Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA BAG’RIKENGLIKNI TARIXIY ILDIZLARI'

O’ZBEKISTONDA BAG’RIKENGLIKNI TARIXIY ILDIZLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
536
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bag’rikenglik / Zardo’shtiylik / “Avesto” / Xristianlik / ibodatxona / ellinizm / «Baytul hikma» / diniy konfesssiya.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Meliqulov Bobur

Maqola O’zbekiston xalqining milliy va diniy bag‘rikengligi ijtimoiy va tarixiy hodisa sifatida, ma’naviyati va madaniyati tarixining ibtidosi sifatida asrlar qa’riga singib ketgan bo‘lib, necha ming yillik ma’naviy kamolot pillapoyalarini bosib o‘tgan. O‘zbekiston hududida qadim-qadimdan ko‘plab millat va elat vakillari bahamjihat istiqomat qilib kelishi bag’rikenlikning namunasi ekanligi yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA BAG’RIKENGLIKNI TARIXIY ILDIZLARI»

O'ZBEKISTONDA BAG'RIKENGLIKNI TARIXIY ILDIZLARI

Meliqulov Bobur

SamDCHTI Gumanitar fanlar va axborot texnalogiyalari kafedrasi o'qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.10820294

Annotatsiya. Maqola O'zbekiston xalqining milliy va diniy bag'rikengligi ijtimoiy va tarixiy hodisasifatida, ma'naviyati vamadaniyati tarixiningibtidosi sifatidaasrlar qa'rigasingib ketgan bo'lib, necha ming yillik ma'naviy kamolot pillapoyalarini bosib o'tgan. O'zbekiston hududida qadim-qadimdan ko'plab millat va elat vakillari bahamjihat istiqomat qilib kelishi bag'rikenlikningnamunasi ekanligiyoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Bag'rikenglik, Zardo'shtiylik, "Avesto", Xristianlik, ibodatxona, ellinizm, «Baytul hikma», diniy konfesssiya.

Abstract. The article describes the national and religious tolerance of the people of Uzbekistan as a social and historical phenomenon, as the beginning of the history of their spirituality and culture, which has gone through several thousand years of spiritual maturity. It has been explained that representatives of many nationalities and peoples have lived together in the territory of Uzbekistan since ancient times, which is an example of tolerance.

Keywords: Tolerance, Zoroastrianism, "Avesta", Christianity, synagogue, Hellenism, "Baytul Hikma", religious confession.

Аннотация. В статье описывается национально-религиозная толерантность народа Узбекистана как социально-историческое явление, как начало истории его духовности и культуры, прошедшее несколько тысячелетий духовной зрелости. Разъяснено, что на территории Узбекистана издавна проживали представители многих национальностей и народов, что является примером толерантности.

Ключевые слова: Толерантность, зороастризм, «Авеста», христианство, синагога, эллинизм, «Байтул Хикма», религиозное вероисповедание.

O'zbekiston mustaqilligini qo'lga kiritganidan keyin jamiyat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va davlatchilikni rivojlantirish sohalarida tub o'zgarishlar yuz berdi. Respublikada milliy-madaniy tiklanish bo'yicha muhim ishlar amalga oshirildi. Mustaqillik yillari O'zbekistonda barqarorlik va tinchlik, fuqarolar osoyishtaligi va millatlararo totuvlik saqlanib turibdi. Yaxshi qo'shnichilik va insonparvarlik o'zbeklar tabiatidagi tug'ma milliy va diniy fazilat hisoblanadi. Barcha zamonlarda O'zbekiston ko'p millatli va ko'p konfessiyali davlat bo'lib kelgan va kelajakda ham shunday davlat bo'lib qoladi. Tinchlik, ijtimoiy totuvlik va adolat g'oyalari bizning ajdodlarimiz qoldirib ketgan ma'naviy meros hisoblanadi.

O'rta Osiyo xalqlarining milliy va diniy bag'rikengligi ijtimoiy va tarixiy hodisa sifatida, ma'naviyati va madaniyati tarixining ibtidosi sifatida asrlar qa'riga singib ketgan bo'lib, necha ming yillik ma'naviy kamolot pillapoyalarini bosib o'tgan. O'zbekiston hududida qadim-qadimdan ko'plab millat va elat vakillari bahamjihat istiqomat qilib keladi. Ular o'rtasida asrlar davomida milliy nizolar bo'lmagani xalqimizning azaliy bag'rikengligini va yuksak ma'naviyatini ko'rsatadi. Haqiqatan ham, mintaqamizda g'oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan va turli xalqlarning tinch-totuv yashashini ta'minlagan markaz bo'lib kelgan. Shuning uchun sabr-toqat, bag'rikenglik hayot bo'ronlaridan omon qolish va rivojlanish kafolatiga aylangan.

Dunyo halqlari va mamlakatlari o'zlarining tarixiy-madaniy rivojlanishi jarayonida turli moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratib, o'ziga xos sivilizasiyalarga asos solganlar. Tadqiqotlar

shuni ko'rsatadiki, O'rta Osiyo sivilizasiyasi Sharqning qadimgi sivilizasiyalarining bevosita aloqalari ta'sirida shakllanib rivojlanib, o'z navbatida O'rta Osiyo ham Sharq xalqlarining iqtisodiy, madaniy hayotida muhim o'rin tutgan.Turli davrlardagi urushlarga qaramasdan, insoniyatning butun rivojlanish taraqqiyotida, turli qabilalar, xalqlar, etnoslar va xududlar o'rtasidagi o'zaro iqtisodiy, siyosiy va madaniy munosabatlar tinch qo'shnichilik, ezgulik tamoyillariga asoslangan bo'lgan. Tarixning guvohlik berishicha, O'rta Osiyo xududida qadimdan eron tili va turk tili xalqlari, o'troq bilan birgalikda, ko'chmanchi va yarim ko'chmanchi qabilalar kelib joylashib o'zaro ta'sir va faoliyatda yashab o'zlarining o'ziga xos yuqori madaniyatiga asos solganlar.

Miloddan avvalgi 3-ming yillikka kelib O'rta Osiyo hududlari Mesopotamiya, Hindiston, Eron kabi yuqori sivilizasiyali mamlakatlar bilan ham o'zaro munosabatlar o'rnatgan edi. Zarafshonning yuqori oqimida joylashgan Sarazm qadimgi madaniyat yodgorliklarida hind sivilizasiyasi ashyolariga o'xshash buyumlar: chig'anoq toshdan yasalgan bezaklar, sopol idish namunalari topilgan. Shu o'xshashliklarga qarab, ikkala hudud o'rtasida o'zaro munosabatlar mavjud bo'lganligini qayd etish mumkin. Shuni aniq aytish kerakki, miloddan avvalgi 2-3-ming yilliklarda O'rta Osiyo janubida yashagan aholi Mesopotamiya va Eron xalqlari bilan, markaziy hududlarning aholisi esa, asosan, Hindiston bilan bevosita aloqada bo'lgan. 2-ming yillik o'rtalarida ichki va tashqi savdo bilan shug'ullangan Mesopotamiya savdogarlari uchun Mesopotamiya va qo'shni davlatlar bo'yicha yo'l ko'rsatkich-xaritalar bo'lganligi to'g'risida ma'lumotlar borligini ta'kidlash darkor.

A.Sagdullayev tadqiqotlariga ko'ra, bronza davriga kelib, O'rta Osiyo xududida qadimgi va shimoliy qiyofadagi aholi vakillarining qo'shilishi jarayoni boshlanadi hamda aynan mana shu davrda o'lkamizdagi bronza davri qabilalari O'zbekistonning qadimgi xalqlariga asos solganlar. Bu davr o'lkamizning xududida murakkab etnik-madaniy jarayonlar bo'lib o'tadi. Xususan, janubiy xududlardagi hosildor vohalar o'troq dehqonchilik aholi tomonidan, shimoliy viloyatlarda ko'chmanchi chorvador qabilalar tarqala boshlaydi. O'troq va ko'chmanchi aholining o'zaro siyosiy-iqtisodiy va madaniy aloqalari natijasida, o'z navbatida tolerantlik an'ananalari ham paydo bo'lib boradi. Qadimgi Sharqning qo'lyozma manbalarida (Hindiston, Ossuriya, Eron) aytilishicha, mil.avv. II ming yillik o'rtalari va oxirlariga kelib, O'rta Osiyo, Afg'oniston, Hindiston va Eron tarixida, dastlab Volga, Ural va Janubiy Sibirning keng xududlarida yashagan hind-eron qabilalarining tarqalishi ro'y bergan ekan. O'rta Osiyo xududiga ham mazkur qabilalarning yoyilishi va qadimgi o'troq aholi bilan asssimlesiyasi m.av.. IX-VIII asrlarda etnik xududlarning bo'linishini boshlab bergan ekan. Bundan qariyb uch ming yil ilgari paydo bo'lgan zardo'shtiylik dini ulug' insoniy qadriyatlarni, xususan sahovatpeshalikni, bag'rikenglik fazilatlarini o'zida mujassam etgan va targ'ib qilgan din sifatida namoyon bo'ladi.Ushbu din tabiat, jamiyat va inson o'rtasidagi munosabatlarni o'zaro ma'naviy-ruhiy, ahloqiy mezonlar orqali uyg'unlikda olib borgan. Dinning asoschisi hisoblangan Spitoma Zardo'shtning yashagan davri, vatani va din yoyilgan xudud borasida munozaralar o'zini yakunini topgan emas. Lekin din asoschisi afsonaviy emas, tarixiy shaxs bo'lganligi tarixchilar tomonidan e'tirof qilingan. Zardo'shtiylik dinining bag'rikengligi shundaki,m.avv. VII-VI asrlarda Yaqin va O'rta Sharqning ko'pgina tarixiy viloyatlariga yoyiladi. Dinning asosiy ta'limotida ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal g'oyasi yotadi. Dinda asosiy ezgulik g'oyalari Axuramazda va yomonlik xudosi Axriman o'rtasidagi kurash misolida gavdalanadi. "Avesto"da aytilishicha, Zardo'sht "Ezgulik qilishga shoshil"deya chaqirgan. Shamol tezligi Voxa Man - ezgu fikrga chopsin. Buni Asha Vaxishta -

haqiqat eshitsin. Asha Vaxishta esa Xshatra Vayirga adolatli hokimiyatni qurishga yordam beradi. Bu hokimiyat, ya'ni davlat esa o'z navbatida Spanta Armaytaga - tinchlik beradi. Oddiy jamoaga nima kerak? Albatta "tinch yashash", har davrda ham mana shu javob zarur. Avestaning "Videvdat" qismida aytilishicha, tinch yashagan kishi mehnat qiladi.

Diqqatga sazovor tomoni shundaki, din markazidagi chaqirig' g'oyasi bu - insonlarni teri rangidan, tilidagi va urf-odatidagi farqidan, yashash xududidan qat'iy nazar vijdonli, kuchli va insofli kishilarni shakllantirib, tarbiyalashga chaqiradi. Shuning uchun Zardo'sht yashagan davrda insonnni asosiy majburiyati sifatida ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal g'oyasini qilishga chaqiradi. Ezgulikni yovuzlik ustidan g'alaba qozonishi, insonni ko'nglida qanchalik ezgulik to'plaganiga bog'liq. Oxir oqibatda, ezgulikning g'alabasi hal qilinuvchi hisoblangan. O'rta Osiyoda keyingi tarixiy davr A. Makedonskiyning bosqini davri hisoblanadi. Bu davrda Italiyadan tortib Hindistongacha bo'lgan xududda ellinizm madaniyatining keng yoyilishi sodir bo'ladi. Bu davrda shakllangan ellinizm madaniyati G'arb va Sharq madaniyatining uyg'unligida shakllanib, oldingi davr madaniyatidan farq qilgan. Mil.avv.III asrda O'rta Osiyoga ko'chmanchi chorvador qabilalarining ko'chishi yuz beradi. Bu ko'chish natjasida Qang', Dovon davlatlari tashkil topadi. Milodiy I asrda Kushon podsholigi tashkil topadi. Tarixiy manbalarga ko'ra, Kushon davlati hukmdorlari(bir vaqtda qohin) va aholisida diniy toqatlilik namunasi rivojlangan b-b, turli tilli, turli etnoslar o'z navbatida turli diniy e'tiqodni, o'ziga xos turmush tarzini amalga oshirganlar. Bu davrda zardo'shtiylik dini bilan birga boshqa dinlar ham tarqalgan. Xususan, buddizm O'zbekistonning janubiy qismlarida yoyilgan. Masalan, budda haykallari, ibodatxonalar eski Termiz, Dalarzin, Qoratepada ko'rinadi. Qoratepada budda g'ori ibodatxonasi topilib, unda Buddaning qadimgi tasviri tushgan devoriy suratlar topilgan. Eng muhim ahamiyatga ega bo'lgan holat, hind zuvidagi braxma va kxaroshti, baqtriya-kushon yozuvida qora tush bilan suyaklarga bitilgan yozuvlar topilgan. Eramizning boshlariga kelib xristianlik dini ham keng yoyilgan. Milodning II-III asrlarida yozma va arxeologik manbalar ma'lumotiga ko'ra, Marv va So'g'd xududlariga kirib kelgan. Akademik B.Buryakovning ta'kidlashicha, Marvdan topilgan materiallarga ko'ra, shahar tashqarisida cherkov qurilishlari kuzatilgan. IV asrdan boshlab esa, Marvda yepiskop paydo bo'lgan, ibodatxona shahar ichkarisiga ko'chirilgan, shahar tashqarisida esa xristian qabristonlari mavjud bo'lib bu xristianlarning ham anchagina bo'lganligidan dalolat beradi. Buxoro, Samarqand, Termizda nasroniylik ibodatxonalari bo'lgan. VI asrda xristianlarning Samarqandda o'zining yepiskopi bo'lgan. Shaharning janubida xristianlar jamoasining yig'ilish va yashash qo'rg'onlari bo'lgan. Bunga Urgutdagi Qoya toshga yozib qoldirilgan nestarion yozuvlari ham guvohdir. Xristianlik kulti shuningdek, Choch hukmdorlari tangasida nestorianlik xochi tasviri, Xaroba-Qoshuqdan topilgan xristian cherkovining plani rasmi topilgan.

VII asr o'rtalaridanboshlangan arab istilosi O'rta Osiyo xalqlari taraqqiyotida qanchalik salbiy ta'sir qilgan bo'lishiga qaramay, mahalliy aholi birlashuvi va jipslashuvi uchun asos bo'lgan kuchli ma'naviy ozuqa manbai bo'lib xizmat qilgan edi. V.V. Bartoldning fikricha. Islom dini yetakchi mavqegaega bo'lgandan keyin boshqa dinlar tarafdorlariga kutilganidan ziyodroq bag'rikenglik fazilatlarini namoyon etdi. Xususan, bunday tarzdagi bag'rikenglik islom olamining sharqiy chekkasida joylashgan Movarounnahr va Xorazmda kuzatiladi. Islomgacha bo'lgan davrlarda bu mintaqada budda ibodatxonalari, zardushtiylarning muqaddas olov saqlanadigan otashkadalari, xristian cherkovlari yonma-yon qurilganligi arxeologik tadqiqotlar natijasida aniqlangan. Buan'analar IX-XII asrlarda ham davom etadi.Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, IX asr boshlariga kelib Sharqdagi o'sha davr yirik madaniy markazlaridan biri bo'lgan

Bag'dodda dinga mansub olimu-fuzalolar o'rtasida ilmiy hamkorlik avj oladi. Antik davr olimlarining tarixiy-falsafiy asarlari Sharq tillariga tarjima qilina boshlandi. Ko'pginaO'rta Osiyo allomalarining Bag'doddagi «Baytul hikma»da va Xorazmdagi «Ma'mun akademiyasi»da ta'lim olishi natijasida IX-XII asrlarda Movarounnahrda diniy va dunyoviy bilimlar yuksak darajada rivojlandi. Ayni paytda Movarounnahr va Xuroson diniy va dunyoviy bilimlar markaziga aylanib diniy bag'rikenglik o'zining yuqori cho'qqilariga ko'tarildi.

Shunday qilib, O'rta Osiyo xudududi ko'p tilli xalqlar hayotiga asoslangan bo'lib, shomonizm, zardo'shtiylik, buddizm, monixeylik, xristianlik, iudaizm vakillari hamda butparaslarni ham tashkil qilgan. Bi vaqtning o'zida o'zaro turli diniy e'tiqodlarning, madaniyatlarning uyg'unlashuvi ham kechgan. Manbalarni o'rganishgan olimlarning fikricha, mazkur davrda O'rta Osiyoda bo'lgan turli siyosiy munozaralar, hokimiyat uchun sulolaviy kurashlar, bosqinchilik kurashlarining barchasi diniy xususiyatga ega bo'lmaganligini ko'rsatadi. Chunki biron bir diniy xususiyatdagi, diniy konfesssiya va e'tiqodlar o'rtasida, yoki aholi o'rtasida diniy nizo va kelishmovchiliklar bo'lmagan. Sharq mutafakkirlarining falsafiy donishmandligi, ilmiy va madaniy merosi O'rta Osiyo xalqlari madaniyatida ma'lum insonparvarlik ideallari ishlab chiqilgan bo'lib, undan jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida kishilarni axloqiy, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, shaxsning va butun jamiyatning ma'naviy boyishida, milliy va diniy bag'rikenglikni targ'ib qilishda qo'llanish mumkin va zarur deb hisoblaymiz.

O'rta Osiyo, jumladan O'zbekiston zaminida yaratilgan ma'rifatparvarlik salohiyatiining ijtimoiy-falsafiy qarashlarni yuzaga chiqarish, ommalashtirish lozim. Bunda ziyolilar ijodining yirik bag'rikenglik namunalari ahamiyatlidir. Ular Sharq va G'arb mualliflarining merosini qaysi tilda bo'lishidan qat'i nazar, qaysi irq va dinga e'tiqod qilishiga qaramasdan, o'qib o'rganganlar. Bu Abu Abdulloh Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va ko'plab o'tmishdagi boshqa olim va mutafakkirlarning ijodida yorqin namoyon bo'ladi.

Xulosa qilib shuni alohida takidlashimiz kerakki, Har bir millat va elat o'ziga xos milliy madaniyati va ma'naviyatiga ega. Ko'p asrlar davomida shakllangan millat va elatlarning ruhiy boyligini, uning urf-odatlari, an'analari, axloq-odob me'yorlarini o'zida mujassamlashtirgan ma'naviyat ayni vaqtda umuminsoniy ma'naviyatning tarkibiy qismini tashkil etadi va shu tariqa u jahondagi barcha xalqlarning ma'naviy boyligi ham bo'lib hisoblanadi. Yuksak milliy ma'naviyat hamma vaqt xalqlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi vosita bo'lib kelgan va hozir ham shunday bo'lib qolmoqda .

REFERENCES

1. Сагдуллаев А. ^адимги Урта Осиё тарихи. - Тошкент, 2002.- Б.4-10.

2. O. Ата-Мирзаев, В. Генштке, Р. Муртазаева. Межнациональная толерантность в Узбекистане: история и современность. - Ташкент: Университет, 2004. -C. 70.

3. Исх,ок;ов М. Манбашунослик, тарихшунослик, тарихий, тадк;ик;от методлари мутахассислигининг назарий масалалари. Укув-услубий кулланма. - Тошкент, 2011. -Б.34.

4. O. Ата-Мирзаев, В. Генштке, Р. Муртазаева. Межнациональная толерантность в Узбекистане: история и современность. - Ташкент: Университет, 2004. -C. 57.

5. Эшов Б. Диний багрикенгликнинг тарихий илдизлари. // Миллий истиклол гояси: Миллатлараро тотувлик ва динлараро багрикенгликни укувчи ва талаба ёшлар

дунёкарашини шакллантиришдаги роли. (Конференция материаллари). - Самарканд, 2006. - Б.77.

6. О. Ата-Мирзаев, В. Генштке, Р. Муртазаева. Межнациональная толерантность в Узбекистане: история и современность. - Ташкент: Университет, 2004. -С. 57.

7. О. Ата-Мирзаев, В. Генштке, Р. Муртазаева. Межнациональная толерантность в Узбекистане: история и современность. - Ташкент: Университет, 2004. -С. 69.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.