Научная статья на тему 'O`LKAMIZ HUDUDLARIDAGI MAHALLIY AHOLI VA O`ZBEK XALQINING SHAKLLANISH BOSQICHLARI HAMDA TARQALISH GEOGRAFIYASI'

O`LKAMIZ HUDUDLARIDAGI MAHALLIY AHOLI VA O`ZBEK XALQINING SHAKLLANISH BOSQICHLARI HAMDA TARQALISH GEOGRAFIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
52
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
etnik / etnos / xalq / o'zbek / turkiy xalqlar / etnogenez. / ethnos / ethnos / people / Uzbeks / Turkic peoples / ethnogenesis.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sh. Karimova

Ushbu maqolada o'lkamiz hududidagi etnik jarayonlar haqida so'z boradi. O`rta Osiy ijtimoiy – siyosiy hayotida turkiy etnik guruhlar juda katta ahamiya ega bo`lganligi va bu qatlamning ildizlari juda qadimiy ekanligi arxeologik ma`lumotlar asosida isbotlanmoqda. Tadqiqotchilarning fikriga ko`ra, bronza davriga kelib O`rta Osiyoning janubiy viloyatlarida baland bo`yli, yuzi tor irqning vakillari tarqalgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STAGES OF FORMATION AND GEOGRAPHY OF SETTLEMENT OF THE LOCAL POPULATION AND THE UZBEK PEOPLE IN THE TERRITORIES OF OUR REGION

This article talks about ethnic processes on the territory of our region. Based on archaeological data, it is proved that the Turkic ethnic groups are of great importance in the socio-political life of Central Asia and that the roots of this layer are very ancient. According to researchers, representatives of the tall, narrow-faced race were scattered throughout the southern regions of Central Asia.

Текст научной работы на тему «O`LKAMIZ HUDUDLARIDAGI MAHALLIY AHOLI VA O`ZBEK XALQINING SHAKLLANISH BOSQICHLARI HAMDA TARQALISH GEOGRAFIYASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O LKAMIZ HUDUDLARIDAGI MAHALLIY AHOLI VA O ZBEK XALQINING

SHAKLLANISH BOSQICHLARI HAMDA TARQALISH GEOGRAFIYASI

Karimova Shirin Zoirjon qizi

Urganch davlat universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7011926

Annotatsiya. Ushbu maqolada o'lkamiz hududidagi etnik jarayonlar haqida so'z boradi. O rta Osiy ijtimoiy - siyosiy hayotida turkiy etnik guruhlar juda katta ahamiya ega bolganligi va bu qatlamning ildizlari juda qadimiy ekanligi arxeologik ma lumotlar asosida isbotlanmoqda. Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, bronza davriga kelib O 'rta Osiyoning janubiy viloyatlarida baland boyli, yuzi tor irqning vakillari tarqalgan.

Kalit so'zlar: etnik, etnos, xalq, o'zbek, turkiy xalqlar, etnogenez. ЭТАПЫ ФОРМИРОВАНИЯ И ГЕОГРАФИЯ РАССЕЛЕНИЯ МЕСТНОГО НАСЕЛЕНИЯ И УЗБЕКСКОГО НАРОДА НА ТЕРРИТОРИЯХ НАШЕГО

РЕГИОНА

Аннотация. В данной статье говорится об этнических процессах на территории нашего региона. На основе археологических данных доказывается, что тюркские этносы имеют большое значение в общественно-политической жизни Средней Азии и что корни этого слоя очень древни. По мнению исследователей, представители высокорослой, узколицей расы были рассеяны по южным районам Средней Азии.

Ключевые слова: этнос, этнос, народ, узбеки, тюркские народы, этногенез.

STAGES OF FORMATION AND GEOGRAPHY OF SETTLEMENT OF THE LOCAL POPULATION AND THE UZBEK PEOPLE IN THE TERRITORIES OF OUR REGION

Abstract. This article talks about ethnic processes on the territory of our region. Based on archaeological data, it is proved that the Turkic ethnic groups are of great importance in the socio-political life of Central Asia and that the roots of this layer are very ancient. According to researchers, representatives of the tall, narrow-faced race were scattered throughout the southern regions of Central Asia.

Keywords: ethnos, ethnos, people, Uzbeks, Turkic peoples, ethnogenesis.

KIRISH

Shimoliy dasht va cho'l hududlarida esa janub aholisidan farq qiluvchi boshi dumaloq, yuzi juda keng va cho'ziq bo'lmagan qabilalar yashaganlar. Fanda janubiy qiyofali odamlar O'rta Yer dengizi irqining vakillari deb ataladi. Ular Old Osiyo, Mesopotamiya, Eron, Afg'oniston, Orta Osiyo, Hindiston kabi katta geografik- hududga yoyilganlar. Shimoliy qiyofali odamlar Janubiy Sibir hududidan to Qozog'iston, O'rta Osiyoning shimoli-sharqiy qisraida Ural, Volga bo'yi yerlarigacha tarqalgan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

A. Sagdullayevning tadqiqotlariga ko'ra, bronza davriga kelib, O'rta Osiyo hududida qadimgi janubiy va shimoliy qiyofadagi odamlar vakkillarining qo'shilish jarayoni boshlanadi hamda aynan mana shu davrda, o'lkamizda yashab o'tgan bronza davri qabilalari, O'rta Osiyoning qadimgi xalqlariga asos solganlar. Bu davr o'lkamiz hududlarida murakkab etnik-madaniy jarayonlar bo'lib o'tgani bilan izohlanadi. Xususan, janubiy hududlardagi hosildor vobalar o'troq dehqonchilik aholisi tomonidan o'zlashtirila boshlagan bo'lsa, shimoliy viloyatlarda ko'chmanchi chorvador qabilalar tarqala boshlaydi. Ko'chmanchi chorvadorlar va

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

o'troq aholining uzviy munosabatlari asosida ijtimoiy-iqtisodiy va madamy-etnik jarayonlar avj oladi.

Mil. avv. II tning yillikning o'rtalaridan boshlab O'rta Osiyo hududlariga shimoli-sharqdan chorvachilik bilan shug'ullanuvchi yangi etnik guruhlar kirib kela boshlaydi. Mahalliy madaniyatdan farqlanuvchi bu guruhlar madaniyati tadqiqotchilar tomonidan "Tozabog'yob madaniyati" nomi bilan fanga kiritilgan,

TADQIQOT NATIJALARI

Tozabogyob ko'rinishidagi yodgorliklar keyinchalik Zarafshon daryosinng quyi havzasi hududlaridan topib o'rganildi. Xuddi shunga o'xshash etnoslarning izlari Toshkent vohasidan, Fargona vodiysidan va shimoliy Baqtriyaning tog li va tog'oldi hududlaridan topib o'rganilgan. Juda katta hududlardan, xususan, Qozog'iston cho'llari, Oltoy, Janubiy Sibir, Ural oldi hududlaridan tekshirilgan o'ziga xos madaniyat "Andronov madaniyati" nomi bilan fanga kiritilgan. Ko'pchilik tadqiqotchilarning e 'tirof etishlaricha, bu madaniyat sohiblari bronza davridayoq turkiy tilda so'zlashgandilar.

O'zbekiston O'rta Osiyoning qadimdan O'troq dehqcmchilik idaniyati o'choqlari tarkib topgan hududda joylashganligi boy xeologik va me'morchilik madaniyatlari bilan izohlanadi. Fargona vodiysining Selung'ur g'oridan topilgan qadimgi tosh davriga oid topilmalar va Teshiktoshdan topilgan o'rta paleolit davriga oid odamzodl qoldiqlari, bizning yurtimiz Afrika va Old Osiyo hududlari bilan bir qatorda insoniyat paydo bo'lgan hududiar tarkibiga kirganligini hozirgi kunda uzil-kesil isbotlaydi. Shuningdek, mezolit davriga oid Machay g'oridan topilgan yodgorliklar, neolit davriga oid ovchilik va baliqchilik madaniyatini o'zida ask ettiruvchi Kaltaminor, janubdagi ilk dehqonchilik madaniyatiga oid bo'lgan Joytun, Hisor tog' madaniyati, bronza davrigaj oid bo'lgan xilma-xil-Zamonbobo, Sopolli. Jarqo'ton, Sarazm, Suvyorgan, Chust madaniyatlari o'lkamizda qadimgi ajdodlarimiz xo'jaligining jadallik bilan rivojlanganligini isbotlaydi.

MUHOKAMA

O'lkamizdagi qadimgi aholi tosh va bronza davrida qanday nor bilan atalganliklari bizga noma'lum. O'rta Osiyo aholisi haqidag ma'lumotlar dastlabki marta Sharq va yunon-rim manbalarida tilga olinadi. Yunon tarixchilari ma'lumotlariga qaraganda, Yevrosiyonir katta hududlarida yashovchi qabilalar umumiy "skiflar" nomi bilan ataladi. Gerodot, "bu xalq qadimiylikda misrliklardan qo'lishmaydi", deb yuqori baho bergan edi. Pliniy esa, O'rta Osiyo hududlarida 20 ga yaqin qabilalar borligi xususida eslatib o'tadi. Yozma manbalarda skiflarning ikkita yirik qabilasi: saklar va massagetlar xususida ko'proq eslatiladi. Ahmoniylar mixxat yozuvlarida saklar uchta qismga (xaumavarka, tigraxauda, tiay-tara-darayya) bo'lib ko'rsatiladi. Massagetlar xususida ham turli fikrlar mavjud bo'lib, ular mahalliy chorvador-harbiy qabilalar bo'lganligi ta'kidlanadi. Ammo, yozma manbalar bu xalqlar va qabilalarning qaysi irqqa mansubligi haqida ma'lumot bermaydi.

XULOSA

Ayrim olimlar tomonidan bildirilgan O'rta Osiyo, jumladan, O'zbekiston qadimgi davrlardagi mongoloid irqi shakllangan hududga kiradi, degan ilmiy yondashuv noto'g'ri va asossiz ekanligi so'nggi yillardagi antropologik ma'lumotlar natijasida aniqlandi. T.Xo'jayovning fikricha, o'zbek xalqining kelib chiqish taixini o'rganishni qancha erta davrlardan boshlasak, uning tarkibida hozirgi kunlargacha saqlanib kelinayotgan irqiy va etnik

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

unsurlarning mahalliy xalq tarkibiga kirgan davri va uning nisbiy miqdori to'grisida shunchalik keng fikr yurita olamiz.

REFERENCES

1. O'rta-asrlardagi-etnik-madaniy-j arayonlar-o'zbek-atamasi.html

2. Xurshid Davron. «O'zbek» atamasi (etnonimi)ning kelib chiqishi bilan bog'liq bir faraz haqida:Tox,Hp Малик web-sahifasi

3. PULATOV SH.N. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Hindistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Academic Research In Educational Sciences. Volume 1. 2020 468-474 P.

4. Po'latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma'rifatga qo'shgan xissasi.// "SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1,Special issue 2020 136-144 p.

5. Po'latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta'limning rivojlanish bosqichlari. //"SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.