Научная статья на тему 'QADIMGI TURK BITIGTOSHLARIDAGI SIFATLASH VAZIFASINI O„TOVCHI RAMZIY UNVON-EPITETLARGA DOIR'

QADIMGI TURK BITIGTOSHLARIDAGI SIFATLASH VAZIFASINI O„TOVCHI RAMZIY UNVON-EPITETLARGA DOIR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QADIMGI TURK BITIGTOSHLARIDAGI SIFATLASH VAZIFASINI O„TOVCHI RAMZIY UNVON-EPITETLARGA DOIR»

QADIMGI TURK BITIGTOSHLARIDAGI SIFATLASH VAZIFASINI O'TOVCHI RAMZIY UNVON-EPITETLARGA DOIR

M. M. Dustmurodov

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti dotsenti, filologiya fanlari bo'yicha

falsafa doktori (PhD), O'zbekiston

Turkiylar tomonidan qurilgan davlat birlashmalari ichida Turk xoqonligi alohida o'rin tutadi, unda qadimgi turkiy davlatchilik, an'analar va unvonlar tizimining to'liq shakli yaqqol namoyon bo'ladi. Xoqonlikda unvonlar tizimining shakllanish jarayoni turkiy xalqlarning ko'p asrlik davlatchiligining rivojlanishi va O'rta Osiyoda davlat birlashmalarining davomiylik an'analari bilan be vosita bog' liq edi. "Qadimgi turkiy jamiyatda davlat tarixining dastlabki bosqichlaridayoq qat'iy iyerarxiya mavjud bo'lib, unga ko'ra davlatchilik jamiyati a'zosining ijtimoiy munosabatlar tizimidagi o'rni va siyosiy salmog' i uning unvoni bilan belgilangan. Bu holat qadimgi turkiy jamiyatning o'ziga xos xususiyati bo'lib, uni xitoy, qadimgi turkiy va boshqa manbalar ma'lumotlari ham tasdiqlaydi"1. Turk xoqonligida mavjud bo'lgan harbiy-ma'muriy terminlar tizimiga murojaat qilish nafaqat xoqonlikning davlat qurilishini yoritish, balki uning butun tarixini o'rganishda o'ziga xos o'rin tutadigan manba ekanligini ta'kidlash lozim.

Sifatlash vazifasini o'tovchi ramziy unvon-epitetlarga alp - "qahramon, jasoratli, jasur", apa - "ulug'; yo'lboshchi", ataman - "rahbar, yetakchi, qahramon", bilga, ôga - "dono, oqil, bilimli", inal / ïnanc / yïnanc - "ishonch; vazir", uluy -"buyuk, oliy, yuksak", tuyyun - "harbiy kengash a'zosi", kül - "dongdor, shuhratli" dono kabilarni kiritish mumkin.

Manbalarda alp - "qahramon, jasoratli, jasur, katta, bahodir" va ushbu istilohning ko'pligi bo'lgan alpayut faol ishlatilgan. alp Kul Tegin bitigida quyidagicha aks etgan: "bilga qayan armis alp qayan armis - dono xoqon ekan, bahodir xoqon ekan" (KT, 3), "alp ar biziqa tagmis arti, ... Alp Salcï aq atïn binip tagmis - alp er bizga hujum qilgan edi, ... Alp Shalchinning oq otini minib hujum qilibdi" (KT, 40). alp so'zi qadim turkiylarda "qahramonlik, jasorat, yengilmas, jismonan baquvvat" kabi tushunchalarni o'zida mujassamlashtirgan. alp so'zi hozirgi turkiy tillarda deyarli bitigtoshlar matnidagi mazmunida saqlangan. Jumladan, O'TILda "qadimgi turkiy xalqlarda ikki qo'shin o'rtasidagi jang boshlanishidan oldin yakkama-yakka olishuvda ishtirok etuvchi jangchi", shuningdek, "o'zbek xalq dostonlarida g'ayri-tabiiy kuch-quvvati, mardligi, jasorati va sh.k. bilan ajralib

1 Кубатин А. Система титулов в тюркском каганате: генезис и преемственность. -Т.: Янги нашр, 2015. -С. 4. https://tipi.uz/

May 3, 2024

turadigan qahramon" sifatida izohlangan (O'TIL, II, 75). Keyingi davr turkiy adabiyotda ham alp ayni yuqorida izohlangan ma'nolarda ishlatiladi. "Oshiq Posho "G'aribnoma" asarida alplikning to'qqiz shartini qayd etadi. Bunga ko'ra, alp kishida sog'lom yurak, baquvvat tana - kuchli muskullar, g'ayrat, kuchli ayg'ir, maxsus zirhli kiyim, yaxshi bir o'q va yoy, qilich va nayza, yo'ldosh kabi sifatlar bo'lmog'i lozim"1. O'zbek xalq dostoni "Alpomish"da ham asl ismi Hakimbek bo'lgan qahramon o'zining zo'rligi bilan butun qavmi orasida jasorat ko'rsatgach, alp nisbasini olib, Alpomish daraja-unvoniga erishadi.

Alpning ko'pligi sifatida qaraladigan alpayuni J.Kloson va M.Erdal yanglish yozilgani, to'g'risi alpayut bo'lishi kerakligini qayd etadi. J.Kloson bunga dalil sifatida Kul Tegin bitigidagi ayni istiloh qo'llangan jumlani va (toyra bir ogus alpayu on arig toya tagin yoyi'nta agirip olürtümiz (KT, 7) Bilga xoqon bitigi sharqiy qismidagi 31-satrda tuzatilgan holatini keltiradi: "anta toyra alpayuti bir ogusug toya tagin yoyi'nta agira tokidim". Bunda alpayutning tarkibidagi alp - asos, -ayut -qo'shimcha sifatida jamlik ma'nosini bildiruvchi -ayu va eski turkchada ko'plik affiksi bo'lgan -t qo'shimchasining birikuvidan shakllangan.

Bitiglarda apa - "ulug'; yo'lboshchi" istilohi va u bilan bog'liq apatarqan (apa-tarqan) - "bosh qo'mondan" harbiy kompozitasi tilga olinadi. Ushbu harbiy-ma'muriy unvon To'nyuquq yozuvida quyidagicha tasvirlanadi: "apa tarqanyaru icra sab idmis - Apatarxon (bosh qo'mondon)ga maxfiy (yashirin) gap (xabar) yuboribdi" (To'n, 34); "Inancu apa yaryan tarqan atig - Inanchu Apa Yargan Tarxon otini (berdim)" (KT, Ks). Jumlalarda apa unvoni shaxs nomi va nisbalardan-da oldin kelib, yuksak bir daraja vazifasini ifodalamoqda. Bitiglar davri turk tilida "apa xalq orasida bilimdon, donoligi bilan tanilgan, yoshi ulug' davlat arboblariga tegishli unvon hisoblangan" . Ushbu leksema keyingi davrlar turkiy tillarida bir qancha o'zgacha ma'nolar kasb etdi. apa unvoni bilan kelgan nomlar manbalarda quyidagicha aks etgan: "Apa Tarqan (To'nyuquq, Kuli Cho'r), Baca Apa Icraki (Miran), Cor Apa (Chakul), Inancu Apa Yaryan Tarqan (Kul Tegin), Kul Apa Uruyu (Miran), Kulug Apa (Chakul)"3 va h.k.

"Rahbar, yetakchi, qahramon" ma'nolaridagi kishi nomi va unvonini anglatuvchi ataman4 - harbiy-ma'muriy istilohi ham alohida ahamiyatga molik. Unvon Bilga xoqon bitigida tilga olinadi: "ulayu sadapit baglar ... ataman tarqan, Tonyuquq, boyla baya tarqan - keyin shadapit ... ataman Tarxon, To'nyuquq, Bo'yla

1 §irin H. Kül Tigin yaziti ... - S. 101.

2 §irin H. Kül Tigin yaziti... - S. 149

3 Gömeg S. Kök Türkge yazili belgelerde ...- S. 930.

4 A.Donuk bu unvonni taman shaklida ham beradi. Donuk A. Eski Türk devletlerinde ... - S. 37

May 3, 2024

21

Bag'a Tarxon" (BX, 14). Bu yerda ataman so'zi "yetuk, mohir" ma'nosidagi bir unvon yoki nom sifatida qo'llanilmoqda.

Bilgä derivati "dono, oqil, bilimli" ma'nosida harbiy-ma'muriy unvonlar tizimida keng voqelangan. Unvon Kul Tegin, Bilga xoqon, To'nyuquq, Ongin, Kuli Cho'r va uyg'ur matnlarida uchraydi. To'nyuquq bitigtoshida ushbu ism bilan birga qo'llanib, "alloma, dono" sifatlarini ifodalagan: "Bilgä Tonyuquq bän özüm Tabyac äliyä qilintim - Bilga To'nyuquq men o'zim Tabg'ach davlatida tarbiyalandim" (To'n, 1). Bilga xoqon matnida bilgä derivati ham shaxs nomi ham unvon vazifasini o'taydi: "Täyri-täg täyri yaratmis Türük Bilgä qayan sabim - Tangriday tangri yaratmish turk Bilga xoqon nutqim" (BX, 1). bilgä unvoni, "qadimgi turk davlatlarida dashtliklarning yashash shart-sharoitlarini saqlab qolish, qabilalarning hayoti uchun mos bo'lgan mintaqalarni qo'l ostida tutish, mamlakatda ma'muriy birlikni saqlash, harbiy qudratni oshirish, marosimning doimiyligini ta'minlash, turk madaniyatini buzadigan tashqi ta'sirlarga qarshi tura oladigan siyosat homiysi darajasidagi hukmdor - Xoqonga nisbatan ishlatilgan"1. Aytish lozimki, "Bilgäsi cabisi bän-oq ärtim" gapidagi bilgäsi so'zini S.Malov va G.Aydarovlar bilig äs + i (bilim eshi, yo'ldoshi) shaklida tahlil qilganlar .

Hukmdorlar va davlat arboblaridan tashqari, turkiy hukmdorlar oilasidan bo'lgan xotunlar ham xunlar davridan qo'llanib kelayotgan ushbu unvon bilan sarafroz qilingan. Jumladan, "Bilga xoqonning onasi va Uyg'ur xoqoni Mo'yun Cho'rning xotini Äl Bilgä unvoni bilan ulug'langan" . Uyg'ur davrida bilgä istilohining xoqonga mos keladigan ma'nosidan tashqari Buddizm va Moniylik kabi yangi e'tiqodlar ta'siri ostida dasht hayotini shakllantirish va marosimni saqlash tushunchasidan biroz uzoqlashib "bilgä baxsi", "bilgä bilig", "budxapilgä", "bilgä burkan", "bilgä täyri"4 kabi ko'plab birikmalar tarkibida qo'llanganini ko'rish mumkin. Qoraxoniylar davriga xos uyg'ur turk matnlarida istilohning ma'nosi yanada ravshanroq tus olgan. bilgä istilohi "Qutadg'u bilig" va "Devonu lug'otit-turk"da ham yuqoridagi ma'nolarida qo'llangan: "Iki türlüg ol kör bu asli kisi biri bäg biri bilgä" (QBN, 3112). DLTda so'z "hakim, hikmatshunos" (DLT, I, 403), "olim" (DLT, I, 403; 85), "oqil, aqlli" (DLT, I, 403) ma'nolarida izohlangan. Hozirgi o'zbek tilida ushbu leksema bilan o'zakdosh bil, bilim, bilimli, bilimdon so'zlari mavjud.

1 Kafesoglu i. Türk Milli Kültürü... - S. 268.

2 Абдура^монов F., Рустамов А. Кддимги туркий тил... - Б. 116-117.

3 Bombaci A. The Husband of Princess Hsien Li Bilgä // Studia Turcica. - Budapest, 1971. - P. 103-123.

4 §inasi T. Uygurca Metinler II, Maytrisimit Burkancilarin Mehdisi Maitreya ile Bulu§ma Uygurca iptidai Bir Dram.-Ankara: Atatürk Üniversitesi, 1976. - S. 17-18.

May 3, 2024

22

Bitiglarda tez-tez ko'zga tashlanadigan istilohlardan biri inäl (inaq / y'inaq) va inanc (yinanc) bo'lib, ular yuqori darajali harbiy-ma'muriy unvonni ifodalagan. Istiloh turkiy va uyg'ur yozuvlarida tilga olinadi: "Inancu apa yaryan tarqan atig (birtim) - Inanchu Apa Yargan Tarxon otini (berdim)" (KT, Ks); "sü basi Inäl qayan Tardus sad barzun tädi - lashkarboshi Inal xoqon Tardush shadi borsin, dedi" (To'n, 31). "Eski uyg'urchada inaq "ishonch, boshpana, umid, do'st, birodar", ushbu o'zakdan shakllangan inäl "boshqaruv", rutba va shaxs oti, inanc esa shaxs oti va "vazir, vasiy, nozir" ma'nosini anglatgan"\ Xususan, uyg'urcha matnlardagi ccUmuy inoy birikmasi "ishonilgan, kutilgan, orzu qilingan biror narsa yoki kimsa"

9

ma'nolarida ishlatilgan" . Ko'rish mumkinki, bir o'zakdan shakllangan ushbu leksemalar keyingi davrda ham bitigtoshlardagi ma'nosini yo'qotmagan. "Buxoro amirligida qushbegidan keyingi ikkinchi oliy harbiy mansab egasi inoq deb yuritilgan" .

"Buyuk, oliy, yuksak" ma'nolaridagi uluy ramziy unvoni ko'k turk va uyg'ur yozuvlaridan Kul Tegin bitigida quyidagicha tilga olingan: "Anta kisrä Yär Bayirqu Uluy Ärkin yay'i bolti - undan keyin Yer Bayirqu (li) Ulug' Erkin dushman bo'ldi" (KT, 34). Manbalarda ushbu unvon shaxs nomlari bilan birga qo'llanilsa-da, ayrim o'rinlarda davlat va elat nomlari oldidan kelib, ularga ham o'zining yuqoridagi ma'nolarini yuklaydi. Taryat bitigtoshidagi CiUluy buyruq toquz bolmis" jumlasi buni dalillaydi. II Sharqiy Turk xoqonligi asoschisi Qutluy Ältärisning (682-691) inisi Bögü cör Qapyan qayan (691716) Tan imperiyasi tomonidan Eltarish ulug' shanyuy (xit. syetyelishi da shanyuy)4 unvoniga loyiq ko'rilgani yilnomalarda zikr qilinadi5. Mahmud Koshg'ariy uluy so'zini "ulug', har narsaning ulug'i" tarzida izohlagan (DLT, I, 95). Ikki manbadagi ayni so'zda ham "qadimgi, eski, ko'p narsani va ko'p davrni kechirgan, ko'hnalik, buyuklik" integral semalari mavjud. O'TILda ulug' leksemasi "kuchli, buyuk, ustun, o'z ishida muvaffaqiyatga erishgan, rahbar, yo'lboshlovchi, bek, yigit" deb izohlangan (O'TIL, IV, 280-81).

Davlatning harbiy kengash a'zosi bo'lgan tuyyun O'rxun-Yenisey bitiglaridan faqat Kul Tegin matnlarida ältäbär bilan birgalikda uchraydi: "bunca bädizig Tuyyun Ältäbär kälü(r)ti - naqshini Tuyg'un Eltabar keltirdi" (KT, 53). Ayrim tadqiqotchilarga ko'ra, tuyyun so'zining lug'aviy ma'nosi "to'y birligi ichida; to'yga mansub", ya'ni "to'y a'zosi" (Davlat Kengashi a'zosi)dir6. Ushbu leksema O'TILda

Caferoglu A. Eski Uygur Türkgesi Sözlügü... - S. 86.

2 Nemeth G. A Ilonlbglalö Magyarsag Kialakulsisa. - Budapest, 1930. - S. 262. ' Дадабоев X,. Тарихий харбий терминлар лугати. - Т.:, 2003. - Б.38. ' Бобоёров. F. Fарбий Турк хоконлиги... - Б. 176.

' Togan i., Kara G., Baysal C. Qin kaynaklarinda Türkler. Eski T'ang Tarihi. - Ankara: TTK, 2006. - S. 240.

Seyitdanlioglu M. Eski Türklerde Devlet Meclisi "Toy" - S. 9.; Donuk A. Eski Türk devletlerinde ... - S. 52.

Uzerine Dü§ünceler // TA D. - Cilt XXVIII. - Ankara, 2009.

May 3, 2024

23

(I) "tez sezib, fahmlab, payqab oladigan; sezgir"; (II) "qirg'iy yoki qarchig'ayning erkagi" ma'nosida izohlangan (O'TIL, IV, 185). Aytish lozimki, tuyyunning HO'ATdagi ma'nosi va qadimgi turkchadagi unvonlik vazifasini hisobga olib, fahm-farosatlilik, zehnlilik kabi xislatlar ushbu unvon sohibiga zarur fazilatlar sifatida ko'rilganini ta'kidlash lozim.

Kultaginning nomi va boshqa bir qancha o'rinlarda ko'zga tashlanadigan kul epiteti lug'aviy jihatdan "dongdor, shuhratli" ma'nosini ifodalab, tagin substantivi bilan sintagmatik munosabatga kirishib, "atoqli, dongdor xoqonzoda" ma'nosini anglatgan. O'rxun-Yenisey obidalari va xitoy solnomalarida xoqonlikning harbiy yurushlarida Kultaginning asosiy o'rinlarda tilga olinishi uning jamiyatda egallagan mavqeyi tufayli ushbu unvonga sazovor bo'lgan, deb hisoblash imkonini beradi. Ba'zi manbalarga ko'ra, kul so'zi HO'ATda ham faol bo'lgan turkcha kul - o'choq leksemasi bilan aloqalantiriladi, ya'ni "qoluvchi - voris" ma'nosida. Bunda hokimiyatning merosiyligi nazarda tutiladi.

"Omadli, baxtli" ma'noli harbiy-ramziy unvon yolluy derivati bilan ifodalangan. Bu istiloh turk va uyg'ur yozuvlarida mavjud. Bilga xoqon bitigtoshida matn muallifi nomi tarkibida qo'llangan: "Bilga qayan b(itigin) Yolluy tagin bitidim -Bilga xoqon bitigini (men) Yollug' Tegin yozdim" (BX, XI). Ta'kidlash lozimki, manbalardan olingan ma'lumotlar Turk xoqonligida mansab, lavozim va rutbalarning qat'iy iyerarxik tizimi bo'lganligini urg'ulashga imkon beradi, har bir daraja uchun mos keladigan istiloh mavjud edi.

Shartli qisqartmalar BX - Bilga xoqon bitiktoshi DLT - Devonu lug'atit-turk DTS - Drevnetyurkskiy slovar KCH - Kulicho'r bitiktoshi KT - Kul Tegin bitiktoshi MCH - Mo'yun Cho'r bitiktoshi NAL - Navoiy asarlari lug'ati O'TIL - O'zbek tilining izohli lug'ati

QBH, QBK - Юсуф Хос Хржиб. "Ky^Fy билиг" С. Крхира нусхаси (Daru'l-kutub va'l-vasaiki'l-kavmiyya tasavvuf turki 168. Nr) QTT - Qadimgi turkiy til (G'.Abdurahmonov va b. asari) To'n - Tunyuquq bitiktoshi

24

References / Adabiyotlar

1. Arat Re §it Rahmeti. Yusuf Has Hacip - Kutadgu Bilig I: Metin, 5. Baski, -Ankara. Türk Dil Kurumu, 2007. - S. 2334.

2. Atalay B. Divanü Lugati't-Türk tercümesi. I. - Ankara: TDK Yayinlari, 1998. - S. 457.

3. Clauson G. An Etymological Dictionary of Pre-Thirteenth-Century Turkish. -Oxford, 1972. - 1038 p

4. Dadaboyev H., Yodgorov H. O'zbek harbiy terminologiyasi. O'quv qo'llanma -Т.: Sahhof, 2021. - 210 b.

5. Dankoff R. (with James Kelly) Mahmud al-Kashgari... 1985. - Р. 217.

6. Erdal M. Old Turkic Word Formation. A Functional Approach to the Lexicon. Volume: I. - Wiesbaden, 1991. - Р. 205.

7. Eren H. Türk Dilinin Etimolojik Sözlügü. 1. Baski. - Ankara, 1999. - S. 88.

8. Karamanlioglu Ali F. Gülistan Tercümesi. - Ankara: TDK Yay, 1978. - S. 242/121.

9. Liu Mau-Tsai. Qin kaynaklarina göre Dogu Türkläri. Qeviri E. Kayaoglu, D. Banoglu. - Istanbul, 2006. - 640 s.

10. Resenen M. Eines Etymologischen Wörterbuchs der Türksprachen. - Helsinki. 1969. - Р. 258.

11. §irin H. Kül Tigin yaziti - notlar. Bilge kültür sanat. - Istanbul. 2015. -151 s.

12. Ta § agil А. Gök-Türkler. - Ankara, 1996. - S. 97.

13. Toparli vd. Kipgak Türkgesi Sözlügü. - Ankara: TDK Yay, 2003. - S. 313.

14. Yüce Nuri. Mukaddimetü'l-Edeb (Giri§, Dil Özellikleri, Metin, indeks). -Ankara: TDK Yayinlari, 1993. - S. 43.

15. Абдурахмонов F., Рустамов А. Кддимги туркий тил. - Т.: Укитувчи, 1982. -166 б.

16. Бартольд В. В. Древнетюркские надписи и арабские источники // Сочинения, V. - М., 1968. - С. 284311; Новые исследования об орхонских надписях // Сочинения. - М., 1968. - Том V. - С. 312-328.

17. Бичурин Н. Я. Собрание сведений о народах обитавших в Средней Азии в древние времена. Т. I. - МЛ., 1950. - С. 229;

18. Бобоёров F. Узбек тили тарихи. Т. - Фан. 2022. - Б.85.

19. Бобоёров F., Fарбий турк хоконлигининг давлат тизими. Тарих фанлари док. дис. - Тошкент, 2012. - 380 б.

20. Древнетюркский словарь. - Л., 1969. - С. 168-169.

21. Кляшторный С. Г., Лившиц В.А. Согдийская надпись из Бугута. - М.: Наука, ГВРЛ, 1971. - С. 121-146.

25

22. Курганов А. Хдрбий терминларнинг ишлатилиши ва улардаги узгаришларнинг узига хос хусусиятлар // Узбекистонда хорижий тиллар, № 4 (23) 2018. - Б.77.

23. Кызласов И.Л. Материалы к ранней истории тюрков. I. Древнейшие свидетельства об армии. Российская археология. - Москва. 1996. - С. 71-82.

24. Марков Г. Е. Кочевники Азии. - М.: Изд-во Московского университета, 1976. - С. 47-48.

25. Махмуд КошFарий. Туркий сузлар девони (Девону луFOтит-турк). Таржимон ва нашрга тайёрловчи С. М. Муталлибов. III. - Т.: Фан, 1963. - Б. 140.

26. Навоий асарлари луFати. Тузувчи: П.Шамсиев. - Т.: Гафур Гулом, 1972. - Б. 314.

27. Узбек тилининг изохли луFати. - Т.: Узбекистон миллий энциклопедияси, 2006. II. - 671 б.

28. Шевчук В.Н. Военно-терминологическая система в статике и динамике: Дис. . д-ра филол. наук. -М., 1985. - 488 с. Б. 19

29. Щербак А.М. Введение в сравнительное изучение тюркских языков. - СПб, 1994. - С. 112.

30. Эгаров. В.Г. Этимологический словарь чувашского языка. - Чебоксари, 1964 - С. 182.

26

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.