Научная статья на тему 'OILADA FARZAND TARBIYASI DAVLAT SIYOSATIDAGI USTIVOR MUAMMO SIFATIDA'

OILADA FARZAND TARBIYASI DAVLAT SIYOSATIDAGI USTIVOR MUAMMO SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
475
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
davlat / tarbiya / milliy / qadriyat / ma’naviy ma’rifiy / oila / jamiyat / qarindoshlar / do‘stlar / bolalar

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Muxsiyeva Aziza, Sultonova Sahobar

Ushbu maqolada oilada farzand tarbiyasining davlat siyosatidagi ustivor masalalardan biri sifatida ekanligi, milliy qadriyatlarimizni rivojlantirishning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati, oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish, oilaning ijtimoiy manfaatlarini ta‘minlash, oila va qadriyatlarning abadiy bir-biri bilan chambarchas bog‘langanligi bayon etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OILADA FARZAND TARBIYASI DAVLAT SIYOSATIDAGI USTIVOR MUAMMO SIFATIDA»

OILADA FARZAND TARBIYASI DAVLAT SIYOSATIDAGI USTIVOR MUAMMO SIFATIDA

Muxsiyeva Aziza

Nizomiy nomidagi TDPUPedagogika kafedrasi dotsenti p.f.d.

Sultonova Sahobar 2-kurs magitfranti

Annotasiya:Ushbu maqolada oilada farzand tarbiyasining davlat siyosatidagi utfivor masalalardan biri sifatida ekanligi, milliy qadriyatlarimizni rivojlantirishning ma'naviy-ma'rifiy ahamiyati, oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish, oilaning ijtimoiy manfaatlarini ta'minlash, oila va qadriyatlarning abadiy bir-biri bilan chambarchas bog'langanligi bayon etilgan.

Kalit so'zlar: davlat, tarbiya, milliy, qadriyat, ma'naviy - ma'rifiy, oila, jamiyat, qarindoshlar, do'tflar, bolalar.

Annotation:In this article, it is tfated that family-oriented child education is one of the priority factors in tfatepolicy, the spiritual and educational importance of developing our national values, improving the legal foundations of family relations, ensuring the social interetfs of the family, and the fact that family and values are forever closely connected with each other.

Keywords: tfate, education, national, value, spiritual - educational, family, society, relatives, friends, children.

Аннотaция:Вданнойстатъеконстатируется, чтосемейно-ориентированное воспитание детей является одним из приоритетных факторов государственной политики, духовно-воспитателъное значение развития наших нatsiоналъных ценностей, совершенствования правовых основ семейных отношений, обеспечения социальных интересов семъи, и то, что семъя и ценности навсегда тесно связаны друг с другом.

Ключевые слова: государство, воспитание, нatsiоналъное, ценностное, духовно-воспитателъное, семъя, общество, родные, друзъя, дети.

Mamlakatimizda ijtimoiy- iqtisodiy va ma'naviymadaniy jabhalarda amalga oshirilayotgan tub islohotlar jarayonida oila masalasiga e'tibor davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Albatta bu bejiz emas, chunki porloq ertamiznnng tamal toshlari oilada qo'yiladi. Vatanimiz mu^aqilligmmg qisqa davri ichida oila, onalik va bolalikni huquqiy manfaatlarini qonuniy muxofaza qilish, fu qarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, oilaning ijtimoiy-i qtisodiy manfaatlarini ta'minlash, uy mehnati va madaniy-maishiy turmush sharoitini yaxshilash, oilaning ma'naviy-ahlo qiy asoslarini takomillashtirish, ko'p bolali, kam ta'minlangan, nochor oilalarni, nogironlarni, qarovchisiz keksalar, yolgizlarni, yetim-yesirlarni ijtimoiy qo'llab quvvatlash, oilada ma'naviy va jismoniy barkamol shaxsni shakllantirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshiriladi. Darhaqiqat, oila a'zolarining huquqiy savodxonligi

va ma'naviy madaniyatini shakllantirish; har tomonlama soglom turmush tarzini qaror toptirish; oilaning ijtimoiy va iqtisodiy bar qarorligi, farovonligiga erishish; oilada tadbirkorlikni keng yo'lga qo'yish; nogironlikning turli ko'rinishlarini oldini olish chora-tadbirlarini belgilash; oilada komil insonni tarbiyalash; yoshlarni umuinsoniy va milliy qadriyatlar mushtarakligida mu&aqil hayotga tayyorlash tizimini yaratish va amalga oshirish zamirida oila masalalari bilan shugullanuvchi mutasaddi davlat va jamoat tashkilotlari, oila, mahalla, maktab va jamoatchilik hamkorligini mu&ahkamlash; oilada soglom psixologik muhit yaratish zamirida oilada ba'zan uchray digan jinoyatchilik, nikohning bekor qilinishi, giyohvandlik, nosoglom e'ti qod, maishiy nopoklik, axlo qsizlikning turli ko'rinishlarga yo'l qo'ymaslik kabi masalalar bugungi kunda oilalarni jamiyat talablari darajasida shakllanishi uchun zamindir. Mamlakatimizda adolatli, huquqiy, demokratik jamiyat qurish jarayoni shaxdam qadamlar bilan borayotgan bir sharoitda qonun u&ivorligini ta'minlash zamirida oila a'zolarining huquqiy madaniyatini shakllantirish oila manfaatlarini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan u&ivor yo'nalishlaridan biriga aylanib qoldi.

O'zbeki&on Respublikasi Prezidentining "Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2021-yil 5-martdagi PQ-5020 sonli qarorlaridagi huquqiy hujjatlarning mohiyatini chuqur anglash hamda o'z faoliyatlari jarayonida amal qilishga erishish jamiyatning huquqiy savodxonligini oshirishning garovidir. Buning uchun oilaning turli qatlamli a'zolari huquqiy ongi va dunyo qarashi darajasini o'&irish mexanizmini yaratish va amaliyotga keng tadbi q etish zarur.

Mamlakatimizda oila huquqlari xalqaro huquq normalariga mos ravishda muhofaza etilmo qda. Mu&a qillik yillarida hukumatimiz tomonidan oila-nikoh munosabatlari, xotin-qizlar va bolalar huquqlari bo'yicha xalqaro hujjatlar va deklaratsiyalarining ratifikatsiya buning yaqqol namunasidir. Jumladan,Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi (BMT Bosh Assambleyasining 1948 yil 10 dekabrdagi 217 A(Sh) rezolyutsiyasi), Xotin- qizlarning siyosiy huquqlari to'g'risidagi konvensiya (BMT Bosh Assambleyasining 1952 yil 20 dekabrdagi 640-son rezolyutsiyasi), Bir xil qiymatdagi ish uchun erkaklar va xotin-qizlarga teng ha q to'lash to'g'risidagi (100) Konvensiya (XMT Bosh Konferensiyasining 34- sessiyasida 1951 yil 29 iyunda qabul qilingan), Onalikni ximoya etishga qaratilgan (103} konvensiya (Jeneva, XMT tomonidan 1952 yil 28 iyunda qayta ko'rib chi qilgan), Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya (BMT 43 Bosh Assambleyasi tomonidan 1989 yil 20 noyabrda), Fu qarolik huquqlari va siyosiy huquqlar to'grisidagi xalqaro pakt (BMT Bosh Assambleyasining 1966 yil 16 yanvardagi 2200- rezolyutsiyasi), Xotin- qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllarini tugatish to'g'risidagi Konvensiya (BMT Bosh Assambleyasining 1979 yil 18 dekabrdagi 34, 180-son rezolyutsiyasi), Bolalarning yashashini, himoyalanishini va rivojlanishini ta'minlash to'g risidagi umumjahon Deklaratsiyasi, boshsa mamlakatlarga bolalarni ug irlab ketishning fu qarolik jixatlari to'g'risidagi Gaaga konvensiyasi (Gaaga 1980 yil 25 oktyabr), 1995 yilda Pekinda 4-Butunjahon xotin-qizlar konferensiyasida qabul qilingan xotin- qizlarning axvoli bo'yicha asosiy harakatlar da&uri mamlakatimizda oila, onalik va bolalikni xalqaro huquq normalariga mos holda muhofaza qilish borasidagi da&labki

muhim qadamlardir, ma qsad har bir fu qaroning, har bir oila a'zosining huquqlarini himoya etilishini xalqaro huquq normalari doirasida yo'lga qo'yishga erishishdir.

Oila a'zolarining huquqiy savodxonligi uning huquqiy himoya qilinishi huquqiy jamiyat barpo etishning negizidir. Buning zamirida: - aholi, shu jumladan, oila a'zolarining yosh taba qalarga mos huquqiy bilim berish da^urlarini yaratish, huquqiy ong va tafakkurini shakllantirishning samarali shakl va metodlarini ani qlash, bu borada noan'anaviy ta'lim-tarbiya usullaridan keng foydalanish; -o'quv yurtlari, idora va tashkilotlarda huquqiy mavzuni yorituvchi burchaklar, xonalar tashkil etish, huquqiy bilim kunlari o'tkazish, radio o' quvlari uyushtirish; -huquqiy mavzuga bagishlangan ommabop risolalar, gazeta va jurnal ma qolalari, mutaxassis maslaxatlarini chop etishni kuchaytirish, ruknlar rang-barangligiga erishish; - oila huquqi bo'yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish; -joylarda baxt va nikoh uylari qoshida bo'lajak kelinkuyovlar uchun maxsus o' quv kurslari, «Oila» klublari, «huquqiy maslahat» telefonlari tashkil etish va targibottashvi qot guruxlarini tayyorlash; -oilalarda huquqiy bilim berishni takomillashtirishga yordam beruvchi sotsiologik tad qi qot ishlari olib borish va uning natijalari asosida metodik tavsiyalar ishlab chi qish va amaliyotga keng tadbi q, etish, bu borada huquqni muhofaza qilish tashkilotlari bilan bosh qa mutasaddi davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini mu^ahkamlash kabi masalalarga alohida e'tibor berish yotadi. Jamiyatda yuz beradigan barcha o'zgarishlar oilaga, oiladagi ma'naviy muhit, uning ijtimoiy-i qtisodiy, madaniy darajasi esa jamiyatning ijtimoiy-i qtisodiy va ma'naviy tara q qiyotiga ta'sir qiladi. har bir davrning uz dardi, talabi va ehtiyojlari buladi. Mu^a qillik odamlar va jamiyat takdiriga ta'llu qli juda kup jumbo qlarni yechib tashlash bilan barobar ma'naviyatimizning qator muammolarini kundalang qilib qo'ydi. Ayni qsa, axlo q-odob masalalari katta ahamiyat kasb etib qoldi. Buning sabablari ko'p: bir tomondan, inson deb atalmish hayot gultojisiga bo'lgan munosabat o'zgardi, uni azaliy va abadiy pok ma'naviyat yuliga qaytarish rejalari tuzila boshlandi; katta yoki kichik, yaxshi yoki yomon, ilg'or yoki johil millat bo'lmasligi, yomonlikning millati-yu, yaxshilikning chegarasi yu qligiga qanoat hosil qildik: Inson o'z millati an'analari va umumbashariy qadriyatlar asosidagina kamolotga erishishi qogozda emas, amalda tan olindi; ikkinchidan, soxta baynalmilalchilik, qogozdagi xal qar do'^ligi goyalari odamlar orasida uzo q, zamonlardan buyon shakllanib, rivojlanib kelayotgan birodarlik tuygulariga rahna solib quygani, odamlarning millat ajratmasligi uchun, bir-biriga mehrli-o qibatli bo'lishi uchun urush yoki qahatchilik, zilzila yoki tabiiy ofatlarni boshidan kechirishlari shart emasliti, ijtimoiy adolat o'rnatilgan joyda xal qlar va millatlarning chin insoniy fazilatlari gurkirab unishiga ishonch hosil qila boshladik.

Ozbek xonadonlarida asrlar mobaynida hukm surib kelayotgan ertalabki kelin salom, kelinlarning barva qt turib hovli va darvoza oldilarini supurib-sidirib kuyishlari va keksa qaynonaqaynotalarga nonushta tayyorlab, tavoze bilan choy uzatishlari milliy ma'naviy qadriyatlarimizga yor qin misol emasmi? Ya qinda bir oilaviy janjalga guvox, buldim. Kuyovning o'ta inji q va tirno q ichidan kir qidirish odatlarini bir yoqqa qo'yib, yoshgina umr yo'ldoshi oldiga qo'yayotgan talablarga qulo q tutilsa, uning gaplarida ham jon borligi sezildi. Uning xotiniga e'tirozlari kuyidagicha edi: «Ertalab ishga ketayotganimda «yaxshi boring», kech qurun xizmatdan qaytsam, «yaxshi keldingizmi?» demaydi. Biror qarindosh-

ururlarim kelsa «xush kelibsizlar», ketishayotganda «yaxshi boringlar» demaydi. Piyolaga choy quyib uzatmaydi, har kimning oldidagi piyolaga sharillatib choy kuyadi. Shimlarimga va qtida dazmol urilmaydi, o q ko'ylagimning yirtilgan joyini sari q yp bilan chatib quyibdi» va hokazo. Ana shu sabablar bahona yigit yosh bolali xotinini uydan haydab yuborish arafasida ekan. Ikki tomonga nasihatlar qilindi. Yigitning inji qligi, noo'rin gumonsirashi, «erkakcha» muomalasi, uy-ro'zror ishlariga aralashmasligi aytib o'tildi. Rus maktabini bitirgan kelin tabiatidagi ayrim sifatlar ham kursatildi. Biror jiddiy sababsiz buzilish oldida turgan oila mahalla o qso qollari aralashuvi bilan sa qlab qolindi. Kattalarning aqlli maslahati yoshlarga malxamdek zarur. Agar ona «xudoye hovlisi qursin, seni ularga churilikka bermaganman, saharda turma, sen borguncha kim supurgan bo'lsa ushalar supuraversin, o'rgatib quyma, ov qat qilishniyam bo'yningga olma, qayno-nang ulgur jodugar, onamnikiga boraman desang togorada bir nima pishirib ham bermabdi, qurumsoq» singari ' gaplarni qizining quloriga quysa, kelin tushgan xonadoniga mehr quyarmidi?! Mayda gaplar tuplanib, butun oila parchalanib ketadi.

Farzand - oilaning quvonchi, ota-onaning tayanchi, jamiyatning hayotbaxsh kuchi. Buyuk uzbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy bolani «mexri anbar» - uyni yoritadigan va oilaga baxt-kuvonch keltiradigan nur deb xisoblagan edi. Farzand umr mevasi, oila faxri, kelajagi, baxtidir. Ammo tarbiya nixoyatda mashakkatli ish bulib, ota-onalar bolalar tarbiyasida xar doim xam i^agan natijalariga erishavermaydilar. Xayotining birinchi yilidan boshlab bola shaxsini shakllantirish, ya'ni uning tarbiyasi bilan shugullanish oilaning asosiy vazifasidir. Oila jamiyatning boshlangich bugini bulib, unda yangi inson vujudga kelad; bu kichik ijtimoiy gurux bola uchun da^labki xayot maktabidir.Ota-onalar bolaning birinchi ukituvchisi va tarbiyachisidirlar.

Alisher Navoiy bolalar oilada va maktabda imtizomli bulishlari va uzlarining odobli ekanliklarini kursatishlari kerakligini xam ta'kidlab utgan edi. Navoiy tarbiya usuli sifatida namuna kursatishga aloxida e'tibor berar va kishilarni, ayniksa yoshlarni yaxshi kishilardan urganishga, ulardan ibrat olishga, ularning davrasida bulish, ular bilan tez -tez suxbatlashishga chakirar edi. U bola tarbiyasida ota-onalarning ibrati tugris Farzand ato kullugin chu odat kilgay, U odat ila kasbi saodat kilgay, har kimki atoga kup rivoyat kilgay, Uglidan anga bu ish siroyat kilgay.

Ma'naviy va jismoniy barkamol avlodni tarbiyalash - faqat milliy extiyojgina emas, balki umumdavlat ahamiyatiga molik masala - ko'pmillatli Vatanimizda tugilib o'sgan, tomir yoygan barcha qardosh xalqlar uchun birday ezgu murod maqsaddir. Bu nuqtada milliy va umuminsoniy qadriyatlar, boy ma'naviy merosimizning eng yaxshi an'analari hamda shakllanib kelayotgan yangi udumlar birlashadi, tarbiyaning qudratli omiliga aylanadi.

FOYDALANÍLGAN ADABÍYOTLAR:

1. Yo'ldoshev J.O'. Ta'lim yangilanish yo'lida. T. O'qituvchi. 2000.

2. Xasanboyeva O. «Oilada ma'naviy-axloqiy tarbiya asoslari» T., "G'afur G'ulom" nashriyoti, 1998y.

3. Klochko V.E. Qadriyatlarni axloqiy tarbiya mexanizmi sifatida shaxslashtirish // Talaba shaxsining axloqiy asoslarini shakllantirish yo'llari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.