Научная статья на тему 'ARISTOTEL VA SHARQ NATURFALSAFASI'

ARISTOTEL VA SHARQ NATURFALSAFASI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
462
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tabiat / naturfalsafa / antik falsafa / Aristotel / kosmologiya / kosmogoniya / moddiy substrat / geosenrizm / Sharq Uyg‘onish davri / Sharq arastuchilik falsafasi / Al-Kindiy / Forobiy / Beruniy / Ibn Sino / naturalistik panteizm / geliosentrizm. / Nature / natural philosophy / ancient philosophy / Aristotle / cosmology / cosmogony / material substrate / geocentrism / Eastern Renaissance / Eastern Aristotelianism / Al-Kindi / Farabi / Beruni / Ibn Sina / naturalistic pantheism / geocentrism.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Raxmanov, Abdimalik Ergashevich

Ushbu maqolada antik Yunonistonda tabiat falsafasining asoslanishi, xususan Aristotel naturfalsafasining asosiy jihatlari ko‘rsatilib, bunday qarashlar ilg‘or Sharq mutafakkirlarining ta’limotida yanada rivojlantirilishi ko‘rsatiladi. Aristotel va Al-Kindiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino kabi Sharq mutafakkirlarining naturfalsafiy qarashlaridagi umumiy xususiyatlar tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ARISTOTLE AND EASTERN NATURAL PHILOSOPHY

The article deals with the basic features of philosophy Aristotel’s nature, on the basis of which nature philosophical studies of progressive thinkers of the East have been formed and got their further development. General peculiarities views of Aristotel and some thinkers of the East like Al-Kindi, Farabi, Beryni, Ibn Sina and ets. are being analized.

Текст научной работы на тему «ARISTOTEL VA SHARQ NATURFALSAFASI»

ARISTOTEL VA SHARQ NATURFALSAFASI

RAXMANOV Abdimalik Ergashevich

Termiz davlat universiteti, falsafa fanlari nomzodi. raxmanov-57@mail. ru

d https://doi.org/10.24412/2181-2993-2023-l-53-58

Ushbu maqolada antik Yunonistonda tabiat falsafasining asoslanishi, xususan Aristotel naturfalsafasining asosiy jihatlari ANNOTATSIYA ko'rsatilib, bunday qarashlar ilg'or Sharq mutafakkirlarining ta'limotida yanada rivojlantirilishi ko'rsatiladi. Aristotel va Al-Kindiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino kabi Sharq mutafakkirlarining naturfalsafiy qarashlaridagi umumiy xususiyatlar tahlil qilinadi.

Kalit so 'zlar: Tabiat, naturfalsafa, antik falsafa, Aristotel, kosmologiya, kosmogoniya, moddiy substrat, geosenrizm, Sharq Uyg'onish davri, Sharq arastuchilik falsafasi, Al-Kindiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, naturalistik panteizm,geliosentrizm.

В статье изложено основные черты философия природы Аристотеля, на основе котором формировалось и получило

а ттттглт а ттттст дальнейшее развитие натурфилософские учения прогрессивных

АННОТАЦИЯ

мыслителей Востока. Анализируются общие особенности натурфилософских взглядов Аристотеля и некоторых мыслителей Востока как Ал-Кинди, Фараби, Беруни, Ибн Сина и др.

Ключевые слова: Природа, натурфилософия, античная философия, Аристотел, космология, космогония, материальный субстрат, геоцентризм, Восточный Ренессанс, Восточный аристотелизм, Ал-Кинди, Фараби, Беруни, Ибн Сина, натуралистический пантеизм, геоцентризм.

The article deals with the basic features of philosophy Aristotel's nature, on the basis of which nature philosophical studies of progressive ABSTRACT thinkers of the East have been formed and got their further development.

General peculiarities views of Aristotel and some thinkers of the East like Al-Kindi, Farabi, Beryni, Ibn Sina and ets. are being analized.

Key words: Nature, natural philosophy, ancient philosophy, Aristotle, cosmology, cosmogony, material substrate, geocentrism, Eastern Renaissance, Eastern Aristotelianism, Al-Kindi, Farabi, Beruni, Ibn Sina, naturalistic pantheism, geocentrism.

KIRISH (Introduction)

Bugungi dunyo nafaqar globallashib yoki axborotleshib, balki texnokratlashib

ham bormoqda. Bunday vaziyatda tabiatni falsafiy anglash, tabiat - inson va jamiyat

hayoti mavjudligi va rivojlamshming zaruriy sharti ekanligini tushunishda o'tmish

mutafakkirlarining tabiat to'g'risidagi falsafiy qarashlarini tahlil qilish dolzarb

53

www.birunijournal.uz

f

14ж|

\ i -, i 11 /

ahamiyat kasb etadi. Falsafiy bilimlar tarixida mutafakkirlarning bir qismi o'z e'tiborini tabiatga, uni tushuntirish va izohlashga qaratganlar. Ular o'z asarlarida Yer, Quyosh va yulduzlarning, xullas, Koinotdagi jismlaming paydo bo'lishi, ularning tabiati va mohiyati haqidagi, mikrokosm (odam) va makrokosm (olam, koinot), jonli va jonsiz tabiat to'g'risidagi kosmologik va kosmogonik muammolarni yoritishga urinadilar. Ularning falsafiy qarashlari markazida tabiatdagi narsalarning paydo bo'lishi, rivojlanishi, yemirilishi, boshqa narsalarga aylanishi, narsa va hodisalarning birinchi asosi haqidagi fikrlari yotadi. Bunday falsafiy izlanishlar naturfalsafani maydonga keltirdi. Naturfalsafa (lot. natura - tabiat, nem. naturphilosophie - tabiat falsafasi) - tabiatni falsafiy tamoyillar asosida, bir butun tizim holida tushunish, tabiatning umumiy manzarasini tasvirlashga qaratilgan qarashlardir. Naturfalsafa hali tabiat hodisalari haqidagi bilimlar falsafa doirasida rivojlanmagan antik davrda vujudga keldi. Philosophia naturalis tarzidagi tushuncha qadimgi rimlik faylasuf Seneka Lutsiy Anney asarlarida uchraydi. Aslida esa naturfalsafaning dastlabki ijodkorlari ioniyalik, ya'ni antik yunon faylasuflari bo'lgan. Tabiatni o'zaro bog'langan va dojmo o'zgarib turuvchi bir butun tizim sifatida stixiyali, sodda dialektik talqin qilish qadimgi yunon naturfalsafasiga xos edi. (Qarang: 1, 296-297 betlar; 2, 1-kitob, 885-bet).

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Aristotel naturfalsafasi va unihg Sharq mutafakkirlari ta'limotida rivojlantirilishi masalasi Evropa va rus olimlari tadqiqotlarida kehg o'rganilgan. Ushbu mavzuga oid qimmatli ma'lumotlar akademik M.M.Hayrullaev tadqiqotlarida mavjud. Bugungi kunda e'lon qilingan dotsent R.Umarova va I.Ikramovalarning maqolalari ham diqqatga sazovor. Mazkur maqolada Aristotel va Sharq mutafakkirlarining tabiat falsafasiga oid qarashlaridagi mushtarak jihatlar tahlil qilinib, ularning bugungi kundagi dolzarbligi ta'kidlanadi.

NATIJALAR (Results)

Naturfalsafaning asoslanishi va rivojlanishida antik yunon falsafiy maktablari va mutafakkirlari ta'limoti muhim o'rin tutadi. Ayniqsa, yunon qomusiy olimi, faylasuf Arastu o'z davrining tabiatshunoslikka oid va falsafiy bilimlarini umumlashtirib, o'z naturfalsafasida moddiy dunyo ob'ektivligini, tabiat moddiy substratga ega hamda doimo harakatda va o'zgarishda bo'lgan narsalar yig'indisidan tashkil topgan; xudo yaratuvchi emas, balki harakatning birinchi sababchisi, tabiatdagi o'zgarishlar xudo irodasidan tashqarida deb hisoblab, moddiy olamning tuzilishi to'g'risidagi geotsentrik nazariyani yoqlab chiqqan. U Yer dumaloq va olamning markazi, deb hisoblagan. Ushbu kosmologik tizimga ko'ra, dunyo yoki Koinotning markazida harakatsiz sharsimon Yer joylashgan. U har xil tezlikda aylanadigan, bir-birining

54

www.birunijournal.uz

ichiga joylashtirilgan sakkizta qattiq, ammo shaffof (kristal) sharlar bilan o'ralgan. Buning ortidan mihgdan sal ko'proq boshqa barcha osmon jismlari joylashgan "ko'chmas" yulduzlar sferasi keladi.

VIII-IX asrlarga kelib bu ta'limotga Sharqning ko'pgina mutafakkirlari qayta-qayta murojaat qilishdi va uni mukammallik sari boshladilar. Sharq Uyg'onish davrida bu ta'limotning keng tarqalishiga koinot jismlarini kuzatish va sayyoralar o'rni va yo'lini matematik hisoblash, geometrik sxemalashtirish nuqtai nazaridan qulay va puxta talqin etilganligi sabab bo'ldi. Bu davr dunyoviy madaniyatida tabiatni o'rganishni, ilm-fanni rivojlantirishni, hurfikrlilikni, barcha hodisalarga aql bilan qarashni yoqlab chiqqan Sharq arastuchilik falsafasi vujudga keldi. Arastuning tabiatdan tashqarida bo'lgan birinchi sabab va materiyaning mustaqil rivojlanishi haqidagi deistik qarashlari ta'sirida Sharq falsafasida naturfalsafiy bilimlar va olamni deistik tushunish asosidagi naturalistik panteizm ta'limoti maydonga keldi. Uning asoschilari Al Kindiy va ayniqsa Forobiy bo'lib, ularning g'oyalarini Beruniy, Ibn Sino, Ibn Bajja, Ibn Rushd va boshqa mutafakkirlar davom ettirdilar.

MUHOKAMA (Discussion)

Sharq arastuchiligi asoschilaridan biri Al Kindiy tabiatda sababiy bog'lanishlar mavjudligini uqtiradi, xudo bilan dunyoning o'zaro munosabatini sabab-oqibat sifatida, olamdagi har qanday narsa, jism o'zi tashkil topgan beshta o'zaro bog'langan qism - materiya, shakl, o'rin, harakat va zamon tufayli mavjudligini ta'kidlaydi.

Forobiy o'rta asr Sharqida antik yunon donishmandligi yutuqlarini, ayniqsa, Arastuning naturfalsafiy g'oyalarini rivojlantirib, o'z davrining tabiiy-ilmiy, falsafiy qarashlarini umumlashtirib, original falsafiy tizim yaratdi. Bu tizim o'z zamonasining barcha dolzarb muammolarini qamrab oladi.

Forobiy falsafasida ilgari surilgan vujud (borliq, olam) haqidagi ta'limotga ko'ra, yagona olam bir-biri bilan sabab-oqibat munosabatlari orqali bog'langan olti bosqichdan iborat bo'lib, bu bochqichlar butun mavjudlikning asosidir. Forobiy xudoga birinchi sabab, birinchi mohiyat, deb ta'rif beradi. Tabiat, ashyo va jismlar shakllari muayyan izchillik va zaruriyat bo'yicha yuz beradigan tadrijiy jarayonlar asosida paydo bo'ladi, deb hisoblaydi. Butun mavjudotni sabab-oqibat nuqtai nazaridan 6 daraja (sabab)ga bo'ladi: xudo - birinchi sabab, ikkinchi sabab esa osmon jismlari, so'ngra faol aql, jon (an-nafs), shakl (as-sur'at), materiya yoki modda va ashyolar (al-modda). Mavjudlikning asosi bo'lgan ushbu olti ibtido ikkiga -zaruriy vujud (vujudi vojib) va imkoniy vujud (vujudi mumkin)ga bo'linadi. Vujudi vojib - bu mavjudligi hech narsaga bog'liq bo'lmagan, azaliy, abadiy va mavjudlikning birinchi sababi - tangridir. Qolgan beshta bosqichlar imkoniy tarzda

55

www.birunijournal.uz

mavjud bo'lib "vujudi mumkin" turiga kiradi. Birinchi sabab va bosqichlar haqidagi ta'limoti orqali Forobiy jismlar dunyosi, ya'ni tabiat, moddiylikning mazmunini ochib beradi. Uning fikricha, yer va osmon sathlari jismlik, ya'ni moddiylik xossasiga ega bo'lib, olti turga bo'linadilar: osmon jismlari, aqlli hayvon, aqlsiz hayvon, o'simliklar, minerallar hamda to'rt unsur (olov, havo, tuproq va suv). To'rt unsur moddiylikning, ya'ni boshqa hamma jismlarning asosi bo'lib, ularning turlicha qo'shilishi tufayli vujudga kelgan. To'rt unsurdan nabotot olami, hayvonot olami, inson zoti va notirik tabiat vujudga keladi. Organik olamga o'simlik ruhi, hayvoniy ruh va insoniy ruh xosdir. Jismlarga esa harakat xos bo'lib, ular o'zaro bir-birlari bilan bog'langan.

Moddiy narsalar va ularning munosabatini o'rganish jarayonida Forobiy sifat, miqdor, son, sababiyat, ta'sir, substansiya va aksidensiya, imkoniyat va voqelik, zaruriyat va tasodif, makon, zamon, harakat singari ko'plab kategoriyalar xususida to'xtaladi. Forobiy Arastu singari yerni koinot markazi deb qarovchi geotsentrizm g'oyasida bo'lgan. Yer atrofida ko'plab osmon jismlari harakat qiladi. Osmon jismlarining o'zaro qo'shilishi va o'zaro ta'siridan moddiylikning asosi bo'lgan to'rt unsur vujudga kelgan. Ular osmon sathining ta'siri ostida harakatga keladi. Chunonchi, olov - issiqlik sababi, suv - sovuqlik sababi, havo - oquvchanlik, tuproq - zichlik sababi. Qattiqlik, yumshoqlik, dag'allik, mayinlik va boshqa sifatlar ham shunga bog'liq tarzda vujudga keladi. Bu to'rt unsurlarning turlicha birikuvidan murakkab jismlar - avvalo har xil minerallar, so'ngra "harakat qiluvchi" va "oziqlanish quvvatlari" bilan farqlanuvchi o'simliklar vujudga keladi. Dunyoning evolyusion rivojining uchinchi bosqichida jonivorlar paydo bo'lib, ularga "his etish", "sezish quvvatlari" xosdir. Eng oliy bosqichda "aqlli hayvon" - nutq va aql quvvatlariga ega inson paydo bo'ladi, deb hisoblaydi. Bunday fikrlar Forobiyning "Fozil odamlar shahri", "Baxt-saodatga erishuv haqida", "Masalalarning manbai" kabi asarlarida o'z ifodasini topgan. (Qarang: 3, 188-209 betlar.)

Olamning tuzilishi haqidagi panteistik va deistik mazmundagi bu ta'limot tabiat va materiya to'g'risidagi ilg'or tabiiy-ilmiy bilimlar va naturfalsafiy qarashlar rivojlanishiga g'oyaviy asos bo'lib xizmat qildi.

O'rta asr Sharqining qomusiy bilim sohiblari Abu Rayxon Beruniy va Abu Ali ibn Sino ham o'z asarlarida tabiatshunoslikning turli masalalarini o'z ichiga olgan tabiat falsafasiga alohida e'tibor qaratganlar va dunyoviy ilmlar ravnaqida buyuk xizmat ko'rsatdilar. Xususan, Beruniy antik yunon ilmi va uning vakillari Aristotel, Platon, Ptolomey, Yevklid kabilarning asarlarini puxta o'rganib tabiatshunoslik ilmini yangi g'oyalar bilan boyitdi. Dunyoning tuzilishi masalasida Ptolomey va Aristotel ta'limotiga suyansada, yerning harakati haqida Beruniy: "Yerning harakatsizligi

56

www.birunijournal.uz

(masalasi) falakiyot ilmining asosiy masalalaridan biri bo'lib, bu haqda yuz beradigan shubhalarni yechish qiyin", - deb yozadi. Osmon jismlarini geometrik tushuntirish asosida Beruniy Kopernikdan besh asr avval geotsentrik va geliotsentrik tizimlar teng kuchga ega deb qaraydi. "Geodeziya" asarida esa geotsentrizm bilan bog'liq nazariyalarning to'g'riligiga shubha bildiradi. Beruniy Yerning shakli haqida gapirib, Yer dumaloq bo'lmaganida odamlar yashaydigan joylar kenglamasi jug'rofiy mintaqalarga ajralmas, yozu qishda kecha bilan kunduzning farqi o'zgarmas yoritqichlarning "ufqqa nisbatan vaziyatlari va sutkalik yullari hozirgidek bo'lmas edi", deb yozadi.

Beruniy harakat traektoriyasi va osmon yoritqichlari shaklining ellipsoid ekanligi haqidagi fikrni birinchilardan bo'lib ilgari surdi. Geometrik, trigonometrik usullarni qo'llash asosida joylarning geografik kengligi va uzoqligini aniqlashda novator olim hisoblanadi. Yer yuzasining har bir qismi o'zining uzoq tarixiy taraqqiyotiga ega ekanligini ta'kidlar ekan, mintaqamizning, shu jumladan, Amudaryo vodiysining geologik rivojlanishini birinchi marta ilmiy tadqiq etishga uringan olim ham Beruniydir. Uning boshqa dunyolar mavjudligi haqidagi taxmini ham ilmiy yutuqlaridan biri hisoblanadi. Yerning Sharqiy va G'arbiy tomonlarida aholi yashaydigan joylarning bo'lishiga qattiq sovuq ham, jazirama issiq ham halaqit bermayda. Shuning uchun bizga ma'lum bo'gan dunyodan, ya'ni Sharqiy yarim shardan tashqarida suvlar bilan yerlarning mavjudligini taxmin qilamiz, deyilgan. Bu bilan, G'arbiy yarim sharda yaxlit bir quruqlikning, keyinchalik Amerika deb nomlangan qit'aning mavjudligini evropalik olimlardan 450 yilcha ilgari taxmin qiladi. Ibn Sino ham tabiatshunoslikning turli sohalari rivojiga salmoqli hissa qo'shar ekan, moddiy olam, tabiat hodisalarini falsafiy talqin qilishda determinizm tamoyiliga tayanadi. Uning tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlari Aristotel va Forobiy asarlari ta'sirida shakllandi. Ibn Sino, falsafaning vazifasi - mavjudotni, ya'ni barcha mavjud narsalarni, ularning kelib chiqishi, tartibi, o'zaro aloqadorligi va munosabati, biridan ikkinchisiga o'tishi, darajalarini o'rganish deb hisoblar ekan, panteistik va deistik mazmundagi "vahdat-ul-vujud" ("borliqning birligi") ta'limotini yanada boyitdi. Ibn Sino o'zining "Risolatun fi taqsim al-mavjudot" ("Mavjudotning tasnifi") asarida butun borliqni tarkibiy qismlarga bo'lib, ularni izchillikda ta'riflaydi. Vujudi vojib, vujudi mumkin, substansiya, aksidensiya, materiya, shakl, aql, jon, to'rt unsur, jism, quvvat, sezish, mineral, hayvon, nutq kabi falsafiy kategoriyalar uzviy aloqadorlikda ta'riflangan. (Qarang: 3, 45-46 bet).

Shu tariqa Sharq mutafakkirlari asarlarida olamdagi narsa va hodisalarning o'zaro aloqadorligi va rivojlanishi haqidagi ta'limot tabiatshunoslik fanlaridagi fundamental tadqiqotlar asosida tasdiqlana bordi. Bu esa o'rta asr xurofotlariga zid

57

www.birunijournal.uz

bo'lgan olam, tabiat va insonning kelib chiqishi to'g'risidagi panteistik va deistik mazmundagi evolyusionizm dunyoqarashini shakllantirdi. Bunday dunyoqarash hayotning jonsiz (noorganik) tabiatdan jonli tabiatga, undan hayvonot olamiga o'tganligini va nihoyat, hayvonot olamidan insonning ajralib chiqqanligi va bunda biofiziologik va ijtimoiy omillarning rolini ko'rsatuvchi ilmiy faraz shaklida ifodalanadi.

XULOSA (Conclusion)

Umuman olganda, koinotdagi yulduzlar, sayyoralarning harakatini o'rganish, Yerning harakatda va shar shaklida ekanligi, qit'alar va dengizlarning joylashuvi, siljish va o'zgarishi Yer qa'ridagi tektonik harakatlarga bog'liqligi (Ibn Sino "ash-Shifo"), Afrika ortida yer sharining muvozanatini saqlab turuvchi quruqlik (qit'a) mavjudligi haqidagi faraz va, nihoyat, Yer hajmi va meridiani bo'yicha uzunligining aniqlanishi, shu asosda Yerning sferik tasviri - globusning yaratilishi (Beruniy) nafaqat o'z davri uchun, balki Sharq va G'arbiy Yevropa va umuman hozirgi zamon ilm-fani, falsafasi, texnikasi, ijtimoiy taraqqiyoti uchun, hozirgi davr ilmiy-texnik tafakkur usulining shakllanishi uchun ham fundamental ahamiyatga ega bo'ldi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

1. Falsafa: qomusiy lug'at. - T.: Sharq, 2004.

2. Nazarov Q. Jahon falsafasi qomusi. Ikki jildlik.- T.: "Ma'naviyat" nashriyoti,

3. Buyuk siymolar, allomalar. K.1. - T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1995.

4. Hayrullaev M.M. Uyg'onish davri va Sharq mutafakkiri. - T.: O'zbekiston,

5. Raxmanov, A. (2022). SHARQ RENESSANSI DAVRI GUMANIZMINING GNOSEOLOGIK VA ONTOLOGIK ASOSLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10), 668-674.

6. YMapoBa, P. (2023). EEPYHHH HATYPOA.HCAOACHHHHr XYCYCH^T^APH BA RHMHH ACOCHAPH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(1), 725-733.

7. R.Umarova. O'rta asr musulmon xalqlari falsafasida naturfalsafiy g'oyalarning vujudga kelishi va asoslanishi. //Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences.- 3(1/2), Jan., 2023, 197-203 betlar. www.oriens.uz

8. Ikramova, I. R. (2022). SHARQ PERIPATETIKLARINING NATURFALSAFIY QARASHLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(7), 102-108.

2019.

1971.

58

www.birunijournal.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.