Научная статья на тему 'TALABALARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHDA MATEMATIKAVIY SAVODXONLIK KOMPETENSIYALARINING O’RNI'

TALABALARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHDA MATEMATIKAVIY SAVODXONLIK KOMPETENSIYALARINING O’RNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
22
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
MATEMATIKAVIY SAVODXONLIK / KOMPETENSIYA / KASBIY FAOLIYAT

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — O‘Rinboyeva L.O.

Maqolada matematikaviy savodxonlik kompeten-siyalarining oliygoh talabalarining kasbiy faoliyatga tayyorlashdagi o’rni va vazifalari haqida fikrlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF MATHEMATICAL LITERACY IN PREPARING STUDENTS FOR PROFESSIONAL ACTIVITIES

The article discusses the role and responsibility of mathematical literacy competencies in preparing university students for professional activities.

Текст научной работы на тему «TALABALARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHDA MATEMATIKAVIY SAVODXONLIK KOMPETENSIYALARINING O’RNI»

O'rinboyeva L.O.

Nizomiy nomidagi TDPU, dotsent v.b.

TALABALARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHDA MATEMATIKAVIY SAVODXONLIK KOMPETENSIYALARINING

O'RNI

Annotatsiya: maqolada matematikaviy savodxonlik kompeten-siyalarining oliygoh talabalarining kasbiy faoliyatga tayyorlashdagi o'rni va vazifalari haqida fikrlar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: matematikaviy savodxonlik, kompetensiya, kasbiy faoliyat.

Urinbayeva L. U. assistant professor TDPU them. Nizami

THE ROLE OF MATHEMATICAL LITERACY IN PREPARING STUDENTS FOR PROFESSIONAL ACTIVITIES

Resume: The article discusses the role and responsibility of mathematical literacy competencies in preparing university students for professional activities.

Keywords: mathematical literacy, competence, professional activity.

Dunyoda bo'lajak kasbiy faoliyatga tayyorlashning intensiv usullaridan foydalanish xizmatlari keng tarqalib, innovatsion metodlarni qo'llash asosida matematikani o'qitish samaradorligini to'la qoplashga yo'naltirilmoqda. O'zbekistonda zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali matematika o'qitishning ilg'or uslublarini joriy etish asosida bo'lajak mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va korporativ xizmatlarda ishtirok etishini ta'minlash uchun imkoniyatlar yaratish vazifalari yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, "oliy ta'lim muassasalarida ilmiy salohiyatni yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash ko'lamini kengaytirish - eng muhim masalalardan biridir" Binobarin, uzluksiz ta'lim tizimida o'quvchi-talabalarning matematikaviy savodxonlik kompetensiyalarini rivojlantirish orqali bo'lajak kasbiy faoliyatga tayyorlash dolzarb bo'lib hisoblanadi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlardan ko'zlangan pirovard maqsadga erishishda ta'lim sohasi muhim ahamiyat kasb etib, bu jarayonda Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismi bo'lgan kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining natijaviyligi malaka

oshirish muassasalari faoliyati samaradorligini zamonaviy talablar asosida oshirib borish vazifasini qo'yadi.

O'quvchi-talabalarda matematikaviy savodxonlik kompetensiyalarini rivojlantirish orqali bo'lajak kasbiy faoliyatga tayyorlashda pedagogik jarayonda quyidagilar muhim hisoblanadi:

- pedagogik voqelikni izchil idrok etish;

- fan sohasiga yo'nalganlik;

- pedagogik va axborot texnologiyalarni egallash;

- shaxslararo muloqotni tashkil eta olish;

- o'z fani, faoliyat sohasi bo'yicha axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va undan foydalana olish;

- o'quv axbrotlarini boshqalarga yetkaza bilish;

- muayyan darajada shakllangan dunyoqarashni talab etadi.

Bu tarkibiy qismlar talabalarda matematikaviy savodxonlik kompetensiyalarini rivojlantirish orqali bo'lajak kasbiy faoliyatga tayyorlashning ajralmas shartlaridan hisoblanadi.

"Ta'lim-tarbiya sifatini oshirish jarayonida yangi mazmun va mohiyatga ega bo'lgan zamonaviy o'qituvchining kompetentligi yaratuvchanlik, ijodkorlikka intilish hissi bilan yo'g'rilgan. Zamonaviy o'qituvchi ta'lim sifati va uzluksizligini ta'minlash va o'zining kasbiy darajasi va malakasini doimiy ravishda oshirib borishi, innovatsion texnologiyalardan foydalanish asosida o'quv jarayonini uzluksiz takomillashtirib borishi, kasbiy masalalarni yechishga moyil bo'lishi shart".

Talabalarda matematikaviy savodxonlik kompetensiyalarini rivojlantirishda kelgusidagi mutaxassisligi va ixtisosligi doirasida bilim, ko'nikma, malakaga ega bo'lishi, shuningdek, shaxsiy qadriyatlari, sifatlari, kvalifikatsiyasining namoyon bo'lishiga e'tibor qaratiladi. Quyidagilar ta'lim-tarbiya jarayonida mutaxassisning pedagogik ishga tayyorlanganligining zarur va yetarli darajasini ta'minlaydigan asosiy talablari hisoblanadi:

- pedagogika va psixologiyaga oid bilimlarga ega bo'lish, o'z ustida ishlash, ta'lim jarayonini rejalashtirish, baholash, qayta aloqani o'rnatish;

- tahsil oluvchilarda didaktik motivatsiyani shakllantirish;

- tahsil oluvchi shaxsining rivojlanish xususiyatlarini bilish;

- AKT va xorij tillarini o'zlashtirish va amaliyotda qo'llay olish; umuminsoniy va umummadaniy qadriyatlardan xabardor bo'lish va ulardan faoliyati mobaynida foydalanish;

- mamlakatning ijtimoiy hayotida ishtirok etish;

- ta'lim muhitiga yangilik kiritish, o'z fanini mukammal bilish;

- bag'rikenglik, empatiyaga moyillik, yetakchilik, faollik va tashabbuskorlik, mas ' uliyatlilik;

- o'z faoliyatini tahlil qilish, kompetentlik samarasini rejalashtirish, maqsad va vazifa belgilash, bashorat (prognoz) qilish, o'zini namoyon eta olish, kamchiliklarini tuzatish va boshqalar.

Shunday qilib, talabalarda matematikaviy savodxonlik kompetensiyalarini rivojlantirish orqali bo'lajak kasbiy faoliyatga tayyorlash muhim ijtimoiy-pedagogik hodisa bo'lib, uni har tomonlama tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, jahon bankining baholashiga ko'ra, zamonaviy iqtisodiyotda matematik savodxonlik muhim o'rin egallaydi va har qanday mamlakat umumiy boyligining 16% moddiy kapital, 20% tabiiy boyliklar va 64% inson kapitaliga to'g'ri kelsa, milliy boylikning 80 foizini inson kapitali tashkil etadi.

Adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // https://prezident.uz/uz/lists/view/2228

2. M.O.Knebel Pedagogika. Uchebnoe posobie. 2019.

3.Ibragimov X.I., Abdullaeva SH. A. Pedagogika nazariyasi.-Toshkent:Fan va axborot texnologiyalari. - Toshkent, 2010.-278 b.;

2. Ostonov Q, "Matematika va informatika o'qitish metodikasi" SamDU, 2011yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.