Научная статья на тему 'OʻRXUN-ENASOY YODGORLIKLARI MARKAZIY OSIYONING ILK O‘RTA ASRLAR TARIXIGA OID ASOSIY MANBALAR SIFATIDA'

OʻRXUN-ENASOY YODGORLIKLARI MARKAZIY OSIYONING ILK O‘RTA ASRLAR TARIXIGA OID ASOSIY MANBALAR SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
3096
206
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oʻrxun-Enasoy obidalari / N.Raxmonov / Q.Sodiqov / ilmiy maktab / Kultegin bitiktoshi / nasriy ilmiy asar. / Orkhon-Enasay monuments / N.Rakhmonov / K.Sadikov / scientific school / Kultegin inscription / prose scientific work.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mirzayeva, Diloromxon Mashrabjon Qizi

Mazkur maqolada Oʻrxun-Enasoy obidalarining Oʻzbekistonda oʻrganilishi xususida toʻxtaladi. Oʻzbekistondan topilgan runiy yodgorliklar izohi yuzasidan fikrlar keltiriladi. Obidalarni tadqiq qilgan oʻzbek olimlari, ilmiy asarlari tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ORKHUN-ENASOY MONUMENTS AS MAIN SOURCES OF EARLY MEDIEVAL HISTORY OF CENTRAL ASIA

This article focuses on the study of the Orkhon-Enasay monuments in Uzbekistan. Comments are made on the description of runic monuments found in Uzbekistan. The works of Uzbek scientists who have studied the monuments will be analyzed.

Текст научной работы на тему «OʻRXUN-ENASOY YODGORLIKLARI MARKAZIY OSIYONING ILK O‘RTA ASRLAR TARIXIGA OID ASOSIY MANBALAR SIFATIDA»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'RXUN-ENASOY YODGORLIKLARI MARKAZIY OSIYONING ILK O'RTA ASRLAR TARIXIGA OID ASOSIY MANBALAR SIFATIDA

Mirzayeva Diloromxon Mashrabjon qizi

Farg'ona davlat universiteti 3-bosqich talabasi +998911212267 dilorommirzayeva2@gmail .com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada O'rxun-Enasoy obidalarining O'zbekistonda o'rganilishi xususida to'xtaladi. O'zbekistondan topilgan runiy yodgorliklar izohi yuzasidan fikrlar keltiriladi. Obidalarni tadqiq qilgan o'zbek olimlari, ilmiy asarlari tahlil qilinadi.

Kalitsoizlar: O'rxun-Enasoy obidalari, N.Raxmonov, Q.Sodiqov, ilmiy maktab, Kultegin bitiktoshi, nasriy ilmiy asar.

Статья посвящена изучению орхоно-энасайских памятников в Узбекистане. Даны комментарии к описанию рунических памятников, найденных в Узбекистане. Будут проанализированы труды узбекских ученых, изучавших памятники.

Ключевые слова: Орхоно-Енасайские памятники, Н. Рахмонов, К. Садиков, научная школа, Культегинская надпись, прозаическое научное творчество.

This article focuses on the study of the Orkhon-Enasay monuments in Uzbekistan. Comments are made on the description of runic monuments found in Uzbekistan. The works of Uzbek scientists who have studied the monuments will be analyzed.

Keywords: Orkhon-Enasay monuments, N.Rakhmonov, K.Sadikov, scientific school, Kultegin inscription, prose scientific work.

Tarix davomida ko'plab sivilizatsiyalar ta'sirida bo'lgan madaniyatimiz til sohasida ham ta'sir ko'rsatadi. Vaqt o'tishi bilan alifbolardan foydalanishda u joylashgan geografiyaga muvofiq o'zgarishlar yuz bera boshladi. Turklar tomonidan qo'llanilgan birinchi alifbo sifatida tanilgan ko'kturk alifbosi ham hozirgi alifbodan ancha farq qilsa-da, kelib chiqishi jihatidan o'xshashdir. Xo'sh, ko'kturk alifbosi nima? Uning xususiyatlari qanday? Qadimgi turk xalqi tomonidan qo'llanilgan

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ko'kturk alifbosidan keyinchalik xunnlar, qirg'izlar ham foydalanganlar. Bundan tashqari, Yevropaga ko'chib kelgan turklar va XVI asrda Vengriyada Sekeller deb nomlangan guruh tomonidan ham foydalanishgani izlanishlar davomida ma'lum

O'rxun-Enasoy yodgorliklarining topilishi va o'rganilishi XVIII asrdan boshlanadi. Rus xizmatchisi Remezov bu haqida dastlabki xabarni beradi. Shved zobiti Iogann Strallenberg, olim Messershmit yodgorliklarni Yevropa ilm ahliga ilk marta taqdim qilgan edilar. Dastlab, O'rxun, Selenga va To'li daryolari atrofidan — Shimoliy Mo'g'ulistondan toshga bitilgan obidalar topildi. Ular O'rxun yodgorliklari nomini oldi. Enasoy daryosi qirg'oqlarida topilgan yodgorliklar ham shu nom bilan ataladi. Yodgorliklar topilganidan keyin ularni o'qish, o'rganish muammosi ko'ndalang bo'ldi. Ammo bu ish deyarli bir yarim asr mobaynida hech kimning qo'lidan kelmadi. Nihoyat, 1893-yildagina ularni o'qish uchun dastlabki qadam qo'yildi. Shu yili daniyalik olim Vilgelm Tomson va rus olimi V. Radlovlar yodgorliklardagi barcha harflarni o'qidilar. Shundan so'ng ularni jiddiy o'rganish boshlandi. Boshqa xalqlar singari O'zbekistonda ham mazkur yodgorliklarni o'rganishga qiziqish katta bo'ldi. Shu sababdan, maqolada yodgorliklarning O'zbekistonda o'rganilishi mavzusiga to'xtalishni joiz topdik.

O'tgan yillar davomida umumturkologiya qadimgi turkiy yodgorliklar sohasida yangi yutuqlarni qo'lga kiritdi, yangi yozuv yodgorliklari topildi va topilmoqda. Ilgari fanga ma'lum bo'lgan yozma yodgorliklar qadimgi turkiy tilning maxsuli sifatida ilmiy istifodaga kiritildi. Bu o'rinda "Oltin yorug'" (IX asr) sutrasi, moniylik va buddaviylik oqimidagi yozma yodgorliklarning qadimgi turkiydan hozirgi o'zbek tiliga qilingan tabdili nashrlarini eslash kifoya. Bulardan tashqari, O'zbekiston hududidan miloddan oldingi davrlarga va milodiy VII-VIII asrlarga oid turkiy-run yozuvidagi yodgorliklar topildi va tahlil etildi [8: 123]. Shu bilan birga, Janubiy Sibir va O'zbekiston tuprog'idan topilib, ilgari tahlil etilgan turkiy-run yozuvlari qaytadan deshifrovka qilindi. Qadimgi turkiy tilning manbalaridan Kulteginga bag'ishlangan yodgorlikning qiyosiy nashri va til xususiyatlariga bag'ishlangan asar ham aynan O'zbekisonda yaratildi [1: 45].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

O'rxun-Enasoy yodgorliklarini o'rganishga A.Fitrat, O.Sharafiddinov, N. Mallayev, N. Mallayev, A.Qayumov, A.Rustamov, G'.Abdurahmonov, E.Umarov, T.Salimov, B.To'xliyev, N.Rahmonov, Q.Sodiqov kabi o'zbek olimlari ham o'zlarining munosib hissalarini qo'shganlar. Jumladan, bu yodgorlikning topilish tarixi N.Mallayevning "O'zbek adabiyoti tarixi", B.To'xliyevning "O'zbek

bo'ldi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

adabiyoti", A.Qayumovning "Qadimiyat obidalari" asarlarida yoritilgan. H.Zarif, M.Saidov, B.Sarimsoqov, M.Jo'rayev, S.Turdimov, A.Musaqulov, G.Akramov, J.Eshonqulovlar o'z ishlarida bu borada u yoki bu darajada to'xtalib o'tganlar. Lekin bu umumturkiy ma'naviy merosimizni o'rganishda Qosimjon Sodiqov va Nasimxo n Raxmonov xizmatlari beqiyos [2: 136]. Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Q.Sodiqov yodgorliklarning tilini, tarixini va falsafiy qarashlarini o'rganib, ilmiy tadqiqotlar yaratish bilan bir qatorda O'rxun-Enasoy yodgorliklarini o'zbekchaga tabdil qildi. O'zbekistondan topilgan bitiklarga asoslanib, O'zbekiston ko'hna turkiy run yozuvlarining makoni bo'lgan degan xulosaga keldi. Yodgorliklar tili, uslubiyati, dialektikasi, fonetikasi va morfologiyasini o'rgandi. Talabalar uchun muhim ahamiyatga ega asarlar va darslik kitoblar yaratib, O'zbekistonda yangi turkologiyaning rivojiga katta hissa qo'shdi. Olimning O'rxun-Enasoy yodgorliklarining tadqiqiga bag'ishlab yozgan asarlarini quyidagi guruhlarga bo'lib o'rgansak, maqsadga muvofiq bo'ladi:

1. O'rxun-Enasoy yodgorliklarining tilini o'rganishga bag'ishlangan asarlari: "Eski uyg'ur yozuvi", "Qadimgi turkiy yozuvlar" va "Qadimgi turkiy til" fanlaridan dars matnlari, "Ilk o'rta asrlar turkiy matnlari nomlarining izohli lug'ati", "Turkiy yozma yodgorliklar tili: adabiy tilning yuzaga kelishi va tiklanishi", "Ko'k turk bitiklari va ularning tarixiy talqini" nomli kitoblari, "Yozma yodgorliklarda ayrim undoshlarning taraqqiyot masalasi", "Kul tigin, Bilga xoqon bitiklaridan o'rin olgan "xoqon" so'zining boshlamalari va yodnomalarining matn tuzilishi haqida", "Kul tigin va Bilga xoqon bitiglarining matniy-qiyosiy tahlili", "O'zbekistonda topilgan ko'k turk xarfli matnlar", "Turk-moniy diniy jamoalarida yaratilgan yozma manbalar", "Tilshunoslikning dolzarb masalalari" nomli maqolalari, O'rxun-Enasoy yodgorliklarining tilini o'rganishga bag'ishlangan. Jumladan, "Turkiy yozma yodgorliklar tili: adabiy tilning yuzaga kelishi va tiklanishi" (2006) tadqiqotida eng ko'hna hamda o'rta asrlarda yaratilgan turkiy yodgorliklar asosida o'zbek adabiy tilining shakllanishi, mumtoz adabiy tilning yuzaga kelishi, uning o'ziga xos xususiyatlari tahlil etiladi.

2. O'rxun Enasoy yodgorliklarining tarixini o'rganishga doir asarlari: "O'zbek adabiy tili tarixidan", "Uyg'ur yozuvi tarixidan", "Ko'k turk bitiklari: matn va uning tarixiy talqini", "Yozuv tarixi va kitobat san'ati", "O'zbek tili tarixi", "Turkiy til tarixi", "O'zbek tilining yozma uslublari tarixidan" nomli kitoblari va "Kultigin va

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Bilgaxoqon bitiklari: tarixiy manbaning matn tuzilishi" nomli maqolalari O'rxun-Enasoy yodgorliklarining tarixiy tomonlarini o'rganishga bag'ishlangan. Masalan, "Ko'kturk bitiklari: matn va uning tarixiy talqini" (2004) kitobida ko'k turk obifalari nomi bilan yuritilayotgan bitiklar tarixiy-matniy jihatdan tahlil etiladi. Bitiklar asosida ko'k turk davri tarixnavisligining o'ziga xos jihatlari, matn tuzish prinsiplari haqida bahs yuritiladi [4: 67].

3. O'rxun-Enasoy yodgorliklarini tadqiqiga bag'ishlangan falsafiy asarlari: "Qadimgi turkiy xalqlarning diniy-falsafiy qarashlari", "Sharq falsafasi" ("Qadimgi turkiy xalqlarning diniy-falsafiy qarashlari", "Sharq falsafasi" (Qadimgi turkiy xalqlarning diniy-falsafiy qarashlari), "Eski turkiy falsafasi" nomli kitoblari va "Qadimgi turklarning olam va uning tuzilishi to'grisidagi ko'zqarashlari" nomli maqolasi yozma yodgorliklarni falsafiy jihatdan o'rganadi. N.Rahmonov O'rxun-Enasoy yodgorliklarining turkiy eposlardan o'sib chiqqan asar ekanligini aytib, yodgorliklarni o'rganish asnosida o'zbek xalqi tarixini o'rganishni uzoq asrlardan boshlash kerakligi ta'kidlaydi. Turk xoqonligi madaniyatini o'rganib, shahzodalar Kultegin, Bilgaxoqon va maslahatchi To'nyuquqning qahramonliklari, vatanparvarligi, xalq taqdirini o'zinikidan ustun qo'yish hislatlarini bizga uzoq o'tmishdan qolgan meros ekanligiga e'tibor qaratadi.

Turkiy-run yozuvida bitilgan bitiklar O'zbekiston hududidan ham anchagina topilganini, ularning ma'nolarini asarlarida ko'rsatib berdi. Umuman, olimning O'rxun-Enasoy yodgorliklari tadqiqiga bag'ishlab yozilgan asarlarini quyidagicha o'rganish mumkin: O'rxun-Enisey yodgorliklarining badiiyati o'rganishga bag'ishlangan asarlar: "Toshga bitilgan kitoblar", "Inson ruhining sadosi", "Bitiglar olamida", "Ko'hna bitigtoshlar", "O'zbekistonning ko'hna turkiy-run yozuvlari", "O'zbek Mumtoz adabiyotining namunalari", "O'zbek adabiyotini davrlashtirish masalalari" kabi kitoblarida yodgorliklarning ma'nosi, mazmuni, adabiy tomonlari o'rganilgan. Jumladan, Boqijon To'xliyev bilan hammualiflikda yozgan "O'zbekistonning ko'hna turkiy-run yozuvlari" (2006) kitobi O'rxun-Enasoy yodgorliklarining mantiqiy davomi sifatida O'zbekistondan topilgan turkiy-run yozuvidagi topilmalar haqida ma'lumot beradi [5: 142].

O'z navbatida, bu guruhning o'zi ham ikkiga bo'linadi: a) O'rxun-Enasoy yodgorliklarining folkloristikasi: "Turkiy yozma adabiyot va og'zaki epik an'analar munosabatiga doir" maqolasi, "O'rxun-Enasoy yozma yodgorliklari va turkiy eposlar munosabati" doktorlik ishi (1991), Turkiy xalqlar sehrli ertaklarida evrilish (metamorfoza) va uning mifologik sujetlar bilan munosabati "O'zbek folklorshunosligining dolzarb masalalari" to'plamida, "Folklorizm va

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

mifologizatsiya-qadimgi turkiy adabiyot asosi" kabi ilmiy asarlarida yodgorliklardagi folklor namunalari o'rganadi. O'rxun-Enasoy yodgorliklarining nazariyasi: "Kul tigin yodnomasi poetikasi" (O'lmas obidalar) tarkibida), "Qadimiy hikmatlar", "Kultigin yodnomasida alliteratsiya"" "Kultegin yodnomasida adabiy etiket", "Kultegin yodnomasida badiiy san'atlar" kabi ilmiy asarlari yodgorliklardagi nasriy va she'riy san'at turlari namunalarini o'rganadi.

Yozuvlar bengu toshlari deb ham ataladi va bu toshlar davlat xabarini oluvchilar va xoqonlar vafotidan keyin yodgorlik qurish uchun barpo etilgan. Ko'kturk davridagi yozuvlar:

Ma'lumki, kitobni bosib chiqarish texnikasi Uyg'ur davrida yozilgan yozuvlarda ishlatilgan. Davrga oid ko'plab hikoyalar mavjud. Ko'kunch nomidagi teatr namunasi ushbu asarlar qatoriga kiradi. Asosan, Ko'kturk davri asarlaridagi hayajon va milliy ong bu davr yozuvlarida unchalik ko'rinmaydi. Yozuvlar, odatda, qabr toshlari shaklida topilgan.

O'rxun-Enasoy yozuviyining Lena Baykalbo'yi, Yenisey, Mo'g'ul, Oltoy, Sharqiy Turkiston, O'rta Osiyo, Sharqiy Yevropa kabi guruhlari aniqlangan. O'rxun-Enasoyy yozuvini tekshirish va o'rganishda V.Tomsen, V.V.Radlov, P.M.Melioranskiy, A.A.Polovsev, G.Geykel, S.E.Malov, L.N.Gumilyov, D.Nemet kabi rus va yevropalik olimlarning xizmatlari katta. O'zbek olimlaridan akademik G'.Abdurahmonov va A.Rustamov, professor N.Rahmonovlar ham O'rxun-Enasoy yozuvini o'rganib, muayyan tadqiqotlarni amalga oshirganlar. Ushbu yodgorliklarni tadqiq etish hozirgi kunda ham davom etmoqda.

Ma'lum bo'ladiki, Q.Sodiqov o'z asarlarida yodgorliklarning til xususiyatlarini va tarixiy, falsafiy tomonlarini yoritgan bo'lsa, N.Rahmonov esa ularni nazariy va badiiy jihatdan yoritib berdi. O'rxun-Enasoy obidalari birinchi navbatda tarixni yoritadi. Xususan, etnik tarix bilan tutashadi. Turkiy qabilalar o'rtasidagi farqlar, asosan, ularning tillari orqali aniqlanadi. Demak, qabilalar tarixini yoritishda ham yodgorliklarning ahamiyati katta. Yozuvning kelib chiqishi, alifbolarning har xilligi, boshqa yozuvlarning turkiy-run yozuviga ta'siri kabi masalalarga ham obidalar matnini o'rganish orqali javob topish mumkin.

> Ko'kturk yozuvlari

> To'nyuquq yodgorligi

> Kultegin yodgorligi

> Bilga xoqon yodgorligi

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

REFERENCES

1. Rahmonov N., B.Matboboyev. O'zbekistonning ko'hna turkiy-run yozuvlari. Toshkent, "Fan", 2006;

2. Soatova G. "O'zbekistonda Urxun-Enasoy yofgorliklari tadqiqi" O'zbek tili va adabiyoti jurnali, 2020-yil, 6-son;

3. Sodiqov Q. Turkiy yozma yodgorliklar tili: adabiy tilning yuzaga kelishi va tiklanishi-Toshkent: Sharqshunoslik institute,2006;

4. Айдаров Г. Язик орхонского памятника Билге Кагана, Алмаата, 1966;

5. Кляшторний С.Г. Древнетюркские рунические памятники как источник по истории Средней Азии, Москва, 1964;

6. Малов С.Й. Памятники древнетюркской писменности, Москва, 1951;

7. Малов С.Й. Енисейская писменност тюрков, Мoсква, 1952;

8. Рахманов Н. Новые находки Ферганы.-0ш-3000, том 3, Бишкек, 2000-год.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.