Научная статья на тему 'BOSHLANG'ICH TA’LIM JARAYONIDA O‘QUV MOTIVATSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING TA’LIMIY VA TARBIYAVIY AHAMIYATI'

BOSHLANG'ICH TA’LIM JARAYONIDA O‘QUV MOTIVATSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING TA’LIMIY VA TARBIYAVIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2110
130
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
motivatsiya / o‘quv motivlari / dinamik / o‘zligini anglash motivlari / salbiy motivlar / maqsadlar / qiziqish / ehtiyoj. / motivation / learning motives / dynamics / self-awareness / negative motives / goals / interests / needs.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Tojimirzayeva Buzulayxo Maxammadjon Qizi.

Ushbu maqolada o‘quv motivlari mohiyati, o‘qish motivlari manbalari, o‘quv motivlari tasnifi haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, o‘quv faoliyatining ichki, tashqi va shaxsiy (xususiy) faollik manbalari haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EDUCATIONAL AND EDUCATIONAL IMPORTANCE OF LEARNING MOTIVATION IN THE PROCESS OF PRIMARY EDUCATION

This article provides information on the nature of learning motives, sources of learning motives, classification of learning motives. It also discusses the sources of internal, external, and personal (private) learning activities.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG'ICH TA’LIM JARAYONIDA O‘QUV MOTIVATSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING TA’LIMIY VA TARBIYAVIY AHAMIYATI»

BOSHLANG'ICH TA'LIM JARAYONIDA O'QUV MOTIVATSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING TA'LIMIY VA TARBIYAVIY AHAMIYATI Tojimirzayeva Buzulayxo Maxammadjon qizi.

Termiz Davlat Universitetining Pedagogika institute Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi

2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6636408 Annotatsiya. Ushbu maqolada o'quv motivlari mohiyati, o'qish motivlari manbalari, o'quv motivlari tasnifi haqida ma'lumot beriladi. Shuningdek, o'quv faoliyatining ichki, tashqi va shaxsiy (xususiy) faollik manbalari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: motivatsiya, o'quv motivlari, dinamik, o'zligini anglash motivlari, salbiy motivlar, maqsadlar, qiziqish, ehtiyoj.

EDUCATIONAL AND EDUCATIONAL IMPORTANCE OF LEARNING MOTIVATION IN THE PROCESS OF PRIMARY EDUCATION Abstract. This article provides information on the nature of learning motives, sources of learning motives, classification of learning motives. It also discusses the sources of internal, external, and personal (private) learning activities.

Keywords: motivation, learning motives, dynamics, self-awareness, negative motives, goals, interests, needs.

УЧЕБНО-ВОСПИТАТЕЛЬНОЕ ЗНАЧЕНИЕ УЧЕБНОЙ МОТИВАЦИИ В ПРОЦЕССЕ НАЧАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ Аннотация. В данной статье представлена информация о природе мотивов обучения, источниках мотивов обучения, классификации мотивов обучения. В нем также обсуждаются источники внутренней, внешней и личной (частной) учебной деятельности.

Ключевые слова: мотивация, мотивы обучения, динамика, самосознание, негативные мотивы, цели, интересы, потребности.

KIRISH

Bugungi kunda jamiyat a'zolari oldiga qo'yilgan ulkan maqsadlarga erishish uchun davr talablariga javob bera oladigan, zukko, ma'rifatli, insonparvar, mustaqil fikrlaydigan, izlanuvchan, tadbirkor, yangilikka intiluvchi, millati bilan faxrlanadigan va kelajakka ishonadigan yoshlarni ta'lim jarayonida shakllantirish zaruriyati vujudga keldi. Prezidentimiz Shavkat Miromonovichning shunday fikrlari bor: "Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik - bu bilimsizlikdir". Chindan ham, bugun farzandlarimizga ta'lim- tarbiya bermas ekanmiz, kelajakni kutolmaymiz.

Motivatsiya shaxs faolligi, xulqi va faoliyatini tartibga soluvchi muhim omildir. Chunki insonning har xil xatti-harakatlari ostida ushbu xatti-harakatlarga undovchi asoslar, ularning motivatsiyasi yotadi. Shuning uchun ta'lim jarayoniga faqatgina o'quv - biluv motivlarigina emas, barcha keng qamrovli motivlar o'z ta'sir doirasi bilan ta'sir etib turadi. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

O'qitish - ta'lim jarayoniga undash va uni qo'llab-quvvatlash. Biz ta'lim jarayonida faol qatnashuvchi, o'z qarashlari uchun ma'suliyatni his eta oluvchi shaxsni tarbiyalashimiz lozim.

O'quv motivlari mohiyati. Motivlar tizimi o'quv faoliyatining harakatga keltiruvchi kuchi-qo'zg'atuvchisi bo'lib, ular o'z tarkibiga bilish ehtiyojlari bilan bog'liq quyidagi singari o'ta muhim jihatlardan iborat:

- maqsadlar;

- qiziqishlar;

- intilish;

- g'oyalar;

Zikr etilgan o'quv motivlari tizimi o'zining mustahkamligi hamda dinamik xususiyatga egaligi bilan xarakterlanadi.

O'quv motivatsiyasining mustahkamligini uning tarkibiga kiruvchi yetakchi ichki motivatsiyalar majmuasi belgilab beradi. A.K.Markovaning e'tiroficha, ijtimoiy motivlar bilish bilan bog'liq motivlarni keltirib chiqaradi. Bu motivlar o'quvchining bilishga bo'lgan qiziqishlarini oshirishi, ba'zan esa uning aksi kabi bir-biri bilan qarama -qarshi shakllarga ega bo'lib, u bolaning yosh xususiyati va unga yaratilgan sharoitlar bilan bevosita bog'liq bo'ladi.

Olima o'quvchilarning o'qish-bilish bilan bog'liq motiv sifatlarini quyidagi turlarga ajratadi:

Mazmunli - ya'ni ta'lim faoliyati xarakteri bilan bog'liq (anglanganlik, mustaqillik, umumiylik, o'z o'rniga ega bo'lishlik va boshqalar).

Dinamik - bolaning umumiy rivojlanishi bilan bog'liq o'ziga xos psixofiziologik xususiyatlari (qiziqishlarining mustahkamligi, uning iroda va iroda kuchi, qiziqishlarini bir faoliyatdan ikkinchisiga almashtira olish qobiliyati, motivlarining rang-barangligi) bilan bog'liq va boshqalar.

O'quv motivi bu ma'lum bir faoliyatga yo'naltirilgan xususiy motivdir. Bu o'rinda faoliyat turi - o'qish, o'rganish, bilish faoliyatidir.

O'quv motivlari rivojlanib kelayotgan o'quvchiga nafaqat o'z yo'nalishini belgilab olishni, balki o'zida mavjud imkoniyatlarni to'liq ishga solishni hamda emotsional-irodaviy jihatlarini ham namoyon qilish va rivojlantirishda muhim omil vazifasini o'tab beradi. Shuningdek, u o'quvchining ma'lum bir oraliqdaga o'quv faoliyatini xolisona baholash va undagi sifat o'zgarishlarini aks ettirishning muhim omili vazifasini ham o'tashga xizmat qiladi.

Barcha faoliyat turlari singari ta'lim faoliyati motivatsiyalari ham shaxsda mavjud juda ko'plab quyidagi singari omillar bilan belgilanadi yoki ularga chambarchas bog'liq bo'ladi:

- ta'lim tizimining xarakteri;

- ta'lim muassasasida pedagogik jarayonning tashkil qilinishi;

- ta'lim oluvchilarining o'ziga xos (jinsi, yoshi, bilim darajasi, qobiliyati, o'qish-bilishga bo'lgan munosabati, o'zini baholay olishi, boshqalar bilan hamkorlik qila olish sifatlari) jihatlari;

- o'qituvchi(pedagog) shaxsi va uning o'quvchilarga hamda pedagogik faoliyatga bo'lgan munosabati;

- o'quv fanining o'ziga xosligi.

O'qish motivlari manbalari.

Ta'lim faoliyati ko'pmotivlilik xususiyatiga ega, chunki ta'lim oluvchi o'quvchining faollik manbalari xilma-xil va rang-barangdir.

Pedagogikada faollikning uch manbasi ajratiladi.

- ichki;

- tashqi;

- shaxsiy(xususiy).

TADQIQOT NATIJALARI

Ta'lim faoliyatining ichki manbasiga o'quvchining bilish hamda ijtimoiy (jamiyat a'zolari tomonidan qabul qilingan va e'tirof etiladigan yutuqlarni qo'lga kiritishga bo'lgan intilishi ) ehtiyojlari kiradi.

Ta'lim faoliyatining tashqi manbalari asosan ijtimoiy talablardan iborat. Talablar ijtimoiy odob normalari, muloqot, faoliyat jarayonida jamiyat talablariga amal qilishni taqozo etadi. Jamiyat a'zolarining ta'lim faoliyati jarayonida qiyinchiliklarni yengib o'tish faoliyatini nazarda tutadi. Imkoniyatlar - bu ta'lim jarayonini amalga oshirish bilan bog'liq shart-sharoit (maktab, darslik, kutubxona va boshqalarning mavjudligi) lardir.

Shaxsiy manbalar. Sanab o'tilgan ta'lim faoliyatining faollik manbalari orasida shaxsiy manbalar boshqalariga nisbatan asosiy o'rinni egallaydi. Shaxsiy (xususiy) manbalarning tarkibiga shaxsning qiziqish, ehtiyoj, hamda ta'lim, shuningdek, boshqa faoliyat turlarida ham o'zini namoyon etish, ko'rsatish, o'zligini anglash, jamiyatda o'z o'rnini topishga intilishi bilan bog'liq xatti-harakatlari majmuasi kiradi.

O'quv faoliyatining ichki, tashqi va shaxsiy (xususiy) faollik manbalari uyg'unligi bevosita ta'lim jarayoni sifati va uning yakuniy natijalariga o'zining amaliy ta'sirini ko'rsatadi. Mazkur faollik manbalaridan birining yetishmasligi o'quv motivlari tizimining nomukammalligiga yoki ular tarkibining buzilishiga olib keladi.

O'quv motivlari tasnifi.

Yuqorida zikr etilgan faollik manbalari asosida quyidagi motivlar guruhini ajratib ko'rsatish mumkin:

Ijtimoiy motivlar (ta'limning ijtimoiy ahamiyatini anglash, uning shaxsni rivojlantirish xususiyatiga egaligini bilish, ta'limning dunyoqarashni o'stirish, fikr doirasini kengaytirishning zaruriy sharti ekanligini tushunib yetish va boshqalar). Ijtimoiy motivlar shunday motivlarki, bunda bola ta'limni hayotiy zarurat sifatida anglab yetadi va o'z ustozlaridan rag'bat olishga intiladi.

Ular ta'lim faoliyati jarayonidagi ichki o'quv motivi shakliga xos bo'lmasa-da tabiiy hol sifatida qabul qiladi.

Anglab yetilganlik (bilim olishga bo'lgan qiziqish, qiziquvchanlik, bilish qobiliyatlarini o'stirishga bo'lgan intilish, intellektual faoliyatdan zavq ola bilish va boshqalar).

Shaxsiy (o'zini hurmat qilish, o'rtoqlari orasida ajralib turishga bo'lgan intilish, hurmatga loyiq bo'lgan shaxslarga taqlid, atrofdagilarning e'tiborida bo'lishga bo'lgan intilish singari).

M.V.Matyuxina bular orasidan ikki asosiy motivni ajratib ko'rsatadi.

I. O'quv faoliyatining asosida mavjud motivlar:

1) ta'lim mazmuni bilan bog'liq motivlar: o'quvchini yangi faktlarni bilish-o'rganishga, bilimlarni egallashga, turli vositalar asosida o'rganilayotgan jarayonning tub mazmun-mohiyatini bilish, anglab yetishga yo'naltiradi.

2) o'quv jarayoni bilan bog'liq bo'lgan motivlar: o'quvchida ta'lim jarayonida turli xarakterdagi topshiriqlarni bajarish paytida intellektual faollik namoyish etishga, tafakkur qilish, mushohada yuritish, shuningdek, ta'lim jarayonida topshiriqlarni bajarish chog'ida uchraydigan

qiyinchiliklarni yengib o'tish, ya'ni bolani natija bilan emas, balki ta'lim jarayonidagi faoliyatning qiziqarliligi bilan band qilib qo'yish.

II. Ta'lim faoliyati bilan bevosita bog'liq bo'lmagan motivlar.

Keng ko'lamdagi ijtimoiy motivlar: vatan, jamiyat, ota-ona va pedagoglar oldidagi burch motivlari.

O'zligini anglash motivlari (ta'limning kelajakdagi ahamiyatini his qilish, bo'lajak kasbiy faoliyatga o'zini tayyorlash va b.) va o'z-o'zini takomillashtirish, rivojlantirish ( ta'lim asosida o'z shaxsini kamol toptirish).

Tor doiradagi xususiy motivlar: maqtovga sazovor bo'lish, yaxshi baho olishga intilish, tengqurlari orasida ajralib turish (xotirjamlik va farovonlik motivsiyasi), birinchi o'quvchi bo'lish, o'z tengqurlari orasida munosib o'ringa ega bo'lish istagi (istiqbol motivatsiyasi).

Salbiy motivlar: ota-onasi, o'qituvchilari, tengqurlari orasidagi ko'ngilsizliklardan qochish (ko'ngilsizliklardan qochish motivatsiyasi).

MUHOKAMA

A.K. Markovaning fikriga ko'ra, motivlar sirasiga asosan bilish-anglash hamda ijtimoiy motivlarni kiritish mumkin. Agar ta'lim jarayonida o'quvchilarda o'quv fani mazmunini o'zlashtirishga intilish kuchli bo'lsa, u holda bolada bilish motivlarining mavjudligini e'tirof etish mumkin. Agar o'quvchida fanga nisbatan atrofdagilarga bo'lgan qiziqish ustun bo'lsa, demak, unda ijtimoiy motivlar yetakchi ahamiyat kasb etadi.

Bilish motivlariga bolaning ta'lim jarayonidagi o'zini rivojlantirishga qaratilgan boshqalar bilan hamkorligi, hamjihatligi, noma'lumni, yangilikni bilishga bo'lgan intilishlari nazarda tutiladi.

Yanada kuchliroq tashqi muhit bilan belgilanadigan quyidagi motivlar mavjud:

- ta'limning majburiy xarakterga egaligi;

- ta'lim jarayonining kundalik odatiy holat ekanligi;

- ta'limning shaxsiy manfaatlar omili ekanligi;

- diqqat markazda, e'tiborda bo'lishga intilish.

Ushbu yuqorida fikr yuritayotgan motivlar ta'lim jarayoni natijalari va uning xarakteriga o'zining salbiy ta'sirini ham o'tkazishi mumkin. Ayniqsa, o'quvchining ta'lim motivlari maqtov eshitish yoki moddiy manfaatdorlik asosiga qurilganligi tashqaridan qaraganda yaqqol namoyon bo'lsa bu ta'sir kuchli bo'ladi.

XULOSA

Bugun yuqorida ko'rib o'tilganlarga xulosa qilib shuni aytamanki, o'qituvchining asosiy vazifalaridan biri o'quvchilarning barcha motivlari orasida ichki ta'lim motivatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan bo'lishi muhim ahamiyatga ega. O'qituvchi mahoratli pedagog bo'lar ekan, kamol topayotgan har bir o'quvchi yuksak salohiyatli bo'lib yetishadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ganiyeva, M. (2021 ). Effective Methods of TRIZ.

2. Ganieva, M. A., & Jumaeva, Sh. X. (2018). Formirovanie metodov gruppovoy rabotw s

ucha^imisya ob^eobrazovatelnwx shkol. Voprosw nauki i obrazovaniya, (10 (22)), 149151.

3. Ganieva, M. (2021). VAJNOST ISPOLZOVANIYa "TRIZ" DLYa RAZVITIYa UChENIKI NAChALNOGO KLASSA. Academic research in educational sciences, 2(5), 129-133.

4. Ganieva, M. A., Murodinova, N. R., & Jumaeva, Sh. X. (2018). Trudnosti pri izuchenii mnogoznachnbix glagolov russkogo yazbika ucha^imisya-uzbekami srednix ob^eobrazovatelnwx shkol. Problemw pedagogiki, (3 (35)), 108-109.

5. Kizi, G. M. A., & Kizi, B. L. A. (2018). The diversities in terminology of relationship. Dostijeniya nauki i obrazovaniya, (9 (31)), 22-23.

6. Maftuna, G. (2021). Effective ways to Use Triz (The Theory of Inventive Problem Solving) in Elementary School. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 9, 85-88.

7. Murodinova, N., & Ganiyeva, M. The role of family to develop for perfect person.

8. Tarbiya ota-onalar va murabbiylar uchun ensiklopediya. Tuzuvchi: M.I.Amanov. -T.: O'zbekiston. Milliy ensiklopediyasi. Davlat ilmiy nashriyoti,

9. G'aniyeva, M. (2021). BOSHLANG'ICH SINF DARSLARIDA TRIZ (IXTIROCHI MASALALARINI HAL QILISH NAZARIYASI) DASTURINI QO'LLASHNING SAMARALI USULLARI. Scientific progress, 2(5), 108-112.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.