Научная статья на тему 'XALQ O'YINLARINING BADIIY ESTETIK AHAMIYATI'

XALQ O'YINLARINING BADIIY ESTETIK AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
2185
131
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
"Oq terakmi ko'k terak" / "Chorpo'choq" / "G'irboydi" / "Arqon tortish" / "Sichqon mushuk" / "Xezzov" / "O'rtaga kir" / "Toptosh" / "White poplar / blue poplar" / "Chorpochok" / "Girboydi" / "Pull the rope" / "Cat-mouse" / "Hezzov" / "Enter".

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Abduqodirova Oʻgʻilxon Abdurahmon Qizi

Maqolada harakatli xalq oʻyinlarining tarixi, oʻynalish tartibi, nomlanishidagi ayrim maʼlumotlar, xalq oʻyinlarining ijodkorlar asarlarida keltirilishi, makon va zamondagi qiyosiy tadqiqi keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ARTISTIC AND AESTHETIC SIGNIFICANCE OF FOLK GAMES

The article provides the history of mobile folk games, the order of their play, some information in the title, the use of folk games in the works of artists, a comparative study of space and time.

Текст научной работы на тему «XALQ O'YINLARINING BADIIY ESTETIK AHAMIYATI»

XALQ O'YINLARINING BADIIY ESTETIK AHAMIYATI Abduqodirova O'g'ilxon Abdurahmon qizi

Namangan davlat universiteti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6536731 Annotasiya. Maqolada harakatli xalq o 'yinlarining tarixi, o 'ynalish tartibi, nomlanishidagi ayrim ma 'lumotlar, xalq o 'yinlarining ijodkorlar asarlarida keltirilishi, makon va zamondagi qiyosiy tadqiqi keltirilgan.

Kalit soizlar: "Oq terakmi ko'k terak", "Chorpo'choq", "G'irboydi", "Arqon tortish", "Sichqon mushuk", "Xezzov", "O'rtaga kir", "Toptosh". ХУДОЖЕСТВЕННО-ЭСТЕТИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ НАРОДНЫХ ИГР Аннотация. В статье приводится история подвижных народных игр, порядок их игры, некоторые сведения в названии, использование народных игр в произведениях художников, сравнительное исследование пространства и времени.

Ключевые слова: «Тополь белый, тополь голубой», «Чорпочок», «Гирбойди», «Тянуть за веревку», «Кот-мышь», «Хеззов», «Энтер».

ARTISTIC AND AESTHETIC SIGNIFICANCE OF FOLK GAMES Abstract. The article provides the history of mobile folk games, the order of their play, some information in the title, the use of folk games in the works of artists, a comparative study of space and time.

Keywords: "White poplar, blue poplar", "Chorpochok", "Girboydi", "Pull the rope", "Cat-mouse", "Hezzov", "Enter".

Xalq milliy o'yinlari milliy qadriyatlar tarkibidagi xalqning eng sevimli ommaviy ma'naviy tadbirlaridan biridir. Ma'lumki, inson o'z hayotida o'yin, o'qish, mehnat va dam olish kabi mashg'ulotlar bilan band bo'ladi. Inson hayotining dastlabki davrlarida o'yin asosiy faoliyat hisoblanadi, keyin esa o'qish bilan baravar davom etadi, undan so'ng esa o'yin kamayib uning o'rnini o'qish va mehnat faoliyati egallaydi. Odamzod tarixining dastlabki davrlarida o'yinlar hayotda muhim o'rin tutgan. O'yinlar yordamida insoniyat o'sgan, ulg'aygan, chiniqqan,

jismonan baquvvat bo'lgan, aqlan, ruhan rivojlangan, ma'naviy kamol topgan. Milliy o'yinlarimizning tarixi uzoq o'tmishga borib taqaladi. Hususan, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Qoshg'ariylar asarlarida ham bolalar ijodkorligi va folklor o'yinlariga taaluqli ma'lumotlar juda ko'plab uchraydi. O'yinlarimiz xalqimiz singari qadimiy va boydir. Xalq o'yinlarining nomlanishi va ularning o'ynalish tarkibi to'g'risida turkiyzabon olim Mahmud Qoshg'ariy o'zining "Devonu lug'otit turk" asarida qimmatli ma'lumotlar keltiradi. Mahmud Qoshg'ariy keltirgan ma'lumotlar o'yinlarning tarixiy zaminga va asosga ega ekanligini ko'rsatadi. Darhaqiqat, o'yin nomlari va o'yinlarning o'ynalish tarkibi avloddan-avlodga o'tib kelgan. Afsuski, qadimgi o'yin nomlari bizgacha deyarli yetib kelmagan. Qoshg'ariy lug'atida zikr etilgan qadimgi o'yinlar nomini, o'ynalish tartibini tiklash va tadbiq etish o'zbek xalqi uchun katta ahamiyatga egadir. Zero, o'yinlar xalq madaniyatining ajralmas bir bo'lagidir. "Devonu lug'otit turk" asarida anchagina o'yinlarning nomlari keltirilgan.Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarida "Chavgon" o'yini haqidagi ma'lumaotlarni uchratishimiz mumkin. Firdavsiyning "Shoxnoma"sida esa "Chavgon" o'yini haqida voqea bayon qilinadi. M.Qoshg'ariy asarida esa o'yin nomini chavgon to'pini uradigan cho'p nomidan olganligini ta'kidlaydi. Chavgon cho'pi shu nom bilan atalgan bo'lib fors-tojikcha so'zdir. Uning ma'nosi "uchi egri, uzun tayoq" deganidir. Qoshg'ariy lug'atidan o'rin olgan o'yinlardan biri "ko'chirma o'yini" ya'ni "O'n to'rt" degan o'yindir. Yerga qo'rg'onga o'xshatib to'rtta eshik qilinadi. Shu eshiklardan yumaloq tosh yoki yong'oq tashlab o'ynaladi. Koptok bilan o'ynaladigan o'yinlarimizning ham turlari ko'p bo'lgan. Xususan, "Mungiz-mungiz" degan bolalar o'yini. Bu o'yin quyidagicha o'ynalgan: bolalar birorta uncha chuqur bo'lmagan chuqur atrofida o'tirishadi va sonlari orasiga xo'l qum olib to'ldiradilar. So'ng qumni qo'llari bilan uradilar. Ulardan biri (ona boshi) "mungiz-mungiz" deydi. Qolganlari "na mungiz" deydilar. Ona boshi birin-ketin shoxli hayvonlar nomini ayatadi, bolalar takrorlaydilar. Ona boshi shu nomlar orasiga tuya, ot kabi shoxi yo'q hayvonlarning nomlarini aytib bolalarni chalg'itadi. Bolalarning birortasi ona boshi

ketidan shoxsiz hayvonning nomini aytib yuborsa, o'yin shartiga muvofiq uni chuqurga itarib yuborishadi. Bu o'yin yosh avlodning tafakkurini o'stirish, atrof-muhitga e'tiborli bo'lish kabi ko'nikmalarni shakllanishida yordam beradi. Biz turkiylar qadimiy tariximizdan o'zga xalqlarning madaniyatini, udumlarini o'rganish jarayonida sekin-asta uzoqlashib bordik. Shunga majbur ham bo'ldik. Barchamizga ma'lumki, yurtimizga bostirib kirgan bosqinchilarning ta'siri milliy o'yinlarimizni ham chetlab o'tmadi. Xalqimiz barcha sohalarda millatchilikda ayblanib go'zal urf-odatlarimiz, an'analarimiz va bayramlarimiz ta'qiqlab kelindi. Masalan, bayramlarda to'ylarda o'zbek milliy o'yinlarimizning o'ynalishiga yo'l qo'yilmadi. Natijada bugungi kunga kelib tarbiyaviy ishlarda ko'plab kamchiliklarimiz ko'rinib qoldi. Yaratganga benihoya shukurlarimiz bo'lsinki, mustaqillikka erishdik va shu kunlarga yetib keldik. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev yosh avlod tarbiyasiga katta ahamiyat berib, shunday degan edilar: "yosh avlodni tarbiyalash biz uchun eng asosiy vazifadir" shundan kelib chiqib hozirgi vaqtda O'zbekiston pedagogik jamiyati tarbiyaning odatiy bo'lgan shakllari va usullarini izlab topish, o'sib borayotgan avlodda o'z kelajagiga mustahkam umuminsoni ishonch va qarashlarini shakllantirish, shaxsda milliy madaniyat va milliy qadiryatlarni hurmat qilish, avaylab-asrash tuyg'ularini o'stirishga diqqatini qaratmog'imiz lozim. Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, o'sib borayotgan avlodning tarbiya tizimida xalq pedagogikasi tajribalari, jumladan, milliy xalq o'yinlari yoshlarning xarakteri va ongini boshqaruvchi vosita,asosiy kuch deb hisoblash mumkin. Milliy o'zbek o'yinlari bola tarbiyasiga, sog'ligiga ijobiy ta'sir etib, serharakatligi barcha organizm va muskullarni o'stiruvchanligi, chidamlikka o'rgatuvchi, chiniqtiruvchi harakatlardan tashkil topganligi bilan boshqa xalq o'yinlaridan farq qiladi. O'zbek xalq o'yinlari hayotiyligi, har tomondan o'ylab yaratilganligi uchun ham katta-yu kichik va hatto xotin-qizlar tomonidan ham sevib o'ynaladi. Ota-bobolarimiz o'z farzandlarini kelajakda qiyinchiliklar oldida dovdiramaslik, qo'rqmaslik uchun har jihatdan ham ma'nan ham jismonan baquvvat qilib tarbiyalaganlar. Bu yo'lda xalq o'yinlarimizning

ahamiyati tengsizdir. Xalq o'yinlarimiz bolaning jamiyatga qo'shilishi, o'ziga baho bera olishida asosiy vosita bo'lgan. Ming taassufkiy, hozirgi kunda harakatli o'yinlar turli xildagi gadjetlarga ko'chgani sabab yaqin kelajakda milliy o'yinlarning tarixga aylanish ehtimoli yo'q emas, albatta. Ko'klam kelishi bilan yerlar, qir-adirlar taniga issiqlik yuguradi. Bunday paytda qish bo'yi uyiga berkingan bolalar azaldan ko'chalarga chiqib o'yinlar o'ynashgan. Biroq ohirgi o'n yillikda bolalar o'ynagan xalq o'yinlari gadjetlarga ko'chdi va ulardagi jismoniy faollik asta-sekin pasayib boryapti. Ustozimiz Shomirza Turdimovning aytishicha, milliy o'yinlarimizning ko'pi 2010-yildan keyin deyarli o'ynalmay qo'ygan va ular kompyuter, telefonlarga ko'chgan. Uning fikricha,"milliy o'yinlarning bolani jamiyatga qo'shishdagi o'rnini hech nima bilan to'ldirib bo'lmaydi". O'yinlar-bolaning ham aqlan ham jismonan rivojlanishiga yordam beradi. O'yin bolani jamiyatga aralashtiradi. Uning jamiyatdagi o'rnini topishiga yordam beradi,sababchi bo'ladi. Chunki o'yinda bola o'yinboshi bo'ladi, ishtirokchi bo'ladi, unga jamiyat, dunyo haqida bilim beradi. Eng qizig'i bu bilimlar bolaga majburan emas, balki unga zavq uyg'otib o'rgatiladi. Aslida bizning xalq pedagogikamiz mohiyati ham shundan iborat", deydi. Gadjetlardagi o'yinlar tasavvurni, aqlni charxlashi mumkin, lekin kompyuter, telefon o'yinlari deyarli harakatsiz o'yinlardir. U o'yinlarda bola faqat kuzatish bilan band bo'ladi. Milliy o'yinlar esa deyarli barchasi harakatni chaqqonlikni talab etadi. Masalan, "Oq terakmi, ko'k terak", "Berkinmachoq", "Quvlashmachoq", "Jambul rayhon", "Oshiq moshiq", "Xola-xola", "Qorxat", "Ko'pkari", "Uloq", "Bog'lam-bog'lam", "Qorg'on olish", "G'irboydi", "Chorpo'choq", "Xezzov", "Sichqon mushuk", "Arqon tortish", "O'rtaga kir", "Toptosh", "Xachchaxola", "Halolpakka", "Bayroq og'irlash", "Arg'amchida sakrash" kabi milliy o'yinlarimiz ro'yhatini mingga yetkazish mumkin. Bu o'yinlarimizni bir nechtasini o'ynalish tarkibi bilan tanishib chiqamiz:

G'irboydi. Bu o'yinda ikki bola bellashadi. O'rtaga doira chiziladi. Doira o'rtasida o'yinchilardan birining qalpog'i qo'yiladi.Ikkinchi o'yinchi yigirma qadamlar chamasi uzoqlikdan turib chillikning enasopi bilan urib qalpoqni

doiradan chiqarishi kerak. Yoki qalpog'iga necha marta tegsa shuncha marta achko yig'adi. Do'ppiga tegdira olmasa, navbat ikkinchi o'yinchiga beriladi. Yutgan kishi qalpoqni qirra likopchaday qatlab, besh marta irg'itadi. Beshinchi marta irg'itganda qalpoq qayerga borib tushsa, yutqazgan o'yinchi o'sha joydan to poyga joyigacha zuvillab borib kelishi kerak. O'yin boshdan boshlanadi va shu tartibda davom etadi.

Chorpo'choq. Bu yong'oq bilan o'ynaladigan o'yin bo'lib, u bolalarni hisob-kitobga, aniq mo'ljal olishga, inoqlik va ittifoqlik, yutsa ham yutqazsa ham, mardlik ko'rsatishga o'rgatadi. O'yin asosida osoyishtalik, saranjomlik yotadi. Bu o'g'il va qiz bolalar o'yini bo'lib, unda ikki yoki undan ortiq kishi qatnashadi. Har bir o'yinchi o'rik danagi yoki yong'oq uyumlariga ega bo'ladi. Ularning ikkitasini chaqib, ikki palla po'chog'ini oladi. O'yin quroli ana shunday po'choq hisoblanadi. Yutuqqa ikkitadan danak yoki yong'oq qo'yiladi. O'yin barcha o'yinchilar kelishuvi asosida boshlanadi.Birinchi o'yinchi po'choqlarni yerga tashlaydi. Yerga po'choqlarning hammasi yoki ikkitasi yopiq holatda tushsa, o'yinchi yutgan hisoblanadi va yutganiga ikkinchi o'yinchidan ikki danak yoki yong'oq oladi. O'yinni yana o'zi davom ettiradi.Bordi-yu, po'choqlarning aniq uchtasi yoki bittasi ochiq holda yerga tushib qolsa, o'yinchi hech qanday yutuq ololmaydi. O'yinni esa navbatdagi o'yinchi davom ettiradi.

Sichqon va mushuk. O'yinning asosiy tarkibida o'n nafar va undan ortiq bola qatnashishi mumkin.Bolalar qo'l ushlashib doira hosil qiladi. Ular orasidan biri sichqon va yana biri mushuk sifatida tanlanadi. Bolalar aylana hosil qilib, bir-birlarining qo'llarini zanjirsimon ushlab turishadi. Mushuk sichqonni davra aylantirib quvadi. Sichqon bolalar orasidan doira ichiga ham kirib ketishi mumkin. Mushuk uchun esa bunday imkoniyat yo'q. Mushukni kiritmaslik uchun bolalar qo'lini pasaytirib, uning yo'lini to'sishadi. Mushuk sichqonni quvib yetsa, ikkisi o'rin almashadi.

Otma tayoq. Bu o'yin ikkitadan bo'lib o'ynaladi.Bir bola tayoqni otadi, ikkinchi bola o'z tayog'ini otib, oldingi otilgan tayoqqa tegdirishi kerak.Tegdira olmasa, tayog'i tegmagan bola oldingi otilgan tayoqning egasini tayoq tushgan

joygacha ko'tarib boradi. Agar tegdirsa, oldingi tayoq otgan bola tayog'i tekkan bolani tayog'i tushgan joygacha ko'tarib boradi. Tayoq navbatma-navbat otiladi.

Arqon tortish. O'yinni o'tkazish paytida o'rtaga hakam tayinlanadi.Ikkala guruh o'yinchilari bir-birlari bilan yuzma-yuz turadilar.O'rtada ko'ndalang chiziq chiziladi. Arqonning ham o'rtasiga qizil ip bog'lab qo'yishadi. Qaysi guruh a'zolari bellashuvchilarni chegara chizig'idan olib o'tsa, o'yin to'xtatiladi va g'oliblik e'lon qilinadi.

Gulchambar. Bu o'yin bahorning ayni gullar ochilgan paytida o'ynaladi. O'yinda 10-15 bola ishtirok etadi. Qatnashchilarning har birining qo'lida istalgancha tuli-tuman gul bo'lishi mumkin. O'yinboshi doira shaklida turgan bolalarning o'rtasiga chiqib, bir gulning nomini aytadi. Shu gulni ushlab turgan ishtirokchi gulning o'sish sharoiti haqida gapirib beradi. Bu o'yinda bolalar quyidagi qo'shiqni hirgoyi qiladilar:

Qo'llarida qizil gul yashnab keladi. Taglarida dul-dul ot kishnab keladi. Qo'llarida ketmoni chopib keladi. "Volga"siga oq shoyi yopib keladi. Qo'ltig'ida kitobi, o'qib keladi. Qo'lda qalam, qo'shiqlar to'qib keladi Gul, gul, gulchambar... Bunday o'yinlar tabiatga mehr uyg'otish, qolaversa so'zlarni to'g'ri talaffuz qilish, ko'pchilik orasida o'z fikrini qo'rqmay ayta olish qobiliyatlarini shakllantiradi.

Dim-dim. Bu o'yinda bolalar gapirmay jim turishadi. O'yinchilardan chidamlilik, kuchlilik va iroda talab etiladi. Bolalar ikki guruhga bo'linib, ularga bir nafar boshchi saylashadi. Boshchilarqaysi guruh g'olib bo'lsa, biror shart bajarishiga kelishishadi. Shundan keyin "guldur-gup,o'g'ziga qulup" deyiladi va hech kim gapirmasligi kerak. Bir guruh raqib guruhni gapirtirish uchun turli harakatlar bajaradi. Kimdir balandlik sakraydi,kimdir o'zini suvga tashlaydi. Qaysi guruh bolalari birinchi gapirsa, o'sha guruh mag'lub hisoblanadi.

Oq terakmi ko'k terak. Bu o'yinda ishtirokchilar bo'yi, kuchi va chaqqonligiga qarab teng ikki jamoaga bo'linib (har bir jamoada o'ndan yigirmatagacha bola qatnashadi), 15-20 m oraliqdagi masofada qo'l ushlashib saflanib turadilar. Birinchi jamoa sardori ikkinchi jamoadan birining otini aytib chaqiradi:

Qamar, qamar, qamchini Qovurg'aning yanchini Oq terakmi, ko'k terak? Bizdan sizga kim kerak? Kichkina Salim kerak Shundan so'ng o'sha chaqirilgan bola yugurib kelib, raqib jamoa a'zolarining qo'l ushlashib turgan yerini ko'kragi bilan uzishga urinadi. Agar qo'llar ushlangan joyidan uzilib ketsa, raqib tomondagi bolalardan hohlaganini o'z jamoasiga olib ketadi, uzolmasa, o'zi o'sha jamoada qoladi. O'yin shu tariqa navbat bilan davom etadi. Qaysi jamoada o'yinchilar qolmasa, o'sha jamoa yutqazgan bo'ladi. Biz boyagi hovlida Bo'lib tarafma-taraf. Navbat bilan aytishdik, Taraf-tarafga qarab. Oq terakmi, ko'k terak? Bizdan sizga kim kerak? Eng a'lochi Afruza!! ! Oq terakmi, ko'k terak? Bizga Afruza kerak!! !

Zo'r bilak. O'yinda kimning bilagi kuchliligi aniqlanadi. O'yin yotgan va o'tirgan holda ham o'tkazilishi mumkin. O'yinchilar o'ng yoki chap qo'llarining panjalarini bir-biriga kiyishtirgan holda bilaklarining kuchini sinaydilar. Kimning bilagi yerga botib tegsa,yutqazgan hisoblanadi.

Yuqorida nomlari keltirilgan o'yinlaming aksari nomi yoki shartlari biroz o'zgargan shaklda O'zbekiston viloyatlari bo'ylab tarqalgan. Bu ro'yhatni mingga yetkazish mumkin albatta. Ko'rib turganimizdek, milliy xalq o'yinlari tarixiy taraqqiyot jarayonida jiddiy o'zgargani, har bir iqtisodiy tuzum ularning mazmun va qoidalarida o'zining muayyan izini qoldirgan. Ba'zi o'yinlarning nomi va qoidalari hozircha saqlanib qolgan. Ana shunday o'yinlardan foydalanishda ularning bolalarga jismoniy ta'sirdan tashqari tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishini ham nazardan soqit qilmaslik, ijodiy qo'llashni maqsadga muvofiqlashtirish kerak. Masalan, "Uloq" o'yini deganda odatda ot bilan o'ynaladigan, chavandozlar haqiqiy uloq uchun kurashadigan qadimiy ko'pkari oyini tushuniladi. Bolalarga mo'ljallangan "Uloq" o'yini otsiz o'tkaziladi, o'yinchilar bir parcha echki terisi yopishtirilgan to'ldirma to'pni olish uchun kurashadilar. O'yin qoidalarining ba'zi jihatlari kattalarnikiga o'xshab ketadi.Tezkorlik, chaqqonlik va kuchlilikni tarbiyaviy ahamiyatga ham ega, bunda bir-birini hurmat qilish, samimiy munosabat, qo'pollik qilmaslikka katta e'tibor beriladi. Xalq milliy o'yinlari bolalarda tarbiyaviy ahamiyati bilan bir qatorda jismoniy sifatlarini rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi. Chunki o'yinlar o'quvchilarning qiziqishlarini oshiradi, ularga zavq bag'ishlaydi, ish qobiliyatlarining tezroq tiklanishini ta'minlaydi. O'yinlar tufayli bolalar charchashni unutadilar,mashqlarni diqqat bilan bajarishga harakat qiladilar. Xulosa shundaki, xalq milliy o'yinlari inson kamoloti va yoshlar tarbiyasida muhim omil bo'lib hizmat qiladi. Shu sababdan o'quvchi yoshlarga xalq milliy o'yinlarining ijtimoiy-tarbiyaviy jihatlarini chuqurroq singdirish zarurdir.

Adabiyotlar:

1. Oxunjon Safarov. O'zbek xalq bolalar o'yinlari. Art Flex 2013. 176 b.

2. Kun.uz internet sahifasi: https://kun.uz/uz/news/2022/03/20/otma-tayoq-girboydi-dim-dim-yoqolib-borayotgan-xalq-oyinlaridan-qaysilarini-bilasiz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.