Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454
Volume 2 | Issue 8 |August, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-8-144-149
OMMAVIY SPORT TADBIRLARINI TIZIMLI TASHKIL ETISHNING
HUQUQIY ASOSLARI
Akbarjon Akmaljon o'g'li Meliziyaev
O'zbekiston Milliy universiteti, Taekvondo va sport faoliyati fakulteti o'qituvchisi
E-mail: boxermeliziyayev@gmail .com
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada aholi o'rtasida ommaviy sport tadbirlarini tashkil etishning huquqiy asoslari, bu borada Davlat rahbari tomonidan olib borilayotgan ulkan islohotlar, qabul qilingan qaror va farmonlarning mazmun mohiyatini ochib berishga harakat qilingan. Shuningdek aholi o'rtasida sportni ommaviyligini oshirish orqali ular salomatligi yaxshilash, yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga erishish mumkinligi haqida to'xtalib o'tilgan.
Kalit so'zlar: sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari, milliy sport turlari, Olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari, uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalari.
ABSTRACT
In this article, an attempt was made to reveal the legal basis of the organization of mass sports events among the population, the great reforms being carried out by the Head of State in this regard, and the content of the adopted decisions and decrees. It was also discussed that by increasing the popularization of sports among the population, it is possible to improve their health and achieve meaningful organization of free time of young people.
Keywords: sports and mass physical education events, national sports, Olympic, non-Olympic and national sports, three-level all-republic sports competitions.
KIRISH
Jamiyatimizda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug'ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o'z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo'lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg'ularini kamol toptirish, shuningdek,
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 8 |August, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-8-144-149
yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo'naltirilgan keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda [2].
Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish bo'yicha qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida"gi Qonuni [1] shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, va ma'naviy-ma'rifiy islohatlar ta'lim-tarbiya va sport-sog'lomlashtirish ishlarini ham mutlaqo yangicha mazmun, shakl va vositalarda tashkil etish, ular uchun yaratilgan mislsiz imkoniyatlardan yanada to'laroq foydalanib, o'sib kelayotgan yoshlarimizni Vatanga munosib farzandlar qilib tarbiyalashdek, o'ta muhim vazifalarni hal qilishga undaydi.
Respublikamiz hukumati tomonidan o'quvchi-yoshlarni jismonan barkamol qilib tarbiyalash, ularni sport-sog'lomlashtirish ishlariga keng jalb qilish, bo'sh vaqtlarini ko'ngilli o'tkazish, sog'lom turmush tarziga yo'naltirish ishlariga katta ahamiyat berilmoqda [7].
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yo'nalishlardan biri etib belgilangan. Chunki jismoniy tarbiya va sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog'lom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sog'lom turmush tarzini qaror toptiradi.
Respublika Prezidenti tomonidan milliy sport turlarini rivojlantirish va ommaviyligini oshirish, ularni Osiyo va Olimpiya o'yinlari dasturlariga kiritish bo'yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida ham o'z farmonida ko'rsatma berib o'tgan [2].
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika va hududiy kalendar rejalari uchun ajratiladigan mablag'lar taqsimlanishi va ishlatilishining to'liq nazoratini amalga oshirish, ular bo'yicha hisobotlarni shakllantirish, sport muassasalarining byudjetdan tashqari mablag'lar tushumlarini nazorat qilish va ishlatilishi shaffofligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. [1,3].
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
O'zbekiston Respublikasining 2015-yil 4-sentabrdagi "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida"gi O'RQ-394-sonli Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-iyundagi "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3031-son, 2022-yil 11-apreldagi "Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 8 |August, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-8-144-149
chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-201-son hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi "Davlat ta'lim muassasalari huzurida sport klublarini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 542-sonli, 2022-yil 15-yanvardagi "Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo'yicha sport sinovlarini tashkil etish va o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida" 23-son qarorlarida belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga bugungi kunda alohida e'tibor qaratilmoqda [8].
Olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari bo'yicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalarini shuningdek mahallalarda ommaviy sport musobaqalarini namunali tashkil etish va o'tkazish bo'yicha yoshlar etakchilari va boshqa mas'ullarning bilim, ko'nikma va malakalari oshirish, yoshlar o'rtasida ommaviy sport musobaqalarini ommalashtirish va ularning qiziqishlarini kuchaytirish borasidagi ishlarni tizimini yo'lga qo'yish asosiy vazifalar etib belgilangan [4,5].
Ommaviy jismoniy tarbiya, sogiomlashtirishni rivojlantirish va sportda yuksak natijalarga erishishda faqatgina asosli boshqaruv qarorlarigina umumiy va aniq maqsadlarga muvaffaqiyatli erishish imkonini yarata oladi.
Hozirgi kunda Rossiya, Ukraina va O'zbekistonda ham jismoniy tarbiya va sportni boshqarish bo'yicha birmuncha darslik, o'quv qoilanma, monografiyalar chop etilgan. Masalan: Akramov R.C верой в искренный футбол. Т.: «Yangi asr avlodi», 2012 у.; Axmatov M.S. Uzluksiz ta'lim tizimida ommaviy sport-sog'lomlashtirish ishlarini samarali boshqarish. Т., 2005 у.; Гулямов З.Т. Основы менсжмента и его особенности в условиях перехода к рммочмоИ жономикс в Узбекистане. Т., ТГАЛ, 2006., Ярашев К.Д. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish. Т., Абу Али ибн Сино, 2002 й.; Починкин А.В. Менеджмент в сфере физической культуры и спорта. М., Советский спорт, 2010 г.; Рихард X., Бёме Г. Как руководить людьми (практика менеджмента). «Евроменеджмент», Бад Гарцбург (Германия). 2013 г.; O'R OO'MTV. Maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejlariga jismoniy tarbiya o'qituvchilarini tayyorlash muammolari (ilmiynazariy anjuman to'plami). Т., TDPU, 2013 у va boshqalar chop etilgan [6].
NATIJALAR
Yoshlar yetakchilari va boshqa mas'ullarning zamonaviy innovatsion ta'lim texnologiyalari va ularning turlarini bilishlari, tinglovchi shaxsi va uning xususiyatini hisobga olgan holda ta'limda individuallik va differensial
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 8 |August, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-8-144-149
yondoshuvga erishuvlari va ta'lim jarayonlarida muammoli ta'lim, hamkorlik texnologiyasi va interfaol usullarini amalda qo'llay olishlari, axborot texnologiyalaridan ta'lim-tarbiya jarayonida samarali foydalana olish ko'nikmalariga ega bo'lishlarini ta'minlashga qarat ilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi "Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-201-son qarorida yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga keng jalb qilish, mahallalarda ommaviy sport musobaqalarini o'tkazish bo'yicha ishchi guruhlar faoliyatini samarali tashkil etish, ularga uslubiy ko'maklashish va musobaqalar samaradorligini baholash reyting tizimini joriy qilish, yoshlarni ommaviy sportga jalb qi lish bo'yicha belgilangan vazifalarning ijrosini va har yili ikki mavsumda ommaviy sport musobaqalari o'tkazilishini ta'minlash hamda barcha bosqich natijalarini tahlil qilsin va tizimli monitoringini olib borish boyicha ko'rsatmalar berilgan [4].
Qolaversa mazkur qarorga ko'ra ommaviy sport musobaqalari tashkil qilinadigan olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari ro'yxatini ham tasdiqlandi. Bu esa o'z navbatida respublikamizda ommaviy sport turlari hisoblangan noolimpiya va milliy sport turlarinin rivojlanishiga, bu sport turi bilan shug'ullanayotganlar soni va ko'lamining oshishiga turtki bo'ldi.
MUHOKAMA
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi "Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-201-son qarorida O'zbekiston Respublikasi yoshlari kuni hamda dekabr oyida o'tkaziladigan «Yoshlar forumi» doirasida sportning futbol, mini-futbol, voleybol, yengil atletika, shaxmat, shashka, stol tennisi, stritbol, vorkaut turlari bo'yicha besh bosqichli ommaviy sport musobaqalarini o'tkazish tizimi joriy etilishi belgilab berildi. Unga ko'ra, birinchi bosqichda — ko'chalararo mahalla musobaqalari; ikkinchi bosqichda — mahallalararo sektor musobaqalari; uchinchi bosqichda — sektor musobaqalarida g'olib bo'lgan mahalla jamoalari o'rtasida tuman (shahar) musobaqalari;
to'rtinchi bosqichda — tuman (shahar) musobaqalari g'olib mahalla jamoalari o'rtasida viloyat musobaqalari;
beshinchi bosqichda — viloyat musobaqalarida g'olib bo'lgan mahalla
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 8 |August, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-8-144-149
jamoalari o'rtasida respublika (final) musobaqalari o'tkaziladi.
Shuningdek mazkur qarorga ko'ra 2023 -yil 1-martdan boshlab olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari bo'yicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalarini o'tkazish tizimi joriy qilinadi: Bunda,
birinchi bosqichda — tuman (shahar) musobaqalari; ikkinchi bosqichda — viloyat musobaqalari; uchinchi bosqichda — respublika (final) musobaqalari. Bunda, ommaviy sport musobaqalari mahallalarda yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik, madaniyat va san'at, intellektual o'yinlar, axborot texnologiyalari hamda sport turlari bo'yicha tashkil etilayotgan besh bosqichli «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida o'tkazilishi ko'rsatib berildi [4,7,8].
XULOSA
Inson hayotida o'z ehtiyojlarini qondirish uchun u biron-bir foydali mehnat faoliyati bilan shug'ullanishi zarur ekan, u doimo izlanishda bo'lishi, boqimandachilik kayfiyatidan holi bo'lishi lozim, boshqalar hisobiga o'z ehtiyojlarini qondirishga harakat qilinsa, natijada yaxshi bo'lmaydi.
Qolaversa aholining ommaviy sport turi orqali ular jismoniy imkoniyatlarini oshirish orqali ular salomatligini mustahkamlash, yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish orqali ularning dunyo qarashini o'zgartirishga erishish mumkin deb hisoblaymiz.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasining 2015-yil 4-sentabrdagi "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida"gi O'RQ-394-sonli Qonuni.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-iyundagi "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3031-sonli qarori.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-sonli farmoni.
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi "Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-201-son qarori.
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 8 |August, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-8-144-149
5. Axmatov M. Ommaviy sport musobaqalarida boshqaruv tizimi va uni takomillashtirish. //Iqtisod va ta'lim, 2003, №1. B.60-69.
6. G'ulomov Z.T., Nabiullin R.X., Kamilova G.Z.. Jismoniy tarbiya va sport menejmenti. Darslik. -Т .: «Fan va texnologiya», 2015, 292 bet.
7. Abdullayev F.T.Ommaviy jismoniy tarbiya va sog'lomlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish [Mant]: o'quv qo'llanma / F.T. Abdullayev - Toshkent: "Umid Design", 2021. - 124 b.
8. Abdullayev F.T., Amanov A.N., Djurayev U. Ommaviy sport sog'lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish [Matn]: uslubiy qo'llanma / F.Abdullayev, A.Amanov, U.DJurayev.-T.:, 2022. -110 b.