Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
MUHAMMAD SODIQ QOSHG ARIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI
Ezoza Zuvaydullo qizi Tulayeva
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU tarjima nazaryasi amaliyoti fakulteti 2 kurs
talabasi
Annotatsiya. Ushbu maqolada pedagogik qarashlarning tarixan shakllanishi haqida so'z boradi. Mutafakkirlarning pedagogikaga oid qarashlari bugungi kun pedagogikasi uchun poydevor bo'lib xizmat qiladi. Ta'kidlash lozimki, aynan Mahmud Sodiq Qoshg'ariyning pedagogik qarashlari maqolamiz uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Mahmud Sodiq Qoshg'ariyning pedagogik qarashlari bugungi kunda ham o'zining muhim ahamiyatiga ega.
Kalit so'zlar: Mahmud Koshg'ariy, pedagogik qarash, fikrlar, pedagogika, ta'lim-tarbiya.
Barchamizga ma'lumki, inson ta'lim-tarbiyasida pedagogika fani muhim rol o'ynaydi. Insonni qay tarzda kamol toptirish, uning odob-axloqiga, xulq-atvoriga "javobgar" fan bu pedagogika desak, aslo mubolag'a bo'lmaydi. Aytish lozimki, pedagogika fanining shakllanishi bugungi kundan emas, balki qadim tarix davrlariga borib taqaladi. Ushbu fan haqida mutafakkirlar tomonidan bildirilgan fikrlar, turfa mulohazalar pedagogika fanining qiymatini yanada oshiradi. Biz siz bilan tadqiq qilmoqchi bo'lgan maqolada esa Mahmud Sodiq Qoshg'ariyning pedagogikaga oid qarashlari ilgari suriladi.
Mahmud Sodiq Qoshg'ariy XVII-XIX asrlar oralig'ida yashab o'tgan tarixchi, filolog, shoir hisoblanadi. "Tazkirai azizon", "Tazkirai as'hob ul qahf", "Risolayi kasbdor" va shu kabi qator asarlar muallifi sanalmish Mahmud Sodiq Qoshg'ariy "Sodiq" taxallusi ostida ijod qilgan. Bundan tashqari, Mahmud Sodiq Qoshg'ariy yetuk tarjimon hisoblanib, Tabariyning "Tarixi Tabariy", Muhammad Haydarning "Tarixi Rashidiy" kabi asarlari aynan Mahmud Sodiq Qoshg'ariy tomonidan tarjima qilingan. Mahmud Sodiq Qoshg'ariy ijodidan turli janrdagi asarlar o'rin olgan bo'lib, xususan, g'azal, muxammas, ruboiy, masnaviy, qit'a va shu kabilarni misol qilib keltirishimiz mumkin[10].
Mahmud Sodiq Qoshg'ariy asarlari(l-chizma).
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022—5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id—22257
"Tazkirai "Tazkirai "Risolayi
azizon" I asxhob ul qahf" I kasbdor"
Mahmud Sodiq Qoshg'ariy pedagogika sohasida ham yetakchi olim hisoblanib, u opining pedagogik qarashlarida turli fikrlarni ifoda etgan. Uning "Odob as-solihin", yani "Solihlar odobi" asari pedagogik fikrlarning tayanch manbasi bolib hisoblanadi. Bu asarda har bir inson ijtimoiy faoliyati davomida amal qilishi lozim bolgan odob-axloq qoidalarini bayon qiladi va ularni mazmunan ikki guruhga ajratadi:
a) Zohiriy(tashqi) ;
b) Botiniy(ichki)[1].
"Odob as-solihin" asarida odob-axloq qoidalarining guruhlanishi(2-chizma).
zohiriy
botiniy
"Odob as-solihin" asarida quyidagi inson odob-axloqiga oid quyidagi pedagogik qarashlar ilgari suriladi[3]:
- inson xulq-atvorining kundalik turmushdagi o "rni;
- xulq-atvorningyaxshi bolishi lozimligi;
- salom berish va salomga alik olish masalalari;
- muloqot odobi;
- suhbatlashishning o "ziga xos qonun-qoidalari va hokazo.
Odob-axloq qoidalarining yuqorida qayd etilgan ko'rinishlari inson , ayniqsa, yoshlar hayotida muhim rol o'ynashi haqida batafsil fikrlar keltiradi. Mahmud Sodiq Qoshg'ariyning "Odob as-solihin" asarida shaxs xulq-atvorining nega yaxshi bolishi lozimligi va buning ahamiyati nimada ekanligi tavsiflangan. Kishining yaxshi xulq-atvor egasi bolishi jamiyat barqaror bolishiga xizmat qiluvchi muhim omil ekanligini
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
qayd etib o'tgan Mahmud Sodiq Qoshg'ariy inson odobining butun dunyoga tasiri mavjudligini ham alohida qo'shimcha qilib o'tadi[1].
"Odob as-solihm" asari salomlashuv odobi haqida ham malumot beruvchi manba sanaladi. Muallif salom berishga diniy nuqtayi nazardan yondashadi, yani salom berishning Paygambarimiz tomonidan qafiy o'rnatilgan sunnatlari bo'lganligi, salomga alik olish esa farz hisoblanishi haqida asarida fikrlar keltirib o'tadi. Bundan tashqari, salomlashishning , ko'rishishning o'ziga xos turlari, uning vaziyatga mos holda targ'ib qilinishi haqida Mahmud Sodiq Qoshg'ariy oz fikrlarini bayon qiladi. Takidlash lozimki, Mahmud Sodiq Qoshg'ariyning "Odob as-solihin" asarida oilaviy munosabatlarga doir masalalarning pedagogik yechimlarini ham uchratishimiz mumkin, jumladan, uylanajak yigit bo'lajak turmush o'rtog'ini qanday tanlashi lozimligi, uning qaysi jihatlariga e'tibor berishi kerakligi to'g'risida diniy-pedagogik nuqtayi nazardan kitobxonga ajoyib malumotlar taqdim etadi.
Xulosa sifatida takidlashimiz mumkinki, Mahmud Sodiq Qoshg'ariyni asl pedagog desak, aslo mubolag'a bo'lmaydi. Uning turfa asarlaridan o'rin olgan pedagogik qarashlar bugungi kun nuqtayi nazaridan ham ahamiyatli bo'lib, ayniqsa, yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.
REFERENCES
1. Mahmud Sodiq Qoshg'ariy "Odob as-solihin" asari.
2. Волков Г.Н., Баубекова З.Д. Этнопедагогика. Т., 2000.
3. Гайбуллаев Н. ва бошкалар. Педагогика. Т., 2000
4. Зиёмухаммедов Б., Абдуллаева Ш. "Педагогика". Т., 2000.
5. Мусурмонова О., Баубекова З. "Узбек халк; педагогикаси" - Т., 2000 йил.
6. Мусурмонова О., Баубекова З.Д. Узбек хал; педагогикаси. Т., 2000.
7. Подласий И.П. Педагогика в 2-х частях. М., Владос, 2000.
8. Узбек халк педагогикаси антологияси. Т., "Укитувчи" К.Хошимов тахрири остида, 2001.
9. Хдсанбоев Ж., Усмонбоева М. "Педагогика назарияси". Т., 2000.
10. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).
11. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
12. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
13. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 7(6), 616-619.
14. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.
15. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
16. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).
17. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).
18. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).
19. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).
20. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
21. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
22. Гайдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).