Научная статья на тему 'QADIMGI TURKIY TIL DAVRI VA UNING MANBALARI'

QADIMGI TURKIY TIL DAVRI VA UNING MANBALARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

5212
375
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qadimgi turkiy til / mo‘g‘ul tili / oltoy tili / O‘rxun-Yenisey yodgorliklari / Turk xoqonligi / “Xuastuanift” bitigi / O‘ngin bitig / древнетюркский язык / монгольский язык / алтайский язык / орхуно-енисейские памятники / Тюркское ханство / надпись «Хуастуанифт» / надпись Онгин.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Nurjahon G’olibjon Qizi Mamasharipova

Mazkur maqolada qadimgi turkiy tilning kelib chiqishi va shakllanishi haqida atroflicha ma’lumot berilgan. Hamda bu tilga oid bo’lgan qadimgi manbalar va yodgorliklar haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье представлена подробная информация о происхождении и формировании древнетюркского языка. Также обсуждались древние источники и памятники, связанные с этим языком

Текст научной работы на тему «QADIMGI TURKIY TIL DAVRI VA UNING MANBALARI»

QADIMGI TURKIY TIL DAVRI VA UNING MANBALARI

Nurjahon G'olibjon qizi Mamasharipova

CHDPU O'zbek tili va adabiyoti fakulteti 2-kurs talabasi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada qadimgi turkiy tilning kelib chiqishi va shakllanishi haqida atroflicha ma'lumot berilgan. Hamda bu tilga oid bo'lgan qadimgi manbalar va yodgorliklar haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: Qadimgi turkiy til, mo'g'ul tili, oltoy tili, O'rxun-Yenisey yodgorliklari, Turk xoqonligi, "Xuastuanift" bitigi, O'ngin bitigi.

АННОТАЦИЯ

В данной статье представлена подробная информация о происхождении и формировании древнетюркского языка. Также обсуждались древние источники и памятники, связанные с этим языком.

Ключевые слова: древнетюркский язык, монгольский язык, алтайский язык, орхуно-енисейские памятники, Тюркское ханство, надпись «Хуастуанифт», надпись Онгин.

ABSTRACT

This article provides detailed information about the origin and formation of the ancient Turkic language. Also, the ancient sources and monuments related to this language were discussed.

Keywords: Ancient Turkic language, Mongolian language, Altaic language, Orkhun-Yenisei monuments, Turkic khanate, "Khuastuanift" inscription, Ongin inscription.

Ona tilimizga ajdodlardan avlodlarga o'tib kelayotgan bebaho meros sifatida e'tibor qaratish, uni asrab-avaylash, boyitish, nufuzini oshirish barchamizning asosiy vazifalarimizdan sanaladi. Qadimgi turkiy til o'zbek va boshqa turkiy tillarning shakllanishiga asos bo'lgan. Ammo qadimgi turkiy tilning o'zi ham ma'lum taraqqiyot bosqichlarini boshidan kechirgan, shakllangan, ma'lum bir qolipga tushgan. Ma'lumki, qadimgi turkiy til davri turkiy xalqlar tili, tarixiylikning ildizlarini bilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

May 6, 2023

581

Buning natijasida hozirgi adabiy tilning qonuniyatlarini teranroq anglash imkoni yuzaga chiqdi.

Qadimgi turkiy til davri barcha turkiy urug' va qabilalarning umumiy tili sifatida V-X asrlarni o'z ichiga oladi. Qadimgi turkiy til kelib chiqishi va rivojlanishi jihatidan oltoy va xun tili davrlari bilan uzviy bog'langan. Bu davr tili haqida B.Vladimirsov quyidagi fikrlarni bayon qiladi: "...mo'g'ul tili turk va tungus tillari bilan birga o'zlarining bir umumiy ajdodiga ega bo'lganki, uni shartli ravishda oltoy tili deb atash mumkin. Oltoy tilining rivojlanishi jarayonida tashkil topgan mo'g'ul, turk, tungus tillari ma'lum. Bu davr turkiy tillar taraqqiyotining birinchi, eng qadimgi bosqichi bo'lib, fanda u oltoy til birligi nomi bilan yuritiladi. Bu davrda hali turkiy tillar mo'g'ul tillaridan mo'g'ul tillari esa, o'z navbatida, tungus-manchjur tillaridan ajralib chiqmagan edi, ular bir til birligi sifatida qo'llanar edi. Shunday qilib, qandaydir eng qadimgi tilning bo'lganligi taxmin qilinadi. Bu tilga xos umumiy leksik, fonetik va grammatik belgi-xususiyatlar esa hozirgi mo'g'ul, turkiy va tungus-manchjur tillarida saqlanib qolgan".

Mutaxassislarning fikricha, qadimgi davrlardan milodiy V asrgacha bo'lgan muddat "Eng qadimgi turkiy til" davri deb yuritiladi. Adabiyotlarda bu davr oltoy va xun bosqichlariga ajratiladi. Oltoy davrining xarakteri, bu davrda yashagan xalqlar va ularning tili haqida aniq ma'lumotlar beruvchi tarixiy yodgorliklar yo'q. Bu davr tilining ayrim xususiyatlari o'lik tillarning eng qadimgi belgilari bilan hozirgi jonli tillarni tarixiy-qiyosiy usul osida o'rganish orqali taxminiy ravishda aniqlanishi mumkin. Tarixiy taraqqiyot jarayonida tillarning qo'shilishi, ajralib ketishi natijasida oltoy davrining oxirlarida bu tillar tabaqalanadi va ikkita katta til guruhlariga bo'linadi, ya'ni tungus-manchjur va turk-mo'g'ul tillar guruhlari ajralib chiqadi. O'z navbatida ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning o'sishi, ajralib chiqishi, farqlanish jarayonining davom etishi asosida bu tillarning har qaysisi asta- sekin o'ziga xos leksik, fonetik va grammatik xususiyatlarga ega bo'lib boradi. Buning natijasida xun davrining oxirlarida turk-mo'g'ul til birligidan turk tillari va mo'g'ul tillari ajralib chiqadi. VI asr o'rtalarida turklar kuchayib, yirik bir qabila ittifoqiga birlashdi, qo'shni qabilalarni engib, 552-yilda o'zlarining mustaqil davlati - turk xoqonligini barpo qildi. 555-yilga kelib, Markaziy Osiyodagi xalqlar Manjuriya va Yenisey qirg'oqlarigacha bo'lgan yerlarni o'zlariga qaratib oldilar. Harbiy va siyosiy qudrati asta-sekin kuchayib borgan turk xoqonligi eftalitlar davlatini tor-mor qildi, Amudaryo va Orolgacha bo'lgan joylarni, VI asrning 70-yillarida esa Shimoliy Xitoydagi Chjou va Tsi davlatlarini bosib oldi.

Xoqonlikning chegarasi Amudaryodan Hindistongacha cho'zilgan

May 6, 2023

edi. Ammo qabilalar o'rtasidagi o'zaro urushlar, Xitoyning kuchayib ketishi va bu urushlarga aralashuvi natijasida VI asrning 80-yillarida turk xoqonligi parchalanib, Sharqiy turk xoqonligi va G'arbiy turk xoqonligiga bo'linib ketdi. Turkiy tillar taraqqiyotining uchinchi bosqichi, ya'ni qadimgi turkiy davrdagi turkiy urug' va qabilalar, ularning tillariga oid juda ko'p yozma manbalar, tarixiy yodgorliklar mavjud. Jumladan, turk xoqonligi tarkibiga kirgan turkiy urug'lar va ularning tillari O'rxun-Yenisey yodgorliklari orqali aniqlangan. Mazkur yodgorliklarning ko'pchiligi rus olimlari tomonidan topilgan. Bular orasida, ayniqsa, sibirlik o'lkashunos N.Yadrinsev tomonidan 1889-yilda Mo'g'ulistondagi O'rxun daryosi bo'ylaridan topgan yodgorliklar katta ahamiyatga ega. Xuddi shunday yodgorliklarning kattagina bir qismi Yenisey daryosining yuqori qismi va Qirg'izistondagi Talas vodiysi, shuningdek, Baykal ko'li atroflari, Lena daryosi sohillaridan topilgan. Yana bir bitik O'ngin bitigidir. Bu bitiktosh Mo'g'ulistondagi O'ngin vodiysidan topilgan. Hozir ham o'rnatilgan joyida turibdi. Yodgorlik VIII asrning birinchi yarmida, taxminan, 732-yilda tiklangan.

J.Klosonning yozishicha, bitik sarkarda Alp Eletmish xotirasiga tiklangan. Uyg'ur yozuvida bitilgan yodgorliklarning eng muhimi "Xuastuanift" bitigidir. Bu bitikning ma'nosi - moniylarning tavbanomasidir. Moniylik dinining falsafiy asari, o'n besh bo'limdan iborat. Ilk o'rta asrlarda asarning eroniy, sug'diy, turkiy, xitoycha versiyalari keng tarqalgan. Bu yodgorlikning turkiy versiyalari uyg'ur, moniy yozuvida bo'lib, ular Sankt-Peterburg, Berlin va Londonda saqlanadi. Turfondan topilgan Sankt-Peterburg nusxasi uyg'ur yozuvida, Turfondan va "Ming budda g'ori" ibodatxonasidan topilgan Berlin va London nusxalari moniy yozuvida bitilgan. Bu yodgorliklarni 1910-1911yillarda ingliz olimi Le Kok Berlin, Londonda, 1963-yilda L.Dmitrieva lotin alifbosida ruscha tarjimasi bilan nashr ettirgan. Olimlarning fikricha, asar qadimgi eroniy tillarning birida yaratilgan. Keyinchalik moniy ta'limotini yoyish maqsadida boshqa tillarga o'girilgan. Uning turkiy versiyasi, taxminan, VIII asrda yaratilgan. Asar tilining ko'k turk yodgorliklari tiliga yaqinligi, uyg'ur yozuvli nusxaning xat uslubi, shuningdek, asarning moniy yozuvida ham tarqalganligi ana shundan guvohlik beradi. G'arbiy turk hoqonligi davri (VI-VIII asrlar)da turkiy qabilalar o'troqlasha boshladi. O'troqlashgan turklar shaharda hunarmandchilik, savdo-sotiq bilan shug'ullanadi, cho'l va qishloq joylarda esa dehqonchilik qiladi. Buning natijasida turkiy qabilalarning etnik jihatdan o'zaro yaqinlashuvi va fors tillarida so'zlashuvchi xalqlar bilan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalari kuchayadi. VIII asrda G'arb va Janubda - Movarounnahr hududi (Samarqand, Buxoro, Choch,

May 6, 2023

583

Farg'ona, Xorazm)da yashagan aholi va sug'diy-eroniy xalqlar arablar tomonidan bosib olindi, Abbosiylar xalifaligiga qaram bo'lib qoladi. Bu yerdagi xalqlar esa islom dinini qabul qiladi. Bu tarixiy hodisa Movarounnahrda yashagan xalqlarning, shu jumladan, turkiy xalqlarning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga, fan va adabiyotning rivojiga ma'lum darajada ta'sir ko'rsatdi. Ayniqsa, IX asrning 2-yarmidan, Somoniylar davridan boshlab turkiy xalqlarning ijtimoiy-siyosiy hayotida jiddiy siljishlar sodir bo'ldi. Jumladan, urug'-qabilachilik munosabatlari kuchsizlanadi, feodal munosabatlar rivojlanib bordi. Shu asnoda turk xoqonligi davrida turkiy qabilalar to'liq tabaqalanadi. Markazlashish, o'zaro birlashish jarayonida qo'shilish va ajralib ketish asosida rivojlangan turkiy tillar uyg'urlar hukmronligi davrida umumturkiy adabiy til sifatida shakllandi. Bu adabiy tilning tashkil topishida qarluq-chigil tillari, shuningdek uyg'ur tili asos sifatida qatnashdi, uning taraqqiyotiga ma'lum darajada ta'sir qiladi. X-XII asrlarda Qoraxoniylar hukmronligi davrida qo'llangan, ma'lum darajada me'yorga solingan turkiy adabiy til qisman o'g'uz-qipchoq tillari xususiyatlarini ham o'z ichiga olar edi. Eski o'zbek adabiy tilining xalq tili sifatida shakllanish davri ham mana shu vaqtlarga to'g'ri keladi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Qadimgi turkiy til asrlar osha shakllanib kelgan juda qadimiy til hisoblanadi. Bu tilning kelib chiqishi hamda rivojlanishini o'z ichiga oluvchi qadimiy yodgorliklar va manbalar juda ko'p. Mazkur manbalar hozirgi kunda ham topilib tilshunos olimlar tomonidan o'rganilmoqda. Turkiy til negizida yangi tillar va til oilalari shakllangandir. Eski o'zbek tilining paydo bo'lishi va shakllanishiga ham shu til asos bo'lib xizmat qilgan. REFERENCES:

1. Абдурахмонов F., Рустамов А. Кадимги туркий тил. -Т.: Укдтувчи, 1982.

2. Abdurahmonov G'., Shukurov Sh., Mahmudov Q. O'zbek tilining tarixiy grammatikasi. - T.: O'zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2008.

3. Малов С. Памятники древнетюркской письменности. Тексты и исследования. -М.-Л., 1951.

4. Rahmonov N., Sodiqov Q. O'zbek tili tarixi. - T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2009.

5. Sanaqulov U. O'zbek yozma adabiy tili fonetik, morfologik me'yorlarning ilk shakllanishi va taraqqiyoti bosqichlari. - T.: Navro'z, 2015.

6. Содикрв К. Туркий ёзма ёдгорликлар тили: адабий тилнинг юзага келиши ва тикланиши. -Тошкент, 2006.

7. B. Abdushukurov. "Qadimgi turkiy til" Toshkent - 2009.

May 6, 2023

584

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.