Научная статья на тему 'ZARDUSHTIYLIK DININING VUJUDGA KELISH SABABLARI VA UNING O‘RTA OSIYO KISHILIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDAGI O‘RNI'

ZARDUSHTIYLIK DININING VUJUDGA KELISH SABABLARI VA UNING O‘RTA OSIYO KISHILIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

2445
120
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Zaratushtra / ko„pxudolik dinlari / “Mazdayasna” / “Behdin” / Axura-Mazda / “sariq tuya sohibi” / “Goxlari” / “Yasht” / Bratarvaxsh / Kavi Vishtaspa / so„g„diylar.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Odilbek Sherali O‘g‘li Nurmamatov, Mahfuza Husenovna Sa’dullayeva

Ushbu maqola insoniyat sivilizatsiyasidagi ilk diniy e‟tiqodlardan biri bo„lmish zardushtiylik dinining paydo bo„lish sabablari, ushbu din paydo bo„lishi arafasida mintaqadagi mavjud ijtimoiy-siyosiy vaziyat va mazkur dinning tarqalishi haqida ham atroflicha so„z yuritiladi. Qolaversa, zardushtiylik dinning O„rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy hayotiga qo„shgan hissasi va ushbu dinning muqaddas kitobi “Avesto” haqida ham so„z boradi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZARDUSHTIYLIK DININING VUJUDGA KELISH SABABLARI VA UNING O‘RTA OSIYO KISHILIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDAGI O‘RNI»

ZARDUSHTIYLIK DININING VUJUDGA KELISH SABABLARI VA UNING O'RTA OSIYO KISHILIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDAGI O'RNI

Odilbek Sherali o'g'li Nurmamatov

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Tarix yo'nalishi 2-bosqich talabasi

[email protected]

Mahfuza Husenovna Sa'dullayeva

Ilmiy rahbar, "O'zbekiston tarixi" kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola insoniyat sivilizatsiyasidagi ilk diniy e'tiqodlardan biri bo'lmish zardushtiylik dinining paydo bo'lish sabablari, ushbu din paydo bo'lishi arafasida mintaqadagi mavjud ijtimoiy-siyosiy vaziyat va mazkur dinning tarqalishi haqida ham atroflicha so'z yuritiladi. Qolaversa, zardushtiylik dinning O'rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy hayotiga qo'shgan hissasi va ushbu dinning muqaddas kitobi "Avesto" haqida ham so'z boradi

Kalit so'zlar: Zaratushtra, ko'pxudolik dinlari, "Mazdayasna", "Behdin", Axura-Mazda, "sariq tuya sohibi", "Goxlari", "Yasht", Bratarvaxsh, Kavi Vishtaspa, so'g'diylar.

АННОТАЦИЯ

В этой статье подробно рассказывается о причинах возникновения Зороастризма, одной из первых религиозных верований в человеческой цивилизации, текущей социально-политической ситуации в регионе накануне появления этой религии и распространении этой религии. Кроме того, упоминается вклад зороастрийской религии в общественную жизнь народов Средней Азии, а также священная книга этой религии "Авеста"

Ключевые слова: зороастризм, полигамные религии, "маздаясна", "бехдин", Ахура-Мазда, "владелец желтого верблюда", "Гохлари", "Яшт", Братарвахш, Кави Виштаспа, согдийцы.

ABSTRACT

This article describes in detail the causes of the emergence of Zoroastrianism, one of the first religious beliefs in human civilization, the current socio-political situation in the region on the eve of the emergence of this religion and the spread of this religion. In addition, the

May, 2023

804

contribution of the Zoroastrian religion to the social life of the peoples of Central Asia is mentioned, as well as the holy book of this religion "Avesta"

Keywords: Zoroastrianism, polygamous religions, "mazdayasna", "behdin", Ahura Mazda, "owner of the yellow camel", "Gokhlari", "Yasht", Bratarvakhsh, Kavi Vishtaspa, Sogdians.

KIRISH

Tarixdan ma'lumki dunyoda juda ko'plab dinlar mavjud bo'lgan. Ularning ba'zilari esa hozirga qadar saqlanib qolgan. Bu mavzuda gap boshlar ekanmiz avvalo "Din bizga nimaga kerak?"- degan savol paydo bo'ladi. Gap shundaki nafaqat tarixda, balki bugungi kunda ham ijtimoiy hayotni diniy e'tiqods iz tasavvur qilib bo'lmaydi. Negaki din bo'lmasa insoniyat ham bo'lmaydi. Din bu jamiyatni bir maromda ushlab turuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Chunki din bo'lmasa jamiyatda har xil buzg'unchilik, talonchilik, jinoyat, faqat bugungi kun bilan ya shash kabi bir qancha salbiy g'oyalar jamiyatning har bir jabhasiga o'zining ulkan ta'sirini o'tkazmasdan qolmaydi. Ayni paytda din tarixning har bir bosqichida xalqlarning ijtimoiy iqtisodiy rivojiga ulkan hissa qo'shib kelgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Mil.avv.VII-VI asrlarda Osiyoning markaziy qismida shunday bir yorug'lik paydo bo'ldi-ki bu narsa o'sha davr insoniyat taraqqiyotiga ta'sir o'tkazmay qolmadi. Sharqiy Eron va Markaziy Osiyo qabilalarinig ijtimoiy tuzumi o'zgarayotgan va diniy qarashlari hamda jamiyatga ro'y berayotgan tabaqalanish davom etayotgan bir paytda Turon pasttekisligida, aniqrog'i Amudaryo bo'ylarida yangi ta'limot vujudga keldi. Bu ta'limot o'lkada shakllangan ko'pxudolik va oshiqcha sarf harajatlarga, atrof muhitni ifloslanishiga hamda insonlar hayotida muhim o'rin tutgan jonli hayvonlarni qirib, ko'p qurbonliklar qilinishiga qarshi turoladigan ta'limot edi. Bu ta'limotga amal qilgan inson butun umri davomida ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal kabi g'oyalarni qalbiga joylashi kerak edi. Bu din zardushtiylik dini edi. Ushbu din dualizmga asoslangan, ya'ni olam ikki ibtido; yorug'lik va qorong'ulik, yaxshilik va yomonlikning to'xtovsiz kurashidan iborat deb uqtiradi Zardushtiylik dini eng qadimgi dinlardan biri hisoblanib, bu din miloddan avvalgi VII-VI asrlarda vujudga kelgan. Bu dinning paydo bo'lishiga oid turli xil qarashlar mavjud. Ba'zi tadqiqotchilar zardushtiylik dinining asoschisi Zardusht asli Midiyalik (hozirgi Eron hududida faoliayt yuritgan) bo'lgan deb hisoblashadi. Ularning fikricha ushbu din hozirgi Eron hududida paydo bo'lgan. Tadqiqotchi M.Toysning fikricha Zardusht mil. avv. 1500-1200-

May, 2023

805

yillar oralig'ida yashab o'tgan va Markaziy Osiyoda [1](ya'ni Xorazm hududida) mavjud bo'lgan diniy e'tiqodlarni isloh qilib yangi bir din bo'lmish zardushtiylik diniga asos soldi. Mil. avv. VII-VI asrlarda Markaziy Osiyoda qabilaviy ittifoqlar va urug'-aymoqchilik munosabatlariga asoslangan Xorazm va Baqtriya qadimgi davlat birlashmalari vujudga kelgan. Bu mamlakatlar mintaqada uzoq vaqt davom etgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy madaniy jarayonlarning hosilasi bo'lgan. Ular ta'sirida jamiyatda tutgan o'rni, imkoniyatlari va ahamiyatiga ko'ra bir-biridan farq qiladigan guruhlar, tabaqalar va sinflar yuzaga kelgan. Davlat esa mavjud ijtimoiy munosabatlarni himoya qiluvchi siyosiy tashkilot hisoblangan. Ijtimoiy-siyosiy hayotda yuz bergan o'zgarishlar talablariga ibtidoiy madaniyat va ibtidoiy e'tiqod mos kelmagan. Shu bois diniy e'tiqodni ijtimoiy hayotda yuz berayotgan o'zgarishlarga muvofiqlashtirish zarur edi. Zardushtiylik dini esa mazkur talablarga mos diniy ta'limot va o'ziga xos dunyoqarash sifatida yuzaga kelgan.

Zardushtiylik dinining vujudga kelish sabablari quyidagilardan iborat

- tabiat kuchlari, mavjudotlar va ruhlarni muqaddaslashtiruvchi, o'z qiyofasiga ega, ishlab chiqarish sohalariga homiylik qiladigan, kuch va imkoniyatlariga ko'ra guruhlashtirilgan qudratli xudolar bilan almshtirish zarur edi;

- jamiyat ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi, sinflar va davlatning yuzaga kelishi natijasida eski munosabatlarni aks ettiruvchi ibtidoiy din shakllarining yangi davr talablariga mos kelmay qoldi;

- ma'naviy tajribani umumlashtirish va ularga ilohiy tus berish bilan jamiyat va davlatni yanada mustahkamlash zarur edi [2]

Zardushtiylik dini payg'ambar Zardusht nomiga nisbat berilib, shartli ravishda shunday atab kelinadi. Aslida esa u mazkur dinning muqaddas kitobi hisoblanmish "Avesto"" da ushbu dinning nomi "Mazdayasna" dini deb atalgan. Bu so'zni "Mazdaga sig'inmoq" deb tarjima qilish mumkin. "Mazda" so'zi "donish, oqil, donishmand" kabi talqin etiladi. Zardushtiylik yana "Behdin", ya'ni "Eng yaxshi din" deb ham ulug'langan. Uning ta'limotiga ko'ra, barcha ezgu borliq Mazdaning irodasi bilan yaratilgan. "Mazda" so'zi oldiga ulug'lash ma'nosini anglatuvchi "Axura" so'zi qo'shilishi natijasida Zardushtiylik dini oliy xudosi hisoblanmish Axura-Mazda nomi paydo bo'ldi[3].

Zardushtiylik dini paydo bo'lgan davr birinchi sinfiy jamiyat, ya'ni quldorlik jamiyati davri endi paydo bo'layotgan davr edi. U urug'chilik tuzumi yemirilib aholi qullar va quldorlarga, zolim va mazlumlarga bo'linayotgan davr bo'lgan. Bu din eng avvalo O'rta Osiyodan tashqari Eron, Afg'oniston, Ozarbayjon, Yaqin va O'rta Sharqning bir qancha mamlakatlariga tarqalgan edi. Zardushtiylik dinini paydo bo'lgan zamin Xorazm vohasida

May, 2023

806

qadimdan bir qancha turkiy elatlar yashab kelgan. Bu din mil. avv. VII-VI aslarga xos din sifatida o'zidan oldingi urug' qabilachilik dinlari negizida paydo bo'lgan din hisoblanadi. Zardusht nomi ham turli tadqiqotlarda turlicha keltiriladi. Masalan, Zaratushtra (ma'nosi- "sariq tuya sohibi", "zarg'in yorug'lik egasi"), Zarduts, Zoroastr ko'rinishlarida ham ishlatiladi. Zardushtning tarixda bo'lgan yoki bo'lmaganligi to'g'risida ham aniq yechimga kelinmagan. Ba'zi tadqiqotchilar uni tarixiy shaxs deya e'tirof etishsa, ba'zilari esa ularda farqli o'laroq uni afsonaviy shaxs deya ta'kidlashadi. U Quyi Amudaryo hududlarida yashovchi oriy qabilasining yirik urug'laridan bo'lmish Spitama urug'idan bo'lgan. U 23 yoshidan boshlab jamiyatdagi kamchiliklarga turli xil qabilalarning turli xudolarga sig'inishi natijasida ular o'rtasidagi urushlarning ko'payishiga, qolaversa, har xil xudolar uchun qilinadigan qurbonlik (qurbonlikka odamlar ham ishlatilgan)larni sabab qilib ko'rsatadi va 30 yoshidan boshlab yagona oliy xudo Axura-Mazdaga sig'inish kerakligini targ'ib qila boshlaydi[4 ]. Zardusht o'z g'oyalarini jamiyatdagi barcha tabaqalar orasida qo'rqmasdan targ'ib qilgan. Zardusht Balx shahrida ibodat chog'i ko'pxudollikka sig'inuvchi Bratarvaxsh tomonidan pichoqlab o'ldirilgan

Zaratushtra (yunoncha-Zaroastr, forscha-Zardusht) qadimgi dunyo mualliflari ma'lumotlariga ko'ra afsonaviy shaxs deya e'tirof etilgan. Ammo Avestoning "Goxlari" va "Yasht" boblari Zaratushtrani tarixiy shaxs sifatida yoritadi. Abu Rayhon Beruniy ma'lumot berishicha Zaratushtraning tug'ilgan sanasi Makedoniyalik Iskandargacha bo'lgan 258 yil hisoblanadi. Zaratushtra 77 yoshida vafot etgan va uning hayot sanasi miloddan avvalgi VII-VI asrga to'g'ri keladi. Zardushtning tug'ilgan joyi haqida Avestoda hech qanday ma'6lumotlar yo'q. Manbaga ko'ra Zardushtning diniy nasihatlari o'z vatanida tarafdorlarini topmagan. Shuning uchun ham yangi din asoschisi o'z yurtidan qochishga majbur bo'ladi. Avestoning "Goxlari" bobida shunday deyilgan; "Qay tomonga, qaysi yurtga qochib qutulsam, meni kohinlardan va jangchilardan ajratib qo'ydilar, jamoa meni quvnatmaydi, mamlakatlarning yovuz sardorlari meni qabul qilmaydilar". Oxir -oqibat Zardushtni Baqtriya hukmdori Kavi Vishtaspa qabul qiladi. Vishtaspaning uzoq va yaqin qarindoshlari Zardusht ta'limotiga juda ham qiziqqanlar va uning e'tiqodini qabul qilishgan[5].

NATIJALAT VA MUHOKAMA

Shunday qilib Baqtriya davlati O'rta Osiyoda birinchi bo'lib Zardushtiylik dinini qabul qildi. Shoh Vishtaspa farmoniga binoan Zardushtning 1200 bobdan iborat pandnomasi Avestoning qadimiy qismi hisoblanmish "Got" yozilib shohning otashkadasiga topshirilgan.

May, 2023

807

Zardushtiylik ta'limoti O'rta Osiyoda ibtidoiy davrda mavjud bo'lgan tabiat kuchlarini ilohiylashtiruvchi e'tiqodlarga nisbatan progressiv, monoteistik ta'limotdir. U behuda qon to'kuvchi qurbonliklar, harbiy to'qnashuvlar, bosqinchilik urushlarini qoralab, o'troq, osoyishta hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug'ullanishga da'vat etadi. Zardushtiylik dini O'rta Osiyodagi so'g'diy va turkiy qabilalar orasida keng tarqaldi. Xususan so'g'diylar butun O'rta Osiyo bo'ylab tarqalgan bo'lib ularning shimoli-sharqiy hududlarda tarqalgan guruhi turkiy xalqlarni doimiy ravishda Zardushtiylikka targ'ib qilib kelgan va ular bilan diniy amallarni bajargan. Markaziy Osiyoda turkiy va so'g'diylar yonma-yon yashagan manzilgohlar misolida bu ikki qavmning Zardushtiylik ta'sirida umumiylikka ega bo'lgan urf-odati mavjud bo'lganligini ko'rishimiz mumkin. Keyingi davrlarda turkiy va so'g'diy qabilalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida aynan zardushtiylik dinining o'rni nihoyatda katta. Markaziy Osiyodagi zardushtiylik Erondagi Sosoniylar davlatidagi zardushtiylikdan farq qilgan. Chunonchi, Sosoniylarda zardushtiylik rasmiy davlat dini maqomida, siyosiy vositalar orqali belgilangan qat'iy qoidalar asosida rivojlangan. Markaziy Osiyoda esa diniy tolerantlik negizida unga amal qilingan. Ya'ni insonlar zardushtiylik diniga o'zining xohishiga ko'ra e'tiqod qilganlar. Mavjud siyosiy kuchlar aholini mazkur dinga sig'inishiga majburlamagan desak mubolag'a bo'lmaydi. So'g'dlar Zardushtiylik dinini Mazdachilik yoki Mazdayasna dini deb yuritganlar. Shu tariqa Zardushtiylik dini O'rta Osiyoda ancha yaxshi rivojlandi va keng yoyilib, insoniyat sivilizatsiyasiga katta hissa qo'shdi.

Qolaversa Zardushtiylik dininig muqaddas kitobi hisoblanmish "Avesto" kitobida yaratilgan makoni sifatida biz bemalol O'rta Osiyo ko'rsatilgan. Bu haqida rus sharqshunos olimi Dyakanov ham o'z asarlarida ta'kidlab o'tgan. Bu bugungi O'zbekiston, xususan, Xorazm va unga tutash o'lkalardir. "Avesto" kitobidagi geografik- tarixiy ma'lumotlar shundan dalolat beradi-ki, Qadimgi Baqtriya va Eronga oid ba'zi geografik nomlar "Avesto" ga Zardushtiylik O'rta Osiyodan chiqib shu o'lkalarga tarqalgan paytda kirganligi shubhasizdir [6]

Ko'pchilik tadqiqotchilarning fikricha "Avesto"da Xorazm, Gava (So'g'd), Marg'iyona (Marv), Baqtriya (Balx), Orol dengizi (Vorukasha yoki Vurukasha) va Amudaryo (Daiti) kabi O'rta Osiyoga tegishli nomlarning sanab o'tilganligi, shubhasiz, Zardushtiylik dinining O'rta Osiyoda paydo bo'lganligiga yana bir isbot bo'la oladi. Shuni aytib o'tish joiz-ki, "Avesto"da O'rta Osiyoda yashovchi ko'chmanchi, chorvador qabilalarning turmush tarzi ham keng yoritilgan. [7]. Zardushtiylik dini O'rta Osiyoda yashovchi qabilalar ijtimoiy hayotinig barcha jabhalariga juda katta ta'sir

May, 2023

808

ko'rsatgan. Zardushtiylik dini Markaziy Osiyoda boshqa dinlar bilan uzoq vaqt davomida raqobatlarga bardosh bergan. Bu borada muvaffaqiyatlarga erishgan bo'lsa-da, boshqa diniy e'tiqodlarni to'liq siqib chiqarib, o'z hukmronligini o'rnatishga intilmagan. Ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanmaganligi, viloyatlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jihatdan kam rivojlanganligi bunga imkon bermagan. Odamlar yangi dinni qabul qilish bilan birga o'zlarining an'anaviy e'tiqodini ham saqlab qolgan. Muayyan mintaqada Zardushtiylik keng tarqalgan bo'lsa-da boshqa diniy e'tiqodlar ham saqlanib qolgan. Zardushtiylik dini ta'limotiga ko'ra inson faqatgina pok yurishi afzal hisoblanadi. Yana bir qiziq tomoni shunda-ki ushbu din ta'limotiga ko'ra dunyo sinovlardan emas, balki yovuzlikka qarshi kurashdan iborat hisoblanadi. Ta'limotda inson yashayotgan dunyo muhim hisoblanadi. Bundan kelib chiqadi-ki dunyo lazzatlaridan oxirat uchun voz kechish g'oyasi ilgari surilmaydi.

XULOSA

Xulosa o'rnida aytib o'tish joizki, zardushtiylik dini nafaqat O'rta Osiyo, balki o'zi tarqalgan juda keng mintaqada o'ziga xos sivilizatsiya yasadi desak adashmaymiz. Aynan mana shu din va undagi ezgu amallar tufayli jamiyatda ming yillar davom etib kelayotgan, ayni damda oddiy xalqqa faqatgina zarar yetkazib kelayotgan dinlarga barham berdi. Buning foydali jihatlari juda ko'p. Birinchidan, ma'lumki boshqa ko'pxudolik dinida har bir xudo uchun alohida qurbonlik talab etilgan. Buning ustiga qurbonlik uchun ko'pincha odamlar qurbonlik qilinar edi. Shusiz ham qabilalar o'rtasidagi qirg'inbarot urushlardan aziyat chekayotgan oddiy qashshoq xalq uchun boshqa ko'pxudolik dinidagi diniy amallarni bajarish og'irlik qilardi. O'z navbatida qabilalar o'rtasidagi qirg'inbarot urushlarga ham aynan ko'pxudolik dini sabab bo'lgan. Negaki, har bir qabila o'z xudosini oliy xudo deb atar va buning qo'shni qabilalar tomonidan ham e'tirof etilishini istardi. Qolaversa Zardushtiylik dini insoniyatga barcha dinlarga nisbatan bevosita va bilvosita eng ko'p ta'sir o'tkazgan dindir. Chunki turli dinlardagi jannat va jahannam, qiyomat-qoyim, unda tanalarning qayta tirilishi, tana va ruh qayta birlashib mangu yashashi haqida ilk bor aynan Zardushtiylik dinida so'z yuritiladi. Keying asrlarda bu g'oyalar yahudiylik, xristianlik va boshqa dinlar tomonidan o'zlashtirildi. Zardushtiylik dinida qo'riq yer ochib uni bog'-u rog'ga aylantirgan odam ilohiyot rahmatiga sazovor bo'ladi, aksincha bog'lar, ekinzorlarni, sug'orish inshootlarini buzganlar katta gunohga qoladi. Ushbu ta'limot O'rta Osiyoning bunyodkor va dehqon xalqiga juda mos kelgan. Yana bir muhim jihat shundaki ushbu dinning muqaddas kitobi bo'lmish "Avesto" ming yillar

May, 2023

809

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

davomida o'zida ezgu g'oyalarni tashuvchi manba sifatida bizgacha yetib keldi va kelejak avlodga ham o'tajak. Bizning vazifamiz esa undagi ezgulik g'oyalari tashviqni amalda tatbiq etishni kengaytirish va kelajak avlodga yetkazishdan iborat.

REFERENCES

1. https://cyberleninka.ru/article/n/zardushtiylik-dinida-olamni-yaratilishi-haqidagi-ta-limotlar/viewer

2. A.V.Narbekov. " Dinshunoslik asoslari". Toshkent-2012. 81-bet.

3. http://xorazmiy.uz

4. https://qomus.info/oz/encyclopedia/z/zardushtiylik/

5. A.Sagdullayev, B.Aminov, O'.Mavlonov, N.Norqulov. "O'zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti". I-qism. "Akademiya" nashriyoti. Toshkent- 2000. 19-bet.

6. M.Is'hoqov. "Avesto, uning insoniyat taraqqiyotidagi o'rni" konferensiyasidagi tezislar to'plamidan. O'zR FA. 2001-yil. 5-bet.

7. https://uz.wikipedia. org/wiki/Zardushtiylik

May, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.