INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
TALABALARNING KASBIY FAOLIYATLARIDA SHAXSGA YO'NALTIRILGAN
YONDASHUVNI AMALGA OSHIRISH Rustamov Lazizbek Xusanboyevich
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti jismoniy tarbiya va sport kafedrasi
professor v.b https://doi.org/10.5281/zenodo.7424001 Annotatsiya. Ushbu maqolada talabalarning kasbiy faoliyatlarida shaxsga yo'naltirilgan yondashuvni amalga oshirish talaba-amaliyotchilarning eng yuqori faolliklari mustaqil tayyorlanishda namoyon bo'lishi, mustaqil bilim olishda talaba faoliyat sub'yekti va ob 'yekti tuzilishi komponentlari o 'ziga xosligi xaqida fikr bildirilgan.
Kalit so^zlar: shaxs, uzluksizpedagogik amaliyot, xususiyat, idrok etish, komponentlar.
РЕАЛИЗАЦИЯ ЛИЧНОСТНО ОРИЕНТИРОВАННОГО ПОДХОДА В
ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ СТУДЕНТОВ Аннотация. В данной статье Реализация личностно-ориентированного подхода в профессиональной деятельности обучающихся высказывается мнение о том, что высшая активность обучающихся-практиков проявляется в самостоятельной подготовке, специфике компонентов структуры субъекта и объекта деятельности обучающихся в получении самостоятельных знаний.
Ключевое слово: личность, непрерывная педагогическая практика, характеристика, восприятие, компоненты.
IMPLEMENTATION OF A PERSON-ORIENTED APPROACH IN PROFESSIONAL
ACTIVITIES OF STUDENTS Abstract. In this article, the implementation of a personality-oriented approach in the professional activities of students, the opinion is expressed that the highest activity of students-practitioners is manifested in independent training, the specifics of the components of the structure of the subject and object of students' activities in obtaining independent knowledge.
Keyword: personality, continuous pedagogical practice, characteristics, perception, components.
Malakaviy pedagogik amaliyot-ta'lim turlari uchun yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash ishining ajralmas qismi bo'lib, talabalarning kasbiy ko'nikma va malakalarini rivojlantiruvchi pedagogik jarayon. Amaliyotchi-talabalar malakaviy pedagogik amaliyot davrida o'quv-tarbiya jarayonining barcha tomonlarini tahlil qiladi va bu amaliyot maktabgacha ta'lim, davlat va nodavlat umumta'lim maktablari, oliy ta'lim muassasalari va boshqa ta'lim muassasalarida amalga oshiriladi. Pedagogik amaliyot davrida amaliyotchitalaba amaliyot o'tayotgan ta'lim muassasasi shart-sharoit va ichki tartib qoidalariga moslashish, pedagogik jamoa bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'ladi va OTMni tamomlagandan keyin ish bilan ta'minlanishi nazarda tutiladi;
Maxsus adabiyotlarda faqat shaxsga yo'naltirilgan emas, balki individual yondashish haqida ham ko'p tilga olinadi. Individual yondashish har bir o'quvchi bilan ishlar alohida olib borilishini anglatadi; natijalar guruh ichida emas, balki uning avvalgi natijalariga qarab baholanadi; o'qituvchi bilan aloqalari har bir o'quvchining individual xususiyatlarini bilishi hisobga olinib quriladi. O'quvchining tajribasi, uning shaxsiy tarixi individ haqida bilish manbai va pedagog uchun muhim yordam bo'lib qoladi. Shaxsga yo'naltirilgan yondashish, nomining
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
o'zidan ko'rinib turganidek har bir o'quvchidan uning avvalgi tajribasiga qaramasdan shaxsni «keltirib chiqarishga» intiladi.
Shaxsga yo'naltirilgan yondashishni amalga oshirilganda talaba uning mustaqil bilim olish, o'zini anglash, mustaqillik va o'zini amalga oshirishga ehtiyoji bilan shaxsiy hayotini quruvchi sub'yekt sifatida diqqat markaziga qo'yiladi. Shaxsga yo'naltirilgan yondashishda kasbiy tayyorgarlik jarayoni sub'yektlar shaxsiy funksiyalari to'laqonli namoyon bo'ladi va rivojlanadi. Shaxsga yo'naltirilgan yondashish talabaga nodir hodisa, qimmatli, o'zaro munosabatlar va hamkorlik jarayonida mustaqil o'zini yaratuvchi sub'yekt sifatida munosabatni talab qiladi.
Shaxsga yo'naltirilgan yondashish nuqtai nazaridan bo'lajak jismoniy tarbiya mutaxassisini kasbiy tayyorlash talabalarda mustaqil bilim olishga ehtiyojni shakllantirishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Mustaqil bilim olishda talaba — faoliyat ham sub'yekti va ham ob'yekti, bu esa ushbu faoliyat faol refleksiyasini keltirib chiqaradi va tuzilishi komponentlari o'ziga xosligini belgilaydi. Ularga shaxsiy maqsadga ega bo'lish, mustaqil bilim olishga, idrok etish faoliyatini o'zi tashkil etishga ichki ehtiyoj kiradi.
O'zini o'zi tashkil qiluvchi o'zining idrok etish mehnatini o'zi tashkil qiladi, boshqaradi va nazorat qiladi, uning faoliyat usullari albatta uning shaxsiy xususiyatlariga qarab individuallashtiriladi.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat yo'nalishi talabalari amaliy kasbiy mustaqil bilim olishlari masalasini tahlil qilib, talabalar-amaliyotchilarning eng yuqori faolliklari mustaqil tayyorlanishda namoyon bo'lishini aniqladik,
Kasbiy amaliyot faoliyatida, talaba-amaliyotchilarning mustaqil ta'limi
Lekin birinchi kursdan uzluksiz pedagogik amaliyot tatbiq etilishi bilan yildan yilga kasbiy motivatsiya oshib boradi, u yuqori kurslarda barqarorlashib talaba-amaliyotchilarni mustaqil bilim olishga chorlaydi. Mustaqil bilim olish bilan shug'ullanuvchi talaba-amaliyotchilarning soni birinchi kursdan turtinchi kursda ortadi.
Talabalar kasbiy motivatsiyaga ega bo'lib mustaqil bilim olishga yanada ko'proq harakat qiladilar, ya'ni ularning amaliy kasbiy faoliyatlari stajerlik xususiyatiga ega bo'ladi. Talabalar
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
ijodiy faoliyatga yuqori intilish ko'rsatib amaliy kasbiy faoliyat davrida bilim olishga doimiy zarurat his qiladilar.
Kasbiy faoliyatda mustaqil bilim olish — bu bo'lajak kasbiga va uni o'zlashtirish jarayoniga qiziqish bilan birgalikda o'quv fanlariga faol idrok etish qiziqish. Demak, kasbiy motivatsiya talabani faol idrok etish faoliyatiga chorlashi bilan birga bo'lajak mutaxassis kasbiy faoliyati butun jarayoniga kirib boradi.
Amaliy mashg'ulotlar tayanch va manfaatdor tashkilotlarda o'tkaziladi hamda tashkilotlar vazifalarini, davlat va jamoat tashkilotlarini boshqarish, aholi bilan ishlash usullarini o'rganishga hamda tashkilotchilik malaka va ko'nikmalarini shakllantirishga yo'naltirilgan.
Metodistlar tomonidan amaliyot materiallari, maxsus metodik adabiyotlar va boshqalar bilan ishlashlari to'g'risida seminarlar o'tkazishlari talabalar guruhi faoliyati sifatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bu talabalarning aniq amaliyotga va pedagogik faoliyatga yanada ongli ravishda yondashishlariga yordam beradi, tarbiyalovchi ta'lim asosiy muammolarini anglab yetishga imkon beradi, mustaqil bilim olishga rag'batlantiradi.
Amaliyot talabalarga pedagogik jarayonni kuzatish va uni ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati bilan bog'lash imkonini beradi. Ikkinchi kursdan talabalar ilmiy-tadqiqotchilik ishlariga jalb qilinadilar va yarim(yanvar-may) o'quv yillari davomida bu ishlarni olib boradilar. Amaliyot davomida talabalar individual topshiriqlarni bajaradilar, ular kursdan kursga murakkablashib boradi: «Jismoniy tarbiya bilan shug'ullanuvchilarning xususiyatlarini hisobga olib individual yondoshish»,
Nazariy va metodik bilimlari yetishmasligi hamda ularni amalda qo'llash malakasi yo'qligi sababli nazariyotning amaliyotdan uzilib qolishi oldini olish maqsadida amaliyotchilar uchun individual va guruhli maslahatlar tashkil qilinadi. Ularni amaliyot rahbari, kafedra o'qituvchilari, tayanch tashkilotlar xodimlari (o'qituvchi,o'quv ishlari mudirilar) o'tkazadilar.
Maslahatlar jarayonida metodist (o'qituvchi, ) darslarni (jismoniy tarbiya, o'quv-mashq mashg'ulotlari), tarbiyaviy, sog'lomlashtirish va sport-ommaviy tadbirlarni tayyorlashda aniq metodik yordam ko'rsatadi,didaktik yoki tarbiyaviy vazifalarni hal qilish aniq yo'llarini, amaliyot davomida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni yengish yo'llarini ko'rsatadi, mustaqil ishlashga o'rgatadi.
Metodistlar, kafedra o'qituvchilari tomonidan o'tkaziladigan guruhli maslahatlar quyidagi mavzularda bo'lishi mumkin: «Sport bayramini o'tkazish mazmuni va metodikasi», «Tarbiya ishlarini rejalashtirish metodikasi», Mana shunday maslahatlar talabalarni pedagogik nazariyotni o'z amaliy faoliyatlarida qo'llashga, pedagogik malakalarni ijodiy egallashga, mustaqilligini va ijodiy faolligini rivojlantirishga yo'naltiradi.
Shunday qilib, bo'lajak mutaxassislar kasbiy faoliyatlariga shaxsga yo'naltirilgan yondoshishni amalga oshirish muhim hisoblanadi, bugungi kun talablariga javob beradi, jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislarni samarali tayyorlashga yordam beradi.
REFERENCES
I. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi "Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3I5I-son hamda 2GIS yil S iyundagi "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda oshirilayotgan
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
keng qamrovli islohatlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-3775-son qarori
2. Белик В.П.Исследование некоторых вопросов профессиональной подготовки студентов факультетов физического воспитаниya педагогиchеских институтов.: Автореф.дис. .. канд. пед. наук.-М.: 1971.-22с
3. Двоеглазов А.Н. Формирование профессионально-педагогических умений у студентов института физической культуры в условиyaх практиchеской деyaтельности. Автореф. дисс... канд. пед. наук.-Омск, 1989.-18с.
4. Rustamov L.X Uzluksiz pedagogic amaliyotni tizmlashtirish. Metodik qollanma Toshkent 2012 y