INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
PEDAGOGIK OTMLARDA TALABALARNI TAYYORLASHDA AKSIOLOGIK MO'LJAL Sh.Q. Mardonov
p.f.d., professor, O'zPFITI, Uzbekistan F.Sh. Mardonov
magistrant, Uzbekistan https://doi.org/10.5281/zenodo.7311543
Annotatsiya. Maqolada aksiologiyaning roli va ahamiyati, bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashda qadriyatyo'nalishi, shuningdek, gumanistikparadigma, uning tabiati va o'qituvchi ta'limidagi ahamiyati haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: ta'lim jarayoni, pedagogik aksiologiya, gumanistik paradigma, bo'lajak o'qituvchilar, ilg'or o'qituvchilar, kompetentsiya, raqobatbardosh o'qituvchi.
ПОДГОТОВКА СТУДЕНТОВ ПО ПЕДАГОГИЧЕСКИМ ПРЕДМЕТАМ
АКСИОЛОГИЧЕСКАЯ ЦЕЛЬ
Аннотация. В статье речь идет о роли и значении аксиологии, ценностного ориентира в подготовке будущих учителей, а также гуманистической парадигмы, ёё природа и значение в педагогическом образовании.
Ключевые слова и выражения: образовательный процесс, педагогическая аксиология, гуманистическая парадигма, будущие учителя, передовые учителя, компетентность, конкурентоспособный учитель.
PREPARING STUDENTS IN PEDAGOGICAL SUBJECTS AXIOLOGICAL GOAL
Abstract. The article deals with the role and significance of axiology, a value orientation in the training of future teachers, as well as the humanistic paradigm, its nature and significance in teacher education.
Keywords and expressions: educational process, pedagogical axiology, humanistic paradigm, future teachers, advanced teachers, competence, competitive teacher.
Bugungi kunda ta'limning rivojlanishida yetakchi tendensiya - bu qadriyatlar paradigmasiga o'tishdir. Bu pedagogik fikrlarning bir tomonlama funksional ta'limdan universal qadriyat sifatida yaxlit ta'limga o'tishdir.
Oliy ta'limda qadriyatli orientir olish muammosi bilan faol ishlayotganlar: A.M. Bulbinin, B.Z. Vulfov, M.Ya. Vilenskiy, B.S. Gershunskiy, I.F. Isaev, A.I. M^enko, N.D. Nikandrov, V.A. Slastyonin, Ye.N. Shiyanov kabilarni ko'rsatish mumkin. Ular tomonidan oliy pedagogik maktabning zamonaviy ta'lim jarayonidagi aksiologiyaning ustuvor tomonlari aniqlangan hamda ular zamonaviy amaliyotda asos sifatida qo'llanilib kelinmoqda.
Pedagogik ta'limning gumanistik paradigmasi pedagogik faoliyatning gumanistik tabiati va mohiyati bilan belgilanadi. Bu faoliyatning gumanistik qadriyatlari o'qituvchi uchun doimiy mo'ljaldir. Ular anglash jarayonida borliq va ideal, bo'lishlik bilan muqarrarlik darajasini yoki farqini belgilab boradi hamda bu fraqlarni yengib o'tishga tayyorligini, fuqarolik pozitsiyasini, o'qituvchining hayotidagi muhim tomonlarini amlga oshishiga zamin tayyorlaydi.
V.A. Slasteninning ta'kidlashicha, "uzluksiz ta'lim tizimida o'qituvchilarni tayyorlash qator gumanistik va aksiologik g'oyalar asosida amalga oshiriladi, shuningdek, XXI asr pedagogini tayyorlash mazmuniga pedagogik ta'limning gumanistik paradigmasini kiritish
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
lozim, chunki u umuminsoniy qadriyatlar, yangi ijtimoiy madaniy borliqqa antropologik yondashuvni taqozo qiladi"[2, s. 7].
V.A. Slastenin zamonaviy ta'limning gumanistik tabiati muhokamasida pedagogik faoliyat qadriyatlari, deya "uning shunday xususiyatlarini, ya'ni o'qituvchining materal va ruhiy talabalarini qanoatlantiruvchi va uning jamoaviy mohiyatli gumanistik maqsadlariga erishtiruvchi ijtimoiy va kasbiy faolligini oshirishga orientir bo'lib hizmat qiladi" [2, s. 3].
Shaxsning xarakterli ehtiyojlariga asoslangan holda olim pedagogik faoliyatning quyidagi guruhlarini ko'rsatadi:
jamiyatda tan olingan, ijtimoiy muhit bilan bog'liq qadriyatlar (o'qituvchining ijtimoiy mohiyatli mehnati, o'qituvchining kasbiy faoliyati nufuzi, qarindoshlar, yaqinlar, tanishlarning tan olishi va b.);
muloqot ehtiyojlarini qanoatlantirish bilan bog'liq qadriyatlar (bolalar bilan doimiy ishlash, bolalar muhabbati va ular bilan bog'lanib qolishlik, qiziqarli odamlar, ota-onalar, hamkasblar bilan muloqotda bo'lish imkoniyati hamda ma'naviy qadriyatlar bilan almashinuvi va b.);
o'zini o'zi takomillashtirish bilan bog'liq qadriyatlar (ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyati, ma'naiy madaniyat bilan aloqada bo'lish, o'zi yaxshi ko'rgan ish, predmet bilan shug'ullanish, doimiy ravishda o'z bilimlarini oshirib borish imkoniyati va b.);
o'zini namayon qilish, ifodalash bilan bog'liq qadriyatlar (o'qituvchi mehnatining ijodiy xarakterga egaligi, pedagogik faoliyat romantikasi, tarbiyasi "og'ir" bolalarni qayta tarbiyalash imkoniyati, pedagogik faoliyatining shaxs qiziqish va qobiliyatlariga mos kelish va b.);
utalitar-pragmatik talablar bilan bog'liq qadriyatlar (o'zini ko'rsatish imkoniyati, shaxslararo muloqot, kasbiy ulg'ayish, kasbiy oldinga siljish, ta'tilning kattaligi va b.) [2, s. 3].
V.A. Slastenin ilmiy maktabi tarafdorlari qadriyatlarni kasbiy pedagogik qadriyatlar, deya, ularni quyidagi guruhlarga ajratadilar: "maqsad-qadriyatlar; vosita-qadriyatlar; munosabat-qadriyatlar; bilim-qadriyatlar; sifat-qadriyatlar" va ularning gorizontal teksilikda yotishi va vertikat tekislikdagi qadriyatlar: ijtimoiy-pedagogik, kasbiy-guruhli va individual-shaxsiy sifatida qaraydilar. Ular bir narsada haqlar, ya'ni "pedagogik qadriyatlarni tashkil qilgan guruhlar tizim, mazmunli asos, kasbiy-pedagogik madaniyat sterjeni sifatida birlashadilar" [2, s. 65].
V.A. Slasteninning fikriga ko'ra, "o'qituvchining ongida muhirlanib qolgan pedagogik qadriyatlar tizim sifatida uning bolalar va kattalar bilna muloqotida kasbiy-qadriyatli orientir hamda kasbiy faoliyatida ijod, bola shaxsini rivojlantirish va kasbiy hamkorlik, ma'naviy qadriyatlar bilan almashinuv bo'lib hizmat qiladi"[2, c. 4].
O'tgan asrning 80-yillaridan boshlangan yuqorida ko'rsatilgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ta'lim va tarbiyada gumanistik qadriyatlarning tiklanish va boyishining yangi bosqichi bo'ldi. Uning vakillari sifatida "pedagogika va hamkorlik" platformasida birlashgan ijodiy faoliyat yuritayotgan (Sh.A. Amonashvili, Ye.N. Ilin, S.N. Lbisenkova, V.F. Shatalov va b.) o'qituvchilar bo'ldilar.
80-yillra oxiri va 90-yillar boshida o'zgargan vaziyatlarda ko'pgina pedagogik qarashlar, pozitsiyalar, holatlarni qayta ko'rib chiqishni taqozo qiladi. Pedagogikadagi yangi yo'nalishlar tez orada o'zining tarafdorlarini ham belgilab oldi. Pedagog-novatorlarning har tomonlama -Sh.A. Amonashvili, Ye.I. Ilin, V.F. Shatalov, S.L. Lbisenkova, I.P. Volkov va b., harakati
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
boshlandi [3, s.30]. Ularning pedagogik faoliyati o'quv faoliyatida tarbiyachi va tarbiyalanuvchining samarali o'zaro harakatlari imkoniyatlari borligini tasdiqlab berdi.
Pedagog-novatorlar o'zarining umumiy konsepsiyasida o'quvchi o'quv jarayoni sub'ekti ekanligi, gumanistik ustanovkalar zarurligini ko'rsatib berdilar.
Bo'lajak o'qituvchilar pedagogik ongidagi turli to'siqlarni kamaytirish maqsadida yetakchi, ilg'or o'qituvchilarning shaxsiy namunasidan keng foydalanildi.
Albatta, pedagogik ta'limning zamonaviy tizimida aksiologik orientir o'z ifodasini topishi kerak. Buni ta'lim tarixida o'z ifodasini topgan yetakchi aksiologik g'oya "Pedagogik faoliyatda aksiologiya va innovatika" maxsus kursini o'qitish tajribasi ham tasdiqlaydi.
Maxsus kursning har bir mavzusi mustaqil ijodiy ish yozish bilan yakunlanadi. Topshiriqni bajarish uchun materiallarni individual (bibliografik, informatsion, diagnostik, ilmiy-tadqiqot) izlanishni taqozo qiladi.
Muhokama, bahslashuv, dialog - faktlar, hodisalar, dasturlar, modellar, texnologiyalarning turli yondashuv yoki yangi paradigma nuqtai nazaridan "munosabatlarini ko'rsatish"ni taqozo qiladi.
Zamonaviy yondashuvlarni qo'llash talabalarga shaxsga gumanistik yondashuvning mohiyatini tushunish, uning shaxsiy riojlanishdagi roli, demokratik tashkillashtirilgan pedagogik jarayonda o'quvchi shaxsi diagnostikasi va prognostikasining muhimligini tushunib yetish imkonini berdi.
Olib borgan ishlarimiz pedagogika nazariyasi va tarixi kursini sezilarli darajada to'ldirdi hamda talabalarning umumpedagogik va falsafiy bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirishga xizmat qildi.
Pedagogik bilimlar bilan qurollangan talaba ta'lim tizimining rivojlanish qonuniyatlarini angalb yetadi, ular nafaqat tarixiy-pedagogik nazariyadan va tizimdan, balki ta'lim va tarbiyaning zamonaviy innovatsion yo'nalishlaridan ham to'g'ri orientir oladilar.
Talabalar pedagogik ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish - bu juda murakkab jarayon bo'lib, u psixologik-pedagogik sikldagi predmetlar va gumanitar fanlarning birgalikdagi integratsion harakatlari orqali ta'minlanadi.
Faktlar to'g'risidagi pedagogik bilimlar barcha boshqa bilimlar asosi bo'lib sanaladi, chunki ular real borliqni to'g'ridan-to'g'ri ifodalaydi. Faktlarni bilmasdan qonunlar, nazariyalarni, ya'ni faktlar orasidagi haqiqiy bog'liqliklarni anglash mumkin emas. Qonunlar muhim aloqalarni ifodalaydi.
Aksiologik bilmilar - bu kerakli bazis, talabalarda qadriyatli munosabatlarni rivojlantiruvchi fundamental asos bo'lib, ularsiz pedagoglarning ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish jarayonini amalga oshirib bo'lmaydi, zamonaviy o'qituvchi tomonidan informatsion oqimni o'zlashtirish mumkin emas, shuningdek, innovatsiyalarni shaxsiy mo'ljallab ham bo'lmaydi.
Aksiologik mo'ljalning o'ziga xosligi (kelgusida rivojlanishning yuqori pag'anasi sifatida - nazariy pedagogikaning o'ziga xos ishonchi) uning ilmiy tizimli bilimlardan tobeligida ko'rinadi.
Bunday ishning muhimligi, nazarimizda, pedagogik soha talabalarini, ya'ni bo'lajak o'qituvchilarni o'qituvchi tarbiyalaydi, bolalarni o'qitishga o'rgatadi, shu tariqa ularni hayotga tayyorlaydi hamda kelajak ma'naviy qadriyatlari asoslarini yaratadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
O'qituvchining kasbiy tayyorgarligiga aksiologik yondashuvni K.D. Ushinskiy konseptual asoslagan - "agarda pedagogika insonni har jihatdan tarbiyalashni xoxlar ekan, unda u insonni har jihatidan bilishi ham kerak" [4, s. 24].
XX asr davomida oliy pedagogik ta'limda katta hamjmdagi muhim gumanistik xarakterdagi g'oyalar, qonsepsiyalar, qadriyatlar to'plandi, ular mamalakatimiz va xorijiy an'anaviy pedagogik ta'limda ilgaritdan bo'lgan hamda aksiologik assosini tashkil qiladi.
Zamonaviy ta'lim muhiti bilimlarning ishonchga, yaxlit rivojlanishiga o'tishni hamda ilmiy bilimlar alohida aksiologik mo'ljallarning rivojlanishini taqozo qiladi. Bunday holatda pedagogik bilimlarning talabalar aksiologik yo'nalishi asosi sifatida qo'yilishi mumkin.
Yuqorida ta'kidlanganlardan kelib chiqib aytish mumkinki, yangi tipdagi ishbilarmon, kompetentli, bozorgir o'qituvchini shakllantirish jamiyatdagi qadriyatlar tizimini insonprvarlashtirish va demokratizatsiyalashsiz, pedagogika fanining aksiologik tavsifiy xususiyatlarini hisobga olmasdan tasavvur qilish qiyin.
REFERENCES
1. Павлютенков Е.М. Профессиональная диагностика и практикум по профдиагностике. -Комсомольск-на-Амуре, ч.1. 1990. - 99 с.
2. Сластенин В.А. Гуманистическая парадигма педагогического образования. //Магистр. 1994. №6. С. 3
3. Исаев И.Ф. Теория и практика формирования профессионально-педагогической культуры преподавателя высшей школы. М., 1993 С. 65.
4. Ушинский К.Д. Собрание сочинений. -Л., Т.8. С. 24.
5. Dzhuraev R. K., Karakhanova L. M. Model of the organization of research activities of 10th grade students in teaching physics and biology //International journal of discourse on Innovation, integration and education. - 2021. - Jild 2. - №. 01. - P.296-300.
6. Мусахоновна Л. УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ ТИЗИМИДА БИОЛОГИЯ ФАНИДАН САМАРАДОРЛИККА ЭРИШИШДА ЭЛЕКТРОН ТАЪЛИМИЙ ВОСИТАЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ АСОСЛАРИ //Science and innovation. -2022. - Т. 1. - №. B3. - С. 577-585.
7. Juraev R. X., QORAXANOVA L. M. fizika va biologiyani o'qitishda 10-sinf o'quvchilarining tadqiqot faoliyatini tashkil etish modeli / / innovatsiya, integratsiya va ta'lim bo'yicha xalqaro discourse jurnali. - 2021. - Jild 2. - №. 1. - P.295-299.
8. Karakhonova L. M. Using the electronic educational resources in biology lessons //INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS OF PHILISOPHY, PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY. - 2019. - С. 35-39.
9. Karakhanova L. M. USE OF MEDIERE RESOURCES IN THE EDUCATIONAL PROCESS OF BIOLOGY IN SCHOOLS //International Scientific Review of the problems of pedagogy and psychology. - 2018. - С. 68-70.
10. Jurayev R. K., Karakhanova L. M. Scientific And Methodical Bases Of The Use Of Electronic Educational Resources In Teaching Biology In General Educational Schools //International Journal of Advanced Science and Technology. - 2020. - Т. 29. - №. 8. -С. 3500-3505.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
11. Musokhonovna K. L. ICT-As a means of achieving new educational results in teaching natural disciplines in secondary schools //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - Т. 11. - №. 10. - С. 315-321.
12. Juraev R. X., Karaxonova L. M. media ta'limi maktab o'quvchilarining ta'lim sifatini oshirish omili sifatida / / hayot davomida ta'lim: barqaror rivojlanish uchun uzluksiz ta'lim. - 2013. - S. 322-323.
13. Караханова Л. 6. DEVELOPMENT OF STUDENTS'KNOWLEDGE BASED ON THE USE OF 3D EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN THE BIOLOGY EDUCATION //Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал. - 2020. - №. 2. - С. 55-59.
14. Musaxonovna K. L. General secondary schools requirements for the introduction of informed educational resources for the development of natural sciences //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2022. - Т. 12. -№. 5. - С. 855-860.
15. Juraev R. X., Karaxonova L. M. iqtidorli bolalarni ta'lim muassasalari tomonidan pedagogik qo'llab-quvvatlash //fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL. - 2022. - Jild 3. - №. 4. - 66-70 betlar.
16. Karaxanova L. M. tabiiy fanlarni o'qitishda zamonaviy ochiq ta'limda yangi interaktiv elektron manbalar / / ta'lim fanlari bo'yicha akademik tadqiqotlar. - 2021. - Jild 2. - №. CSPI conference 1. - P. 1303-1305.
17. Karaxanova L. M. Development of students' knowledge based on the use of 3d educational technologies in the Biology education //Таълим ва инновацион тадкикотлар.- Buxoro. - 2020. - 55-59 betlar.
18. Сафарова Р. Г. и др. Укувчи-ёшларни оммавий маданият хуружларидан х,имоя килишнинг назарий-методологик асослари. - 2017.
19. Kharaxonova L. M. SPECIFIC ASPECTS OF MEDIA EDUCATION AND ITS USE IN HIGH SCHOOLS //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. CSPI conference 3. - С. 278-284.
20. Musakhonovna K. L. Peculiarities of using modern educational tools to increase the effectiveness of teaching the natural sciences and direct students to independent activities //Asian Journal of Multidimensional Research. - 2022. - Т. 11. - №. 5. - С. 182-191.
21. Kh D. R., Karakhonova L. M. Media education as a factor of increasing the quality of teaching schoolchildren //Образование через всю жизнь: непрерывное образование в интересах устойчивого развития. - 2013. - Т. 11. - №. 2 (eng). - С. 287-288.
22. Караханова Л. МУЛЬТИМЕДИЙНЫЕ ТЕХНОЛОГИИ НА УРОКАХ ЗООЛОГИИ //Збiрник наукових праць Уманського державного педагогичного ушверситету. -2011. - №. 1.