BARKAMOL AVLOD TARBIYASIDA XALQ O'YINLARINING
AHAMIYATI
Z.Ahmedov
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: Ushbu maqolada bolalarni aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik tarbiyalash vositalaridan biri xalq o'yinlari haqida hikoya qilinadi.
Kalit so'zlar: Odob, ahloq, sezgi, idrok, tafakkur, xayol, xotira, diqqat, iroda, hissiyot.
THE IMPORTANCE OF FOLK GAMES IN EDUCATION OF DEVELOPED
GENERATION
Z.Ahmedov
Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: This article is about folk games, one of the means of educating children mentally, morally, physically and aesthetically.
Keywords: Etiquette, morality, intuition, perception, thinking, imagination, memory, attention, will, emotion.
Mustaqillik yillarida milliy an'ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylab, kelajak avlodga bekam-u ko'st yetkazishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu jarayonda unutilib ketayotgan xalq og'zaki ijodi namunalari, an'ana va urf-odatlar, milliy o'yinlar qayta tiklanayotir. Xalq o'yinlari azaldan ajdodlarimiz madaniy hayotining ajralmas qismi sifatida e'zozlanadi. Aksariyat o'yinlarning ildizlari juda qadimiy bo'lib, ular asrlar davomida xalqimiz ma'naviyatini boyitishga, ong-u tafakkuri va his-tuyg'ularini teranlashtirishga xizmat qilgan. O'yinlarda xalqning turmush tarzi, mehnati, yutuqlari o'z aksini topadi. Shu bois ular yosh avlodlarni tarbiyalashda "hayot maktabi" vazifasini o'tagan. O'yin - turli ifodali vositalar bilan ma'lum qoida yoki oldindan kelishilgan shartlar asosidagi jismoniy musobaqalar, bellashuvlar, tafakkur bahslari va ijrochilik talablaridan vujudga kelgan milliy qadriyat hisoblanadi. Abu Ali ibn Sino "Tib qonunlari" asarida kurash va jismoniy mashqlarning kishi badan tarbiyasidagi o'rni, o'yinning shifobaxsh xususiyatlari haqida to'xtalgan. Kaykovus, Umar Hayyom, Abulqosim Firdavsiy, Beruniy chavgon, shaxmat, qilichbozlik, chavandozlik kabi yuzlab o'yinlar xususida yozib qoldirgan. Alisher Navoiy asarlarida bayramlar, tantanalar, to'ylar munosabati bilan
tashkil etilgan o'yinlar haqida ko'pgina ma'lumotlar bor. Ularda o'yinlarning uyushtirilishi, ijrochilari, o'tkazish qoidalari bayon etilgan.
O'yin - tarbiyalash va hordiq chiqarish vositalaridan biri. O'yin insoniyatning butun tarixi mobaynida diniy marosim, sport, harbiy va boshqa mashqlar, shuningdek, san'at, ayniqsa, uning ijro shakllari bilan qo'shilib kelgan. Ma'lumki, inson o'z hayotida o'yin, o'qish, mehnat, dam olish kabi mashg'ulotlar bilan band bo'ladi. Inson hayotining dastlabki davrlarida o'yin asosiy faoliyat hisoblanadi, keyin esa u o'qish bilan baravar davom etadi, undan so'ng esa o'yin kamayib, uning o'rnini o'qish va mehnat egallaydi. Odamzod tarixining dastlabki davrlarida o'yinlar hayotda muhim o'rin tutgan. O'yinlar yordamida insoniyat o'sgan, ulg'aygan, chiniqqan, jismonan baquvvat bo'lgan, aqlan, ruhan rivojlangan, ma'naviy kamol topgan. o'zbek xalq o'yinlari avlodlarni tarbiyalashda "hayot maktabi" vazifasini o'tagan. O'yinlar yosh avlodni aqlan, ruhan va jismonanbarkamol bo'lib yetishishlarida muhim o'rin egallab kelgan.
Bolalar o'yinlari - bolalarni aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik tarbiyalash vositalaridan biri. Ular bolalarning har tomonlama kamol topishiga katta ta'sir qiladi. O'yin vaqtida sezgi, idrok, tafakkur, xayol, xotira, diqqat, iroda, hissiyot va boshqa ruhiy jarayonlar ishtirok etadi. Bolalar o'yinlarining 3 asosiy xususiyati bor. Birinchidan, bola o'yin faoliyatini bola erkin, o'z xohishi bilan bajaradi. Ikkinchidan mazkur faoliyatning ijodiy va faolligidir. Uchinchidan, o'yin harakatlarining jo'shqinligi: bola o'yinga qiziqib ketadi, zavqlanadi, unda o'rtoqlik hissi kuchayadi. Bolalar o'yinlari mazmuniga qarab o'yinchoqli, voqeaband (sujetli), harakatli va didaktik o'yinlarga bo'linadi: 1) o'yinchoqli o'yinlar asosan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning o'yinlaridir (soda o'yinchoqlar, mas, shiqildoq, kubiklar o'ynash; qum bilan o'ynash); 2) voqeaband o'yinlarda bolalar kattalar faoliyatiga taqlid qilishadi. Bu o'yinlar bolaning tashqi muhitidagi voqelikni aks ettiradi (mas, "bola boqish", "ovqat pishirish", "bog'cha-bog'cha" o'ynash va b.) Bolalar ulg'aygan sari ularning voqeaband o'yinlari ham murakkablasha boradi; 3) harakatli o'yinlarni bolalar yakka-yakka yoki birgalikda bajaradilar (mas, koptok o'ynash, tez yugurish va b.) Bu o'yinlar maktab yoshidagi bolalarga ayniqsa foydalidir: bolalar sog'lig'ini mustahkamlaydi, ularni irodali qilib tarbiyalashga yordam beradi. Bolalarning sport o'yinlari ham harakatli o'yinlardandir; 4) didaktik o'yinlarni tarbiyachilar o'ylab topadi. Bu o'yinlar bog'chalarning katta guruhlarida tarbiyalanadigan va boshlang'ich sinflarda o'qiydigan bolalarga mo'ljallanadi (mas, tabiiy-ilmiy mavzularga, chet tili so'zlarini eslab qolishga oid va h.k.). Bu o'yinlar bolalarda sezgi, idrok, diqqat, xotira, zehn kabi sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Bolani sog'lom va baquvvat bo'lib o'sishiga imkon beradi.
Milliy o'yinlar tarixini o'rganishda Mahmud Koshg'ariyning "Devoni lug'otit turk" asarining o'rni beqiyos. Asarda xalq o'yinlarining bir yuz ellikdan ziyod turi tilga olingan. Jumladan, "qorang'uni" (qorong'ida qo'rg'on olish), "bandol" (asir olish), "o'tish-o'tish" (davra o'yini), "chavgon" (to'p o'yini), "o't bandal" (tayoq o'yini), qilichbozlik, nayzadorlik va boshqa o'yinlar haqida ham ma'lumot beriladi. Lug'atda izoh berilgan o'yinlarning bir nechtasi hozirgi kunda ham bolalar uchun qiziqarli mashg'ulot sanaladi. "Alpomish" dostoni xalq o'yinlarini o'rganishda muhim manba hisoblanadi. Unda kurash, ot, poyga, uloq, nayza sanchish, kamondan o'q otish, qilichbozlik, merganlik kabi o'yinlar negizida mardlik, jangovarlik, oriyat, matonat, ma'naviy va jismoniy komillik kabi fazilatlar o'z ifodasini topg an. Doimiy o'tkaziladigan o'yinlar bilan birga har bir faslga xos o'yinlar ham mavjud. Masalan, bahorda daraxtlar uyg'onib, tollar kurtak chiqarganda - "tol bargak", dala gullari ochilganda - "gul o'yini", pishiqchilik paytida danak, yong'oq o'yinlari, arg'imchoq uchishlar sevib o'ynalgan. Kech kuz, qishda yog'ingarchilik boshlanib, yer yumshaganda qoziq, oshiq, tosh o'yinlar odat tusiga kirgan. Qor yoqqanda "qorxat","qorbo'ron", yomg'ir yoqqanda "yomg'ir yog'aloq", kuchli shamol esganda "bo'ron-bo'ron", sovuq o'z kuchini ko'rsatganda barcha sandal atrofida yig'ilib, "topishmoqtop", "tez aytish", "kim aytdi" kabilar o'ynalgan. Kech kuzdan to bahorgacha "uloq-ko'pkari" musobaqalari o'tkazilgan. Qadimdan yurtimizda to'y-tomoshalar, bayramlar xalq o'yinlari bilan yanada fayzli, ko'tarinki ruhda o'tgan. Xususan, eng ommaviy bo'lgan milliy o'yinlardan uloq-ko'pkari va kurash to'y va bayramlarning sevimli tomoshasiga aylangan.Xalq orasida kurash tushuvchi kuchli odamlar juda hurmat qilingan, atrofdagilar ularga havas bilan qaragan. Shuning uchun belini bog'lab kurash tushadigan polvonlar xalq shodiyonalarining ardoqli mehmoni sanalgan. Xalqimiz har yili Navro'z ayyomini katta shod-u xurramlik bilan kutib oladi. Ana shu bayram kunlari an'anaga ko'ra ko'pkari, varrak uchirish, halinchak uchish kabi turli o'yinlar o'ynaladi. Dala-yu qirlarda, bog'-u rog'larda xalq sayillari qizigandan qiziydi. Mustaqillik yillarida urf-odatlarimiz nafaqat asl qiyofasiga qaytdi, balki mazmunan boyidi va yanada sayqal topdi. Ayni vaqtda bayramlarimizda kuy-qo'shiqlar, folklor-etnografik jamoalarning chiqishlari, lapar, o'lan, alla ohanglari, milliy xalq o'yinlari uyg'unlashtirilib ijro etilmoqda. Xalq o'yinlari kishiga o'zgacha xushnudlik ulashadi, insonning kayfiyatiga ijobiy ta'sir etadi. U yoshlarning jismoniy, aqliy, axloqiy rivojlanishida, kuchli, chaqqon, topqir, farosatli, mard insonlar bo'lib kamol topishida katta ahamiyat kasb etadi. O'zbek xalqining betakror samimiyatini o'zida aks ettiruvchi urf-odat va marosimlarimiz qadimiy madaniyatimizning go'zalligini namoyon etuvchi bir ko'zgudir.
Shunday ekan, sog'lom va barkamol avlodni ham jismonan, ham ma'nan barkamol etib tarbiyalashda milliy merosimiz va milliy o'yinlardan foydalanishimiz maqsadga muvofiqdir.
Milliy o'yinlar bolalar hayotida shunday ahamiyat kasb etadiki, ularga qarab bolaning shaxsiyati, xarakteri, dunyoqarashi, mayllari, qobiliyatlarini aniqlash mumkin. Demak, xalq o'yinlarining tarbiyaviy ahamiyati katta, shu boisdan ham murabbiylar o'quv-tarbiyaviy jarayonda ulardan foydalana bilishlari lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. I.A.Karimov. "Yuksak ma'naviyat engilmas kuch" 2008- yil
2. Mirziyoyev Sh. Adabiyot, san 'at va madaniyatni rivojlantrish - xalqimiz ma'naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 3 avgust kuni mamlakatimiz ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma'ruzasi. O'zbekiston adabiyoti va san'ati. - 2017. - 4-avgust.
3. Boltaboyeva U. Sahna nutqi. Toshkent, INNOVATSIYA-ZIYO; 2019.
4. Boltaboeva, U., & Madaminov, S. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF UZBEK TRADITIONAL THEATER. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 32-40.
5. Boltaboeva, U. (2021). The Art of Directing: Composition and Scales. International Journal of Culture and Modernity, 11, 16-24.
6. Болтабоева, У. (2021). Булажак актёрларни тарбиялашда педагогик ёндашувлар. Oriental Art and Culture, 2(3), 88-98.
7. Boltaboeva, U., & Xalilov, Y. (2021). Teatr san'atining o 'ziga xos xususiyatlari. Oriental Art and Culture, 2(3), 40-48.
8. Boltaboyeva, U., & Yu, K. (2021). The director's work on monologue and mise-en-scenes. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 7177.
9. Датамова, Ё., & Болтабоева, У. (2019). Нут; техникасини такомиллаштиришда хал; огзаки ижодидан фойдаланиш усуллари. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 50-52.
10. Болтабоева, У., & Дехдонов, Р. (2021). Даётийлик ва хаддонийлик драматик асар, режиссура, актёрлик махорати асоси. Oriental art and culture, 2(3), 134-141.
11. Болтабоева, У. (2020). КУГИРЧОК ТЕАТРИ ГУРУДЛАРИДА САДНАВИЙ НУТКНИНГ АДАМИЯТИ. Oriental Art and Culture, 1(5), 85-92.
12. Болтабоева, У. (2021). МУСЩАЛИ ДРАМА ТЕАТРЛАРИНИНГ РИВОЖЛАНИШИДА ТАРИХИЙ АСАРЛАРНИНГ РОЛИ. Oriental Art and Culture, (6).
13. Эргашев, К., & Болтабоева, У. (2021). УЧИНЧИ РЕНЕССАНС ЁШЛАР НИГОДИДА. Oriental Art and Culture, (6).
14. Усмонов, Ш. Ю. (2021). РЕЖИССЁРНИНГ РАССОМ БИЛАН ИШЛАШИ. Oriental Art and Culture, (6).
15. Usmonov, S., & Talaboyev, A. (2021). Work of the director with an artist. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 24072410.
16. Abdunazarov, Z. (2021). Features of Theatrical Art. International Journal of Culture and Modernity, 11, 1-7.
17. Abdunazarov, Z. (2021). Hamza hakimzoda niyoziy dramaturgiyasi. Oriental Art and Culture, 2(3), 170-178.
18. Абдуназаров, З. (2021). ИЖОДИЙ СИНТЕЗ ЖАРАЁНЛАРИНИ ТАШКИЛ ЭТИШДА РЕЖИССЁРНИНГ РОЛИ. Oriental Art and Culture, (6).
19. Boltaboeva, U., Abdunazarov, Z., & Usmonov, S. (2021). The balance of language and speech in the Uzbek theater. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 788-792.
20. Tursunova, G. (2021). Russian Music in the First Half of the XIX Century, A Look at the Cultur e. International Journal of Culture and Modernity, 11, 76-82.
21. Boltaboeva, U., Andunazarov, Z., & Tursunova, G. (2020). Importance of tongue twisters and proverbs in overcoming speech defects. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2902-2905.
22. Tursunova, G., & Karimov, B. (2020). Factors that should be considered in musical theater actors education. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 57-61.
23. Tursunova, G. (2021). BALET RAQS SAN'ATINING O'RNI VA TARIXIY TARAQQIYOTI. Oriental Art and Culture, (6).
24. Akbarova, M., Tursunova, G., & Abdunazarov, Z. (2020). Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of Higher Education. European Journal of Arts, (1), 125-128.
25. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.
26. Haydarov, A. (2021). A LOOK AT RUSSIAN MUSICAL CULTURE IN THE SECOND HALF OF THE XIX CENTURY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 24-31.
27. Haydarov, A. (2019). AKTYORLIK SAN'ATIDA VOKALNING O 'RNI. Интернаука, (19-4), 55-56.
28. Haydarov, A. (2020). QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH. Oriental Art and Culture, (IV).
29. Haydarov, A. (2021). The role of Uzbek folklore in the aesthetic development of youth. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1973-1977.
30. Akbarov, T. (2020). Vocal performance role in performing art. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 77-80.
31. Dadaboev, Y., & Dehqonov, R. Hordo Structures in Central Asian Architecture.
32. Болтабоева, У., & Дехдонов, Р. (2021). Даётийлик ва хаддонийлик драматик асар, режиссура, актёрлик махорати асоси. Oriental art and culture, 2(3), 134-141.
33. Дехдонов, Р. (2020). СОЕЛОМ АВЛОДЛАРНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА ХАЛК УЙИНЛАРИ ВА АНЪАНАЛАРИНИНГ ТУТГАН УРНИ. Oriental Art and Culture, (V).
34. Madaliyev, A. (2021). Dramaturgy of Traditional Uzbek Puppet Theater. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 37-43.
35. Мадалиев, А. (2021). НОДАВЛАТ КУТИРЧОК ТЕАТРЛАРИДА АКТЁРЛИК САНЪАТИ МАСАЛАЛАРИ. Oriental Art and Culture, (7), 37-48.
36. Мадалиев, А. (2021). Кугирчод театри актёрининг пластик имкониятлари. Oriental Art and Culture, (7), 49-57.
37. Мадалиев, А. (2021). Кугирчод театри тарихига назар. Oriental art and culture, 2(3), 125-133.
38. Umarova, X. (2021). AKTYOR IJODIDA SO'ZLASHUV MUNOSABATLARINING O'RNI. Oriental Art and Culture, (6).
39. Умарова, Х., & Курбонов, М. (2021). КС CTAmCHABCK™ ТAЪЛИМОТИДA AKТЁРНИНГ СAXНABИЙ ТAРБИЯСИ. Oriental Art and Culture, 2(3), 76-87.
40. Йулдашев, К. (2021). РЕЖИССУРА ВА АКТЁРЛИК МАДОРАТИ ФАНЛАРИНИ ИНАВАЦИОН УКИТИШ. Oriental Art and Culture, 2(3), 114-124.
41. Juraeva, M., & Gofurova, B. (2021). FURKAT AND THEATER. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 118-124.
42. Еофурова, Б. (2020). АКТЁРНИНГ НУЩИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШДА ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИНГ АДАМИЯТИ. Oriental Art and Culture, (V).
43. Пулатов, Р. (2020). «МИРЗО УЛУЕБЕК» ТРАГЕДИЯСИНИНГ ЯРАТИЛИШИ ТАРИХИ. Oriental Art and Culture, (V).
44. O'Taganov, R. J. (2020). TA'LIM USLUBINING ASOSIY AFZALLIKLARI. Oriental Art and Culture, (V).