Научная статья на тему 'MARKAZIY OSIYO MUTAFAKKIRLARNING JAMIYAT TO`G`RISIDAGI QARASHLAR'

MARKAZIY OSIYO MUTAFAKKIRLARNING JAMIYAT TO`G`RISIDAGI QARASHLAR Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
2765
217
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
moturidiya / jabariylar / qadariylar / murosaviy muvozanat / jamoaviylik / mitroizm.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Abulqosimova Sabina, Mavlonova Sabina, Qaxarov Asrbek, Xurshid Samatov

Sharq xalqlarining hayotga bo‘lgan sotsiologik qarashlari mohiyat e’tiboriga ko‘ra, G‘arb sotsiologlarining ijtimoiy yondoshuvlaridan farq qiladi. Qadimgi Sharq kishisi uchun o‘zlikni anglash, ma’naviy komillikka erishish, ozodlik tushunchasi moddiy borliqdan voz kechish, tashqi dunyo tashvishlarini inkor etish, o‘zlikda sokinlik topishga intilish harakatlaridan iboratdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MARKAZIY OSIYO MUTAFAKKIRLARNING JAMIYAT TO`G`RISIDAGI QARASHLAR»

MARKAZIY OSIYO MUTAFAKKIRLARNING JAMIYAT TOGRISIDAGI

QARASHLAR

Abulqosimova Sabina, Mavlonova Sabina, Qaxarov Asrbek

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari

Samarqand filiali talabalari Ilmiy rahbar: Xurshid Samatov https://doi.org/10.5281/zenodo.7589389

Annotatsiya: Sharq xalqlarining hayotga bo'lgan sotsiologik qarashlari mohiyat e'tiboriga ko'ra, G'arb sotsiologlarining ijtimoiy yondoshuvlaridan farq qiladi. Qadimgi Sharq kishisi uchun o'zlikni anglash, ma'naviy komillikka erishish, ozodlik tushunchasi moddiy borliqdan voz kechish, tashqi dunyo tashvishlarini inkor etish, o'zlikda sokinlik topishga intilish harakatlaridan iboratdir.

Kalit so'zlar: moturidiya, jabariylar, qadariylar, murosaviy muvozanat, jamoaviylik, mitroizm.

Yaxshilik va yomonlik o'rtasidagi kurash, ijtimoiy jarayonlarni konfliktologik yondoshuv orqali hal etishga urinishlar mitraizm oqimi shaklida G'arbiy Yevropa va butun Rim imperiyasidan tortib Ahamoniylar, Kushon va Sosoniylarning buyuk imperiyalari amal qilgan davrlarda ham o'z ta'sirini o'tkazib keldi.

Eramizning III va IV asrlariga kelib, mitraizmning qarama-qarshilik g'oyalaridan toliqqan insoniyat sabr-toqat, hamkorlik, mehr-muhabbat g'oyalarini asos qilib oigan xristianlik, keyinchalik esa islom dinlariga e'tiqod qila boshladi. Darhaqiqat, insoniyat tabiatan kurashga, doimiy mojarolarga emas, sabr-toqatga, itoat va hamkorlikka, tinchlikka moyildir.

Sharq sotsiologiyasi maktabida Xitoy mutafakkirlarining ijtimoiy qarashlari alohida o'rin tutadi. Eramizdan oldingi sin va Xan davrlarida Xitoyda kuchli markazlashgan imperiyalar tarkib topdi. Bu davr uchun xarakterli xol shundan iboratki, imperiyagacha bo'lgan davrda amal qilgan «ixtilofdagi hukmdorlar» tarqoq

mafkuralarining Xitoyni buyuk davlat daraj asida yuksalilishiga xizmat qiluvchi yangi milliy g'oya bilan birlashuvi, ya'ni osmon obrazining ilohiy ramz sifatida qabul qilinishi bo'ldi. Binobarin, diniy mutaassiblik va kosmologiya g'oyalari Xitoy hukmdorlarini azaldan osmoniy hukmdor mavqeiga yuksalish orzulari yo'lida xizmat qilib kelar edi. Xitoy va butun Sharq mamlakatlariga xos bo'lgan ramzlar ilohiyligiga ishonish esa kosmologiya g'oyasining qabul qilinishiga turtki bo'ldi. Bu rasmiy mafkuraning mohiyati tabiat va jamiyat jarayonlariga osmon fe'l-atvoridan kelib chiqqan holda yondoshish va baho berishga intilishdan iboratdir. Osmoniy tabiat dastawal osmon farzandi imperatorga xos bo'lib, u jamiyatda kechuvchi ziddiyatlar, muammolarga ortiqcha aralashmaydi. Ba'zida esa ijtimoiy ziddiyatlar haddan oshgan kezlarda bamisoli osmoniy o't - momaqaldiroq, yoxud dovul singari ana shu ixtilofiy xollarga keskin zarba berib turadi.

Kosmologik g'oyalar asta-sekin osmoniy imperiyaning har bir jabhasida ma'lum bir ramziy belgilar tarzida ifodalanib, rasmiy muloqotlar, marosimlar hamda bayramlarda ham namoyon bo'la boshladi. Osmoniy hukmdorning ramziy tamg'asida uch gorizontal chiziq, ya'ni osmon, yer va insondan iborat mohiyatlarni ifodolovchi chiziqlarni, ya'ni hukmdor iznini ifodalovchi bir vertikal chiziq kesib o'tishini aks ettirib turardi.

Xitoyda Konfutsiy ahloqiga binoan inson dunyo tartiboti tizimida favqulodda o'rin tutishi, umumiy dunyo taqdiri uchun mas'ullik hissining cheksizligi targ'ib etilsa, kosmologiya g'oyasida siyosat va kosmik ritm o'rtasida murosa o'rnatilishi asoslandi. Xitoy siyosati esa «inson o'ziga nima» deb emas, «inson davlat uchun nima» degan savolga javob izlar edi. Inson jamiyatda faqat o'z qobiliyatiga tayanib, qachon undan foydalanishlari muddatini kutib yashashga mahkum etilgan edi. Shu boisdan ham Xitoyda davlat jamiki jarayonlarni boshqaruvchi kuch sifatida jamiyatda har bir individning ijtimoiy mavqeini ham belgilab boruvchi omil vazifasini o'tar edi.

Konfutsiy osmoniy g'oya nazariyasini sotsiologik tadqiq etgan holda ma'rifiy bo'yoqlar bilan yanada rivojlantirdi. Uning nuqtai nazariga ko'ra, jamiyatni mustahkam munosabatlar tizimiga ega bo'lgan oilaga o'xshatish mumkin. U odamlar o'rtasidagi munosabatlar tizimini besh ko'rinishga ajratadi. Ular quyidagilar: 1) ota va farzand; 2) er va xotin; 3) aka-ukalar; 4) turli oilalar va nihoyat, 5) hukmdor va

fuqarolararo munosabatlar. Inson, Konfutsiy fíkriga ko'ra, nima hayoliga kelsa shuni qilishga emas, balki jamiyat tomonidan belgilab qo'yilgan, ijtimoiy tabaqa mohiyatidan kelib chiquvchi majburiyatlarni bajarishga mas'uldir.

Konfutsiy jamiyatni boshqaruv masalasida shunday degan edi: «Agar meni hukmdorlardan birortasi jamiyatni boshqaruv ishiga jalb etgudek bo'lsa, 12 oyda ishda ijobiy o'zgarishlar yasagan va uch yil mobaynida boshqaruv ishini tubdan takomillashtirgan bo'lur edim».

Afsuski, Xitoy hukmdorlaridan hech biri uning xizmatidan foydalanishni lozim topmagan. Konfutsiy nuqtai nazariga ko'ra, har bir shaxs o'ziga belgilangan ijtimoiy mavqe doirasida sidqidildan faoliyat yuritishi, ya'ni ota ota o'rnida, farzand farzand sifatida, hukmdor esa hukmdordek ish qilishi lozim.

Konfutsiy kishilarni jamiyatda egallab turgan o'rinlarini, ijtimoiy mavqelarini o'zgartirishlariga qarshi turgan. U insonlarning o'z ijtimoiy mavqelarini o'zgartirish yo'lidan emas, balki shu mavqe mazmunini teran bilimlar bilan boyitishga chaqiradi. Bilimlar kishiga nafaqat ma'lumotli bo'lish uchun, balki to'g'ri ish tutish, oqil xatti-harakatlar qilish uchun ham kerakdir.

Konfutsiy sharq mutafakkirlariga xos xususiyatlarni namoyon etib, jamiyatda kishilar turli ijtimoiy tabaqalarda yashashlarini ma'qullagan holda, bu tabaqalar o'rtasida doimiy murosa, kelishuv bo'lishini, ziddiyatlarga aslo yo'l qo'ymaslik zarurligini uqtiradi. Konfutsiy ham ijtimoiy taraqqiyot davlatlararo va tabaqalararo konsensus-yakdillik, hamfíkrlilik amalga oshgandagina yuz berishiga qat'iy ishonadi.

Qadimgi Sharq falsafasi, uning teologik asoslari qadimgi Movarounnahr xududida yashovchi xalqlarning ijtimoiy jarayonlarga munosabatlari va fikrlash tarziga bevosita o'z ta'sirini ko'rsatgan. Xususan, o'zbek xalqi va uning boy ma'naviyatining shakllanishiga islom dinining kirib kelishi va uning xalq tomonidan qabul qilinishi o'ziga xos xodisa bo'ldi, deb hisoblash mumkin. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, o'zbek xalqi Islom diniga o'z milliy xususiyatlari, urf-odatlari, turmush tarzi, an'analari bilan kirib keldi. Bu esa qabul qilingan islom teologiyasi nazariyasiga tegishli aniqliklar va tadrijiy o'zgartirishlar kiritilishini taqozo eta boshladi.

Movarounnahr jamoatchilik fikri tarixini o'rganishda Abu Mansur al-Moturidiyning o'rni beqiyosdir. Sunniylik asosidagi islomdagi katta yo'nalishni tashkil etuvchi Moturidiya maktabining asoschisi Abu Mansur al-Moturidiy asarlariga nafaqat dinshunoslik, balki jamiyat, jamoa, ijtimoiy jarayonlar va xususan shaxs haqidagi ta'limot sifatida yondoshish, ularni Movarounnahr xalqlari hayot tarzi, mentalitetiga muvofiq keluvchi, ularni G'oyaviy, e'tiqodiy yakdillikka undovchi yaxlit ilmiy sotsiologik konsepsiya sifatida baholash va har tomonlama o'rganish maqsadga muvofiqdir. Ulrix Rudolf shaxsning islom e'tiqodi doirasidagi faoliyati, erkin fikrlash huquqi va imkoniyatlarini atroflicha asoslagan Al-Moturidiy qarashlarini oqilona me'yor, inson sha'ni, mavqeiga eng muvofiq keluvchi nazariya deb baholaganda, buyuk hamyurtimizning xarakterli qirralarini ochib berdi. Darhaqiqat, inson shaxsi va mavqei masalasi, uni turli ijtimoiy-siyosiy, kerak bo'lsa, diniy tazyiqlardan himoya qiluvchi Al-Moturidiyning murosaviy muvozanat konsepsiyasini, islomni anglash jarayonlaridagi ijobiy jihatlar yiQindisigina emas, balki Movarounnahrdagi real ijtimoiy-siyosiy muhit, xalq turmush tarzi, mentaliteti, boy madaniy-tarixiy tajribasi bilan boyitilgan insoniy yondashuvlar sintezi, deb baholash maqsadga muvofiqdir. Al-Moturidiy jamoa va jamiyatning voqelik mohiyatini ramzlarda talqin etishga diqqatni qaratadi. Insonning intellektual kamoloti, shartlilik, ramzlarga ko'chish darajasiga, o'zlikni nechog'li mavhumlashtirishga bog'liqligini, bu esa o'z navbatida mohiyatni shunchalar to'g'ri anglash imkoniyatini berishini asoslab beradi.

Al-Moturidiy jabariylarning, insonni hamma amallan oldindan uning taqdirida yozib qo'yilgan, shu boisdan u o'zi qilayotgan ishlarga mas'ul emas, degan nuqtai nazarini ham, qadariylarning, Olloh inson faoliyatlari va amallarining himoyachi emas, degan nuqtai nazarini ham asosli tanqid qilib, inson yaxshi va yomon amallarini o'z erkiga ko'ra tanlashi va bu yo'lda Ollohning madadini olishi nazariyasini ilgari suradi. Shu asoslarda Al-Moturidiy Movarounnahr jamoatchilik fikrining ma'naviy asoslari kuchli insoniy mazmun bilan boyitilishiga katta hissa qo'shadi.

Al-Moturidiy insondagi ixtiyor, tanlash imkoniyati jamoaga qarshi yo'naltirilmasligi, shaxs davlat oldida mas'ul bo'lgani kabi, davlat ham shaxs oldida mas'ul bo'lishini nazariy asoslaydi. Shuningdek, Al-Moturidiy shaxsning tanlash va iroda erkinligi jamoaviy iroda oldida ustuvor kuch emasligi, jamoaviy iroda shaxsdan yuqori turishini asoslaydi. E'tiqod qiluvchi o'z ixtiyori bilan jamoaga qarshi turmasligi lozim. Chunki, umumiylikda xususiylikka ko'ra haqlik hissasi ko'proqdir. Mazkur da'vat Moturidiy qarashlarining Movarounnahr xalqlari mentalitetiga islom e'tiqodini muvofiqlashtirish, islomni yanada inson manfaatlariga yaqinlashtirish rag'batidan yuzaga kelgan, deb hisoblash mumkin.

Xulosa sifatida Al-Moturidiy Movarounnahr ijtimoiy fikriga ko'rsatgan ta'sirini quyidagi yo'nalishlarda qayd etish mumkin:

a) Al-Moturidiy Movarounnahrda jamoatchilik fikri shakllanishining o'ziga xosligini inobatga olib, umumiy fíkrga kishilarni ongli tarzda, ixtiyoriy ravishda birlashishga da'vat etgan. Bunday fíkr birligi islomiy e'tiqodda ham, hayotiy-ahloqiy sohalarda ham, mafkuraviy siyosatda ham insonlarning yakdillikka erishishlarida namoyon bo'ladi;

b) Al-Moturidiy Movarounnahr uchun xos bo'lgan mohiyatni aksariyat ramzlarda talqin etish xususiyatiga, bu borada, chuqur ildiz otgan ijtimoiy maylga diqqatni jalb etadi. Insonning intellektual kamoloti shartliliklar, ramzlarga ko'chish darajasiga, o'zlikni nechoQli majoziylashuviga bog'liqligiga, bu esa o'z navbatida mohiyatni shunchalar teran anglash imkonini berishini asoslab beradi;

v) Al-Moturidiy Movarounnahrdagi ijtimoiy muhit barqarorligi jamiyatdagi ma'naviy to'laqonliligini ta'minlash, mavjud turmush tarzi, an'analar, xalq marosim va urf-odatlari, milliy mentalitet, etnik, ruhiy-intellektual o'ziga xosliklarga tayangan holda amalga oshuviga ishonadi. Zero, Abu Hanafiya mazhabining mohiyati ham islom ta'limotining real voqelik bazisida amal etishi, shu bazis negizida yangi e'tiqod, ijtimoiy ong yo'nalishining shakllanishi va takomil topishini asoslaydi.

g) Abu Mansur al-Moturidiy amalga oshadigan barcha sa'y-harakatlar, qolaversa, ana shu sa'y-harakatlarning ma'naviy-ruhiy ifodasi sifatida namoyon bo'luvchi, hamda qayta faoliyatlar yuzaga kelishiga asos bo'luvchi jamiyatning

umumiy ijtimoiy fikri ikki tomonlama tarzda ruy berishini asoslab beradi. Ya'ni, bir tomondan, har bir alohida shaxs taqdirining azaliy hukm asosida ro'yobga chiqishi hamda amal etishi e'tirof etilgan holda har qanday holatda ham shaxsning erkin tanlash imkoniyati saqlanib qolishini atroflicha asoslaydi. Bu nuqtai nazar, ya'ni ijtimoiy voqelikka erkin yodashuv va ixtiyoriylik nazariyasini jamiyat doirasida zo'rlik, zo'ravonlik hodisalari bilan o'zaro muvofiqlasha olmaslik g'oyasini Abu Rayhon Beruniy davom ettirgan edi. Uning «odamlarning kuchsizligi ham o'zidan zaif bo'lgan birovlarga egalik va raislik qilishdan holi emas» (Beruniy A.R. Tanlangan asarlar, 1. torn, 51-53 betlar) degan nuqtai nazari Abu Mansur al-Moturidiyning inson ozodligi, Olloh oldida o'z taqdirini yaratishda erkinligi g'oyasining uzviy va mantiqiy davomidir;

d) Abu Mansur al-Moturidiy Qur'oni Karimdagi din isbot talab dalillarga emas, balki e'tiqod va ishonchga asoslanishi lozimligini har tomonlama tavsiflab, jamiyatdagi ijtimoiy fikr barqarorligi ham tazyiq va kuch vositasida emas, balki o'zaro hamjihatlik, hamkorlik negizida amal qilishi g'oyasini ilgari suradi. Ulug' mutafakkir o'zi yashagan davrdagi murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyatlar, diniy ziddiyatlar, e'tiqodiy qarama-qarshiliklar muhitida oqilona o'rta me'yor. Murosaviy muvozanat konsepsiyasini ishlab chiqqanligi va ana shu to'laqonli nazariy ta'limot vositasida Abu Hanifa tomonidan asoslangan sunniylik mazhabining Movarounnahrda keng yoyilishiga hissa qo'shdi.

Movarounnahrda tabiat va jamiyatni sotsiologik anglash va o'rganish ulug' mutafakkir Al-Forobiy tomonidan jiddiy kengaytirildi. U Abu Mansur al-Moturidiy tomonidan ilmiy-teologik jihatdan asoslangan inson erki nazariyasini yanada rivojlantirdi. U o'zining «Fozil odamlar shahri» asarida insondagi insonlik mohiyati o'zlikni anglashdan boshlanishi, fozil shaxs voqea va xodisalarning mohiyatini idrok eta bilishini, mohiyatga intilish haqni tanish ekanligini, insonga berilgan ruh aqlni rivojlantirishga, unga quwat bag'ishlashga mas'ul ilohiy kuch ekanligini, aql esa inson tomonidan narsalarni mohiyatan tanlab farqlashga ko'mak berishini asoslab beradi.

Forobiy olamni anglashda vorisiylik omilini juda katta kuchga ega ekanligini alohida qayd etadi. Uning fikriga ko'ra, inson barcha haqiqatlarni o'zining qisqa umri davomida anglashga, tabiat va jamiyatning barcha siru-asrorlarini tushunib, idrok eta olishga qodir emas. Shu boisdan u o'zidan oldinga ajdodlari tomonidan bildirilgan fikr-xulosalarni boricha shubhalanmay o'zlashtirishi zarurligi, ilm-ma'rifat bobida yetuk donishmandlar fikrlariga ergashishi lozimligini alohida ta'kidlaydi. Forobiy jamiyatning boobro' shaxslari, olimlari, oqil kishilari ijtimoiy taraqqiyotning harakatlan-tiruvchi kuchlaridir, deb hisoblaydi. Forobiy o'sha paytdayoq ijtimoiy fíkrning ahamiyati katta ekanligini chuqur anglab, zamonaviy sotsiologiyada ko'p qo'llanuvchi ekspertlar, ya'ni o'z davrining yetuk donishmandlari fikrlariga tayanib ish tutish zarurligiga urg'u beradi. «Donishmandlarga ishonib, ularga ergashuvchi odamlar o'sha narsalarni donishmandlar bilganday bilib oladilar. Zero, donishmandlarning bilimlari, eng exshi bilimlardur».

Birinchi ming yillikning so'ngida (973 yil, 4 sentyabr) tavallud topgan ulug' bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy ham sotsiologiya nazariyasini rivojlantirish ishiga ulkan hissa qo'shdi. Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» deb nomlangan qomusiy kitobini to'la ma'noda insoniyat tarixining o'tgan 5 ming yilligi voqealari tahlili va sinteziga baQishlangan mumtoz etnosotsiologik asar, deb baholash mumkin. Mazkur kitobda ulug' mutafakkir asar yozilishi jarayonida olib borgan sotsiologik tadqiqotlari, qo'llagan usullari xususida so'z yuritib shunday yozgan:

«Mazkur asarni yozish asnosida o'zimga ishonch hosil qildim-ki, aqliy narsalardan dalil keltirish, kuzatilgan narsalarga qiyos qilish yo'li bilan haqiqiy ma'lumotlarga ega bo'lish mumkin emas. Bunga faqat «kitob ahllari» va turli din arboblariga, shu (e'tiqodlarga) amal qiluvchi har xil maslak va ishonch egalariga ergashish, ularning tushunchalarini hamisha asos tutish bilan belgilanadi. So'ngra ularning isbot uchun keltirgan so'z va e'tiqodlarini bir-biriga solishtirish bilan bilinadi».

Abu Rayhon Beruniy dunyoning sotsiologik manzarasi evolyusion jarayon natijasida tarkib topganligini alohida qayd etadi. «Tuzilish va buzilish natijasida unsur bo'laklari bir-biriga qo'shilib, dunyo obod bo'lgan va olam tartibga tushgan».

Ayni chog'da Beruniy olamni ijtimoiy taraqqiyotga olib keluvchi kuch ziddiyat va qarama-qarshiliklar emas, balki turli ijtimoiy darajalardagi murosa va konsensus ekanligini uqtiradi. «Qarama-qarshiligi ravshan ayon bo'lgan narsaga qanday ishonib bo'ladi»6, deb ulug' mutafakkir qarama-qarshiliklardan xoli bo'lgan jarayonlarida o'zgarish ehtiyoji kuchayishiga ishora qiladi.

Beruniy sotsiologiyadagi muhim soha ijtimoiy tabaqalashuv haqida ham fikr yuritib, shunday deydi: «Tillarning turlicha bo'lishiga sabab odamlarning guruhlarga ajralib ketishi, bir-biridan uzoq turishi, ularning har birida turli hoxishlarni ifodalash uchun (zarur) bo'lgan so'zlarga ehtiyoj tug'ilishidir. Uzoq zamonlar o'tishi bilash haligi iboralar ko'payib, yodda saqlanishi va takrorlanishi natijasida tarkib topib, tartibga tushgan».

Ulug' mutafakkir Abu Ali Ibn Sinoning sotsiologik qarashlari o'zining ilmiy teranligi, voqelikka xushyor baho berish xususiyati bilan ajralib turadi. Ibn Sino olamning barqaror amal qilishi jamiyat va tabiatning sinergetik, ya'ni o'z-o'zini idora qilish, mustaqil boshqarish xususiyatining ishga tushishi va harakatlanishi bilan izohlanadi, deb izohlaydi. Konservativ teologiya nazariyasida mavjud bo'lgan hamma narsalarning yuz berishida taqdiri azalning roli, ilohiy hukmning mutloqlashuvi G'oyasiga qarshi chiqib, Ibn Sino dunyo kamoloti uchun jamiyat a'zolarining erkin faoliyatiga ham katta ehtiyoj borligini asoslab beradi.

Ibn Sino Ollohning aqldan tashqari faoliyatlarga ham qobilligi g'oyasiga qarshi chiqib, Olloh faoliyati aqldan tashqari bo'lishi murnkin emasligi, yaratilgan narsalarning barchasi insoniy aql tomonidan idrok eta olinishi kerakligini ham asoslab beradi.

Ibn Sino dunyoning abadiyligi har bir yuz beruvchi narsaning albatta bir kun kelib yaratilishi mumkinligi bilan izohlanishini, dunyoda g'ayri tabiiy narsalarning yo'qligini ta'kidlaydi. Bu fikr bo'lajak sotsiologlarni jamiyat xodisalarini o'rganishda

faqat isbot etilishi mumkin bo'lgan ijtimoiy jarayonlar va ijitimoiy guruhlar muammolarini tadqiq etish maqsadga muvofiqligi g'oyasi bilan ham qurollantiradi.

XI asrda yaratilgan turkiy xalqlar uchun muqaddasi obida xisoblanuvchi kitob Yusuf Xos Xojibning «Qutadg'u Bilig» - «Saodatga yo'llovchi bilim» deb atalgan asari ham sotsiologik qarashlarga boydir. Bu kitob axloq-odob, ta'lim va tarbiya hamda ma'naviy kamolotning yo'l yo'riqlarini, usullarini, chora-tadbirlarini mujassamlashtirib, o'zida jam qilgan buyuk qomusiy asardir.

Yusuf Xos Xojib jamiyat va tabiat borasidagi barcha bahslarni ta'lim atrofida olib borar ekan, o'z davri, mavjud ijtimoiy-siyosiy tuzum, ma'naviy-moddiy hayot jarayonlari xususida mufassal ma'lumotlar beradi. U o'sha davrning turli ijtimoiy tabaqalari, toifalari va guruhlari, ularning turmush tarzi, rasm-rusumlari, qonun-qoidalari, hunar va kasbu-korlari, jamiyatda tutgan mavqelari, davlat tuzumini qanday asoslarda qurilganligi, har bir tabaqaning dunyoqarashi xususida atroflicha sotsiologik asoslangan ma'lumotlarni o'rtaga tashlaydi.

Yusuf Xos Xojib jamiyatning tom ma'nodagi kamoloti faqat ta'lim vositasida amalga oshadi, deb hisoblaydi. Dunyodagi barcha boyliklar mavaqqatdir, o'tkinchidir, sarflansa tugab bitadi, faqat bilim boyligigina qancha sarf etilsa, shuncha ko'payaveradi, deb o'rgatadi ulug' mutafakkir.

Sotsiologiyaning donishmandlik talabi yuqori bo'lgan fan ekanligi uchun ham ulug' ajdodlarimizning jamiyatni bevosita o'rganishga doir vazmin umumlashmalarga, xulosaviy mushohadalarga boy asarlari ularni ma'naviy-aqliy kamolotga erishgan yillarida, sermazmun umrlarning so'nggi davrlarida yaratilgandir. Masalan Amir Temurning «Tuzuklari» Mirzo Ulug'bekning «To'rt ulus tarixi», Alisher Navoiyning «Majolis un nafois», «Mahbub ul-qulub» asarlari shular jumlasidandir.

Alisher Navoiyning «Mahbub ul - qulub» asarida bevosita o'z davridagi deyarli barcha ijtimoiy guruh va tabaqalarga tavsif beriladi va ularning qaysi biri yaxshi yoki yomon, qaysi biri insoniylikka, xalqqa, mamlakatga foydali yoki zararli ekanligi bayon etiladi.

Alisher Navoiy jamiyatning miqdor va sifat jihatidan ijtimoiy bo'linganligi umuman olganda ijobiy xodisa ekanligi, bu tasniflanish doirasining qanchalik kengligi mamlakat farovonlik darajasining ifodasi ekanligi xususida e'tiborga sazovor sotsiologik qarashni asoslab beradi. Ulug' mutafakkir jamiyatdagi yuzdan ortiqroq ijtimoiy tabaqa xususiyatlarini aniqlab, ularning mamlakat ijtimoiy tizimidagi o'rni va faoliyat imkoniyatlarini ravshan ifodalab beradi. Mazkur sotsiologik tasniflashdan maqsad, ularni ijtimoiy foydalilik darajalarini oshirish ekanligi asarning mazmunini tashkil etadi. Zero, jamiyatdagi tasnifning qanday ekanligini bilish ularning mazmunini yaxshilashga yo'l ochadi. «Shu jihatdan, - deb yozadi Alisher Navoiy, -hamsuxbatlarni va do'st-yoronlarni bu hollardan ogoh va xabardor qilmoq vojib ko'rindiki, toki ularda har toifani xislati haqida bilimlar va har tabaqaning ahvoli haqida tushunchalari bo'lg'ay»

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Movarounnahrda IX-X asrlarda hukmronlik qilgan somoniylar davrida siyosiy va ijtimoiy muhit ilm ahillarining serqirra ijod qilishlariga katta zamin yaratib bergan. Aynan shu sulola hukmronlik qilgan davrda o'lkada bag'rikenglik siyosati ustuvor bo'lgan. Mahalliy aholi o'rtasida e'tiqod masalalarida o'zaro ixtilof yuzaga kelsa, sultonlarning o'zlari bu ixtiloflarning barham topishida bosh-qosh bo'lglar.

Somoniylar davrida hanafiya aqidasining ta'sirida Movarounnahrda "Dor al-juzjoniya" va "Dor al-iyodiya" maktablari tashkil etilgan. "Dor al-Juzjoniya" maktabida ko'plab mutakallim olimlar orasida Abu Mansur Moturidiy yetishib chiqqan. Keyinchalik bu maktab ta'sirida "Dor al-iyodiya" maktabi vujudga keldi.

Abu Mansur Moturidiy davrida kalom ilmiga oid yozilgan asrlar tahlil qilinganda, biz yuqorida tahlil qilgan abadiyotlarning barchasi "Dor al-iyodiya" vakillari qalamiga mansub asarlar edi. Ularda faqat Abu Mansur Moturidiy ilmiy merosiga nisbatan naqliy dalilga ko'proq ahamiyat berilgan, xolos. Lekin bironta asarda Abu Mansur Moturidiy fikriy qarashlari va shaxsiyatiga salbiy munosabat bildirilmagan. 2000 yil Abu Mansur al Moturidiy tavalludining 113 0-yilligi O'zbekistonda keng nishonlangan. Mazkur sanada uning ishlari nashrdan chiqqan,

xalqaro konferentsiyalar o'tkazilgan, Samarqandda uning qabrida memorial majmua ochilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. "Ma'naviyat yulduzlari" (Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti,

2. Toshkent, 1999) kitobidan olindi.

3. Al-Haviy, Ibrohim Hilmiy ibn Husayn. "Salam al-ahkam ala savod al-a'zam"

4. oshbosma. Toronto universiteti kutubxonasi.

5. 4. Muhammad ibn Ibrohim Hoshiy. "Al-Haviy fi al-fatava". Qo'lyozma. -Istanbul:

6. Sulaymoniya kutubxonasi, Hakim Ali Posha bo'limi. Inv. № 402.

7. 5. Ibn Zakariyo. "Sharh jumal usul ad-din li Abi Salama as-Samarqandiy".

8. Qo'lyozma. -Istanbul: Sulaymoniya kutubxonasi, Rais al-kuttab bo'limi. Inv. №

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.