Научная статья на тему 'RAQAMLI DIDAKTIKA VA MADANIYAT TA’LIM MUHITIDA QADRIYATLAR SHAXS ORIENTASIYASI'

RAQAMLI DIDAKTIKA VA MADANIYAT TA’LIM MUHITIDA QADRIYATLAR SHAXS ORIENTASIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shukurullo Mardonov, Farxod Mardonov

Qadriyatlar olamida shaxs orientasiyasi muammosi dolzarbligi zamonaviy jamiyat ijtimoiy rivojlanishi, mamlakatning ijtimoiyiqtisodiy va jamoaviy o‘zgarishlariga asoslanadi. Qadriyatlarning qayta ko‘rib chiqilishi, uning ierarxik tizimining o‘zgarishi, jamoaviy ongda ustuvor umuminsoniy qadriyatlarning tasdiqlanishini, hayotda yangi pedagogik tafakkurni hamda jamiyat talablari va shaxs o‘zini namayon etishga imkon beruvchi maktab o‘quv-tarbiyaviy jarayonini qayta loyihalashni taqozo qilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI DIDAKTIKA VA MADANIYAT TA’LIM MUHITIDA QADRIYATLAR SHAXS ORIENTASIYASI»

RAQAMLI DIDAKTIKA VA MADANIYAT TA'LIM MUHITIDA QADRIYATLAR -

SHAXS ORIENTASIYASI 1Shukurullo Mardonov, 2Farxod Mardonov

1T.N. Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston PFITI, p.f.d., professor, 2mustaqil tadqiqotchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10980400

Qadriyatlar olamida shaxs orientasiyasi muammosi dolzarbligi zamonaviy jamiyat ijtimoiy rivojlanishi, mamlakatning ijtimoiy- iqtisodiy va jamoaviy o'zgarishlariga asoslanadi.

Qadriyatlarning qayta ko'rib chiqilishi, uning ierarxik tizimining o'zgarishi, jamoaviy ongda ustuvor umuminsoniy qadriyatlarning tasdiqlanishini, hayotda yangi pedagogik tafakkurni hamda jamiyat talablari va shaxs o'zini namayon etishga imkon beruvchi maktab o'quv-tarbiyaviy jarayonini qayta loyihalashni taqozo qilmoqda.

Bu o'zgarishlar davrida yetakchi tendensiya bo'lib maktabni insonparvarlashtirish, demokratlashtirish hamda ta'limning uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash ustuvor bo'lib turibdi.

Zamonaviy o'quvchi ulg'ayish davri tahlilining ko'rsatishicha, bugungi kunda konkret vaziyatlarda shaxs ijtimoiy olamidagi asosiy munosababtlar hamda shunday komponentlar -prognoz qilish, erkin tanlov, o'z taqdirini o'zi belgilash va evristika kabilarni, kuchaytirish asosida o'zgarmoqda.

Bunday ijtimoiy kontekstda o'quvchining olam ob'etiv qadriyatlari, o'zi va o'z imkoniyatlari bo'yicha to'g'ri yo'nalish olish muammosi alohida mohiyat kasb etadi. O'tgan va hozirgi voqea-hodisalardan orientir olish, o'z yashash tarzi va kelajak hayotini qurish to'g'risida tasavvurga ega bo'lishi muhimdir.

"Orientasiya" (orientir olish) atamasining pedagogik mohiyati, uning ma'nosining ko'pligidan kelib chiqadi va u ikki aspektni anglatadi - jarayon va natija. Bu atama boshqa fanlarda ham keng qo'llaniladi, jumladan, biologiya, fizika, matematika va b.

Orientasiya, yoki orientir, mo'ljal olish natija sifatida ma'lum soha bo'yicha keng bilimlar doirasiga ega bo'lishni anglatadi hamda bu insonning o'zlashtirish darajasi, uning doimiy izlanishlari, rivojlanishi va tasavvurlarini chuqurlashtiruvchi o'ziga xos kerakli fundament sanaladi.

Aynan shu ma'noda orientir olish quyidagicha tavsiflanadi va unga egiluvchianlik, keng doiralilik, bilimdonlik, tezaurus, muammolilik xosdir.

Bunday holatlarda orientir olish tanlangan yo'nalish bo'yicha fikrlari, harakatlari o'zida emotsional ishonch holatini yuzaga keltiradi. Bunday holat insonga faoliyati va muloqotida o'zida ishonchsizlikni, qo'rqoqlikni yo'qotib, o'zida ishonch ruhini paydo qiladi.

Orientir olish jarayon sifatida - bu rejadan to natijagacha bo'lgan loyihalash harakatini anglatadi: maqsadni aniq va to'g'ri tanlash, unga erishish vositalari, umumiy yo'nalishda o'z harakatini, rejalarini, hayotiy qadriyatlarini baholash harakati bilan qiyoslash kabilar.

Orientir olish hayot-faoliyatining barcha jabhalarda: mehnatda, san'atda, muloqot jarayonlarida, juda kerakli komponent sanaladi.

Orientir olish pedagogik ma'noda rivojlanayotgan insonni, uning hayotiy mo'ljallari, atrof borliqni o'zlatirishi, olmada o'z o'rnini topishi kabilarni nazarda tutadi.

O'quvchining olamni va o'zini anglash jarayonlari kattalar bilan birgalikdagi haraktalari jarayonida amalga oshadi, kattalar bu o'ta murakkab va qiyin jarayonda o'quvchilarga yordam berishlarini taqozo qiladi.

Orientir olish jarayonlari ma'lum vaqt va makon doiralarida sodir bo'ladi, chunki hayot yo'lini tanlash, rejalar tuzish, anglash sohasida shaxsning o'zini aniqlab olishi, muloqot, mehnat

jarayonlari va b. o'quvchi maktabni bitirish arafasida shakllanib bo'lgan bo'ladi. Orientir olish jarayonlari maktabda sodir bo'ladi, u o'quvchi uchun sotsium markazi hisoblanadi, unda o'quvchi yashaydi, o'qiydi, o'rganadi, ya'ni uning hayotidagi muhim davr sanaladi - u balog'atga yetadi, o'z hayot yo'lini belgilab oladi.

O'rganilinayotgan muammo kontekstida o'quvchilarning orientir olish jarayonlarining ijtimoiy qadriyatli mohiyati - shaxsning jamiyat qadriyatlariga kirib borish jarayoni sifatida qaraladi.

Orientir olish jarayonining mohiyat tasnifining mantiqiy tahlili bizning e'tiborimizni tarbiya su'betiga, ya'ni "shaxs - jamiyat" o'zaro aloqalari darajalariga yo'naltiradi, unda asosiy jamoaviy qarama- qarshiliklar sodir bo'ladi va u bizni yuqori talablar dialektik qonuniga yetaklaydi hamda hayot orientirlarining paydo bo'lish mantiqini asoslaydi.

O'quvchilarning orientir olish jarayonini bunday tushinishi o'quv-tarbiya jarayoni mazmuni, shakl va metodlarini yangicha tushunishni taqozo qiladi. Shu munosabat bilan pedagogik nazariya va amaliyot oldida shunday savollar paydo bo'ladi:

ta'lim va tarbiya mazmuni qanday qadriyatlar bilan to'ldirilishi kerak;

jamiyat qadriyatlarining shaxs tomonidan o'zlashtirilishing qanday qonuniyatlari va mexnizmlari mavjud;

o'quvchilar hayotiy orientirlarining sodir bo'lishining pedagogik shart-sharoitlari qanaqa.

Pedagogik jarayonlarda amalga oshirilayotgan dialektika qonunlari jamiyat qadriyatlari evolyusiyasini ifodalaydi, shuningdek, umuminsoniy qadriyatlar hamda barcha pedagogik tizimlar integrasiyasining global maqsadlari ustuvorligini tushunishga olib keladi. Zamonaviy olam borlig'i o'quv-tarbiya jarayoni mazmunida absolyut qadriyat maqsadlarni: insoniyat rivojlanishining barcha davrlarida gumanistik ideallar yadrosini tashkil qilgan - hayot, erkinlik, baxt va boshqalarni taqozo qiladi. Shuning bilan birgalikda, pedagogik g'oyalar ketma-ketligi tahlilining ko'rsatishicha, alohida xalqlar madaniyatiga xos bo'lgan, jamiyat rivojlanishining ma'lum davrida uning rivojlanishida dolzarb bo'lgan qadriyatlar: Vatan, inson ideali, go'zallik andozasi, mehnat, bilish-anglash va boshqalar xosdir.

Radikal (keskin) o'zgarishlar davrida jamiyatda prioritetlar (ustuvorliklar) almashinuvidagi (o'timshdagi, hozirdagi va kelajakdagi) qarmama-qarshiliklar kuchayadi. O'quvchilarning ijtimoiy mohiyatli qadriyatlarga orientir olish jarayonlari bu qarama-qarshiliklarni - ishonchsizlik, dezorganizasiya, buzg'unchilik kabilarni yechishga yo'naltirilgan.

Pedagogikada bugungi kunda qadriyatlarga orientir olish mexanizmlari bilan zamonaviy o'quvchi rivojlanishining umumiy vaziyati o'rtasidagi qarama-qarshiliklar o'qituvchi va o'quvchilar orasidagi qarama-qarshiliklarning kelib chiqishiga sababchi bo'lmoqda va bu, o'z navbatida, shaxsning jamiyat qadriyatlariga talabini, jamiyatning esa shaxs qadriyatlariga talablarini susaytirmoqda.

Hozirgi paytda qadriyatli orientir olishning mazmuni umuminsoniy qadriyatlarning maktab amaliyotida ustuvorligini inkor qilinmoqda. Pedagoglarning chegaralangan faoliyati, ta'lim va tarbiyaning ilgarigi pedagogik qadriyatlari tizimi, olamga qadriyatli munosabatlarni "tayyor holda" yetkazish usullari shaxsning qadriyatlar tizimiga mavhumdan konkretga kirib borishiga to'sqinlik qilmoqda. Jamiyat qadriyatlar tizimi, umuminsoniy madaniyat ko'pchilik o'quvchilar uchun mavhum, shaxsga neytral darajada bo'lib qolmoqda.

O'quchilar qadriyatli orientir olish tizimi (ularning mazmuni) hamisha jamiyat qadriyatlar tizimiga mos keladi.

Bu qonuniyat pedagogikaning (tadqiqot materiallari diaxronik tahlili va o'tkazilgan eksperimentning diagnostik bosqichi) umumiy qonunidan kelib chiqadi. Isbotlanganki, jamiyat qadriyatlarining qayta baholanishi (bu jamiyatda doimiy bo'lib turadigan jarayon) o'quvchilarning qadriyatli orientir olishlarini ham o'zgartirib yuboradi. Zamonaviy o'quvchining ijtimoiy vaziyatlarda rivojlanishining o'ziga xosligi shundaki, ularning qadriyatlarning kardinal qayta baholanishi sharoitida qadriyatlarga orientir olishidir. Shu munosabat bilan pedagogik aksiologiyada o'qituvchilar qadriyatli orientir olishlari alohida ahamiyat kasb etadi. Shaxs madaniyati bunday vaziyatlarda o'quvchilarning ijtimoiy mohiyatli qadriyatlari orientir olishida muhim omil sanaladi. Pedagogik pozitsiyani o'zgartirib, monologikdan dialogik munosabatlarga o'tish, o'qituvchining o'quvchilar talablari sari yurishi - yetakchi pedagogik shartlardan hisoblanadi va o'quvchilarning ijtimoiy mohiyatli qadriyatlarga orientir olishini ta'minlaydi.

Orientir olish jarayonining tuzimlilik darajasi, funksional aspekti nazariy jihatdan shaxs (borliqning shaxs tomonidan qadriyatli o'zlashtirilishi) to'g'risidagi yetakchi psixologik-pedagogik holatlar asosida aniqlandi.

Orientir olish - bu shaxsiy rivojlanish jarayoni bo'lib, unda uning komponentlarining shakllanishi, o'zgarishi, integrasiyasi maqsadiga bosqicha-bosqich erishishiga olib keladi.

Rivojlanish komponentlarining to'planishi, ularning saqlanishi, to'yinishi va qayta tashkil qilinishi, funksiyalarining bo'linishi, ierarxiya va integrasiya kabilar yangi tuzilmaviy, qadriyatli dunyo in'ikosi, "Men" obrazi, kelajak obrazining yaratilishini ta'minlaydi.

Orientir olish jarayoni tadqiqotimizda jamiyat qadriyatlarida shaxs obro'sining dialektik qonun (ehtiyoj, talabning ko'tarilishi) asosida yuksalishi sifatida qaraladi. O'quvchilarning ijtimoiy mohiyatli qadriyatlarining orientir olish jarayonlari mohiyatining bunday tushinilishi bir vaqtning o'zida mustaqil konsepsiyaga ega holat (qoida) hisoblanadi.

Yuksak ehtiyojlar pedagogik proeksiyasi o'quvchilarning ijtimoiy mohiyatli qadriyatlariga orientir olishlarini mustaqil, adekvat jamiyat qadriyatlariga mos qadriyatlar sifatida tavsiflashi mumkin.

REFERENCES

1. Alekseeva V.G. Molodoy rabochiy. Formirovanie sennostnbix orientasii. - M., 1983.

2. Anisimov S.F. Duxovnbie sennosti: proizvodstvo i potreblenie. - M.: Mbisl,1988. -253 s.

3. Arxangelskiy L.M. Sennostnbie orientasii i nravstvennoe razvitie lichnosti. - M., 1987. - S. 64.

4. Berne R. Razvitie "Ya-konsepsii" i yee vospitanie. - M.: Progress, 1986. - 422 s.

5. Bitinas B.P. Struktura protsessa vospitaniya. - Kaunas, 1984. -485 s.

6. Blyumkin V.A. Mir moralnbix sennostey. - M.: Znanie, 1981. -64 s.

7. Bodalev A.A Lichnost i ob^enie. - M., 1983.

8. Vasileva 3. I. Yedinstvo vospitaniya i obucheniya shkolnikov. - L., 1980. - 36 s.

9. Kazakina M.G. Sennostnbie orientasii shkolnikov i ix formirovanie v kollektive. - L., 1989. -85 s.

10. Mardonov Sh.Q. va b. Pedagogik aksiologiya. -T.: Fan va texnologya, 2008. -184 b.

11. Ochilov M.O. Muallim - qalb me'mori. -T.: O'qituvchi, 2001. -429 b.

12. Problembi formirovaniya sennostnbix orientasii i sotsialnoy aktivnosti lichnosti/ Pod red. V.S. Muxinoy. - M., 1984. - 134 s.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.