Научная статья на тему 'QADIMGI SHARQDA QADRIYATLARNING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI'

QADIMGI SHARQDA QADRIYATLARNING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
84
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sharq falsafasi / qadriyat / insonparvarlik / insonga muhabbat / odamiylik / mehribonlik / fozillik / hamdardlik / go‘zallik / Aristotel / Platon / Diogen / Ellinizm / Antik falsafa.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Rashidova B.Ya.

Mazkur maqola qadriyatning nisbiyligini tushunish uning insoniy tabiatini tushunishga, uning insonga daxldorligini, inson uchun qimmatli ekanligini anglashga imkon beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QADIMGI SHARQDA QADRIYATLARNING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI»

UDK:321

Rashidova B. Ya.

Jizzax politexnika instituti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi katta o'qituvchisi

QADIMGI SHARQDA QADRIYATLARNING SHAKLLANISHI VA

RIVOJLANISHI

Annotatsiya: Mazkur maqola qadriyatning nisbiyligini tushunish uning insoniy tabiatini tushunishga, uning insonga daxldorligini, inson uchun qimmatli ekanligini anglashga imkon beradi.

Kalit so'zlar: Sharq falsafasi, qadriyat, insonparvarlik, insonga muhabbat, odamiylik, mehribonlik, fozillik, hamdardlik, go'zallik, Aristotel, Platon, Diogen, Ellinizm, Antik falsafa.

Rashidova B. Ya. senior teacher "SocialSciences" department Jizzakh Polytechnic Institute

FORMATION AND DEVELOPMENT OF VALUES IN THE ANCIENT

EAST

Abstract. This article understands the relativity of value allows to understand its human nature, to understand that it is relevant to a person, that it is valuable for a person.

Key words: Eastern philosophy, value, humanity, love for man, humanity, kindness, virtue, sympathy, beauty, Aristotle, Plato, Diogenes, Hellenism, Ancient philosophy.

Qadimgi Xitoy falsafiy tafakkurida ham qadriyat to'g'risidagi tasavvurlar va tushunchalarning qanday paydo bo'lganligi va rivojlanganligini kuzatishimiz mumkin. Bu erda ham falsafiy tafakkur dastavval olamni mifologik tasavvur etishga asoslandi. Biroq bu uning rivojlanmaganligi va "tarixan cheklanganligidan" emas, balki unda olamga bo'lgan munosabat avval boshdanoq qadriyatli xarakterda bo'lganligidan guvohlik beradi. Qadimgi X itoy falsafasida olamni qadriyatli idrok etishga bo'lgan intilish ancha kuchli bo'lgan. Bu turlicha falsafiy ta'limotlarda olamning birlamchi elementlari (osmon, er, suv, olov va h.k.)ning qadriyatli talqin etilishida yaqqol ko'zga tashlanadi. Konfutsiy (eramizdan avvalgi 551-479 yillar) tomonidan tuzilgan va qayta ishlangan "^u szin" ("Tarix kitobi" yoki "Hujjatlar kitobi")da insonning besh qobiliyati: tashqi qiyofa - bu fazilat, u xulq-atvorni qat'iylashtiradi, nutq - haqiqatga amal qilishga va so'zining ustidan chiqishga imkon beradi, ko'rish xossasi - nazokatli va

ehtiyotkor bo'lishga, tafakkur xossasi - donishmand bo'lishga imkon beradi. SHu asosda besh xil baxt (uzoq umr ko'rish, boylik, tana sog'ligi, ruh xotirjamligi, "donishmandlikka muhabbat", "osoyishta vafot etish" va olti baxtsizlik (falokat tufayli umrning qisqarishi, kasallik, musibat, qashshoqlik, tananing majruhligi, aql ojizligi) alohida ta'kidlanadi. Konfutsiy qarashlarini o'zida aks ettirgan "Lun yuy" kitobida nimaning foyda va nimaning zarar keltirishi haqida shunday deyiladi: quvonchning uch turi foyda keltiradi: 1) urf-odatga muvofiq ravishda qilgan xatti-harakatingdan va musiqadan quvonsang; 2) odamlarga ezgu ishlar haqida gapirsang; 3) donishmand odamlar bilan do'st bo'lsang. Biroq xursandchilik zarar keltirishi ham mumkin: isrofgarchilikka berilishdan, bekorchilikdan va maishatbozlikdan quvonsang, u zarar keltiradi. Konfutsiy olijanob erkakning beshta sifatini alohida ta'kidlaydi: "Olijanob erkak ezgu ishlarni qilishda isrofgarchilikka yo'l qo'ymaydi; u zo'r berib mehnat qilar ekan, achchig'lanmaydi; istaklarida hasis, ulug'likka mag'rur emas; u hurmat qozonadi, biroq qattiqqo'l emas". Konfutsiy ta'limotida "Jen" - insonparvarlik, insonga muhabbat, odamiylik, mehribonlik, fozillik, hamdardlik singari ma'nolarini anglatadi. Ravshanki, bu tushuncha zaminida ikki yarim ming yildan keyin ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan qadriyatli sifat nazarda tutiladi. SHogirdning jen to'g'risidagi savoliga Konfutsiy javob berib, shunday degan edi: "O'zing istamaganni boshqalarga xam qilma, shanda davlat ham, oilada ham hech kim senga dushmanlikni his etmaydi"

Qadriyatning nisbiyligini tushunish uning insoniy tabiatini tushunishga, uning insonga daxldorligini, inson uchun qimmatli ekanligini anglashga imkon beradi. Biroq faylasuflar insoniyat olamidagi go'zallik va xunuklik, adolat va adolatsizlik, baxt va baxtsizlik turli davrlar va turli xalqlar tasavvurida nozik chegaraga ega ekanligini ko'rdilar. Qadimgi dunyo va hozirgi davr tadqiqotchilari Protagorning qarashlarida sub'ektivizm va relyativizm mavjudligini ta'kidlaydilar. Aristotel "Metafizika" asarida yozishicha: "Protagor inson hamma narsaning o'lchovidir deyishi bilan faqat quyidagilarni nazarda tutgan: har bir odam nima qanday tuyulsa ham mavjud, ham mavjud emasdir, u yaxshi va yomondir; boshqa qarama-qarshi fikrlar ham to'g'ridir, chunki bir narsa chiroyli bo'lsa, boshqalari aksinchadir: har bir odamga nimaiki qanday tuyulsa, u o'lchovdir" Protagor qarashlarini butunlay rad etish qiyindir; buning ustiga uning tanqidchilarini beg'araz edilar, deb ham bo'lmaydi. Umuman olganda, "inson barcha narsaning o'lchovidir" degan formulaning ilgari surilishi antik gumanizmning qaror topishi uchun, olamni gumanistik - qadriyatli tushunish uchun g'oyat muhim ahamiyatga ega edi. Ikkinchidan, bu formula falsafiy tafakkur olamiga kirib keldi va turlicha talqin etila boshladi. Platon olamga qadriyatli munosabatning eng muhim momentlarini, uning xilma-xilligini va birligini ochib berdi. U eng ko'p qadrlanadigan boylik g'oyasiga ta'rif berdi: "O'rganilishi kerak bo'lgan narsalar faqat qadriyat tufayligina o'rganiladi; qadriyat ularga ham borliq, ham mavjudlik beradi, qadriyatning o'zi garchand mavjudlik bo'lmasa-da, u mavjudlikdan tashqaridadir, o'z afzalliklari va kuchi

bilan undan yuksaklikda turadi". Aristotel qadriyatning mohiyati va mavjudligini tushunishda Platon fikriga qo'shila olmadi:. Men e'zozlanadigan qadriyat deganda yaxshi, ilohiy qadriyatni, masalan, jon va aqlni - nimaki birlamchi bo'lsa, o'shalarni nazarda tutaman. Yana buning ustiga, e'zozlanadigan qadriyat hamma tomonidan hurmat qilinadigan va sharaflanadigan narsalardir. Fozillik ham qadriyatdir, u tufayli inson hurmatga munosib bo'ladi, u shundagina fozil kishilarga xos go'zallikka ega bo'ladi: "Maqtaladigan qadriyat" - bu, xatti-harakati maqtovga loyiq bo'lgan fozil kishilarning o'zidir; "Qadriyat - imkoniyat, bu - hokimiyat, boylik, kuch-qudrat, go'zallik". Qadriyatning to'rtinchi turi ham bor. Bu - "qandaydir saqlovchi yoki boshqa qadriyatlarni yaratuvchi" qadriyatdir. Masalan, gimnastika ana shunday qadriyat bo'lib, u sog'liqni saqlaydi. Aristotel qadriyatning boshqa mantiqiy prinsiplar asosida ham qismlarga ajratdi. U qadriyatlarni final va instrumental, moddiy va ma'naviy qadriyatlarga ajratdi. "Qadriyat jonda bo'lishi (fozillarda shunday) yoki tanada bo'lishi (masalan, sog'lik, go'zalliklar) yoxud tashqarida bo'lishi (boylik, hokimiyat va shunga o'xshashlar) mumkin". Jondagi qadriyat "eng yuksak" qadriyatdir. U namoyon bo'lishiga ko'ra uch xil: "oqillik, fozillik va lazzatlanish" bo'lib, ularni o'zida mujassamlashtiradi. Aristotel aksiologiya uchun g'oyat muhim bo'lgan masalalardan biri bo'lgan turli sub'ektiv baholar va qadriyatlarning nisbati masalasini kun tartibiga qo'ydi. U qadriyatli munosabatlar kishilarning yoshi va axloqiy sifatlariga bog'liq ravishda bir-biridan farqlanishini alohida ta'kidladi. U: "xilma-xil narsalar bolalar va erkaklarga, tentak va fozil kishilarga qadrli bo'lib tuyulsa, bu mutlaqo oqilonadir", - deb yozdi. Uning fikricha, fozil inson haqiqiy qadriyat o'lchovidir. Qadrlanishning mezoni muammosi antik dunyo mutafakkirlarining doimiy e'tiborida bo'ldi. Ular "qadriyat" tushunchasini to'g'ridan-to'g'ri qadimgi yunoncha aksia (axia) so'zi bilan ifoda etdilar. Diogen Laertskiy ularning qadriyat to'g'risidagi ta'limotlarini shunday bayon etdi: "Predmetlar orasida hurmatga loyiq va e'tibor berishga arzimaydigani bo'ladi. Hurmatga loyiqlari qadriyatga ega bo'ladilar. Qadriyat, birinchidan, hayotga ko'mak beruvchi ayrim vositachilik yoki foydadir, u tabiatiga muvofiq ravishda boylik ham, sog'lik ham keltiradi; uchinchidan, tovarning tajribali baholovchi tomonidan belgilanadigan ayirboshlash narxidir. Hurmatga loyiq narsalar qadriyatga egadir. Masalan, qalbning xususiyatlari - iste'dod, san'at, kamolot va shunga o'xshashlar yoki hayot: sog'lik va quvvat, farovonlik, ziyon-zahmat chekmaslik, go'zallik singari tana xossalari yoxud boylik, sha'n-shavkat, mashhurlik singari tashqi holatlardir. Qadriyat e'tibor berishga arzimaydigan narsalarga qarshi turadi. Ular qalb xossalari (noshukrlik, layoqatsizlik kabilar) ni va tananing o'lim, kasallik, jarohat, majruhlik singari xossalarini hamda muayyan tashqi holatlar (qashshoqlik, omadsizlik...)ni o'z ichiga oladi" Demak, stoiklarda qadriyatning ancha keng ta'rifi yaratilgan bo'lib, ularning bir qismi XIX-XX asr aksiologiyasida qaytadan tiklandi va qayta kashf etildi. Ular qadriyatlarni "qalb xossasi", "tana xossasi" va "tashqi holat" singari turlarga ajratdilar. Antik falsafa

ellinizmning so'nggi davrida sub'ekt va ob'ektning eng umumiy tarzda ayniyligini anglash orqali olamni global - qadriyatli tushunishga muvaffaq bo'ldi.

Adabiyotlar:

1. Shodmonova SH. S. Oilada kichik maktab yoshdagi bolalarni milliy qadriyatlar asosida axloqiy tarbiyalashning pedagogik asoslari: ped.fan. nom .. .yozilgan diss. Avtoref. - T.: FTDK, DITAF bosm. 2001. - 19 b.

2. Shoumarov SH., SHoumarov G'. Muhabbat va oilaviy hayot. - T.: Abu ali ibn Sino, 1999. - 93 b.

3. Рашидова, Б. (2022). ЮКСАК МАЪНАВИЯТ АВВАЛО ИНСОН ОДОБИДА НАМОЁН БУЛАДИ. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(12), 351-355.

4. Рашидова, Б. Я. (2024). ТАЪЛИМ-ТАРБИЯ КАНЧА МУКАММАЛ БУЛСА, ХАЛК ШУНЧА БАХТЛИ ЯШАЙДИ. Educational Research in Universal Sciences, 3(1), 464-469.

5. Yaxyayevna, R. B. (2023). The Role of the Neighborhood in Preparing Young People for Family Life. AMERICAN JOURNAL OF SCIENCE AND LEARNING FOR DEVELOPMENT, 2(3), 37-40.

6. Yaxyayevna, R. B. (2023). We Will Not Allow Ignorance to Replace Enlightenment. Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences, 2(3), 23-26.

7. Tajibaev, M. A., & Kholbekova, M. U. (2022). SYNERGETIC METHODOLOGY SERVES HUMANITY. Scientific progress, 3(3), 934-937.

8. Abdurashidovich, T. M. (2022). YOSHLARDA SINERGETIK DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISH OMILLARI. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(3), 203-207.

9. Abdurashidovich, T. M. (2022). SINERGETIKA-YOSHLARNING YANGI DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRUVCHI BILIM SIFATIDA. FAN, TA'LIM, MADANIYAT VA INNOVATSIYA, 1(2), 69-73.

10. Ruziyev, A. (2021). ДУНЁКАРАШДА ТАРИХИЙ ХОТИРА ВА ОНГНИНГ УЗАРО ДЕАЛЕКТИКАСИ. Научно-просветительский журнал" Наставник", (2), 187-193.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.