Научная статья на тему 'PEDAGOG KADRLAR MALAKASINI OSHIRISH TA’LIMINING O‘ZIGA XOSLIGI'

PEDAGOG KADRLAR MALAKASINI OSHIRISH TA’LIMINING O‘ZIGA XOSLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
195
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
malaka oshirish / pedagog / sub’ekt / ob’ekt / o’quv muassasasi / o’quv munosabatlari / o’quv jarayoni / kattalar ta’limi / tinglovchi faoliyati. / professional development / teacher / subject / object / educational institution / educational relations / educational process / knowledge / skills / adult education.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sh. Mardonov, S. Qodirova

Maqolada malaka oshirish ta’limining o’ziga xos xususiyatlari va uzluksiz ta’limning boshqa turlaridan farqli jihatlari ko’rsatib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PECULIARITY OF EDUCATION FOR THE TRAINING OF PEDAGOGICAL PERSONNEL

the article shows the originality of advanced training of teaching staff and their difference from other systems of continuous education.

Текст научной работы на тему «PEDAGOG KADRLAR MALAKASINI OSHIRISH TA’LIMINING O‘ZIGA XOSLIGI»

 2022

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

PEDAGOG KADRLAR MALAKASINI OSHIRISH TA'LIMINING O'ZIGA XOSLIGI

Sh.Q. Mardonov

O'ZPFITI professori

S.Yu. Qodirova mustaqil tadqiqotchi https://doi.org/10.5281/zenodo.6960824

Annotatsiya. Maqolada malaka oshirish ta'limining o'ziga xos xususiyatlari va uzluksiz ta'limning boshqa turlaridan farqli jihatlari ko'rsatib berilgan.

Kalit so'zlar: malaka oshirish, pedagog, sub'ekt, ob'ekt, o'quv muassasasi, o'quv munosabatlari, o'quvjarayoni, kattalar ta'limi, tinglovchifaoliyati.

ОСОБЕННОСТЬ ОБРАЗОВАНИЯ ПО ПОДГОТОВКЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ

КАДРОВ

Аннотация. В статье показано своеобразие повышения квалификатсии педагогических кадров и их отличии от других систем непрерывного образования.

Ключевые слова: повышение квалификатсии, педагог, субъект, объект, учебное заведение, учебные отношания, учебный протсесс, учеба вызрослых, деятелност слушателя.

THE PECULIARITY OF EDUCATION FOR THE TRAINING OF PEDAGOGICAL

PERSONNEL

Abstract. the article shows the originality of advanced training of teaching staff and their difference from other systems of continuous education.

Keywords: professional development, teacher, subject, object, educational institution, educational relations, educational process, knowledge, skills, adult education.

KIRISH

Pedagoglarni malakasini oshirish jarayonida o'qitishning maqsadi, ularning faoliyati va shaxsini takomillashtirishdan kelib chiqib, boshqa ta'lim shakllari bilan qiyoslash, uning umumiy va o'ziga xos tomonlarini aniqlash imkonini beradi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Pedagog kadrlar malakasini oshirish jarayonining tahlili, uning ta'limning boshqa shakllari va turlari bilan quyidagi umumiy tomonlari mavjudligini ko'rsatdi:

1) o'qitishning ikkiyoqlamaligi va undagi sub'ekt-ob'ekt munosabatlari;

2) ta'lim jarayonining barcha bosqichlarida tizimlilik va yaxlitlik hamda bilish faoliyatining bosqichma-bosqich murakkablashib borishi;

3) ta'lim mazmun, shakli va metodlarining har bir bosqichida kechadigan maqsad va vazifalari bilan uzviy bog'liqligi;

4) ta'lim natijalarining bilish faoliyati motivlari va ta'lim oluvchi shaxsning xususiyatlari bilan bog'liqligi;

5) ta'lim natijalarining o'quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilinish darajasiga bog'liqligi.

Umumiylik va xususiylikning o'zaro dialektik bog'liqligi ta'limning har bir bosqichida (turida) o'ziga xos xususiyatlar ham mavjudligini inkor qilmaydi. Chunki har qanday umumiylik xususiyliksiz mavjud bo'lmaydi, ayrimlikda umumiylik bo'lib, umumiylik ayrimlik orqali

2022

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

mavjud bo'la oladi. Bu qonuniyat kattalar ta'limining murakkab shakli bo'lgan ta'lim-tarbiya sohasidagi mutaxassis pedagoglarni o'qitishning o'ziga xos tomonlarini ochish imkonini beradi.

TADQIQOT NATIJALARI

Bu o'ziga xos xususiyat, eng avvalo, ta'lim maqsadi, faoliyat tuzilishi va uning mazmuni, shakli va metodlarida o'z ifodasini topadi. Ta'lim jarayonidagi asosiy komponentlarning o'zaro dialektik bog'liqligi shunda namoyon bo'ladiki, ularning birida bo'ladigan funksional o'zgarish boshqasining ham o'zgarishiga olib keladi. Chunki ta'lim jarayonining turli komponentlari bir-biriga mutlaqo teng emas. Bu birlikda biri belgilovchi (domenant) bo'lsa, ikkinchisi unga tobe bo'ladi. Bizning tahlilimizda, ta'lim maqsadi belgilovchi bo'lib, uning o'zgarishi mazmun, metod va tashkiliy shakllar, o'qitish prinsiplarining o'zgarishini taqozo qiladi. Biz malaka sini oshirish jarayonida o'qitishning ta'limning boshqa shakllaridan o'ziga xos farqlarini ko'rsatishga harakat qilamiz.

Umumiy holda ular quyidagicha:

1) ta'limning o'ziga xos maqsadi - pedagog kasbiy faoliyati va shaxsini takomillashtirish. Bu malakasini oshirishning eng muhim vazifasi tarzida qo'yiladi. O'qituvchining o'quvchilarga ta'lim-tarbiya berish, kasb-hunar o'rgatish sifatini oshirish bu boradagi vazifalarning mohiyatini chuqur anglash va o'zidagi bunga xalaqit beradigan odatlarni bartaraf qilish;

2) ta'lim ob'ektining o'ziga xosligi, ya'ni katta kishi, shakllangan mutaxassis sifatida o'qituvchi shaxsi va uning malakasini oshirish jarayonidagi ta'limning o'rni, uning o'quv faoliyati xususiyatini belgilashi;

3) o'qituvchi bilish faoliyatining o'ziga xosligi: uning fikrlashi, idroki, xotirasi, diqqati va bilimini o'zlashtirishining yuqoriligi;

4) ta'lim jarayonida o'qituvchilarda bilish motivlari, qiziqish, intilishlarning boshqa ta'lim oluvchilardan (o'quvchi, talabadan) farq qilishi;

5) o'qituvchilarda refleksiv holat (boshqalarni tushunish, holatiga kirish, o'zini va ruhiy holatini boshqara olish)ning o'quvchi, talabalarga nisbatan yuqoriligi;

6) nihoyat, malakasini oshirishga ajratilgan vaqtning keskin chegaralanganligi.

Pedagoglar malakasini oshirish jarayonidagi o'ziga xos xususiyat-larning o'quvchi va

talabalardan farq qilishining barcha xususiyatlarini batafsil bayon qilmasdan ayrimlariga to'xtalamiz. Malakasini oshirish jarayonidagi ta'limning eng muhim xususiyatlaridan biri unda o'qituvchining o'ziga xos o'rni bo'lib, pedagogik jarayonda u tinglovchi sifatida ishtirok etadi hamda uning malakasini oshirishning tashkilotchisi-o'qituvchi bilan o'zaro munosobatga kirishadi.

Bunda «tinglovchi» tushunchasi vaqtincha va shartli bo'lib, u o'qituvchining o'quv yurtidagi asosiy faoliyati - ta'lim-tarbiyani yuqori saviyada tashkil etishga tayyorlash davridagi o'rnini ifodalaydi. Shu bilan birga «tinglovchi» so'zi uning malaka sini oshirish jarayonida faol ishtirok etishini, ilmiy-metodik tadqiqot ishtirokchisi sifatida pedagogik muamolarning echimini topishidagi faoliyatini inkor qilmaydi.

Malakasini oshiruvchi boshqa nopedagog mutaxassislardan (iqtisodchi-lar, shifokorlar, injenerlar) farqli o'laroq u bir pedagogik tizimdan (maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejidan) ikkinchi pedagogik tizimga malakasini oshirishiga o'tadi. Shuning uchun mutaxassis sifatida u malakasini oshirish jarayonidagi ta'limning kuchli va kuchsiz, nozik tomonlarini ju da tez aniqlaydi. Shuningdek, o'qituvchilar katta yoshdagi mutaxassis sifatida malakasini oshirishdagi ta'lim jarayonini o'zlarining maktabdagi faoliyatlari uchun foydaliligi jihatidan

2022

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

taqqoslaydilar (baholaydilar). Pedagoglarning malakasini oshirish tizimida o'qitishning eng muhim tamoyili - ta'lim jarayonini pedagogning asosiy faoliyat ko'rsatadigan o'quv yurtidagi o'quv jarayon bilan bog'lagan holda tashkillashtirishidir. Shuning uchun ular malakasini oshirishda o'zlari uchun foydali natijaga erishmasalar, o'qishga bo'lgan qiziqishlari keskin pasayadi.

MUHOKAMA

Pedagogning yosh avlod ta'lim-tarbiyasidagi murakkab va ko'p qirrali faoliyati malakasini oshirish tizimidagi ta'lim-tarbiya jarayoniga oshirilgan talablar qo'yadi. Chunki malakasini oshirish faoliyatining bosh maqsadi amaliyotchi o'qituvchilarni umumiy o'rta ta'lim muassasalaridagi o'qituvchilik faoliyatiga atroflicha tayyorlanishdan iborat. Pedagog malakasnii oshirish tizimiga kelib ta'lim sub'ektidan uning ob'ektiga aylanadi. O'z navbatida bu ham pedagogik tizim bo'lsa-da, butunlay boshqa xarakterga ega.

O'qituvchi o'quv muassasasida ta'lim-tarbiya jarayonining tashkilotchi-si bo'lib, uning faoliyatida o'quvchilar bilish faoliyatini tashkil qilish belgilovchi hisoblanadi. Malakasini oshirishga kelib esa pedagog o'quvchi o'rnini egallaydi. Bu erda uning uchun belgilovchi bo'lib bilish jarayoni, ya'ni o'z faoliyatini tashkil etish hisoblanadi. Agar u umumiy o'rta ta'lim muassasasida asosiy tashkilotchi bo'lsa, malakasini oshirish jarayonida ergashuvc hi roliga tushib qoladi, boshqacha aytganda, u ta'lim sub'ektidan uning ob'ektiga aylanadi.

Pedagog faoliyati xarakterining o'zgarishi uning o'quv jarayonidagi barcha munosabatlariga ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun malakasini oshirishning dastlabki davrida o'qituvchining o'z yangi roliga ko'nikishi, moslashishi ancha qiyin kechadi. Faoliyat xarakterining o'zgarishi, uning munosabatlari va ruhiyatiga ham ta'sir qiladi. O'qituvchi o'zining yangi rolida malakasini oshirish tashkilotchilari bilan yangi munosabatlarga kirishadi.

O'qituvchi maqomining tinglovchi maqomi bilan almashinuvi, uning muloqoti, xulq-atvori, faoliyat motivlariga ham o'z ta'sirini ko'rsatadi. Uning ikkala faoliyati (o'qituvchi-tinglovchi)ning o'zaro yaqinlashuvi yangi munosabatlar asosida amalga oshadi. Bu munosabatlar ko'p jihatdan malakasini oshirish muassasasi o'qituvchisining shaxsiy, kasbiy sifatlariga ham bog'liq. Shu bilan birga, yangi sharoitda tinglovchining o'z faoliyat motivlarini qay tarzda belgilashi ham muhim hisoblanadi.

XULOSA

Pedagog kadrlar malakasini oshirish jarayonida tinglovchi va o'qituvchi orasida yangi munosabatlar paydo bo'lar ekan, ularning xarakteriga o'qituvchining professionallik darajasi, shaxsiy-kasbiy, psixologik sifatlari, pedagogik mahorati katta ta'sir ko'rsatadi. Bu munosabatlar dialektikasi tinglovchi faoliyatini yuqori darajada tashkil etish hamda uning faoliyati xususiyatini hisobga olishni taqozo qiladi. O'quv jarayonining bunday birligi sub'ekt va ob'ekt munosabatlarining ta'lim jarayonida o'zgarishiga sababchi bo'ladi.

REFERENCES

1. Рубинштейн С.Л. Основы общей психологии. -СПб.: Питер, 2000.-720 с.

2. Кулюткин Ю.Н. Психология обучения взрослых. -М.: Просвещение, 1985. -128 с.

3. Лебедева Н.В. Обучение взрослых на курсах переподготовки и повышения квалификации:тпринципы и условия.//Научный диалог, № 4(16). 2013 г., с. 63-73.

4. Сластенин В.А., Подымова Л.С. Педагогика: инновационная деятелност. - Москва, 1997.

2022

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

5. Технология обучения. Педагогический сентр "Експеримент". -Москва-Рига, 1999.180 с.

6. Мусахоновна К Л. УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ ТИЗИМИДА БИОЛОГИЯ ФАНИДАН САМАРАДОРЛИККА ЭРИШИШДА ЭЛЕКТРОН ТАЪЛИМИЙ ВОСИТАЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ АСОСЛАРИ //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. B3. - С. 577-585.

7. Dzhuraev R. K., Karakhanova L. M. Model of the organization of research activities of 10th grade students in teaching physics and biology //International journal of discourse on Innovation, integration and education. - 2021. - Т. 2. - №. 01. - С. 296-300.

8. ДЖУРАЕВ Р. Х., КАРАХАНОВА Л. М. Модель организации исследовательской деятельности учащихся 10 классов при преподавании физики и биологии //International journal of discourse on Innovation, integration and education. - 2021. - Т. 2. - №. 1. - С. 295299.

9. Musokhonovna K. L. ICT-As a means of achieving new educational results in teaching natural disciplines in secondary schools //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - Т. 11. - №. 10. - С. 315-321.

10. Kharaxonova L. M. SPECIFIC ASPECTS OF MEDIA EDUCATION AND ITS USE IN HIGH SCHOOLS //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. CSPI conference 3. - С. 278-284.

11. Караханова Л. 6. DEVELOPMENT OF STUDENTS'KNOWLEDGE BASED ON THE USE OF 3D EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN THE BIOLOGY EDUCATION //Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал. - 2020. -№. 2. - С. 55-59.

12. Джураев Р. Х., Карахонова Л. М. Медиаобразование как фактор повышения качества обучения школьников //Образование через всю жизнь: непрерывное образование в интересах устойчивого развития. - 2013. - Т. 11. - №. 2. - С. 322-323.

13. Сафарова Р. Г. и др. Уцувчи-ёшларни оммавий маданият хуружларидан химоя цилишнинг назарий-методологик асослари. - 2017.

14. Karakhanova L. M. USE OF MEDIERE RESOURCES IN THE EDUCATIONAL PROCESS OF BIOLOGY IN SCHOOLS //International Scientific Review of the problems of pedagogy and psychology. - 2018. - С. 68-70.

15. Karakhonova L. M. Using the electronic educational resources in biology lessons //INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS OF PHILISOPHY, PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY. - 2019. - С. 35-39.

16. Jurayev, R. K., & Karakhanova, L. M. (2020). Scientific And Methodical Bases Of The Use Of Electronic Educational Resources In Teaching Biology In General Educational Schools. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(8), 3500-3505.

17. Musaxonovna, K. L. (2022). General secondary schools requirements for the introduction of informed educational resources for the development of natural sciences. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 12(5), 855-860.

18. 1 Караханова Л. М. НОВЫЕ ИНТЕРАКТИВНЫЕ ЭЛЕКТРОННЫЕ РЕСУРСЫ В СОВРЕМЕННОМ ОТКРЫТОМ ОБРАЗОВАНИИ В ОБУЧЕНИИ ЕСТЕСТВЕННЫХ НАУК //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. CSPI conference 1. - С. 1303-1305.

19. Джураев, Р. Х., & Карахонова, Л. М. (2022). ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ СОПРОВОЖДЕНИЕ ОДАРЕННЫХ ДЕТЕЙ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫМИ УЧРЕЖДЕНИЯМИ. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(4), 66-70.

2022

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

20. ДЖУРАЕВ Р. Х., КАРАХАНОВА Л. М. Модель организации исследовательской деятельности учащихся 10 классов при преподавании физики и биологии //International journal of discourse on Innovation, integration and education. - 2021. - Т. 2. - №. 1. - С. 295-299.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.