Научная статья на тему 'OʻRXUN-ENASOY OBIDALARINING OʻZBEKISTONDA OʻRGANILISHI'

OʻRXUN-ENASOY OBIDALARINING OʻZBEKISTONDA OʻRGANILISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
3419
326
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oʻrxun-Enasoy obidalari / N.Raxmonov / Q.Sodiqov / ilmiy maktab / Kultegin bitiktoshi / nasriy ilmiy asar. / Orkhon-Enasay monuments / N.Rakhmonov / K.Sadikov / scientific school / Kultegin inscription / prose scientific work.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Muqaddas Allambergenova

Mazkur maqolada Oʻrxun-Enasoy obidalarining Oʻzbekistonda oʻrganilishi xususida toʻxtaladi. Oʻzbekistondan topilgan runiy yodgorliklar izohi yuzasidan fikrlar keltiriladi. Obidalarni tadqiq qilgan oʻzbek olimlari, ilmiy asarlari tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STUDY OF URKHUN-ENASOY MONUMENTS IN UZBEKISTAN

This article focuses on the study of the Orkhon-Enasay monuments in Uzbekistan. Comments are made on the description of runic monuments found in Uzbekistan. The works of Uzbek scientists who have studied the monuments will be analyzed.

Текст научной работы на тему «OʻRXUN-ENASOY OBIDALARINING OʻZBEKISTONDA OʻRGANILISHI»

Scientific Journal Impact Factor

О

O'RXUN-ENASOY OBIDALARINING O'ZBEKISTONDA O'RGANILISHI

Annotatsiya: Mazkur maqolada O'rxun-Enasoy obidalarining O'zbekistonda o 'rganilishi xususida to 'xtaladi. O 'zbekistondan topilgan runiy yodgorliklar izohi yuzasidan fikrlar keltiriladi. Obidalarni tadqiq qilgan o Zbek olimlari, ilmiy asarlari tahlil qilinadi.

Kalit soizlar: O'rxun-Enasoy obidalari, N.Raxmonov, Q.Sodiqov, ilmiy maktab, Kultegin bitiktoshi, nasriy ilmiy asar.

Аннотация: Статья посвящена изучению орхоно-энасайских памятников в Узбекистане. Даны комментарии к описанию рунических памятников, найденных в Узбекистане. Будут проанализированы труды узбекских ученых, изучавших памятники.

Ключевые слова: Орхоно-Енасайские памятники, Н. Рахмонов, К. Садиков, научная школа, Кулътегинская надпись, прозаическое научное творчество.

Annotation: This article focuses on the study of the Orkhon-Enasay monuments in Uzbekistan. Comments are made on the description of runic monuments found in Uzbekistan. The works of Uzbek scientists who have studied the monuments will be analyzed.

Keywords: Orkhon-Enasay monuments, N.Rakhmonov, K.Sadikov, scientific school, Kultegin inscription, prose scientific work.

O'rxun-Enasoy yodgorliklarining topilishi va o'rganilishi XVIII asrdan boshlanadi. Rus xizmatchisi Remezov bu haqida dastlabki xabarni beradi. Shved zobiti Iogann Strallenberg, olim Messershmit yodgorliklarni Yevropa ilm ahliga ilk marta taqdim qilgan edilar. Dastlab, O'rxun, Selenga va To'li daryolari atrofidan — Shimoliy Mo'g'ulistondan toshga bitilgan obidalar topildi. Ular O'rxun yodgorliklari nomini oldi. Enasoy daryosi qirg'oqlarida topilgan yodgorliklar ham shu nom bilan ataladi. Yodgorliklar topilganidan keyin ularni o'qish, o'rganish muammosi ko'ndalang bo'ldi. Ammo bu ish deyarli bir yarim asr mobaynida hech kimning qo'lidan kelmadi. Nihoyat, 1893- yildagina ularni o'qish uchun dastlabki qadam qo'yildi. Shu yili daniyalik olim Vilgelm Tomson va rus olimi V. Radlovlar yodgorliklardagi barcha harflarni o'qidilar. Shundan so'ng ularni jiddiy o'rganish boshlandi. Boshqa xalqlar singari O'zbekistonda ham mazkur yodgorliklarni

Muqaddas Allambergenova QQDU o'qituvchisi

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

o'rganishga qiziqish katta bo'ldi. Shu sababdan, maqolada yodgorliklarning O'zbekistonda o'rganilishi mavzusiga to'xtalishni joiz topdik.

O'tgan yillar davomida umumturkologiya qadimgi turkiy yodgorliklar sohasida yangi yutuqlarni qo'lga kiritdi, yangi yozuv yodgorliklari topildi va topilmoqda. Ilgari fanga ma'lum bo'lgan yozma yodgorliklar qadimgi turkiy tilning maxsuli sifatida ilmiy istifodaga kiritildi. Bu o'rinda "Oltin yorug'" (IX asr) sutrasi, moniylik va buddaviylik oqimidagi yozma yodgorliklarning qadimgi turkiydan hozirgi o'zbek tiliga qilingan tabdili nashrlarini eslash kifoya. Bulardan tashqari, O'zbekiston hududidan miloddan oldingi davrlarga va milodiy VII-VIII asrlarga oid turkiy-run yozuvidagi yodgorliklar topildi va tahlil etildi1. Shu bilan birga, Janubiy Sibir va O'zbekiston tuprog'idan topilib, ilgari tahlil etilgan turkiy-run yozuvlari qaytadan deshifrovka qilindi. Qadimgi turkiy tilning manbalaridan Kulteginga bag'ishlangan yodgorlikning qiyosiy nashri va til xususiyatlariga bag'ishlangan asar ham aynan O'zbekisonda yaratildi2.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR O'rxun-Enasoy yodgorliklarini o'rganishga A.Fitrat, O.Sharafiddinov, N. Mallayev, N. Mallayev, A.Qayumov, A.Rustamov, G'.Abdurahmonov, E.Umarov, T.Salimov, B.To'xliyev, N.Rahmonov, Q.Sodiqov kabi o'zbek olimlari ham o'zlarining munosib hissalarini qo'shganlar. Jumladan, bu yodgorlikning topilish tarixi N.Mallayevning "O'zbek adabiyoti tarixi", B.To'xliyevning "O'zbek adabiyoti", A.Qayumovning "Qadimiyat obidalari" asarlarida yoritilgan. H.Zarif, M.Saidov, B.Sarimsoqov, M.Jo'rayev, S.Turdimov, A.Musaqulov, G.Akramov, J.Eshonqulovlar o'z ishlarida bu borada u yoki bu darajada to'xtalib o'tganlar. Lekin bu umumturkiy ma'naviy merosimizni o'rganishda Qosimjon Sodiqov va Nasimxon Raxmonov xizmatlari beqiyos3.

Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR Q.Sodiqov yodgorliklarning tilini, tarixini va falsafiy qarashlarini o'rganib, ilmiy tadqiqotlar yaratish bilan bir qatorda O'rxun-Enasoy yodgorliklarini o'zbekchaga tabdil qildi. O'zbekistondan topilgan bitiklarga asoslanib, O'zbekiston ko'hna turkiy run yozuvlarining makoni bo'lgan degan xulosaga keldi. Yodgorliklar tili, uslubiyati, dialektikasi, fonetikasi va morfologiyasini o'rgandi. Talabalar uchun

1 Н.Рахманов. Новые находки Ферганы.-0ш-3000, том 3, Бишкек, 2000-год;

2 N.Rahmonov, B.Matboboyev. O'zbekistonning ko'hna turkiy-run yozuvlari.-Toshkent, "Fan", 2006, 45-52 betlar;

3 G.Soatova "O'zbekistonda Urxun-Enasoy yofgorliklari tadqiqi" O'zbek tili va adabiyoti jurnali, 2020-yil, 6-son, 136-138-betlar;

Scientific Journal Impact Factor

muhim ahamiyatga ega asarlar va darslik kitoblar yaratib, O'zbekistonda yangi turkologiyaning rivojiga katta hissa qo'shdi. Olimning O'rxun-Enasoy yodgorliklarining tadqiqiga bag'ishlab yozgan asarlarini quyidagi guruhlarga bo'lib o'rgansak, maqsadga muvofiq bo'ladi:

1. O'rxun-Enasoy yodgorliklarining tilini o'rganishga bag'ishlangan asarlari: "Eski uyg'ur yozuvi", "Qadimgi turkiy yozuvlar" va "Qadimgi turkiy til" fanlaridan dars matnlari, "Ilk o'rta asrlar turkiy matnlari nomlarining izohli lug'ati", "Turkiy yozma yodgorliklar tili: adabiy tilning yuzaga kelishi va tiklanishi", "Ko'k turk bitiklari va ularning tarixiy talqini" nomli kitoblari, "Yozma yodgorliklarda ayrim undoshlarning taraqqiyot masalasi", "Kul tigin, Bilga xoqon bitiklaridan o'rin olgan "xoqon" so'zining boshlamalari va yodnomalarining matn tuzilishi haqida", "Kul tigin va Bilga xoqon bitiglarining matniy-qiyosiy tahlili", "O'zbekistonda topilgan ko'k turk xarfli matnlar", "Turk-moniy diniy jamoalarida yaratilgan yozma manbalar", "Tilshunoslikning dolzarb masalalari" nomli maqolalari, O'rxun-Enasoy yodgorliklarining tilini o'rganishga bag'ishlangan. Jumladan, "Turkiy yozma yodgorliklar tili: adabiy tilning yuzaga kelishi va tiklanishi" (2006) tadqiqotida eng ko'hna hamda o'rta asrlarda yaratilgan turkiy yodgorliklar asosida o'zbek adabiy tilining shakllanishi, mumtoz adabiy tilning yuzaga kelishi, uning o'ziga xos xususiyatlari tahlil etiladi.

2. O'rxun Enasoy yodgorliklarining tarixini o'rganishga doir asarlari: "O'zbek adabiy tili tarixidan", "Uyg'ur yozuvi tarixidan", "Ko'k turk bitiklari: matn va uning tarixiy talqini", "Yozuv tarixi va kitobat san'ati", "O'zbek tili tarixi", "Turkiy til tarixi", "O'zbek tilining yozma uslublari tarixidan" nomli kitoblari va "Kultigin va Bilgaxoqon bitiklari: tarixiy manbaning matn tuzilishi" nomli maqolalari O'rxun-Enasoy yodgorliklarining tarixiy tomonlarini o'rganishga bag'ishlangan. Masalan, "Ko'kturk bitiklari: matn va uning tarixiy talqini" (2004) kitobida ko'k turk obifalari nomi bilan yuritilayotgan bitiklar tarixiy-matniy jihatdan tahlil etiladi. Bitiklar asosida ko'k turk davri tarixnavisligining o'ziga xos jihatlari, matn tuzish prinsiplari haqida bahs yuritiladi4.

3. O'rxun-Enasoy yodgorliklarini tadqiqiga bag'ishlangan falsafiy asarlari: "Qadimgi turkiy xalqlarning diniy-falsafiy qarashlari", "Sharq falsafasi" ("Qadimgi turkiy xalqlarning diniy-falsafiy qarashlari", "Sharq falsafasi" (Qadimgi turkiy xalqlarning diniy-falsafiy qarashlari), "Eski turkiy falsafasi" nomli kitoblari va "Qadimgi turklarning olam va uning tuzilishi to'grisidagi ko'zqarashlari" nomli maqolasi yozma yodgorliklarni falsafiy jihatdan o'rganadi.

4 Sodiqov Q. Turkiy yozma yodgorliklar tili: adabiy tilning yuzaga kelishi va tiklanishi-Toshkent: Sharqshunoslik

institute,2006;

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

N.Rahmonov O'rxun-Enasoy yodgorliklarining turkiy eposlardan o'sib chiqqan asar ekanligini aytib, yodgorliklarni o'rganish asnosida o'zbek xalqi tarixini o'rganishni uzoq asrlardan boshlash kerakligi ta'kidlaydi. Turk xoqonligi madaniyatini o'rganib, shahzodalar Kultegin, Bilgaxoqon va maslahatchi To'nyuquqning qahramonliklari, vatanparvarligi, xalq taqdirini o'zinikidan ustun qo'yish hislatlarini bizga uzoq o'tmishdan qolgan meros ekanligiga e'tibor qaratadi. Turkiy-run yozuvida bitilgan bitiklar O'zbekiston hududidan ham anchagina topilganini, ularning ma'nolarini asarlarida ko'rsatib berdi. Umuman, olimning O'rxun-Enasoy yodgorliklari tadqiqiga bag'ishlab yozilgan asarlarini quyidagicha o'rganish mumkin: O'rxun-Enisey yodgorliklarining badiiyati o'rganishga bag'ishlangan asarlar: "Toshga bitilgan kitoblar", "Inson ruhining sadosi", "Bitiglar olamida", "Ko'hna bitigtoshlar", "O'zbekistonning ko'hna turkiy-run yozuvlari", "O'zbek Mumtoz adabiyotining namunalari", "O'zbek adabiyotini davrlashtirish masalalari" kabi kitoblarida yodgorliklarning ma'nosi, mazmuni, adabiy tomonlari o'rganilgan. Jumladan, Boqijon To'xliyev bilan hammualiflikda yozgan "O'zbekistonning ko'hna turkiy-run yozuvlari" (2006) kitobi O'rxun-Enasoy yodgorliklarining mantiqiy davomi sifatida O'zbekistondan topilgan turkiy-run yozuvidagi topilmalar haqida ma'lumot beradi5.

O'z navbatida, bu guruhning o'zi ham ikkiga bo'linadi: a) O'rxun-Enasoy yofgorliklarining folkloristikasi: "Turkiy yozma adabiyot va og'zaki epik an'analar munosabatiga doir" maqolasi, "O'rxun-Enasoy yozma yodgorliklari va turkiy eposlar munosabati" doktorlik ishi (1991), Turkiy xalqlar sehrli ertaklarida evrilish (metamorfoza) va uning mifologik sujetlar bilan munosabati "O'zbek folklorshunosligining dolzarb masalalari" to'plamida, "Folklorizm va mifologizatsiya-qadimgi turkiy adabiyot asosi" kabi ilmiy asarlarida yodgorliklardagi folklor namunalari o'rganadi. B) O'rxun-Enasoy yodgorliklarining nazariyasi: "Kul tigin yodnomasi poetikasi" (O'lmas obidalar) tarkibida), "Qadimiy hikmatlar", "Kultigin yodnomasida alliteratsiya"" "Kultegin yodnomasida adabiy etiket", "Kultegin yodnomasida badiiy san'atlar" kabi ilmiy asarlari yodgorliklardagi nasriy va she'riy san'at turlari namunalarini o'rganadi.

XULOSA

Ma'lum bo'ladiki, Q.Sodiqov o'z asarlarida yodgorliklarning til xususiyatlarini va tarixiy, falsafiy tomonlarini yoritgan bo'lsa, N.Rahmonov esa ularni nazariy va badiiy jihatdan yoritib berdi.

5 Rahmonov N, Matboboyev B. "O'zbeksitonning ko'hna turkiy-run yozuvlari",-Toshkent.Fan, 2006

23

Scientific Journal Impact Factor

О

O'rxun-Enasoy obidalari birinchi navbatda tarixni yoritadi. Xususan, etnik tarix bilan tutashadi. Turkiy qabilalar o'rtasidagi farqlar, asosan, ularning tillari orqali aniqlanadi. Demak, qabilalar tarixini yoritishda ham yodgorliklarning ahamiyati katta. Yozuvning kelib chiqishi, alifbolarning har xilligi, boshqa yozuvlarning turkiy-run yozuviga ta'siri kabi masalalarga ham obidalar matnini o'rganish orqali javob topish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Н.Рахманов. Новые находки Ферганы.-0ш-3000, том 3, Бишкек, 2000-год;

2. N.Rahmonov, B.Matboboyev. O'zbekistonning ko'hna turkiy-run yozuvlari.-Toshkent, "Fan", 2006, 45-52 betlar;

3. G.Soatova "O'zbekistonda Urxun-Enasoy yofgorliklari tadqiqi" O'zbek tili va adabiyoti jurnali, 2020-yil, 6-son, 136-138-betlar

4. Sodiqov Q. Turkiy yozma yodgorliklar tili: adabiy tilning yuzaga kelishi va tiklanishi-Toshkent: Sharqshunoslik institute,2006;

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.