Научная статья на тему 'O‘QUVCHI YOSHLARNI OILAGA NISBATAN MA’NAVIY-AXLOQIY VA QADRIYATLI MUNOSABATLARGA TAYORLASH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH'

O‘QUVCHI YOSHLARNI OILAGA NISBATAN MA’NAVIY-AXLOQIY VA QADRIYATLI MUNOSABATLARGA TAYORLASH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

180
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oila / ma’naviyat / madaniyat / odob-axloq / qadriyat / o‘quvchi yoshlar / ota-ona / umuminsoniy qadriyatlar.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Oxunjon Murodjonovich Xaydarov

Maqolada o‘quvchi yoshlarni oilaga nisbatan ma’naviy-axloqiy va qadriyatli munosabatlarga tayorlash jarayonlari va bu jarayonlarni tadbiq etishdagi muammolari muhokama qilingan. Undan tashqari bolalarni tabiat bilan tanishtirishda oila, ota-ona, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning muhim o‘rni taqqosiy o‘rganilgan va tahlil qilingan. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda oila, ota-ona, milliy va umuminsoniy mexanizmlarini takomillashtirishning muhim o‘rni ko‘rib chiqishga alohida e’tibor qaratiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHI YOSHLARNI OILAGA NISBATAN MA’NAVIY-AXLOQIY VA QADRIYATLI MUNOSABATLARGA TAYORLASH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH»

O'QUVCHI YOSHLARNI OILAGA NISBATAN MA'NAVIY-AXLOQIY VA QADRIYATLI MUNOSABATLARGA TAYORLASH MEXANIZMLARINI

TAKOMILLASHTIRISH

Maqolada o'quvchi yoshlarni oilaga nisbatan ma'naviy-axloqiy va qadriyatli munosabatlarga tayorlash jarayonlari va bu jarayonlarni tadbiq etishdagi muammolari muhokama qilingan. Undan tashqari bolalarni tabiat bilan tanishtirishda oila, ota-ona, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning muhim o'rni taqqosiy o'rganilgan va tahlil qilingan. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda oila, ota-ona, milliy va umuminsoniy mexanizmlarini takomillashtirishning muhim o'rni ko'rib chiqishga alohida e'tibor qaratiladi.

Kalit so'zlar: oila, ma'naviyat, madaniyat, odob-axloq, qadriyat, o'quvchi yoshlar, ota-ona, umuminsoniy qadriyatlar.

Xalqimiz tarixan azal-azaldan milliy qadriyatlari va o'ziga xos ma'naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda oila deb ataluvchi muqaddas bo'inga tayanib kelgan. Oilaning mustahkamligi, uning bugungi kundagi zamonaviy davrda milliy qadriyatlarni saqlagan holda oilada ma'naviy muhitning milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg'unligini ta'minlash albatta hozirgi zamonaviy jamiyatning eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu boyizdan ham, oilaning mustahkamligi, unda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning qaror topishini ta'minlashda davlatimizning asosiy hujjatlarida o'z aksini topgan.

Oila maskani o'quvchi yoshlarni murg'ak vujudi va qalbiga eng pokiza tuyg'ularning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Darhaqiqat, tarixdan ma'lumkiy milliy urf-odat va an'analarimizni yosh avlod ongiga singdirishda, ularni mehr-oqibatli insonlar qilib tarbiyalashda sog'lom oila muhiti muhim o'rin kasb etadi. Oddiy qilib aytganda, oila azalazaldan farzandlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalovchi maskan bo'lib kelgan.

Zero, har birimizni ota-onmiz oilaga nisbatan ma'naviy-axloqiy insonlar qilib tayorlagan va mislsiz muhabbat, beminnat non-tuzi bilan siylagan volida-yu padarimiz oldida bir umr qarzdormiz shu boyizdan biz

Oxunjon Murodjonovich Xaydarov

Qo'qon davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

ANNOTASIYA

ham o'quvchi yoshlarni oilaga nisbatan ma'naviy-axloqiy va

June 3

qadriyatli insonlar qilib tayorlash hamda voyaga yetgazishga ajralmas majburiyatini olganmiz.

Jonajon Respublikamizning jahon hamjamiyati tomonidan e'tirof etilishi, yurtimizning jadal ichki va tashqi siyosiy-iqtisodiy faoliyati xalqimizning ma'naviy qadriyatlari va salohiyatini yuqori darajada ko'tarilishiga qo'shimcha turtki bo'ladi. Hozirda biz yurtimizning ma'naviy yuksalishining keng jozibalanishiga guvoh va ishtirokchilari bo'lib kelmoqdamiz. Respublikamizda amalga oshirilayotgan o'zgarishlar nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy-madaniy hayotimizning turli jihatlariga, balki zalqlarning, ayniqsa, o'quvchi yoshlarnining shuuriga ham o'zining katta ta'sirini ko'rsatmoqda. Mazkur davlatimizning keng qamrovli in'omidan kelib chiqqan holda, ma'naviy sog'lom o'quvchi yoshlarni tarbiyalash ustuvor, davlat ahamiyatiga molik vazifasiga aylanmoqda. Shu sababdan o'quvchi yoshlarni oiladorlikga tayyorlash mazmunini tahlil qilib, bugungi kunda ma'naviy-axloqiy yoshlarni oilaga nisbatan ma'naviy-axloqiy va qadriyatli munosabatlarga tayorlash mexanizmlari eskirganligi va yangi mexanizmlarni ishlab chiqish masalalari hal etilmay qolmoqda.

Oila deb ataluvchi muqaddas maskanning jamiyat va ijtimoiy hayotdagi o'rni shu oila tarbiyachisi hisoblanmish biz musulmon yurt oilalarida asosan ayollar belgilangan. O'quvchi yoshlarni oilada tarbiyachisi sanalgan ana uning ongi, tafakkuri oilada shakllanib, milliy qadriyatlarning ilk tushunchalari bilan birgalikda ulg'ayib voyaga yetgan oilada tarkib topadi. Yuqoridagi faktlarni nazarda tutgan holda, oilada onaning ma'naviy-ruhiy odobi, namunali xulq-atvori, yaxshi tarbiya ko'rganliklari, bolaga tarbiya berishdagi tajriba va talabchanliklari bolalarning yoshligidanoq odobli bo'lib o'sishida muhim o'rin tutadi. Bunda ayniqsa, onaning roli va vazifasi juda muhim. Tarbiyachi onalar o'z bolasi oldida uning kelajagi uchun bevosita mas'uliyatini, javobgarligini ham aqlan, ham ruhan his etishi lozim. Ona eng avvalo bola tarbiyasi bilan bog'liq bilimlarni egallagan bo'lishi, sabr-toqatli, saranjom-sarishta, ilmli, farosatli va fidoyi qalb fazilatlarga ega bo'lishi zarur. Ona o'z mehrini, qalb-qo'rini to'g'ri singdira olsagina bolaning kelajakda komil inson bo'lib tarbiya topishiga imkon yaratiladi. Ba'zan onalarning e'tiborsizligi, farzandlariga to'g'ri tarbiya bera olmaslik tarbiyada nuqsonlarni keltirib chiqaradi. Bu xususda Rizouddin Ibn Faxruddinning quyidagi fikrlarini keltirish o'rinlidir: "Bolalarga tarbiya bera olmagan xotindan foyda o'rniga katta zararlar ko'rilur. Bunday xotinlar xalq orasida vabo urug'laridan zararli bo'lgan insonlar yetishtirur". Haqiqatan ham, bunday onalar xalq uchun, jamiyat uchun zararli bo'lgan insonlarning yetishib chiqishiga sababchi bo'ladilar.

Bunday oilalarda tarbiya topgan farzandlar kelajakda oilasiga,

June 3

mahallasiga, jamiyatga moddiy va ma'naviy ziyon yetkazadi va ko'plab ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi. Bularning oldini olish uchun esa onalaming bola tarbiyasidagi tarbiyaviy imkoniyatlarini o'stirish va yanada takomillashtirish hamda pedagogik bilimlarni singdirish lozim.

Yurtimiz oilasida onalarning donoligi, turmush o'rtog'lari bilan munosabatda bosiqligi, nazokati, shirinso'zligi, ziyrakligi, keskin vaziyatni anglab, nizolarning oldini ola bilishi, bolajonligi bilan qadrlanadi. Oilada muhitni ko'pincha onalar va oilanining boshqa ayollari belgilaydi. Ayol johil erni ham to'g'ri yo'lga solib ro'zg'orga fayz-u baraka, osoyishta muhit, pokizalik baxsh etadi. Er oilani iqtisodiy ta'minlashdan tortib, barcha og'ir yumushlarni bo'yniga olar ekan, ayol zimmasiga ovqat pishirishdan tortib, bola parvarishigacha bo'lgan juda nozik vazifa talab qiladigan ishlar tushadi va bajarishni o'z burchi deb biladi. O

Xalqimizda qiz bolani go'zal axloqli qilib tarbiyalash oilaning muhim vazifasi hisoblangan va bu an'ana sifatida avloddan avlodga o'tib kelayongan jarayondir. Qiz farzand yoki xotin tomonidan qilingan noo'rin harakat nafaqat oila a'zolari, balki o'zbek jamiyati tomonidan ham qoralangan. Maishiy turmushga oid an'analar juda tor ma'noga ega bo'lib ko'rinsa-da, xalqning milliy xarakteri, madaniyat darajasi, turmush sharoitlariga jiddiy ta'sir etishi mumkin. Shu bilan birgalikda, kiyinish madaniyati va pazandachilikka xos bo'lgan an'analar, turli marosimlar, to'yhashamlar bilan bog'liq bo'lgan an'analar ham shunday ta'sirchandir. Xususan, bu an'analar oilada farzandlarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda muhim vosita sifatida xizmat qilib keladi. Ayniqsa, insonparvarlik an'anasi o'ziga xos o'rni va fazilat kasb etib, sharqona tarzda namoyon bo'ladi. Masalan, bu ota-onasiz yetim bolalarni asrab olish, ularga oliy insoniylik g'amxo'rlik ko'rsatish, ota-onalik mehru muhabbati bilan parvarish qilib, kasal va xastalarni borib ko'rish, ko'ngli o'ksik yetimlarga g'amxo'rlik qilish, azador oilalarga ta'ziya bildirish kabilarda ko'rinadi. Bunday o'ziga xoslik an'analarni boshqa jamiyat xalqlarda uchratish qiyin.

Amur Temur o'zining "Tuzuki Temuriy" asarida shunday yozadi: "O'g'illarim, nabiralarim va yaqinlarimni uylantirmoq tashvishida kelin so'rmoqqa e'tibor berdim. Bu ishni davlat ishlari bilan teng ko'rdim. Kelin bo'lmishning nasl-nasabi, yetti pushtini surishtirdim. Xos odamlar orqali sog'lik-salomatligini, jismonan kamolotini aniqladim. Kelin bo'lmishning nasl-nasabi, odob-axloqi, sog'lom va baquvvatligi bilan boshqa qusurlardan xoli bo'lsa, el-yurtga katta to'y-tomosha berib, kelin tushirdim".

Azaliy ma'lumki, qizlarning o'smir yoshi eng mas'uliyatli davr hisoblanadi. O'smirlik davrida qizlar ham o'g'il bolalar

June 3

236

singari o'z fe'l-atvoriga, o'z nuqtayi nazariga ega bo'ladi, atrofida sodir bo'layotgan voqea-hodisalarga o'zicha baho bera boshlaydi, katta yoshlilarning o'zaro munosabatlari va bir-birlariga muomalalarini ko'rib, kuzata boradi, o'zicha fikr-mulohaza yuritadi, organizmdagi fiziologik o'zgarishlar esa uning ruhiyatiga ham ta'sir etadi.

O'smirlik yoshida paydo bo'lgan nuqsonlar keyinchalik butun umrga saqlanib qolib, u ham jamiyat va oila ma'naviyatiga salbiy ta'sir etishi mumkin. Shuning uchun ham o'smirlarni, ayniqsa, qizlarni, oilaviy hayotga ma'naviy tayyorlash muhim pedagogik muammo sanaladi (1-rasm).

Oilada qizlarni tarbiyalashda quyidagi masalalarga e'tibor berishimiz lozim

ekan:

v_J

1) odob-axloq, sharm-hayo, ibo, muloyimlik, yurish-turish, kiyinish madaniyati, tejamkorlik, sabrchidam masalalarida tushuncha berib borish, ortiqcha erkalatmaslik, ranjitmaslik, yomon so'zlar bilan haqoratlamaslik;

V v

4) qiz bolani san'atga, borishdan iborat deb o'ylaymiz.

adabiyotga, shariatga havasini orttirib

1-rasm. Oilada qizlarni tarbiyalashda e'tibor berishimiz lozim bo'lgan masalalar masalalar

Oilada qizlarni har jihatdan yetuk qilib tarbiyalash ancha murakkab ish hisoblani. O'zloigimizning eng ajoyib milliy an'analari oilada qiz bolalarni har tomonlama tarbiyalashda hayot maktabi bo'lib xizmat qilmoqda.

Avlodlardan ajdodlarga qolayotgan qimmatli urf-odatlarimiz merosi sifatida ulardan muntazam foydalanishga yordam beradi.

Xulosa qilib o'quvchi yoshlarni oilaga nisbatan ma'naviy-axloqiy va qadriyatli munosabatlarga tayorlashda onalarni rolini oshirish bu asosiy takomillashtirilishi kerak bo'lgan mexanizmdir. Shuning uchun milliy qadriyatlarimizni anglash muhim bo'lgan hozirgi zamonda

June 3

237

oila deb ataluvchi qo'rg'onimiz a'zolari o'quvchi yoshlarni axloqiy shakllantirish, ularga avlodlardan ajdodlarga qolayotgan qimmatli urf-odatlarimizdagi mavjud bo'lgan odob-axloq qoidalarini, sharqona udumlarimizni o'rgatishimiz zarurdir. Zero tarbiyasi haqidagi bilimlarga ega bo'lmoq va ajdodlarimiz qoldirgan manbalardan tarbiya vositasi sifatida foydalanish lozim.

REFERENCES

1. Амир Темур. Тузуки Темурий. - Б. 7-8.

2. Каримова В. Оила химояси давлат сиёсатининг устувор йуналиши // HUQUQ BA BURCH. - №5. - Тошкент, 2007. - Б. 31.

3. Кадирова А. Т. Усмирларда оилавий низолар тугрисида ижтимоий тасаввурларнинг шаклланиши. Психол. фан. ном. дис. - Тошкент: 2007. -Б. 36.

4. Akramova F.A. "Oilada sog'lom psixologik muhitni yaratishning ijtimoiy-psixologik asoslari". O'quv qo'llanma. - Toshkent, 2014.

5. Николаева С.Н. Воспитание экологической культуры в дошкольном детстве.

- Москва, 1995.

6. Николаева С.Н. Экологическое воспитание дошкольников. - Москва, 1998.

7. Рйижива Н.А. Экологическое образование в дошкольных учреждениях: теория и практика: 2000.

8. Торохтий Б.С. Психология социальной работы с семьей. - Москва. 1996. Т. 3.

- С. 224.

9. Николаева С.Н. Экологическое воспитание дошкольников: Пособие для специалистов дошкольного воспитания. - Москва, 1998.

10. Ortiqov N. Ma'naviyat: milliy va umuminsoniy qadriyatlar. - Toshkent: "O'zbekiston", 1997. - B. 48.

11. Шоумаров Г.Б. Оила психологияси. - Тошкент, - Б. 151.

12. Sodiqova Sh. A., Rasulxo'jaeva M. A. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi. - Toshkent. Fan va texnologiya, 2012.

13. Nuriddinova M.I. Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi. - Toshkent: Cho'lpon,

2005.

June 3

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.