Научная статья на тему 'QADIMGI DAVRDA KECHGAN MIGRATSIYALAR VA UNING MARKAZIY OSIYO XALQLARI TARIXIDAGI O’RNI'

QADIMGI DAVRDA KECHGAN MIGRATSIYALAR VA UNING MARKAZIY OSIYO XALQLARI TARIXIDAGI O’RNI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1289
178
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Migratsiya / Andronovo madaniyati / skif / sarmat / massaget / sak / xalqlarning buyuk ko'chish / Da-yuechji / xiyon / kidar / eftal. / Migration / Andronovo culture / Scythian / Sarmatian / Massaget / Sak / great migration of peoples / Da-yuechji / Khion / Kidar / Ephthal.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — U. Eshonqulov

Mazkur maqolada qadimgi davrdan ilk o’rta asrlargacha markaziy osiyoda kechgan faol migratsiyalar, ko’chishi sabablari, yangi joylarga joylashuvi, qabilalarning etnik tarkibi, migratsiyalarning markaziy osyo xalqlari tarixida tutgan o’rni to’g’risida mulohazlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PAST MIGRATIONS IN THE ANCIENT PERIOD AND ITS PLACE IN THE HISTORY OF THE PEOPLES OF CENTRAL ASIA

This article describes active migrations in central asia from ancient times to the early middle ages, the reasons for migration, settlement in new places, the ethnic composition of tribes, and the role of migration in the history of the peoples of central asia.

Текст научной работы на тему «QADIMGI DAVRDA KECHGAN MIGRATSIYALAR VA UNING MARKAZIY OSIYO XALQLARI TARIXIDAGI O’RNI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

QADIMGI DAVRDA KECHGAN MIGRATSIYALAR VA UNING MARKAZIY OSIYO

XALQLARI TARIXIDAGI O'RNI Eshonqulov Umurzoq Absamat o'g'li

Jizzax davlat pedagogika universiteti ijtimoiy-gumanitar fanlarda masofaviy ta'lim kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7435377

Annotatsiya. Mazkur maqolada qadimgi davrdan ilk o'rta asrlargacha markaziy osiyoda kechgan faol migratsiyalar, ko'chishi sabablari, yangi joylarga joylashuvi, qabilalarning etnik tarkibi, migratsiyalarning markaziy osyo xalqlari tarixida tutgan o'rni to'g'risida mulohazlar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: Migratsiya, Andronovo madaniyati, skif, sarmat, massaget,sak, xalqlarning buyuk ko'chish, Da-yuechji, xiyon, kidar, eftal.

PAST MIGRATIONS IN THE ANCIENT PERIOD AND ITS PLACE IN THE HISTORY

OF THE PEOPLES OF CENTRAL ASIA

Abstract. This article describes active migrations in central asia from ancient times to the early middle ages, the reasons for migration, settlement in new places, the ethnic composition of tribes, and the role of migration in the history of the peoples of central asia.

Keywords: Migration, Andronovo culture, Scythian, Sarmatian, Massaget, Sak, great migration of peoples, Da-yuechji, Khion, Kidar, Ephthal.

ПРОШЛЫЕ ПЕРЕСЕЛЕНИЯ В АНТИЧНЫЙ ПЕРИОД И ЕГО МЕСТО В ИСТОРИИ НАРОДОВ СРЕДНЕЙ АЗИИ

Аннотация._В данной статье описаны активные миграции в средней азии с древнейших времен до раннего средневековья, причины миграции, расселения на новых местах, этнический состав племен, роль миграции в истории народов средней азии.

Ключевые слова Миграция, андроновская культура, скифы, сарматы, массагеты, саки, великое переселение народов, да-юэчжи, хион, кидар, эфтал.

Kishlik jamiyati paydo bo'libdiki insoniyat turli sabablarga ko'ra o'zi yashab turgan makonidan boshqa joyga ko'chib o'tishga majbur bo'lgan fanda bu jaryonlar Migratsiya (lotincha: migratio — ko'chaman, joyimni o'zgartiraman) atamasi bilan tilga olinadi. Insonlar oziq-ovqat izlab, iqlim o'zgarishlari, tabiyat injiqliqlari, o'zaro urushlar boshqa turli-xil sabablarga ko'ra o'zi yashab turgan makonidan boshqa joyga ko'chishga majbur bo'lgan Tarixda shunday yirig migratsiyalar yuz berganki natijada yirik davalatlar, imperyalar vujudaga kelishiga sabab bo'lgan.

Yevroosiyo materigida tutgan jug'rofiy o'rni tufayli Markaziy Osiyo tarixning eng qadimgi davrlaridan boshlab murakkab va ko'p bosqichli mintaqaviy va transmintaqaviy migratsiya jarayonlari jadal borgan xudud sifatida ajralib turadi. Ma'lumki, axolining bir xududdan ikkinchi xududga ko'chishi butun tarixiy davrlar mobaynida shaklan ikki xil — doimiy yoki vaqtinchalik ko'chish tarzida amalga oshirib kelingan.

Bronza davrining oxirlarida O'rta Osiyoning o'troq aholisi sug'g'orma dehqonchilik madaniyatini va hunarmandchilik sirlarini yaxshigina egallagan edilar. Bu davrda asosan shimoliy xududlardan O'rta Osiyoga kirib kelgan ko'chmanchi chorvador qabilalar cho'l va dasht zonalariga joylasha boshladilar. Vaqtlar o'tishi bilan tubjoy aholining o'troq hayoti va dehqonchilikka asoslangan xo'jaligi chorvadorlarning turmush tarziga ham o'z ta'sirini ko'rsata

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

boshladi. Chorvador jamoalar ham o'zlariga dastlab vaqtinchalik bo'lsada qarorgohlar va makonlar qurganlar. Ular asosan Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshonning quyi havzalarida, tog' yon bag'irlaridagi soy bo'ylarida istiqomat qilganlar. Chorvador qabilalar madaniy va xo'jalik taraqqiyoti jihatidan janubning o'troq jamoalaridan ancha orqada edilar. Moddiy manfaatdorlik va mahalliy aholi tomonidan biror-bir jiddiy qarshilikka uchramaslik, chorvador qabilalarning dehqonchilik zonalariga kirib kelishlarini tezlashtirgan. Jumladan, mil. av. II ming yillik o'rtalarida Qozog'iston cho'llarida yashagan chorvadorlar (ular fanda «Andronovo madaniyati» aholisi deyiladi) avval O'rta Osiyoning shimoliy rayonlariga, so'ng esa uning janubiy chegaralarigacha kirib borganlar.

Mil avv. II ming yillik boshlarida Qora dengiz shimolidagi dashtlardan mintaqamiz janubi orqali Eron va Hindistonga oriy qabilalarning ko'chishi, mil. avv. II-I ming yilliklar chegarasida xamda III-IV asrlarda O'rta Osiyoning markaziy va janubiy xududlariga shimoldagi chorvador qabilalarning yangi-yangi oqimlarining kirib kelishi va boshqa migratsiya jarayonlarida aridizatsiya, ya'ni iqlimning keskin isib ketishi natijasida shimoldagi yaylovlarning chorvador qabilalar xo'jaligi uchun yaroqsiz bulib qolishi sabab bo'lgan bulishi mumkin.

Miloddan avvalgi 4-3 mingyilliklarda Osiyoda, tog'oldi hududlarda, suvli qirg'oq mintaqalarida yashagan aholi turar joylari atrofida, dastlab ovchilik va dehqonchilik bilan birga olib borilgan xonaki chorvachilik xo'jaligi shakllandi. Chorvachilik xo'jaligi dehqonchilikka nisbatan osonroq, ya'ni yangi-yangi yerlarga ishlov berib, dehqonchilikka tayorlashga hamda ko'p ishchi kuchini talab etmas edi. Shu tariqa juda ko'plab, avvaldan o'troq hayotga moslashgan aholi manzilgohlari asta-sekinlik bilin miloddan avvalgi II-mingyillikning oxiri. I-mingyilliknining boshlarida tog'oldi va dashtlarda yashovchi o'troq va yarim o'troq qabilalarning bir qismi hayotida ko'chmanchilik va yarim ko'chmanchilik tarzi shakillanib, ko'chma chorvachilik xo'jaligiga muqimlashdi.

Markaziy Osiyoning qadimgi ko'chmanchilari haqida yozma manbalarda (Avestoda, Yunon manbalarida, Bexistunda, Xitoy manbalarida) ko'pgina qiziqarli ma'lumotlar keltirilgan. Biz Markaziy Osiyo hududida ko'chmanchi qabilalaridan "Sak" va "Massaget"lar istiqomat qilgani uchun ular haqida kengroq ma'lumotlar berib o'tamiz.

Massagetlar: Kaspiy dengizninig sharqiy sohili, Orol dengizi atroflari, Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimida yashagan ko'chmanchi qabilalar guruhi. Ular to'g'risida fanda turli qarashlar mavjud:

-ayrim olimlar fikri bo'yicha "Massaget"(mase)-baliq so'zidan kelib chiqqan bo'lib,"baliqxo'rlar" ma'nosini anglatadi.

-"massaget" atamasi "mas", "saka", "ga" so'zlaridan kelib chiqqan bo'lib, saklarning katta uyushmasini anglatadi.

-"massaget" so'zi "mazagetlar" so'zidan "maza"-ulug' ma'nosini bildirib "ulug'getlar"ni anglatadi.

-Xitoy solnomalarida ularni "kata yuetji"lar bilan bir xalq qatoriga qo'yilgan. Bu fikrga S.P.Tolstov ham qo'shilgan.

Massagetlar katta uyushma bo'lib, ular tarkibiga bir necha qabila, qa-bilachalar (atiylar, asianlar, usunlar, augaslar, daxlar va boshq.) kirgan. Bu qabilalarning o'ziga xos nomlari ular ulug'lagan totemlaridan kelib chiqqan. Jangchilar ko'pincha o'zlariga kuchli hayvonlarni (qoplon, yo'lbars, ilon, burgut) totem qilishgan. Geradotning yozishicha, ular piyoda va otda jang qilganlar. "Skif"larga o'xshab otlarni va o'zlarini sovut bilan himoyalaganlar. Himoya

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

vositalari asosan oltindan va aksincha ularning qurollari misdan yasalgan. Qurollarining asosini kamon, nayza va oybolta (sagariy) tashkil qilgan. Strobonning yozishicha, massagetlar ikki xil tipga bo'linganlar:

l.Ko'chmanchi: o'zini kuchli bilib, faqat boshqa mulklarni talash bilan shug'ullangan. 2.O'troq: o'zini zaif bilib, asosiy kuchini chorva boqish va dehqonchilikka qaratgan. Bu ikki tip xuddi skiflarga o'xshab asosan, "quyoshga" topinganlar, lekin qurbonliklar ikki xil yo'l orqali amalga oshirilgan. Birinchi tip asosan "ot" qurbonlik qilgan bo'lsa; Ikkinchi tip esa yarim tayyor mahsulotlar (sabzavotlar, meva-cheva, may) qurbonlik qilishgan. Gomerning "Odessa" asarida ular "kimmeriylarning" avlodi hisoblanib, ularning jang qilishi taktikasi uzoqdan kamon otib, tez-tez kichik bo'linmalari hujumlari bilan ko'rsatilgan. Ular asosan dehqonchilik, baliqchilik, chorvachilik, hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarib, savdoni odatda saklar bilan olib borganlar.

Sak: (shaklar) Osiyo dashtlari chorvadorlari, Geradot yozishicha Yevrosiyo cho'llarida, Qora dengiz sohillarida istiqomat qiluvchi ko'chmanchi "skalot" qabilalari. Yunonlar esa ularni skiflar deb yuritganlar. Ular skif va saklarni aynan bir xalq deb, adashganlar. Bunga sabab ikki qabilaning madaniyatlari Xitoy va Yunon manbalarida judayam o'xshaganligidadir. Sak nomi turli yodgorliklarda turlicha uchraydi. Ahamoniy hukmdorlarining Bexistunida "Sirdaryo ortidagi qabilalar" bo'lib, ularning to'rtga bo'linganligi aytib o'tilgan.

1." Saka-tiay-daraya" podshoh Doroning "Naqshi Rustam" yozuvida " daryoning narigi tomonida yashovchi" saklar.

2."Saka-tigraxauda" (cho'qqi qalpoqli) saklar. Ular Qipchok dashti, Choch viloyati hududlarida yashaganlar.

3."Saka-xauma-varka" ya'ni marosimiy muqaddas ichimlik "xauma" iste'mol qiluvchi, Pomir va Farg'ona vodiysida yashovchi saklar.

4."Saka-arimas" ya'ni (grif oltinini himoya qiluvchilari) bo'lib, bu saklar o'zlarini eng oliy nasab sak deb atashgan. Aynan shu tur saklar, skiflarning eng boy, oliy tabaqasi bo'lmish "skif shohlari" bo'lgan guruhga o'xshaydi. Strabon esa ushbu boy tabaqali ko'chmanchilarni "daxlar" deb yuritgan.

Qang' davlati tashkil topishi munosabati bilan turkiy etnik gruhlarning O'rta Osiyo ikki daryo oralig'iga kirib kelishi yanada jadallashadi. Shuningdek, sug'diy etnik qatlamining esa Sirdaryo quyi xavzalaridan sharqiy mintaqalarga jadal kirib borishlariga keng imkoniyatlar ochiladi. Endi Sirdaryoning o'rta vaquyi xavzalari sug'diy va turkiy qabilalarning chegarasi bo'lmay qoldi.Turkiy etnik guruhlar (xunlar) migratsiyasining jadalashuvi tufayli ilk o'rta asrlarga kelib bu ikki til sohiblari chegarasi Sirdaryodan Amudaryoning o'rta xavzalariga ko'chadi. Bu esa VII-VIII asrlarda O'rta Osiyo ikkidaryo oralg'I va uning tevarak-atrofida turk-sug'diy etno-madaniy maydon shakllanishiga olib keldi.

Antik va ilk o'rta asrlarning boshlarida O'rta Osiyo jumladan, O'zbekiston Yevroosiyo materigida yuz bergan "xalqlarning buyuk ko'chishi" davrini chorrahasiga aylanadi. Bu yerda tarixiy yilnomalarda tilga olingan yirik qabilalar uyushmasining va ular bilan bog'liq bo'lgan xalqlarning sharqdan g'arbga, janubiy-g'arbga va janubga, shimoldan janubga va shimoliy-g'arbdan janubiy-sharq tomon ko'chishlari yuz bergan. Ulardan ba'zilari O'rta Osiyo hududlarida qolgan bo'lsa, boshqalari yerli xalqlarning bir qismini o'zi bilan birga janub va janubiy-g'arb tomonlarga olib ketgan. Bunga misol sifatida Hindiston va Orol bo'yi hududlaridan topilgan Farg'onaga xos tirnash uslubi bilan bezalgan sopol idishlarni (I-II asrlar) keltirish mumkin.

2SG

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Antik va ilk o'rta asrlarda O'rta Osiyo hududida yirig qabilalarning ko'chish jaryoni kuchayadi. O'rta Osiyo hududiga atik davirda kirib kelgan yirik qabilalardan biri Yuejilardir. Bu qabilalar Xitoy manbalarida "Da-yuechji" - "Buyuk" yoki " Katta yueji" deb eslaniladi.

Tadqiqotchilarning fikrlariga ko'ra, yuejilar mil.avv. I4G-130 yillar oralig'ida Baqtriyaga bostirib kirganlar. Oradan ko'p o'tmay Baqtryada Katta yueji davlati tashkil topadi. Kichik Xan uyi tarixi malumotlariga ko'ra , Katta yueji xukumdorlari qo'l ostida beshta xokimlik (Xi-xeu) bor bo'lib ular Xyumi, Shaunmi, Gyushuan, Xise va Dumilardan iborat edi.

Shunday qilib "katta yueji" qabilasi Baqtriya tuprog'ida paydo bo'lib, Baqtriya boy shaharlari va qishloqlari ko'chmanchilarning qalblarida hasad o'tlarini yoqadi. Ko'chmanchilar Baqtriya shahar va qishloqlariga o't qo'ydilar mahalliy aholining butun boyliklarni taladilar. Bu vaqtda Yunon-Baqtriya shohligi tinmay davom etayotgan harbiy to'ntarishlar, suiqasdlar, o'zoro urushlar va ko'chmanchi saklar qabilasining zarbi natijasida ichdan darz ketgan edi. Ular bu gal ko'chmanchilarga qattiq qarshilik ko'rsata olmay yengildilar. Shunday qilib, yuz yildan ko'proq hukumronlik qilgan Yunon-Baqtriya shohligi ko'chmanchilar hujumi ostida quladi. Ko'chmanchilar esa taxminan yuz yildan keyin Buyuk kushonlar saltanatiga asos soldilar.

Milodiy eraning IV-V asrlariga kelganda O'rta Osiyo siyosiy xaritasida xionitlar va kidaritlar va ular bilan bog'liq bo'lgan xalqlar uyushmasi paydo bo'ladi. Ular o'zbek xalqi tarixida muhim iz qoldirgan.

Milodiy eraning V asr o'rtasidan O'rta Osiyo ko'chmanchi va yarim ko'chmanchi qabilalar uyushmasi hisoblangan eftalitlar hukumronligi doirasiga o'tadi. Eftalitlarning janub va janubiy-g'arb tomon qilgan yurishlari ta'sirida O'rta Osiyo xalqlari etnogeografiyasida sezilarli o'zgarish yuz beradi.Yuqorida tilga olinga qabilalar (xalqlar) uyushmalarining etnik sostavi xaqida har-xil fikrlar mavjud. Masalan, eftalitlarning kelib chiqishi tili haqida yagona bir fikr yo'q. Bir guruh olimlar eftalitlarning tili sharqiy eron tillar guruhlariga kirgan desa (Baily, Enoki, Gihrshman), boshqalari (Altheim, Pulleyblank) esa dastlab eftalitlarning tili turkiy bo'lib, keyinchalik unga sharqiy eron tillarining elementlari ta'sir qilgan deydi. Uchinchi guruh olimlarning fikricha eftalitlar asosan sharqiy eron tillar guruhiga mansub bo'lib, ba'zi-bir turkiy etnik elementlarni o'zida mujassamlagan qabilalar uyushmasi hisoblangan (Litvinskiy, Gafurov).

Milodiy eraning VI asr o'rtalaridan boshlab Markaziy Osiyo jumladan, O'rta Osiyoda buyuk turk imperiyasining xukmronligi boshlanadi. Bu davrda paydo bo'lgan siyosiy holat ba'zi bir o'zgarishlar bilan arablar istilosigacha davom etadi. Bu davrda O'rta Osiyo hududlarida siyosiy barqororlik vujudga kelib, joylarda iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga keng yo'l ochiladi.

Markaziy Osiyoda qadimgi davr va o'rta asrlarda qadimgi yo'llar orqali amalga oshirilgan etnik ta'sir va migratsiya jarayonlari yuk,orida kurib utilgan natijalarga olib kelgani, yangi-yangi etnik guruhlar davriy ravishda paydo bulib turganini kursatadi. Lekin shunga qaramasdan, mintaqaning asosiy tub xalqlari, chunonchi, Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatida yetakchi o'rin tutib kelgan o'zbeklar (Djabborov I., 2007) va boshqa turkiy xalqlar etnogenez jarayonlari boshlangan eng qaddimgi davrdan boshlab bu hududda asosiy etnoslar sifatida yashab kelganligini kupchilik tadqiqotchilar qayd etishadi (Asqarov A., 2GG7; Sodiqov X,. 2GG4., Yaxshiev A., 2GG6, 23-26- betlar; Ermatov M., I96S).

Shunday qilib Markaziy Osiyo qadimdan qulay tabiy-iqlimi va geografik joylashuvi tufayli qadimdan faol migratsiyon jaroyonlar kechgan joy hisoblangan. Bunday yirik migratsialar natijasida Kushon, Xiyoniylar, Kidariylar, Eftallar, Turk xoqonligi kabi yirik davlatlar payda bo'ldi. Bu davlatlarda yaratilgan noyob sanat asarlari uning o'tmishdagi qudratidan dalolat berib

2SI

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

turibdi. Migratsiyalar natijasida yaratilgan sanat asarlari ko'pgina dunyo muzeylarining ko'rki,

Markaziy Osiyo xalqlarning esa obro'si va nufuzi hisoblanadi.

REFERENCES

1. O'zME. Birinchi jild. Toshkent, 2GGG-yil 5G6-b

2. Mavlonov O'. Markaziy osiyoning qadimgi yo'llari Toshkent 2008 412-b

3. Musaev N.U. So'nggi bronza va ilk temir davrlarida o'rta osiyoda sodir bo'lgan etnik Jarayonlar «o'zbek xalqining kelib chiqishi:ilmiy-metodologik yondashuvlar, etnogenetik va etnik tarix» mavzusida Respublika ilmiy-nazariy seminar materiallari Toshkent-2GG4 72-b

4. Anorbaev A. O'rta Osiyo etnografiyasidagi bazi-bir dolzarb muammola «o'zbek xalqining kelib chiqishi: ilmiy-metodologik yondashuvlar, etnogenetik va etnik tarix» mavzusida Respublika ilmiy-nazari seminar materiallari.Toshkent 2GG4 28-bet

5. Asqarov A. O'zbek xalqining etnogenezi va etnik tarxi Toshkent 2007 229-b

6. A.S.Sagdullayev O'zbekiston tarixi Toshkent 2019 268-bet

7. Azamat Ziyo O'zbek davlatchiligi tarixi Toshkent-2GGG 59-b

S. Eshov B. O'zbek davlatchligi va boshqaruv tarixi Toshkent-2GI2 97-b

9. Asqarov A. O'zbek xalqining etnogenezi va etnik tarxi Toshkent 2007 229-b

IG. Pidaev Sh Sirli kushonlar saltanati Toshkent I99G 5-b

II. Saidov Sh. Markaziy Osiyo xalqlari tarixi Toshkent - 2GIG 69-Ь

2S2

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.