Научная статья на тему 'BUXORO SHASHMAQOMINING TARIXIY ILDIZLARI'

BUXORO SHASHMAQOMINING TARIXIY ILDIZLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
946
75
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shashmaqom / iyqo’ / Ho zam-zam / chapak / qars / Ushshoq / Navo / Busalik / Rost / Hijoz. / Shashmaqom / Iiko' / Ho zamzam / Chapak / Kars / Ushshak / Navo / Busalik / Rost / Hijaz.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Hakimov, Ziyodullo

Maqolada Buxoro Shashmaqomining kelib-chiqishi va shakllanish jarayonlari, Sharq musiqa san’atida maqomlarining o’rni hamda ularning dastlabki nazariy asoslari haqida asosli fikr yuritilgan. Maqomlarning nazariy asoslarini o’rganish masalalarida asosan ilmi iyqo’ (ritm) nazariyasiga urg‘u beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORICAL ROOTS OF BUKHARA SHASHMAQOM

The article deals with the origins and processes of the formation of Bukhara shashmaqoms, the place of their status in oriental music, their initial theoretical foundations. In matters of studying the theoretical foundations of maqam, the emphasis is mainly on the theory of ilmi iiko (rhythm).

Текст научной работы на тему «BUXORO SHASHMAQOMINING TARIXIY ILDIZLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(2), Feb., 2023

BUXORO SHASHMAQOMINING TARIXIY ILDIZLARI

Hakimov Ziyodullo

FarDU magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada Buxoro Shashmaqomining kelib-chiqishi va shakllanish jarayonlari, Sharq musiqa san 'atida maqomlarining o 'rni hamda ularning dastlabki nazariy asoslari haqida asosli fikr yuritilgan. Maqomlarning nazariy asoslarini o 'rganish masalalarida asosan ilmi iyqo' (ritm) nazariyasiga urg'u beriladi.

Kalit so'zlar: Shashmaqom, iyqo', Ho zam-zam, chapak, qars, Ushshoq, Navo, Busalik, Rost, Hijoz.

АННОТАЦИЯ

В статье рассматриваются истоки и процессы формирования бухарских шашмакомов, место их статуса в восточной музыке, их исходные теоретические основы. В вопросах изучения теоретических основ макама упор в основном делается на теорию илми ийко (ритма).

Ключевые слова: Шашмаком, Ийко', Хо зам-зам, Чапак, Карс, Ушшак, Наво, Бусалик, Рост, Хиджаз.

ABSTRACT

The article deals with the origins and processes of the formation of Bukhara shashmaqoms, the place of their status in oriental music, their initial theoretical foundations. In matters of studying the theoretical foundations of maqam, the emphasis is mainly on the theory of ilmi iiko (rhythm).

Key words: Shashmaqom, Iiko', Ho zamzam, Chapak, Kars, Ushshak, Navo, Busalik, Rost, Hijaz.

KIRISH

Ajdodlarimiz tomonidan meros bo'lib kelayotgan milliy musiqamiz an'analarini o'rganish va ularni butunjahon tamadduni taraqqiyotiga xizmat qildirishdek, tarixiy vazifani tabdil etganligi xalqimizning istiqlol yillaridagi madaniyat va san'at sohasida erishgan ulkan ma'anaviy ozuqa bo'ldi.

Jahon musiqa merosining ulkan sarchashmasi hisoblangan Shashmaqomning YuNESKO tomondan "Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi" deb e'tirof etilishi katta tarixiy voqea. Ota-bobolarimizdan qolgan mo'tabar musiqiy merosni nafaqat asrab-avaylash, balki kelasi avlodlarga tortiq qilish ham bugungi vazifamizdir.

Bobokalonlarimiz tarafidan qadimgi davrlardan beri bizgacha saqlanib kelingan mumtoz musiqiy obidalar, ularning hayot tarzlaridagi o'ziga xos an'analari zamonlar o'tishi bilan shu makonda kamol topgan ilm ahlining musiqiy izlanishlarida sayqal

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

topib, tobora ilmiyroq bir tusga tegishli yozma manbalarga muhrlanib, ma'anaviy boyligimizga aylangan. Ushbu mulkni tadqiq qilib, amaliyotga tadbiq etish va ularning semantikasini ochib berish kabi muhim vazifa, ayni paytda, biz uchun kechiktirib bo'lmaydigan ishlardan biridir.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI:

Buxoro qadimiy san'ati Suyovush davrida bir tomondan So'g'dlar va ikkinchi tomondan Hindiston, Xitoy va Arab davlatlari bilan savdo sotiq yo'llarini mustaxkamlab, buyuk ipak yo'llarida katta bazmlarni ham uyushtirib kelganligi bilan bir-birovini musiqa san'ati bilan yaqqol tanishib, tajribalar ortirilgan deyish mumkin. Ushbu kesimda ijrochilik san'ati raqobatchilikka bel bog'lash darajasiga yetgankim, buni saroy podsholari markazlarida uyushtirib kelingan. Shu tariqa "Rost", "Navo", "Ushshoq", "Segoh" janrlari o'zga xos nafisligida, o'sha davrda ham eng murrakkab ijrochilik sirasiga kirganligini Fahlobod Borbad asarlarida uchratish mumkin. Shuningdek, tarixchi Nasrshaxiy Buxoriyning "Buxoro tarixi" kitobida asoslangan. Buyuk Qo'shoniylar imperiyasi davridan boshlab sharq bilan aloqalar kuchayib borishi natijasida ezgu hayot va musiqa san'ati rivojlanadi.

Masalan, "Ho-zamzam" qo'shig'ini Tojikistonda fol'klor uslublarida aytilishini uchratish mumkin. Bu qo'shiq davrlar o'tib ancha takomillashib, zamonaviy musiqa ijrochiligida o'z o'rniga ega bo'lgan. Uning fol'klor uslubiga birmuncha yaqinligi, usul tartiblari Buxoroning «ufar»iga o'xshab ketadi. Biroq, Buxoro an'anaviy ufarining ijro etilish xususiyatini o'zga biror etnik guruh yoki xalqniki bilan solishtirib bo'lmaydi. U faqat Buxoroga xos uslubiy shaklda ekanligi bilan alohida ajralib, sezilib turadi.

R.Abdullaev tadqiqotida, asosan o'zbek, turkman, qozoq, qirg'iz va qoraqalpoq kabi turkiyzabon aholi bilan birga, fors-tojik vakillari ham yondosh yashashi natijasida milliy an'analarning musiqiy-ma'naviy hayotda ko'plab urfodatlar, bayramona bazmlar, diniy marosimlarning naqadar qo'shilib-chatishib ketganligi haqida qiziqarli fikr-mulohazalar yuritadi

Qadimdan bizga ma'lum cholg'ular tarannumidan tashqari "chapak", "qars" hamda qo'lga angishvona taqib, likopchalarga zarb berib, xor bo'lib kuylash udumlari bizning davrimizgacha yetib kelgan. Masalan, Zardushtiylarning qadimgi Kushon davri san'atiga xos diniy bayram usullari va harbiy xor jamoasining qo'shiqlari, ya'ni "Mozandaron" harbiy qo'shig'i, "Qini Siyovush" (Siyovush qasosi) - marsiyasi yoki qadimgi Buxoro umum- guruh jamoasi an'analaridan "Yazno-Nofarin" qo'shig'i,"Ho zam-zam"1 usullari hozirgi davrda M.Tursunzoda nomidagi

1 S.Saidiy tomonidan Душанбе, ТГИИ. КПР факультет концерти ва^тида 1990 йил ёзиб олинган. Qo'lyozma shaxsiy kutubxonasi. 2014 yil 30 may oyi.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

Tojikiston xalq konservatoriyasi o'qituvchilarining tashabbuskorligi bilan talabalar va o'qituvchilardan tashkil topgan aralash xor dastasi va turli xil ansambllar dasturidan o'rin olgan2. Ammo, Buxoroda bu yo'nalishlar sho'rolar hukmronligi davrida asta-sekin e'tibordan chetga chiqib qolgan. Biroq, turli aholi qatlamlari orasida hanuzgacha shunday ijro uslublarining ayrim tartib-namunalari saqlanib qolgan.

Yuqorida nomi keltirilgan qo'shiqlar turli xil tasniflanishlar va eng muhimi muayyan turkumiylikda qismlardan qismlarga to'xtovsiz o'tish jarayonlari, o'ziga xos usullari, ushbu usullar ritm-o'lchovlari hamda temp [tezlik] jihatlari bilan ajralib turadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, shuni qayd etish lozim ko'rinadiki, Buxoro "Shashmaqom"i Avesto davridan so'ngi asrlarda, aniqrog'i, uning ildizi 2400 yillik davrga teng keladi. Demak, Aaleksand Makedonskiyning bizning o'lkalarimizga kirib kelishidan oldin, Eronnajot xududlar va Turon zaminlarida oltin hayot peshqadamlik qilgan davrlardan dalolat berishini tassovur qilish, zamonaviy dunyoqarashlar va ma'naviyatiga ega inson tariqasida qiyoslash mumkin.

MUHUKAMA VA NATIJALAR

Buyuk Turon zaminida musiqa madaniyati va ijrochilik san'atining rivojlanishi qadim zamonlarga bog'lanib ketadi. Buyuk sharq allomalari Muhammad Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad al Farg'oniy, Abu Ali ibn Sino, Paxlavon Mahmud, Umar Hayyom, Mirzo Ulug'bek, Zaxiriddin Muhammad Bobur, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Paxlavon Muhammad, Najmiddin Kavkabiy, Darvish Ali Changiy3 va boshqa ulug' bobokalonlarimiz o'zlarining risolalarida ijrochilik san'ati, musiqa ilmi va tarixi, cholg'u sozlarining tuzilishi, ijroviy uslublari, san'atkorlik qonun - qoidalariga oid qimmatli ma'lumotlarni bayon etib ketganlar. Mashhur didaktik asar «Qobusnoma»da ham hofizlik va san'atkorlikning qoidalariga bag'ishlangan alohida bob o'rin olgan.

Zaminimizda o'tkazilgan tarixiy qazilmalar natijasida topilgan dutorga, surnay, qonunga, nayga o'xshash sozlar, toshlarga o'yib bitilgan sozandalarning soz chalib turganidagi tasvirlari, minatyura asarlaridagi sozanda va hofizlarning rasmlari o'lkamizda ijrochilik san'ati qadimdan rivojlanib kelganligidan dalolat beradi. Sharq xalqlarining musiqiy merosi bo'lmish Maqom, Mug'om, Dastgoh, Navba, Raga, Kyui kabi ijrochilikning murakkab turkumlari avloddan - avlodga og'zaki ravishda o'tib kelgan. Tarixiy manbalar, bilimdon ustoz san'atkorlarning fikri hamda ilmiy tadqiqotlarga qaraganda, XIII-XVII asrlarda Buxoro, Uyg'uriston, Xuroson va

2 o'sha asar. (qo'lyozma).

3 Change Darvish Ali. Traktat o muzike. (perevod s pers.-tadj. D. Rashidovoy) Rukopis bib-ka NII Iskusstvoznaniya Inv. N879 s. 23-29.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

Ozarbayjon xalqlari musiqasida quyidagi o'n ikki (davozdax) maqom mavjud bo'lgan. Bular «Ushshoq», «Navo», «Busalik», «Rost», «Xusayniy», «Xijoz», «Rohaviy», «Zangula», «Iroq», «Isfahon», «Zirofqand», «Buzurg».4

Yana bir tarixiy manbaga murojaat qiladigan bo'lsak, ulug' olim Mirzo Ulug'bek Tarag'ayning «Risola dar ilmi musiqa» (Musiqa ilmi haqida risola) kitobining «Dar bayoni duvozdah maqom» (o'n ikki maqom zikrida) bobida shunday fikrlar keltiriladi: Xoja Abdulqodir ibn Adurahmon Marog'iy, Xoja Sayfidin Abdulmo'min, Sulton Uvays Jaloiriylarning so'zlariga qaraganda, avvalda maqomlar yettita bo'lg'on: «Maqomi rost», «Maqomi Ushshoq», «Maqomi Navo», «Maqomi Roho'», «Maqomi Xijoz», «Maqomi Iroq», «Maqomi Xusayniy». Yana ushbu risolada ulug' bobomiz Ulug'bekning o'zi tanbur va nog'orani juda yaxshi chalganligini, «Bulujiy», «Shodiyona», «Axloqiy», «Tabriziy», «Usuli ravon», «Usuliy otlig'» singari kuylarni ixtiro qilganligini ta'kidlab o'tadi.

Yuqoridagi fikrlarga suyangan holda, shunday xulosa qilish mumkinki, tarixiy sharoitda yangi ijro yo'llari sayqallangan ko'rinishlari bilan jilolanib kelgan. Keyinchalik xalqning etnik joylashishi, yashash sharoitlari, turmush tarziga qarab ularning turlicha madaniy rivojlanish davriga asoslanib har xil maqom yo'llari ham o'z o'rnini topganligi ehtimoldan holi emas.

Natijada XVIII asrga kelib Buxoroning «Shashmaqom» (Olti maqom)i: «Buzruk», «Rost», «Navo», «Dugoh», «Segoh», «Iroq» maqomlari o'zining nasr va mushkulot qismlari bilan rivojlangan bo'lsa, Farg'onaning «Chor maqom»i (To'rt maqom), «Dugoh Xusayniy»ning yettita yo'li, «Chorgoh»ning oltita ijrochilik yo'li, «Shaxnozi Gulyor»ning oltita ijrochilik yo'li hamda «Bayot» yo'llarining savti va taronalari bilan jilolanib, ijro etib kelingan.

IX-XII asrlarda O'rta Osiyo musiqiy madaniyatida o'zgarishlar davri bo'lganligi manbalarda ko'rsatib o'tiladi. Lekin X-XII asrlarda ijod qilgan sozandalar, hofizlar va bastakorlarning nomlari va ularning ijodiy faoliyatlari haqida juda kam ma'lumotlar saqlanib qolgan. Ustoz musiqashunos olimlarning yozma manbalariga asoslanib ba'zilari ustida to'xtab o'tishni lozim topdik. VI-VII asrlarda yashab ijod etgan O'rta-Osiyolik Faxlobod Borbad haqida ma'lumotlarga qaraganda musiqashunoslik, bastakorlik, sozandalik va hofizlik borasida tengi yo'q san'atkor bo'lganligi e'tirof etiladi. Afsonaviy ijrochilik mahoratiga ega bo'lganligi xaqida yozgan ustoz musiqashunos olim Ar-Roziy Borbadning buyuk ijrochilik mahorati bilan birgalikda musiqiy sozlarning ham yaratuvchisi bo'lganligini aytib o'tadi.

4 Nazarov A. F. Kniga pesen al-Isfaxani v aspekte mejregionalnix muzikalno-transkulturativnix processov. Dis. Kan. Is-ya, bib-ka NII Iskusstvoznaniya. Inv N812, s . 37

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

Borbad yaratgan musiqa asbobi X-XII asrlarda Xuroson va Turonda keng tarqalganligini va uning 4 torli bo'lganligini yozadi5.

Qadimiy qo'lyozmalarda X-XII asrlarda ijod qilgan Abubakr Rubobiy, Bunasr, Buamir va changchi Lukoriy va boshqa sozanda va hofizlarning nomlari eslab o'tiladi.

IX-X asrda yashagan buyuk shoir Abu Abdullo Rudakiy o'z zamonasining chang sozlarini chalishda mohir bo'lganligi, ayniqsa «Bo'yi juyi muliyon» sheprini ushshoq kuyida aytilgani qadimgi qo'lyozmalarda ko'rsatilgan. Adabiyotshunos olim N.Mallayev qadimiy ko'lyozmalar asosida X-XII asrlarda tanbur, rubob, kus nog'ora, qo'biz, tabl, tanburok, zir, nay, chag'ona, shaypur, surnay, karnay, arg'unan, qonun kabi torli, zarbli va puflab chaladigan cholg'u asboblari o'lkamizda keng tarqalganini va o'n ikki maqom taraqqiy topib takomillashganini ko'rsatib o'tgan.

O'sha davrning buyuk olimi Maxmud Qoshg'ariyning «Devoni lug'otiy turk» asarida qadimiy turkiy xalqlarning xalq og'zaki ijodi va qo'shiqlari, bayram va marosimlaridagi mexnat qo'shiqlari, qaxramonlik qo'shiqlari haqida namunalar berilgan bo'lib, o'sha zamonda qo'shiqchilik janri rivoj topganini ko'rsatadi. X-XII asr musiqa va ashula san'atiga doir bayon etilgan noyob ma'lumotlar Yusuf Xos Xojibning « Kutadg'u bilig» asarida ham uchraydi. X asrning buyuk qomusiy olimi, musiqashunoslik fanining ulug' kashfiyotchisi Abu Nasr Al Forobiy (873 -950) bo'lib, uning musiqa sohasida yaratgan asarlari asosida ovro'pa olimlari ham qator asarlar yaratganlar. Farobiy o'z faoliyatida musiqa ilmini tadqiq etish bilan birga fiziologik asoslarini ishlash ustida ijod qildi va «Qonun», «G'ijjak» kabi yangi musiqiy sozlarni kashf etdi. Uning musiqa sohasidagi nazariy asarlaridan «Kitab ul musiqa al-kabir» («Katta musiqa kitobi»), «Kalom fakultet-il musiqi» («Musiqa haqida so'z»), «Kitob fi ixsoal ibko'» (kuylar tasnifi haqida kitob»), «Kitob fi-n naqra muzofa ilal ibqo'» (Ritmga qo'shimcha qilinadigan siljishlar haqida kitob») kitoblari ma'lum. Akademik Muzaffar Xayrullayevning «Forobiy» asarida uning musiqa ijodi haqida qimmatli ma'lumotlar beriladi.

Forobiy Turkistonning Farob (O'tror) shahrida tug'ilgan bo'lib, uning otasi Muhammad Tarxon turkiy qabilalardan edi. Avval O'trorda, o'qib, so'ngra Bog'dodga borib unda falsafa, tabiyot, musiqa fanlari bilan chuqur shug'ullanadi. Qadimgi Yunon faylasuflaridan Aflotun (Platon), Arastu (Aristotel') larning dunyo qarashlarini chuqur o'rganib, ularning ta'limotlarini qaytadan ishlab chiqdi. Bu esa unga Aristoteldan keyin «Ustod soniy» (Ikkinchi ustod) nomini beradi6. U o'sha davrning eng o'tkir sozandasi, bastakori, O'rta Osiyoda va Yaqin Sharqda musiqa madaniyatining yirik arbobi sifatida tanildi. Forobiy o'sha davr ijrochilik san'atida

5 Matyoqubov O. R. Og'zaki ananadagi professional muzika asoslariga kirish. T., Oqituvchi, 1983, b. 7

6 Korogli X. G. vzaimosvuazi eposa narodov Sredney Azii, Irana i Azerbaydjana. M., 1983, s. 8

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

ham benihoya katta shuhrat qozondi. Uning musiqa yo'nalishidagi nazariy asarlari kelajakda O'rta Osiyo xalqlari musiqa fani taraqqiyotiga asos bo'ldi va shu bilan birga dunyo musiqa fani rivojiga ham katta hissa bo'lib qo'shildi.

Yana bir ulug' alloma Abu-Ali Ibn Sino (980-1037) ham musiqa nazariyasi bilan shug'ullangan bo'lib, 1931 yilda Maxmud al Xavfning Berlinda nashr etilgan Ibn Sinoning musiqa ijodiga bag'ishlangan kitobida Abu-Ali Ibn Sinoni katta musiqa nazariyachisi va uning musiqa asboblari ham kashf etgani to'g'risida ma'lumot beradi. Yana shu kitobda ulug' olimning musiqa haqidagi «Kitob un najot» asarining arabchadan nemischaga tarjimasi berilgan. Abu Ali Ibn Sino meditsina, falsafa, musiqa sohasida «Alqonun fit-tib» («Tib qonun»), «Kitob ul shifo» («Shifo kitobi»), «Donishnoma», «Risola fial musiqiy sayr mo fi al shifo» («Musiqa to'g'risida» «Shifo»da berilgandan boshqa risola») kabi qator asarlarni yozdi. Ibn Sinoning musiqaga doir mulohazalari «Kitob ush shifo» asariga alohida bir qism qilib kiritilgan. Yuqoridagi asarlarda Ibn Sino musiqaning estetik ahamiyati va ta'sir kuchiga e'tibor berib, ayrim jismoniy va ruhiy kasalliklarni musiqa vositasi bilan shifolash usullarini o'z amaliyotida joriy qiladi. Bu yana o'sha davrda musiqa san'atining yuksaklikka erishganini ham ko'rsatadi. Abu Ali Ibn Sino Buxoroning Afshona qishlog'ida tug'ilgan bo'lib, otasi Abdullox asli Balhlik davlatmand va madaniyatli kishi bo'lib, o'g'lini yoshligidan qobiliyati, iste'dodini, zehnini ko'ra bilgan holda uning o'qishiga katta e'tibor beradi. Ibn Sino Buxoroda yashagan davrida Somoniylarning boy kutubxonasidan foydalanadi va Yunon kitoblarini tinmay qiroat qiladi. 999 yilda Qoraxoniylar tomonidan Somoniylar davlati qulatilgach, Urganchga kelib Xorazm olimlari qatoridan joy oladi. Keyinchalik Maxmud G'aznaviy tazyiqi ostida ko'p shaharlarni kezib, 1037 yilda Hamodonda vafot etadi.7

XII -asrdan boshlab Al Forobiy, Abu Ali Ibn Sino musiqa nazariyalari zamirida mahalliy tillarda musiqa fani haqida qator asarlar maydonga kela boshladi. Xorazmlik olim Ar-Roziiy o'zining XII -asrda yozgan «Jome'ul -ulum» qomusining bir bo'limini musiqa faniga bag'ishlagan. XIII - asrda Muhammad Ibn Ma'sud ash-Sheroziy (1236-1310) «Dar ilmiy musiqiy», Sayfutdin Abdul Mo''min al Urmaviy (1294 yilda vafot etgan) ning «Risolatun Sharafiya» kabi asarlari ham musiqaga bag'ishlangan. Musiqa ilmi bilan o'rta asr olimi Muhammad al Amuliy ham shug'ullangan zamonamizning atoqli musiqashunos olimi san'atshunostlik doktori Ishoq Rajabov (1927-1982) XIII- asrda maydonga kelgan al Urmaviyning «Risolatun Sharfiya», Ash-Sheroziyning «Dar ilmiy musiqiy» asarlariga ilova qilingan va ud sozu uchun yozilgan qadimiy musiqa notalarini shartli belgilar bilan hozirgi zamon notasiga o'girishda tajribalar o'tkazdi. Muhim ahamiyatga ega bo'lgan bu tadqiqotda

7 Karomatov F., Elsner Yu. Makam I makom, kn: Muzika narodov Azii I Afriki. Vip . M., 1984, s. 91

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

XIII-asrda notaga olingan qadimiy musiqa tuzilishini hozirgi zamon o'zbek kuylariga juda yaqinligi aniqlangan.

Tarix zarvaraqlariga nazar solganimizda ulug' bobomiz Amir Temur davrida ham madaniyat va san'at rivojlanganligini guvohi bo'lamiz.

Ayniqsa, Abdulqodir Marog'iyning Shom davlatidan olib kelib saroy musiqachilarining rahbari etib tayinlaganligi ham uning musiqa san'atiga ixlosmand bo'lganligidan dalolat beradi. XVII- asr musiqa tarixchisi Darvish Alining ma'lumotiga qaraganda Xoja Abdulqodir Marog'iy isfaxonlik bo'lib, o'sha davr Sharqining buyuk musiqa olimi, bastakor va nazariyotchisi edi. U Samarqandga kelgach, saroy teatri va musiqasiga raxbarlik qildi. Samarqandda o'z maktabini yaratdi, ko'plab shogirdlar tayyorladi va musiqiy taraqqiyotga katta hissa qo'shdi. Uning qalamiga mansub «»Zubdatul advor», «Maqosidul ilhon» nomli kitoblar yozilganligi to'g'risida ma'lumotlar mavjud bo'lib, Darvish Ali yana «Miatayin» nomli musiqa to'plami yaratgani haqida ma'lumot beradi.

Amir Temur o'z tuzuklarida o'ninchi toifa hunar-san'at egalaridir. Ularning davlat xonaga keltirib o'rdada o'rinlar belgilangan, deb ta'riflaydi. Yozma manbalarda yana shu davrning yirik bastakor sozandalaridan Sayfitdin Nayi va Qutbi Nayi, Said Yusuf (qo'buz), Darvish bek kabi musiqa sohasida mashxur bo'lgan san'atkorlar qalamga olinadi.

Movarounnaxr madaniyati va san'ati ayniqsa Ulug'bek (1394-1449) zamonasida yuksaklikka ko'tarildi.nProfessor Abdurauf Fitrat,8 Ulug'bek davrida Samarqandda ijod qilgan Darvish Axmadiy Qonuniy, Sulton Ahmad Nayi, musiqiy risola yozgan qorako'llik Hisoriy, Xorazmlik Abu Vafo, musiqashunos olim mavlono Sohib Balhiy, Shahrisabzlik bastakor Abul Baraka, mashhur sozanda Navoiyning mualimmi Xo'ja Yusuf Burxon, Navoiyning tog'asi Muhammad ali G'aribiylar kabi o'sha zamonning mashhur san'tkorlarini qalamga olib o'tadi. Mashhur musiqashunos Hofiz Darvish Alining qalamiga mansub «Tuhfatus surur» 9 asarida aytilishicha Ulug'bek Mirzoning o'zi ham musiqiy olimlardan sanalgan.

«Muhit at tavorih» kitobida uni bastakor sifatida «Bulujiy», «Shodiyona»- (bu bizgacha yetib kelgan), «Axloqiy», «Tabriziy», «Usuli ravon», «Usuli Bahri» kabi yirik musiqa asarlari yaratgani ko'rsatiladi. Ma'lumotlarda shaxar san'atkorlari ichida yallachi ayollar va raqqosalar ham bo'lganligi aytib o'tiladi.

Ulug'bek vafotidan so'ng san'atdagi rivojlanish davri Xirotga ko'chdi. Buning bevosita rahbarligida ulug' bobomiz Alisher Navoiy turdi, podshoh va shoir Xusayn Boyqaro xomiylik qildi. Navoiy butun Movarounnahr, Xuroson san'at va adabiyot,

8 Fitrat. O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi. T., Fan, 1993, b. 39-40

9 Change Darvish Ali. Traktat o muzike. (perevod s pers.-tadj. D. Rashidovoy) Rukopis bib-ka NII Iskusstvoznaniya Inv. N879 s. 23-29.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

madaniyat ahlining sarboni bo'lib yangi taraqqiyot pog'onasiga olib chiqdi. Shu davr ichida o'zbek xalqining musiqa madaniyati yuksak cho'qqiga ko'tarildi. Buyuk musiqa ustozlari eng iste'dodli talabalarni o'z tarbiyasiga oldi. Yangi kuylar, qo'shiqlar, musiqa nazariyasiga oid asarlar maydonga keldi, talantli sozandalar, bastakorlar, hofizlar yetishib chiqdi. Ustozi va dusti buyuk shoir Abduraxmon Jomiy ham bu borada qalam tebratib «Risolal musiqiy» asarini yozdi. Bu asarda o'zbek xalqining qadimiy o'n ikki maqomi haqida qimmatli ma'lumotlar berildi. Yana bir zamondosh olim Zaynobuddin Al-Xusayniy «Qonuni ilmi va amali musiqiy» nomli musiqiy darslik yozib, uni Navoiyga bag'ishladi. Nuritdin Marg'iloniyning «Maqsadul advor» («Musiqa ilmini maqsadi») risolasi ham maydonga keldi. Navoiy faqat san'atkorlarning xomiysi bo'libgina qolmay, u musiqa olimi va bastakori ham bo'lgan. Zaxriddin Muhammad Bobur uning bir qator musiqa asarlari yaratganini, jumladan «Naqshi» (ashula)lari, «Peshrav» (musiqa)lari borligini «Boburnoma» asarida hikoya qiladi. O'zlarining tahalluslari ham «Navo»ga bog'langanliklari zamirida musiqaga yaqindan oshno bo'lganliklarini ko'rsatadi!

Navoiy «Mahbubul-qulub» asarining ikkinchi mutrib (ashulachi), mug'anniy (sozanda) faslida mutrib va mug'anniylar ijrolarini ta'sirchanligi va tarbiyaviy ahamiyati haqida so'z yuritadi va nay, g'ijjak, tanbur, chang, ud, rubob, qo'buz, qonun, chag'ona, kabi musiqa asboblarini fazilatlarini ham ta'riflaydi. «Mezonul avzon» asarida Navoiy tuyuq changi, turkiy, orzuvoriy, muhabbatnoma, musta'zod kabi xalq qo'shiqlarining 8 turi, ularning vazn xususiyatlari haqida ma'lumotlar beradi. «Hamsatul-mutahayyirin» asarida esa Navoiyning musiqa nazariyasiga katta e'tibor bergani namoyon bo'ladi. Bu asarda Mavlono Ali O'ohning tengi yo'q sozanda, nazariyotchi ekanini va unga bir nazariy darslik yozishni topshirganini aytadi. Bundan tashqari ustod Qulmuhammad, Xo'ja Shahobiddin, Abdullomarvaridiy, mavlono Binoiy kabi musiqashunoslarning musiqaga oid asarlar yozganlarini ko'rsatib o'tadi. Navoiy «Xolati Paxlavon Muhammad» asarini o'z davrining buyuk bastakori, o'n ikki maqomning takomillashuvida katta xissa qo'shgan Paxlovon Muhammadning musiqa ijodiga bag'ishladi.

O'sha davr musiqa madaniyati haqida Zaxriddin Muhammad Bobur ham qimmatli ma'lumotlar bergan. Uning yozishicha ustodlar Qulmuhammad, Abdullo Marvoridiy, Xusayn Udiy, Darvishbek, Yusuf o'g'loqi (qo'biz), G'ulom Shodi, Shayxi nayi, shayx quli (g'ijjak)lar Navoiyning yordami va g'amxo'rligi tufayli shuhrat topganlar. Zayniddin Vosifiy o'zining «Badoye'ul vaqe'» asarida Navoiy zamonasida xalq san'atini katta rivoj topgani to'g'risida yozib, Xasan Nayi, Ahmad G'ijjakiy, Ali Kuchak Tanburiy, Xasan Boloboniy, Mirzo Bayram, G'iyosiddin kabi sozanda va bastakorlarni nomlarini keltiradi.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

Zayniddin Vosifiyning ma'lumotlariga qaraganda Hirot Safaviylar tomonidan ishg'ol qilinganda besh yuzga yaqin san'at axli Movarounnaxrga ko'chish qilganligi, bular orasida Qosim Ali qonuniy, ashulachi va sozanda ayol (tug'anniya) Chaqar Xonim, Said Ahmad G'ijjakiy, Muhibi Ali Boloboniy, Xasan

Udi, Xusan Udi, Xusayn Kuchak nayi, Hofiz Marxonanda, raqqoslardan Maqsud Ali 10 kabilar borligi aytib o'tiladi.

Professor Abdurauf Fitrat ham XV-asrda Movarounnaxr va Hirotda ijod qilgan «Ishrat» isimli cholg'u sozini chaladigan ustod Abulqosim va Xusayn Boyqaroning musiqiy muallimi, andijonlik mavlono Yusuf Badiyi, (Xusayn Boyqaro ham musiqa bilan shug'ullanganligi, shundan ko'rinadi), tanburga bir sim qo'shimcha qilib ijro etgan. Mahmud Shayboniy, Abduqodir Marg'iloniy, Habibulloiy changi, Muharramiy chanchi, Ali Shunqar, Mehtar Shamsiddin nog'orachi, Mehtar Imom nog'orachi, Alijon g'ijjakiylar kabi o'sha zamonning musiqiy ustozlari haqida ma'lumot beradi.

XVI-XII asr musiqiy san'atning taraqqiyotiga nazar solsak, o'rtadagi bir qancha uzilishlardan so'ng, oldinga siljishlar ro'y berganini guvohi bo'lamiz. XVI-asrning yirik shoiri va musiqashunos olimi Najmitdin Kavkabiy (1576 yilda vafot etgan) rahbarligida o'n ikki maqom yanada mukammalashdi. Darvish Alining hikoya qilishicha, Hirotda tahsil ko'rgan mavlono Najmitdin Kavkabiy Ubaydulloxon tomonidan Buxoroga oldirib kelingan va bu yerda o'z maktabini yaratib, o'zbek musiqasi takomili ustida ish olib borgan. U Xo'ja Muhammad Mavlono Rizo Samarqandiy, Xo'ja Xasan Nisoriy, Mavlono Xasan Kavkabiy, Boqi jarroh kabi musiqashunoslarni tayyorlagan. Kavkabiy «Risolai musiqiy»11 asarini yaratib musiqa nazariyasi faniga katta hissa qo'shgan.

XVI-asr oxiri XVII-asrda Shayboniylar hukmdorligi davrida Buxoroga-turli yerlardan san'atkorlarni olib kelib to'plash davom ettiriladi. Ubaydulloxon (o'z shoir sifatida devon qildirgan) Xirotni bosib olganda mashhur Hofiz Axiy Garaviyni Buxoroga oldirib keladi va Garaviy Buxoroda maqom ijrochilari maktabini tashkil qiladi. Darvish Alining shohidligi berishicha Axiy Garaviy maktabida Xo'ja Hamza Toshkandiy, Xo'ja Bobo changiy, Darvish Mahmudiy Andijoniy, Hofizi Ushshoqiy kabi Movarounnaxrning turli joylaridan kelgan hofizlar tarbiyalanganlar.

XVII asrning yirik sozandasi, musiqa tarixchisi va nazariyotchilaridan biri Darvish Ali Changi bo'ldi. U 12 bo'limdan iborat «Risolaiy musiqi» asarini yaratdi. Bu asar o'sha davr musiqa tarixini o'rganishda muhim manba bo'lib xizmat qiladi. Unda maqomlar, maqomlarning sho'balari, usullariga va musiqa nazariyasiga keng

10 N. Kavkabiy. Ko'rsatilgan adabiyot. B. 48; Abdurahmon Jomiy. Traktat o muzike. T., AN UzSSR, 1960, s. 85

11 Kavkabiy Najmiddin. Risolai musiqi. Risola dar bayoni Duvozdahmaqom. Tahiya, tahqiq va tavzehot ba qalami Asqarali Rajabov. Dushanbe, Irfon, 1985, b. 65. (Kulliyot mazmunin ozbek tiliga o'girishda Ismoil Bekjon tarjimasidan erkin foydalandik.)

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

to'xtaydi. Darvish Ali risolasiga turli davrlarda yashagan sozandalar haqida va o'sha zamon musiqa asboblari tanbur, chang, nay, qo'shnay, qonun, ud, barbad, rubob, qo'buz, rud, g'ijjak, ishrat, kungura, dutor, setor, surnay, bolobon, nog'ora, karnay, doira kabi sozlar to'g'risida keng ma'lumot beradi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, bu davrda yana noma'lum mualliflar tomonidan «Risolatun fiilmil musiqiy», «Risolai karamiya» kabi musiqa nazariyasiga oid asarlar ham yoziladi. Ushbu asarlarni o'rganib kelgusi avlodga yetkazishdek ezgu ishlarni amalga oshirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.

REFERENCES

1. S.Saidiy tomonidan Душанбе, ТГИИ. КПР факультет концерти вактида 1990 йил ёзиб олинган. Qo'lyozma shaxsiy kutubxonasi. 2014 yil 30 may oyi.

2. Дарвиш Али. Трактат о музыке. (перевод с перс.-тадж. Д. Рашидовой) Рукопись биб-ка НИИ Искусствознания Инв. N879 с. 23-29.

3. Назаров А.Ф. Книга песен аль-Исфаксани в аспекте межрегиональных музыкально-транскультурных процессов. Дис.Кан.Ис-я, биб-ка НИИ Искусствознания. Инв N812, с. 37

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

4. N. Kavkabiy. Ko'rsatilgan adabiyot. B. 48; Abdurahmon Jomiy. Traktat o muzike. T., AN UzSSR, 1960, s. 85

5. Kavkabiy Najmiddin. Risolai musiqi. Risola dar bayoni Duvozdahmaqom. Tahiya, tahqiq va tavzehot ba qalami Asqarali Rajabov. Dushanbe, Irfon, 1985, b. 65. (Kulliyot mazmunin ozbek tiliga o'girishda Ismoil Bekjon tarjimasidan erkin foydalandik).

6. Муртазова, С. Б., & Муртазов, С. Б. (2021). ИЗ ИСТОРИИ МУЗЫКАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ (НА ПРИМЕРЕ ПЕРВЫЕ ГОДЫ НЕЗАВИСИМОСТИ В УЗБЕКИСТАНЕ). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 152-156.

7. Ergasheva, Y. A., Vasieva, D. I., & Murtazova, S. B. (2019). Political persecutions and ideological pressure on the creative intellectuals of Uzbekistan in post-war decades. International Journal of Recent Technology and Engineering, 8(2 S10), 374-377.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.