror. 9.09.2017 y., PQ-3261, «Xalq so'zi» gazetasi. 2017 y., 11 sentabr. 181 (6875)-son.

3. 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-son qaroriga asosan qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish

konsepsiya

XULOSA

4. Abaturov I.A. Issledovanie professionalnoy motivatsii u

April, 2023

National University of Uzbekistan

Google Scholar indexed

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-458-463

studentov pedagogicheskix spesialnostey. Vestnik TGPU (TSPU Bulletin). 2014. №3

5. Davletshin M.G va boshq. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya. O'quv metodik qo'llanma-T.: 2004.-129 b

6. Haydarov F., Abdukarimov X., Alimova F., Botirov B. Talabalarning o'quv motivlarini shakllantirish.T.:2009-131 b

7. Teshabaeva Z.S. Oliy ta'lim jarayonida bo'lajak tarbiyachilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash. Jurnal. Zamonaviy ta'lim.№1-son. 2020 y. B. 30-35 .

8. Teshabaeva Z.S. Bo'lajak tarbiyachilarda kasbiy motivatsiyani shakllantirish mazmuni Academic Research in Edicational Sciences 2020№3

9. Лалихон Ашуралиевна Мухамеджанова, Сергей Иванович Ивентьев, Мавлуда Рахимшикова ЗНАЧЕНИЕ НРАВСТВЕННОГО ВОСПИТАНИЯ В СОВРЕМЕННОЕ ВРЕМЯ // Academic research in educational sciences. 2022. №NUU Conference 2. URL: https: //cyberleninka.ru/article/n/znachenie-nravstvennogo-vospitaniya-v-sovremennoe-vremya

10. 2.THE APPEARANCE OF NEW AESTHETIC CRITERIA IN MODERN ART Авторы Dilbar Salihovna Kadirova Дата публикации 2019 Журнал Scientific Bulletin of Namangan State University Том 1 Номер 12 Страницы 72-78

11. Г. М. Шадиметова (2022). УЗБЕК ХАЛ^И БАЙРАМЛАРИНИНГ ЭСТЕТИК ТАМОЙИЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3 (NUU Conference 2), 574-577. Г. М. Шадиметова (2022). УЗБЕК ХАЛ^И БАЙРАМЛАРИНИНГ ЭСТЕТИК ТАМОЙИЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3 (NUU Conference 2), 574-577.

12. Abduazimova, Z. A. (2021). Philosophical Features of the Conceptual Approach in the Formation of Environmental Ethics in the Process of Globalization. International Journal on Integrated Education, 4(10), 138-142.

® о

April, 20231

International Scientific and Practical Conference

©

О

463

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.