Научная статья на тему 'QADIMGI USTRUSHONAGA QOVUNCHI MADANIYATI TA’SIRI'

QADIMGI USTRUSHONAGA QOVUNCHI MADANIYATI TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Ustrushona / Qovunchi madaniyati / kulolchilik / sopol / mozorqo‘rg‘on / dafn / ko‘chmanchi chorvador.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — M.S.Lapasova

Mazkur maqolada muallif Qadimgi Ustrushonadа o‘troq va ko‘chmanchi xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalar, ko‘chmanchi qabilalarning O‘rta Osiyo hududlariga kirib kelishi vа mahalliy madaniyatga ko‘rsatgan ta’siri natijasida hunarmandchilik buyumlari va boshqa sohalarda sodir bo‘lgan sifat o‘zgarishlari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QADIMGI USTRUSHONAGA QOVUNCHI MADANIYATI TA’SIRI»

QADIMGI USTRUSHONAGA QOVUNCHI MADANIYATI

TA'SIRI

M.S.Lapasova

Guliston Davlat universiteti Sirdaryo(Guliston), O'zbekiston, ORCID: https://orcid.org/0009-0007-4841-1561 https://doi.org/10.5281/zenodo.13895443

Annotatsiya. Mazkur maqolada muallif Qadimgi Ustrushonada o'troq va ko'chmanchi xalqlar o'rtasidagi madaniy aloqalar, ko'chmanchi qabilalarning O'rta Osiyo hududlariga kirib kelishi va mahalliy madaniyatga ko'rsatgan ta'siri natijasida hunarmandchilik buyumlari va boshqa sohalarda sodir bo'lgan sifat o'zgarishlari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Ustrushona, Qovunchi madaniyati, kulolchilik, sopol, mozorqo'rg'on, dafn, ko'chmanchi chorvador.

Аннотация. В данной статье автор описывает культурные связи между оседлыми и кочевыми народами древней Уструшаны, анализируется влияние кочевых племен на территорию Средней Азии, а также на локальную культуру ремесленничества и других изменений.

Ключевые слова: Уструшана, Каунчинская культура, керамика, гончарное дело, курган, погребение, кочевой скотовод.

Abstract. In this article, the author describes the cultural relations between settled and nomadic peoples in Ancient Ustrushana, the impact of nomadic tribes on the Central Asian territories and the impact on the local culture of handicrafts and other areas.

Keywords: Ustrushana, Kaunchin culture, ceramics, pottery, mound, burial, nomadic cattle breeder.

Qadimgi Ustrushona hududi tarixi, mintaqadagi madaniyatlar qorishuvi masalalari tadqiqotchilarni qiziqtirmoqda. Ustrushonaning qadimgi davri borasida nisbatan qisqa, ammo muhim ilmiy ma'lumotlar Xitoy yilnomalarida uchraydi. Sima-Syan (mil.avv. II asr oxiri - I asr boshi) , Ban-Gu (miloddan avvalgi. 206-mil. 23-yillar) asarlarida ustrushonaliklarning dini, turmush tarzi va xo'jaligi, urf-odat, marosimlari haqida muhim ma'lumotlar berilgan. VII asr boshlarida Li Yan-shou tomonidan yozilgan "Shimoliy xonadonlar tarixi" - Bey-shi (336-581-yillar) ning 97-bobida Ustrushona nomi ilk marotaba "Suduyshona" tarzda qayd etilgan.

Ustrushonara ko'chmanchi cho'l madaniyatini Sirdaryo va Jizzax vohasiga ta'siri umumiy aloqa mezonlari va moddiy madaniy almashuvlarni davriy bir qancha bosqichlarga ajratish mumkin. Umumiy ta'sir qatlami miloddan avvalgi II asrdan to milodiy IV-VI asrlari bilan belgilansada uning negizida ancha qadimgi o'ziga xos mahalliy madaniyat asoslari bor. Xususan Qovunchi madaniyatidir. Havos va Zomin yodgorliklarida qayd ma'lumotlarda va ilk antik davr qatlamlarida. Qaliyatepa strategrafiyasi bergan miloddan avvalgi II-I asr materilllari bizni shunday mushohada qilishga undaydi. Lekin ushbu tadqiqotlar tahliliga ko'ra, shimoli-g'arbiy Ustrushona aholisi O'rta Osiyo xalqlarining barcha tarixiy voqeligi jarayonlarida qatnashgan va unga dahldor bo'lgan [ 7].

Shimoli - g'arbiy Ustrushona tarixi, moddiy - madaniyati rivoji bosqichlari bilan O'rta Osiyoning boshqa madaniy mintaqalari madaniyati bosqichlari o'rtasidagi davriy o'xshashliklar bor, Aleksandr Makedonskiy boshchiligidagi yunon bosqinchilariga munosib qarshilik ko'rsatgan Ustrushonaliklar tarixning keyingi bosqichlaridagi Yunon - Baqtriya Kushon davlatlari ta'siridan biroz chetda qoladi. Bu ham Ustrushonani, xususan, keyingi davrlar madaniyati uchun ma'lum

ma'nodagi o'ziga xoslikni saqlab qolgan. Milodiy III -IV asrlarida bevosita va bilvosita Choch(Toshkent) madaniyati aholisini kutib olgan shimoli - g'arbiy Ustrushonaliklar, ehtimol, O'rta Osiyo xalqlarining IV-VI asrlardagi turli harakat ko'chishlarida ishtirok etishgan. Bu jarayonlarning barchasi Sangzor vodiysida o'troq dehqonlar va ko'chmanchi chorvadorlkarning chambarchas bog'liqligi asosida muayyan o'ziga xos madaniyat namunasi vujudga keldi : bu Ustrushona madaniyati ahvoli ushbu davrdagi Farg'ona vodiysi moddiy-madaniyatiga juda o'xshab ketadi. Bu xususida ko'plab ma'lumotlar va asosli fikrlar ko'p, ammo bizni mazkur ishda Ustrushonaga Qovunchi madaniyati ta'sirini tahlil qilish muaommoning yechimini aniqlash anchayin qiziqtiryapti. Ayniqsa, madaniyatlar to'qnashuvi va uning aholi etnik hayotiga ta'siri Bronza davrida boshlangan migratsiyalarning o'rni katta bo'lgan.Ustrushonadagi qadimgi davrga oid yodgorliklarda o'rganilgan moddiy ashyolardan qadimgi davrda kirib kelgan yuechji, xun, usun va sarmat qabilalari hamda ilk o'rta asrlarda kirib kelgan, xioniy, kidariy, eftalit va turk xoqonligi davri moddiy va ma'naviy madaniyatiga mansub xususiyatlar kuzatiladi.

O'rta Sirdaryobo'yi mintaqasi, jumladan o'rganilayotgan hudud ham mahalliy an'analar asosida tayyorlangan ashyoviy manbalarda sifat o'zgarishlari kuzatilib, ko'chmanchilarga xos xususiyatlar, ba'zan esa to'liq ko'chmanchilarga taalluqli buyumlar uchray boshlaydi [8]. Keyingi tadqiqotlar antik davrlarda xalqlarning uyg'unlashuvi, madaniyatalar qorishuvi kuchli bo'lgan. Ayni shu davrda O'rta Osiyoga turli xil sabablar tufayli sarmatlarning Sirdaryo bo'ylab ko'chishi (O'rta Sirdaryoga kirib kelishi) bundan tashqari yuechji, xun, usunlarining kirib kelishi bu madaniyatning o'ziga xos ko'rinishini va yaralishini ta'minlab bergan, o'z -o'zidan ko'chmanchilar madaniyati bilan mahalliy madaniyat aralashuvi zamirida Qovunchi madaniyati shakllangan.

A.A. Asqarov ushbu madaniyatiga oid tushuntirishda quydagicha izoh berib o'tadi: Qovunchi madaniyati mahalliy eroniy tilli so'g'diylar hamda saklar va mintaqaviy shimoliy -sharqiy o'lkalardan kirib kelgan prototurkiy tilli xun qabilalaridan tarkib topgan bo'lib, antik davrida ularning mutanosibligi (proporsiyasi) deyarli bir xil edi. Ularning tarixiy ildizlariga kelganda Choch so'g'diylari tub joyli saklarning o'troqlashgan qatlamini tashkil etsa, antik davrda bu zaminga kirib kelgan prototurkiy tilli xunlar va ularning ajdodlari- oriylar bronza hamda ungacha ham yashab kelgan edilar. L.M. Levina xun qabilalar ittifoqining parchalanishi munosabati bilan Sirdaryo o'rta oqimi va quyi havzalarida etnik jihatdan bir-biriga yaqin uchta yirik tarixiy-madaniy xo'jalik markazlari va ularning arxeologik madaniyatlari shakllanganligini e'tirof etadi o'zining izlanishlari davomida. Ularni esa quydagicha keltirib o'tgan, bular Jeti-Osar, O'tror -Qarotov va Qovunchi madaniyatlari bo'lib, shunday tushunish mumkinki, ayniqsa oxirgi ikki madaniy qatlam bir-biriga juda o'xshash bo'lib topilmalarda ayrolik unchlik sezilmaydi[3].

Qovunchi madaniyati bosqichlarida yuqoridagi boshqa mavjud madaniyatlar uyg'unlashib ketadi. Ayni vaqtda biz uchun dolzarbligi yuqori bo'lgan holat o'zbek xalqi tarixida Qovunchi madaniyatining o'rnini ko'rsatib berish ham dolzarb hisoblanmoqda, shuningdek bu jarayon o'lka xalqlari uy ro'zg'or buyumlaridan tortib, dafn udumlarigacha bo'lgan barcha sohalarda kuzatish mumkin. Bu holat Qovunchi madaniyatining Ustrushona xalqlari moddiy va ma'naviy madaniyatidan keng o'rin egallaganligini ko'rsatadi, shuningdek antik davrdan boshlab butun O'rta Osiyoda bo'lgani singari Ustrushonada ham xalqning antropologik tuzilishida va etnik shakllanishida o'ziga xos o'zgarishlar sodir bo'lishi boshlanadi. Izlanishlari davomida 1961-yilda o'z faoliyatini boshlagan N.N.Negmatov rahbarligidagi Shimoliy Tojikiston otryadining alohida guruhlari tomonidan bir qator yangi arxeologik yodgorliklar topilib, xaritaga tushiriladi. Bir qator yodgorliklarda olib borilayotgan stasionar qazuv tadqiqot ishlarining ba'zilari muvaffaqiyatli

yakunlanadi. (Qalai Qahqaha I-II-III, Tirmizaktepa, O'rtaqo'rg'on, Chilhujra, Xon Yaylov). Bir qator yodgorliklarda olib borilayotgan qazuv tadqiqot ishlari davom ettiriladi. (Mug'tepa, Do'ngchatepa, Childuxtaron, Toshtemirtepa, Shirin).

Tadqiqotchi F.Toshboyev Ustrushonadagi Qovunchi madaniyatining ilk bosqichiga oid (G'ulbo, Sag'onoq, Shirinsoy, Bekkeldi, Sayxonsoy) mozorqo'rg'onlarida temirdan ishlangan mehnat va harbiy qurollar keng yoyilganligini aniqladi. Ular bir tig'li temir pichoqlar, xanjar, qilich katta va kichik hajmdagi uch parrakli temir paykonlar bo'lib paykonlarning asosi uchi uchli bigizsimon shaklda yasalgan. Bunday temir paykonlar O'rta Osiyoning antik davr chorvador qabilalari hamda sarmat qabilalarining jetiasar va proxorov madaniyati yodgorliklarida keng tarqalganligi esa madaniyatlar o'xshashligidan dalolat beradi va yana boshqa bir tadqiqot natijasida ot egar-jabdugining detallari va bel kamarining to'qalari keng ko'lamda uchragani haqida o'z arxeologik izlanishlari davrida aniqlagan. Qovunchi madaniyati davrida rivojlangan istehkom binoning qurilishi bilan ajralib turadi. Monumental turar-joy, jamoat, saroy, diniy asos bo'yicha belgilangan standart xom g'isht yordamida qurol , paxsa va ularning birikmalari ishlatilgan. Agar Baqtriya, So'g'd, Xorazm g'ishtning asosiy standarti kvadrat shaklda bo'lsa, Ustrushonada u ba'zan istisno sifatida kamroq ishlatiladi [2].

A. Xo'jayev xitoylik olimlarning yuechjilar moddiy madaniyatiga oid topilmalar haqidagi fikrlarini quyidagicha keltiradi. Garchi ruzie (guzer)liklarning iqtisodiy asosi chorvaga moslashgan bo'lsa-da ularda dehqonchilik, qo'l hunarmandchiligi va savdo-sotiq ishlari ham rivojlangan bo'lgan. Arxeolog ma'lumotlarning guvohligiga ko'ra, ruzie (guzer)liklarning kundalik hayoti uchun yog'ochdan, suyakdan va metalldan o'zlariga xos bo'lgan turli asbob-uskuna, qurol-yarog'lar ishlab chiqarishgan. Ular orasida metalldan yasalgan o'q-yoy va nayza, qilich, pichoq, yerni bo'shatish uchun ishlatiladigan ketmon alohida o'rinda turgan. Bundan tashqari, ular oltin va kumushdan nafis taqinchoqlar va boshga zebu-ziynat buyumlarni ishlab chiqarish chiqarishgan. Marjonlar, mayda qo'ng'iroqchalar va turli xil hayvonlar shakli tushirilgan buyumlar katta qiziqish va talabga ega bo'lgan. Bunday buyumlarning shakli va ishlab chiqarish usuli ichki Mongoliyada topilgan xunlarga tegishli buyumlardan farq qilmaydi. "Ruzie-yuechjilarda sopoldan turli idish-tovoq yasash ishlari ham keng tarqalgan. Ikki quloqli, ya'ni tutqichli ko'zachalar, don solish uchun ishlatiladigan xumlar va boshqalar shular jumlasidandir. Ruzie-yuechjilar ishlab chiqargan sopol buyumlar bir necha umumiy xususiyatlarga ega bo'ladi. Bunga o'xshash xususiyatlar Ustrushonada o'rganilgan kulolchilik idishlarida ham kuzatiladi. Bu holat tahlil qilinayotgan kulolchilik idishlarida antik davrda kirib kelgan yuechjilarning ham ta'siri borligini ko'rsatadi[9]

Yuqorida ko'rib o'tilayotgan tahliliy yozilmada A.A.Asqarov ushbu madaniyatiga oid sopol idishlarning umumiy ta'rifini quyidagicha keltiradilar: Qovunchi arxeologik kompleksining ommaviy materiali sopollar bo'lib ular, asosan, idishlarda aks etishi sopollari yupqa devorli, hajmi kichikroq, asosan kulolsozlikning sekin aylanuvchi charxida ishlangan. Bu davr keramikasi-xum va xumchalar hamda xumchalar sirtida to'q jigarrang oqizma rang taramlari paydo bo'lishi bu davr xurmachalari va krujkalari jo'mraksiz, ammo dastalari hayvon shaklida ishlanganligi hamda sopol idishlar tarkibida katta va kichik hajmdagi miskalar, flagalar, tovalar, chiroqdonlar, qo'chqor boshli sopol qozon tagkursilari qozon va idish qopqoqlari uchraydi" [1].Yuqoridagi holatdan anglasak bo'ladiki, Qovunchi madaniyati biz mazkur o'rganilayotgan hududga ham o'ziga xos ta'sirini o'tkazishini sezishimiz mumkin.

Qadimgi Ustrushona tadqiqotchisi F.Toshboyev tahliliga ko'ra, Ustrushonadagi mozorqo'rg'onlarda qilichlar ham o'rganilgan. Barcha qilichlar ham yasalishi va shakliga ko'ra,

bir -biridan ko'p farq qilmaydi. Bunga o'xshash qilichlar mil. avv. II-I asrlarga oid Bishkent vodiysidagi Tulxar, Bobashev qabristonlarida[5], So'g'd vohasidagi mil. avv. II-I asrlarga taalluqli Lavandaq, Oqjartepa, Og'aliq qabristonlaridan, mil. avv. IV-II asrlarga oid sarmatlar qabrlaridan hamda, janubiy Uraldagi mil. avv. II-asrga oid Beshnuearovskiy [6] mozorqo'rg'onlarida ham o'rganilgan. Bunga o'xshash qilichlar va qurol aslahalar mil. avv. II-I asrlarga oid Bishkent vodiysidagi Tulxar, Bobashev qabristonlarida[4].

O'rganilayotgan hududning dafn ko'rinishga e'tibor qaratadiganimizda ham o'zaro madaniyatlarning qorishuvini ko'rishimiz mumkin, ya'ni jasadning ko'milishida ko'chmanchilar madaniyati va qishloq makonlaridagi o'troq aholi o'rtasidagi aloqalar aks etgan. Ko'milish yoki ijtimoiy muhitdan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, tabaqaviy qabrda joylashuvi, shuningdek, irqiy holatda ham qabrga qo'yilishi holatlari kuzatiladi. Bundan tashqari, o'likning hayotda qanday mashg'ulot bilan shug'ullanganligini aniqlash uchun sabab bo'ladigan qabrlar ham mavjudligini ko'rishimiz mumkin, ya'nikim jangchi jang qurollari bilan xizmatkor shunga mos holatda qabrga joylashtirilishi aks etgan tuzilishlar mavjudligi arxeologik qazilmalarda keltiriladi. Tavsiflab o'tilgan manbalarda moddiy madaniyat ashyolarda sifat o'zgarishlari, kirib kelgan bu ko'chmanchi qabila chorvadorlarning asta-sekin mahalliy aholi bilan aloqalarida aralasha boshlaganligini ko'rsatadi.

Xullas, O'rta Osiyoda, xususan, Ustrushonada jez davridan boshlab ikki xil xo'jalik vakillarining jadal aloqada bo'lganligi bu nafaqat moddiy manbalardagi o'zgarish vaholangki, davlatning butun boshli ijtimoiy muhitida ham o'zgarish yasaydi. Antik davrda ko'chmanchi chorvador qabilalarning dehqonchilik vohalari tomon yoppasiga kirib kelishi natijasida yana ham kuchayadi. Natijada, Ustrushonada ham Qovunchi madaniyatiga xos moddiy madaniyat namunalari keng yoyiladi, rivoj topadi. Ko'plab aholining kirib kelishi birlamchi ahamiyat kasb etmasada, mahalliy madaniyat namunalaridagi sifat o'zgarishlariga katta ta'sir o'tkazgan. Ayni paytda, dashtdan kirib kelgan aholining sekin-asta o'troqlashib, mahalliy aholi bilan qorishib borishi, vohada etnik va antrapologik shakllanishida va ijtimoiy siyosiy hayotning yanada jonlanishiga sabab bo'lgan.

Ilmiy, nazariy va amaliy taklif va tavsiyalar. - Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyatidan kelib chiqqan holda jamiyat a'zolarining ayniqsa yoshlarning ma'naviy axloqiy va madaniy rivojlanishi, madaniy me'rosi, o'zbek xalqi etnik shakllanishi va davlatchiligi tarixi bo'yicha O'zbekiston xalqlari tarixidan bilimlarini oshirishda yordam berish.

- O'rta Osiyo xususan Ustushonada Qovunchi madaniyatiga oid yodgoriklarning o'rganilishi tarixini yoritishning doldarbligini oshirish orqali tarix sohada yangi qirralarni belgilash.

- O'zbekistonning antik davridagi ijtimoiy- siyosiy jarayonlar va ularning Qovunchi madaniyati shakllanishida tutgan o'rnini aniqlash uchun antropologik va arxeologik izlanishlarni tashkil qilish va jamaoviy tarzda tadqiq qilish;

- O'zbekiston hududiga antik va ilk o'rta asrlarda kirib kelgan etnik guruhlar va ularning Qovunchi madaniyati shakllanishidagi o'rnini aniqlash;

- O'zbekiston tarixi darslarida Qovunchi madaniyati O'rta Osiyo hududlariga ta'sirni o'rganishni yanada jonlantish hamda o'zbek xalqi tarixida tutgan o'rni mavzusini o'rganish usullarini ko'rsatib yangi metodologik usullarni yaratish.

REFERENCES

1. Аскаров A. А.Узбек халкининг келиб чикиш тарихи. Т.: «O'zbekiston». 2018. - 683 с.

2. Буряков Ю.Ф. Генезис и этапы развития городской культуры Ташкентского оазиса. -Ташкент, 1982. - 213 с.

3. Левина Л.М. Керамика нижней и средней Сырдарьи в I тысячелетии н.э / Тр. ХАЭЭ. VII. M.: 1971. - 252 с.

4. Мандельштам А.М. Памятники кочевников Кушанского времени в Северной Бактрии. Л.: 1975. С.14-15, табл. XXXIX.

5. Обельченко О.В. Лявандакский могильник // ИМКУ. Вып. 2. Ташкент: 1961. С. 92-176.

6. Pardaev M.H., G'ofurov J.I. Ustrushonaning ilk o'rta asr qishloq makonlari (yozma va arxeologik manbalar asosida). Toshkent,2016.

7. Toshboyev F.E. Ustrushonaning qadimgi davrdagi etnik tarixi. "Yosh avlod matbaa" nashriyoti. Toshkent, 2021. - Б. 138-139.

8. Toshboev F.E. Qadimgi Ustrushona chorvadorlari (arxeologik manbalar asosida). «Fan va ta'lim» nashriyoti, Toshkent, 2022.

9. Хужаев А. Фаргона тарихига оид маълумотлар. "Фаргона", 2013.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.