Научная статья на тему 'BARKAMOL AVLOD TARBIYASI – TARQIYOT KAFOLOTI'

BARKAMOL AVLOD TARBIYASI – TARQIYOT KAFOLOTI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
1122
71
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim-tarbiya / o`qitish masalalari / maktab / muallim / o`quvchi / tarbiyachi.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Mirsagatova N. S., Qobiljonova Maftuna

Mazkur maqolada barkamol avlod tarbiyasi tarqiyot kafoloti ekanligi, mazkur jarayonni amalga oshirishda allomalarning fikr-mulohazalari haqida fikr bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BARKAMOL AVLOD TARBIYASI – TARQIYOT KAFOLOTI»

6. G'.B.Shoumarov. "Muhabbat va oila".T. Ibn Sino. 1994 yil 47-bet.

7. P.I.Ivanov "Umumiy psixologiya"-Toshkent, "O'qituvchi"

8. O.Sodiqova, S.Madaliyeva-"Psixologiya"-Toshkent-2010. B.248.

7. B.Valiev [ va boshq.]-Din psixologiyasi: o'quv qo'llanma.- Toshkent: Movarounnahr,2014.-B.90.

8. M.Mamatov- Din psixologiyasi: ma'ruzalar matni.-Toshkent.Islom Universiteti, 2014.- B.93.

9. X.Yo'ldoshxo'jaev [ va boshq.]-Dinshunoslik ma'ruzalar matni: o'quv da&uri. Toshkent.FTDK, DITAF, 2000.-B.130.

10. B.Umarov.Suitsidologiya:o'quv qo'llanma.Toshkent.O'zXIA, 2019-B 184.

11. https://kun.uz.

BARKAMOL AVLOD TARBIYASI - TARQIYOT KAFOLOTI

Mirsagatova N. S.

Oriental universiteti "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi

katta o'qituvchisi, Qobiljonova Maftuna Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi

Annotatsiya: Mazkur maqolada barkamol avlod tarbiyasi tarqiyot kafoloti ekanligi, mazkur jarayonni amalga oshirishda allomalarningfikr-mulohazalari haqida fikr bildirilgan.

Tayanch iboralar: ta'lim-tarbiya, o^qitish masalalari, maktab, muallim, o^quvchi, tarbiyachi.

Ilm-fan, madaniyat va ma'rifat har qanday mamlakat va xalqni yuksaklikka ko'taradi, uning tarqqiyotini ta'minlaydi, kelajagini oldindan ko'rsatib beradi. Ilm-ma'rifat e'zozlangan, ta'lim-tarbiyaga yuksak darajada ahamiyat berilgan mamlakatda turli nizolar, urish to'g'risida o'ylash hech kimning hayoliga ham kelmaydi. Chunki, ilm-ma'rifatga u&uvor ahamiyat berish, bu haqda qayg'urish mamlakat va xalq i&iqbolini o'ylash demakdir.

Qadim-qadimlardan zaminimizda yashab kelagan alloma va mutafakkir ajdodlarimiz barkamol insonni tarbiyalash masalasiga alohida e'tibor qaratgan.Ma'lumki inson kamolotga yolg'iz o'zi erisha olmaydi. U boshqalarning mehr va ardog'iga, ko'magiga muhtoj bo'ladi. Buyuk qomusiy olim Abu Nasr farobiyning ta'kidlashicha:"Inson fazilatlari bilan kamolotga yetadi va kamolotga yetgan odam baxtli hisoblanadi".Shu muommoni taxlil qilgan Yusuf hos hojib so'zlari bilan aytganda, "Kamolotga yetish yo'llari ikkita, bilim olish va ibrat o'rganish"dir. Inson barkamollik pilla poyalaridan dunyodagi barcha narsalarga va odamlarga bo'lgan muhabbat his tuyg'usi bilan bilimlar egallash orqali o'z-o'zini tarbiyalash va chetdan berilgan ta'lim-tarbiya natijasida ,

ko'tarilib boradi. Tarbiya axloqni shakllantirsa, bilim tafakkurga kuch beradi. Bularga xohish, intilish va shijoat qo'shilib, uyg'unlukda insonni barkamollik sar yetaklaydi. Xohish, intilish va shijoat esa, kishida, faqat muhabbat natijasida paydo bo'ladi. Yoshlarda barkamollik fazilatlarini shakllantirish jarayonida yoshlarning tabiiy-biologik, ruhiy-fiziologik xususiyatlarini hamda shu hududda tarixan shakllangan aholi mentalitetini hisobga olish ta'lim-tarbiyaning asosiy shartlari hisoblanadi.Bu borada G'arbda bir necha psixologik oqim mavjud.Jumladan Z. Feyd, T. Parsons, K. Mantgaym, Vernon Vulf va boshqalar.Barkamollik fazilatlarini shakllantirmoqchi bo'layotgan yoshlarimiz negizini tashkil qiluvchi"Xazrat inson" degan nom g'oyat ulug', uning martabasi baland, shuning uchun barkamollik yo'llaridan dadil qadam tashlash har bir yosh avlodning birlamchi va ma'suliyatli burchidir. Kishi o'zining ma'naviyati u&ida ishlashi yoki boshqalardan chiroyli fazilatlarni shakllantirishi uchun, eng avvalo tarbiyaviy ta'sir ko'rsatayotgan insonning asl mohiyati bilan tanish bo'lish lozim. Inson bioijtimoiy maxluqotdir boshqacha qilib aytganda, u ham biologik, shu bilan bir qatorda ham ijtimoiy mohiyatga ega.Uning biologik mohiyati, boshqa jonzotlardan biologik tur sifatida ajratib turuvchi tik yurishi, tanasining o'lchamlari, bosh oyoq va qo'llarining shakl shamoyili, fikrlay olih qobilyati va boshqa bir qator biologik ko'rsatkichlari kiradi.Uning ijtimoiy mohiyati deganda ajdodlaridan unga meros bo'lib o'tgan irsiy birliklari(gen)dagi axborotlar bilan uning shaxsiy hayoti davomida orttirgan bilimi, ko'nikma, malaka va ma'naviyatining murakkab majmui tushuniladi. Qu' oni karimning baqara surasida insonning boshqa mahluqotlardan ajratib turuvchi sifatlari to'g'risida quydagi oyatlar mavjud: "Va U zot Odamga barcha narsalarning ismlarini o'rgatdi. So'ngra ularni farishtalarga ro'boro qilib dedi:"Agar xalifalikka biz haqdormiz degan so'zlaringiz ro& bo'lsa, mana bu narsalarning ismlarini ,menga bildiring!".

Ular aytdilar: Ey pok Parvordigor, biz faqat sen bildirgan narsalarnigina bilamiz,Albatta, Sen o'zing ilmu hikmat sohibisan" (Alloh): Ey, Odam bularga u narsalarning ismlarini bildir", deydi. Bu oyatlar dan odamzot boshqamaxluqotlardan o'zining bilimi bilan ajralib turishi, shuning uchun ham, u Tangrining Yerdagi eng ardoqli yaratigi ekani yaqqol sezilib turibdi. Demak insonning ijtimoiy mohiyat asosini uning yaratuvchilik qobilyati, yaratuvchilik qobilyatining asosini esa, turli bilimlar majmui tashkil qilar ekan, desak yangilishmagan bo'lamiz. Kishining qanchalik bilimi ko'p va turli-tuman bo'lsa, uning ma'naviy dunyosi shunchalik boyib, shaxs sifatida har tomonlama yuksalib, buyuk ne'mat hisoblangan barkamollikka erishadi.Zero, barcha bilimlar manbai Tangri taolodir. "Olim odamlar Allohga yaqin kishilardir" degan hadisning purhikmat ma'nosi ham fikrimizning qanchalar haqiqat ekanligidan dalolat beradi. Muhamma payg'ambarimiz (s.a.v) hadislarida "Mo'min va mo'minalar, beshikda to qabrgacha ilm egallashlari shart va "Boy bolay desang tijorat qil, faqat u dunyoni o'ylasang ibodat qil, u dunyoyu bu dunyoing obod bo'lsin desang bilim egalla" deyilgan.

Shuningdek inson turli bilimlarni kundalik amali hayotda qo'llash uchun egallaydi.

Inson bilimlar amaliy hayotda bir nech sifat bosqichlarida namoyon bo'ladi.

Birinchi bosqich. Odam o'zi egallagan bilimlarini amaliyotada qo'llash jarayonida ortiqcha kuch va vaqt sarflasa hamki, maqsadga yetsa va sifati pa& bo'lsa-da ish bajarilsa, olingan bilim ko'nikmaga aylangan deb hisoblanadi.

Ikkinchi bosqich. Kishi o'z bilimlarini hayotda uzluksiz ravishda qo'llab, maqsadga yo'naltirilgan harakatlari uchun ortiqcha kuch va vaqt sarflamay, ravon amalgam oshirsa, uni malaka deyiladi.

Uchinchi bosqich. Inson hayoti davomida orttirgan foydali bilimlarini amalda qo'llayverishi natijasida, undan hosil bo'lgan ko'nikma va malakalar takomillasha borib, uning ruhiga singadi hamda hayot tarziga aylanib, uning ma'naviyatini hosil qiladi.

O'zbeki^on taraqqiyotining hozirgi bosqichi jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarida tub sifat o'zgarishlarini amalgam oshirish bilan bog'liq ekanini inkor qilib bo'lmaydigan haqiqat. Bu ishlarni ro'yobga chiqarish uchun, fuqorolarimiz, o'zlarining oldilariga barkamol shaxs bo'lishlilikni a^oydil maqsad qilib qo'yishlari, aqliy faolliklarini oshirishlari, bilim darajalarini ko'tarishlari, ma'naviy o'zliklarini anglashlari va barkamollikka halal berayotgan barcha odatlardan voz kechishlari lozim bo'ladi.

Barkamol shaxs deganda, turli- tuman bilimlarni egallagan, bir qator go'zal fazilatlarni vujudida jo etgan, zamona talabiga javob beruvchi ma'naviy yuksak inson siymosi tushuniladi. Barkamol shaxsga misol keltiradigan bo'lsak, ularga xalq ichidan yuqori obro'ga ega bo'lgan o'qimishli odamlarni, xalqqa nafi tegib, ular uchun sevimli bo'lib qolgan rahbarlarni, butun umr mehnat qilib, shu kunda shariat talablarini to'liq bajarib yurgan nuroniy otaxonlarni tushunish mumkin. Ma'lumki, 'komil inson tushunchasi Tangri taoloning odamni yaratishidan ko'zlangan maqsadiga to'liq javob bera oladigan hamda odamlar doimo orzu qilib kelayotgan ideal shaxsga nisbatan ishlatiladi. Bularga, Payg'ambarlarni va birinchi navbatda Muhammad (s.a.v)ni Payg'ambarlarimiz, valiy hamda aziz avliyolarni va shularga yaqinlashib qolgan shaxslarni misol qilib olishimiz mumkin. Shu bilan bir qatorda shu kunda "acme shaxs" degan tushuncha ham ilmiy muomilada mavjud bo'lib, u muayyan bir sohaning haqiqiy bilimdoni, shu bilan birgalikda, texnik fanlarni ham yaxshi biluvchi, axloq va odobda barkamol, zamon talabiga javob beradigan kishiga nisbatan qo'llanilmoqda. Bularga misol qilib, Nobel va Davlat mukofotlarining sovrindorlari, jahon championlari, mamlakat qahramonlari hamda o'z ishining u^asi bo'lib, el-yurt hurmatiga sazovor bo'lgan kishilarni olsak bo'ladi. Bu jarayonni tadqiq qiladigan yangi ilmlar tarmog'i aksemeologiya" deyilib, u ilm-fan maydonida o'z o'rnini egallashga harakat qilmoqda.

Abu Nasr Farobiyning "Fozil odamlar Shahri", "Baxt va saodatga erishuv to'g'risida", "Ixso al-ulun", "Ilmlarning kelib chiqishi", "Aql ma'noilari to'g'risida" kabi asarlarida barkamol inson to'g'risidagi qarashlar o'z ifodasini topgan.

Farobiy barkamollikning asosiy mezoni, jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonning asosiy sifatlarini tuzib chiqqan.

Farobiy fikricha, yer yuzida faqat insongina bilish qobilyatiga ega. Xaqiqatni bilish esa, insonning tabiiy rivojlanish holatidan biridir, deydi. U barcha kishilarning yuqori baxt egasi bo'lishini i^ab, ularga tinmay bilim egallashni tavsiya qiladi. Chunki, ko'p bilimga ega bo'lgan kishigina o'z maqsadini to'g'ri tanlay oladi-deydi alloma.Yana u nazariy bilimlar bilan bir qatorda, kishi axloq va odobga o'rganib borishi zarurligini takidlaydi. Farobiy fikricha, haqiqat va yaxshilik bir—biri bilan uyg'undirlar. Bilim olish orqali kishi haqiqatni anglasa, axloq va odobli kishi yaxshilikni bila oladi va uni qila oladi, deydi.

Yana bir qomusiy olimlardan biri Abu Rayxon beruniy barcha illatlarning asosiy sabachisi bilimsizlikda deb bilgan. Bilimlarni egallashda esa kishida bilimga intilish, qiziqish va ijtimoiy muhitning rolini alohida takidlaydi. Bilim olishda tushunib o'rganishga, o'rganuvchining ma'naviy poklikka rioya etishiga jiddiy alohida e'tibor bergan. Beruniy fikricha, axloqiylik insonning eng asosiy sifati bo'lishi kerak. Bu hislat birdaniga shakllanmay u kishilarning o'zaro muloqoti davrida saralanib, muayyan ijtimoiy muhitda tarkib topadi.shuningdek u inson kamolotida uch narsa muhimligini takidlaydi. Bu hozirgi ilm-fanni ham e'tirof qiluvchi-irsiyat, ijtimoiy muhit va to'g'ri ta'lim tarbiyadir.. Umar Hayyomning ta'kidlashicha, "sog'lom fikr, ziyrak aql va o'tkir zehn insonni barkamol qilib shakllantiradi, shuningdek inson yuksak axloqqa ega bo'lishi, yaqinlarini sevishi lozim. Mirzo ulug'bek yoshlarni har tomonlama rivojlantirish tarofdori edi. U barkamol inson deganda, kishilik jamiyati yaratgan barcha bilimlarni o'zida mujassamlashtirgan odamni tushungan.

Qadimgi yunon faylasufi Pifagor, inson barkamollika erishishi uchun quydagilarga amal qilishi lozim deydi:

"Donishmandlikning ibtidosi: "Fikrlashni o'rganish, vaysaqilikka barham berish" "O'tgan kun haqida: "Men uni qanday o'tkazdim, nimalar qildimu, nimalarga ulgurmadim"-degan savolga javob topmaguncha ko'zlaring uyquga ketmasin!"

"Odamlar! Eng avvalo ezgu axloqqa ega bo'lishga harakat qiling, zero axloq qonunning asosidir."

"Tartib sening muqaddas maqsading bo'lsin, Sen bu maqsad yo'lida a^oydil xizmat qil. Chunki tartib hamma narsaning majmuyidir. Tabiatning mavjudligi asosida ham tartib yotadi"

Xitoyning buyuk faylasufi Konfutsiy barkamol shaxs to'g'risida quydagi fikrlarni aytgan:

"Oliyjanob er (barkamol kishi ma'nosida) to'qqiz narsa haqida o'ylashni kanda qilmaydi. Bular ravshan ko'rmoqlik, aniq eshitmoqlik, odob bilan muomala qilmoqlik, samimiy so'zlashmoqlik, ehtiyotkorlik ila harakatda bo'lmoqlik, qahu g'azab oqibqtini yodda tutmoqlik, oddiylikni, unutmaslik hamda imkoniyat tug'ilganda foyda olmoqlik" Barkamollik pog'onalarini Konfutsiy quydagicha tushuntirgan: "Tug'ma bilim sohiblari barchadan baland turadilar, Tinmay o'qish yo'li bilan bilim olganlar esa ulardan keyin yuradilar. Qiyinchiliklar sabab bo'lib bilim olishga chog'langanlar undan ham pa^roq pog'onani egallaydilar. Mashaqqatga uchraganda ham bilim olishni i^amaganlar eng pa& pog'onadagi kishilardir"

Demokritning qarashlari qadimgi yunon falsafasining cho'qqisi desa bo'ladi. Demokrit o'z asarlarida yuqorida nomlari qayd etilgan mutafakkirlar kabi barkamollik masalalariga ko'p e'tibor bergan. U aqlli inson to'g'risida quydagi fikrlarni aytgan: "O'zida yo'q narsalar uchun g'am chekmaydigan, boridan quvonadiganlar aqlli kishilardir".

"Ezgulik adolatsizlik qilmaslikkina emas, uni i^amaslik hamdir" Nafaqat yovni yenganlar, balki o'z nafsi u^idan hukmronlik qila olganlar ham marddirlar".

"Bilimlar mo'lligiga emas, fikrlar mo'lligiga intilmoq joiz".

"Ochiq-oydin so'zlamoqlik-ozod ruhning sifatidir. Biroq uni bevaqt ijro etish zararli"- degan ekan Demokrit.

Sitseronning quydagi firlari barkamollikka intiluvchilar uchun yo'lchi yuldiz bo'lib xizmat qilishi shubhasizdir:"Biz buyuk va muqaddas maqsadlar uchun tug'ilganmiz . Buni behisob narsalar haqidagi xotiralar jam bo'lgan ruhimizdagi boshqa omillar yordamida ham ko'rish mumkin.

Aqlli bo'lish uchun kishi barcha qiyinchiliklarni o'z bo'yniga olib, har bir narsaga mu^aqil fikr yuritishi, shu jumladan bilimga ham ilm "ketmonlarini" chopib, ya'ni, tinimsiz tadqiqotlar tufayli erishgan odamni tushunish lozim. Faqat shunday odamgina eng yuqori maqsad hisoblangan barkamollikka erisha oladi. Shuning uchun ham, Barkamol inson bo'lishlikning asosiy shartlaridan qilib aqllilik fazilatini oldik.

Barkamol bo'lishlikni o'ziga niyat qilib olgan odam ham jismoniy, ham ruhiy, ham ijtimoiy salomatligi u^ida qayg'urishi lozim.

Barkamol ma'naviyat barkamol avlodni shakllantiradi desak mubolog'a qilmagan bo'lamiz.

Bolani yoshligidanoq to'g'ri fikrlash, idrok qilish va anglashga o'rgatish, foydasiz va zararli bilimlardan, fikrsiz, g'oyasiz bo'lishdan ehtiyot qilish; odamlarning og'irini yengil qilish, ularning dardlariga malham bo'lish, yoshlikdanoqjamiyatga vatanga xizmat qilish ruhida tarbiyalash zarur. Mazkur xislatlarning barchasi inson barkamoligining poydevoridir.

Yosh avlodda barkamollik fazilatlarini shakllantirishda da^lab biz yoshlarni iymon e'tiqodli va mehr muhabbatli bo'lish sirlaridan voqif qilishni lozim topdik. Iymon-e'tiqod degani, biron bir narsaga chin dildan ishonish va unga doim aml qilib yurishdir. Iymonni tarbiyalashning asosiy yo'llaridan biri bu ruhni chiniqdirishdir. Ruxni, inchunun iymonni chiniqdirish va uni barkamol holatga keltirish uchun, avvalombor, shu narsani niyat qilish kerak. Insonni barcha qiladigan ezgu ishlari ruhga ozzuqa berib, uni chiniqtiradi. Ezgu ishnina eng oilyjanobi muhabbat. Sevgi-muhabbat, inson tabiatining zavqlangan narsasiga mayl qo'yishidir.Odamning dili pok, shirinso'z, mehnatni sevuchi, sahiy va jasur bo'lsa, unday kishining muhabbati chin va pokiza bo'ladi. Inson boshqa mahluqotlardan o'zining bilimi bilan farqlanadi. Odam bilimni, faqat aqlini ishlatib turib egallashi mumkin. Aqlli kishi degan fazilatga ega bo'lish uchun, muayyan shaxs tinmay aqlini ishlatishi lozimligi ham isbot talab qilinmaydigan haqiqat. Fikrning teranligi, tanqidiyligi, uyg'unligi, kengligi va tezligi aqlning muhim sifatlari hisoblanadi.

Odob va axloq jamiyatda e'tirof etilgan xulq normasi bo'lib, shaxs ma'naviyatining tashqi jihatini ifodalaydigan va o'zgalar bilan munosabatini namoyon qiladigan fazilatlardir.

Inson kamolotida bilimli bo'lish eng yaxshi failatlardan biri hisoblanadi.Sharqning buyuk allomasi Abu Rayxon Beruniy xalqni bilim olishga chaqiradi va Shunda deydi: "Bilimlar ko'pdir, ular zamon iqboli bo'lib, turli fikr va xotiralar ularga qo'shilib borsa ko'payadi. Odamlarning bilimlarga rag'bat qilishi, bilimlarni va ilm ahllarini hurmatlash o'sha iqbolning belgisidir. Yangi yuzlik va yangi ming yillikning da^labki paytlarida yashayotgan bir vaqtimizda, hayot kelajak bizdan barkamollikni, inson sifatidagi yetuklikni, odamiy fazilatlarninig barchasini egallashni talab etmoqda. . Inson

fazilatlarining ichida boqiy, ya'niy barcha zamon va makonlar uchun o'zgarmaydigan fazilatlar mavjud bo'lishi biln bir qatorda, muayyan zamon va makonga zarur bo'lgan fazilatlar guruhi ham mavjud. Uddaburonlik va tadbirkorlik ana shunday fazilatlar turiga kiradi. Uddaburo deb kishi har bir ishni tez o'zlashtirib olib, uni chaqqonlik bilan amalgam oshira olish qobilyatiga aytiladi. Bu yerda shuni ta'kidlash joizki, faqat uddaburon odam tadbirkor bo'la oladi, tadbirkor bo'lish uchun esa kishi uddaburon bo'lishi shart. Yosh avlodlarimizda shu ijtimoiy sifatlarni shakllantirish zamonimizning dolzarb masalalaridan biri bo'lib qolmoqda. Insonning o'ziga va jamiyatga foyda keltiruvchi m,aqsadga muvofiq harakati, mehnat kishilik hayotining asosiy sharti chunli u tufayli insoniyatning yashashi uchun zarur bo'lgan moddiy va ma'naviy ne'matlar yaratiladi. Mehnat tufayli inson tabiatdagi narsalarni o'zlashtiribgina qolmay, balki o'zi ham barkamollashib boradi, uning aqliy va jismoniy qobilyatlari o'sadi. Alisher Navoiy mehnatsevarlikni chinakam insonning eng asosiy xususiyati deb bilgan. Yosh avlodda qonunga hurmat, qonunga bo'ysunish hislatlarini tarbiyalash, ularda yuksak huquqiy onglilik, jamiyat va davlat manfaatlarini chuqur tushunib yetish, ijtimoiy burch, ya'ni o'z qilmishlari uchun davlat oldida javobgarlik tuyg'usini shakllantirish qadriyat darajasiga ko'tarilishi muhim ahamiyat kasb etadi..Yoshlarimiz tarbiyasida biz uchun birinchi bo'lib qolgan masala, bu yosh avlodimizda ekologik ma'naviyatni shaklllantirishdir.

Jismoni barkamollik - bu kishida jismoniy sifatlarning yuqori darajada rivojlanganligidir. Badan tarbiya mashqlari tartibli yo'l bila bo'lsa, fikrni uyg'onlashtiradi, qon yurishishiga yordam beradi, ovqat hazmini yaxshilaydi, asbini quvvatlantiradi, tan haroratini orttiradi, zehnini ochadi.

Yuqorida sanab o'tilgan fazilatlar bilan birga yoshlar o'zlarida milliy g'urur, vatanparvarlik, insonparvarlik, tolerantlik , mard, jasur, shiddatli bo'lish, sabr-qanoat, sahovatlilik kabi chin insoniy fazilatlarni ham rivojlantirishlari kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. B.Ziyomuhammedov, F. Ismoilov. Barkamol avlodni voyaga yetkazish sirlari. "Sano-^andart" nashriyoti. Toshkent-2011.

2. Abu Nasr Farobiy. Fazilat, baxt-saodat va kamolot haqida.-T.: Yozuvchi 2001.

3. Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar.-T.: Fan, 1968

4. Umar Xayyom. Traktat.Moskova,1961.

5. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf. Yangi asr avlodi,-T,: 2002,

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.