Научная статья на тему 'TALABALARDA KASBIY KO‘NIKMALARNI ZAMONAVIY METODLAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH'

TALABALARDA KASBIY KO‘NIKMALARNI ZAMONAVIY METODLAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
145
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
kasbiy ko‘nikma / zamonaviy metod / talaba / kasb / tafakkur / ta’lim / kreativlik / pedagogik omil. / professional skills / modern method / student / profession / thinking / education / creativity / pedagogical factor.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Tairova Madinabonu Baxtiyarovna

Dunyo ta’lim tizimini axborotlashtirish sharoitida bo‘lajak kadrlarni kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishning o‘quv-metodik ta’minotini xalqaro talablar asosida yangilab borish, talabalar kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishning psixologik, pedagogik omillarini aniqlashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL SKILLS IN STUDENTS BASED ON MODERN METHODS

in the conditions of informatization of the world educational system, research work is underway to update the educational and methodological support for the development of professional skills of future personnel on the basis of international requirements, to clarify psychological and pedagogical factors for the development of professional skills of students.

Текст научной работы на тему «TALABALARDA KASBIY KO‘NIKMALARNI ZAMONAVIY METODLAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH»

TALABALARDA KASBIY KO'NIKMALARNI ZAMONAVIY METODLAR ASOSIDA

RIVOJLANTIRISH Tairova Madinabonu Baxtiyarovna

Andijon davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta'lim kafedrasi dotsenti v.b. https://doi. org/10.5281/zenodo. 7510615

Annotatsiya: Dunyo ta 'lim tizimini axborotlashtirish sharoitida bo 'lajak kadrlarni kasbiy ko 'nikmalarini rivojlantirishning o 'quv-metodik ta 'minotini xalqaro talablar asosida yangilab borish, talabalar kasbiy ko'nikmalarini rivojlantirishning psixologik, pedagogik omillarini aniqlashtirish bo 'yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Kalit so 'zlar: kasbiy ko 'nikma, zamonaviy metod, talaba, kasb, tafakkur, ta 'lim, kreativlik, pedagogik omil.

DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL SKILLS IN STUDENTS BASED ON MODERN METHODS

Annotation: in the conditions of informatization of the world educational system, research work is underway to update the educational and methodological support for the development of professional skills of future personnel on the basis of international requirements, to clarify psychological and pedagogical factors for the development ofprofessional skills of students.

Keywords: professional skills, modern method, student, profession, thinking, education, creativity, pedagogical factor.

KIRISH

Bilamizki, hozirgi kunda xalqaro rivojlanish tizimida ta'lim asrimizning barqaror taraqqiyotini ta'minlovchi asosiy omil sifatida e'tirof etilib, Koreya Respublikasida o'tkazilgan xalqaro ta'lim forumida 2030-yilgacha belgilangan konsepsiyada "butun hayot davomida sifatli ta'lim olishga imkoniyat yaratish" dolzarbligi qayd etilgan. Bu esa, o'z navbatida, talabalarda kasbga bo'lgan ko'nikmalarini rivojlantirish, innovatsion yondashuv asosida talabalarni kasbiy va amaliy tayyorlashni tashkil etish, mustaqil fikrlash va ijodiy tafakkurni, kreativlikni rivojlantirishga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalardan foydalanib, bo'lajak pedagoglarni kasbiy tayyorlash tizimining o'quv-metodik ta'minotini yaratish imkoniyatini kengaytirdi. Dunyo ta'lim tizimini axborotlashtirish sharoitida bo'lajak kadrlarni kasbiy ko'nikmalarini rivojlantirishning o'quv-metodik ta'minotini xalqaro talablar asosida yangilab borish, talabalar kasbiy ko'nikmalarini rivojlantirishning psixologik, pedagogik omillarini aniqlashtirish bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu vazifalarni hal qilishda kasbiy ko'nikmalarni rivojlantirishning metodik resurslarini ishlab chiqish va ularni innovatsion yondashuv asosida takomillashtirish, pedagogik shart-sharoitlar yaratish va o'qitishning sifat va samaradorligini oshirishda zamonaviy ta'lim texnologiyalarini qo'llash dolzarb hisoblanadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Yurtimizda amalga oshirilayotgan ta'lim islohotlarining asosiy yo'nalishlaridan biri - bu har bir yosh avlodni har tomonlama yetuk, bilimli va, albatta, barkamol insonlar qilib tarbiyalash hisbolanadi. Albatta, barkamol inson deyilganda ma'naviy jihatdan yetuk, o'z Vatanining tarixi, buguni va kelajagi uchun qayg'uradigan hamda jamiyat taraqqiyotiga o'z hissasini qo'shishi ishtiyoqida yonib yashaydigan shaxsni tarbiyalash bugungi kun talabiga hamohangdir. Ushbu tushunchaga tahliliy yondashilsa, uning naqadar serqirra, murakkab va har tomonlama umuminsoniy qadriyatlarga mos kelishini idrok etish mumkin. Aytish mumkinki, barkamol insonning shakllanishi, uning munosib kasbni egallashi, jamiyat taraqqiyoti uchun o'z hissasini

munosib tarzda qo'shib yashashi va shu tufayli jamiyatda o'zligini anglashi, namoyon etishi, bir so'z bilan aytganda, har tomonlama yetuk shaxs sifatida kamol topishi nazarga olinadi. Komillik sari intilish shaxsning kasbiy shakllanishi bilan birgalikda, yaxlit holda kechadigan va deyarli bir umr davom etadigan murakkab jarayondir. Aniqroq aytganda, kasbiy shakllanish deyilganda, insonning o'z aqliy qobiliyatlari, jismoniy imkoniyatlari, u yoki bu sohaga bo'lgan layoqatlari, qiziqish va intilishlari, shuningdek, qadriyat va dunyoqarashlariga ko'ra biron bir kasb sohasiga oid ta'lim olishi, keyinchalik shu sohaga kirishib, moslasha borishi va nihoyat, yillar davomida yetuk va malakali mutuxassis bo'lib yetishishi tushuniladi.[1, 53-b]

Kasbiy shakllanish jarayonining dastlabki va o'ta muhim bosqichi bo'lajak kasbni tanlash, ya'ni aniq bir kasbiy qarorga kelishgacha davrni o'z ichiga oladi. Ma'lumki, uzluksiz ta'lim tizimida umumiy o'rta ta'limning bitiruvchi 9-sinf o'quvchilari o'rta maktablarni yakunlash arafasida o'zlarining kelajakdagi orzu-umidlarini amalga oshirish, yoshlik his-tuyg'ulari va ehtiroslarga to'la hayot pallasidir. Ontogenezda bu davr o'zining mustaqil hayotga qadam qo'yayotgan yoshlarning fuqarolik maqomiga ega bo'lishlari, shaxsiy, ijtimoiy va ma'naviy qarashlari va e'tiqodlari singari o'ziga xos xususiyatlari bilan izohlanadi. Shunday ekan, ayni shu davrda shaxsning hayot ostonasida o'z maqsadlarini to'g'ri qo'ya olishi, kelgusida o'ziga ishonch va dadil qadam bilan yurishida mutasaddi shaxslarning mas'uliyati yanada oshishi zarur. Ma'lumki, motivlar - kishining muayayn maqsad sari intilishida uni harakatga keltiruvchi ichki quvvat manbai hisoblanadi. Motivlar inson faoliyati jarayonida konkret ehtiyoj sifatida namoyon bo'lib, mazkur faoliyatni amalga oshirish tufayli qondiriladi. Inson faoliyati motivlari turlicha ko'rinish va tuzilishga ega, chunonchi, organik, funksional, moddiy, ijtimoiy, ma'naviy va shu kabilardir hamda tanlagan kasbga ijobiy munosabatni shakllantirish hisobiga shaxsda o'quv motivatsiyasini oshirish; Ma'lumki, shaxsning ijtimoiy shartlangan muhim sifatlaridan biri -shaxsning yo'nalganligi, ya'ni motivatsiyasi. Motivatsiya shaxsning barcha xatti-harakatlarini umumiy va yagona maqsad sari yetaklovchi, undovchi, uning barqaror faoliyatini to'la ta'minlovchi shaxs tuzilishidagi muhim psixologik jarayondir. Undagi motivlar, ehtiyoj va qiziqishlar, mayl va xohishlar, ichki stimullar motivatsiyaning yadrosini tashkil etadi.[3, 12- b]

Shaxsdagi qobiliyat yoki kasbiy ko'nikma "yashash muhiti" ga bog'liq holda shakllanadi va rivojlanadi (muhit uning rivojlanishiga to'sqinlik qilishi ham mumkin). "Yashash muhiti" deyilganda, oila, maktabgacha ta'lim muassasasi, maktab, litsey, kollej, oliy o'quv yurti, ishchilar jamoasi, mikrosotsium (do'stlar, tanish-bilishlar va boshqalar) nazarda tutiladi. Ya'ni ko'nikma insonning irsiy, biologik qobiliyati, qiziqish- mayli sifatida uning "ichki olami"da tug'iladi, tabiatiga ko'ra sub'ektiv sifat bo'lib, obyektiv shart-sharoitlarga bog'liq ravishda shakllanadi va rivojlanadi. Ko'nikma o'zichiga nafaqat intellektni, balki effektiv xulq-atvor, qobiliyat, ichki motivatsiyani ham qamrab oladi. Ichki motivatsiya individning qadriyatlarini belgilab beradi, olimning fikricha, u ko'nikmaning rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega.[2, 26-b]

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA

O'z-o'zidan ko'rinib turibdiki, motivatsiya tushunchasi motiv tushunchasiga nisbatan keng va uzoq maqsadni, istiqbolli rejalarni ko'zlovchi psixologik sifat jarayoni hisoblanadi. Shaxs tuzilishida kasbiy ko'nikmaga nisbatan yuzaga chiquvchi motivatsiyalar ijtimoiy shartlangan komponent hisoblanib, ta'lim-tarbiya jarayonida rivojlantiriladi.

Yuqorida tahlil qilingan metodlar asosida shuni ta'kidlash kerakki, hozirgi tadqiqotlardan ko'zlangan asosiy maqsadlar jamiyatda yoshlarning o'z o'rnini topa bilishi, atrofdagilarning hurmat-e'tiborini qozonishga intilish, o'zi va o'zgalar nigohida o'zining nimalarga qodir ekanligini isbotlashga urinish, kelgusida o'z taqdiri va Vatanining istiqbollariga bo'lgan

ishonchini yanada mustahkamlash hamda, asosiysi, o'zining kasbiy ko'nikmalarini yanada rivojlantirish bo'lishi kerak. Zero, keskin o'zgarish va islohotlar manzarasi hamda qadriyatlar mavqeining o'zgarib borishi ta'sirida bugungi yoshlarning ertangi kungabo'lgan munosabatini bilish, haqiqiy insonlarni befarq qoldirmasligi tabiiy.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, ta'limning mohiyati, maqsadi va mazmuni jamiyatning madaniy taraqqiyoti, fan-texnikasining rivojlanganligi, ishlab chiqarish texnologiyalarining amalga joriy etish darajasi hamda talabalarning kasbiy ko'nikmalarini rivojlantirish, ularni amaliyotga tatbiq etish kabilar bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy ma'lumotga bo'lgan talab va ehtiyoj, talabalarning kasbiy tayyorgarligiga, ta'lim haqidagi qarashlariga qarab jamiyatning turli davr (bosqich)larida ta'limning mohiyati, maqsadi, mazmuni, tashkil etish shakllari, amalga oshirish metodlari va vositalari o'zgarib, takomillashib boradi.

Adabiyotlar:

1. Hamroeva M. Yangi pedagogik texnologiyalarva pedagogik mahorat. - T.: 2005

2. Кукушкин В.С. Совершенные педагогические технологии. - Ростов на Дону, 2003

3. Bozorova S. Oliy maktabda kasbiy yo'naltirilgano'qitish texnologiyalari. - T.:2006

4. Abduqudusov O. Kasb-ta'limi o'qituvchilari tayyorlashga integrativ yondashuv. Toshkent: "FAN", 2005.

5. N.X.Avliyoqulov. Zamonaviy o'qitish texnologiyalari. «Muallif» 2001.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.