Научная статья на тему 'O‘ZBEK ADABIY TILINI DAVRLASHTIRISH, O‘RTA ASRLAR O‘ZBEK TILINING QURILISHI, UMUMIY QOIDALAR TAHLILI'

O‘ZBEK ADABIY TILINI DAVRLASHTIRISH, O‘RTA ASRLAR O‘ZBEK TILINING QURILISHI, UMUMIY QOIDALAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

1981
150
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o„zbek tili / davrlashtirish / sharqiy guruh / oltoy tillari / fonetika / kategoriyalar tizimi / Al-Tuhfa / fe‟l mayllari / ismlar / yuklama / tushunchalar / qadimgi turkiy til / ot yasovchilar / adabiy til / Uzbek language / periodization / Eastern group / Altaic languages / phonetics / system of categories / Al-Tuhfa / verb moods / nouns / loading / concepts / ancient Turkic language / noun makers / literary language

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shahzod Rahmatjonov

O„zbek tilini davrlashtirish muommolari, o„zbek tilining grammatik qurilishi, fonetik, leksik va morfologik xususiyatlari haqida fikr-mulohazalar yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Problems of periodization of the Uzbek language, grammatical structure of the Uzbek language, phonetic, lexical and morphological features are discussed.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK ADABIY TILINI DAVRLASHTIRISH, O‘RTA ASRLAR O‘ZBEK TILINING QURILISHI, UMUMIY QOIDALAR TAHLILI»

O'ZBEK ADABIY TILINI DAVRLASHTIRISH, O'RTA ASRLAR O'ZBEK TILINING QURILISHI, UMUMIY QOIDALAR TAHLILI

Shahzod Rahmatjonov

Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi

ANTONATSIYA

O'zbek tilini davrlashtirish muommolari, o'zbek tilining grammatik qurilishi, fonetik, leksik va morfologik xususiyatlari haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.

Kalit so'zlar: o'zbek tili, davrlashtirish, sharqiy guruh, oltoy tillari, fonetika, kategoriyalar tizimi, Al-Tuhfa, fe'l mayllari, ismlar, yuklama, tushunchalar, qadimgi turkiy til, ot yasovchilar, adabiy til.

ABSTRACT

Problems of periodization of the Uzbek language, grammatical structure of the Uzbek language, phonetic, lexical and morphological features are discussed.

Keywords: Uzbek language, periodization, Eastern group, Altaic languages, phonetics, system of categories, Al-Tuhfa, verb moods, nouns, loading, concepts, ancient Turkic language, noun makers, literary language.

KIRISH

Ma'lumki, bugungi kunda mamlakatimizning xalqaro munosabatlarda nufuzi ortib bormoqda. O'z-o'zidan ko'rinadiki, o'zbek xalqining milliy xususiyatlarini, shu jumladan milliy tilini chuqur o'rganish, uni targ'ib qilish zarur ekanini davrning o'zi taqazo etmoqda. Bu esa, o„zbek adabiy tilini davrlashtirish bevosita turkiy tillarni tasnif qilish masalasi bilan bog„langan. Chunki o„zining lug„at boyligi, tovush tarkibi va grammatik xususiyatlari jihatidan ko„pchilik turkiy tillar bir-biriga yaqin turadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O„zbek tilini davrlashtirish, turk(o„zbek) tilining grammatik qurilishi, fonetik, leksik va morfologik xususiyatlari masalasida o„zbek tilshunosligida A.Nurmonov, A.Rafiyev, A.Muxtarov, U.Sanaqulov va K.Yusupov kabi olimlarning tadqiqotlari diqqatga molikdir. Davrlashtirish uchun o„zbek tili va unga urug„dosh turkiy tillarning kelib chiqishi, taraqqiyoti bosqichlari, o„zaro munosabatlarini o„rganish va tasniflash zarur. Turkiy tillar uch guruhga bo„linadi: 1) sharqiy guruh (oltoy va cho„lim tillari) 2) g„arbiy guruh( sibir tatarlari, boshqird, qozoq, qirg„iz, qoraqalpoqlar) 3) O„rta Osiyo

March, 2023

599

guruhi( uyg'ur va o'zbek tillari) 4) Janubiy guruh( turkman tillari, ozarboyjon, turk tillari). Mana shu davrlashtirish asosida turkiy tillarning rivojlanish tarixini uch davrga bo'linadi: 1. Turkiy tillarning -d lash davri. Bu hodisa qadimgi runiy va uyg'ur yozuvi yodgorliklari uchun xos xususiyatdir. So'z o'rtasi va oxirida - y tovushi (d) tarzida aytiladi: adaq (ayoq), adir (ayir), qod (qo'y) kabi.

2. O'tkinchi davr. Bu davrda turkiy tillar (d) lash hodisasidan (y) lashga o'ta boshlaydi: kidim- kiyim, kedin-keyin, adir-ayir kabi.

3. Turkiy tillarning (y) lash davri. Bu davrda turkiy tillarning tabaqalanishi va ajralib chiqishi kuchayadi, alohida xalq tillarining tashkil topishiga zamin tayyorlandi. Turkiy tillarning rivojlanish tarixi quyidagi davrlarga bo'linadi:

a) Oltoy davri (milodgacha 3-asrlar). Turkiy tillar taraqqiyotining eng qadimgi ilk bosqichi bo'lib, bu davrning muayyan sanalari fan tamonidan aniqlangan emas. Chunki tarixiy hujjatlar yo'q. B) Xun davri( milodiy 5- asrgacha). C) Qadimgi turk davri (5-10 asrlargacha). D) O'rta turk davri (10-15 asrlar). F) Yangi turk davri (1519 asrlargacha). G) Eng yangi davr(19-20 asrlar). O'zbek tili tarixini davrlashtirish uch davrga bo'linadi va o'rganiladi. 1.Uyg'ur adabiy tili. 2. Chig'atoy adabiy tili. 3. O'zbek adabiy tili. Bu davrlashtirishga ko'ra hozirgi o'zbek adabiy tili chig'atoy adabiy tilidan kelib chiqqan. Chig'atoy adabiy tili esa o'z navbatida uyg'ur adabiy ta'sirida shakllangan. Qadimgi turkiy bosqichning ikkinchi davriga eski turkiy qabilalar va elatlar tillarining to'la shakllanishi va rivojlanishi davri bo'lib 11-13 asrlarni, ya'ni Qoraxoniylar davlati va mug'ullar hukmronligi davrini o'z ichiga oladi. Bu davrda barcha turkiy xalqlar va tillar to'la shakllandi. Ular o'zlarining asosiy belgilari jihatidan turkiy tillarning hozirgi holatiga ancha yaqin bo'lgan tarzda rasmiylashadi. Eski o'zbek adabiy tili umumxalq o'zbek adabiy tili shakllanadi. Bu davr adabiy tilining o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, uning umumxalq xarakteri kuchayadi, lug'at tarkibini fonetik va grammatik qurilishi to'liq shakllanadi. Eski o'zbek adabiy tili 14-15 asrdayoq o'zining xususiyatlari, belgilari bilan deyarli hozirgi o'zbek tiliga yaqin bir shaklini qabul qilgan edi.

MUHOKAMA

Ko'p asrlik tarixiy jarayon davomida o'zbek adabiy tili asosan yagona bir yo'nalish bo'yicha rivojlanadi, adabiy til me'yorlari takomillasha boshlaydi. Badiiy uslubiy shakllar bilan boyiydi, tilning iste'mol doirasi kengayadi. Uning jonli xalq tiliga yaqinlashib borishi va tushunarli sari yo'nalishi kuchayib boradi. Tilshunoslik tarixida Mahmud Qoshg'ariy salmoqli o'rin egallaydi. U tilshunoslikning juda ko'p sohalari bo'yicha qalam tebratdi. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning otasi, fonetist-fonolog, leksikolog,

March, 2023

600

leksigraf, lingvogeograf, turkiy tillar sarf va nahv ilmining asoschisi hisoblanadi. Mahmud Qoshg'ariy morfemik birliklarni ham turkiy tillar bo'yicha qiyoslaydi va ular o'rtasidagi farqli xususiyatlarni belgilaydi. Xususan buyruq maylidagi fe'lda ko'plikning ifodalanishi haqida fikr yuritar ekan, shunday yozadi: Buyruq oxiriga -g'il, -qil, -gil qo'shimchasini qo'shish tinglovchi birlikda bo'lgandagina mumkin. Tinglovchi ikkita yoki ortiq bo'lsa, bu qo'shimchalarni qo'shib bo'lmaydi. O'tgan zamonni bildiruvchi (-di) shaklining ham turkiy tillararo variantlanishini ko'rsatadi. Chunonchi, chigil, uyg'ur, yag'mo singari qabilalar tillarida o'tgan zamonni ifodalash uchun -di qo'shimchasi qo'shilishini ta'kidlaydi. Turklardagi inkor bildiruvchi (emas), armas to'liqsiz fe'li o'g'uzlarda tugul bilan almashinishini ko'rsatadi. Chigil, uyg'ur, yag'mo, tuxsi kabi qabilalarda ismi zamon, ismi makon va qurol otlarini ifodalash uchun hizmat qiluvchi -g'u, -gu qo'shimchasi o'g'uz va qipchoq qabilalarida -asi qo'shimchasi bilan almashinishini aytadi. Bu ag'ur, armasdir.

Turkiy tillarda so'z yasalishining eng mahsuldor usuli affiksatsiya ekanligi ko'pchilikka ma'lum. Mahmud Qoshg'ariy affikslarni qo'shib so'z yasashga to'xtaladi. U so'zlarni yasalgan va yasalmaganlik belgisiga ko'ra 2 turga tub va yasama so'zlarga ajratadi.

"Otlar ikki turlidir: yasama ot va tub ot. Fe'llardan yasalgan otlar fe'l oxiriga o'n ikki harfdan birini qo'shish bilan yasaladi. Qilich, o'q kabi otlar tub otlardir. Bu xil otlar boshqa so'zlardan kelib chiqmagan. Yasama otlar boshqa so'zlardan kelib chiqadi. Bularning ba'zilari turmushda qo'llanib, eshitilib yurilgan bo'lsa, ba'zilari turmushda qo'llanib, eshitilib yurilgan bo'lsa, ba'zilari aniq emas, qiyosiy asosdadir".

Ot yasovchi qo'shimcha atamasi o'rniga harf atamasini qo'llaydi. Fe'ldan ot yasovchi qo'shimchalar sifatida -a, -ga, -ma: bilga bulimdan "aqlli" (bildi so'zidan) "uva" , "taom" (ubdi, maydaladi so'zidan), kesma "kokil" ( kesdi fe'lidan: ko'zni berkitmaslik uchun sochni kesiladigan joyi ham kesma deyiladi). -sh ,-ish ( bilish, tanish) ( bildi fe'lidan). -g'(-ug', -g'u): Bu qo'shimchaning uch xil ma'noli affiks ekanligi ta'kidlanadi. Birinchi ma'nosi arig' "sof", toza (arindi, tozalandi fe'lidan), quruq (quridi fe'lidan). Uchinchi ma'nosi fe'llarga -y harfi bilan birgalikda qo'shilib, -g'u holida qurol oti hosil qilishini ko'rsatadi: "bichg'u" narsalarni kesuvchi asbob (bichdi fe'lidan yasalgan), -k ( -ik, -uk): kesak biror narsaning bo'lagi (kesdi fe'lidan) eshik, yopinchiq (eshudi, yopdi, o'radi fe'lidan). Yuqoridagi qo'shimchalarning so'z yashashda faol ekanligi haqida gapirib shunday yozadi: "Bu qoidalar falak qutb yulduzi atrofida aylanish qoidasi kabi har qanday so'zga tatbiq etiladigan umumiy qoidalardir". Muayyan ma'no asosida bir paradigmaga mansub bo'lgan birliklar zidlanuvi, mo'tadillashuvi

March, 2023

601

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

(neytralizatsiya) haqida ma'lumot beriladi. Bu haqida turklar hurmatli kishilarga nisbatan garchi u yolg'iz bo'lsa ham bardungiz deydilar. Holbuki, -u (-nguz) aslida ko'plikni bildiruvchi qo'shimchadir. Hurmat uchun bir kishiga ham -z orttiradilar, ular tilida bir kishiga nisbatan ham ko'plik ustiga ko'plik qo'llanildi.

Mahmud Qoshg'ariy fe'llarda bo'lishli-bo'lishsizlikning ifodalanishini, bo'lishsizlik barcha qabilarda fe'l o'zaklariga -ma affiksini qo'shish orqali hosil bo'lishini aytadi. Turkiy tillarning so'z turkumlari o'ziga xos xususiyatlari bilan flektiv tillardan farq qiladi. Bular qatorida grammatik rod kategoriyasi yo'qligini yordamchi so'z shakllarining ko'pligini va boshqalarni sanab o'tish mumkin. Bu xususiyatlarning har bir turkiy tildagi ko'rinishini o'rganish, uni boshqa qarindosh til hodisasi bilan qiyoslash flektiv tillardagi o'zgarishlari juda rang-barangligini ko'rsatadi. Aslida so'z turkumlari miqdoriy belgisiga ko'ra farqlansa ham, sifat belgisiga ko'ra bir-biriga ancha mos keladi.

Ot so'z turkumi turkiy tillarda quyidagi kategorial belgilari asosida o'zgarishi mumkin. Bular son, egalik, kelishik, kategoriyalardir. Olmoshlar ayrim turkiy tillarda va oltoy tillarida bir-biriga to'la mos kelmaydi. Qadimgi turkiy tilda ko'pgina olmosh turlari farqlanmagan yoki umuman bo'lmagan, ularning vazifasini ayrim fe'l shakllari, ko'makchi, yuklamalar bajargan. Son so'z turkumiga kiruvchi so'zlar turkiy tillarda fin-ugar tillariga qo'shimcha va tartibli sonlarning asosiy modellari asosan oldindan orqaga qarab yasaladi va o'qiladi.

Fe'l turkiy tillarda grammatik kategoriyalarning boyligi bilan asosiy o'rinni egallaydi. Qadimgi turkiy tillarda ot va fe'l belgilari differinsiyalashgan harakat nomi shakllari mavjud bo'lgan. Turkiy tillarda asosiy grammatik oppozitsiyalar o'zaro qo'shilib ketgan.

Ibn Sino qomusiy bilim egasi. Ibn Sinoning lingvistikaga oid "Asbobi al-xuruf ' asari shu kunga qadar tilshunoslar diqqatini o'ziga rom etib kelgan. Garchi bu asar arab tili fonetikasiga bag'ishlangan bo'lsa ham, lekin ko'p o'rinlarda fors va turk boshqa tillar materiallari ham qo'llaniladi. Ibn Sinoning "Asbob" asari kirish va olti bobdan iborat. 1. Tovushlarning paydo bo'lish sabablari haqida; 2. Nutq tovushlarning paydo bo'lish sabablari haqida; 3. Bo'g'iz va tilning anotomiyasi haqida; 4. Ayrim arab tovushlarning paydo bo'lishida o'ziga xos xususiyatlari haqida; 5. Bu tovushlarga o'xshash nutq tovushlari haqida; 6. Bu tovushlarning nutqiy bo'lmagan harakatlarda ishlatilishi.

Fizikaviy tovushlar bilan nutq tovushlarini bir-birini tasdiqlaydi va har ikkisi ham uchun alohida atamani qo'llaydi. Birinchisi "savt", ikkinchisi

esa "harf" ' atamasi orqali nomlanadi va o'rganiladi.

March, 2023

Yozuvimiz tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, o'zbek xalqi (turkiy xalqlar) ning tili tillarga mansub bo'lib, o'zbek xalqi uzoq o'tmishdan biri yozuv madaniyatiga ega bo'lgan xalqlar jumlasiga kiradi. Yozuvlar tariximizda uyg'ur, xorazm va run yozuvlari ma'lumdir. Bu yozuvlar turkiy xalqlarning, jumladan o'zbeklarning eng qadimgi urug'-ajdodlari uchun mushtarak yozuv hisoblanadi. O'rxun-Enasoy yodgorligi yozuvlari turkiy qabilalar hayoti, davlat tuzumi, xoqonlar haqida ma'lumot beradi.

O'rta Osiyoga arablar bostirib kirgach, yerli xalq, jumladan, o'zbek qabilalari arab grafikasi asosidagi yozuvni qabul qila boshladilar. Va 20-asrgacha asosiy yozuv bo'lib xizmat qildi. Yozuv bilan birgalikda arabiy so'zlarlarning kirib kelishi kuchaydi. Bu esa, albatta, adabiyotda ham o'z ta'sirini ko'rsatdi.

Mo'g'ullar davrida yaratilgan "Al-tuhfa" asarida tilning ijtimoiyligi, uning vazifasi, til va tafakkur munosabati haqida ayrim ma'lumotlar uchraydi. "Inson hayvondan faqat tushunish va til (so'zlash) bilangina farq qiladi". Bu asarda fonetika va grafika masalalari yuzasidan aralash holda ozgina ma'lumot beriladi. Unda tovushlarning tushushi haqida keng ma'lumot beriladi:

B-agar (abgar so'zidan), r-bila (birla, birlan so'zlaridan.) Q-sichan (sichqon so'zidan). K- ichari (ichkari), Ng- aliz (alingiz so'zidan). "Al-tuhfa" ning qimmatli joyi shundaki, unda lug'atdan so'ng grammatik materiallar ham beriladi. Asarning bu qismini turkiy tillarning ilk grammatikasi deyish mumkin. Bu asarda so'z turkumlari an'anaga muvofiq ism (ot), fe'l va yordamchi so'z turkumlaridan iborat. Olmosh, sifat, son ham ismlar tarkibiga kirgan. Har qaysi so'z turkumlaridagi har qaysi grammatik ma'no ifodalovchi morfologik vositalar o'zi qo'shilayotgan asos qismining fonetik tuzilishi xususiyatiga mos ravishda bir necha ko'rinishda namoyon bo'lishini bayon qiladi. Otlar atoqli va turdosh otlarga bo'linadi. Atoqli otlar "alan" atamasi bilan nomlanadi va biror narsaga xoslab qo'yilgan. Asarda sonlarning 4 darajasi borligi aytiladi: A) birlar (1...9), B) o'nlik (10...99), S) yuzlik (100...1000), D) minglik (1000...100000).

"Al-tuhfa" da fe'l turkumiga oid juda keng o'rin beriladi. Asarda majhul nisbat, birgalik, ortirma nisbatlari haqida ma'lumot beriladi. Majhul nisbat -l, -il shaklida, birgalik -sh, -ish shaklida, ortirma nisbat o'timlilik bilan bog'liq ravishda o'rganiladi. Asarda fe'l mayllari ham ma'lumotlar uchraydi. Buyruq, istak mayllari haqida fikr yuritiladi. Fe'l zamonlari keng yoritiladi. Fe'llardagi zamon kategoriyasi 3 zamonni o'z ichiga olishi ko'rsatiladi. A) o'tgan zamon, B) hozirgi zamon, C) kelasi zamon. Asarda yordamchi so'zlar haqida ham ma'lumotlar uchraydi. Yuklanmalarga ham "ta'kid" sarlavhasi orqali tanishtiriladi. Turkiy tillarda ma'no kuchaytirishning ikki yo'li: lafziy

March, 2023

603

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

(takrorlash) va ma'naviy ma'no kuchaytiruvchi leksik vosita orqali ifodalanishi yoritilgan.

Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki, Mahmud Qoshg'ariyning "Devonu lug'atit turk", Ibn Sinoning lingvistikaga oid "Asbobi al-xuruf ' hamda keyinchalik yaratilgan "Al-tuhfa" asarlari turkiy tillarning fonetik, leksik, grammatik xususiyatlarini yoritib beruvchi eng asosiy manbalar hisoblanadi.

REFERENCES

1. Abdulhamid Nurmonov. O'zbek tilshunosligi tarixi. T.; "O'zbekiston" nashriyoti, 2002.

2. Abdurazzoq Rafiyev. Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi. Toshkent, 2004.

3. A.Muxtarov, U. Sanaqulov. O'zbek adabiy tili tarixi. T.; O'qituvchi, 1995.

4. Karim Yusupov. O'zbek adabiy tilining tarixi. Toshkent, 1979.

XULOSA

March, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.