Научная статья на тему 'KO‘PKARI VA OT SPORT O‘YINLARINING MILLIY URF-ODAT VA AN’ANALAR BILAN ALOQADORLIGI MASALASI'

KO‘PKARI VA OT SPORT O‘YINLARINING MILLIY URF-ODAT VA AN’ANALAR BILAN ALOQADORLIGI MASALASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sportchilar va trenerlar zaxirasi chaqqonlik / hushyorlik / ustamonlik / halollik / raqibni hurmat qilish / mehmondo‘stlik / tolerantlik sog‘lom turmush tarzi / jismoniy va ma’naviy barkamollik / “Kokboru” / “Haqiqati Tochikiston” / Uloqchi otlar / chillak o‘yini / ko‘pkari / milliy etnik o‘yinini / резерв спортсменов и тренеров – ловкость / бдительность / мастерство / честность / уважение к сопернику / гостеприимство / толерантность / здоровый образ жизни / физическое и духовное совершенство / «Кокбору» / «Правда Таджикистана» / улакиские лошади / игра «чилак». много / национальная этническая игра

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — O.A. Tursunov

milliy manaviyatimizning o‘ziga xosligini ko‘rsatuvchi jihatlardan biri hisoblangan ananaviy ko’pkari milliy o‘yinlari xalqimiz maishiy turmushining ajralmas qismiga aylanib ketgan. Ananaviy ko’pkari milliy o‘yinlar ajdodlarimizning ijtimoiy-manaviy va estetik ehtiyojlari asosida yuzaga kelgan. Chunki ko’pkarida har bir ishtirokchi shunchaki bo‘sh vaqtni ko‘ngilli o‘tkazish vositasi emas, balki yosh avlodni jismoniy va manaviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalashning samarali usullaridan biridir. Mazkur maqolada Ko‘pkari va ot sport o‘yinlarining milliy urf-odat va an’analar bilan aloqadorligi masalasi, uning yoshlarda chaqqonlik, hushyorlik, ustamonlik, halollik, raqibni hurmat qilish, mehmondo‘stlik, tolerantlik kabi fazilatlarni shakllantirishda tutgan o’rni va ahamiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ISSUE OF THE CONNECTION BETWEEN KO‘PKARI AND EQUESTRIAN SPORTS GAMES WITH NATIONAL CUSTOMS AND TRADITIONS

традиционные национальные игры копкари, являющиеся одним из отличительных аспектов нашей национальной духовности, стали неотъемлемой частью повседневной жизни нашего народа. Традиционные национальные игры копкари возникли на основе социальных, духовных и эстетических потребностей наших предков. Потому что копкари для каждого участника не просто способ весело провести время, а один из эффективных методов физического и духовного воспитания молодого поколения. В данной статье освещается вопрос связи копкари и конных спортивных игр с национальными обычаями и традициями, а также их роль и значение в формировании таких качеств, как ловкость, бдительность, умелость, честность, уважение к сопернику, гостеприимство, толерантность у молодежи.

Текст научной работы на тему «KO‘PKARI VA OT SPORT O‘YINLARINING MILLIY URF-ODAT VA AN’ANALAR BILAN ALOQADORLIGI MASALASI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© O.A. Tursunov1^_

1Buxoro davlat pedagogika instituti, Buxoro, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: milliy manaviyatimizning o'ziga xosligini ko'rsatuvchi jihatlardan biri hisoblangan ananaviy ko'pkari milliy o'yinlari xalqimiz maishiy turmushining ajralmas qismiga aylanib ketgan. Ananaviy ko'pkari milliy o'yinlar ajdodlarimizning ijtimoiy-manaviy va estetik ehtiyojlari asosida yuzaga kelgan. Chunki ko'pkarida har bir ishtirokchi shunchaki bo'sh vaqtni ko'ngilli o'tkazish vositasi emas, balki yosh avlodni jismoniy va manaviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalashning samarali usullaridan biridir. Mazkur maqolada Ko'pkari va ot sport o'yinlarining milliy urf-odat va an'analar bilan aloqadorligi masalasi, uning yoshlarda chaqqonlik, hushyorlik, ustamonlik, halollik, raqibni hurmat qilish, mehmondo'stlik, tolerantlik kabi fazilatlarni shakllantirishda tutgan o'rni va ahamiyati yoritilgan.

MAQSAD: ko'pkari va ot sport o'yinlarining milliy urf-odat va an'analar bilan aloqadorligi va mushtarak jihatlarini ilmiy jihatdan pedagogik tahlil qilish.

MATERIALLAR VA METODLAR: ko'pkari milliy sport turining qadimgi ildizlari va zamonaviy sport turlari bilan mushtarak jihatlarini ilmiy jihatdan pedagogik tahlil qilish bo'yicha kompetensiyalarini shakllantirishni ta'minlovchi me'yoriy hujjatlar, tadqiqot davomida pedagogikaning umume'tirof etilgan qonuniyatlari, tamoyillarga asoslangan, qadimiy qo'lyozma manbalarning tahlillari asosida aniqlanishi hamda bu jarayonning mazmuni, metodikasi, qo'llaniladigan pedagogik texnologiyalarning amaliy asoslari, ularning samaradorlik darajalari eksperimental tadqiqotlar natijalariga asoslangan ilmiy xulosalar ishlab chiqilganligi bilan ta'minlangan. Shuningdek ishda xronologik tizimlilik, davriylik, mantiqiy yondashuv, analiz va sintez, qiyosiy tahlil va adekvat holatda o'rganishni ta'minlashga qaratilgan metodlar majmui qo'llanildi:

MUHOKAMA VA NATIJALAR: ko'pkari xalq o'yini Sharq xalqlari aholisi orasida qadim zamonlardan boshlab shakllangan va tarqalgan bo'lib, davrlar o'tishi bilan ajdodlardan avlodlarga o'tib takomillashib, sayqallanib borgan. Bu kabi xalq o'yinlarining tarixiy ildizlari va ularning kelib chiqishi jarayoni vodiy aholisining turmush tarzi, xo'jalik hayoti va qadimgi diniy qarashlari bilan uzviy ravishda bog'liq. Ot- sport o'yinlari to'y-omoshalarda, Navro'z bayrami va boshqa sayllarda xalqning quvnoqlik, xushchaqchaqlik kayfiyatini oshirishga xizmat qilgan omil va vositalardan biri bo'lib, ommaviylik kasb etgan.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Ko'pkari milliy sport turning kelib chiqishi tarixini tadqiq qilishning ilmiy-nazariy mezonlarini ishlab chiqish, xalq o'yinlarining milliy qadriyatlar tizimini shakllantirishdagi ijtimoiy estetik o'rni va vazifalarini ko'rsatib berish, shuningdek o'yinlar tarkibidagi etnografik elementlari materiali asosida ananaviy o'yinlarning taraqqiyot bosqichlarini o'rganish zarurligi tadqiqotimiz mavzusining dolzarbligini anglatadi.

XULOSA: ko'pkari va ot sport o'yinlarining milliy urf-odat va an'analar bilan aloqadorligi, uning rivojida aholining birligi, hamjihatligi, o'zaro tinch va osoyishta turmushni ta'minlashda muhim omil bo'lganligi isbot talab qilmaydi. Ko'pkari ot- sport o'yini o'z-o'zidan emas, balki ehtiyoj asosida vujudga kelgan. Ularning paydo bo'lishi va shakllanish davri turli bosqichlarda kechganligi tufayli tadqiqotlarda ularni mifologik qarashlar bilan bog'liq holda asoslashga urinish seziladi. Masalaning yana bir jihati shundaki, davr o'tishi bilan xalq o'yinlari kishilar hayotining muhim tarkibiy qismi bo'lib, ajdoddan avlodga meros bo'lib o'tishi hamda zamonga moslashib, kamol topish jarayonlari yuz bergan.

Kalit so'zlar: Sportchilar va trenerlar zaxirasi chaqqonlik, hushyorlik, ustamonlik, halollik, raqibni hurmat qilish, mehmondo'stlik, tolerantlik sog'lom turmush tarzi, jismoniy va ma'naviy barkamollik, "Kokboru", "Haqiqati Tochikiston", Uloqchi otlar, chillak o'yini, ko'pkari, milliy etnik o'yinini

Iqtibos uchun: Tursunov O.A. Ko'pkari va ot sport o'yinlarining milliy urf-odat va an'analar bilan aloqadorligi masalasi // Inter education & global study. 2024. № 5. B. 238-248.

ВОПРОС СВЯЗИ КОПКАРИ И КОННЫХ СПОРТИВНЫХ ИГР С НАЦИОНАЛЬНЫМИ ОБЫЧАЯМИ И ТРАДИЦИЯМИ_

© О.А. Турсунов1^

1 Бухарский государственный педагогический институт, Бухара, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: традиционные национальные игры копкари, являющиеся одним из отличительных аспектов нашей национальной духовности, стали неотъемлемой частью повседневной жизни нашего народа. Традиционные национальные игры копкари возникли на основе социальных, духовных и эстетических потребностей наших предков. Потому что копкари для каждого участника не просто способ весело провести время, а один из эффективных методов физического и духовного воспитания молодого поколения. В данной статье освещается вопрос связи копкари и конных спортивных игр с национальными обычаями и традициями, а также их роль и значение в формировании таких качеств, как ловкость, бдительность, умелость, честность, уважение к сопернику, гостеприимство, толерантность у молодежи.

ЦЕЛЬ: научный педагогический анализ связи и общих черт копкари и конных спортивных игр с национальными обычаями и традициями.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: обеспечены нормативные документы, формирующие компетенции по научному педагогическому анализу общих черт древних корней национального вида спорта копкари и современных видов спорта, основывающиеся на признанных законах и принципах педагогики, анализ древних рукописных источников, а также содержание этого процесса, методика, практические основы применяемых педагогических технологий, их эффективность, основанные на результатах экспериментальных исследований. Также в работе применен комплекс методов, направленных на обеспечение хронологической системности, периодичности, логического подхода, анализа и синтеза, сравнительного анализа и изучения в адекватных условиях.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: народная игра копкари сформировалась и распространилась среди народов Востока с древних времен, совершенствуясь и шлифуясь по мере передачи от предков к потомкам. Исторические корни таких народных игр и процесс их возникновения неразрывно связаны с образом жизни, хозяйственной деятельностью и древними религиозными воззрениями населения долины. Конные спортивные игры служили фактором и средством повышения веселья и жизнерадостности на свадьбах, праздниках Навруз и других народных гуляньях, становясь массовыми. Научно-теоретические критерии исследования истории происхождения национального вида спорта копкари, социально-эстетическая роль и задачи народных игр в формировании системы национальных ценностей, а также необходимость изучения этапов развития традиционных игр на основе этнографических элементов обусловливают актуальность нашей темы исследования.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: важность связи копкари и конных спортивных игр с национальными обычаями и традициями, их роль в обеспечении единства, солидарности и мирного сосуществования населения не требует доказательств. Копкари как конная спортивная игра возникла не случайно, а на основе потребностей. Поскольку их возникновение и формирование происходили на разных этапах, в исследованиях наблюдается попытка связать их с мифологическими представлениями. Ещё один аспект в том, что народные игры с течением времени стали важной составной частью жизни людей, передаваясь по наследству от предков к потомкам и приспосабливаясь к времени, развиваясь. Ключевые слова: резерв спортсменов и тренеров, ловкость, бдительность, умелость, честность, уважение к сопернику, гостеприимство, толерантность, здоровый образ жизни, физическое и духовное совершенство, "Кокбору", "Правда Таджикистана", Улакчи лошади, игра в чиллак, копкари, национальная этническая игра.

Ключевые слова: резерв спортсменов и тренеров - ловкость, бдительность, мастерство, честность, уважение к сопернику, гостеприимство, толерантность, здоровый образ жизни, физическое и духовное совершенство, «Кокбору», «Правда Таджикистана», улакиские лошади, игра «чилак». много, национальная этническая игра

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №5

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Для цитирования: Турсунов О.А. Вопрос связи копкари и конных спортивных игр с национальными обычаями и традициями // Inter education & global study. 2024. № 5. С. 238-248.

THE ISSUE OF THE CONNECTION BETWEEN KO'PKARI AND EQUESTRIAN SPORTS GAMES WITH NATIONAL CUSTOMS AND TRADITIONS_

© О.А. Tursunov1H

1 Бухарский государственный педагогический институт, Бухара, Узбекистан

Annotation

INTRODUCTION: traditional national games of kokpari, considered one of the distinctive aspects of our national spirituality, have become an integral part of the daily life of our people. Traditional national kokpari games arose based on the social, spiritual, and aesthetic needs of our ancestors. In kokpari, each participant is not just engaging in a pastime, but it is also an effective method for the physical and spiritual education of the younger generation. This article highlights the issue of the connection between kokpari and equestrian sports games with national customs and traditions, as well as their role and significance in developing qualities such as agility, alertness, skillfulness, honesty, respect for opponents, hospitality, and tolerance in youth.

AIM: to scientifically and pedagogically analyze the connection and common features of kokpari and equestrian sports games with national customs and traditions.

MATERIALS AND METHODS: the study is provided with normative documents forming competencies for the scientific pedagogical analysis of the common features of the ancient roots of the national sport of kokpari and modern sports, based on generally recognized laws and principles of pedagogy, analysis of ancient manuscript sources, as well as the content of this process, methodology, practical foundations of applied pedagogical technologies, their effectiveness based on experimental research results. The work also applied a set of methods aimed at ensuring chronological systematization, periodicity, logical approach, analysis and synthesis, comparative analysis, and study in adequate conditions.

DISCUSSION AND RESULTS: the folk game of kokpari formed and spread among the peoples of the East from ancient times, improving and refining as it was passed down from ancestors to descendants. The historical roots of such folk games and the process of their origin are closely related to the lifestyle, economic activities, and ancient religious beliefs of the valley inhabitants. Equestrian sports games served as a factor and means of enhancing the mood of joy and cheerfulness at weddings, Navruz celebrations, and other festivals, becoming a popular activity. Developing scientific-theoretical criteria for researching the history of the origin of the national sport of kokpari, demonstrating the socio-aesthetic role and tasks of folk games in forming a system of national values, and studying the stages of development of traditional games based on ethnographic elements indicate the relevance of our research topic.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

CONCLUSION the importance of the connection between kokpari and equestrian sports games with national customs and traditions, their role in ensuring the unity, solidarity, and peaceful coexistence of the population does not require proof. Kokpari as an equestrian sports game did not arise spontaneously, but out of necessity. Since their origin and formation occurred at different stages, there is an attempt in research to link them with mythological views. Another aspect is that over time, folk games have become an important part of people's lives, being inherited from ancestors to descendants and adapting and developing over time.

Key words: athletes and coaches reserve, agility, alertness, skillfulness, honesty, respect for opponents, hospitality, tolerance, healthy lifestyle, physical and spiritual perfection, "Kokboru", "Haqiqati Tochikiston", Uloqchi horses, chillak game, kokpari, national ethnic game

O'zbekiston mustaqillikka erishgandan buyon milliy o'zlikni tiklash, o'zbek xalqining tarixiy o'tmishi haqidagi haqiqatni qaror toptirish, tarixiy, milliy qadriyatlar va boyliklarni uning haqiqiy egasiga qaytarish yo'lida tom ma'nosi bilan olamshumul ishlar amalga oshirildi.

Buyuk ajdodlarimizning beqiyos ma'naviy merosi, ming yillik tariximiz va madaniyatimizga asoslangan ma'naviy hayotimizni tiklay boshladik. Dinimiz va tilimizga qaytdik, milliy urf-odatlarimiz va an'analarimiz, xullas, inson maonaviyatiga daxldor barcha boyliklarimiz qaytadan qad rostlayapti.

Tarixan tarkib topgan milliy an'ana, urf-odat, rasm-rusm, taomil, marosimlarining vujudga kelishi va rivojlanishiga bir qator omillar bevosita va bilvosita ta'sir ko'rsatadi. Shunday omillardan biri turmush tarzidir. U yoki bu xalqning azaliy an'anasiga aylanib qolgan har bir marosim milliylik qobig'idan chiqib umuminsoniy qadriyatga aylanadi; tili, dini, turmush tarzi bir-biriga yaqin bo'lgan qo'shni xalqlarni birlashtiradi. Qardosh millatlar orasida bir-birini bog'lovchi ko'priklarni vujudga keltiradi. Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, barcha xalq urf-odatlari, an'ana va marosimlari muayyan tarixiy davrning mahsuli bo'lib, u moddiy turmush sharoitining ta'siri natijasida paydo bo'lgan; vaqt o'tgan sari ular tobora mustahkamlanib, ajdodlardan avlodlarga meros bo'lib o'tib kelgan. Xalqning an'anaviy, ommaviy o'yinlari, sayllari va udumlari shahar va qishloq aholisining kundalik turmushiga singib ketgan bo'lib, xalqning orzu-istaklari hamda intilishlarini o'zida aks ettiradil. Bu marosimlar asrlar osha ajdodlardan avlodlarga asosan o'zgarmasdan o'tib kelgan. Shu jihatdan ham urf-odat, an'ana, marosim va udumlar uzoq vaqt davom etgan tarixiy

1 Yo'ldoshev S.V. Uzluksiz ta'lim-tarbiya jarayonida xalq o'yinlarining tarixiy, ilmiy pedagogik asoslari. Farg'ona. 2019.B.17-19.

For citation: Daminova M. Dilbar. (2024) 'The issue of the connection between kokpari and equestrian sports games with national customs and traditions', Inter education & global study, (5), pp. 238-248. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

taraqiyotning mahsulidir. Shuning uchun har bir xalqning turmushida uning o'ziga xos belgi va xususiyatlar mavjuddir.

Bu an'analar uzoq davr mobaynida vujudga keladi, davr o'tgan sari ularning ayrimlari moddiy va ma'naviy ehtiyojlarni qondirilishi bilan ularning safi va sifati o'sib, o'zgarib boradi. Shu narsani alohida ta'kidlash joizki, juda ko'p vaqtlardan buyon xalqimiz orasida yashab kelayotgan urf-odatlar, marosimlar, o'yinlar, udumlar va taomillar borki, bu xalqimizning to'y-tantanalarga o'chligidan, quvnoqlik, xushchaqchaqlik kayfiyatiga, kulgisevarligiga, shijoatligiga, tadbir o'tkazishda tadbirkorligidan dalolat beradi.

Mana shu manaviy merosningeng qadimiy qatlamiga xos qadriyatlar tizimida ananaviy xalq o'yinlari alohida o'rin tutadi. Dunyoda ananaviy o'yin shakllanmagan birorta ham xalq yo'q. Chunki oilada farzand dunyoga kelishi bilanoq malum vaqtdan so'ng o'zini o'rab olgan tashqi olamni turli-tuman o'yinlar, o'yinchoqlar vositasida anglay boshlaydi. O'yin inson hayotining deyarli barcha bosqichlarida o'ziga xos tarzda ifoda etiladigan ixtiyoriy faoliyat turlaridan biri bo'lib, tarbiyaviy-axloqiy, ijtimoiy - estetik funksiyani bajaradi.

Qadimgi davrlarda ham ibtidoiy odamlar turli-tuman jonivorlar holati, hatti-harakatlariga taqlid qilib, muayyan o'yinlarni o'ylab topganlar. Bu davrdagi ovchilik o'yinlari odatda totemistik va annimistik qarashlar bilan aloqador bo'lgan. Dastlab, ibtidoiy marosimlarning tarkibiy qismi bo'lgan totemistik raqs va o'yin harakatlari keyinchalik ananaviy o'yin hamda tomosha sanati asariga aylanib ketgan. Demak, ananaviy xalq o'yinlarini tadqiq etish orqali qadimgi davrlarda yashaganajdodlarimiz dunyoqarashini o'rganish mumkin bo'ladi.

Milliy manaviyatimizning o'ziga xosligini ko'rsatuvchi jihatlardan biri hisoblangan ananaviy xalq o'yinlari xalqimiz maishiy turmushining ajralmas qismiga aylanib ketgan. Ananaviy xalq o'yinlar ajdodlarimizning ijtimoiy-manaviy va estetik ehtiyojlari asosida yuzaga kelgan. Chunki har bir o'yin shunchaki bo'sh vaqtni ko'ngilli o'tkazish vositasi emas, balki yosh avlodni jismoniy va manaviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalashning samarali usullaridan biridir. Ajdodlarimiz o'z farzandlarini umumbashariy tuyg'ular, milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida ananaviy xalq o'yinlarining yuksak manaviyqudratidan samarali foydalanib kelishgan. O'yinlar ham xalq ommasining ijodiy salohiyati natijasida yuzaga kelganligi, asrdan-asrga anana tarzida yashab kelayotganligi, turli-tuman variantlarda ommalashganligi mohiyatan xalq ijodiyotining mahsuli hisoblanadi.

Shuning uchun ham ananaviy xalq o'yinlarining kelib chiqishi tarixi, yosh avlod tarbiyasidagi ijtimoiy-estetik ahamiyatini tadqiq etish bugungi etnolog va pedagoglar uchun dolzarb etnopedagogik muammo hisoblanadi.

An'anaviy xalq o'yinlarini tadqiq qilish va targ'ib etish-ajdodlarimizning yosh avlodni komil insonni voyaga etkazish borasidagi qadimiy ananalarini tiklash yo'lidagi muhim bir qadamdir. Ananaviy xalq o'yinlarining kelib chiqishi tarixini tadqiq qilishning ilmiy-nazariy mezonlarini ishlab chiqish, xalq o'yinlarining milliy qadriyatlar tizimini shakllantirishdagi ijtimoiy estetik o'rni va vazifalarini ko'rsatib berish, shuningdek o'yinlar tarkibidagi etnografik elementlari materiali asosida ananaviy o'yinlarning taraqqiyot bosqichlarini

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

o'rganish zarurligi tadqiqotimiz mavzusining dolzarbligini anglatadi2. Zero, bugungi ta'limni zamonaviy talablar asosida tashkil etish, uning mazmunini milliy an'anaviy xalq o'yinlari, qadriyatlar asosida samaradorlikka erishish, didaktik imkoniyatlaridan foydalanish ta'lim sohasidagi islohotlarga ko'mak va zamin yaratadi. Demak, milliy o'zligini anglagan xalqimiz hayotida manaviy tiklanish jarayoni kechayotgan shu kunlarda unutilib ketgan ananaviy xalq o'yinlarining, hozirgacha umuman o'rganilmagan yoki tadqiq qilinishini kutib yotgan sobiq sovet mafkurasi o'rganishga yo'l bermagan turlarini o'rganish va ommalashtirishga alohida ahamiyat berilmoqda.

Ajdodlarimizning qadimiy dunyoqarashlarini o'zida mujassam ifoda etgan ananaviy xalq o'yinlarini tiklash ham etnologiya va pedagogika fanlarining dolzarb yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Xalqimizning ruhiy kechinmalari, moddiy va manaviy turmushi, milliy o'ziga xosligini aks ettiruvchi ananaviy o'yinlar uch ming yillik tarix davomida sayqallanib kelgan manaviy qadriyatlarni avaylab-asrash borasidagi umumxalq harakatining tarkibiy qismidir. Xalqimizning ommaviy sayl-tomoshalari, marosimlari ham o'yinlarsiz o'tmaydi. Shu bois ananaviy xalq o'yinlarini o'rganish xalq ruhiyati va madaniy hayotining o'ziga xos jihatlarini anglashga imkon beradi. O'yinlarining tarixiy-genetik asoslari ochib berilmaganligi tufayli o'yinlarning shakllanish bosqichlari va taraqqiyoti tamoyillari ham haligacha to'liq o'rganilmagan. Ananaviy xalq o'yinlarining genetik tasnifi, o'yinlarning ijtimoiy hodisasi sifatidagi yuzaga kelish tarixi va tadrijiy rivoji, o'yin tarkibidagi ijtimoiy-iqtisodiy elementlarning xususiyatlari va o'yinlarning estetik tarbiya vazifalarini alohida ilmiy jihatdan tadqiq etish zarurligi mavzusining dolzarb ekanligini ko'rsatadi. Etnik jihatdan bir-biriga yaqin bo'lgan, tarixan bir muhitda yashab, o'tmish madaniyati bir zaminda vujudga kelgan, biroq ayni paytda mustaqil davlat bo'lib yashayotgan respublikalarning tarixiy ildizlarini qidirib topish, o'zaro hamkorlik munosabatlarini qaytadan tiklash borasidagi intilishlarini hayotning o'zi zaruriyat darajasiga ko'tarmoqda.

Milliy o'zlikni anglashning o'sishi, urf-odat va an'analarning tiklanishi jarayonida o'zbek xalqining moddiy va ma'naviy madaniyati, boy madaniy merosini ilmiy jihatdan o'rganish masalalari dolzarb ahamiyat kasb eta boshladi. Ayniqsa, xalq o'yinlari, ularning lokal-hududiy va umumiy xususiyatlarini o'rganishga bo'lgan e'tibor mustaqillik yillarida yana-da kuchayib tarixiy, etnografik, arxeologik, pedagogik yo'nalishdagi tadqiqotlarda o'z aksini topa boshladi.

O'zbekiston mustaqilligining ilk yillaridan boshlab xalq o'yinlarining milliy sport turlarini tiklash, aholining jismoniy madaniyatini shakllantirish, yosh avlodni jismoniy barkamol etib tarbiyalashda bu o'yinlarning ahamiyati va rolini yoritib berishga bag'ishlangan ilmiy anjumanlar o'tkazildi. Har bir xalqning madaniy-ma'naviy boyliklari xazinasiga xalq o'yinlari ham kiradi. Xalq o'yinlari vujudga kelishi va rivojlanishiga ko'ra, g'ayrioddiy hodisa emas, balki xalqning hayotini obrazli, muayyan tarzda aks ettiradigan va jamiyat taraqqiyotining qonunlari bilan belgilanadigan maqsadli yo'naltirilgan faoliyatdir.

2 Yo'ldoshev S.V. Farg'ona vodiysi aholisining xalq o'yinlari.Tarix fan.nomz.dissert. avtoref.Toshkent.2019.B.15.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Xalq o'yinlari xalq ijodiyotining o'ziga xos janri bo'lib, ko'p asrlik tarixga ega. Ularda jamiyat rivojlanishining u yoki bu bosqichiga xos ijtimoiy voqealar aniq aks etadi. Tarixiy taraqqiyot jarayonida xalq o'yinlarining tadrijiy rivojlanishini va shu o'yinlardan tarbiyaviy maqsadlarda foydalanishbilan bog'liq masalalarni ko'rib chiqishda xalq o'yinlarining har bir turiga xos jihatlariga alohida e'tibor berish kerak. O'yinlar xalq tomonidan yaratilgan va kishilarning kundalik hayotidagi voqealar hamda hodisalarni obrazli aks ettirgan. Ularning hayotiy taassurotlarini, kuzatishlarini, tajriba va hissiyotlarini gavdalantirib, o'zida musiqa, raqs shakllarini ham mujassamlashtirgan. Ibtidoiy jamiyatda yoshlarni kattalar safiga qo'shish, deb ataladigan bayramlar, diniy ma'rosimlar keng tarqalgan. Bular o'ziga xos o'yin, musobaqalardan iborat bo'lib, ularning mazmunini mehnat faoliyati, qabilalarning urf-odatlari, udumlari, xalq og'zaki ijodi tashkil qilgan. Mana shunday o'yin musobaqalarda yigitlar qurollardan foydalana olishlarini, diniy odatlarni, qo'shiqlarni, qabila rivoyatlarini bilishlarini namoyish etishlari lozim bo'lgan. Marosimlarda raqslar ham ijro qilinib, ularda ibtidoiy odamlar o'z hayotlaridagi voqealarni, yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklarini, shodliklari va qayg'ulariniifodalaganlar. Ibtidoiy odamlarning yovvoyi hayvonlarni ovlashlari, ularni o'zlariga bo'ysundirishga intilishlari ov o'yinlarini ijod qilishga va namoyish etishga sabab bo'ldi. D.U. Elkonin o'yin va san'atning kelib chiqishini tadqiq qilib, "ibtidoiy kishilar ov, urush voqealarini va boshqa jiddiy faoliyat turlarini o'yinlarda ifodalaganlar. Ovdagi muvaffaqiyatsizlikni o'ynash ularga yo'l qo'yilgan xatolarni hamda muvaffaqiyatsizlikning sabablarini aniqlashda yordam bergan", degan xulosaga keldi3-

Xalqlarning uzoq davrlardan buyon saqlanib kelayotgan o'yinlari ular hayotining bir bo'lagiga aylangan. O'yinlarda xalqning xoxish-istaklari, o'tmishi, turmush tarzi namoyon bo'ladi. Xalq o'yinlari boshqa urf-odat va an'analar singari uzoq tarixga ega. Bu o'yinlar, musobaqalarning ayrimlari turli ta'sirlar natijasida modernizatsiyalashgan, ayrimlari lokalxususiyatlarini saqlab qolgan. Bu esa xalqning ijtimoiy-psixologik holatidan kelib chiqib, quvnoqlik, xushchaqchaqlik, to'y va bayramlarga ishtiyoqning kuchliligi, tadbir o'tkazishga moyillik kabi komponentlarning etakchiligidan dalolat beradi.

Akademik A.A. Asqarov turkiyzabon aholining o'yin-musobaqalarini qadimiy turlaridan bo'lgan kurashni va ot bilan bog'liq mifologik qarashlarni quyidagicha tahlil qiladi: "Ordos to'qasi tasvirdagi ikki pahlavon kurashining sershoh daraxtlarga bog'langan otlar, polvonlar ustida parvoz qilayotgan qushlar manzarasi mifologik tasavvurlar zamiridan kelib chiqqan. Bir qarashda kurash jarayonidagi egarlangan otlar tasviri ortiqcha tuyulsa-da, ijodiy tahlil asosida yondashilsa, masalaga oydinlik kiritish mumkin. Ya'ni ot uning barcha sarguzashtlarida doimiy ajralmas hamrohi, beminnat yordamchisidir. SHuning uchun qadimgi dostonlarda pahlavon bilan bir safda doimo uning oti hozir turgan. Hatto afsonalarda ot bilan uning egasi pahalvonning bir kunda dunyoga kelganligini kuylovchi satrlar uchratiladi.

O'yinlar, shuningdek, ifoda vositalariga qarab so'zli, qo'shiqli, raqsli, harakatli, musobaqaviy etnografizm sifatida namoyon bo'ladi. Ko'p o'rinlarda o'yinlarni bolalar va

3Йулдошева Р. Узбек халк уйинлариннг тарбиявий ахамияти. - Т: 1992. Б.23.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

o'smirlar hamda katta yoshdagi kishilar uchun mo'ljallangan o'yinlarga ajratish taomilga kirgan. Katta yoshdagi kishilar uchun uloq (ko'pkari) va shavqi baland o'yinlardan qo'chqor, it, xo'roz urushtirish, oshiq o'yini kabilari mansubdir. Ot - otsimonlar oilasiga mansub toq tuyoqli o'txo'r hayvonlar avlodi. O'rta Osiyoda va Evropaning janubi-sharqiy qismida xonaki otlar miloddan avvalgi III ming yillikdan ma'lum edi. Biroq otni xonakilashtirish masalasi juda murakkab va munozarali bo'lib, ko'pchilik olimlarning fikricha, G'arbiy Evropa va Osiyo otning vatani hisoblanadi.

M.O.Kosvenning yozishicha, agar otning kelib chiqish joyi Osiyo bo'lsa, hech qanday munozaraga sabab bo'lmasa, G'arbiy Evropa uning mustaqil vatani ekanligini isbotlab berish talab etiladi. Osiyoning o'zida ham ot, aftidan, bitta emas, hech bo'lmaganda ikki hududda - Sharqda va O'rta Osiyoda, ehtimol, Turkmaniston hududida paydo bo'lgan. Ancha yirik uzun oyoqli, kelishgan qayma yo'rg'a va chidamli eng yaxshi naslli otlarning vatani xuddi shu erdir.

Ushbu o'yinlar tasnifi shuni ko'rsatadiki, biz yuqorida chorvachilik bilan bog'liq o'yinlar qatoriga kiritgan uloq (ko'pkari), ot poygasi, kurash o'yinlari to'y, Navro'z, hosil bayramlarida dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug'ullanuvchi aholi orasida ham tarqalgan bo'lib, umumiy xarakterga ega bo'lgan o'yin sifatida aholining barcha qatlamlari orasida ommaviylashib ketgan. SHuningdek, kurash ham ko'chmanchi va o'troq aholining eng ommabop va qiziqarli o'yini hisoblanib, o'troq dehqon, chorvador aholi, hunarmandlar o'rtasida birdek ahamiyat kasb etadi.

Bolalar o'rtasidagi "uloq" o'yini ommaviy xalq o'yinlarining eng keng tarqalgan turlaridan biri bo'lib, katta yoshdagilarning ot ishtirokidagi o'yiniga taqlid holatida vujudga kelgan. Mazkur uloq o'yini unsurlari hisoblangan ot va uloq bolalarga mos bo'lib, ot va qamchi novdadan, uloq esa echki yoki qo'y terisidan tayyorlanadi. Bu o'yin etnohududiy xarakteriga ko'ra, marrali, marrasiz turlarga bo'linadi. Yoshlar o'rtasida bugungi kunga qadar sevib o'ynaladigan o'yin turlaridan bo'lib, katta yoshlilar o'rtasidagi ommaviy xalq o'yiniga tayyorgarlik bosqichi vazifasini o'taydi. Mazkur o'yin o'zbek, tojik, qirg'iz millatiga mansub aholi o'rtasida birdek tarqalgan bo'lsa-da, qirg'iz bolalarining uloq o'yini ma'lum bir jihatlari bilan farq qiladi, ya'ni ular ulog'ida, albatta, teri parchasi ishtirok etishi shart va yil bo'yi davom etishi mumkin. Buning aksi o'laroq, o'zbek va tojik bolalari o'rtasidagi uloq o'yinida predmetlar teridan bo'lishi shart emas. SHuningdek, ushbu o'yin, asosan erta bahorda dalalar ekinlar uchun tayyorlanayotgan paytdagina o'ynalgan.

Otni ulug'lagan dostonlar, uning o'z davrida eng ilohiy hayvon darajasiga ko'tarilgani to'g'risida madhiyalar bo'lsa-da, ularning birontasida dastlabki otlarni qo'lga o'rgatilgan yurt, ularning nasli to'g'risida hech qanday ma'lumotlar keltirilmagan. Chunki otlarni dastlabki qo'lga o'rgatilgan vaqt yozma manbalar qoldirishi mumkin bo'lgan davrdan ancha qadimga borib taqaladi va shuning uchun ham bunday ma'lumotlarni faqat arxeologik izlanishlarning natijalaridangina bilib olishimiz mumkin.

Otga sig'inish boshqa xalqlarga qaraganda, turkiyzabon xalqlarda keng tarqalgan odat edi. Chunki turkiy xalqlarning hayotida, xo'jaligida ot eng yuqori o'rinda turgan. Ural-Oltoy xalqlarida osmon xudolari Tangri va Ulgenyuga bag'ishlab oq ot keltirilgan.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Uyg'urlarda tillorang, peshonasida oqi bor ot osmon xudosiga qurbonlikka bag'ishlangan. Boshqirdlar va qoraqalpoqlar yangi tug'ilgan chaqaloqning oldiga ot olib kirishgan. Sayan-Oltoy xalqlarida oktyabr oyida kecha va kunduz tenglashgan paytda daryo qirg'og'ida tay-elga (tayqlga) marosimi o'tkazilgan. Unda osmon xudosi Ulgenyuga oq yoki sariq otni qurbonlikka keltirishgan hamda uning go'shtini iste'mol qilishib, terisi, tuyoqlari va boshini oq qayin daraxtiga yoki uzunroq xodaga ilib qo'yishgan. Shunday qilinsa, daraxtlarga hayot bag'ishlaydi, deb tasavvur qilingan. Barcha marosim ishtirokchilari yuzlariga otning boshi tasviridagi niqobni kiyib, ayg'ir otga o'xshab kishnab, sakrab uning turli qiliqlarini ijro etishgan. Ko'pkari xalq o'yini Sharq xalqlari aholisi orasida qadim zamonlardan boshlab shakllangan va tarqalgan bo'lib, davrlar o'tishi bilan ajdodlardan avlodlarga o'tib takomillashib, sayqallanib borgan. Bu kabi xalq o'yinlarining tarixiy ildizlari va ularning kelib chiqishi jarayoni vodiy aholisining turmush tarzi, xo'jalik hayoti va qadimgi diniy qarashlari bilan uzviy ravishda bog'liq.Ot- sport o'yinlari to'y-omoshalarda, Navro'z bayrami va boshqa sayllarda xalqning quvnoqlik, xushchaqchaqlik kayfiyatini oshirishga xizmat qilgan omil va vositalardan biri bo'lib, ommaviylik kasb etgan.

Markaziy Osiyo xalqlarida odamlarning tabiat sirlarini tushunishga intilishlari diniy e'tiqodlar bilan qorishib ketgan. Diniy e'tiqodlar bilan birga qadimgi odatlar vujudga kelgan. Bu odatlar tabiat va hayvonlarga sig'inish marosimlari zamirida bevosita tarixiy ildizlar bilan bog'liqdir. Ko'pkari ot- sport o'yini o'z-o'zidan emas, balki ehtiyoj asosida vujudga kelgan. Ularning paydo bo'lishi va shakllanish davri turli bosqichlarda kechganligi tufayli tadqiqotlarda ularni mifologik qarashlar bilan bog'liq holda asoslashga urinish seziladi. Masalaning yana bir jihati shundaki, davr o'tishi bilan xalq o'yinlari kishilar hayotining muhim tarkibiy qismi bo'lib, ajdoddan avlodga meros bo'lib o'tishi hamda zamonga moslashib, kamol topish jarayonlari yuz bergan.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. "Niyati ulug' xalqning ishi ham ulug', hayoti yorug' va kelajagi farovon bo'ladi".Toshkent. O'zbekiston.2019.-B 125.

2. Андреев М.С. Таджики долины Хуф. Вып. 1. - Сталинабад, 1957. - С.112-113.; Шаниязов К.Ш. Узбеки-карлуки... - С.167-168.

3. Абдулах,атов Н. Fозиев Т. Бурхониддин Мар^ноний: тарихий х,ак,ик,ат ва асотирлар. - Тошкент: Янги аср авлоди, 2010. - Б.268.

4. Боровков А.К. Игры узбекских детей // Сб. научн. кружка при Востфаке САГУ. Вып.1. - Ташкент, 1927. - С.41.

5. Валихонова Г.Фарюна водийси уйfурлари: турмуш тарзи ва маданияти. -Тошкент: Янги нашр, 2013. - Б.113-114.

6. Гумелев Л.Н. Кадимги турклар. - Т.:: 2007. - Б.76.

7. Истоков Б.Б. Болалар уйинларининг этнографик хусусиятлари... - Б. 249.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

8. Кубаков К.К. Детские игры и увеселения узбеков (на материалах Самаркандской и Джизакской областей). // Вопросы археологии, древней истории и этнографии. Самарканд, 1981. - С 35.

9. Мух,аммадиев Л. Со^нтирган хал к, уйинлари ... - Б.16.

10. Усмонхужаев Т.С., Хужаева.Ф. Минг бир уйин... - Б.78.

11. Шаниязов К. Узбеки-карлуки... - С.172-173.

12. Шаниязов К.Ш. Узбеки-карлуки. Историко-этнографический очерк, -Ташкент, 1964; c-342.

13. Шаниязов К.Ш. К Этнической истории узбекского народа (историко-этнографическое исследование на материалах кипчакского компонента). - Ташкент: Фан, 1974. - 342 с.;

14. Fойибов Б.С. Панжикент деворий суратларида халкнинг маданий-маиший х,аёти. // Узбекистан тарихи асрлар силсиласида (Катта укитувчи С.И. Шариповнинг 60 йиллигига ба^шланган илмий-амалий конференция материаллари). -Самарканд. 2010. - Б. 42.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

HTursunov Oqil Amrilloyevich, "Pedagogika" kafedrasi o'qituvchisi, [Турсунов Окил

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Амруллоевич, преподавателя кафедры «Педагогика», [Oqil A. Tursunov, teacher of the Pedagogy department]; manzil: manzil: O'zbekiston, Buxoro, Piridastgir ko'chasi 7 uy [адрес: Бухара, Узбекистан, улица Пиридастгира 7 дом [address: Bukhara, Uzbekistan, Piridastgir street house 7] Email: bexruzxamroyev1107@gmail.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.