Научная статья на тему 'BO`LAJAK MAKTAB O‘QITUVCHILARINI INNOVATSION KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI'

BO`LAJAK MAKTAB O‘QITUVCHILARINI INNOVATSION KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2518
187
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pedagogik psixologik bo`lajak maktab o‘qituvchisi / innovatsion kasbiy faoliyat / pedagogik amaliyot / kompetensiya / ijodiy yondashuv / pedagogik vaziyatlar / ilg‘or tajriba / future teacher of pedagogical psychology / innovative professional activity / pedagogical practice / competence / creative approach / pedagogical situations / best practices

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xamdamov, Nurali Gofurovich, Xamroyeva, Dilnavoz Gofur Qizi

Ushbu maqolada bо‘lajak maktab o‘qituvchilarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonining о‘ziga xos pedagogik, psixologik xususiyatlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, ularni innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashda pedagogik amaliyot, ilg‘or tajribalar hamda ota-onalar bilan hamkorlik masalalari bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL PSYCHOLOGICAL FEATURES OF PREPARATION OF FUTURE SCHOOL TEACHERS FOR INNOVATIVE PROFESSIONAL ACTIVITY

This article discusses the specific pedagogical and psychological features of the process of preparing future school teachers for innovative professional activities. It also outlines pedagogical practices, best practices and partnerships with parents to prepare them for innovative careers.

Текст научной работы на тему «BO`LAJAK MAKTAB O‘QITUVCHILARINI INNOVATSION KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI»

Scientific Journal Impact Factor

BOLAJAK MAKTAB O'QITUVCHILARINI INNOVATSION KASBIY

FAOLIYATGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2021-ll-908-914

Nurali Xamdamov G'ofurovich

Termiz shahar Prezident maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Dilnavoz Xamroyeva G'ofur qizi Muzrabot tumani 7- AFCHO'IMIda ingliz tili fani o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bo 'lajak maktab o 'qituvchilarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonining о 'ziga xos pedagogik, psixologik xususiyatlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, ularni innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashda pedagogik amaliyot, ilg'or tajribalar hamda ota-onalar bilan hamkorlik masalalari bayon qilingan.

Kalit so zlar: Pedagogik psixologik bolajak maktab o'qituvchisi, innovatsion kasbiy faoliyat, pedagogik amaliyot, kompetensiya, ijodiy yondashuv, pedagogik vaziyatlar, ilg 'or tajriba.

This article discusses the specific pedagogical and psychological features of the process of preparing future school teachers for innovative professional activities. It also outlines pedagogical practices, best practices and partnerships with parents to prepare them for innovative careers.

Key words: future teacher of pedagogical psychology, innovative professional activity, pedagogical practice, competence, creative approach, pedagogical situations, best practices.

В статье рассматриваются специфические педагогические и психологические особенности процесса подготовки будущих школьных учителей к инновационной профессиональной деятельности. В нем также описываются педагогические практики, передовой опыт и партнерские отношения с родителями, чтобы подготовить их к новаторской карьере.

Ключевые слова: будущий учитель педагогической психологии, инновационная профессиональная деятельность, педагогическая практика,

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

Scientific Journal Impact Factor

компетентность, творческий подход, педагогические ситуации, лучшие практики.

Xalq ta'lim tizimi oldiga qo'yilayotgan maqsadlarga erishish, o'quvchilarning xilma-xil faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e'tiqodli, mehnatsevar, barkamol inson qilib o'stirish pedagog-tarbiyachi zimmasiga yuklatiladi[18].

Shu sababdan xalq ta'lim sohasidagi islohotlarning bevosita davomi sifatida O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'lim vazirligi ko'plab dasturlar tasdiqlangan. Xalq ta'lim muassasasining mazkur davlat o'quv dasturi O'zbekiston Respublikasining maktab yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me'yoriy-huquqiy hujjat bo'lib, unda Xalq ta'lim muassasasining maqsad va vazifalari, o'quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g'oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta'limning keyingi bosqichiga o'tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan. Bu o'z navbatida Xalq ta'lim tizimida pedagogik jarayonlarni innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilishi zarurligini talab etadi[1].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bo'lajak pedagog-tarbiyachilarni kasbiy-ma'naviy jihatdan tayyorlash uchun ta'lim jarayonida ma'ruzalar, amaliy hamda laboratoriya mashg'ulotlari mazmunini yangi yondashuvlar asosida boyitish, shuningdek, pedagogik amaliyot, ma'naviyat kunlari va soatlarini takomillashgan dasturlar yordamida tashkil etishni taqozo qiladi[9]. Xalq ta'lim samaradorligini ta'minlashda pedagog-tarbiyachidan chuqur pedagogik psixologik tayyorgarlik, har bir o'quvchining o'ziga xos jihatlari haqida aniq ma'lumotga ega bo'lishi hamda shaxsiy reja tuzishda quyidagi talablarga qat'iy rioya qilishi talab etiladi:

- vujudga keladigan pedagogik muammolarni bashorat qila olishi; buning uchun bo'lajak pedagog-tarbiyachi pedagogik jarayonda vujudga keladigan muammolarni oldindan ko'ra bilish va uni bartaraf etish layoqatiga ega bo'lishi lozim.

- vujudga keladigan muammolarni bartaraf etish metodlarini o'zlashtirishi;

- vujudga kelgan muammolarni bartaraf etishning eng qulay usullarini tanlay va qo'llay olishi;

- o'quvchilarga pedagogik ta'sir ko'rsatish, ularni qo'llab quvvatlash mahoratiga ega bo'lishi;

- har bir o'quvchiga individual yondasha olishi;

- o'quvchilar bilan ommaviy tadbirlarni tashkil eta olish ko'nikmasini egallashi;

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

- o'quvchilarni kitobxonlik, kitob sevarlikka unday olishi kabilar.

Bo'lajak pedagog-tarbiyachi kasbiy mahorati bolalarni maktab ta'limiga samarali tayyorlash imkonini beradi[3]. Pedagog-tarbiyachilarning faoliyatini pedagogik, psixologik, tashkiliy-metodik jihatdan o'rganish natijalari o'quvchilarning o'quv faoliyati samaradorligini oshirishda pedagog-tarbiyachining shaxsiy sifatlari va uning kasbiy tayyorgarligi katta ahamiyat kasb etadi[17]. Shunga ko'ra, pedagog-tarbiyachining kasbiy mahoratga ega bo'lishi, bilimdonligi va kreativligi oquvchilarda ongli faollik hamda mustaqillikni tarkib toptirishning asosiy omili hisoblanadi[2].

Pedagogik amaliyot davrida bo'lajak pedagog-tarbiyachining maktabda amalga oshiradigan ishlari ularda kasbiy mahoratni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogik amaliyot davrida bo'lajak pedagog-tarbiyachilarda o'z kasbiga moyillik, pedagogik faoliyatga ijodiy yondashish, o'zi egallagan zamonaviy bilimlarni amaliy tajribasida qo'llash, rahbarlik ko'nikmalarini egallash, o'quvchi shaxsini pedagogik-psixologik jihatdan o'rganish, tahlil qilish, madaniy ommaviy tadbirlarni tashkil etish metodlarini o'zlashtirish kabi ko'nikmalar faollashadi hamda mustahkamlanadi[4]. Bularning barchasi talabalarni tarbiyachilik faoliyatiga tayyorlaydi. Shu bilan bir qatorda bo'lajak pedagog o'qituvchilar o'z kasbiy faoliyatlari davomida amal qiladigan bir qator qoidalarni ham o'zlashtirishlari kerak[16]. Ular:

- oquvchilarda ongli intizomni tarkib toptirish;

- bolalarga nisbatan adolatli munosabatda bo'lish;

- guruhdagi faol o'quvchilarni qo'llab-quvvatlash va ularga yordam ko'rsatish;

- o'quvchilarning mustaqil faoliyatlarini munosib rag'batlantirish;

- o'quvchilar bilan topshiriqlar ustida tizimli ishlash va bu jarayonda ularni faollashtirish;

Guruh oquvchilari orasida tarbiyaviy tadbirlarni tizimli tarzda tashkil etish kabilar. Shu bilan bir qatorda bo'lajak o'qituvchilar innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashda ma'ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari davomida dialogga kirishish, fanga oid yangi ma'lumotlar ustida ishlash, mustaqil bilim olish, manbalar ustida ishlash hamda o'rgangan tajribalarini tahlil qilish muhim o'rin egallaydi[5].

Maktabda sinf faoliyatiga rahbarlik qilish o'ziga xos xususiyatlarga ega[15]. Pedagog-tarbiyachilar bolalarda atrof-muhit, tabiat, nutq va hisoblashga oid dastlabki ko'nikmalarni hosil qilish bilan bir qatorda ularni kompleks rivojlantirishga xizmat qiladigan milliy urfodatlarimizni ham singdiradilar. Ular bolalarda juda yoshlikdan boshlab, haqgo'ylik, bag'rikenglik, birdamlik, o'zaro yordam kabi sifatlarni

Scientific Journal Impact Factor

shakllantirishga intiladilar[7]. Xalq ta'limining sifati ta'limning keyingi bosqichlarida bolalarning bilimlarni sifatli o'zlashtirishlarini kafolatlaydi. Buning uchun xalq ta'lim muassasalarini modernizatsiyalashga oid yagona talablarni ishlab chiqish, ushbu talablar sifatli ta'lim va tayanch ko'nikmalarni hosil qilishni nazarda tutadi. Xalq ta'limni individuallashtirish tamoyili o'zida bir qator talablarni mujassamlashtiradi. Jamiyatning rivojlanishi barobarida shaxs faoliyati ham ko'proq darajada individuallashtiriladi va uning mavqeyi o'zgaradi[8].

Agar mamlakat va jamiyat qanchalik rivojlangan bo'lsa unda har bir inson alohida qadrlanadi va o'z o'rniga ega bo'ladi[14]. Talabalar bugungi kunda ro'y berayotgan voqealar, axborotlar oqimining jadallashuviga ongli munosabatda bo'lish tajribasini egallashlari kerak. Ularda axborotlarni saralash, voqea-hodisalarga obyektiv munosabatda bo'lish ko'nikmalarining hosil bo'lishi nihoyatda muhim[6]. Bo'lajak pedagog-tarbiyachilar kundalik ijtimoiy-siyosiy voqeliklarni tahlil qilish asosida ularni munosib baholash, shu asosda atrofdagilarning xatti harakatlariga tanqidiy munosabatda bo'lishlari lozim.

Bularning barchasi oquvchilarda ma'naviy xislatlarni tarkib toptirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Xalq ta'lim muassasasi pedagog-tarbiyachilar bolalarda ijobiy xislatlarni tarkib toptirish bilan bir qatorda, ular xulq-atvoridagi salbiy xususiyatlarning oldini olish, ularni bartaraf qilish tajribasiga ham ega bo'lishlari kerak[13]. Ko'pincha Xalq ta'lim muassasasiga yangi kelgan bolalarda tortinchoqlik, injiqlik, guruh hayotiga moslashmaslik kabi holatlar kuzatiladi.

Bunday holatlarni bartaraf etish, bolalarni jamoa hayotiga moslashtirish, ularni muloqot vaziyatlariga olib kirish, ruhiy osoyishtaliklarini ta'minlash pedagog-tarbiyachilarning muhim vazifalari sirasiga kiradi[12]. Bolalar xarakteridagi salbiy jihatlarni bartaraf qilishga ko'maklashish, ularni to'g'rilik va haqgo'ylikka o'rgatish, irodasini mustahkamlash pedagog tarbiyachilarning muhim vazifalaridandir[1]. Bunda pedagog-tarbiyachilar jamoaviy ta'sir ko'rsatish metodidan foydalanishlari kerak. Pedagog tarbiyachilar bolalarni tevarak-atrofdagi voqelik bilan tanishtirish, ularni shu jarayonda ishtirok etishlari uchun tayyorlashi kerak. Bolalar oldiga aniq, o'rtacha murakkablikdagi vazifalar qo'yilgandagina, ularda tashabbuskorlik, qiziquvchanlik, faollik ko'rsatish istagi namoyon bo'ladi[3].

Natijada bolada mas'uliyat hissi paydo bo'ladi, tarbiyachi tomonidan bildirilgan ishonchni oqlashga intiladi[11]. Bolalarning o'z oldiga qo'yilgan topshiriqlarni bajara olishlari ularning xulq-atvorlari tartibga solinishiga ko'maklashadi. Buning natijasida ularda xarakter, irodaviy xislatlar mustahkamlanadi. Bolalar xulq-atvoridagi ijobiy jihatlarga tayanish orqali pedagog tarbiyachi ularni rag'batlantirib, kamchiliklarini

Scientific Journal Impact Factor

bartaraf etishga erishadi[3]. Biroq, bolaning kamchiliklarini muntazam ta'kidlayverish ijobiy natija bermasligini bo'lajak pedagog-tarbiyachilar ongiga yetkazish lozim. Bolalarning xulq-atvorini shakllantirish uchun pedagog-tarbiyachi mehribon va talabchan bo'lishi kerak. Bola xulq-atvoridagi tortinchoqlik, loqaydlik, o'yinqaroqlik, qaysarlik kabilarni pedagog-tarbiyachilar ota-onalar bilan yaqindan hamkorlik qilishlari talab etiladi[10].

Oqituvchi ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarishda ota-onalar hamda mahalla bilan hamkorlikni amalga oshirish ham muhim ahamiyat kasb etadi[19-22]. Bolalarda mehnatsevarlik, sinchkovlik, ziyraklik, ishchanlik, mas'uliyatlilik kabi axloqiy sifatlarni qaror toptirishda pedagog-tarbiyachining o'rni beqiyos bo'lib, bunday mas'uliyatli vazifani ular oliy pedagogik ta'lim muassasalarida o'qish jarayonidayoq anglab yetishlari kerak[9].

Ko'rinib turibdiki, Maktablarda barcha faoliyat ko'rsatayotgan pedagog-tarbiyachilar oldiga murakkab vazifalar qo'ymoqda. Shu bois, bo'lajak pedagog-tarbiyachilarda ilmiy dunyoqarash va yuksak ma'naviy xislatlarni rivojlantirish hamda jamoada, jamiyatda o'zini munosib tuta bilish ko'nikmalarini tarkib toptirish tizimli tarzda amalga oshirilishi talab etiladi.

REFERENCES

1. Норбошева, М. А. (2021). МАКТАБГАЧА ЁШДАГИ БОЛАЛАРНИНГ ОИЛА да^ИДАГИ ТАСАВВУРЛАРИНИ УРГАНИШ. ИННОВАЦИИ В ПЕДАГОГИКЕ И ПСИХОЛОГИИ, 4(6).

2. Salomova, G. (2014). THE REFLECTION FEATURES OF ABBREVIATIONS AND ACRONYMS OF THE ENGLISH LANGUAGE. In The Second International conference on development of pedagogical science in Eurasia (pp. 174-176).

3. Саломова, Г., Жумаева, Н., & Хамраева, Д. (2018). Методические принципы современных методик обучения английскому языку. Наука XXI века, (4).

4. Abdinazarovna, S. G. (2020). THE REFLECTION FEATURES OF ABBREVIATIONS AND ACRONYMS OF THE ENGLISH, RUSSIAN AND UZBEK LANGUAGES. Тил, таълим, таржима"халцаро журнали, 2(1).

5. Саломова, Г. А., Болтаева, М., & Холмуминов, А. (2020). УПОТРЕБЛЕНИЯ ФОРМ ГЛАГОЛА И СЛУЧАЕВ В СОВРЕМЕННОМ АНГЛИЙСКОМ ЯЗЫКЕ. Интернаука, (1-2), 23-24.

6. Саломова, Г. А., Жумаева, Н. А., & Хамроева, Д. (2020). ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ОБУЧЕНИЯ ЛЕКСИКЕ АНГЛИЙСКОГО В СИСТЕМЕ

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

ОБРАЗОВАНИЯ. In Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования (pp. 63-67).

7. Саломова, Г. А., Файзиева, Ф. А., Рузикулова, М. О., & Паянова, М. К. (2019). ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИКТ И ИНТЕРНЕТ-РЕСУРСОВ НА УРОКЕ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА. In МОЛОДОЙ ИССЛЕДОВАТЕЛЬ: ВЫЗОВЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ (pp. 36-40).

8. Kushokov, S. Y. (2021). THE ROLE OF ZOROASTRIANISM IN THE ANCIENT STATE OF BACTRIA. World Bulletin of Social Sciences, 4(11), 69-72.

9. Yusupovich, K. S. (2020). The Emergence Of Religious Views Is Exemplified By The Southern Regions. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(10), 143-145.

10. Adolat, D. (2019). A SYSTEM OF EXERCISES PROMOTING THE DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES OF JUNIOR SCHOOLCHILDREN IN MATHEMATICS CLASSES. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).

11. Aliyarovich, T. E. ., & Sayfiddinovich, X. R. . (2021). Forms and Methods of Innovative Approach through the use of Ethnopedagogy in the Development of Heury Capacity in Primary Schools. Journal of Ethics and Diversity in International Communication, 1(7), 16-22.

12. Xurramov, R. S., Zokirov, J. G. O., & Xurramov, M. S. (2021). USE OF THE HERITAGE OF CENTRAL ASIAN THINKERS IN THE FORMATION OF ETHNOPEDAGOGICAL, ETHNOGRAPHIC VIEWS OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS. Scientific progress, 2(7), 846-853.

13. Xurramov, R. S., Zokirov, J. G. O., & Temirova, M. K. Q. (2021). ETHNOPEDAGOGICAL FUNDAMENTALS OF DEVELOPING INTEREST IN NATURAL AESTHETICS IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS. Scientific progress, 2(7), 832-839.

14. Zokirov, Javohir Gaybullo Ogli, & Xurramov, Rustam Sayfiddinovich (2021). FORMATION OF ETHNOPEDAGOGICAL VIEWS AMONG STUDENTS THROUGH THE STUDY OF THE LIFE AND WORK OF ALISHER NAVOI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (10), 339-343.

15. Sayfiddinovich, K. R. (2021). Didactic Bases of Ethnopedagogical Training of the Future Teacher in the Educational Field of University. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF THEORETICAL & APPLIED SCIENCES, 2(11), 237-239.

Scientific Journal Impact Factor

16. Саломов, А. А., & Хуррамов, Р. С. (2019). ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ РАЗВИТИЯ ЛОГИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ НА УРОКАХ МАТЕМАТИКИ В НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЕ. Интернаука, (41-1), 12-14.

17. Саломова, Г., Абдуллаева, М., Хафизова, И., & Ахмедова, М. (2019). СОВРЕМЕННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ ОБУЧЕНИЯ АНГЛИЙСКОМУ ЯЗЫКУ В СРЕДНЕЙ ШКОЛЕ. Интернаука, (7-1), 74-76.

18. Саломова, Г. А., Надирова, Х., Ашурова, Д., & Худойбердиева, С. (2019). ИНФОРМАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ НА УРОКАХ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА. 1п МОЛОДОЙ ИССЛЕДОВАТЕЛЬ: ВЫЗОВЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ (рр. 29-34).

19. Саломова, Г., Турсунов, Х., Бобоева, М., & Пайгамова, М. (2019). СЛОВООБРАЗОВАНИЯ В АНГЛИЙСКОМ ЯЗЫКЕ. Интернаука, (44-1), 5455.

20. Саломова, Г. А., Маматмуродова, Т., Усарова, Н., & Чориева, Д. (2018). Педагогические науки. НАУКА XXI ВЕКА, 15.

21. Саломова, Г. А., Дустбоева, М., Кулниезова, Ш., & Гулбаева, Г. (2018). НЕЛИЧНЫЕ ФОРМЫ АНГЛИЙСКОГО ГЛАГОЛА. Интернаука, (42-2), 8-10.

22. Саломова, Г. А., Маматмуродова, Т., Усарова, Н., & Чориева, Д. Современные методы обучения английскому языку: игротехника как метод обучения английскому языку на начальном этапе.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.