Научная статья на тему 'QADIMGI JAMOAVIY SPORT O’YINLARINING ILDIZLARI VA ZAMONAVIY SPORT TURLARI BILAN MUSHTARAK JIHATLARI'

QADIMGI JAMOAVIY SPORT O’YINLARINING ILDIZLARI VA ZAMONAVIY SPORT TURLARI BILAN MUSHTARAK JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sport o‘yinlari / tarixiy genezis / modernizatsiya / rivojlanish tendensiyalari / mifologiya / transformatsiya / etnografiya / taraqqiyot tamoyillari / zamonaviy sport o‘yinlari / ta’lim-tarbiya / tizim / sport madaniyati. / спортивные игры / исторический генезис / модернизация / тенденции развития / мифология / трансформация / этнография / принципы развития / современные спортивные игры / образование / система / спортивная культура

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — B.X. Xamroyev

mazkur maqolada qadimgi jamoaviy sport o’yinlarining ildizlari va zamonaviy sport turlari bilan mushtarak jihatlari, sport o‘yinlarining tarixiy genezisi, taraqqiyot tamoyillari va zamonaviy sport o‘yinlari takomillashuvidagi ahamiyati asosida ta’lim-tarbiya tizimi omillari va ularning yangi avlod zamonaviy sport turlari taraqqiyotiga ta’siri qiyosiy-tipologik pozitsiya nuqtai-nazaridan o‘rganilgan va tahlil qilingan. Shuningdek hozirgi zamon sport o‘yinlarini ilmiy jihatdan va insoniyat sivilizatsiyasining madaniy merosi sifatida saqlab qolish, tarixiy pedagogik muammolar doirasida o‘rganish naqadar dolzarb ekanligini ko‘rsatib o ‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GENERAL ASPECTS AND ROOTS OF ANCIENT TEAM SPORTS GAMES

в данной статье рассмотрены история и новинки воспитания и тренировки, основанные на основах прежних игровых видов спорта и их значение в развитии современного спорта, генезис спорта, достижения развития и совершенствования современного спорта. влияние на развитие изучалось и анализировалось с точки зрения сравнительно-типологической позиции. В настоящее время свою силу приобрели научная коррекция спортивных времен и сохранение культурного наследия человеческой цивилизации, изучение историкопедагогических проблем

Текст научной работы на тему «QADIMGI JAMOAVIY SPORT O’YINLARINING ILDIZLARI VA ZAMONAVIY SPORT TURLARI BILAN MUSHTARAK JIHATLARI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© B.X. Xamroyev1^_

1Buxoro davlat pedagogika instituti, Buxoro, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: mazkur maqolada qadimgi jamoaviy sport o'yinlarining ildizlari va zamonaviy sport turlari bilan mushtarak jihatlari, sport o'yinlarining tarixiy genezisi, taraqqiyot tamoyillari va zamonaviy sport o'yinlari takomillashuvidagi ahamiyati asosida ta'lim-tarbiya tizimi omillari va ularning yangi avlod zamonaviy sport turlari taraqqiyotiga ta'siri qiyosiy-tipologik pozitsiya nuqtai-nazaridan o'rganilgan va tahlil qilingan. Shuningdek hozirgi zamon sport o'yinlarini ilmiy jihatdan va insoniyat sivilizatsiyasining madaniy merosi sifatida saqlab qolish, tarixiy pedagogik muammolar doirasida o'rganish naqadar dolzarb ekanligini ko'rsatib o 'tilgan.

MAQSAD: jamoaviy sport o'yinlarining qadimgi ildizlari va zamonaviy sport turlari bilan mushtarak jihatlarini ilmiy jihatdan pedagogik tahlil qilish.

MATERIALLAR VA METODLAR: jamoaviy sport o'yinlarining qadimgi ildizlari va zamonaviy sport turlari bilan mushtarak jihatlarini ilmiy jihatdan pedagogik tahlil qilish bo'yicha kompetensiyalarini shakllantirishni ta'minlovchi me'yoriy hujjatlar, tadqiqot davomida pedagogikaning umume'tirof etilgan qonuniyatlari, tamoyillarga asoslangan, qadimiy qo'lyozma manbalarning tahlillari asosida aniqlanishi hamda bu jarayonning mazmuni, metodikasi, qo'llaniladigan pedagogik texnologiyalarning amaliy asoslari, ularning samaradorlik darajalari eksperimental tadqiqotlar natijalariga asoslangan ilmiy xulosalar ishlab chiqilganligi bilan ta'minlangan. Shuningdek ishda xronologik tizimlilik, davriylik, mantiqiy yondashuv, analiz va sintez, qiyosiy tahlil va adekvat holatda o'rganishni ta'minlashga qaratilgan metodlar majmui qo'llanildi:

MUHOKAMA VA NATIJALAR: dunyoda ananaviy o'yin shakllanmagan birorta ham xalq yo'q. Chunki oilada farzand dunyoga kelishi bilanoq malum vaqtdan so'ng o'zini o'rab olgan tashqi olamni turli-tuman o'yinlar, o'yinchoqlar vositasida anglay boshlaydi. O'yin inson hayotining deyarli barcha bosqichlarida o'ziga xos tarzda ifoda etiladigan ixtiyoriy faoliyat turlaridan biri bo'lib, tarbiyaviy-axloqiy, ijtimoiy - estetik funksiyani bajaradi. Shu kunlarda yurtimizda ham ananaviy xalq o'yinlarini tadqiq etish xalqimiz milliy-etnografik qiyofasini aks ettiruvchi o'yinlarning shaxs dunyoqarashi va ruhiy olamida tutgan o'rnini belgilash imkonini beradi. Ananaviy xalq o'yinlarining kelib chiqishi tarixini tadqiq qilishning ilmiy-nazariy mezonlarini ishlab chiqish, xalq o'yinlarining milliy qadriyatlar tizimini shakllantirishdagi ijtimoiy estetik o'rni va vazifalarini ko'rsatib berish, shuningdek

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

o'yinlar tarkibidagi etnografik elementlari materiali asosida ananaviy o'yinlarning taraqqiyot bosqichlarini o'rganish zarurligi tadqiqotimiz mavzusining dolzarbligini anglatadi.

XULOSA etnomadaniy jarayonlar hamda zamonaviy sport o'yinlari rivojida aholining birligi, hamjihatligi, o'zaro tinch va osoyishta turmushni ta'minlashda xalq o'yinlari muhim omil bo'lganligi isbot talab qilmaydi. Sharq xalqlari bo'ylab tarqalgan va an'anaviylashgan xalq o'yinlarining etnografik tahlili shuni ko'rsatadiki, birinchidan, xalq o'yinlari umumiy va lokal xususiyatlarga ega, ikkinchidan, ularni tashkil etish va o'tkazishning qat'iy qoida hamda me'yorlari ishlab chiqilgan, uchinchidan, o'yinlar asosan chaqqonlik, hushyorlik, ustamonlik, halollik, raqibni hurmat qilish, mehmondo'stlik, tolerantlik, millatidan qat'iy nazar insoniy munosabatda bo'lish kabi tamoyillar doirasida o'tkazilgan.

Kalit so'zlar: sport o'yinlari, tarixiy genezis, modernizatsiya, rivojlanish tendensiyalari, mifologiya, transformatsiya, etnografiya, taraqqiyot tamoyillari, zamonaviy sport o'yinlari, ta'lim-tarbiya, tizim, sport madaniyati.

ОБЩИЕ АСПЕКТЫ И КОРНИ ДРЕВНИХ КОМАНДНЫХ СПОРТИВНЫХ ИГР

© Б.Х. Хамроев1Н

1 Бухарский государственный педагогический институт, Бухара, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье рассмотрены история и новинки воспитания и тренировки, основанные на основах прежних игровых видов спорта и их значение в развитии современного спорта, генезис спорта, достижения развития и совершенствования современного спорта. влияние на развитие изучалось и анализировалось с точки зрения сравнительно-типологической позиции. В настоящее время свою силу приобрели научная коррекция спортивных времен и сохранение культурного наследия человеческой цивилизации, изучение историко-педагогических проблем

ЦЕЛЬ: научно-педагогический анализ древних корней и общих аспектов командных спортивных игр с современными видами спорта.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: нормативные документы, обеспечивающие формирование компетенций по научно-педагогическому анализу древних корней и общих аспектов командных спортивных игр с современными видами спорта, выявление в ходе исследования общепризнанных законов педагогики на основе анализа древних рукописных источников, основанных на принципах, и содержание этого процесса, научные заключения, основанные на результатах экспериментальных исследований. В работе также применен комплекс методов, направленных на обеспечение хронологической системности, периодичности,

Iqtibos uchun: Xamroyev B.X. Qadimgi jamoaviy sport o'yinlarining ildizlari va zamonaviy sport turlari bilan mushtarak jihatlari // Inter education & global study. 2024. № 5. B. 249-259.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

логического подхода, анализа и синтеза, сравнительного анализа и изучения в адекватном состоянии:

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: в мире нет ни одного народа, в котором не было бы традиционной игры. Как только в семье рождается ребенок, он начинает понимать окружающий мир через различные игры и игрушки. «Игра» — это форма добровольной деятельности, которая выражается практически на всех этапах человеческой жизни и выполняет воспитательно - нравственную, социально -эстетическую функцию. В эти дни изучение традиционных народных игр в нашей стране позволяет определить роль игр, отражающих национально-этнографический облик нашего народа, в мировоззрении и духовном мире. Разработка научно-теоретических критериев изучения истории возникновения традиционных народных игр, указание на социально-эстетическую роль и задачи народных игр в формировании системы национальных ценностей, а также изучение этапов развития традиционных игр на основе материала этнографических элементов, содержащихся в играх актуальность

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: развитие этнокультурных процессов и современных спортивных игр не требует доказательств того, что народные игры являются важным фактором единства и сплоченности населения, обеспечения взаимного мира и спокойствия. Этнографический анализ народных игр, распространившихся и распространившихся по народам Востока, показывает, что, во - первых, народные игры имеют общие и локальные особенности, во - вторых, разработаны строгие правила и критерии их организации и проведения, в - третьих, игры в основном проводятся с учетом ловкости, бдительности, мастерства, такие принципы, как честность, уважение к сопернику, гостеприимство, толерантность, гуманность, независимо от национальности.

Ключевые слова: спортивные игры, исторический генезис, модернизация, тенденции развития, мифология, трансформация, этнография, принципы развития, современные спортивные игры, образование, система, спортивная культура

Для цитирования: Хамроев Б.Х. Общие черты древних командных игр и современных видов спорта. //Inter education & global study. 2024. № 5. С. 249-259.

GENERAL ASPECTS AND ROOTS OF ANCIENT TEAM SPORTS GAMES

© B.X. Xamroyev1^

1Bukhara State Pedagogical Institute, Bukhara, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: this article examines the history and novelties of upbringing and training, based on the foundations of previous game sports and their importance in the development of modern sports, the genesis of sports, the achievement of the development and improvement of modern sports. the impact on development has been studied and analyzed in terms of comparative typological position. At present, the scientific correction

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

of sports times and the preservation of the cultural heritage of human civilization, the study of historical and pedagogical problems have acquired their strength.

AIM: scientific and pedagogical analysis of ancient roots and general aspects of team sports games with modern sports.

MATERIALS AND METHODS: normative documents that ensure the formation of competencies in the scientific and pedagogical analysis of ancient roots and general aspects of team sports games with modern sports, the identification in the course of research of generally recognized laws of pedagogy based on the analysis of ancient handwritten sources based on principles, and the content of this process, scientific conclusions based on the results of experimental research. The paper also uses a set of methods aimed at ensuring chronological consistency, periodicity, logical approach, analysis and synthesis, comparative analysis and study in an adequate state:

DISCUSSION AND RESULTS: there is not a single nation in the world that does not have a traditional game. As soon as a child is born in the family, he begins to understand the world around him through various games and toys. "Game" is a form of voluntary activity that is expressed at almost all stages of human life and performs an educational - moral, socially - aesthetic function. These days, the study of traditional folk games in our country allows us to determine the role of games that reflect the national-ethnographic appearance of our people in the worldview and spiritual world. Development of scientific and theoretical criteria for studying the history of the emergence of traditional folk games, an indication of the socio-aesthetic role and tasks of folk games in the formation of a system of national values, as well as the study of the stages of development of traditional games based on the material of ethnographic elements contained in games of relevance.

CONCLUSION: the development of ethnocultural processes and modern sports games does not require evidence that folk games are an important factor in the unity and cohesion of the population, ensuring mutual peace and tranquility. Ethnographic analysis of folk games that have spread and spread throughout the peoples of the East shows that, firstly, folk games have common and local features, secondly, strict rules and criteria for their organization and conduct have been developed, and thirdly, games are mainly held taking into account dexterity, vigilance, skill, principles such as honesty, respect for the opponent, hospitality, tolerance, humanity, regardless of nationality.

Key words: sports games, historical genesis, modernization, development trends, mythology, transformation, ethnography, development principles, modern sports games, education, system, sports culture.

For citation: Behruz X. Xamroyev (2024) 'Common features of ancient team games and modern sports', //Inter education & global study. (5), pp. 249-259. (In Uzbek).

Jahonda yirik globallashuv jarayoni davom etayotgan bir davrda yurtimizda ham turli siyosiy, ijtimoiy, manaviy islohotlar davri boshlanmoqda. Millatning kelajagi masalasi

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

doimo jamiyat tarbiyalayotgan keying avlodning qanday kamol topishiga bog'liq bo'lib kelgan. Shu sababli mamlakatimizda ham jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish keying avlodni har tomonlama sog'lom qilib tarbiyalashda davlat oldidagi muhim vazifa bo'lib kelmoqda. Zero, "Jismoniy sog'lom va barkamol avlodni voyaga etkazish bizning ustuvor vazifamiz va biz buning uchun bor kuch va mablag'larimizni safarbar etamiz. Shu ma'noda, biz jismoniy tarbiya va sportga alohida e'tibor bermoqdamiz" [1; b-125.], -deya ta'kidlaydi davlatimiz rahbari. Shu nuqtai nazardan qaralganda, jismoniy tarbiya va sport tizimini tubdan isloh qilish davr talabiga aylanmoqda.

Xalq o'yinlari yosh avlod, umuman, aholining sog'lom turmush tarzi, jismoniy hamda ma'naviy barkamolligini oshirishda alohida o'ringa ega bo'lib, pedagogikada alohida tarbiyaviy ahamiyatga xizmat qiluvchi omildir.

U yoki bu xalqning azaliy an'anasiga aylanib qolgan har bir xalq o'yini milliylik qobig'idan chiqib umuminsoniy qadriyatga aylanadi. Tili, dini, turmush tarzi bir-biriga yaqin bo'lgan qo'shni xalqlarni birlashtiradi. Qardosh millatlar orasida bir-birini bog'lovchi ko'priklarni vujudga keltiradi. Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, barcha xalq urf-odatlari, an'ana va milliy o'yinlari muayyan tarixiy davrning mahsuli bo'lib, u moddiy turmush sharoitining ta'siri natijasida paydo bo'lgan.

Xalqning an'anaviy, ommaviy o'yinlari, sayllari va udumlari shahar va qishloq aholisining kundalik turmushiga singib ketgan bo'lib, xalqning orzu-istaklari hamda intilishlarini o'zida aks ettiradi. Mana shu manaviy merosning eng qadimiy qatlamiga xos qadriyatlar tizimida ananaviy xalq o'yinlari alohida o'rin tutadi.

Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'otit turk" asarida qayd etilgan bolalar o'yinlari turi hamda bolalik davri o'yinlari jismoniy va aqliy kuchini hamda uning tafakkurini takomillashtirib, irodasini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etgan o'yinlarning genezisini yoritishda muhim manbaa hisoblanadi. Abu Nasr Forobiy, Mahmud Koshg'ariy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Bobur, Zayniddin Vosifiy, Kaykovus singari ulug' allomalar asarlarida ham bolalar hamda folklor o'yinlariga doir juda ko'p ma'lumotlar uchraydi [7; b-249].

O'yinlar xalq turmush tarzi, kasb-hunar, mehnat xarakteriga ko'ra, dehqonchilik, chorvachilik xo'jaligi, xalq hunarmandchiligi, bayram va to'y-tomoshalar bilan bog'liq o'yinlarga bo'linadi. Ayni paytda tabiiy-geografik joylashuviga va to'rt fasl bahor, yoz, kuz, qishki o'yinlar alohida guruhlarni tashkil etadi.

Masalan, dehqonchilikka bog'liq holda kelib chiqqan "Kadi (oshqovoq) pishdimi?", "Sholg'om tortish", "Sholg'om-shakar", "Moshova", "Oq sholimi-ko'k sholi?", "Xurmacha bog'", "Ok terakmi-ko'k terak", "Xola-xola", "Dasta", "Yong'oq o'yini", "Botir bola", "Bo'g'irsoq", "Mehmon-mehmon", "Danak yashirish", "Qo'g'irchoq", "Topil-topil", "Quloq cho'zma", "Kurash" kabi ko'pdan-ko'p nomlarda o'z ifodasini topadi.

Chorvachilik bilan bog'liq bo'lgan o'yinlar sirasiga Farg'ona vodiysi o'smir yoshlar va kattalar orasida keng tarqalgan "Kamon-kamon", "Eshak mindi", "Oshiq o'yini", "To'piq o'yini", "Par tepish", "Chovgon", "Botir cho'pon", "Uloq (ko'pkari)", "Ot poygasi", "Qiz quvdi", vodiy uyg'urlarining "To'puq o'yini" yoki "Oq so'ngak" va boshqalar kiradi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Hunarmandchilik bilan bevosita bog'liq bo'lgan "Loy parsildoq", "Parsim-pars", "Tandir-tandir", "Pichoq o'yini", "Qidir-qiz" yoki "Top-top (rang topish o'yini-H.B.)", "O'n ikki cho'p o'yini", "Arg'imchoq", "Sopol o'yini", "Cho'gurmak o'yini" kabi o'yinlarni muntazam o'ynab kelishgan.

Ushbu o'yinlar tasnifi shuni ko'rsatadiki, biz yuqorida chorvachilik bilan bog'liq o'yinlar qatoriga kiritgan uloq (ko'pkari), ot poygasi, kurash o'yinlari to'y, Navro'z, hosil bayramlarida dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug'ullanuvchi aholi orasida ham tarqalgan bo'lib, umumiy xarakterga ega bo'lgan o'yin sifatida aholining barcha qatlamlari orasida ommaviylashib ketgan. SHuningdek, kurash ham ko'chmanchi va o'troq aholining eng ommabop va qiziqarli o'yini hisoblanib, o'troq dehqon, chorvador aholi, hunarmandlar o'rtasida birdek ahamiyat kasb etadi.

O'rganib chiqilgan xalq o'yinlari turlarini dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik sohasi kabi xo'jalik turlari bilan bog'liqligi monitoringi o'tkazilganda o'yinlar nisbati aralash xo'jalik turlarida (dehqonchilik-chorvachilik, hunarmandchilik-dehqonchilik kabi) ko'proq ekanligi kuzatildi (53,1 foiz).

Alohida xo'jalik turlari orasida esa hunarmandchilik bilan bog'liq o'yinlar nisbatan ko'proqni (8,3 foiz) tashkil etganligini ko'rish mumkin.

Yurtimizda o'zbek, qirg'iz, tojik millatiga mansub katta yoshdagi aholisi orasidagi va bolalar o'yinlarini tahlil qilar ekanmiz, ularni uyushtirishda predmetlardan (to'p, suyak, jun, tayoq, danak, tosh, oshiq, yong'oq, olma, yog'och) foydalanish xarakterli ekanligini kuzatamiz. Biroq "oq terakmi-ko'k terak", "urdi-qoch" kabi shunday o'yinlar borki, hech qanday predmet ishtirok etmaydi, shuning uchun ularni predmetsiz o'yinlar guruhiga kiritamiz.

Tojikiston Respublikasi So'g'd (Xo'jand) viloyati Isfara shahridagi mahallalarda milliy hunarmandchilikning an'anaviy tarmoqlari saqlangan bo'lib, ularda predmetli o'yinlar keng tarqalganligi dala etnografik ma'lumotlari asosida aniqlandi. Tadqiqot ishlarini olib borish jarayonida o'n etti xil mashqlar orqali bajariladigan o'yinda Chust pichog'idan boshqa pichoqlarga nisbatan kengroq foydalanilishi, arg'imchoq o'yinida arqon, sopol o'yinida tandirda puxta pishirilgan kulolchilik xumi parchalaridan, o'n ikki cho'p o'yinida tayoqchalar (tut, jiyda, tol daraxti novdalaridan) ishlatilishining shaxsan guvohi bo'ldik.

Yurtimizda o'zbek, tojik, qirg'iz millatlariga mansub aholi orasida yuzlab o'yin turlari mavjudki, tadqiqotda ularning barchasiga etnografik tavsif berish, o'yin turlarini tashkil etish, o'tkazish tartibini bayon qilish imkoniyati chegaralanganligi tufayli, nisbatan keng tarqalgan o'yinlar haqida ma'lumot berishni lozim topdik. Tadqiqotda tahlil etilgan 145 o'yin turida ishtirokchilar soniga nisbatan tasnif qilinganda monitoring natijalari quyidagilarni ko'rsatdi. Ishtirokchilari 1-8 nafargacha bo'lgan o'yin turlari kishilarning oilaviy kundalik hayoti bilan bog'liq bo'lib, o'yinlar umumiy salmog'ida yuqori ko'rsatkichni (51,7 foiz) tashkil etgan. Ishtirokchilari 9-20 nafarni tashkil qiladigan o'yin turlari esa ko'proq qishloq miqyosidagi bayramlar, sayllarda o'tkazilgan va ko'rsatkichi keyingi yuqori o'rinni (42,8 foiz) egallagan. Ishtirokchilari chegaralanmagan o'yin turlari sirasiga ko'proq ommaviy xalq

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

o'yin va tomoshalari (kurash, uloq) kirdi va nisbatan kamroq ko'rsatkichga (5,5 foiz) ega

boldi. |IHIIIIII|I||II|H

Xalq o'yinlarini tadqiq etishda o'zbek, tojik, qirg'iz, uyg'urlarning milliy o'yinlarini o'rganishga e'tibor qaratdik. Xalq o'yinlarini alohida bir milliy guruh misolida tasniflash Farg'ona vodiysi uchun ancha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Chunki, vodiy aholisi tarixan ko'plab millatlardan tashkil topgan va madaniyati sinkretik xususiyatga ega. Shu sababli o'yinlarni 42,8 foizini o'zbek-tojik o'yinlari tashkil etganligini ta'kidlab o'tish joiz. Xususan, tojik millati aholi orasida bir necha o'yinlarning tavsifini keltirish yuqoridagi fikrlarni ilmiy jihatdan isbotlaydi. Jumladan, "Miyonadaro" - arg'amchini ikki tomonidan ikki kishi ushlab turadi, o'rtaga bir kishi kiradi. Agar aylanayotgan arg'amchini ichiga kira olmasa yoki uning ichida qolib ketsa, u mag'lub hisoblanadi.

"Barg koshanak" o'yini mavsumiy o'yinlar sirasiga kirib, asosan, bog'dorchilik xo'jaligi yaxshi rivojlangan hududlarda keng tarqalgan, asosan, daraxt bargining to'liq yozilgan paytlarida o'ynaladi. Bu o'yinda ko'proq qiz bolalar ishtirok etib, guruhlarga bo'linadilar, guruhlarga boshlovchi tomonidan ma'lum bir belgi qo'yilgan barglarni uzib olib kelish kerak bo'ladi. Qaysi barglarni olish o'yin boshqaruvchisi tomonidan yashirin holda avvaldan belgilab qo'yiladi. Belgilangan barglarni topib olib kelgan qizlar g'olib hisoblanadilar. Mazkur o'yin yoshlarda topqirlik tuyg'usini shaklanttiradi.

"Parbozi" (asosan kech kuz oylarida o'ynaladi) - bu o'yinda ro'molcha uchiga xazon solib, tugun hosil qilinadi. Bu tugulgan ro'molchani, huddi echki yoki qo'yi terisidan olib tayyorlangan parni oyoqni aylantirib tepish qoidasiga o'xshab ketadi. Kim ko'p marta tepa olsa, u g'olib.

"Xonadaroyak" o'yinida oddiy to'rtburchakli belgini sakkizga bo'lib, ushbu bo'lingan burchaklarga ma'lum bir harakatlar asosidagi sakrashlar amalga oshiriladi. Bu o'yin yosh bolalardagi oyoq muskullarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

"Lappakbozi" (o'zbekcha lappak) deb nomlanuvchi o'yinda lappak (tosh yoki sopol parchasi) shunday tepilishi kerakki, parcha teng bo'lingan to'rtburchak kataklardan chiqib ketmasligi kerak. O'yin bolalarda mo'ljalni to'g'ri olish qobiliyati shakllanishiga yordam beradi. Bu o'zbek, tojik millati aholisi orasida ikki xil tilda nomlansa-da, amal qilish tartibi derli bir xil.

"Tuftaka" mavsumiy o'yinlar sirasiga kirib, asosan, bahor faslida o'ynaladi. O'yin boshlanishida sanoq orqali (33 sanog'i yoki toq son orqali- o'yin ishtirokchilari soniga qarab) ma'lum bir bola tanlab olinadi. U belgi qo'yilgan devor, daraxt yoki toshga boshini tirab, ko'zi yumilgan holda bolalar yashirinishini ma'lum bir sanoq orqali kutib turadi. Sanoq bitgach, poyloqchi bola barcha bolalarning qaerga yashiringanligini topadi. Agar topa olmasa, yana o'zi poyloqchilik vazifasini bajarishga majbur bo'ladi. Poyloqchi bola barcha ishtirokchilarni topa olsa, birinchi topilgan bola poyloqchilik vazifasini oladi. O'yin shu tariqa davom etadi. Ushbu o'yindan maqsad, bolalarning sezgirlik, topqirlik, hushyorlik kabi ko'nikma va malakalarini shakllantirishga yordam beradi.

"Dandon ba qoshiq" o'yini musobaqa - bellashuv o'yinlari sirasiga kirib, bunda bolalar ikki guruhga bo'linadilar. O'yin boshlovchisi tomonidan ikkita qoshiqqa (albatta,

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

yog'och qoshiq talab qilinadi) suv to'ldirilgan yoki tuxum solingan holda ma'lum bir masofaga olib borish belgilab qo'yiladi. Belgilangan masofaga birinchi, talofatsiz va ko'p miqdorda etkazib olib borgan guruh g'olib hisoblanadi. Mazkur o'yin nafaqat xalq o'yini, balki hozirda maktab o'quvchilari o'rtasidagi ommaviy sport turi sifatida "Quvnoq startlar" musobaqasi tarkibidan o'rin olgan.

Qirg'iz millatiga mansub o'smir va yoshlari orasida tarqalgan, an'anaga aylangan o'yinlarning ham bir nechasini tavsiflash o'rinli, deb hisoblaymiz.

Xususan, "Botir cho'pon" o'yini. U asosan, chorvador aholi bolalari orasida keng tarqalgan o'yinlardan biri bo'lib, o'zbek bolalari orasida ommaviylashgan "Yashin topaloq" o'yiniga o'xshab ketadi. Lekin ishtirokchilar soni kamligi, o'yin o'tkazish maydonining tuzilishi, o'yinning tartib-qoidlaridagi o'ziga xoslik aynan chorvador aholiga tegishli ekanligini belgilaydi. "Oq so'ngak o'yini" ko'proq yoz va kuz fasllarida keng tarqalgan qirg'iz bolalarning sevimli o'yinlaridan biri bo'lib, to'y yoki ma'lum marosimlarda, asosan, tunda o'ynaladi. O'yin boshlanishida boshlovchi tomonidan qo'y, echki yoki qoramol boldir suyagi tanlab olinib, ishtirokchilarga o'yin tartibi, shartlari tushuntiriladi va belgilangan sovrin-mukofot e'lon qilinib, suyakni xohlagan tarafiga irg'itadi.

Suyakni topib olgan bola qolgan ishtirokchilar ta'qibidan qochib, boshlovchi qo'liga tutqazsa, u g'olib hisoblanadi va sovrin egasiga aylanadi. (O'yin o'zbek bolalarining quloq cho'zma o'yiniga mazmunan o'xshab ketadi. Faqat predmet ishtiroki boshqa). Ushbu o'yinning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, o'smir yoshlar o'rtasida abjirlik, topqirlik, chapdastlik kabi xususiyatlarni shakllantiradi.

Bu o'yinlar ham aholining ijtimoiy turmush tarzidan kelib chiqqan holda shakllanib, bugungi kunga qadar saqlanib qolgan qirg'iz hamda ayrim boshqa chorvador aholi bolalari o'rtasidagi o'yinlardan biridir [12; b-342]. Farg'ona vodiysining qadimgi poytaxt shaharlaridan biri bo'lgan Qubo (Quva) shahristonida 1996-2008 yillarda olib borilgan arxeologik qazishmalar chog'ida IX-XII asrga mansub madaniy qatlamlarda turli xil sopol buyumlar bilan bir qatorda qo'y suyuklaridan o'ynash uchun ishlangan oshiqlar ham ko'plab topilgan [3; b-268.,].

"Podachi o'yini" uchun to'rt qadamga teng doira chiziladi. U ohak yoki bo'r bilan belgilanadi. Doira ichida uchta o'yinchi qo'lida chin cho'pon tayog'ini tutganicha turadi. Doira tashqarisida ham hujumchilar uch joyda joylashadi. Doiraning o'rtasida yog'ochdan yasalgan beshta nishon tayinlanadi. Balandligi olti sm.

Ular doiraning markazida tikka qilib qo'yiladi. Nishonlarning oralig'i 10-15 sm bo'lib, aylana shaklida terib chiqiladi. O'yinda doira tashqarisidan bir metrlik uzoqlikda hujumchilar tomonidan kichik to'pi bir-biriga tez oshirilib, qulay fursat topilgach, doira ichidagi himoyachilarni chalg'itib, doira o'rtasidagi nishonlarni birin-ketin urib yiqitishga harakat qilinadi. O'yinda himoyachilar doiradan chiqib ketmaydi.

Himoyadagi o'yinchilarning tayog'i hujumchilarga tegib ketsa, himoyachi doira chizig'idan tashqariga chiqsa, jarima belgilanadi.

Doira chetidagi chiziqqa koptok qo'yilib, o'rtadagi nishonni bir marta urishga ruxsat beriladi. Himoyachilar doira chizig'iga koptokni qo'yib, zarb bilan tashqariga, uzoqroqqa,

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

urib chiqaradi. O'yin paytida guruhlardan qaysi biri 30 soniya ichida nishonni koptok bilan urib yiqitsa, shu guruh g'olib hisoblanadi. O'yinchilarning roziligi bilan o'rinlarini almashtirib, o'yinni davom ettirish mumkin. Bolalar o'rtasidagi "uloq" o'yini ommaviy xalq o'yinlarining eng keng tarqalgan turlaridan biri bo'lib, katta yoshdagilarning ot ishtirokidagi o'yiniga taqlid holatida vujudga kelgan. Mazkur uloq o'yini unsurlari hisoblangan ot va uloq bolalarga mos bo'lib, ot va qamchi novdadan, uloq esa echki yoki qo'y terisidan tayyorlanadi. Bu o'yin etnohududiy xarakteriga ko'ra, marrali, marrasiz turlarga bo'linadi.

Yoshlar o'rtasida bugungi kunga qadar sevib o'ynaladigan o'yin turlaridan bo'lib, katta yoshlilar o'rtasidagi ommaviy xalq o'yiniga tayyorgarlik bosqichi vazifasini o'taydi. Mazkur o'yin o'zbek, tojik, qirg'iz millatiga mansub aholi o'rtasida birdek tarqalgan bo'lsa-da, qirg'iz bolalarining uloq o'yini ma'lum bir jihatlari bilan farq qiladi, ya'ni ular ulog'ida, albatta, teri parchasi ishtirok etishi shart va yil bo'yi davom etishi mumkin. Buning aksi o'laroq, o'zbek va tojik bolalari o'rtasidagi uloq o'yinida predmetlar teridan bo'lishi shart emas. Shuningdek, ushbu o'yin, asosan erta bahorda dalalar ekinlar uchun tayyorlanayotgan paytdagina o'ynalgan.

Sharq xalqlari tabiy sharoiti va hunarmandchiligi bilan bog'liq o'zbek bolalari orasida eng ko'p tarqalgan "tandir pish" o'yini asosan qumloq, soy, kanal bo'ylarida joylashgan hududlarda o'ynaladi. Mazkur o'yinda bolalar nam qum yoki tuproqqa qo'llarini tiqib, ustidan ikkinchi qo'li bilan tekislab, "tandir, pish, tandir pish, barchanikidan oldin pish" deb qo'lini tortib oladi. Tortib olingan qo'l o'rnida tandir ko'rinishidagi g'ovak paydo bo'ladi. Mazkur o'yin hunarmandchilikning tandirpazlik, kulolchilik turlari yaxshi rivojlangan o'troq aholi bolalari orasida qadimdan ajdoddan-avlodga meros bo'lib kelayotgan kasb - hunar bilan bog'liq o'yinlar sirasiga ham kiradi.

Hunarmandchilik bilan bog'liq yana bir o'yin "porsim pors" yoki "loy parsildoq"dir. Bu o'yin, asosan, yilning issiq faslida o'ynaladi. O'yinda har bir ishtirokchi o'z loyiga ishlov berib, kulcha holiga keltiradi, kulcha holatiga keltirilgan loyning chetlari biroz yuqori qilinib, erga uriladi. Erga urishdan oldin tayyor loy qo'lga olinib, "O'ng qulog'im, chap qulog'im, yorilmasang ket qulog'im" deyiladi.

Yerga urilganda, loyning o'rta qismi yoriladi va yorilgan joyga yarasha qo'shni bola loy bilan yamashi lozim bo'ladi. Dehqonchilik bilan bog'liq "Oq sholi, ko'k sholi" o'yini, asosan, sholi etishtiriladigan mintaqalarda, jumladan, Farg'ona viloyati Buvayda, Rishton, Bag'dod, Yozyovon tumani, Andijon viloyati Baliqchi tumani, Namangan viloyati Pop tumani, Qirg'iziston Respublikasi Jalolobod viloyati O'zgan tumani hududlarida yashovchi o'zbek bolalari orasida keng tarqalgan.

O'yin, asosan, ikki yoki to'rt nafar ishtirokchi bilan o'ynaladi. O'yin jarayoni quyidagicha: vaznlari yaqin bo'lgan o'zaro sheriklar tanlanib, xuddi tegirmon kelisi singari bir-birini orqa kuraklarini tekkizgan holda qo'llar zanjir qilinib, "oq sholi, ko'k sholi, hammanikidan og'ir sholi" deb navbat bilan sherik o'yinchini oyog'ini erdan uzilgunga qadar ko'tarib, asta qo'yadi. Ikkinchi ishtirokchi aynan shu hollatni takrorlaydi. O'yin yoshlarni jismoniy jihatdan chiniqtirish vazifasi bilan birga xo'jalik an'analarining davomiyligini ta'minlashga xizmat qiladi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Xavfli o'yinlar sirasiga kiruvchi "Quloq cho'zma" o'yini boshlanmasdan oldin beriladigan sovrin e'lon qilinadi. Boshlovchi doira chizadi. Doira markaziga nuqta qo'yilib, markazdan uch yoki to'rt metr masofada sovrin qo'yiladi. O'yin boshlangach, ishtirokchi o'ng qo'lini chap qo'ltig'i orasidan o'tqazib, qulog'ini ushlaydi va engashib, chap qo'lini doira markazidagi nishonga tekkizgan holda belgilangan miqdorda aylanishi talab qilinadi. Masalan, yigirma bora aylanib, sovringa degan ishoradan so'ng yiqilmasdan sovrinni olishi kerak. Agar yiqilib tushsa, sovrin egasiga aylanmaydi va navbatdagi ishtirokchi o'yinni davom ettiradi. Mazkur o'yin harakatlari yosh avlodni jismonan sog'lom, chidamli, baquvvat qilib tarbiyalashda muhim rol o'ynaydi. Turkiyzabon bolalar o'rtasida eng qadimiy o'yinlaridan biri "Qorag'uni" yoki "Qora ko'rdim" o'yini ham an'anaviy bo'lib, hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan. Yig'ilgan bolalar o'rtasida 33 ga qadar sanoq o'tkazilib, qaysi bola 33 raqamiga to'g'ri kelsa, shu ishtirokchi qolgan o'yinchilarni yashiringan joyidan topishi kerak bo'ladi. Bu o'yinda onaboshi (33 raqamga to'g'ri kelgan ishtirokchi) tomonidan ma'lum bir sanoq o'tkazilgunga qadar ishtirokchilar yashirinishga ulgurishlari shart. Faqat o'yin kechasi o'ynalishi va sheriklarini izlaydigan bola yashiringan o'yinchini ko'rganda "Qora ko'rdim" (ishtirokchi ismiga qo'shib) aytimini aytishi bilan bu o'yin bekinmachoqdan farqlanadi. Nazarimizda, "Qora ko'rdim" o'yini Mahmud Koshg'ariy asarida keltirilgan "Qorag'uni" o'yinining bugungi kunda saqlanib qolgan varianti bo'lishi kerak. Bugungi kunda Qo'qon va Andijonda ko'proq "Yashin-topaloq" (aslida esa bu o'yin "Yashirin topaloq" deb nomlanib, "Yashin topaloq" nomi o'yin nomining shevadagi shaklidir) nomi bilan hududdagi bolalar orasida eng keng tarqalgan o'yin turidir.

"Soqqa o'yini"da ikki yoki uch nafar o'yinchi qatnashishi mumkin. Har bir o'yinchi bir kilo vazndagi dumaloq shakldagi tosh oladi. Bir o'yinchi soqqani (toshni) o'zidan uzoqqa dumalatib tashlaydi. Ikkinchi o'yinchi qo'lidagi soqqa bilan tashlangan soqqani mo'ljalga olib, tekkizadi. O'yinda marra belgilanadi. Misol uchun, o'yinchi etti martagacha sherigining soqqasiga tekkiza olmasa, u o'zining eng yaxshi soqqasini sherigiga beradi. O'yinchi soqqa turgan joydan o'tmasdan ikkinchi o'yinchi soqqasini mo'ljalga olishi kerak. Soqqa soqqaga tegsa, o'yinchi o'z soqqasini tekkizgan o'yinchiga yana tashlab beradi. Agar soqqa tegmasa, bu o'yinchi keyingi ishtirokchiga soqqa tashlab beradi. Bunday milliy xalq o'yinlari yoshlarni sog'lom, chamalay olish qobiliyatini chuqurroq shakllantirishga qaratilgan [9; b-16.,].

O'zbek bolalari orasida keng tarqalgan o'yinlardan biri "besh tosh" yoki "to'p tosh" deb nomlanadi. M.S. Andreev, K.Sh. Shoniyozov kabi olimlar bu o'yinning turli xil variantlari O'rta Osiyo xalqlari orasida keng tarqalganligini qayd qiladilar [2; c-112-113., 2; c-167-168.,]. "Besh tosh" juda murakkab o'yinlar sirasiga kiradi, u, asosan, qiz bolalar tomonidan o'ynaladi. G'. Jahongirov nashr ettirgan kitob matnida uning elementlari quyidagi tartibda bayon qilingan: 1) bosh; 2) qapchiq; 3) bir olar; 4) ikki olar; 5) uch olar; 6) to'rt olar; 7) do'ppos; 8) olma; 9) mamo; 10) chiq etar; 11) chiq etmas; 12) chandiq. [10; b-78.].

Agar e'tibor berilsa, o'yin mukammal syujet tizimiga ega bo'lib, an'anaviy boshlama (ishtirokchining o'yindagi o'rni aniqlanishi), asosiy elementlar ("Besh tosh" bilan turli xil amallarni qo'llab o'ynash) va yakunlanma ("o'yin oxiri" g'olibni aniqlash) bosqichlari borki,

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

bu o'yin mazmunini va yashovchanligini oshirib kelmoqda. Shuningdek, etnohududiy, etnolokal hususiyatga ko'ra, o'yindagi umumiylikdan tashqari atamalarda, harakatning takrorlanish ketma-ketligida farqlar ko'zga tashlanadi.

Xulosa o'rnida ta'kidlash joizki, xalq o'yinlari genezisi va takomilida Sharq xalqlari aholisining ijtimoiy taraqqiyot tarixi o'z ifodasini topgan. Xalq o'yinlari aholi orasida qadim zamonlardan boshlab shakllangan va tarqalgan bo'lib, davrlar o'tishi bilan ajdodlardan avlodlarga o'tib takomillashib, sayqallanib borgan.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. "Niyati ulug' xalqning ishi ham ulug', hayoti yorug' va kelajagi farovon bo'ladi".Toshkent. O'zbekiston.2019.-B 125.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2. Андреев М.С. Таджики долины Хуф. Вып. 1. - Сталинабад, 1957. - С.112-113.; Шаниязов К.Ш. Узбеки-карлуки... - С.167-168.

3. Абдулах,атов Н. Fозиев Т. Бурхониддин Марfин0ний: тарихий х,ак,ик,ат ва асотирлар. - Тошкент: Янги аср авлоди, 2010. - Б.268.

4. Боровков А.К. Игры узбекских детей // Сб. научн. кружка при Востфаке САГУ. Вып.1. - Ташкент, 1927. - С.41.

5. Валихонова Г.Фарюна водийси уйfурлари: турмуш тарзи ва маданияти. -Тошкент: Янги нашр, 2013. - Б.113-114.

6. Гумелев Л.Н. Кадимги турклар. - Т.: 2007. - Б.76.

7. Истоков Б.Б. Болалар уйинларининг этнографик хусусиятлари... - Б. 249.

8. Кубаков К.К. Детские игры и увеселения узбеков (на материалах Самаркандской и Джизакской областей). // Вопросы археологии, древней истории и этнографии. Самарканд, 1981. - С 35.

9. Мух,аммадиев Л. Со^нтирган хал к уйинлари ... - Б.16.

10. Усмонхужаев Т.С., Хужаева.Ф. Минг бир уйин... - Б.78.

11. Шаниязов К. Узбеки-карлуки... - С.172-173.

12. Шаниязов К.Ш. Узбеки-карлуки. Историко-этнографический очерк, - Ташкент, 1964; c-342.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

HXamroyev Behruz Xalimovich, "Pedagogika" kafedrasi dotsenti, [Хамраев Бехруз Халимович, доцент кафедры «Педагогика»], [Behruz X. Xamroyev, associate professor of the Pedagogy department]; manzil: O'zbekiston, Buxoro, Piridastgir ko'chasi 7 uy [адрес: Бухара, Узбекистан, улица Пиридастгира 7 дом [address: Bukhara, Uzbekistan, Piridastgir street house 7] Email: bexruzxamroyev1107@gmail.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.