Научная статья на тему 'QADRIYATLAR ASOSIDA O'QUVCHILARINI IJTIMOYILLASHTIRISHDA «ODOB AS-SOLIHIN» ASARINING O’RNI'

QADRIYATLAR ASOSIDA O'QUVCHILARINI IJTIMOYILLASHTIRISHDA «ODOB AS-SOLIHIN» ASARINING O’RNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

531
143
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Odob assolihin / ijtimoyillashtirish / odob-axloq / suxbatlashish odobi / uxlash odobi / salomlashish odobi / musibat odobi / Etiquette / socialization / etiquette / conversation etiquette / sleep etiquette / greeting etiquette / etiquette

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Dilorom Nomonova Abdullayeva

Ushbu maqolada Muhammad Sodiq Qoshg‟riyning «Odob assolihin» asarining hozirgi kunda yoshlar tarbiyasidagi tarbiyaviy ahamiyati xaqida fikr yuritiladi. Asarning tarbiyaviy ahamiyatiga doir bo‟lgan qismlari misol tariqasida sharxlanadi. Adibning quyidagi asari hozirda ham o‟z mohiyatini yo‟qotmagan va odobnoma qo‟llanmasi sifatida qo‟llash mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses the educational significance of Muhammad Sadiq Qashqri's work "Odob as-Salihin" in the education of young people today. Parts of the work related to educational value are commented on as examples. The following work of the author has not lost its essence and can be used as a guide to etiquette

Текст научной работы на тему «QADRIYATLAR ASOSIDA O'QUVCHILARINI IJTIMOYILLASHTIRISHDA «ODOB AS-SOLIHIN» ASARINING O’RNI»

QADRIYATLAR ASOSIDA O'QUVCHILARINI IJTIMOYILLASHTIRISHDA «ODOB AS-SOLIHIN» ASARINING O'RNI

Dilorom Nomonova Abdullayeva

QDPIning Fakultetlararo pedagogika va psixologiya kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Muhammad Sodiq Qoshg'riyning «Odob as- solihin» asarining hozirgi kunda yoshlar tarbiyasidagi tarbiyaviy ahamiyati xaqida fikr yuritiladi. Asarning tarbiyaviy ahamiyatiga doir bo'lgan qismlari misol tariqasida sharxlanadi. Adibning quyidagi asari hozirda ham o'z mohiyatini yo'qotmagan va odobnoma qo'llanmasi sifatida qo'llash mumkin.

Kalit so'zlar: Odob as- solihin, ijtimoyillashtirish, odob-axloq, suxbatlashish odobi, uxlash odobi, salomlashish odobi, musibat odobi.

ABSTRACT

This article discusses the educational significance of Muhammad Sadiq Qashqri's work "Odob as-Salihin" in the education of young people today. Parts of the work related to educational value are commented on as examples. The following work of the author has not lost its essence and can be used as a guide to etiquette.

Keywords: Etiquette, socialization, etiquette, conversation etiquette, sleep etiquette, greeting etiquette, etiquette.

Kundan-kunga rivojlanib, sayqalanib borayotgan dunyo madaniyati shuni o'rsatadiki hech bir millat madaniyati va an'analari , urf-odat , qadriyatlari o'z-o'zidan vujudga kelgan emas. Xar bir xalqning buguni va yashash tarzi uning o'tmishdagi moddiy va ma'naviy merosi bilan uzviy bog'langandir . Ana shunday xalqimizning ma'naviy meroslaridan biri bu Muhammad Sodiq Qoshg'ariyning «Odob as- solihin» asaridir. Asarni chinakam manoda odobnoma darsligi sifatida o'qish va ta'lim-tarbiya jarayonida axloqiy manba, sifatida har bir sinfda tarbiya fani tarkibiga kiritish mumkinligi uning qadr -qimmatini oshiribgina qolmasdan balki, hozirda ham o'z mohiyatini davr va zamon talabiga ko'ra saqlab qolganidadir. Mazkur asarning nomi va mazmunidan ham anglanib turilganidek, unda ilgari surilgan g'oyalar insonning hayoti davomida zarur ahamiyat kasb etuvchi xulq-odob qoidalari xususida kishilar, shu jumladan, yoshlarga muayyan darajada ma'lumotlar berishga xizmat qiladi. «Odob as-solihin» asarida ijtimoiy hayot hamda kundalik turmushda har bir inson tomonidan qat'iy amal qilinishi zarur bo'lgan zohiriy (tashqi) va botiniy (ichki) odob va axloq qoidalari, ularning ijtimoiy

April, 2022

205

ahamiyati, yoshlar tarbiyasini yo'lga qo'yishdagi o'rni va roli borasida batafsil so'z yuritiladi.

Asarda ilgari surilgan asosiy g'oya - insonlarning ijobiy xulq-atvorga ega bo'lishlari jamiyatda ruhiy xotirjamlik va moddiy farovonlikni qarortoptiruvchi asosiy omil ekanligini asoslashdan iboratdir. Alloma mazkur g'oya mohiyatini sharhlar ekan, inson odob-axloq qoidalarini egallay olmasa hamda ijobiy xulq-atvori bilan muadab (odobli) va muzazzab (toza) bo'lmasa, nafaqat o'zi, balki butun dunyoga yomonlik tarqatadi degan qarashni ilgari suradi.

Uxlash qoidasi sifatida esa, uxlash oldidan eshiklarni mahkamlab yopish, idishlarning og'zini berkitish, o'rnidagi ko'rpa-to'shaklarni bir bora qoqib yozish, o'choqdagi olovni hamda chiroqni o'chirish, uxlaydigan o'rnini yumshoq qilmaslik, o'ng qo'lga bir oz suyanib yotish tavsiya etiladiki, ushbu qoidalarning ahamiyati ularga rioya qilmaslik natijasida ro'y bergan noxush voqealar misolida ochib beriladi.

Asarning ikkinchi faslida esa salomlashish odobining o'n ikki qoidasi borasida fikr yuritiladi. Mazkur o'rinda salom berish va alik olish masalasida bugungi kunga qadar davom etib kelayotgan munozaraga nuqta qo'yilgan. Muallifning fikriga ko'ra, salom bermak sunnat, javobi farzu ayyondir. Muhammad Sodiq Qoshg'ariyning e'tirof etishicha, salom quyidagi holatlarda quyidagi kishilar tomonidan berilishi maqsadga muvofiqdir: ulug' kichikka, otliq piyodaga, yuruvchi o'ltirguvchiga, ozchilik ko'pchilikka, xonaga kirib keluvchi, xona ichkarisida o'tirgan kishilarga salom bergay", deb ta'kidlar ekan, bir kishi ko'pchilik oldiga kirib kelganda, birinchi bo'lib salom berishi, ko'pchilik esa baravar ovoz chiqarmasdan salomga alik olishi joizligiga alohida e'tiborni qaratadi. Allomaning salomlashish odobi xususidagi fikrlari bilan tanishar ekanmiz, ta'lim muassasalarida muallim sinf xonasi yoki auditoriyaga kirib kelganda, "Kim oldin salom berishi kerak?", degan muammoning yechimini topgandek bo'lamiz.

Mazkur bobda yana salomlashishdagi hatti-harakatlar, jismonan zaif yoki bemor kishilar tomonidan amal qilinishi lozim bo'lgan, shuningdek, erkak va xotin-qizlar o'rtasida kechuvchi salomlashish qoidalari, salom bermaslik va javob qaytarmaslik joiz deb topilgan holatlar borasida ham muhim tavsiyalar bayon etilganki, ushbu tavsiyalar bugungi kun uchun ham nihoyatda ahamiyatlidir.

Muallif asarda suxbatlashish odobiga batafsil to'xtalib, muayyan mavzularda tashkil etilayotgan suhbat (bahs-munozara)ga tanning tozaligiga erishgan, shuningdek, og'iz va tishlarni tozalagan holda pokiza libos bilan tashrif buyurish, suhbat ahlining bir -birlariga hurmat va iltifot ko'rsatishlariga erishish, ulug'larga e'tiborini qaratish, o'tirish qoidalariga rioya etish, ahli suhbat kirganda va chiqqanda o'rindan turish va ulug'larni yuqoriga o'tkazish, beadab so'zlar, yomon xatti-harakatlar hamda noo'rin jimlikdan saqlanish, barchaga yaxshi muomalada bo'lish, ularni izzat qilish, aksa kelsa og'zini to'sib, past ovozda, yengil

April, 2022

aksaurish, suhbat ahliga ish buyurmaslik, ularga beminnat xizmat ko'rsatish, do'st va notanishlarga bir xil ochiq chehra, go'zal xulq va odob bilan muomalada bo'lish, aka -ukalar, opa-singillarning xatosini kechirish hamda ularning aybini yuzlariga solmaslik, agar joiz bo'lsa, ularga boshqalarning e'tiboridan chetda nasihat qilish, suhbat jarayonida ishtirok etayotgan biror kishining yomon qilig'I yoki qabih fe'liga baho bermaslik zarur amallardan deb baholaydi.

Asarda shuningdek mehmon kutish va mehmonga boorish odobi , yo'lda yurish odobi , motam tutish odobi, uylanish odobi , erkak kishining oila oldidagi odobi, ayol kishining eriga nisbatan xurmat odobi, kasal ko'rish odobi, kiyim kiyish odoblari masalalari keltirilgan bo'lib, hozirda yoshlar tarbiyasida juda muhimdir. Asarda ilgari surilgan er va xotin o'rtasida tashkil etiluvchi munosabatlar odobiga oid qarashlar ham alohida diqqatga sazovordir.

Mazkur o'rinda quyidagi fikrlar ilgari suriladi: uylanadigan yigitni kohdan oldin o'zi uylanmoqchi bo'lgan qizni ko'rmog'i, uylanadigan qizning bokira bo'lishi, shuningdek, to'rt narsa: umrda, qomatda, molda va nasabda erdan past va uch narsa: husnu jamolda, hulq (odob)da hamda iffatda erdan yuqori bo'lishi zarurligi muallif tomonidan alohida takidlanadi. Yuqorida qayd etilgan fikrlarning ahamiyati amaliy turmushda o'z isbotini topgan bo'lib, ularni bilish hamda mazkur fikrlarga amal qilish oilalarda tinchlik-totuvlik, farovonlik va xotirjamlikning barqaror bo'lishini kafolatlovchi omillar bo'lib xizmat qiladi.

Er kishi xotiniga yaxshi muomala qilish, uni behuda g'azablantirmasligi, oliyjanob bo'lishi, alohida muruvvat ko'rsatishi, havoyi nafs balosidan saqlanishi, agar ayol jabr va sitam ko'rsatsa, unga avval nasihat qilib, xatti-harakatlarining nojoizligini tushuntirishi, agar u ushbu chora-tadbirdan so'ng yaxshi tomonga yuz tutsa, uni avf etishi maqsadga muvofiq ekanligi borasidagi qarashlar bayon etiladi.

Asarda ayol kishining oiladagi o'rni vaburchlari yuzasidan ham bir qator fikr -mulohazalar bayon etiladi. Muhammad Sodiq , ayol kishining oiladagi eng muhim burchi quyidagilardan iboratdir: xotin reining ruxsatisiz hech joyga bormasligi va hech kimni uyiga keltirmasligi, erining mol-dunyosini sarf etmasligi, o'z zimmasidagi masuliyatlarni oqilona bajarishi, eri xursand bo'lsa - xursand, g'amgin bo'lsa-g'amgin bo'lishi, reining topish-tutishiga qanoat qilishi, er vafotetganda motam tutib, marhumning ruhini pok saqlashi va ho kazolar.

Asarda musibat odoblari xususida ham birqator fikrlar bayon etilganki, ushbu qoidalardan xabardor bo'lish, kishilar, shu jumladan, yoshlar uchun ham zarurdir. Ayniqsa hozirda qirq kunlik motam marosimi ,uyushtirilayotgan undan ko'plab oilalar va kishilar ozor chekayotganixech kimga sir emas.

Biror mo'minning vafoti haqidagi xabarni eshitilganda boshiga musibat tushgan kishilarga taliziya izhor etiladi. Ushbu

April, 2022

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-205-208

tadbir dafn marosimidan oldin yoki keyin amalga oshirilishi mumkin. Tahziya bildirish uch kungacha joiz, undan so'ng makruh deyiladi. Tobutni olib chiqib ketayotganlar sukut saqlashlari lozimligi, ayollar tobut ko'targan erkaklarga hamroh bo'lib, eshikka chiqmasliklari, boshigamusibat tushgan kishilar yig'ilganlarida ovozni baland qilib, fig'on chekmasliklari, mayit dafn etilgach, har kim o'z ishiga ketishi, bir yerda yig'ilib o'tirmasliklari kerakligi, yig'ilish uyushtirish uchun turli tadbirlarni izlab toppish va ularni o'tkazish bid'at ekanligi, biroq qo'ni-qo'shni, qarindosh-urug', yoru do'stlarning turli taomlarni tayyorlab, boshiga musibat tushgan kishilarning xonadonlariga yuborish odamgarchilikning muhim ko'rinishlaridan biri ekanligi tahkidlab o'tiladi.

Asarni o'rganish va tahlil qilishdan keyingi natijalarga asoslanib, asarni ta'lim muassasalarida o'quv predmetlari tarkibiga kiritish maqsadga muvofiqdir.Jumladan tarbiya, adabiyot, o'qish kabi darsliklar mazmunida ushbu asarning aks etish qadriyatlar asosida yoshlarni ijtimoyillashtirish axloqini yuksaltirishda muhim manba vazifasini bajaradi.

Xulosa qilib aytganda "Odobas-solihin" asari yoshlar tarbiyasida balki jamiyat a'zosini tarbiyalashda nodir va didaktik ahamiyatga ega bo'lgan durdona asardir.

REFERENCES

1. Hoshimov K., Nishonova S., Inomova M., Hasanov R. Pedagogika tarixi. - T.: O'qituvchi, 1996.

2. Хамидовна М. И., Худайберганов О. ПСИХОЛОГИЯ ПОДРОСТКОВЫХ КОНФЛИКТОВ В ОБЩЕСТВЕ / / "Йош Тадкикочи" jurnali. - 2022. - Т. 1. - №. 1. - С. 29-33.

3.B.X. Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti-"Sano standart".2017.

4. Мухдммад Содик; ^ошFарий. Яхши кишилар одоби. - T.: Янги аср авлоди, 2002.

5. Lalikhon Mukhamedzhanova, THE EMERGENCE OF THE JADID MOVEMENT IN THE LATE XIX TH - EARLY XX TH CENTURIES AND THEIR SIGNIFICANCE AS A NATIONAL AWAKENING. Look to the past. 2021, Special issue 3, pp.32-46

April, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.