Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIY MEROSIDA CHANG CHOLG’USINING TUTGAN O’RNI'

ALISHER NAVOIY MEROSIDA CHANG CHOLG’USINING TUTGAN O’RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
400
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Cholg‘u asboblari / chang / nay / surnay / tanbur / dutor / rubob / g‘ijjak / surnay / sharq madaniyati. / Musical instruments / chan / flute / trumpet / tanbur / dutor / rubob / gijjak / trumpet / oriental culture.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sharipova, Odinaxon Shavkatjon Qizi

Ushbu maqolada qadimgi zamondagi o‘zbek xalq cholg‘u asboblarining turlari, uning shakllanish jarayoni va ularni g’azalnafis shoirlarimiz ijodida turgan oʻrni va ayniqsa chan cholgʻu asbobining Alisher Navoiy ijodidagi oʻrni hamda taʼrifi haqida soʻz yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PLACE OF THE CHANG INSTRUMENT IN THE HERITAGE OF ALISHER NAVOY

This article talks about the types of Uzbek folk musical instruments of ancient times, the process of their formation and their place in the works of our ghazalnafis poets, and especially the place and definition of the chan cholg instrument in the works of Alisher Navoi.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIY MEROSIDA CHANG CHOLG’USINING TUTGAN O’RNI»

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

ALISHER NAVOIY MEROSIDA CHANG CHOLG'USINING TUTGAN

O'RNI

cl https://doi.org/10.5281/zenodo.7633067

Ushbu maqolada qadimgi zamondagi o 'zbek xalq cholg 'u asboblarining turlari, uning shakllanish jarayoni va ularni g'azalnafis shoirlarimiz ijodida turgan o'rni va ayniqsa chan cholg'u asbobining Alisher Navoiy ijodidagi o 'rni hamda ta 'riß haqida so Z yuritiladi.

Kalit soizlar: Cholg'u asboblari, chang, nay, surnay, tanbur, dutor, rubob, g 'ijjak, surnay, sharq madaniyati.

This article talks about the types of Uzbek folk musical instruments of ancient times, the process of their formation and their place in the works of our ghazalnafis poets, and especially the place and definition of the chan cholg instrument in the works of Alisher Navoi.

Key words: Musical instruments, chan, flute, trumpet, tanbur, dutor, rubob, gijjak, trumpet, oriental culture.

Musiqiy cholg'ular insoniyat ma'naviyatini ohanglarda tarannum etuvchi vosita, ya'ni xalq ijodiyoti mahsuli bo'lib, azal - azaldan omma orasida shakllanib, mohir soz ustalari tomonidan yasalib, tobora mukammallashib kelayotgan mo'jizaviy va ifodaviy asboblardir . Cholg'ularda har bir xalqning milliy g'ururi, an'anasi, qadriyatlari o'z ifodasini topganki, ulardan taraladigan ovoz ham shunga moslashgan. Bular barchasi yaratilajak cholg'ularning shakliga va milliylik mezoniga asos bo'lib xizmat qiladi. Tarix davomida doimo musiqiy cholg'ularga bo'lgan e'tibor katta bo'lishi bilan birgal tarbiyaviy tomonlari bilan ham alohida ahamiyatga ega bo'lib kelgan. Zamonaviy jarayonda o'tmish an'analariga yangicha qarash, ilg'or rivojlangan texnikadan munosib foydalanish hamda komil insonni tarbiyalash kabi omillarga alohida e'tibor qaratilmoqda. Zero, komil inson tarbiyasida musiqa eng muhim, ya'ni insonlarni ruhiy hamda ma'naviy tarbiyasiga asos bo'la oladigan omil sifatida qaraladi.

Sharipova Odinaxon Shavkatjon qizi

Farg'ona davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti talabasi

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

Milliy istiqlol mafkurasini yoshlar ongiga singdirish jarayonida san'at alohida o'rin tutadi. Shuningdek, san'at inson ma'naviy dunyoqarashini kengaytiruvchi, uni shaxs sifatida tarbiyalovshi vositalardan biridir. San'at insoniyatning ezgulik tomon harakati uchun zarur bo'lgan o'zaro muloqotlar vositasi bo'lib, turli qit'alar va davlatlarni o'zaro bog'laydi. San'at odamlarning his - tuyg'ularini, tafakkurini mavhum tarzda emas, balki jonli badiiy qiyofalarda aks ettiradi, chunki u o'ziga xos his - tuyg'ular xazinasidir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

San'at asarlari yaratilishi ikki narsani, ya'ni badiiy obrazli tafakkur qilishni hamda uni amalda ifoda eta olish malakasini o'z ichiga oladi. San'at ilohyotning tuhfasi, ijodiy mehnat mahsulidir. Agar badiiy obrazli fikr yuritish voqelikni badiiy o'zlashtirish imkonini tug'dirgan bo'lsa, faqat ijodiy mehnatgina uning voqelikka aylanishiga asos bo'la oladi.

San'atning barcha turlari badiiy shaklga ega bo'lib, u ko'proq asar tuzilishi (kompozitsiyasi) bilan bog'liq. Asar tuzilishi tomoshabin yoki o'quvchi diqqat-e'tiborini g'oyaviy muddaoga qaratish imkonini beradi.

G'oya asar mazmunining asosini tashkil qiladi. Asarning g'oyaviiyligi uning mazmundorligidan darak beradi. Shunday qilib, san'at asarlarining mazmuni badiiy g'oya, asar mavzusi, asar syujeti hamda san'atkor tomonidan baholangan hayot hodisalarining yig'indisini tashkil qiladi. Bu san'at turi barcha davr daholari e'tiborini o'ziga jalb qilib keldi. Arastu: "Musiqa ko'ngilga axloqan muayyan ta'sir ko'rsatuvchi quvvatga ega. Musiqa shunday xislatga ega ekan, u yoshlarni tarbiyalash vositalari qatoriga qo'shilmog'i lozim", - deb ta'kidlaydi. Boshqacha qilib aytganda "Musiqa kishi ruhining axloqiy tomoniga ma'lum darajada ta'sir etadi, bas shunday ekan, u yoshlarning tarbiyalaydigan predmetlardan biri bo'lib xizmat qilmog'i lozim", - degan edi. Jumladan bunday misollarni ko'plab keltirish mumkin. Darhaqiqat, insonni estetik tarbiyalashda, uning estetik didini oshirishda musiqa tengsiz ahamiyat kasb etadi. Musiqaning keng ta'sirchan tarbiyaviy imkoniyatini o'rta asr mutafakkirlari A. N. Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va boshqalar yuqori baholashganlar va bu haqda maxsus asarlar ham bitganlar.

X-XII asrlarda Markaziy Osiyoda musiqa san'ati jumladan cholg'u ijrochiligi ancha rivojlanib, o'sha davrlarda juda ko'p musiqa cholg'ulari musiqa ijrochiligida keng qo'llanilgan. Bu borada musiqashunos Darvesh Ali Changiy o'zining musiqiy risolasida - chang, ud, nay, doyra musiqa cholg'ulari ayniqsa 5 va 6 qo'sh torli "Ud" musiqa cholg'usi haqida ma'lumot berib, bu musiqa cholg'usining o'sha davrdagi mavqeini va musiqa ijrochiligidagi o'rnini yuqori baholab, "Ud" barcha musiqa

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

cholg'ularining podshohidir va "Rud" musiqa cholg'usi ham kamon vositasida ijro etilganligi haqida ma'lumot beradi.

Ma'lumki IX-X asrlarda yashagan buyuk shoir Abu Abdullo Ro'dakiy o'z zamonasida "Rud" va "Chang" musiqa cholg'ularining mohir ijrochisi bo'lgan. O'sha davrda yashagan Mahmud Qoshg'ariyning "Devoni lug'atit turk" asari yaratilib, bu asarda bir qancha mehnat qo'shiqlari, qahramonlik qo'shiqlari, umuman juda ko'p turli xil qo'shiqlar o'z aksini topgan. X asrning buyuk allomasi musiqashunos olim Abu Nasr Forobiy (873-950) musiqa ilmiga katta e'tibor berib, musiqa cholg'ularining ijrolari, musiqa nazariyasi, "Sharq nota tizimi"ni yaratish va ularni o'sha davrdagi musiqa ijrochiligiga qo'llanish masalalari, matematika fanini mukammal o'rganish bilan birga, matematika fanining bir turi hisoblangan musiqa ilmini o'rganish va uni targ'ib etishga o'zining buyuk hissasini qo'shgan. Uning "Kitobu-l-musiqiy al kabir ("Musiqa ilmiga oid katta kitob") asarida turlicha musiqa usullari (zarblari), musiqa cholg'ularidan ud, tanbur, nay, chang va turlicha musiqiy ovozlar haqida ma'lumot berilgan. (M.M. Xayrullayev. Forobiy. Toshkent. 1963. 176 s.) X asr ashula san'atiga doir ma'lumotlar Yusuf Xos Xojibning "Qutadg'u bilig" asarida ham o'z aksini topgan.

Umuman Alisher Navoiy Hirotda adabiyot, san'at va madaniyatni yuqori darajaga ko'tarilishiga o'z hissasini qo'shdi. Ayniqsa musiqa madaniyatining rivojida yangi kuylar, qo'shiqlar, musiqiy risolalar yozildi va bastakorlar, hofizlar yetishib chiqdi. Navoiyning iltimosiga binoan Abdurahmon Jomiy "Risolaiy musiqiy" asarini yozdi. Zaynylobiddin al Husayniy "Qonuni ilmi va amaliyi musiqiy" ("Musiqa ilmining amaliy va nazariy qonunlari.") nomli musiqa risolasini yozib, uni Navoiyga bag'ishladi.

Abdulqodir Marog'iyning "Maqosid ul alhon" risolasi yozildi. Alisher Navoiy o'zining "Majolisun-Nafois" asarida musiqa ilmi bilan ijod qilgan shoirlarni nomlarini tilga oladi. Abdulla Vafoiy Xorazmiy, Jomiyning jiyani movlono Muhammad hamda Xoja Abdullo musiqa sohasida ham ijod qilganligi, shu bilan birga Alisher Navoiy o'z zamonasining buyuk sozanda bastakori Xoja Yusuf Burxonni eslab, bu zot musiqa ilmi bo'yicha Alisher Navoiyning ustozi ekanligi haqida ma'lumot beradi.

Musiqiy iboralar Alisher Navoiy davriga kelib adabiy merosda mukammal ifodasini topa boshladi . Ayniqsa, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy ijodiy faoliyatlari buni yaqqol namoyon etdi. Alisher Navoiyning « Badoye ' ul - vasot » asaridan g'azal1:

Ey, mug'anniy, chun nihon rozim bilursen- soz tuz,

1 1. Alisher Navoiy « Badoye ' ul - vasot » , Mukammal asarlar to'plami , beshinchi tom , T. , 1990 .

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

Tortibon munglig ' navo sozing bila, ovoz tuz. Navha ohangi tuzub , og 'oz qil mahzun surud, Ul surud ichra hazin ko 'nglumga maxfiy roz tuz. Istasangkim , nag'mang ichra ko 'p xaloyiq o'lmagay, Ul ikavdin ko 'p vale mendin tarona oz tuz. Gar mening holim desang tuz barcha dostoni niyoz, Dilbarimdin nag 'masoz etsang surudi noz tuz. Chun bu gulshanda nishiman qilg 'ali qo 'ymas hazon, Gul firoqi savtin , ey, bulbul, qilib parvoz tuz.

Alisher Navoiyning deyarli barcha lirik g'azallari qo'shiqqa aylanib xalqning tili va diliga tushgan. Shoir: «Umidim uldurki va xayolimga andoq kelurki, so'zim martabasi avjdan quyi enmagay va yozgan asarlarimning tantanasi a'lo darajadan o'zga yerni yoqtirmagay», deb yozgan edi. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov «Agar bu ulug' zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir» deb bejiz ta'kidlamagan. Haqiqatan ham alloma qoldirgan boy ijodiy meros, dunyo madaniyatining noyob obidalari qatorida yashab kelmoqda. Tarixiy manbalarda bu davr haqida qimmatli ma'lumotlar saqlangan bo'lib, ular yordamida musiqa taraqqiyoti, sozanda-xonanda, bastakorlar va musiqa cholg'u asboblari to'g'risida tasavvur hosil qilish mumkin. Ma'lumki, Alisher Navoiy o'z zamonasidagi eng ko'p tarqalgan cholg'u asboblar hamda musiqa nazariyasi bilan qiziqqan. U bastakor Xo'ja Yusuf Burxondan musiqa nazariyasi saboqlarini o'rgangan. Zamondoshlaridan yetuk bastakorlar Hofiz Sharbatiy, Abdulla Marvarid, xonanda va sozandalar Ustod Qulmuhammad, Kamoliddin Husayniy va boshqa san'atkorlar bilan juda yaxshi muloqotda bo'lgan. Alloma tahallusiga «Navo» atamasini asos qilib olganligi ham bejiz emas. Uning she'riyatidagi ilohiy navolari bugun ham ajralib turadi. Navoiy cholg'u asboblari jaranglagan yoqimli musiqiy navolarni juda sevgan, o'zining dostonlarida ham madh etgan. Yozma manbaalarga ko'ra XV, XVII asrlardan boshlab «chang» sozi musiqa hayotimizda ma'lum o'rin egallay boshlagan. Ungacha esa «chang» iborasi o'zbek hamda tojik musiqa madaniyatida butunlay o'zga soz, tirnab chalinadigan zamonaviy yevropacha arfaning bizda keng ishlatilgan qadimiy kichik hajmdagi namunasini anglatadi.

Alisher Navoiyning buyuk asari «Xamsa»ning «Sabbai sayyo'r» dostonidagi «chang» iborasi ham arfa tusidagi cholg'u sozini aniqrog'i qo'l arfasini anglatgan bo'lib, uning mohir ijrochilari sifatida Dilorom kabi ayol obrazlari tasvirlangani ham bejiz bo'lmagan. O'sha davrlarga xos arfasimon chang deyarli xotin-qizlarga mansub cholg'ulardan biri sifatida hatto, eramizdan oldingi asrlardayoq ishlatilgan. Ammo

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

XVII asrlardan keyin bu qol arfasi ijrochilikdan chiqa boshlagan va o'rnini o'zga soz — maxsus tayoqchalar bilan urib chalinadigan trapetsiya shaklida chang cholg'u asbobi egalladi2.

«Xamsa» asarining to'rtinchi dostoni «Sab'ai sayyor» ishqiy sarguzasht dostondir. Undagi Bahrom va Dilorom hikoyalarida oshiq-ma'shuqning sevgi sarguzashti bayon qilinadi. Bahrom — podshoh, Dilorom — san'atkor, go'zal, qalbi sof qiz, biroq huquqsiz. U o'z kechinmalarini sevimli cholg'usi chang orqali tarannum etadi. Alisher Navoiy xalq orasida keng tarqalgan sevimli cholg'uni Dilorom, naqadar yaxshi chalishini shunday tasvirlaydi: Chang olib torini tuzar erdi. Lekjon rishtasin uzor erdi. Chang toriga chin fig 'on berdi, Kimki o 'Itirmish yerda jon berdi.

Doston xalq badiiy ijodining samarali ta'sirida yaratilgan. Xalq cholg'ularida Alisher Navoiy qahramonlarining ichki dunyosini ochishda ham o'rinli foydalangan.

Har zamon ko 'ngli bir havo qilibon, Changdek o 'zga bir navo qilibon. Yoki Changni qo 'lga olib ayladi soz, Chang ila nag 'ma ayladi ovoz.

Diloromning elga tanilishi ham mohir sozandaligi tufayli ro'yobga oshadi. Unum ovozasi jahon tutti, Changin ovozi osmon tutti.

Shohona bazmlarda eng mohir sozandalar, xonandalar ishtirok etishlari, cholg'ularning baland pardalari baralla yangrashi ijodkor tomonidan mohirona tasvirlangan.

Shahgakim, ishrati mudom erdi, Soz birla surud kom erdi. Ko 'p edi xizmatida rud ahli, Bazmida jon fido surud ahli. Lahni changu rubob edi bir yon, Sayd eti din kabob edi bir yon. Ko 'rgan o'lmakka qilmasa ohang, Voy ul damki, olsa ilgiga chang, Chang chun jonfizo sado cheksa, O 'zi ul savt ila navo cheksa.

2 Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to'plami. 20 jildlik. J.17. -T.: Fan, 2001.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

Soz etar erdi bazmi shohona, Ravza ul xurdin parixona. Tor ila nagma beadad bo 'libon, Tor yo 'q, nagmalar mad bo 'libon.

Dostonda shuningdek, boshqa cholg'u asboblari haqida ham baytlar bor: Xoja majlisida hozir ayladi may, Chiqti savti rubob nag'mayi nay. Navoiy asarlarida bayon etilgan chang cholg'usi «arfa» turidagi torli tirnama xalq cholg'u asboblaridir. Uning ipakdan ishlangan yoqimli torlari bo'lgan. Undan asosan ashulaga jo'r bo'lishda foydalanilgan. Bir baytda musiqa cholg'usi changi egik bo'lgani uchun qaddi bukik so'filarga o'xshatilgan. Bu esa chang cholg'usining arfasimon cholg'u ekanligidan dalolatdir.

Navoiy ta'rif etgan cholg'u «chang»lardan biri gruzin xalq cholg'u asbobi («changi») bo'lib, hozirda ham musiqa maydonida keng ishlatilmoqda. Alisher Navoiy g'azallariga kuy bastalash borasida «Qasidai Hiloliya»da shunday ta'rif beradi:

Soz etib, changu tuzub, ul unga ruh afzo surud, Cholibon naqlgu amal bog'lab Navoiy she'riga...

Shoir o'zining «Mahbub ul qulub» dostonida musiqaga cholg'ularning har biriga alohida ta'rif bergan obrazlari badiiyligi bilan ajralib turadi: Mayxonada km maydin ibo qilgay,

Nay bir dilkash navo bila ani rasvo qilgay. Agar kishi may havosini boshdin chiqarur, G 'ijjak nolasi bilan anga yolvorur. Va tanbur pardadagi fitnadin halok etar, Va ofiyat pardasin chok etar. Va changzorlig' bilan bo 'g'izin tortar, Va ud lissoni nag 'masi targ 'ibi chandon ham ortar. Andakim rubob boshin yerga kuyub ko 'rguzgay, Va kubuz quloq tutib oyga targ 'ib ohangin tuzgay. Chun qonun va chag 'ona nolasi quloqda tushgay, Va mahvashi soqi yukini may oyoqda tushgay. Ul vaqt zuxdu taqvoga ne e 'tibor, Va hushu xiradga ne ehtiyor.

Hammaga ma'lumki, inson ongi kamol topa borgani sari, cholg'u asboblari ham takomillashib, rang-barang shakl-ko'rinish kasb etib kelmoqda.

Alisher Navoiy asarlaridagi ta'rifdan o'sha davrda keng tarqalgan musiqa cholg'u asboblari nomlarini yaqqol ko'rish mumkin. Bulardan ayrimlari: nay,

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

qo'shnay, chang, qonun, arganun, mizmor, ud, tanbur, rubob, dutor, g'ijjak, qobuz, shuningdek, to'y va ommaviy tadbirlarda ishlatiladigan karnay, surnay, nog'ora, childirmadir. Afsuski, musiqor, argandi, mizmor, valamiz, qushavlos, zangura, saptur kabi musiqa cholg'u asboblari hozirgi kungacha yetib kelmagan.

Alisher Navoiy san'atkorlik, jumladan, ijrochilik san'ati mahoratini oshirishda qunt va ishtiyoq bilan mashq qilishni, ustozlar asarlarini o'qib o'rganishni, ularning ijodiy tajribasidan ibrat olishni, xalq ijodiyotiga katta e'tibor berishni, til boyliklarini puxta egallashni maslahat bergan. Alisher Navoiy ijodi tufayli o'sha davrdagi ayrim cholg'u asboblari, qo'shiqchilikka taalluqli fikrlar, shuningdek, xalq cholg'u asboblarining turlarini ular yaratgan sadolarning yoqimliligi, xalq orasida qaysi tur cholg'ular ko'p tarqalganligi haqida tasavvurga ega bo'lamiz. Xalq musiqa ijrochiligi, qo'shiqchiligi tarixini o'rganish sohasida bugungi kunda katta ishlar amalga oshirilmoqda.

Musiqa cholg'uchilik tarixini o'rganishda jiddiy ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan, shu kunlarda ham yangidan-yangi ilmiy maqolalarini, kitobu risolalarini e'lon qilayotgan qator musiqashunos olimlardan: san'atshunoslik fanlari doktorlari, professorlar F. Karamatov, T. G'afurbekov, R. Yunusov, R. Abdullayev, O. Ibrohimov; san'atshunoslik fanlari nomzodlari, dotsentlar Z. Karimova, D. Rashidova va boshqalar bu sohaga ulkan hissa qo'shib, ilmiy merosimizni yoshlarga yetkazishda fidokorona mehnat qilib kelmoqdalar.

REFERENCES

1. Alisher Navoiy « Badoye ' ul - vasot » , Mukammal asarlar to'plami , beshinchi tom , T. , 1990 .

2. Nazarov A. « Musiqa » , // Buxoro - sharq durdonasi , Parij , 1997 .

3. Begmatov S. « Maqom surnay yo'llari » T. 2004 .

4. Firdavsiy A. « Shohnoma » , T. 1984 .

5. Shodmonov N. « Musiqa - bu uyg'onish demak » . « Tafakkur » jurnali 1993. 3

6. Y. Rajabiy. O'zbek xalq musiqasi. Toshkent "Badiiy- adabiyot" nashriyoti, 1963

7. Mustafayev, U. U. (2022). OLIY TA'LIMDA TALABALAR BILIMINI BAHOLASH AMALIYOTI: MUAMMO VA YECHIMLAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(3), 614-621.

8. Abu Homid G'azzoliy . « Kimiyoi saodat » T. , « Adolat » . 2005 .

9. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to'plami. 20 jildlik. J.17. - T.: Fan, 2001.

XULOSA

- son .

yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.