Научная статья на тему 'QАDIMIY SHАRQ MUSIQА SАN’АTI RIVOJIDА АYOL XONАNDАLIGINING NАZАRIY АSOSLАRI'

QАDIMIY SHАRQ MUSIQА SАN’АTI RIVOJIDА АYOL XONАNDАLIGINING NАZАRIY АSOSLАRI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
17
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
musiqa / san’at / ashula / tarbiyashunoslik / an’ana / milliy / maqom / Buzruk / Rost / Navo / Iroq / Ushshoq. / music / art / singing / edication / tradition / national / makom / Buzruk / Rost / Navo / Irak / Ushshok.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Qirg‘izov, Imyaminjon, Mamajonova, Dildoraxon Аbduraxmonovna

Maqolada qadimiy sharq musiqa san’ati rivojida hamda o‘zbek milliy musiqa san’ati rivojida ayol xonandaligining tarbiyashunoslik nuqtai nazardan tahlili bayon etiladi. Qadimdan donishmandlar oilada o‘g‘illar bilan birgalikda qizlarni ham ilmli qilish eng dolzarb va ahamiyatli vazifalardan biri ekanligi haqida uqtirib kelishgan. Boisi, oqila, ziyoli ayol kelajakda barpo bo‘ladigan butun boshli oilaning ilmli bo‘lib ulg‘ayishiga zamin yaratadi. Jamiyatda gender munosabatlar asoslarini o‘zlashtirish orqali uning mazmunida yotgan g‘oyalar, dunyoqarashlar ta’sirida o‘zining shaxsiy sifatlarini, iymon-e’tiqodlarini shakllantirish, mazkur ta’lim jarayoni ta’sirida shaxsning aqliy kamolotini bilish qobiliyatini, o‘qishga, mehnatga bo‘lgan munosabatini rivojlantirish maqsadlari dolzarblik kasb etadi. Bu zaruratdan kelib chiqib, qadimiy Sharq musiqa san’ati rivojida ayol xonandaligi faoliyatining nazariy asoslarini tadqiq etish vazifalari belgilandi. Qadimiy Sharq musiqa san’ati rivojidagi ta’lim-tarbiya tizimi va bunda ayol xonandaligi maktablari faoliyatining o‘rni beqiyos. Qadimiy Sharq musiqa san’ati maktablari mohiyatida bo‘lgani kabi ayol xonandaligi maktablari faoliyatida ham musiqaning inson organizmiga tibbiy va ta’limiy ta’siri haqidagi falsafiy qarashlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THEORETICAL FOUNDATIONS OF FEMALE SINGING IN THE DEVELOPMENT OF ANCIENT EASTERN MUSICAL ART

The article presents an analysis of female singing in the development of ancient Eastern musical art and the development of the Uzbek national musical art from an educational point of view. In ancient times, the sages said that raising girls, along with sons in the family, is one of the most pressing and important tasks. Вecause a smart and intelligent woman creates the foundation for the whole family to build and grow in the future. Вy mastering the basics of gender relations in society, the ideas contained in its content, the formation of one’s personal qualities of faith and beliefs under the influence of a world view, the goals of developing the ability to cognize the mental maturity of a person under the influence. In this educational process, the formation of attitudes towards work and study becomes relevant goals. Based on this need, the tasks and implications of the theoretical foundations of female singing in the development of ancient Eastern musical art were determined. The educational system in the development of ancient Eastern musical art and the role of women's singing schools in it are incomparable. Philosophical views on the healing and educational effects of music on the human body are presented in the activities of women's singing schools as well as in the essence of ancient oriental music schools.

Текст научной работы на тему «QАDIMIY SHАRQ MUSIQА SАN’АTI RIVOJIDА АYOL XONАNDАLIGINING NАZАRIY АSOSLАRI»

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

QADIMIY SHARQ MUSIQA SAN'ATI RIVOJIDA AYOL XONANDALIGINING NAZARIY ASOSLARI

Imyaminjon Qirg'izov

FarDU san'atshunoslik fakulteti Musiqiy ta'lim va madaniyat kafedrasi dotsenti,p.f.n. [email protected],

Q.D.P.I. 13.00.02 - Ta'lim va tarbiya nazaryasi va metodikasi ixtisosligi bo'yicha

Maqolada qadimiy sharq musiqa san 'ati rivojida hamda o 'zbek milliy musiqa san'ati rivojida ayol xonandaligining tarbiyashunoslik nuqtai nazardan tahlili bayon etiladi. Qadimdan donishmandlar oilada o'g'illar bilan birgalikda qizlarni ham ilmli qilish eng dolzarb va ahamiyatli vazifalardan biri ekanligi haqida uqtirib kelishgan. Boisi, oqila, ziyoli ayol kelajakda barpo bo'ladigan butun boshli oilaning ilmli bo'lib ulg'ayishiga zamin yaratadi. Jamiyatda gender munosabatlar asoslarini o'zlashtirish orqali uning mazmunida yotgan g'oyalar, dunyoqarashlar ta'sirida o'zining shaxsiy sifatlarini, iymon-e'tiqodlarini shakllantirish, mazkur ta'lim jarayoni ta'sirida shaxsning aqliy kamolotini bilish qobiliyatini, o'qishga, mehnatga bo 'lgan munosabatini rivojlantirish maqsadlari dolzarblik kasb etadi. Bu zaruratdan kelib chiqib, qadimiy Sharq musiqa san 'ati rivojida ayol xonandaligi faoliyatining nazariy asoslarini tadqiq etish vazifalari belgilandi.

Qadimiy Sharq musiqa san'ati rivojidagi ta'lim-tarbiya tizimi va bunda ayol xonandaligi maktablari faoliyatining o'rni beqiyos. Qadimiy Sharq musiqa san 'ati maktablari mohiyatida bo 'lgani kabi ayol xonandaligi maktablari faoliyatida ham musiqaning inson organizmiga tibbiy va ta'limiy ta'siri haqidagi falsafiy qarashlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: musiqa, san'at, ashula, tarbiyashunoslik, an'ana, milliy, maqom, Buzruk, Rost, Navo, Iroq, Ushshoq.

90 230 70 98

Mamajonova Dildoraxon Abduraxmonovna

tayanch doktoranti. [email protected] 90 026 26 78

ANNOTATSIYA

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ЖЕНСКОГО ПЕНИЯ В РАЗВИТИИ ДРЕВНЕВОСТОЧНОГО МУЗЫКАЛНОГО ИСКУССТВА

АННОТАЦИЯ

В статье представлен анализ женского пения в развитии древневосточного музыкального искусства и развития узбекского национального музыкального искусства с образовательной точки зрения. В древности мудрецы говорили, что воспитание девочек наряду с сыновьями в семье является одной из самых насущных и важных задач. Потому что умная и интеллигентная женщина создает фундамент для того, чтобы вся семья в будущем построилась и выросла знающей. Путём овладения основами гендерных отношений в обществе, идей, содержащихся в его содержании, формирования своих личных качеств, веры и убеждений под влиянием мирового зрений, целей развития способности познавать психическую зрелость человека, находящегося под влиянием. В этом образовательном процессе становятся актуальными цели формирования отношения к труду и учёбе. Исходя из этой необходимости, были определены задачи исследования теоретических основ женского пения в развитии древневосточного музыкального искусства.

Образовательная система в развитии древнего восточного музыкального искусства и роль женских певческих школ в нем бесподобны. Философские взгляды на лечебное и воспитательное воздействие музыки на организм человека представлены в деятельности женских певческих школ, а также в сущности древних восточных музыкальных школ.

Ключевые слова: музыка, исскуство, пение, образование, традиция, национальный, маком, Бузрук, Рост, Наво, Ирак, Ушшок.

THEORETICAL FOUNDATIONS OF FEMALE SINGING IN THE DEVELOPMENT OF ANCIENT EASTERN MUSICAL ART

ABSTRACT

The article presents an analysis of female singing in the development of ancient Eastern musical art and the development of the Uzbek national musical art from an educational point of view. In ancient times, the sages said that raising girls, along with sons in the family, is one of the most pressing and important tasks. Вecause a smart and intelligent woman creates the foundation for the whole family to build and grow in the future. Ву mastering the basics of gender relations in society, the ideas contained in its content, the formation of one's personal qualities offaith and beliefs under the influence of a world view, the goals of developing the ability to cognize the

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

mental maturity of a person under the influence. In this educational process, the formation of attitudes towards work and study becomes relevant goals. Based on this need, the tasks and implications of the theoretical foundations of female singing in the development of ancient Eastern musical art were determined.

The educational system in the development of ancient Eastern musical art and the role of women's singing schools in it are incomparable. Philosophical views on the healing and educational effects of music on the human body are presented in the activities of women's singing schools as well as in the essence of ancient oriental music schools.

Key words: music, art, singing, edication, tradition, national, makom, Buzruk, Rost, Navo, Irak, Ushshok.

Ayol ertangi kun davomchilari bo'lmish kelajak avlodlarni ham jisman, ham ma'nan kamolga yetkazuvchi ulug' zotdir. Shu bois ularga qancha ehtirom ko'rsatsak, shuncha oz. Bugungi kunda davlatimiz rahbari boshchiligida Yangi O'zbekistonning yangicha tamoyillari asosida xotin-qizlar masalalariga yanada ko'proq e'tibor qaratilmoqda. Ularning o'qishi, ishlashi, salomatligini asrash, oilasi uchun sharoitlar yaxshilanmoqda.

"Xotin-qizlar va oila masalasi - bu nafaqat bugungi kunimiz, balki ertangi kelajagimizni ham belgilab beradigan hal qiluvchi omildir. Agar biz mehr-oqibat va sadoqat timsoli, xonadonlarimiz farishtasi bo'lgan ayollarga bitta yaxshilik qilsak, hech shubhasiz, bu o'nta yaxshilik bo'lib qaytadi"1, deya ta'kidladi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqida.

Azal-azaldan donishmandlar oilada o'g'illar bilan birgalikda qizlarni ham ilmli qilish eng maqbul ish bo'lishini uqtirib kelishgan. Boisi, oqila, ziyoli ayol kelajakda barpo bo'ladigan butun boshli oilaning ilmli bo'lib ulg'ayishiga zamin yaratadi. Shu nuqtai nazardan davlatimiz Prezidenti "Biz mamlakatimizni har tomonlama yuksaltirish uchun yangi tarixiy davrga qadam qo'ydik. Farzandlarimiz qalbiga ulug' maqsadlar, olijanob g'oyalarni singdirish - barcha O'zbekiston onalarining sharafli burchidir. Yuksak fazilatli, mard va jasur, vatanparvar yosh avlodni tarbiyalab voyaga etkazish, albatta, sizlarga bog'liq. Bu - yorug' kelajakka yo'naltirilgan eng katta investitsiya va bitmas-tuganmas boylikdir"2 deya barchani ayollarni nafaqat

1 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. https://adolat24.uz/

2 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. https://adolat24.uz/

KIRISH

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

bugungi kun, balki davlatimizning nurli kelajagi yaratuvchilari sifatida ardoqlashga, e'zozlashga, hurmat-ehtirom ko'rsatishga chorlamoqda.

Zamonaviy jamiyatda "erkaklarga oid" va "ayollarga oid" bo'lgan xususiyatlar borasida qat'iy qaror topgan tasavvurlar shu jamiyatdagi umum insoniy madaniyat darajasi kam o'rganilgan masala bo'lib, tadqiqotning maqsadi hozir biz yashayotgan davr yangilanayotgan O'zbekistonning islohotlarida inson manfaatlarining ustunligiga qaratilgan bir paytda, hali ham oilaviy nizolarning juda katta qismi erkaklar tomonidan ayol huquqlarining tan olinmasligi shuningdek, ayrim holatlarda jamiyatda ham xotin-qizlarning huquq hamda imkoniyatlariga yetarlicha ahamiyat berilmayotgani haqiqatdir. Bu holat ta'lim tizimida tegishli ilmiy bilimlarni o'zlashtirish va amaliyotga tadbiq qila olish kompetenligining pastligidan dalolatdir. Zero, jamiyatda gender munosabatlar asoslarini o'zlashtirish orqali uning mazmunida yotgan g'oyalar, dunyoqarashlar ta'sirida o'zining shaxsiy sifatlarini, iymon-e'tiqodlarini shakllantirish, mazkur ta'lim jarayoni ta'sirida shaxsning aqliy kamolotini bilish qobiliyatini,o'qishga, mehnatga bo'lgan munosabatini rivojlantirish maqsadlari dolzarblik kasb etadi. Bu zaruratdan kelib chiqib, qadimiy Sharq musiqa san'ati rivojida ayol xonandaligi faoliyatining nazariy asoslarini tadqiq etish vazifalari belgilandi.

Bu dozarb masalaning nazariy asoslarini Qadimiy Sharq musiqa san'ati rivojidagi ta'lim-tarbiya tizimi va bunda ayol xonandaligi maktablari faoliyatidan qidiramiz. Avvalo, barcha Qadimiy Sharq musiqa san'ati maktablari mohiyatida bo'lgani kabi ayol xonandaligi maktablari faoliyatida ham musiqaning inson organizmiga tibbiy va ta'limiy ta'siri haqidagi buyuk allomalarimiz asarlaridagi nazariy ko'rsatmalarga tayanilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Alloh taolo barcha mavjudotlar qatori insonni ham juft ya'ni erkak va ayol qilib yaratgandir. Ayol hayotda onamiz, juftu halolimiz, opa-singlimiz, qizimiz bo'lib yashaydi. Ayol kishi avvalo ona sifatida qadrlanadi. Qu'roni Karimning bir necha suralarida onani e'zozlashga, uning xaqqini ado etishga buyurilgan.

Payg'ambarimiz (s.a.v.) hadislarining birida "Jannat - onalar oyog'i ostida" deb marhamat qilganlar. Yana bir hadis sharifda: Bir kishi Rasululloh(s.a.v.)dan: "Insonlar ichida yaxshilik qilishga kim haqliroq?"- deb so'ragan edi, Rasululloh (s.a.v.): "Onang, keyin onang, keyin yana onang", deb javob berganlar. Onaning bu tarzda otadan ko'ra uch barobar haqliroq bo'lishi bolaning dunyoga kelishi va voyaga etishi yo'lida u tortgan qiyinchiliklar, tutgan o'rni va qilgan xizmatlari hisobigadir.

Imom G'azzoliy (r.h.) "Ihyoi ulumid-din" kitobida quyidagi hadisni rivoyat qilib keltiradilar:

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Rasululloh (s.a.v) aytadilar: "Onaning duosi tezroq ijobat bo'ladi": "Yo Rasululloh (s.a.v) nima uchun?" - deb so'radilar. Javob berdilarki: "Ona otadan ko'ra farzandiga mehribonroqdir. Shafqat bilan qilingan duo zoe ketmaydi"3.

Islom olamida IX-XII asrlarni ilm-faning oltin davri deb e'tirof etilgan bo'lsa, bu davrda bizning diyorlardan chiqqan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Dorimiy, Imom Motrudiy, Imom Zamaxshariy, Ibn Sino, Ahmad Farg'oniy, Mirzo Ulug'bek, Abu Muso Xorazmiy kabi yuzlab allomalar dunyo ilm-fani rivojida o'zlarining ulkan va betakror hissalarin qo'shgan.

Jumladan, Islom olamida Qur'oni karimdan keyingi ikkinchi manba deb e'tirof etilgan Imom Buxoriyning "Al-Jome' as-Sahih" asari dunyo ilm ahli nazdida hozirgacha ilmiy va amaliy ahamiyatini yo'qotgan emas. Bu asar o'z yo'nalishida takrorlanmas yagona yo'nalishga ega durdona asar bo'lib, 97 kitob, 3881ta bob va takrorlari bilan qo'shib hisoblaganda 7563 ta hadisdan tarkib topgan.

Imom Buxoriy "Al-Jome' as-Sahih"da birinchi "Vahiy" kitobini, ikkinchi "Iymon kitobi"ni va uchinchi "Ilm kitobi"ni keltirgan. "Ilm kitobi" 53 ta bob bo'lib, bu boblar ilm va unga bog'liq holatlarga oid 76 ta hadisni o'z ichiga olgan. "Al-Jomi' as-sahih" asarining "Ilm kitobi"da "Ilm" so'zi lug'atda bir narsani voqe'likdagidek idrok etishni bildiradi. Qur'oni karim ilk oyati ilm olishga bo'lgan buyruq bilan nozil bo'lishi inson hayotida ilmning juda katta ahamiyat kasb etishiga dalil bo'ladi4.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam":

"Kimning uchta qizi bo'lsa, ularning xarxashalari, og'irliklari va yengilliklariga sabr qilsa, Alloh ularga ko'rsatgan rahmati tufayli uni jannatga kiritur", - dedilar. Bir kishi:

"Ikkita bo'lsa-chi, yo Rasulalloh?" - dedi.

"Ikkita bo'lsa ham", - dedilar. Bir kishi:

"Bitta bo'lsa-chi, yo Rasulalloh?" - dedi.

"Bitta bo'lsa ham", - dedilar"5.

Qizlarning tarbiyasi, ta'limi va madaniyati hamda, yashab, o'sishi uchun zarur bo'lgan har bir narsa otaning zimmasidagi farzdir. Ota bu farzdan faqat qiz turmushga chiqqanidan keyingina ozod bo'ladi, chunki endi bu farz erning zimmasiga o'tgan bo'ladi. Otasi yoki eri yo'q ayolning nafaqasi akasi yoki uning o'rnini bosuvchi boshqa shaxslarga vojib bo'ladi. Umuman, Islomda ayol kishi

3 Alisher xoji Naimov, Quvasoy shahar bosh imom-xatibi

4 "A-jome' as-sahih"da ilm olishga munosabat muslim.uz - Iyul 03, 2018

5"Baxtiyor oil" kitobidan Manba

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

nafaqasiz qolishi mumkin emas. Qizning nafaqasi otaga, xotinniki erga, singilniki aka-ukaga, onaniki o'g'ilga vojib bo'ladi.

Islom ayol kishiga ta'lim olish va madaniy saviyasini oshirish haqqini berdi va erkaklarni bu ishga mas'ul qildi. Ilm talabi erkak-ayolga barobar farzligini, qizlariga va singillariga ta'lim-tarbiya bergan kishi jannatga haqlidir.

Bu borada hadisshunos olimlar ichida eng nufuzli hisoblangan Imom al-Buxoriyning 20 dan ortiq katta va kichik kitoblari mavjud bo'lib, ular orasida "Al-jome' as-sahih" asari alohida o'rin turadi. Bu shoh asar ahamiyati jihatidan Qur'ondan keyingi o'rinda turuvchi muqaddas manbaa hisoblanadi. Imom al-Buxoriy o'z asarlarida axloq-odob, tarbiya haqida fikr yuritar ekan, odamlarni ota-onani e'zozlashga, ular oldidagi o'z burchlarini mukammal ado etishga da'vat etadi.

Inson sifatlari haqidagi ta'limiy qarashlarida jaholat kishiga o'lim keltiruvchi fojea deb qaraladi. Jaholat insoniyatni falokat sari yetaklovchi qusur sifatida ko'rsatilsa, to'g'ri so'zli bo'lish esa insonning go'zal fazilatlaridan hisoblanadi. Buxoriy o'z asarlarida odamlarni to'g'ri so'zli bo'lishga, vadaga vafo qilishga chorlaydi. Munofiq kishining uchta belgisini ko'rsatadi, ular: yolg'on gapirish, va'daga vafo qilmaslik va omonatga xiyonat qilishdan iboratligini aytadi. U insonning kuch-qudratini jismonan pahlavonlikda emas, balki jahil chiqqanda o'zini tuta olishda, deb hisoblaydi.

Sharqona ta'lim rivojlantiruvchi ta'lim sifatida bo'lajak musiqa o'quvchilarning ichki imkoniyatlarini oshirish va ularni ro'yobga chiqarishga yo'naltiriladi. Rivojlantiruvchi ta'limda, ko'proq, sanoiy nafis suhbatlaridadan foydalanilgan. Sanoiy nafis suhbatlarida ta'lim oluvchilarda muayyan bilimlarni puxta o'zlashtirish, ularni amaliyotda samarali qo'llay olishga doir ko'nikma-malakalarni shakllantirishga, bu jarayonda ularning mavjud imkoniyatlarini to'la ro'yobga chiqarishga yordam bergan.

Jumladan, hadisshunos alloma at-Termiziy hadislarida odamlarni ahl bo'lishga, jamoaga foyda keltirishga, do'stlik va birodarlikka da'vat etuvchi hadislar ko'p uchraydi. "Barcha musulmonlar o'zaro birodardurlar. Ular hech qachon bir-birlariga yomonlikni ravo ko'rmasliklari kerak. Kimda-kim o'zining musulmon birodariga yordam qilsa, oxiratda Olloh unga yordam qiladi. Kimda-kim o'z birodari hojatini yengillatsa, Olloh ham uning oxiratini yengil qiladi". Alloma sog'lom tanda sog' fikr bo'ladi, degan xalq maqoliga amal qilib, vaqtni bekor o'tkazmaslikka da'vat etadi.

Imom at-Termiziyning "Sunan" kitobida keltirilgan kishi ta'limning na'ariy sifatlariga oid fikrlar ko'p uchraydi. Chunonchi: "Xayrli va yaxshi ishlar qilishga da'vat etishing va zulmdan qaytarishing-sening sadaqang"6, "Adashgan kishilarga

6 Norpo'lat AHMEDJONOV, JDPIHXTXQTMOM katta o'qituvchici.https://www.bukhari.uz/?p=12682

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

to'g'ri yo'l ko'rsatishing ham-sening sadaqang", "O'z idishingdan boshqalarning idishiga suv solib berishing ham-sening sadaqang hisoblanadi"

"Qobusnoma"da barkamol inson, yuksak ma'naviyatli shaxs masalalariga alohida ahamiyat berilgan. Kitob insondagi bir qator kerakli bo'lgan xususiyatlar va sifatlarni ochib berishga, ularni tuzatishga qaratilgandir. Shuning uchun ham ushbu asar fors-tojik pedagogikasining qomusi sifatida ulug'lansa, qariyb to'qqiz asrdan buyon jahon xalqlari e'tiborini qozonib kelmoqda.

Alisher Navoiyning "Mahbub ul qulub" asarining yigirma ikkinchi fasli mutrib va mug'anniylar zikrida:

Aytquvchi va cholg'uvchi zorlig' va iynamak bila olg'uvchi. To buyurg'uvchida sila va in'om bor, alar mulozimdurlar va xizmatgor. To suhbatda ne'mat ko'p, alarga barcha amru nahying jo'b. Chun bazmda tana'um oz bo'ldi, alar ishi istig'nou noz bo'ldi. Ne'mat degan nimaki tamom yo'q bo'ldi, alarning ko'ngli sendin tamom to'q bo'ldi. Agar yillar bahra olibdurlar ehsoningdin, oshnolig' bermay o'tarlar yoningdin. Oz olsalar nosipos, ko'p olsalar haqshunos. Aksari fosiq va badxo'y va qolg'oni kajtab'u durushtgo'y. Harakatlari tuzuksiz so'zlaridek va kalimotlari hashv va mahalsiz nozlaridek. Vafo alar tab'idin maslub, vafo ahli olida mardud va manqub"-deya ayrim sozanda va xonandalarning fe'li-atvoridagi kamchiliklar, noxush ta'lim ko'rinishlarini tanqid qiladi.

NАTIJАLАR VА MUHOKАMА

Abdurahmon Jomiy (XV-asr) "Risolai musiqiy" asarida o'n ikki maqom to'g'risida fikr yuritib, deydi: "Bilki, har bir maqomning ovozlar va sho''balarning tinglovchiga ma'naviy ta'sir ko'rsatish kuchi bor, ular umumiy ma'noda huzur bag'ishlaydi"7. Bunga maqom kuylari va ashulalaridagi g'oyaviy ruh sababchidir. Shu jihatdan bu o'rinda ikki masala idrok etilishi kerak:

1) maqom kuylarining tinglovchiga ruhiy ta'sir etish xususiyatiga egaligi;

2) maqom ashulalarining ruhga ta'sir qiladigan lirik tuyg'ularga boyligi.

Ko'p hollarda texnologik rivojlanish jarayonida yoshlar engilroq va oddiyroq musiqani tinglashadi ,- degan umumiy qarash mavjud edi. Biroq, 2017 yilda Davlatimiz rahbarining milliy maqom san'atimizni rivojlantirish to'g'risidagi Qarori qabul qilingach, ahvol yanada oydinlashdi. Abdurahmon Jomiyning (XV-asr) keyinchalik Shashmaqomda saqlanib qolgan o'n ikki maqomlardan ayrimlari to'g'risidagi fikrlariga e'tibor bering: "Bilki, Ushshoq va Navo maqomlari tinglovchida kuch va mardlik uyg'otadi. Rost va Iroq esa quvonch va shodlik uyg'otadi. Buzruk esa g'am va anduh uyg'otadi"8. U holda Shashmaqomning

7 Abdurahmon Jomiy (1414-1492) Opublikovano 10.06.2019 Avtor Ziyouz.uz

8 Abdurahmon Jomiy (1414-1492) Opublikovano 10.06.2019 Avtor Ziyouz.uz

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Rost(Ushshoq), Navo, Buzruk va Iroq maqomlari inson ruhiyatida ushbu tuyg'u va taassurotlarini uyg'otishini tasavvur qilish qiyin emas: kuchlilik, mardlik, quvonch, shodlik, g'am va anduh.Bu tuyg'ular inson ruhiyati uchun o'ziga xos ozuqalardir. Inson ruhiyati hamisha quvonchni xush ko'rmaganidek, doimiy g'amginlikda ham bo'lolmaydi. Ular o'rtasidagi muvozanatni kuchlilik va mardlik saqlab turadi. Demak, bugungi kunda ayol xonandalar ijrosida Shashmaqom namunalarini o'rganish va targ'ib qilish ayni muddaodir.

Chunki,cholg'ulardan taralayotgan yorqin, yoqimli va jarangdor sadolar kishi ruhiyatida uyg'onish ezaga keltirsa, ashulalardagi ruh, g'oya va ohang ruhiyatni yo'naltiradi. Shu sababli qadimda maqomlarni tinglash ham belgilangan, chunki inson ruhiyati zamon (vaqt) va makonga mos ravishda o'zgarishi ma'lum. Shu ma'noda Mavlono Najmiddin Kavkabiy (XVI ) o'zining musiqa ilmiga bag'ishlangan "Risolai musiqiy" asarida quyidagi tavsifni beradi: "Bilki maqomlarni ijro etish vaqti bor, jumladan:

1) Rost - choshgoh vaqtida;

2) Iroq - kun o'rtasida;

3) Buzruk - Quyosh botishi oldidan ijro etiladi"9 .Shashmaqomda ham kelgan bu maqomlarning ruhiy ta'sir kuchi idroklanadi. Unga ko'ra Shashmaqom tarkibidagi Rost Iroq va Buzruk maqomlarining inson ruhiyatiga ta'sir kuchini vaqtga bog'liq holda anglash mumkin. Negaki bu maqomlarning tovushqatorida lad tizimida o'n ikki maqomdagi tovushqatorlar saqlanib qolgani sir emas. Shu jihatdan Mavlono Najmiddin Kavkabiyning (XVI-asr) yana ushbu tavsiyasi diqqatni tortadi: Ijrochi tinglovchining xohish-istagi va ta'bini qoniqtirishi kerak. Biror musiqa asarini ijro etishdan avval vaqt va tinglovchilar tarkibi hisobga olinishi kerak. Shundagina musiqiy asarning tinglovchiga ta'siriga erishish mumkin.

Bu fikrlar albatta, amaliy tajribaning hosilasidir va u maqom san'atining eng kuchli bilimdonlaridan bir tomondan aytilayotgani bilan e'tiborga loyiqdir.

Mazkur muhokamalar shuni ko'rsatadiki, musiqa va ruhiyat masalasi juda keng ko'lamli bo'lib u izchil tadqiq etib borilishi maqsadga muvofiqdir. Hozirgi texnologik rivojlanish jarayonida inson ruhiyatini pok saqlash, uni turli salbiy ta'sirlardan asrash va insonga ruhiy ko'tarinkilik bag'ishlash muhim vazifalardan hisoblanadi. Chunki texnik taraqqiyot bir jixatdan inson ruhiyatiga salbiy ta'sir qilish, uning tuyg'ularini texnologiyalashtirish va asosiysi insonning zavq tuyg'usini qotirishga xizmat qilmoqda. Buning natijasida inson ruhiyatida turli illatlar, ruhiy tushkunliklar va umidsizliklar paydo bo'layotganligi sir emas. Shu ma'noda musiqa inson ruhini muolaja qiluvchi asosiy omillardan biridir.

9 Najmiddin Kavkabiy (XVI ) o'zining musiqa ilmiga bag'ishlangan "Risolai musiqiy" asari

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Xulosa sifatida faxr va iftixor bilan ayta olamizki, jonajon zaminimizdan jahon tsivilizatsiyasi rivojiga hissa qo'shgan allomalar, faylasuf olimlarning merosidan foydalanib, milliy mentalitetimizni, qadriyat-u an'analarimizni, ma'naviyatimizni, insoniy go'zal hislatlarimizni, tafakkurimizni, samimiy dunyoqarashimizni yanada boyitish, hamda o'zlashtirish mumkin. Bu har bir qalb uchun fahrga aylanishi lozim. Sharq ayol xonandaligi faoliyatida o'zbekona qadriyatlarimiz, madaniy-ma'naviy meroslarimiz, urf-odatlarimizga tayangan holda tashkillash va ulardan namuna, ibrat sifatida foydalanish ta'lim jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.

АБАБХУОТЬАК КО'УХАТ1 (REFERENCES)

1. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. https://adolat24.uz/

2. O'sha manbaa

3. Alisher xoji Naimov, Quvasoy shahar bosh imom-xatibi

4. "A-jome' as-sahih"da ilm olishga munosabat muslim.uz - Iyul 03, 2018

5. "Baxtiyor oila" kitobidan Manba islom.uz

6. Norpo'lat AHMEDJONOV, JDPIHXTXQTMOM katta o'qituvchici. https: //www. bukhari.uz/?p=12682

7. Abdurahmon Jomiy (1414-1492) Opublikovano10.06.2019AvtorZiyouz.uz

8. Abdurahmon Jomiy (1414-1492) 0publikovano10.06.2019AvtorZiyouz.uz

9. Najmiddin Kavkabiy (XVI ) o'zining musiqa ilmiga bag'ishlangan "Risolai musiqiy" asari

10. Xusanovna, D. N. (2023, April). BOLALAR FALSAFASI VA UNING SHAXS RIVOJIDAGI O'RNI. In E Conference Zone (pp. 73-78).

11. Djalalova, N. (2023). YOSHARNING ESTETIK TAFAKKURINI TARBIYALASH VA YUKSAKTIRISHDA MUSIQIY MADANIYATNING O'RNI. Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения, 2(4), 7-10.

12. Djalalova, N. (2023). PIANO PERFORMANCE AS A FACTOR THAT ACTIVATES STUDENTS'MUSICAL AND AESTHETIC WORLD VIEWS AND DEVELOPS MUSICAL CULTURE. Science and innovation, 2(B4), 339-342.

13. Djalalova, N. (2022). МУСИ^ИЙ ВА ПЕДАГОГИК МАХРРАТ АСОСЛАРИ. Science and innovation, 1(B8), 478-481.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

14. Шокиров, Т. Н. (2022). АБУ НАСР ФОРОБИЙНИНГ МУСЩА ИЛМИГА КУШГАН ХИССАСИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 353-359.

15. Namozova, D. T. (2021). MUSIQA DARSLARIDA O'QUVCHILARNI KREATIVLIK HAMDA ERKIN TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNI TASHKIL ETISH. Scientific progress, 2(2), 1313-1315.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

16. Namozova, D. (2022). BO 'LAJAK MUSIQA O 'QITUVCHILARINING KREATIV KOMPETENTLIGINI MUSIQA TARIXI FANINI O 'QITISH VOSITASIDA SHAKLLANTIRISH. Science and innovation, 1(B6), 942-950.

17. Sultonov, A. (2022). MUSIQIY IDROKKA TA'SIR ETUVCHI TRANSFORMATSION TENDENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING SAMARADORLIGI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 314-323.

18. Murodova, D. (2021). Scientific And Theoretical Aspects of Musical Thinking. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 7(1), 196-199.

19. Murodova, D. (2021). THE CONCEPT OF MUSICAL THINKING AND ITS STAGES OF DEVELOPMENT. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(05), 245-250.

20. Рахмонов У Наджметдинова М, Эргашев А Роль и значение музыкальных клубов в досуге молодежи Журнал педагогических изобретений и практик 2021, 2 (2) 47-49

21. Рахмонов У Наджметдинова М, Эргашев В ФОРМИРОВАНИИ СОЦИАЛЬНО-ДУХОВНОГО МЫШЛЕНИЯ МОЛОДЕЖИ В МУЗЫКАЛЬНОМ ИСКУССТВЕ ВЕЛИКИЕ УЧЕНЫЕ ВОСТОЧНОГО РЕНЕССАНСА ЗАНИМАЛИ ПОЛОЖЕНИЕ., Архив конференций: 2021:

ГУМАНИТНЫЙ_КОНГРЕСС

https://www.conferencepublication.com/index.php/aoc/article/view/1638.

22. Улугбек Рахмонов, Алиджон Эргашев, Шохидахон Атабаева, Студентка Юсупжонова Дильфузахон, РОЛЬ ДУХОВНОЙ СРЕДЫ В ПРОНИКНОВЕНИИ Эстрадной музыки в Узбекистане. , Архив конференций: 2021: ГУМАНИТНЫЙ КОНГРЕСС

23. Kirgizov, I., Kirgizov, I., Najmetdinova, M., &Atabayeva, S. (2022, February).

THE GENESIS OF THE DEVELOPMENT OF MUSIC CULTURE. In Archive of Conferences (pp. 57-60).

24. Kirgizov, I., Imyaminovich, K. I., Nurmuhammedjanov, A., Sotvoldievich, S. B., Mamasodikovna, N. M., &Juraevna, A. S. (2021). The Pleasure of Singing, Listening and Understanding Navoi. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 2410-

25. Нурмухамеджанов, А. (2022). ЁШЛАР ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИГИНИ ОШИРИШДА БУШ ВА^ТДАН ФОЙДАЛАНИШ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 442-446

26. Султонали Маннопов, Мавлюда Наджметдинова, Шохида Атабоева, Ирода Назарова, Джамолдин Мойдинов Анализ исследований эстетических

2413.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

особенностей узбекской народной музыки. Турецкий онлайн-журнал качественных исследований. 2021, Том. 12 Выпуск 10, стр.3528-3533.

27. Хожимаматов А. ГЛОБАЛЛАШУВ ШАРОИТИДА МИЛЛИЙ МУСИКИЙ МЕРОСГА МУНОСАБАТНИ УЗГАРИБ БОРИШ ТЕНДЕНЦИЯСИНИНГ НАЗАРИЙ-МЕТОДОЛОГИК АСОСЛАРИ. "JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN". JURNALI VOLUME 1, ISSUE 2, 2023. JUNE 249-253 bet.

28. Achildiyeva, M. (2023). PATNISAKI ASHULANING IJTIMOIY JARAYONDA FALSAFIY TARAQQIYOTI XUSUSIDA. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan, 1(2), 254-266.

29. Achildiyeva, M. (2023). QADIMGI DAVR CHOLG 'U SOZLARI VA ULARNING KELIB CHIQISHI. DENMARK" THEORETICAL AND PRACTICAL FOUNDATIONS OF SCIENTIFIC PROGRESS IN MODERN SOCIETY", 14(1).

30. Achildiyeva, M., & Mohinur, M. (2023). O 'ZBEK SAN'ATINING ZABARDAST HOFIZI JO 'RAXON SULTONOV. DENMARK" THEORETICAL AND PRACTICAL FOUNDATIONS OF SCIENTIFIC PROGRESS IN MODERN SOCIETY", 14(1).

31. Maxfuzakhon Karimova, Muyassarkhon Achildiyeva, Farangiz Ikromova (2021) USE FROM REDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MUSIC LESSONS EUROPEAN SCHOLAR JOURNAL "An open accyess, peyer reviyewyed multidisciplinary journal" 2 (4) 460-463 bet.

32. Achildiyeva M, Ikromova F Choir Art in Uzbekistan Botir Umidjonov Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences (Brussel, Belgium 2022) ISSN 27957683 54-56 be

33. Achildiyeva M,Ikromova F (2021) ABOUT MAHMUDJON TOJIBOYEVS PEDAGOGICAL ACTIVITY GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ) 9(5) 240-244

34. Achildiyeva, M., & Atkiyoyeva, R. XX-АСНИНГ «ХАМНАФАС» ХОФИЗЛАРИ " ENGLAND" MODERN PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY: PROBLEMS AND SOLUTION Vol. 10 No. 1 (2023)

35. . Jamoldin Muydinov УРТА ОСИЁДА МУСИКА ИЛМИ РИВОЖЛАНИШИДА БАХШИЧИЛИК САНЪАТИНИНГ УРНИ ВА АХАМИЯТИ - "JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN" JURNALI VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

36. 23. Muydinov, J. S. (2022). XALQ QO 'SHIQLARI-USTOZLAR SAYQALIDA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 606-610.

37. Akmal Arabovich Saddixonov MUSIQIY TA'LIMDA KOMPETATSION YONDASHUV 2022 Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 10-2 572-577

38. Sadixanov Akmaljon Arapovic TALABALAR KREATIVLIK JIHATLARINI RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI YO'LLARI 2023 Science and innovation 2 Special Issue 5 633-637

39. Акмаль Алдиёров Садиханов ПОНЯТИЕ ЛИЧНОСТНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ И КРЕАТИВНОСТИ УЧИТЕЛЯ МУЗЫКИ В СИСТЕМЕ ОБРАЗОВАНИЯ 2023/6/4 " USA" INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE TOPICAL ISSUES OF SCIENCE 8 1

40. Abduvali o'g'li, A. A. (2023). XX ASR MUSIQA SAN'ATI RIVOJINING BA'ZI XUSUSIYATLARI. Gospodarka i Innowacje., 35, 729-734.

41. Абдусатторов, А. А. У. (2023). УРТА ОСИЁ ХАЛК ЧОЛГУ ОРКЕСТРЛАРИНИНГ ШАКЛЛАНИШ БОСКДЧЛАРИ. Science and innovation, 2(Special Issue 5), 521-526.

42. Бурбонов, Р. М., Алиев, С., Габриэлян, С., & Гиенко, Б. УРТА ОСИЁ ХАЛК ЧОЛГУ ОРКЕСТРЛАРИНИНГ ШАКЛЛАНИШ БОСКДЧЛАРИ Абдусатторов Абдужалил Абдували yFли.

43. Abdusattorov, A. (2023). MUSIQA DARSLARI JARAYONIDA KOMPYUTER TEXNALOGIYALARIDAN FOYDALANISH AFZALLIKLARI. Наука и инновация, 1(9), 8-12.

44. Abdusattorov, A. (2023). TORLI KVARTET UCHUN ASARLAR YARATISHNING METODOLOGIK BOSQICHLARI. Наука и инновация, 1(9), 47.

45. Абдисатторов, А. А. У. (2022). БАСТАКОРЛИК ИЖОДИДА МУСИКА ФОЛЬКЛОРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 602-605.

46. Abdusattorov, A. (2020). About Makom Melodies Adapted for Orchestra of Uzbek Folk Instruments. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 2(11), 28-30.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.