Научная статья на тему 'ETNOSPORT ‒ MILLIY SPORT TURLARI VA XALQ O‘YINLARINI RIVOJLANTIRISHNING MUHIM OMILI'

ETNOSPORT ‒ MILLIY SPORT TURLARI VA XALQ O‘YINLARINI RIVOJLANTIRISHNING MUHIM OMILI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
966
91
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
etnosport / milliy qadriyatlar / xalq o‘yinlari / milliy sport / Ethnosport Challenge / Uzbekistan Ethno Games / “Bahodirlar o‘yini” / ko‘chmanchilar o‘yinlari. / этноспорт / национальные ценности / народные игры / национальные виды спорта / Ethnosport Challenge / Uzbekistan Ethno Games / «Игры богатырей» / игры кочевников.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Turdimuratov, Yangiboy Allamuratovich

Mazkur maqola milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini rivojlantirish va ommalashtirishga qaratilgan etnosport mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda etnosport turlarini rivojlantirishning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati, mazkur sport turlarini muvofiqlashtirib turadigan xalqaro va milliy tashkilotlar, mamlakatimizda etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ЭТНОСПОРТ – ВАЖНЫЙ ФАКТОР РАЗВИТИЯ НАЦИОНАЛЬНОГО СПОРТА И НАРОДНЫХ ИГР

Данная статья посвящена теме этноспорта, направленной на развитие и популяризацию национальных видов спорта и народных игр, проведен анализ роли и значения развития этноспорта в обществе, международных и национальных организациях, координирующих эти виды спорта, а также проводимой работы по популяризации и развитии этноспорта в нашей стране.

Текст научной работы на тему «ETNOSPORT ‒ MILLIY SPORT TURLARI VA XALQ O‘YINLARINI RIVOJLANTIRISHNING MUHIM OMILI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

ETNOSPORT - MILLIY SPORT TURLARI VA XALQ O'YINLARINI RIVOJLANTIRISHNING MUHIM OMILI

Turdimuratov Yangiboy Allamuratovich

t.f.b. falsafa doktori (PhD), dotsent O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Email: new_rich80@mail .ru

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola milliy sport turlari va xalq o'yinlarini rivojlantirish va ommalashtirishga qaratilgan etnosport mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, unda etnosport turlarini rivojlantirishning jamiyatdagi o 'rni va ahamiyati, mazkur sport turlarini muvofiqlashtirib turadigan xalqaro va milliy tashkilotlar, mamlakatimizda etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish bo 'yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: etnosport, milliy qadriyatlar, xalq o'yinlari, milliy sport, Ethnosport Challenge, Uzbekistan Ethno Games, "Bahodirlar o 'yini", ko 'chmanchilar o 'yinlari.

Данная статья посвящена теме этноспорта, направленной на развитие и популяризацию национальных видов спорта и народных игр, проведен анализ роли и значения развития этноспорта в обществе, международных и национальных организациях, координирующих эти виды спорта, а также проводимой работы по популяризации и развитии этноспорта в нашей стране.

Ключевые слова: этноспорт, национальные ценности, народные игры, национальные виды спорта, Ethnosport Challenge, Uzbekistan Ethno Games, «Игры богатырей», игры кочевников.

O'zbek xalq milliy o'yinlari o'zining uzoq o'tmishi, boy tarixiga ega bo'lgan, ajdodlardan avlodlarga meros sifatida o'tib kelayotgan, ma'naviy boyligimiz, qadriyatlarimizdan sanaladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab, milliy qadriyatlarimiz, an'ana-yu udumlarimiz, shu jumladan, xalq o'yinlarini qayta tiklashga katta e'tibor qaratildi. Endilikda milliy sport turlari va xalq o'yinlarini ommalashtirish va rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Sportning an'anaviy turlari bilan birgalikda milliy sport turlari hamda xalq o'yinlari ham tobora rivojlanib bormoqda. Xalqlarning boy merosini asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazishda sportning an'anaviy turlari muhim ahamiyat kasb etadi.

АННОТАЦИЯ

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

O'zbek xalqi ko'p asrlar davomida Kurash, Belbog'li kurash, Uloq-ko'pkari, Turon, Boyqo'rg'on kabi O'zbekiston milliy sportining asoschilariga aylangan kurashchi-polvonlari hamda afsonaviy chavandozlari bilan mashhur bo'lgan. Mazkur sport turlari milliy ruh bilan sug'orilgan bo'lib, yoshlarda abjirlik, epchillik kabi xususiyatlarni shakllantirishda, ularning o'tkir zehnli va ko'rkam qaddi-qomatli bo'lib ulg'ayishlarida muhim o'rin tutadi. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar tufayli haqli ravishda O'zbekistonning madaniy merosi bo'lgan milliy sportimizni dunyoga namoyish etish imkoniyati paydo bo'ldi. Milliy sport turlaridan kurash, belbog'li kurash, o'zbek jang san'ati, Turon yakkakurashi, qarabtep va uloq-ko'pkari kabilari xalqaro sport turlari qatoridan joy olib bo'ldi. Bugungi kunda mazkur milliy sport turlari etnosport turlariga kiritilgan bo'lib, ushbu sport turlari bo'yicha butun dunyo bellashmoqda. Mamlakatimizda milliy sport va xalq o'yinlarini 6 ta yo'nalishga bo'lish mumkin: harakatli, intellektual, harbiy, taxta, cho'pon va ov o'yinlari. Ulardan etnosport turlari 9 tani (milliy kurash turlari, Amir Temur shaxmati, kamondan otish, ot sporti, yirtqich qushlar bilan ov qilish, bahodirlik (kuchlilar) va dorboz (arqonda yurish) san'ati), shu kungacha xalq orasidan topilgan milliy sport turlari soni esa 198 tani tashkil etmoqda [8].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Dunyoda "An'anaviy o'yinlar" tushunchasi keng qo'llaniladi va jismoniy faoliyatning turli xil an'anaviy turlarini o'z ichiga oladi. YUNESKO tomonidan an'anaviy o'yinlar insoniyat madaniy merosining ajralmas qismi sifatida e'lon qilingan bo'lib, ular etnik-madaniy o'ziga xoslik va madaniy xilma-xillikni qayta tiklashga xizmat qiladi. Etnosport - bu jismoniy faoliyatning an'anaviy turlari, jumladan, milliy sport turlari va mahalliy xalqlarning an'anaviy o'yinlarini o'zida mujassam etgan yangi institutsional shakl bo'lib, ular millliy qadriyatlar sifatida hamma joyda qayta tiklanmoqda [4, 43].

Etnosport - an'anaviy o'yinlar va musobaqalarni saqlab qolish uchun xizmat qiladigan zamonaviy xalq sport turidir. Madaniyatshunos Aleksey Kylasov tomonidan berilgan ta'rifga ko'ra, etnosport deganda (qadimgi yunoncha "etnos" (xalq) va "sport" so'zlaridan) etnosport nazariyasida tasvirlangan jismoniy faoliyatning an'anaviy turlari, ularni saqlash va rivojlantirish usullari to'plami tushuniladi [1, 161]. "Etnosport" tushunchasi 2010-yilda an'anaviy o'yinlar va musobaqalar turnirlarining zamonaviy (folklor) shaklini tavsiflash uchun ilmiy muomalaga kiritildi. "Etnosport" leksigrammasida "sport" komponentining qo'llanilishi zamonaviy o'yin madaniyatida sportning chuqur o'rin olganligi bilan bog'liq [2, 10].

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

Etnosport turlariga an'anaviy sport turlari, xalq o'yinlari kiradi va bu jismoniy faoliyat turlari insoniyatning madaniy merosini saqlashda katta rol o'ynaydi. Dunyodagi har bir etnik guruh ko'p asrlik o'yin madaniyati asosida o'ziga xos bo 'lgan etnosport turlarini yaratadi. Bunday sport turlarini rivojlantirish YUNESKOning madaniy xilma-xillikni targ'ib qilish, madaniyatlar o'rtasidagi muloqot va jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylash bo'yicha faoliyati va dasturlariga hamohangdir.

Dunyoda etnosport turlarini rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2012-yilda Monrealda (Kanada) ikki tashkilot - Kanada Etnosport jamiyati va 2011-yilda tuzilgan dunyodagi birinchi etnosport tashkiloti -Rossiya an'anaviy o'yinlar va etnosport federatsiyasi tomonidan Butunjahon etnosport jamiyati tashkil etildi. 2018-yilda Butunjahon etnosporti (World Ethnosport) shtab-kvartirasi Riga (Latviya) shahriga ko'chirildi [10].

Butunjahon etnosporti YUNESKOning an'anaviy o'yinlar va sport turlari bo'yicha turli loyihalari - An'anaviy o'yinlar va sport bo'yicha maslahatchilar qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha hukumatlararo qo'mitasining (CIGEPS) Doimiy maslahat kengashi bilan hamkorlik qiladi. Mazkur tashkilot YUNESKOning II toifadagi institutlari - YUNESKOning Ko'chmanchi sivilizatsiyalarni o'rganish xalqaro instituti (Mo'g'uliston) va YUNESKO/Tencent ochiq raqamli an'anaviy o'yinlar kutubxonasi (Xitoy) bilan qo'shma dasturlarni ham amalga oshiradi [3, 3].

Butunjahon etnosportining asosiy tadbir loyihasi - Butunjahon Etnosport Challenge turnirlari - etnik nomoddiy madaniy merosni saqlash va rivojlantirish maqsadida mahalliy an'anaviy o'yinlar qoidalari va jihozlariga muvofiq taniqli sportchilar ishtirokida muntazam ravishda o'tkaziladigan xalqaro musobaqalardir. "Ethnosport Challenge" turnirlari, birinchi navbatda, xalqlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar an'analari tarixan shakllangan Ipak yo'li bo'ylab madaniy aloqalarni saqlab qolishga qaratilgan. Loyiha 2018-yilda boshlangan va allaqachon to'rtta turnirga mezbonlik qilgan - Rossiya, Malayziya, Braziliya va Litvada. Butunjahon etnosporti barcha qit'alardagi 48 mamlakat olimlari, an'anaviy o'yinlar va etnosport tadbirlari tashkilotchilarini birlashtiradi [3, 5].

2015-yil 7-sentabrda Qirg'iziston va Turkiya tashabbusi bilan Yevroosiyo davlatlarining etnik, an'anaviy va milliy sport turlari federatsiyalarini ("Kavkaz o'yinlari", "Erdin o'yinlari", "Maanchari o'yinlari", "Salburun" va boshqalar) o'z ichiga olgan Butunjahon etnosport konfederatsiyasi tashkil etildi. Ayni paytda Jahon etnosport konfederatsiyasiga Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkiya, Ozarbayjon, Mo'g'uliston, Vengriya, Gruziya, Rossiya, Argentina, Yaponiya, Meksika, Polsha, Qatar, Ruminiya, Tunis, Litva kabi 16 davlat a'zo [10].

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

Butunjahon ko'chmanchilar o'yinlari Qirg'iziston hukumati tashabbusi bilan 2012-yilda ko'chmanchi sivilizatsiya madaniyatini tiklash va saqlash maqsadida tashkil etilgan yirik xalqaro loyiha hisoblanadi. Butunjahon ko'chmanchilar o'yinlari - etnik sport turlari bo'yicha xalqaro sport musobaqalari bo'lib. Mazkur musobaqalar Markaziy Osiyoning tarixan ko'chmanchi xalqlarining o'yinlari asosida tashkil etilgan. Butunjahon ko'chmanchilar o'yinlarining hammuallifi Butunjahon etnik o'yinlar konfederatsiyasi hisoblanadi [2, 7].

Birinchi Jahon ko'chmanchilar o'yinlari 2014-yilning 9-14-sentabr kunlari Qirg'izistonning Issiqko'l viloyati Cho'lpon-Ota shahrida bo'lib o'tdi. Ularda 19 davlatdan 583 nafar sportchi ishtirok etdi. Musobaqalar etnik sportning 10 turi bo'yicha o'tkazildi. Madaniy dasturda 1200 kishi ishtirok etdi. Televizion eshittirish 230 million kishilik auditoriyaga ega 40 mamlakatni qamrab oldi. Ikkinchi va uchinchi Ko'chmanchilar o'yinlari ham Cho'lpon-Otada bo'lib o'tdi: 2016-yilda 60 ta davlat, 2018-yilda esa 66 ta davlat ishtirokida. To'rtinchi o'yinlar 2022-yilda Turkiyaning Iznik shahrida bo'lib o'tdi, unda 100 dan ortiq davlat ishtirok etdi.

Qadimiy qadriyatlarimiz - xalq o'yinlari va milliy sport turlariga hukumat darajasida e'tibor qaratilayotganini ham e'tirof etish lozim. 2019-yilning noyabr oyida O'zbekiston poytaxtida Butunjahon etnosport kengashi va Butunjahon Strongmen federatsiyasi (WSF) kengashining qo'shma yig'ilishi bo'lib o'tdi va unda tuzilgan ittifoq doirasidagi hamkorlik rejalari tasdiqlandi. 2019-yil dekabr oyida Bogota shahrida (Kolumbiya) bo'lib o'tgan YUNESKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo'yicha Hukumatlararo qo'mitasining 14-sessiyasi yig'ilishida Konvensiyani amalga oshirish bo'yicha maslahat hamkori sifatida Jahon etnosportini akkreditatsiya qilish to'g'risida qaror qabul qilindi. Olingan maqom doirasida O'zbekiston Butunjahon etnosport faoliyati markaziga aylandi. O'zbekiston va YUNESKO o'rtasidagi hamkorlik dasturiga kiritilgan hamkorlik shartnomalari tuzildi [6, 577].

2020-yilda Xiva "Turk dunyosi madaniyati poytaxti" deb e'lon qilindi. Mazkur qadimiy shaharda har yili Butunjahon bahodirlar o'yinlari federatsiyasi (WSF) ko'magida Pahlavon Mahmud nomini abadiylashtirish maqsadida "Bahodirlar o'yinlari" xalqaro turniri o'tkaziladi. Turnir o'zbek xalqining buyuk farzandi, o'z davrida Markaziy Osiyo, Eron, Ozarbayjon, Afg'oniston va Hindistonda mashhur kurashchi, ustoz, faylasuf va so'fiy bo'lgan Pahlavon Mahmud xotirasiga bag'ishlab tashkil etiladi [7].

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyundagi "Kamondan otish sportini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni O'zbekistonda etnosportni rivojlantirish yo'lidagi navbatdagi muhim qadam

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

bo'ldi. Hujjatda Toshkent shahrida "Alpomish va Barchinoy" xalqaro turniri, Samarqandda xotin-qizlar o'rtasida "To'maris kubogi", Buxoro, Qo'qon, Samarqand va Xiva shaharlarida Turizm va viloyat markazlarida kamonchilar uchun kamondan otish haftaligini o'tkazish, sport bazasini tashkil etish ko'zda tutilgan [9].

2021-yil 8-oktyabrda Toshkent shahrida "O'zbekistonda etnosportning rivojlanish istiqbollari" mavzusida xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi. O'zbekistonda milliy sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish mamlakatimiz rahbariyati tomonidan ilgari surilgan muhim tashabbuslardan biri va nomoddiy madaniy merosni asrash, shuningdek, aholi orasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish va ommalashtirish sohasidagi asosiy masalalardan biridir. Shu maqsadda tashkil etilgan xalqaro konferensiya "O'zbekistonni etnosport va milliy qadriyatlar orqali kashf eting!" shiori ostida o'tkazildi. Makur xalqaro konferensiyada O'zbekiston Etnosport assotsiatsiyasi tashkil etilganligi barchaga ma'lum qilindi [10].

O'zbekiston etnosport assotsiatsiyasi 2021-yil 6-oktyabrda Adliya vazirligidan ro'yxatdan o'tkazildi. Milliy va an'anaviy sport turlarini, xalq o'yinlarini tiklash, rivojlantirish, ularning yagona tartib-qoidalarini ishlab chiqish hamda tatbiq etish, shuningdek aholi orasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish ham Etnosport assotsiatsiyasining asosiy maqsadlaridan hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi "O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5924-sonli Farmoniga muvofiq, bir nechta ixtisoslashtirilgan muassasalar vakillari, shu jumladan Jangchi-polvonlar milliy markazi, O'zbekiston uloq-ko'pkari federatsiyasi, O'zbekiston kamar va uchkurash uyushmasi, Kamondan otish milliy federatsiyasi va Belbog'li kurash sport federatsiyasi o'rtasida mamlakatimizda Milliy etnosport uyushmasini tashkil etish to'g'risida kelishuvga erishildi [7].

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi "Sog'lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6099-son Farmoniga muvofiq, respublika hududlarida ekspeditsiya tashkil qilgan holda milliy sport turlari hamda xalq o'yinlari tarixini o'rganish asosida "O'zbekiston Respublikasi milliy sport turlari va xalq o'yinlari ensiklopediyasi"ni tayyorlash va chop etish maqsadida qator tashkilotlar hamkorligida qo'shma qaror qabul qilingan edi. Milliy sport turlari va xalq o'yinlari ensiklopediyasini yaratishdan ko'zlangan asosiy maqsad, qadimdan bizgacha yetib kelgan milliy sport turlari va xalq o'yinlarini keng jamoatchilik, xususan xorijlik sayyohlarga namoyish etish va bu orqali milliy o'yinlarimiz va sport turlarini xalqaro miqyosiga olib chiqishdan iborat [9].

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

2022-yilda O'zbekiston xalq o'yinlari va milliy sport turlarining tarixi, qonun-qoidalarini o'zida aks ettirgan "O'zbekiston Respublikasi milliy sport turlari va xalq o'yinlari entsiklopediyasi" chop etildi. Mazkur ensiklopediya 2 qismdan iborat bo'lib, unga jami 82 ta milliy xalq o'yinlarining kelib chiqish tarixi va rivojlanish bosqichlari haqidagi ma'lumotlar o'zbek, rus va ingliz tillarida kiritilgan. Kitobning 1-qismida milliy sport turlari va ularning rivojlanishiga munosib hissa qo'shgan sulolaviy sportchilar haqida so'z yuritilgan bo'lsa, 2-qismda milliy sport turlari va xalq o'yinlarining kelib chiqish tarixi, rivojlanish bosqichlari to'g'risida hikoya qilinadi [10].

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi "Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-201-son qarori bilan 2023-yil 1-martdan boshlab milliy sport turlari bo'yicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalarini o'tkazish tizimi joriy qilinadi [5, 145].

2022-yil 25-mayda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi. Mamlakatimizda milliy sport turlari va xalq o'yinlarini (etnosport) targ'ib qilish va ommalashtirish, bolalar va o'smirlarni ularga keng jalb qilish maqsadida, mazkur qaror asosida Etnosport turlarini 2025-yilgacha ommalashtirish va rivojlantirish dasturi hamda mazkur dasturni 2022-2023 yillarda amalga oshirish bo'yicha "yo'l xaritasi" tasdiqlandi [9].

Mazkur qarorda barcha ta'lim muassasalarida milliy sport turlari va xalq o'yinlarining mohiyati va ularning jismoniy, intellektual, ma'naviy-axloqiy jihatdan o'rni haqida tushunchalar berib borilishi ham ko'rsatib o'tildi. O'zbekiston etnosport assotsiatsiyasiga aholining barcha qatlamlarini etnosport bilan shug'ullanishga jalb qilish, mahallalarda etnosport turlari bo'yicha xalq o'yinlari va musobaqalarni o'tkazish hamda Butunjahon etnosport konfederatsiyasi bilan hamkorlikni kuchaytirish vazifalari topshirildi [8].

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalq salomatligi milliy kengashiga quyidagilarni amalga oshirish topshirildi:

- ommaviy sport musobaqalari tashkil qilinadigan etnosport turlari ro'yxatini tasdiqlash;

- 2023-yilgi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida etnosport turlari bo'yicha musobaqalarni o'tkazish uchun zarur mablag'lar ko'paytirilishi hamda ajratilishini ta'minlash;

- 2023-yilgi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq etnosport turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazilishini ta'minlash;

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

- alohida etnosport turini rivojlantirish maqsadida sport federatsiya (assotsiatsiya)larini tashkil qilish choralarini ko'rish.

Mazkur qarorga ko'ra, 2023-yil 1-martdan boshlab etnosport turlari bo'yicha musobaqalar har yili an'anaviy tarzda o'tkaziladi. Xususan, Toshkent shahrida har yili etnosport turlari bo'yicha "Uzbekistan Ethno Games" respublika festivali, Xiva shahrida har ikki yilda bir marotaba Xalqaro etnosport festivali tashkil qilinadi. Bunda "Ichan qal'a" majmuasida festivalning ochilish va yopilish marosimlari o'tkaziladi. Har bir hududda ot sporti turlariga tegishli anjomlar do'koni ochiladi.

2023-yil 8-10-sentabr kunlari qadimiy Xiva shahrida ilk marotaba Xalqaro etnosport festivali bo'lib o'tdi. Milliy qadriyatlar va an'analarni o'zida jamlagan ushbu tadbirda 63 ta mamlakatdan qariyb 930 nafar etnosport namoyandalari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etganligi festivalga dunyo miqyosida qiziqish va e'tibor naqadar katta ekanini yaqqol ko'rsatib turibdi.

"Ichan qal'a" majmuasi hamda uning atrofidagi maydonlarda belbog'li kurash bo'yicha xalqaro turnir, o'zbek jang san'ati, mass resling, bahodirlar o'yini va tosh ko'tarish bo'yicha jahon chempionatlari, kamondan otish bo'yicha xalqaro ochiq turniri, milliy kurash, bel olish va uch kurash, Turon yakkakurashi, qushlar ovi va ot sporti turlari bo'yicha ko'rgazmalar, mohir oshpazlar ishtirokida osh chempionati, milliy ovqatlar va qovun sayli kabi tadbirlar o'tkazildi. Shuningdek, Butunjahon etnosport konfederatsiyasining "Meros bilan bog'langan, etnosport bilan birlashgan" shiori ostida etnosport sammiti, Butunjahon etnosport konfederatsiyasi Ijroiya qo'mitasi a'zolarining uchrashuvi va Xalqaro etnosport festivali p aradi ham tashkil etildi. Tadbir doirasida etnosport turlarini rivojlantirish va yanada ommalashtirish bo'yicha forum, osh pishirish musobaqasi, qovun sayli, hunarmandchilik mahsulotlari hamda san'at asarlaridan ko'rgazma, "Bahodirlar o'yini" musobaqasi, 6 ta sport turi bo'yicha ko'rgazmali chiqishlar, 12 ta milliy xalq o'yinlari bo'yicha ko'rgazmali o'yinlar tashkil etildi.

Darhaqiqat, milliy sport turlari va xalq o'yinlari o'ziga xos qadriyat sifatida avlodlardan avlodlarga o'tib boradi. Ularni ardoqlagan yoshlar qalbida Vatanga muhabbat tuyg'usi qaror topadi, milliy ruh shakllanib, xalqimizning an'ana va urf-odatlarini e'zozlash hissi yanada kuchayadi. Xullas, milliy o'yinlar yoshlarni o'zbekona tarbiyalashning eng ta'sirchan vositalaridan biridir. Bu o'yinlar qanchalik keng yoyilsa, vatanparvar yoshlar safi shunchalik kengayadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Кыласов А.В., Гавров С.Н. Этнокультурное многообразие - новая парадигма в развитии спорта // V Международный конгресс «Человек, спорт,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

здоровье» 21-23 апреля 2011 г., Санкт-Петербург, Россия: Материалы конгресса // под ред. В. А. Таймазова. - СПб: Олимп-СПб, 2011. - С. 161-163.

2. Кыласов А.В. Роль этноспорта в современной игровой культуре. Автореферат диссертации на соискание ученой степени доктора культурологии. - М., 2021.

3. Кыласов А.В. Традиционные игры и состязания вдоль Шелкового пути // Этноспорт и традиционные игры. - 2019. - № 1. - С. 1-11.

4. Кыласов А.В. Методолгия и терминология этноспорта // Массовая физическая культура и оздоровление населения. Журнал. 2011. - С. 41-43.

5. Turdimuratov Y.A., Berdimurodov Z.I. O'zbekistonda bolalar sportini rivojlantirishga oid davlat siyosati // ERUS. Multidisciplinary Scientific Journal. February, 2023. 144-152.

6. Turdimuratov Y.A. Yangi O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sportga oid davlat siyosati // Barqarorolik va yetakchi tadqiqotlar. Journal of Advanced Research and Stability. 05/2023. 575-581.

7. www.minsport.uz - O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi rasmiy veb-sayti.

8. www.olympic.uz - O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi rasmiy veb-sayti.

9. www.lex.uz - O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi.

10. www.olamsport.com - intertnet portali.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.