Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
MUHAMMAD SODIQ QOSHG'ARIYNINGNING PEDAGOGIK
QARASHLARI
Madina Usmon qizi Ziyodullayeva
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti 2-kurs
talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Muhammad Sodiq Qoshg'ariyning bizga mashhur pedagog olim sifatida tanilgani hamda o'zida shaxs va uning tarbiyasini yo'lga qo'yish masalalarini aks ettiruvchi asarlarini ko'rib chiqamiz.
Tayanch so'zlar: pedagog, shaxs tarbiyasi, g'oya, pedagogic qarashlar, hulq-odob qoidalari, "Odob as-solihin" asari.
Muhammad Sodiq Qoshg'ariyning «Odob as-solihin» asari - yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlarni yorituvchi manba. Muhammad Sodiq Qoshg'ariyning «Odob as-solihin» («Yaxshi kishilar odobi») asari kundalik turmushimizda har kuni har daqiqada bilish zarur bo'lgan turmush odobiga oid xulq-odob qoidalarining majmuidir. Asar turkiy tilda yozilgan bo'lib, muqaddima, etti bob va xotmadan iborat.
Mazkur asaming nomi va mazmunidan ham anglanib turganidek, unda ilgari surilgan g'oyalar insonning hayoti davomida zarur ahamiyat kasb etuvchi hulq-odob qoidalari xususida kishilar, shu jumladan, yoshlarga muayyan darajada ma'lumotlar berishga xizmat qiladi. "Odob as-solihin" asarida ijtimoiy hayot hamda kundalik turmushda har bir inson tomonidan qat'iy amal qilinishi zarur bo'lgan zohiriy (tashqi) va botiniy (ichki) odob va ahloq qoidalari, ularning ijtimoiy ahamiyati, yoshlar tarbiyasini yo'lga qo'yishdagi o'rni va roli borasida batafsil so'z yuritiladi.
Muhammad Sodiq Qoshg'ariy tomonidan yaratilgan "Odob as-solihin" asari muallifning o'zi ta'kidlab o'tganidek, muqaddima va 7 bobdan iborat bo'lib, har bir bob o'zida 4 faslni aks ettiradi.
Muqaddimada asarning maqsadi ochib beriladi. Asarning yozilishidan ko'zda tutilgan maqsad borasida so'z yuritilar ekan, insonning ijobiy hulq-atvorga ega bo'lishini taqozo etuvchi ijtimoiy zaruriyat mohiyati batafsil ochib beriladi. Asarda ilgari surilgan asosiy g'oya - insonlarning ijobiy xulq-atvorga ega bo'lishlari jamiyatda ruhiy xotirjamlik va moddiy farovonlikni qaror toptiruvchi asosiy omil ekanligini asoslashdan iboratdir. Alloma mazkur g'oya mohiyatini sharhlar ekan, inson odob-axloq qoidalarini egallay olmasa hamda ijobiy hulq-atvori bilan muaddab (odobli) va
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
muzazzab (toza) bo'lmasa, nafaqat o'zi, balki butun dunyoga yomonlik tarqatadi degan qarashni ilgari suradi.
Birinchi bob salomlashish, ko'rishish, qo'l olishish hamda ruxsat so'rash qoidalari to'g'risida ma'lumotlar berishga yo'naltirilgan bo'lib, mazkur bob to'rt fasldan tashkil topgan.
Ikkinchi faslda esa salomlashish odobining o'n ikki qoidasi borasida fikr yuritiladi. Mazkur o'rinda salom berish va alik olish masalasida bugungi kunga qadar davom etib kelayotgan munozaraga nuqta qo'yilgan. Muallifning fikriga ko'ra, salom bermak sunnat, javobi farzu ayyondir. Muhammad Sodiq Qoshg'ariyning e'tirof etishicha, salom quyidagi holatlarda quyidagi kishilar tomonidan berilishi maqsadga muvofiqdir: ulug' kichikka, otliq piyodaga, yuruvchi o'ltirguvchiga, ozchilik ko'pchilikka, xonaga kirib keluvchi, xona ichkarisida o'tirgan kishilarga salom bergay", deb ta'kidlar ekan, bir kishi ko'pchilik oldiga kirib kelganda, birinchi bo'lib salom berishi, ko'pchilik esa baravar ovoz chiqarmasdan salomga alik olishi joizligiga alohida e'tiborni qaratadi.
Uchinchi bobda suhbatlashish odobi borasida so'z yuritiladi. Bizga yaxshi ma'lumki, suhbatlashish odobi va uning shartlariga amal qilish ijtimoiy munosabatlarning mo'tadil kechishini ta'minlovchi asosiy va o'ta muhim omillardan biri bo'lib, aksariyat mualliflar tomonidan yaratilgan hamda axloq-odob muammolariga bag'ishlangan asarlar mazmunidan alohida o'rin olgan.
Muhammad Sodiq Qoshg'ariy "Odob as-solihin" asarida, kasal holini so'rash, ta'ziya va musibat odoblari haqida ham fikr yuritadi. Ushbu holatlarda amal qilinadigan qoidalar mohiyatidan xabardor bo'lish ham har bir kishi uchun foydadan holi bo'lmaydi.
Asarda, shuningdek, ayol kishining oiladagi o'rni va burchlari yuzasidan ham bir qator fikr-mulohazalar bayon etiladi. Muhammad Sodiq Qoshg'ariyning nuqtai nazariga ko'ra, ayol kishining oiladagi eng muhim burchi quyidagilardan iboratdir: xotin erining ruxsatisiz hech joyga bormasligi va hech kimni uyiga keltirmasligi, erining mol-dunyosini sarf etmasligi, o'z zimmasidagi mas'uliyatlarni oqilona bajarishi, eri xursand bo'lsa - xursand, g'amgin bo'lsa - g'amgin bo'lishi, erining topish-tutishiga qanoat qilishi, er vafot etganda motam tutib, marhumning ruhini pok saqlashi va hokazolar. Yuqorida tilga olingan pandlar bugungi kunda ham dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Bemor holini so'rash qarindosh-urug', qo'ni-qo'shni, yoru birodar, shuningdek, do'st uchun farz ekanligi, bemorning millati va diniy e'tiqodidan qat'iy nazar, uning yoniga ochiq yuz bilan kirish, unga ko'nglini ko'taruvchi so'zlar bilan murojaat qilish, bemor oldiga bashang kiyinib yoki kir libosda bormaslik, bemor yotgan xonaga kulib kirib, uning bosh tomoniga yaqin o'tirish, ko'p so'zlanishib bemorni toliqtirib qo'ymaslik, qo'lni peshonasiga qo'yib hol so'rash, bemorni kun yoki kunora kelib
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
toliqtirib qo'ymaslik, bemorning ko'ngli tilaydigan narsalarni so'rab-surishtirib, ularni topib kelish, ammo bemorning muolajasida uni harom narsalardan saqlash, bemor oldida ko'p o'tirmaslik, agar bemor oldida uzoq vaqt qolish zaruriyati yuzaga kelsa, uning ko'ngliga yoqadigan, xush keladigan so'zlar yoki hikoyatlardan so'zlab o'tirish maqsadga muvofiq ekanligiga alohida urg'u beradi.
Asarda ziyofat uyushtirish va mehmon kutish odobi borasida ham ko'pgina ibratli fikrlar bayon etiladi. Xususan, mehmondorchilik odobi yuzasidan quyidagi fikrlar ifoda etiladi: mehmondorchilikka kishining boyligi, mavqei yoki mansabiga qaramay, hammaning baravar chaqirish, oila a'zolarini ham ajratmaslik, mehmonning izzat-hurmatini joyiga qo'yish, lekin uch kundan so'ng ortiqcha takalluf ko'rsatmaslik, dabdaba qilmaslik, mehmon uchun uyni ortiqcha bezamaslik, lekin, ozoda va toza ko'rpa-to'shaklardan foydalanish, dasturxon tuzashda isrofgarchilikka yo'l qo'ymaslik, dasturxonga taom qo'yilganda avval mezbonning taomga qo'l uzatishi, mehmondan oldin taomdan qo'l tortmasligi, mehmonga nisbatan ortiqcha takalluf qilavermaslik, imkoni bo'lsa lazzatli va latif taomlar tayyorlab mehmonning ko'nglini olish kabi qoidalarning mohiyati ochib beriladi.
Asarda mehmon tomonidan xonadon sohiblariga nisbatan ko'rsatiladigan hurmat borasidagi qoidalar yuzasidan ham fikr-mulohazalar bayon etiladi. Xususan, ziyofat yoki mehmondorchilikka chaqirilganda, u xoh faqir, xoh ulug' martabali kishi bo'lsin, albatta, chaqirilgan xonadonga borishi zarurligi, zolim, axloqsiz, ikkiyuzlamachi hamda xurofotchi kishilar ziyofatga chaqirganda esa bormaslik kabi odob-axloq qoidalariga rioya etish nihoyatda muhim ekanligi ta'kidlab o'tiladi.
REFERENCES
1. B.X.Xodjayev.Umumiypedagogika nazariyasivaamaliyoti, Toshkent-2017.
2. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).
3. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
4. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).
5. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
6. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.
7. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
8. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).
9. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).
10. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).
11. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).
12. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
13. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
14. Гайдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).